✍SHOIR📃 "Qodir Qaxxor" ning Telegramdagi rasmiy saxifasi.🎼 Mualliflik huquqiga rioya qiling❗ ✅Taklif va sher buyurtmalar uchun❗ ʍʊʀօʝǟaT: @QodirQaxxor https://www.instagram.com/qodirqaxxor Inistagramda👆
👆Yangi sher bor xudo xoxlasa aktivga qarab joylaymiz🥰
50ta ❤️ like bo’lsa
joylavoramiz 👇
Otasi bor…
Yo’qchilik yo’qlab kelsa,
Sira boshin egmaydi.
Omadi bor sinsa ham,
Otasi bor sinmaydi.
Samo quchar qush bo’lar,
Tashvishlari tush bo’lar,
Ishlari ham besh bo’lar,
Otasi bor sinmaydi.
Bordur temir qalqoni,
Bayram bo’lar har oni,
Titratadi dunyoni,
Otasi bor sinmaydi.
Cho'ntagida pul yurar,
Har damda omad kular,
Juda ham baxtli ular,
Otasi bor sinmaydi.
Hayot bo’lsa otangiz,
Belingiz bukilmaydi.
Duosin oling har dam,
Otasi bor sinmaydi.
Ota qadrin bilganni,
Xudo o’zi qo’llaydi.
Omadi bor sinsa ham,
Otasi bor sinmaydi.
03:23.04.02.2025
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Meni yolg’iz qo’yma sevgilim,
Sensizlikda ado bo’laman.
Sensiz bedor o’tar har kunim,
Men sen bilan baxtga to’laman.
👆Davomni chiqaramizmi?
#megaxit🔥 Qo’shiq tanishmi?🥰
🎵Zarifjon Safarov - Laylijon
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#Nevomusic Premyera🔥
🎵Jamshidbek Nuridinboyev - Tirikligim sizga yoqmasa
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Qarab to’ymaydigan…
Orzularim armon bo’lmasaydi, yor.
Qo’llaringni tutsam edi, ey dildor.
Boshqachasan, senga sira to’ymayman,
Qarab to’ymaydigan go’zalliging bor.
Xasta yuragimga davo o’zingsan,
Bizdeklarga sira parvo qilmaysan,
Bir gap aytay, hatto o’zing bilmaysan,
Qarab to’ymaydigan go’zalliging bor.
Yarashadi o’rab yurgan ro’moling,
Qayda seni aytgin, shirin hayoling?
Malikadek sening husn-u jamoling,
Qarab to’ymaydigan go’zalliging bor.
Sovchilikka qachon borsinlar onam,
Yorim bo’lgin nozlar qilmay, janonam,
Qanday seni sevmay axir, yagonam,
Qarab to’ymaydigan go’zalliging bor.
Seni ko’rsam darddan xolis bo’lgayman,
Hali senga aytar so’zlarim bisyor.
O’zgalarga bergim kelmaydi seni,
Qarab to’ymaydigan go’zalliging bor.
03:10.06.01.2025
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Bo’ydoqlikdan zerikkan do’stim.
Qizlar sira yoqmayaptimi?
Yolg’izlikka ko’nikkan do’stim.
Uylanishni xohlab yuribsan,
Bo’ydoqlikdan zerikkan do’stim.
Tanlayapsan yoqmayapti deb,
Ko’nglim sira to’lmayapti deb,
Cho’zaverma shu to’yni hadeb,
Bo’ydoqlikdan zerikkan do’stim.
Kelin topgin, izlangin endi,
Sen ham bizdek qiynalgin endi,
Bo’ldi yetar uylangin endi,
Bo’ydoqlikdan zerikkan do’stim.
Chiroyiga uchma qizlarni,
Vafosi yo’q qora ko’zlarni,
Sen qidirgin muslimalarni,
Bo’ydoqlikdan zerikkan do’stim.
Yostiq quchib charchamadingmi?
Uylanishni unutgan do’stim.
Tezroq to’ying ko’raylik endi,
Bo’ydoqlikdan zerikkan do’stim.
01:10.03.01.2025
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
🎙️Sanjay akam bilan navbatdagi premyera xudo xoxlasa ko’rib baxo berasila👇
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
https://youtu.be/VvXfK2pKyBQ?si=NqRcyJDdK0s7ExRJ
SEVIB TURIB SEVILMAGANMIZ
Doim yurdik ko’ksimiz kerib,
Bandasiga egilmaganmiz.
Faqat bitta yurakda dard bor,
Sevib turib sevilmaganmiz.
Ko’ngil qo’ydik chiroyi borga,
Yuragi tosh qalbi mozorga,
Sira yoqib bo’lmadi yorga,
Sevib turib sevilmaganmiz.
Sevdiray deb yugurdim sarson,
Qancha jabr ko’rdi-ku bu jon,
Juda og’ir, aytishga oson,
Sevib turib sevilmaganmiz.
Ko’ngil uzib ketolmaysan ham,
O’zgaga dil berolmaysan ham,
Baxtlilardek yurolmaysan ham,
Sevib turib sevilmaganmiz.
Umid qilib yashayman hamon,
O’zgarar deb o'sha qiz yomon,
Armonim shu do’st-u qadrdon,
Sevib turib sevilmaganmiz.
00:10.27.12.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Doyim yurdik ko’ksimiz kerib,
Bandasiga egilmaganmiz.
Faqat bitta yurakda dard bor,
Sevib turib sevilmaganmiz.
👇Davomni chiqaramizmi?
📞To’liq Malumot uchun: 👉@QodirQaxxor faqat niyyati jiddiyla yozsin iltimos
Читать полностью…#Nevomusic Premyera🔥
🎵Shoxruxbek Ergashev - Yarashaylik
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Sevmasang ham..
Senga yoqish bunchalar qiyin,
Netay, yaxshi ko’raman seni.
Bir kun sevib qolarsan deya,
Sevmasang ham sevaman seni.
Seni o’ylab o’tar kunlarim,
Sen haqingda faqat o’ylarim,
Sog’inaman, olis yo’llarim,
Sevmasang ham sevaman seni.
Ishonmaysan, sevgi yo’q deysan,
Qaysarginam, yurakni yeysan,
Hali yoshsan, nozik bir gulsan,
Sevmasang ham sevaman seni.
Ishon, sensiz ko’nglim to’lmaydi,
Ayrilsam gar qalbim yig’laydi,
Boshqalarga bergim kelmaydi,
Sevmasang ham sevaman seni.
Sevilmagan oshig’ingman-da,
Sevsang baxtli qilaman seni.
Osongina kechmayman, ishon,
Sevmasang ham sevaman seni.
00:10.25.11.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Tabriklar uchun raxmat hammaga🥰
Читать полностью…Onamga gul..!
Mehr berib yosh-u qariga,
Yor-u do’stni o’yladim, xolos.
Yigirma besh yoshga kirdim-u,
Onamga gul bermaganim rost.
So’ramadi mendan hech neni,
Qancha qilsam ular uchun oz.
Sevganimdan sira ortinib
Onamga gul bermaganim rost.
Gunohlarim ko’pdur, ey Xudo,
Topilmaydi dardimga davo,
Ustozimga berganman hatto,
Onamga gul bermaganim rost.
Bizdan sovg’a-salom kutmasdi,
Bayramni ham bayram demasdi,
Axir juda qimmat emasdi,
Onamga gul bermaganim rost.
Hayotimda borligi - baxtim,
Asli gullar shu onamga mos.
Nima qilay haqiqat, do’stlar,
Onamga gul bermaganim rost.
00:10.17.11.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Sevmasam bo’larkan..
Armonlarga ko’mib, azoblar berib,
Yoqib ketding ishon, gulxanda meni.
Netay taqdir ekan, aybdor o’zim,
Sevmasam bo’larkan o’shanda seni.
Yuragimga buyruq berolmagandim,
Sensizlikka bir zum ko’nolmagandim,
Senga o’xshab kechib ketolmagandim,
Sevmasam bo’larkan o’shanda seni.
Dunyoda bormikin menday dardi bor,
Bilmaysan-da hamon yurak senga zor,
Sevmasang ham sevib adashdim-da, yor,
Sevmasam bo’larkan o’shanda seni.
Seni vafoli yor bo’lasan derdim,
Yonimda bir umr qolasan derdim,
Senla o’tgan kunlar baxtiyor edim,
Sevmasam bo’larkan o’shanda seni.
So’zlaring shirin-u iboli eding,
Tan olaman, go’zal, chiroyli eding,
Qadrimga yetmading, qadrli eding,
Sevmasam bo’larkan o’shanda seni.
02:23.05.02.2025
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Sen baxtli bo’laver..
Taqdirga jimgina ko’namiz chog’i,
Unga vafoli bo’l, mayli boraver.
O’zimga ayondir yuragim ohi,
Sen baxtli bo’laver, meni qo’yaver.
Yo’q dema qo’lingdan tutib olayin,
Sochlaringni hidlab to’yib olayin,
To’yingga ham aytma, bilmay qolayin,
Sen baxtli bo’laver, meni qo’yaver.
Endi mensiz baxtli kunlaringni kut,
Dard-u alamlaring sen ichingga yut,
Yig’lab yurma yana, shunchaki unut,
Sen baxtli bo’laver, meni qo’yaver.
Suratlarim o’chir, termulib boqma,
Men haqimda sira o’ylanib yotma,
Meni o’ylab aslo qayg’uga botma,
Sen baxtli bo’laver, meni qo’yaver.
Bizni siylamadi bag’ritosh taqdir,
Armonlar qiynaydi naqadar og’ir,
Senga baxtlar tilab qoladi Qodir,
Sen baxtli bo’laver, meni qo’yaver.
23:23.31.01.2025
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
👆😔Aktiv juda ham sus to’g’ri sherlarim zo’r emas lekin shunday bo’lsa ham qo’yilayotgan postlarga beetibor bo’lmay ❤️ Likelarni bosib turaylik eng avvolo etibor boshqa narsa kerakmas man sizlar uchun ijoddaman rahmat hammaga✊
Читать полностью…#qoshiq🔥
🎵Sanjay -Ona qarang zo’r bo’lib kettim
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
🥰Yangi sher kutganlar bormi? 👇✍️
Читать полностью…Sog’inganim
Osmondagi oydan go’zal,
Menga nazar qilmaysanda.
Suratingga termulib zor,
Sog’inganim bilmaysan-da.
O’jarliging bas qil yetar,
Seni ko’rsam dardim ketar,
Yuragim ham isming aytar,
Sog’inganim bilmaysan-da.
Bag’ritoshim mehr bergin,
Chaqirganda yetib kelgin,
Holim xarob axir ko’rgin,
Sog’inganim bilmaysan-da.
Yuribsanda o’ynab-kulib,
Sen o’zingni o’zing sevib,
Men yuribman yonib-kuyib,
Sog’inganim bilmaysan-da.
Ko’zlaringni shaydosiman,
So’zlaringni adosiman,
Kulgularing gadosiman,
Sog’inganim bilmaysan-da.
Baxtli qilay imkon bersang,
Menga yetar kulib tursang,
So’zlarim rost, gulim, bilsang,
Sog’inganim bilmaysan-da.
02:10.05.01.2025
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Onam duo qilgani uchun
Sizga rahmat poyi jannatim,
Doim omad kelgani uchun.
Cho’ntak to’la pulim bor meni
Onam duo qilgani uchun.
Rizqim butun - och qolganim yo’q,
Yo’qchilikka duch kelganim yo’q,
Zo’r yuribman, sira kamim yo’q,
Onam duo qilgani uchun.
Omad o’zi quvib yuradi,
Ish boshlasam yurib ketadi,
Hamma joyga qo’lim yetadi,
Onam duo qilgani uchun.
Ko’rmaysizlar ko’zlarimda nam,
Yashayapman doim xotirjam,
Sindirolmas dushmanlarim ham,
Onam duo qilgani uchun.
Yaxshiliklar qilib yuraman,
Kim kimligin bilib yuraman,
Sezgandirsiz, kulib yuraman,
Onam duo qilgani uchun.
Sizga rahmat poyi jannatim,
Doim omad kelgani uchun.
Cho’ntak to’la pulim bor meni
Onam duo qilgani uchun.
00:10.02.01.2025
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
YANGI YIL BILAN.
Yangi yilda yangi orzular;
Unut bo'lar barcha qayg'ular;
Qamrab olar bizni kulgular;
Tabriklayman yangi yil bilan;
Tark etmasin bizni bu shodlik;
Mangu qolsin bebaxo tinchlik;
Yiroq bo'lsin qora yovuzlik;
Tabriklayman yangi yil bilan;
Birgalikda barcha azizlar;
Qo'shiq kuylab shirin kulgular;
Yangi yilga yangi sovg'alar;
Tabriklayman yangi yil bilan;
Yana sizga shirin so'z bilan;
Sherlar bitay yoriq yuz bilan;
Bugun yana Qodir siz bilan;
Tabriklayman yangi yil bilan;
Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Sudlashamizmi?
Vaqting bo’lsa, qaysarim, bugun,
Sud zalida uchrashamizmi?
Jonga tegding, boshqa choram yo’q,
Kim ko’p sevgan, sudlashamizmi?
Sizni qattiq sevaman deysan,
Sizga borim beraman deysan,
Sevmaysiz deb yurakni yeysan,
Kim ko’p sevgan, sudlashamizmi?
Majnuningman, sen esa layli,
Yashayapman sevging tufayli,
Guvohlaring olib kel, mayli,
Kim ko’p sevgan, sudlashamizmi?
Seni desa samo quchaman,
Mingta go’zal qizdan kechaman,
Ishon, aniq yutib chiqaman,
Kim ko’p sevgan, sudlashamizmi?
Netay? Boshqa choram qolmadi,
Kelgin, bugun ko’rishamizmi?
Seni sira yengib bo’lmadi,
Kim ko’p sevgan, sudlashamizmi?
00:10.24.12.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
10 tadan ko’p olinmaydi xafa bo’lish yo’q faqaat
Читать полностью…Nima diysila shogirt olamizmi?
Читать полностью…Yangi sher bor joylaymi?🥰
Like ❤️ Kamentga yozamiz👇✍️
So’vg’ani zo’ri va kattasi ukamdan bo’ldi kutilmaganda raxmat kottakon✊😅
Читать полностью…🥰Ertaga tug’ulgan kunim bilasila shunga ertagacha kanalimizda 3000 ta bo’la olamizmi kotta so’vga bo’lardi do’st yaqinlarni taklif qilamizmi?
Читать полностью…Onangizga oxirgi martta qachon gul bergansiz?👇
Читать полностью…