Yuragim siqilib qolyabdi ona.
Bu dunyoda buncha yolg’on ko’p ekan,
Yaxshilikka yomonlik qaytyabdi ona.
Nima qilsam hammaga birday yoqaman,
Yuragim siqilib qolyabdi ona.
Endi yonib sevdim deganda alam,
Bevafolik qilib ketyabdi sanam.
Ezar meni qarang bugun dardu g’am,
Yuragim siqilib qolyabdi ona.
Do’stlarimga keraksiz bo’lib qolyabman,
Chunki qo’limdan omad ketyabdi ona.
Naxot pulimga do’stmi do’stman deganlar,
Yuragim siqilib qolyabdi ona.
Egri yo’lga kirgan qancha qadamlar,
Tunda ko’cha kezar qoshi qalamlar,
Birovning haqqidan qo’rqmas odamlar,
Yuragim siqilib qolyabdi ona.
Dardga to’lib ketsam sherlar yozaman,
Daftarim ham sherga to’lyabdi Ona.
Meni ko’p o’ylamang shunchaki biroz,
Yuragim siqilib qolyabdi ona.
02:15.07.10.2023 yangi sher 👆
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Gunoxlarim ko’paydi ona.
Tog’ri yo’ldan adashganim rost,
Tanamda jon titraydi ona.
Nafs quliga aylandim butkul,
Gunoxlarim ko’paydi ona.
Mol dunyoga to’ymas odamzot,
Egri yo’ldan izlaymiz najot,
Kechirarmi yaratgan ul zot,
Gunoxlarim ko’paydi ona.
Har onimda halovatim yo’q,
Qalbim taskin istaydi ona.
O’rgating siz menga nomozni,
Gunoxlarim ko’paydi ona.
Hazar qilmay qo’ydim xaromdan,
Charchamadim kayf-u safodan,
Qo’rqmay qo’ydim qodir xudodan,
Gunoxlarim ko’paydi ona.
Bu dunyodan bir kun ketarman,
Olovlarda yonmasin tana.
Menga to’g’ri yo’lni ko’rsating,
Gunoxlarim ko’paydi ona.
Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Yaxshi inson bo’lganim yo’q onajon.
Yigit bo’lib qizlarga gul berganman,
Sizga gullar berganim yo’q onajon.
Maqtayvermang odamlarga ko’p meni,
Yaxshi inson bo’lganim yo’q onajon.
Katta bo’ldim mol dunyoni o’ylayman,
Borsiz u lek sizga parvo qilmayman.
Qachon sizga mexr berdim bilmayman,
Yaxshi inson bo’lganim yo’q onajon.
Aldanib gox sanamlarning makriga,
Yetganim yo’q do’stlarimni qadriga,
Yomonligim ko’rinmaydi hech sizga,
Yaxshi inson bo’lganim yo’q onajon.
Yolg’on so’zlar aylanar ko’p tilimda,
Yaxshiliklar qilganim yo’q onajon.
Bilmaysizda berilganman kbrga,
Yaxshi inson bo’lganim yo’q onajon.
O’ylasam gar titroq bosar tanamni,
Kechirilmas gunoxlarim bir jaxon,
Hech ham yomon demaysiz a Qodirni,
Yaxshi inson bo’lganim yo’q onajon.
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
01:35.19.09.2023 yangi sher 👆
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Layk kamentariyani to’ldirib tashaylik yangi sherga 👆 yana yangi sher bor joylimiz🥰
Читать полностью…#sher Албатта кўринг!!🥰
🥰Onam meni yaxshi ko’radi
🎤Elyor Ahmedov akamiz juda chiroyli o’qibdila☺️
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Zo’rlaridan zo’r bo’laman onajon 🤩
🎹Artist loyxasidan
🎙Shoxrux Ergashev
🎙Abror Do’stov
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Ona shoir o’g’ling yig’laydi.😔
Tor xonaga qamalib yolg’iz,
Yurak bag’rin yomon tig’laydi.
Sevgisidan ayrilib butkul,
Ona shoir o’g’ling yig’laydi.
Qo’lim yetmas dorga osilib,
Sevma deding sevdim shoshilib,
Armonlarga endi ko’milib,
Ona shoir o’g’ling yig’laydi.
Sog’inyabman qora ko’z qani,
Dardga davo shirin so’z qani,
Suratlarin yirtolmay hali,
Ona shoir o’g’ling yig’laydi.
Kechib kettim kechmaydi yurak,
Endi boshqa sevmasam kerak,
Unutolmay bu jonim xalak,
Ona shoir o’g’ling yig’laydi.
Umidimni uzganimcha yo’q,
Hamon ko’zlar uni izlaydi.
Baxtni tilay boshqa chora yo’q,
Ona shoir o’g’ling yig’laydi.
00:50.14.08.2023
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Faqat qo’shiqchi xonandalar uchun sotiladigan ideya qo’shiqlar kanali az’o bob qo’yamiz 👆
Читать полностью…Otam bor edi.
Suratiga qarab termulib,
Yurak bag’rim yomon ezildi.
Keng dunyoga sig’magan essiz,
Kamtargina otam bor edi.
Halol mexnat qilib tolmagan,
Yaxshilikdan sira qochmagan,
Hech narsaga muxtoj qilmagan,
Kamtargina otam bor edi.
**
Armonlarga ko’mib ketdida,
Har soniya bolam der edi.
Qadriga hech yetmaganman e,
Kamtargina otam bor edi.
Bozorlarda yayrab yurmagan,
O’ziga bir kiyim olmagan,
Odamlarday o’ynab kulmagan,
Kamtargina otam bor edi.
Jerkib berar edim men nodon,
Mexrga ham juda zor edi.
Bilmadimda vaqtida qadrin,
Kamtargina otam bor edi.
**
Armonlarga ko’mib ketdida,
Har soniya bolam der edi.
Qadriga hech yetmaganman e,
Kamtargina otam bor edi.
00:40.26.07.2023
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
(Talablarga binoan yozildi👆)
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#ideyaqoshiq
✅Tayyor ideya sotiladi👆Bunisi boshqacha fikrlarni kutaman🤩
🎧Qo’shiq nomi: Ko’rishaylik🥰
✍️Sher: Qodir Qaxxor
🎛Bastakor: Hasan Inomov
☎️Murojat: +998905506570
+998940005600
SHIFOKOR BO'LSAM BO'LARKAN
Shoirman-u orzularim ko'p,
Orzu kosam qachon to'larkan.
Shoirlikdan nima foyda bor,
Eh shifokor bo'lsam bo'larkan.
Xalqimga ham foydam tegardi.
Yosh-u qari birday suyardi.
O'zimni ham ko'nglim to'lardi.
Eh shifokor bo'lsam bo'larkan.
Onam betob bo'lmasdi shunda,
Otam xasta bo'lmasdi shunda,
O'qimadim men nodon banda,
Eh shifokor bo'lsam bo'larkan.
Yaxshi kasb mushkuldir biroq,
Sher yozishdan ancha qiyinroq,
Hamma ishdan savobi ko'proq,
Eh shifokor bo'lsam bo'larkan.
Savoblardan chiqmasdi qo'lim,
Xasta bo'lib qolmasdi do'stim,
Afsus biroz kech kirdi aqlim,
Eh shifokor bo'lsam bo'larkan.
Ushalmagan orzularim ko'p,
Inson orzu qilib yasharkan.
Shu haqida o'ylaymanda ko'p,
Eh shifokor bo'lsam bo'larkan.
Sher yozaman dardlarim ila,
Kimga qiziq kimlar kularkan.
Bunday o'ylar bo'lmasdi balki,
Eh shifokor bo'lsam bo'larkan.
Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#sher Албатта кўринг!!🥰
🥰Ona kettik shaxar ko’rsatay
🎤Shavkat Komilov akamiz juda chiroyli o’qibdila☺️
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
MEN ISHDAGI ODAMMAN
Sher soʻraysiz koʻp mendan,
Oʻzi oddiy shoirman.
Sherni tezlating demang,
Men ishdagi odamman.
Tinim yo'q aslo ishda,
Ishlayman qurilishda,
Qiynalmay deyman qishda,
Men ishdagi odamman.
Roʻzgʻor dardi boʻynimda,
Oʻzi ishdan to'ydimda,
Tunda yostiq qoʻynimda,
Men ishdagi odamman.
Toʻgʻri biroz kiyim kir,
Boriga qilib shukur,
Uydan olis musofir,
Men ishdagi odamman.
Halol mexnat qilay deb,
Ro'zg'orimni yopay deb,
Bir ikki soʻm topay deb,
Men ishdagi odamman.
Bizga ham kular omad,
Xudodan soʻrab faqat,
Bariga qilib toqat,
Men ishdagi odamman.
Qizlar bilan ishim yoʻq,
Mayishatga xushim yo'q,
Ovqatim bor qorin toʻq,
Men ishdagi odamman.
Quyosh botib tong otar,
Bu kunlar ham tez o'tar,
Uyda onam zor kutar,
Men ishdagi odamman.
Har kun madorsiz tanam,
Tunda qo'limda qalam,
Hech bitmaydi sherim ham,
Men ishdagi odamman.
Axvol chatoq dabdala,
Sherlarim hali chala,
Qodir uxladi yana,
Men ishdagi odamman.
✍️MUALLIF: QODIR QAXXOR
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#ideyaqoshiq Yangi👌
✅Tayyor ideya sotiladi👆
🎧Qo’shiq nomi: Onam qarib yuragimni gashlayverar🥹
✍️Sher: Qodir Qaxxor
🎙Ijro: Hasanjon Inomov
☎️Murojat: +998905506570
+998940005600
#VidioSher
🎙✍️Qodir Qaxxor Yangi sher👆
Nogox ajal kelsa o’lib ketamiz,
Kibrlanish nega kerak bizlarga.
Talashmaylik hech o’tkinchi dunyoni,
Bir kun kirib ketamizku qabrga.
Hammani ham jannat kutib turmaydi,
Hech bir yurak ming yil urib turmaydi,
Odamlarga tushuntirib bo’lmaydi,
Bir kun kirib ketamizku qabrga.
Davomi bor…..?
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Hammani fikri muxum 👇
USTOZLARIM SIZLARGA RAXMAT🥰
Bolalikdan bilim bergansiz,
Borimizga qilgansiz toqat.
Yiqilganda qo'ldan tutgansiz,
Ustozlarim sizlarga raxmat.
Qoʻlga qalam tutib qo'ydingiz,
Siz tufayli yozdim husnu xat,
Gar ranjitsam kulib qo'ydingiz,
Ustozlarim sizlarga raxmat.
Maqtadingiz o'g'lim qizm deb,
Biz qadringiz bilmadik faqat.
Qaytgim kelar oʻsha davirga,
Ustozlarim sizlarga raxmat.
Jon kuydirib o'qi derdingiz,
Foyda bermas uyqu derdingiz,
Kerak boʻlsa jonni berdingiz,
Ustozlarim sizlarga raxmat.
Asli ustoz otangday ulug',
Aytolmadim sizlarga raxmat.
Hech boʻlmasa sherimda aytay,
Ustozlarim sizlarga raxmat.1 - Oktyabr Oʻqtuvchilar va murabbiylar kuni bilan barcha Ustozlarni chin dildan tabriklaymiz!☺️
MUALLIF: QODIR QAXXOR
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
YURAK SENI SO’RAYVERADI
Qanday yashay ayt bu dard bilan,
Ko’zlar seni izlayveradi.
Bir so’z demay ketganing bilan,
Yurak seni so’rayveradi.
Go’yo kuzgi daraxtman bexol,
Barglarimni uchurar shamol,
Azoblardan qutqar jonim ol,
Yurak seni so’rayveradi.
O’zgaga dil berolmasam men,
Baxtli inson bo’lolmasam men,
Dunyo uzra bittamiding sen,
Yurak seni so’rayveradi.
Bir kulishing dardga davoda,
Tengsiz eding ibo hayoda,
Tag’dir ekan bir kam dunyoda,
Yurak seni so’rayveradi.
Mexrga zor mayus ko’zlarim,
Bir boqishing qo’msayveradi.
Ming uzatsam yetmas qo’llarim,
Yurak seni so’rayveradi.
Yor ishqida kurashgan botir,
Suyib sevsang azobdur oxir,
O’zgasini sevolmas Qodir,
Yurak seni so’rayveradi.
✍Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Bo’ydoq yuribdi akam.
Samolarda yolg’iz qushni ko’rmadim,
Juftin topib olgan hatto qushlar ham.
Bu yo’lim ochilmas uylanmas hamon,
Qiz topolmay bo’ydoq yuribdi akam.
Ko’plab qizlar bilan uchrashdi yana,
Birin sariq deydi birini qora,
Onam topgan qizlar yoqmaydi sira,
Qiz topolmay bo’ydoq yuribdi akam.
Yangi sher davomini yozamizmi🤩?
00:35.09.09.2023
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Uylanmasang bo’lmaydi do’st.
Yoshlik endi o’tib ketdi,
Orzu qilma qaytmaydi do’st.
Yolg’izlikdan to’yding rossa,
Uylanmasang bo’lmaydi do’st.
Zorsan qara shirin so’zga,
Topib endi bitta qizga,
Qish bo’lmasdan shu yil kuzga,
Uylanmasang bo’lmaydi do’st.
Bosib bosib to’yingda biz,
O’ynamasak bo’lmaydi do’st.
Ota onang baxting ko’rsin,
Uylanmasang bo’lmaydi do’st.
Bo’ldi endi qilma tarang,
Baxting ko’rsam deydi otang,
Qarib qoldi endi onang,
Uylanmasang bo’lmaydi do’st.
Niyyat qilgan baxtga yetar,
Ishlaring ham besh bob ketar,
Qodir do’sting senga aytar,
Uylanmasang bo’lmaydi do’st.
02:35.06.09.2023
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Men ham yoshligimda g’ish quyib pulini onamga olib kelib bergandim onam juda xursand bo’lib yig’lagisi kelgan🥹
✍️Qodir Qaxxor - Zo’rlaridan zo’r bo’laman onajon 🤩
🎙Shoxrux Ergashev
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Seni sevganimga🥰
Gullar olib kelsam sen qaysarga deb,
Gullarimni olib xursand bo’lsangchi.
Qo’ng’iroq qilganda labbay begim deb,
Seni sevganimga shukur qilsangchi.
To’g’ri malikasan juda go’zalsan,
Men ham shaxzodaman nazar solsangchi.
Bir so’zimga zordur qancha sanamlar,
Seni sevganimga shukur qilsangchi.
Ko’zlaringni suzib sevdirgan o’zing,
Meni sog’intirgan yondirgan o’zing,
Qizg’onishni bas qil borimsan o’zing,
Seni sevganimga shukur qilsangchi.
Ko’nglingni topay deb qancha yugurdim,
Yomg’irda eshiging tagida turdim,
Boshimga balosan qaydanam sevdim,
Seni sevganimga shukur qilsangchi.
Gullar olib kelsam sen qaysarga deb,
Gullarimni olib xursand bo’lsangchi.
Qo’ng’iroq qilganda labbay begim deb,
Seni sevganimga shukur qilsangchi.
02:22.18.08.2023
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Onam meni yaxshi ko’radi
Hech kimsaga yomonligim yo’q,
Kim kimligin xudo biladi.
Hamma meni yomon desa ham,
Onam meni yaxshi ko’radi.
Qo’rqamanda soxta malakdan,
Sevaman deb tashlab ketadi.
Bu dunyoda faqat yurakdan,
Onam meni yaxshi ko’radi.
Sal eskiroq usti bosh kiysam,
Do’stlarimga yoqmay qoladi.
Hech vaqosiz qolganimda ham,
Onam meni yaxshi ko’radi.
Chokib qolsam chukur qayg’uga,
Boshim silab dardim oladi.
Duo qilib har nafasida,
Onam meni yaxshi ko’radi.
Ro’zg’orimda to’lib ketsa kam,
Deydi bolam bo’lgin hotirjam,
Qodir do’stim nima bo’lsa ham,
Onam meni yaxshi ko’radi.
02:40.28.07.2023 yangi sher…!
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#yangilik
Xudo xoxlasa kitobimiz dizayni ham tayyor Kitobimizni dizayni qale chiqibdi hammani fikri muxum kament yozaylik 👇
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#ideyaqoshiq
✅Tayyor ideya sotiladi👆
🎧Qo’shiq nomi: Sensiz jonim
☎️Murojat: +998905506570
#ideyaqoshiq
✅Tayyor ideya sotiladi👆
🎧Qo’shiq nomi: LAYLO🥰
✍️Sher: Qodir Qaxxor
🎛Bastakor: Hasanjon Inomov
☎️Murojat: +998905506570
+998940005600
#ideyaqoshiq
✅Tayyor ideya sotiladi👆
🎧Qo’shiq nomi: Yetolmadimda💔
✍️Sher: Qodir Qaxxor
🎙Ijro: Hasanjon Inomov
☎️Murojat: +998905506570
+998940005600
#VidioSher
🎙✍️Qodir Qaxxor Yangi sher👆
Gunoxlarim ko’paygan,
Axir bilishim kerak.
Umr o’tib ketyabdi,
Nomoz o’qishim kerak.
Hayotimda ma’no yo’q,
To’xtaydi bir kun yurak.
Ollox jonim olguncha,
Nomoz o’qishim kerak.
Davomini chiqaramizmi?
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Hammani fikri muxum 👇
#ideyaqoshiq
🎙Tayyor ideya👆905506570
🎙Ijrochi: Hasanjon Inomov
✍️Qodir Qaxxor - Sevardimda sinifdoshimni 🥰
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg