894
✍SHOIR📃 "Qodir Qaxxor" ning Telegramdagi rasmiy saxifasi.🎼 Mualliflik huquqiga rioya qiling❗ ✅Taklif va sher buyurtmalar uchun❗ ʍʊʀօʝǟaT: @QodirQaxxor https://www.instagram.com/qodirqaxxor Inistagramda👆
👆Ijodimizdan yangi qo’shiq
premyerasi🔥
🎙️Otabek Boqiyev
✍️𝗤𝗼𝗱𝗶𝗿 𝗤𝗮𝘅𝘅𝗼𝗿 - Men uchun bittasan
Onamga gul..!
Mehr berib yosh-u qariga,
Yor-u do’stni o’yladim, xolos.
Yigirma besh yoshga kirdim-u,
Onamga gul bermaganim rost.
So’ramadi mendan hech neni,
Qancha qilsam ular uchun oz.
Sevganimdan sira ortinib
Onamga gul bermaganim rost.
Gunohlarim ko’pdur, ey Xudo,
Topilmaydi dardimga davo,
Ustozimga berganman hatto,
Onamga gul bermaganim rost.
Bizdan sovg’a-salom kutmasdi,
Bayramni ham bayram demasdi,
Axir juda qimmat emasdi,
Onamga gul bermaganim rost.
Hayotimda borligi - baxtim,
Asli gullar shu onamga mos.
Nima qilay haqiqat, do’stlar,
Onamga gul bermaganim rost.
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Boringizga shukur, dadajon.
Hech birovdan kam qilmadingiz,
Sizdan qarzim ko’pdur, dadajon.
Siz bor boshim egilgani yo’q,
Boringizga shukur, dadajon.
Sizdan duo olganim uchun,
Orzularim ushaldi oson.
Omadliman, sababchi o’ziz,
Boringizga shukur, dadajon.
Tashvish-g’amdan ancha yiroqman,
Ko’cha-koʻyda bo’lmadim sarson.
Siz bor samo quchaman hatto,
Boringizga shukur, dadajon.
Payti kelsa do’stlar yo’qlamas,
Siz yonimda qolasiz har on.
Bu dunyoda sizday inson yoʻq,
Boringizga shukur, dadajon.
Har yil hajga olib boraman,
Siz baxtimga bo’ling sog’-omon.
Yuz yoshda ham yonimda bo’ling,
Boringizga shukur, dadajon.
00:50.11.02.2026
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#kitob
Kitobim chiqsa sotib
olarmidingiz?😅
Menday yoring bo’lsa yomonmi?
Bu zamonda vafodor yorni,
Aytchi menga topish osonmi?
Rostin so’zla ko’zlari qoram,
Menday yoring bo’lsa yomonmi?
Ko’rishaylik kelgin yuzma yuz,
Sen bo’lolmas osmonda yulduz,
Seni deyman kechayu kunduz,
Menday yoring bo’lsa yomonmi?
Muhabbatim o’zingsan ishon,
Kulishlaring dardimga darmon,
Sevgimni sen qilmagin armon,
Menday yoring bo’lsa yomonmi?
Ishon sira afsus qilmaysan,
Yaxshiligim yaxshi bilmaysan,
So’zlarimga quloq solmaysan,
Menday yoring bo’lsa yomonmi?
Gullarimni olaqol endi,
Qalbingdan joy beraqol endi,
To’yga rozi bo’laqol endi,
Menday yoring bo’lsa yomonmi?
01:55.06.07.2026
✍Muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
☝️Yangisi ❤️Likelarni 100 ta qilib tashlaylik yana yangi sher joylayman ☝️
Читать полностью…
#arxiv
🎙️Laylijon taronasi esiladami paytida mega xit bo’lgan qo’shiqni sher muallifiman lekin shoiri hech kimga qiziqmas bilaman 😅
✍️Qodir Qaxxor - Laylijon
Sherni qaysi so’zlari sizni yuragingizga yetib borgan 😇
👇Kamentga yozin✍️
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Bugun Juma 10 kishiga 30 mingga 1 soat top 48 soat lentaga qo’yib beramiz shoshilamiz
✍️ @qodirqaxxor
(G)❤️
Gullar bilan bordim yoniga,
Hammasini kelishib oldik.
O’tgan ishni tezda unutib,
Biz u bilan yarashib oldik.
Shoshib chiqdi yoninga borsam,
Xursand bo’ldi gullani bersam,
Hammasi Zo’r sizlarga aytsam,
Biz u bilan yarashib oldik.🥰
✍️🎙️𝗤𝗼𝗱𝗶𝗿 𝗤𝗮𝘅𝘅𝗼𝗿
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
👆
✍️🎙️𝗤𝗼𝗱𝗶𝗿 𝗤𝗮𝘅𝘅𝗼𝗿
Qiz bolani ko’ngli nozikdir❤️
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
(G) ✍️ shu qiz sabab yozildi bu sher…
Men ishladim tinmay ishladim,
Sevganimni kamin to’ldirdim.
Men sevishni bilmagan odam,
Uni ko’nglin qachon to’ldirdim.
Pul qiziqmas yaxshi ayolga,
Puldan ko’ra etibor qiziq.
Yashashiga qo’yib ber uni,
Yo’llariga chizmagin chiziq.
Har lag’zada ko’nglini so’ra,
Ezilmasin dardu g’am bilan.
Keragidan ortiq sev uni,
Yashagisi kelsin sen bilan.
Sezib turgin nima dardi bor,
Olib bergin nima kami bor,
Hech narsaga muxtoj qilmagin,
Ex ayolni qancha joni bor,
Men kuchliman degan ayolni,
Bildirmagan qancha dardi bor.
Ex erkaklar hali dunyoda,
Biz bilmagan ancha narsa bor.
00:45.02.07.2026
✍Muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#Rizanovva 🔥Premyera🔥
🎵Muzaffar Abduazimov - Onam duo qilgani uchun
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Ko’pchilik bu postdan keyin G bilan urishib qoldilami deb yozdi G kim o’zi sevganizni deb so’rashdi ha ❤️ To’liq ismi Nima deb so’rayotganlar mayli aytaman
(G) Gulbaxor✅
(G)
Birlashganda bir qiz bor.
Oydan go’zal yulduz bor.
Davomi qiziqmi?😇
Sizni sevib qolganman.
Sizni ko’rib o’sha kun,
Yurakka dard solganman.
Aytolmayin yuribman,
Sizni sevib qolganman.
Ko’nglingiz olay deyman,
Qo’lingiz tutay deyman,
Har kun o’zimni yeyman,
Sizni sevib qolganman.
Tunlar uyqu bilmayman,
Visolingiz qo’msayman,
Ko’ngil ekan men g’arib,
Sizni sevib qolganman.
Orzularim so’ndirmang,
Sarson qilmang yondirmang,
Sevgimni siz o’ldirmang,
Sizni sevib qolganman.
Axir sevmadim atay,
Dard berdingiz bir talay,
O’zingizga bildirmay,
Sizni sevib qolganman.
Ko’rishamiz hali biz,
O’zingizni asrang siz,
Bilib qo’ying yaxshi qiz,
Sizni sevib qolganman.
Yurakka dard solganman.
02:30.16.02.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
https://youtu.be/pGLEA_6y-Qo?si=l-cZl8wRnz-dQ9rw
Читать полностью…
Sizga oson bo’lmagan, dada.
Ko’cha-ko'yda eng zo’ri edim,
Cho’ntagim bo’sh qolmagan, dada.
Davringizda o’ynab kulganman,
Sizga oson bo’lmagan, dada.
Eskirmagan usti - boshim ham,
Uzoq yurgan mendan dard-u g’am,
Katta bo’ldim sira ko’rmay kam,
Sizga oson bo’lmagan, dada.
Pul topishni sira o’ylamay,
Yurganman-da tashvish ne bilmay,
Qora mehnat qilgansiz tinmay,
Sizga oson bo’lmagan, dada.
Ne istasak topib kelgansiz,
Bizni juda yaxshi ko’rgansiz,
Dardlaringiz ichga yutgansiz,
Sizga oson bo’lmagan, dada.
Yorug’ qilay endi yuzingiz,
Ikki qilmay aslo so’zingiz,
Katta bo’lib bildim qadringiz,
Sizga oson bo’lmagan, dada.
00:05.14.05.2025
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Do’stligimiz ayt qayda qoldi
Pul ko’payib qoldimi jo’ra,
Yurishlaring o’zgarib qoldi.
Salomimga alik olmaysan,
Do’stligimiz ayt qayda qoldi.
Zo’r mashina yurishlaring zo’r,
Biz bechora peshonamiz sho’r,
Ko’ngil uchun holim kelib ko’r,
Do’stligimiz ayt qayda qoldi.
Erkalaysan go’zal yoringni,
Unga berib sharaf shoningni,
Ayamaysan berib boringni,
Do’stligimiz ayt qayda qoldi.
Ko’rsatyabsan asl yuzingni,
O’zingmisan aytgin o’zingmi,
O’ylab gapir bo’ldi so’zingni,
Do’stligimiz ayt qayda qoldi.
Mol dunyoga berilma uncha,
Mol dunyolar bilgin vaqtincha,
Oqibating edimi shuncha,
Do’stligimiz ayt qayda qoldi.
01:15.09.07.2026
✍Muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
❤️Like bosib qo’yin👇
Yangisi baxo berilachi 100❤️like bo’lsa yangi sher joyliman yana ☝️
Читать полностью…
Shu kunlarda u bilan kelisholmayabmiz qilayotgan ishlarimda halovat yo’q hech narsaga qiziqishim qolmadi kimlardur aytyabdi kechib ket nima qilasan ortidan yugurib deb manga hech kimni gapi qiziqmas u tomonga borishdan to’xtamayman hali u xoxlagandan ham yaxshi bo’laman ❤️
Читать полностью…
Soddaligim qursin onajon
Qanchaligin so’ramay berdim,
Pul so’rasa do’stu qadrdon.
Men so’rasam yuzin burishdi,
Soddaligim qursin onajon.
Kimdan olay endi alamni,
Yuragimda dardlar bir jahon.
Bekor sevdim qoshi qalamni,
Soddaligim qursin onajon.
Yurgim kelar toza havoda,
Kim kimligin bildim piyoda,
Soxtalar ko’p ekan dunyoda,
Soddaligim qursin onajon.
Men hech kimga eshik yopmadim,
Men qiynaldim ahvolim yomon.
Men ularni topa olmadim,
Soddaligim qursin onajon.
Jigarimsan deganlar qani,
Qancha jabr ko’rdiku bu jon.
Men ularga borimni berdim,
Soddaligim qursin onajon.
01:22.06.07.2026
✍Muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Yangi qo’shilgan obunachilar bu qaysi shoir ekan sherlari qo’shiq bo’lganmi o’zi diyotganlarga assalomu alaykum😅
Читать полностью…
✅REKLAMA BERISH SHARTLARI.
04.04.2018-yil.
Kanal Haqida Ma'lumot:
100% Jonli obunachi✅
Kanal: @QodirQaxxorSherlari
Kanalda Odam Soni: 20 K tadan oshiq odam…
🔂 Reklama Narxlari👇
1 Soat top 30 ming so‘m.
1 soat top 24 soat lenta 50 ming so'm.
TOP 24 Soatlik: 100ming so‘m.
TOP 12 soatlik 50 ming so‘m.
❗️+🔞, Siyosiy, Diniy kanallar reklama qilinmaydi!
💸To'lov Turlari: Click, Payme
To'lov 100% to'langandan keyin reklamangiz kanalga qo'yiladi.
📞Reklama berish uchun adminga murojaat qiling.👇
✍️ @qodirqaxxor
⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️
Ijodni Sher yozishni boshladim xonandalar bemalol aloqaga chiqsela bo’ladi.✅
Xitlarni birga yaratamiz🥳
✍️ @qodirqaxxor
📞 +998940005600
(G)✍️
Sen chiroyli yaratding uni,
Uni deyman unga jon fido.
Uni menga o’zing uchratding,
Sevganimdan ayirma xudo.
Qosh ko’zlari ko’zim quvnatar,
Kulib boqib dilim yayratar,
Ol qulim de menga shu yetar,
Sevganimdan ayirma xudo.
To’g’ri biroz qaysarligi bor,
Netay yurak faqat unga zor,
Usiz qolsam bu dunyolar tor,
Sevganimdan ayirma xudo.
Mol dunyolar so’ramayman rost,
Sendan uni so’rayman xolos,
Rahming kelsin sendan iltimos,
Sevganimdan ayirma xudo.
Ko’nglim to’lsin quchog’im to’lsin,
Farzandlarim onasi bo’lsin,
Yuz yoshda ham yonimda tursin,
Sevganimdan ayirma xudo.
02:42.02.07.2026
✍Muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
( G ) ✍️
QiZ bolaga pul boylik zarlar,
Bilsam kamlik qilar ekanda.
U aslida etibor talab,
Himoyani istar ekanda.
Sevdim deyish juda ham oson,
Lekin sevish boshqacha ekan.
Qiz bolani ko’nglini olish,
Bir yoshdan yuz yoshgacha ekan.
Qiz bolani ko’ngli nozikdir,
Dardin his qil yoningda bo’lsa.
Tosh eriydi u erimas lek,
Qiz bolani ishonchi qolsa.
Ex pul bilan sevgi sevgimas,
Kech bo’lsa ham angladim bildim.
Kechirsaydi o’sha qiZ meni,
Unga jonim fido qilardim.
Yoshlik qildim desam yoshmasman,
O’sha qizni dardin bilmadim.
Tan olaman ayib o’zimda,
Unga loyiq inson bo’lmadim.
00:10.02.07.2026
✍Muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Bazida insonni kamlari o’ziga bilinmas ekan shuning uchun hech qachon man mukammal insonman demang! 👍
Читать полностью…
Sevgan qizmni kamlarini to’ldirib beribmanu lekin uni himoya qilishni unga ishonganim uchun qizg’onishni unutibman uni o’zi meni ko’zimni ochib qo’ydi kech bo’lsa ham angladim …..!
Читать полностью…
Umr o'tar..........
Ko'ngilga qil sig'maydi bazan,
Umr o'tar tashvishlar bisyor.
Katta bo'lib qoldikmi deyman,
Yillar buni qilmoqda oshkor.
Do'stlarim ham uylanar asta,
Hatto farzad ko'rganlari bor.
Bizga navbat kelguncha bilmam,
Yana qancha o'tarkin baxor.
Ko'zim ochib yumgucha mana,
Yillar meni yoshligim oldi.
Endi rozg'or dardi bo'ynimda,
Ota-onam ham qarib qoldi.
Sevib ko'rdik xudoga shukur.
Sevgida hech bo'lmadi huzur.
Vada berib yetolmadim men,
O'sha qizdan so'rayman uzur.
Sevib yetish uchun aslida,
Kerak ekan mashina pullar.
Naxot kammi dunyoda oddiy,
Xijob taqqan muslima qizlar.
Bir tarafdan oddiylik yaxshi,
Boylar uyqu neligin bilmas.
Men tinchgina uxlasam bo'ldi,
Menga boylik aslo kerakmas.
Boylik bilan ko'nglim to'lmaydi,
Menga pulni ko'pi kerakmas.
Bu dunyoda bitta orzuyim,
Ota onam hajga borsa bas.
Sherlarimdan baxra olsangiz.
Ota onam duo qiling siz.
Qodir yana sherlar yozadi,
Chin muxlisim hali kuting siz.
✍Muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
3 - 0 🥹
Oxirigacha ko’ramizmi?😇