Diyor yangiliklari | “Ma’rifat ulashib” loyihasi davom etmoqda
#12dec #SamDAQU
Manba: #SamTVR
“To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
#13dec #Tanlov
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda qizlarimiz o‘z ijodkorlik va mahoratini quyidagi shartlar asosida namoyon etdilar:
🟢 To‘maris siymosini yaratish – ijodiy tanishtiruv.
🟢 “Agar men bo‘lganimda” – rahbar sifatidagi islohotlar bo‘yicha taqdimot.
🟢 Sportda bellashuv – belgilangan joydan nishonga urish.
🟢 Ot ustida kamondan nishonga otish – milliy ruhdagi maxsus shart.
Tanlov natijalariga ko‘ra:
🥇 Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti – “Turon malikalari” jamoasi;
🥈 Madaniy meros obyektlarini asrash fakulteti – “To‘maris avlodlari” jamoasi;
🥉 Qurilish fakulteti – “To‘maris qizlar” jamoalari qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar diplom, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
#SamDAQU #XotinQizlarFaoliyati #To‘marisIzdoshlari
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
4️⃣4️⃣4️⃣
⚡️Respublika miqyosida o‘tkaziladigan “IELTS Granti — 2024” tanlovida ishtirok etish uchun 3 kun qoldi!
👍Tanlov orqali 1000 nafar yoshlarni xalqaro IELTS sertifikatiga bepul o‘qitish rejalashtirilmoqda. Grantning umumiy miqdori 3.1 milliard so‘mni tashkil etadi.
✅ Tanlovda barcha davlat va nodavlat oliygohlarning talabalari hamda texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litsey o‘quvchilari (25 yoshgacha) ishtirok etishlari mumkin.
🗓 Talabgorlar 15-dekabrga qadar onlayn shaklda maxsus bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
🏆 Gʻoliblar “Registon IELTS Granti” g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi.
Bundan tashqari, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.
➡️ Batafsil (matn ustiga bosing)
❗️Ma’lumot o‘rnida, ushbu grant tanlovi xorijiy tillarni puxta o‘rgangan bilimdon talabalarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qishda qo‘shimcha imtiyoz berish xarakteriga ega emas.
Bizni kuzating
#Xushxabar
⚡️ Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining 6 nafar iqtidorli talabalari nomdor davlat stipendiyalari sohibi bo‘ldi
Bu haqda tez orada batafsil ma’lumot beramiz...
Полистав страницы "Самаркандского вестника", вы узнаете чем и как живёт наша область. Свежий выпуск заключает в себе много нового и интересного, впрочем, как и всегда.
✅ Как готовят спасателей?
Подробнее на 3 стр.
✅ Быть полезной обществу.
Читайте на 6 стр.
✅ Живой и настоящий..
Об этом на 8 стр.
А также много других интересных и любимых вами рубрик читайте в этом и каждом номере.
Электронная версия на официальном сайте:
👉 https://sv.zarnews.uz
Оставайтесь с нами @samvest
Axborot 24 | 11-noyabr – Kasaba uyushmalari xodimlari kuni munosabati bilan SamDAQUda tadbir tashkil etildi
#6nov #Uzbekiston24
Manba: #Uzbekiston24
Ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
#6nov #UniversityWeek
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga“UN IVERSITET” maqomi berilganligining 2 yilligi munosabati bilan “Moddiy-ma’naviy meros va umumbashariy qadriyatlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar davomida moddiy va ma’naviy merosning ahamiyati, uning kelajak avlodlarga yetkazish mas’uliyati hamda umumbashariy qadriyatlarni himoya qilish bo‘yicha muhim mavzular muhokama qilindi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va mutaxassislar ishtirok etdi.
Seminarda xalqimizning bebaho boyliklarini saqlash va kelajak avlodlarga yetkazish mas’uliyatiga alohida urg‘u berilib, milliy merosimizning xalqaro miqyosda tan olinishiga hissa qo‘shadigan ilmiy tadqiqotlar va loyihalarning istiqbollari tahlil qilindi.
#SamDAQU #8noyabr #UniversitetKuni #2yil
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
🎬 ANONS: SamDAQU vakillari “Aslida qanday?” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida mehmon bo‘ldi
#MilliyKontent
“O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali studiyasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining bir guruh vakillari “Aslida qanday?” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldilar.
Ko‘rsatuv mehmonlari:
- Axtam Uralov Arxitektura fanlari doktori, professor;
- Abror Gadoyev SamDAQU prorektori, texnika fanlari doktori, professor;
- Eson Muhammadiyev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, professor;
- Otabek Boboqandov Arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Suv tanqisligi va suv tejovchi texnologiyalar bugunning dolzarb muammosi mavzusida tanlov bo‘lib o‘tdi
#6nov #UniversityWeek
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga “UNIVERSITET” maqomi berilganligining 2 yilligi munosabati bilan “Suv tanqisligi va suv tejovchi texnologiyalar bugunning dolzarb muammosi” mavzusida TANLOV bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda ishtirokchilar suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llashning zamonaviy usullari, suvni qayta ishlash texnologiyalari, iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslarini saqlash kabi masalalarni ilmiy yondashuv asosida tahlil qildilar.
Eng yaxshi loyihlar suv tejash va samaradorlikni oshirish bo‘yicha innovatsion yechimlarni taklif etgani uchun yuqori baholandi. Tadbir davomida suv tejash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish va bu boradagi ilmiy-tadqiqot ishlariga ko‘mak berishning muhimligi ta’kidlandi.
Mazkur tanlov universitetning ilmiy va amaliy salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, yosh olimlarni suv resurslarini asrab-avaylashga yo‘naltirishda katta ahamiyat kasb etadi. Taqdim etilgan loyihalar kelajakda mintaqaviy suv tanqisligi masalasini hal etishda qimmatli manba bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.
#SamDAQU #8noyabr #UniversitetKuni #2yil
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
#HuquqiyYangiliklar #ZulfiyaMukofoti
🗣Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi
🇺🇿 Hukumat Qarori (731-son, 01.11.2024 y.) bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Unga ko‘ra, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talabgorlarini tanlash, ularning hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi hamda yo‘nalishlar bo‘yicha talabgorlarning yutuqlari, ilmiy-ijodiy va amaliy ishlarini baholash mezonlari belgilandi.
🙋 Talabgorlar 8 ta yo‘nalish — fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati bo‘yicha tanlovlar orqali saralanadi.
🗒 Mukofot ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlarga o‘qish va mehnat faoliyatidagi yutuqlari uchun beriladi.
👥 Yo‘nalishlar bo‘yicha har bir o‘ringa munosib talabgorlarni tanlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
➡️ tuman (shahar) bosqichi — 2 sentyabrdan 20 oktyabrga qadar;
➡️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi — 21 oktyabrdan 30 noyabrga qadar;
➡️ respublika bosqichi — 1 dekabrdan 31 dekabrga qadar o‘tkaziladi.
🥇 Mukofot har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga — jami 28 nafar talabgorga beriladi.
🎉 Sovrindorlarga mukofotlanganlik haqidagi diplom, ko‘krak nishoni hamda BHMning 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti har yili 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube
⚡️Ovozli chat
2024-yil 6-noyabr kuni soat 11:00 da Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash kanalida “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul jarayonlariga tayyorgarlik” nomli ovozli chat bo’lib o’tadi.
Qabul bo’yicha barcha savollaringizga ushbu efirda jonli ravishda Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislaridan javob olishingiz mumkin.
🔊EFIRGA QO’SHILISH
#test2024 #jarayon
Bugun respublikamizdagi 73 ta katta sig‘imli yopiq binolarda oliy va professional ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun test sinovlari boshlandi.
Bizni kuzating
👥 TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga xususiy tashabbuskor “TMM BUILDINGS” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti akademik litseyi hududida (0,3 gektar) 800 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
🗂 Ilova qilinayotgan hujjatlar:
➡️ Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli;
➡️ Loyiha to‘g‘risida ma’lumot;
➡️ Loyiha konsepsiyasi.
Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar 2024-yil 25-avgust 23:59 ga qadar “Qiziqish bildirish shakli”ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak:
✉ Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
Elektron pochta manzili: samdaqu@edu.uz
Telefon raqami: +998 (66) 237-18-78-80
Manzil: Samarqand shahri, J.Joʻrayev koʻchasi 65 uy, SamDAQU akademik litseyi hududi.
✉ Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi
Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz
Telefon raqami: +998 55 520-08-08 (195)
Manzil: 100095 Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 7-uy.
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.
#o‘qishni_ko‘chirish
#o‘tish_ballari
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
Bizni kuzating
⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣ - йил 1️⃣2️⃣-июль кунги 5️⃣3️⃣-сони мутолаа учун ҳавола қилинди.
✅ ВОДИЙ ЖАВОҲИРИ – ФАРҒОНА ЙИРИК САНОАТ МАРКАЗИГА АЙЛАНМОҚДА
✅ НАЗОРАТ БОР ЖОЙДА
ҚУРИЛИШДА КАМЧИЛИК БЎЛМАЙДИ.
✅ Иккита гидроэлектр станцияси ишга тушди
✅ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИ ЯНГИ ҚИЁФАДА
✅ Оилавий меҳмон уйлари
✅ Эҳтиёжмандларнинг
муаммолари ҳал этилмоқда
каби мақолалар ва янгиликлар билан танишасиз.
Газетада берилаётган материаллар билан TELEGRAM канали ва RASMIY SAYT орқали танишиб
TELEGRAM | INSTAGRAM | RASMIY SAYT | YOUTUBE | FACEBOOK
🗞 “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasining 2024-yil 13-dekabr kungi 96-soni mutolaa uchun havola qilinadi.
Ushbu sonda quyidagi maqolalar va yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin:
❗️ ESLATMA: ertaga barcha uchun ish kuni!
Prezident farmoniga ko‘ra, 14-dekabr — shanba kuni barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi.
🟢 Ushbu o‘zgarish besh kunlik ish rejimida ishlovchilarni ham qamrab oladi.
🟢 Bu kunning evaziga 30-dekabr, dushanba kuni dam olish kuni etib belgilangan.
SamDAQUda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
#12dec #OchiqEshiklarKuni
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Universitet faoliyatining ochiqligini ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va bartaraf etish, sohada korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy tizimlarini joriy etish kabi maqsadlarda tashkil etilgan ushbu tadbirda jamoatchilik tashkilotlari vakillari, Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB 2-son IIB mas’ul xodimlari, deputatlar va partiya faollari, ota-onalar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Universitet faoliyati haqidagi mas’ullarning axboroti, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tadbirning kun tartibidan o‘rin oldi.
Tadbir yakunida, 9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan e’lon qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida o‘tkazilgan “Eng yaxshi insholar”, “Eng yaxshi rasmlar” va “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovlarining g‘olib va ishtirokchilari, hamda tashkilotchi kafedra va bo‘limlar munosib taqdirlandi.
#SamDAQU #KorrupsiyagaQarshiKurashish
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
Устремлённый в будущее
В этом году исполняется два года как Самаркандский государственный архитектурно-строительный институт имени Мирзо Улугбека получил статус университета. Указ Президента РУз "О мерах по дальнейшему совершенствованию системы подготовки кадров в сфере архитектуры и строительства" от 8 ноября 2022 года напрямую связан с достижениями в этой области вуза.
Подробнее: 👉https://sv.zarnews.uz/post/e95e
Подписывайтесь на наш канал:
@samvest
“ASSALOM SAMARQAND” musiqiy dam olish dasturi
#2nov #OAV
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat-arxitektura qurilish universteti “Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi” kafedrasi mudiri Zikrilla Yassakov bilan “ASSALOM SAMARQAND” musiqiy dam olish dasturida intervyu tashkil etildi.
Manba: #SamTVR
Talaba qizlar uchun psixologik suhbat tashkil qilindi
#4nov #DavraSuhbati
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining 2- va 4-sonli talabalar turar joyida universitet psixologi Umida Najmiyeva tomonidan talaba qizlari uchun psixologik suhbat tashkil etildi.
Suhbat davomida talabalarning ruhiy holatini qo‘llab-quvvatlash, stress bilan kurashish ko‘nikmalarini shakllantirish va o‘z-o‘zini boshqarish bo‘yicha muhim maslahatlar berildi. Psixolog talabalarga turli tavsiyalar bilan birga, hayotdagi murakkab vaziyatlarni yengish uchun foydali texnikalar bilan tanishtirdi.
Tadbirning qiziqarli jihatlaridan biri esa talabalar uchun yaxshi kayfiyat ulashuvchi qiziqarli mashg‘ulotlar o‘tkazilgani bo‘ldi. Ushbu mashg‘ulotlar talabalarning darslar va kundalik hayotdagi stressdan chalg‘ib, o‘zlarini ruhiy jihatdan yengil his qilishlariga yordam berdi.
#SamDAQU #PsixologikMaslahat
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
💼 Yosh arxitektor va shaharsozlik mutaxassislari tanlovining 2 yo‘nalishi bo‘yicha qaydnomasini e'lon qilamiz
Tanlovning 2 yo‘nalishi bo‘yicha:
1. “Smart rural settlement” – Qishloq hududining bosh rejasi (master-plan) konseptual loyihasi;
2. “Smart district” – aqlli tuman bosh rejasi (master-plan) konseptual loyihasi.
🗂 Natijalar quyidagicha:
1-o‘rinni – Abror Niyatov 401-Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish taʼlim yoʻnalishi talabasi, Farrux Omonqulov 403-Arxitektura turlari bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi talabasi;
2-o‘rinni – Nilufar Ergasheva 301-Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish taʼlim yoʻnalishi talabasi;
3-o‘rinni – Mehroj Boynazarov, Faridun Abdullayev, Abdumalik Abdurashidov 301-Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish taʼlim yoʻnalishi talabalari egalladi.
🎁 Eslatib o‘tamiz g‘oliblarga:
1-o‘rin uchun – yoz oyida chet elda amaliyot o‘tash uchun yo‘llanma;
2-o‘rin uchun - chang yutgich;
3-o‘rin uchun - mikroto‘lqinli pech;
shuningdek diplom hamda esdalik sovg‘alari topshiriladi.
“Eng yaxshi ilmiy maqolalar” tanlovning universitet bosqich bo‘lib o‘tdi
#6nov #Tanlov
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligiga bag‘ishlangan “Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar” tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov talaba va tadqiqotchilarda Mirzo Ulug‘bekning hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganish, o‘zlarining ilmiy bilimlarini boyitish bilan bir qatorda, o‘zbek xalqining madaniy merosiga hurmat ko‘rsatdilar.
Mirzo Ulug‘bekning astronomiya, matematika, tarix va boshqa sohalardagi yutuqlari, uning ilm-fanga qo‘shgan hissasi haqida yangi qarashlari va izlanishlari talabalarning maqolalarda o‘z aksini topdi.
#SamDAQU #MirzoUlugbek #630yil
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
Targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib borildi
#6nov #Uchrashuv
2024-yil 6-noyabr kuni universitet katta faollar zalida “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Men terrorizm xavfini qanday tushunaman?” va “Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik” kabi mavzularida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirda Din ishlari boʻyicha qoʻmita Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi rahbari Soxibnazar Boymurodov, Samarqand viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mutaxassisi Ismat Juliyev, Din ishlari boʻyicha qoʻmita Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi xodimi Ravshan Rajabov, Talabalar dekani Sherzod Bozorov, “Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri Asliddin Quldoshev, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir so‘nggida mavzuga oid videorolik namoyish etildi.
#SamDAQU #TalabalarDekanati
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
👥 DIQQAT E’LON!
#Repost #Ulashing
Universitet hududida Olimboyeva Malikaga tegishli ID karta topib olingan. Buyum egasi SamDAQU Axborot xizmati - bosh bino 216-xonaga kelib olib ketishini so‘raymiz.
@samdaqueduuz
Xalqaro kuzgi maktab: Loyiha taqdimotlari bo‘lib o‘tdi
#5nov #UniversityWeek
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Universitet haftaligi” doirasida “UII Joint Architecture” - Xalqaro kuzgi maktabining yakuniy taqdimoti hamda taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Ushbu Xalqaro kuzgi maktab ishtirokchilari o‘tgan vaqt mobaynida Samarqand shahrining tarixiy qismidagi joylashgan mahallalar arxitekturasi tarixi bilan yaqindan tanishdilar, me’moriy kompozitsiya asoslarini o‘rgandilar, loyihalash jarayoni haqida tushunchaga ega bo‘ldilar.
Ko‘hna va navqiron Samarqand shahrida o‘tkazilgan maxsus kuzgi maktab dasturida Indoneziyaning Islom universitetidan 17 nafar talaba hamda 2 nafar professorlar hamda SamDAQUning Arxitektura va Madaniy meros obyektlarini asrash fakultetlaridan 16 nafar talaba hamda 4 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Kuzgi maktabning so‘ngi kunida jamoalar o‘zlariga belgilangan hudud bo‘yicha yakuniy loyiha taqdimotlarini olib bordilar. Tadbir so‘ngida universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz tomonidan ishtirok etgan barcha jamoa vakillariga sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
#SamDAQU #8noyabr #UniversitetKuni #2yil
#KuzgiMaktab
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
#foydali
#salomatlik
Hurmatli obunachilar!
Salomatlik va strategik rivojlanish instituti tomonidan aholi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, oʻz sogʻligʻi holatini baholash va aholi tomonidan sogʻlom ovqatlanish boʻyicha tavsiyalar olish maqsadida ilgʻor, zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni qoʻllagan holda bir qator telegram-bot va android qurilmalari uchun mobil ilovalar ishlab chiqilgan.
Ularni quyidagi havolalar orqali yuklab olishingiz mumkin:
➖Tana vazni indeksini hisoblash va natijaga koʻra sogʻlom turmush tarzi tavsiyalarni olish imkoniyatini beradigan telegram-bot va mobil ilova.
➖Qandli diabet 2-turi rivojlanish xavfini baholash va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha telegram-bot va mobil ilova.
➖Yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini baholash va xavfga bogʻliq holda sogʻlom turmush tarzi boʻyicha tavsiyalar olish imkoniyatini beradigan telegram-bot va mobil ilova.
Bizni kuzating
#o‘qishni_ko‘chirish
#o‘tish_ballari
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
Bizni kuzating
“Muhokama-munosabat” oʻquv seminari oʻtkazilmoqda
#12iyul #Live
Ayni damda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oʻzbekiston–2030” strategiyasi va 2024-yilga moʻljallangan Davlat dasturi mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan “Muhokama-munosabat” oʻquv seminari oʻtkazilmoqda.
Seminarda Vazirlik markaziy apparatining barcha xodimlari, Vazirlik tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar xodimlari, barcha oliy taʼlim muassasalari prorektorlari hamda matbuot kotiblari (onlayn rejimda) ishtirok etmoqdalar.
#Seminar #Strategiya2030
#OliyTalimVazirligi
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar
📌 Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.
✅ Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).
Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar:
👉 https://uzbmb.uz/page/test_2024
👨🏻💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, "Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.
⚡️ Hurmatli abituriyentlar! Test sinovlariga kech qolmang! O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube