sariqdev | Unsorted

Telegram-канал sariqdev - Sariq Dev

13291

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali. Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

Subscribe to a channel

Sariq Dev

SI davrida "bilim" deganda nimani tushunamiz? Uni qanday oʻlchaymiz?

Videoning qisqa mazmuni:

🌟 Sun'iy intellekt: Bilim Olish Va "Bilish" Tushunchasini Tubdan O'zgartirmoqda

Ushbu videoda sun'iy intellekt (SI) davrida bilim olish jarayoni va "bilim" tushunchasining o'zgarishi chuqur tahlil qilinadi. Asrlar davomida bilim ustozdan shogirdga, kitoblar va onlayn resurslar orqali uzatilgan bo'lsa, endi SI bu jarayonga tubdan o'zgartirishlar kiritmoqda. Muallifning shaxsiy tajribasi (SI yordamida qisqa muddatda murakkab loyihalarni yaratish) misolida, endi ma'lumotlarni yodlash yoki har bir texnologiyani chuqur o'rganish emas, balki SI vositalaridan samarali foydalana olish asosiy ko'nikmaga aylanayotgani ta'kidlanadi. Kelajak "kiberlar" (inson + SI) dunyosi bo'lib, SI bizning shaxsiy yordamchimizga aylanib, bilimlarni tezda o'zlashtirish va amaliy natijalarga erishish imkoniyatini yaratishi tushuntiriladi. Bu jarayon insonni ahmoq qilmaydi, aksincha, ularning imkoniyatlarini kengaytiradi va "bilish"ning yangi mazmunini shakllantiradi.

💡 Asosiy Fikrlar:

* ✅ Bilimni O'zlashtirish Tarixi: Avvallari bilim og'zaki, yozma kitoblar, keyinchalik elektron fayllar va onlayn darsliklar orqali yetkazilgan.
* 📚 "Bilimdonlik" O'lchovi (SIgacha): Insonning ma'lumotni o'rganishi, tushunishi va amalda *o'zi* tatbiq qila olishi bilan o'lchangan.
* 🔄 SI'ning Tub O'zgarishi: Sun'iy intellekt bilim olish jarayoni va "bilish" tushunchasini tubdan o'zgartirmoqda.
* 🚀 Shaxsiy Tajriba Misoli: Video muallifi SI yordamida qisqa muddatda 20 dan ortiq murakkab dasturiy loyihalarni amalga oshirganini, buning uchun har bir texnologiyani chuqur o'rganish shart bo'lmaganini aytib o'tadi.
* 🤖 SI Bilim Agentiga Aylanmoqda: Sun'iy intellekt dokumentatsiyalarni o'qiydi, texnologiyalarni o'rganadi, dastur kodini yozyapti va integratsiyalarni amalga oshiryapti, insonni mayda-chuydalarni yodlashdan ozod qilmoqda.
* ✨ "Bilish" Tushunchasining Yangi Ma'nosi: Kelajakda "bilish" bu hamma narsani yoddan bilish yoki chuqur tushunish emas, balki SI'dan samarali foydalanib, natijalarga erishishdir.
* 🤝 Inson-SI Hamkorligi ("Kiberlar"): Kelajak robotlar emas, balki "kiberlar" (inson + sun'iy intellekt) davri bo'ladi. Har bir insonning o'z shaxsiy SI agenti bo'lib, bu inson imkoniyatlarini keskin oshiradi.
* ⚡️ Xotira emas, samaradorlik: SI bilimlarni o'zlashtirish, tatbiq etish va natija olish jarayonini juda tezlashtiradi, bu esa eski yodlash usullarini mantiqsiz qilib qo'yadi.
* 💡 Munosabat: Sun'iy intellekt insonni ahmoq qilmaydi, aksincha, ularni kuchaytiradi va yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.


Sizningcha, sun'iy intellekt bizni aqllan zaiflashtiryaptimi 🧠, yoki aksincha, imkoniyatlarimizni oshirib, kelajakka katta yo'l ochyaptimi? 🚀

Fikr-mulohazalaringizni izohlarda kutib qolamiz! 👇


-—
#ertagaKech

@sariqdev

Читать полностью…

Sariq Dev

SI klasterimiz haqida gapirib berdik.

Aytgancha, klasterlarga allaqachon bir nechta katta open-source modellarni ham ko'tarib, dasturlash uchun AI pipeline ham qurib oldik. Bizda ham jadallik bilan qo'lda kod yozish amaliyotidan voz kechilayapti.

Читать полностью…

Sariq Dev

Sun’iy intellekt - Ertaga kech!

Videoni ko'rishni eringanlar uchun videoning qisqacha mazmuni (by mohirai) 👇

🚀 Sun'iy intellektning rivojlanish bosqichlari va kelajagi

📌 Qisqacha mazmun:
Ushbu videoda sun'iy intellektning professional va shaxsiy hayotdagi o‘rni, so‘nggi yillardagi rivojlanish bosqichlari hamda jamiyatdagi qarashlarning qanday o‘zgargani tahlil qilinadi.
Spiker ta’kidlaydi: SI’ni bilish endi tanlov emas — zarurat. Yaqin kelajakda esa uni bilmaslik savodsizlik sifatida qaraladi.

💡 Asosiy fikrlar:
• Hozirda SI imkoniyatlarining atigi 10–30% qismi ishlatilmoqda
• SI rivojlanish bosqichlari: 😳 Uyat → 🙂 Ijobiy qarash → 👍 Tavsiya → 🚀 Rag‘batlantirish → ⚡ Majburlash
• Mohirdev’da SI’dan foydalanish — majburiy
• 1–2 yil ichida SI bilmaslik savodsizlik deb baholanadi (huddi kompyuter yoki internetdan foydalanishni bilmaslik kabi)
• SI faqat ChatGPT yoki prompt yozish emas — juda keng imkoniyatlar mavjud (keyingi videolarda batafsil)

✅ Action items (nima qilish kerak):
☐ Bugunoq sun’iy intellektni o‘rganishni boshlang
☐ SI’ni ishda va kundalik hayotda faol qo‘llang
☐ Keyingi video va materiallarni kuzatib boring




Sizning fikringiz qanday? "SI'dan to'liq foydalanayapman" deb o'ylaysizmi?

#ertagakech

@sariqdev

Читать полностью…

Sariq Dev

🌙 30 kunda hayotingizni oʻzgartiring

Читать полностью…

Sariq Dev

Mohirdev Sunʼiy intellekt jamoasiga qoʻshilishni istaganlar uchun bir nechta vakansiyalar eʼlon qildik.

https://mohirdev.ai/careers

Читать полностью…

Sariq Dev

Value chain (qiymatlar zanjiri) yohud nega GM BYD bilan raqobat qila olmaydi.

Biznes strategiyada "value chain" degan tushuncha bor – bu yakuniy mahsulot yaratilguniga qadar uning qiymatini oshirib boradigan, tashqaridan sezilmaydigan, oraliq bosqichlar. Yakuniy mahsulotning sifati mana shu oraliq bosqichlarning sifatiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'ladi. Garvard Universiteti professori Maykl Porter bu jarayonlarni umumlashtirib 5 ta asosiy bosqichga bo'ladi:
1. Kiruvchi logistika (inbound logistics) - xomashyolarni qabul qilib olish.
2. Ichki jarayonlar (operations) - mahsulot yaratish uchun kechadigan ichki jarayonlar.
3. Tashqi logistika (outbound logistics) - tayyor bo'lgan mahsulotni mijozga yetkazish.
4. Marketing va sotuv (marketing & sales).
5. Xizmat ko'rsatish (service) - mijoz mahsulotni xarid qilganidan keyingi xizmat.

Deyarli har qanday biznes faoliyati mana shu bosqichlardan o'tadi, xoh u qishloq xo'jaligi bo'lsin, xoh AyTi, xoh ishlab chiqarish.

Yakuniy mahsulot sifatli bo'lishi uchun yuqoridagi har bir bosqish sifatli bo'lishi kerak. Bu esa oson emas, sifat ortida doim murakkab jarayonlar turadi (kuchli jamoa, murakkab tizim, tartib-intizom). Shuning uchun ham bunday mahsulotni o'g'rilash, qalbakilashtirish qiyin bo'ladi.

Agar ichki jarayonlar sodda va osongina takrorlash mumkin bo'lsa demak mahsulotni yaratish ham oson bo'ladi. Va istalgan odam g'oyani o'g'rilab, mahsulotni qayta yarata oladi.

Bularni aytishimdan maqsad - agar siz ham sifatli mahsulot qilmoqchi bo'lsangiz, eng avvalo jarayonlarni murakkab qiling, toki sizning ish uslubingizni nusxalash qiyin bo'lsin.

Juda ko'p startaplarni ko'rayapmiz - ish uslubida hech qanday noyoblik, antiqa yondoshuv yo'q. Jamoa ham shunday, birortasi ajralib turmaydi. Nega bu g'oyani faqat siz qila olasiz, nega siz bergan yechim boshqalarnikidan ustun bo'ladi degan savolga javob yo'q.

Xulosa: Sifatli va qalbakilashtirish qiyin mahsulot qilmoqchimisiz – har bir bosqichni murakkab va sifatli qiling.

p.s. GM nega BYD bilan raqobat qila olmasligini tushundingiz deb o'ylayman.

Читать полностью…

Sariq Dev

"Osmondagi bolalar"ning yangi sonida Mohirdev ham-ta'sischisi, hozirda Startup Garage loyihasi asoschisi va rahbari Muhammadxalil bilan suhbat bo'libdi. Premyera bugun ekan. Kutamiz 👍

p.s. Muhammadxalilni O'zbekistonda startup ekotizimi uchun jon kuydirayotgan, quruq gap emas, amalda katta ishlar qilayotgan sanoqli insonlardan biri deb bilaman.

Читать полностью…

Sariq Dev

Oʻqituvchi darsga tayyorlanishdan tortib, imtihon olishgacha ishlarni SIga berib, oʻzi koʻproq bolalar bilan ishlashni boshlaydi (human touch). Shifokor bemor tarixini soatlab oʻrganish oʻrniga, SI dan tayyor javob oladi va yakuniy tashxisni qoʻyadi va hokazo.

Men kelajakka doim ijobiy qaraydigan insonman va SIni oʻzimga yordamchi sifatida koʻraman. Sizchi?

Izohlarda fikringizni kutaman.

@sariqdev

Читать полностью…

Sariq Dev

Yandex nega AllPlayni sotib oldi?

Bo'g'ib o'ldirish uchun. Bundan boshqa yo'li ham yo'q edi.

Allplay bilan raqobat qilib bo'lmaydi. Allplay bu o'g'rilangan kontentni pullaydigan, mualliflik huquqiga tupurib qo'ygan platforma edi. Tabiiyki qonuniy ishlaydigan media platformalarda bunday imkoniyat yo'q (shu jumladan yandexga tegishli kinopoisk, iTV va boshqalar). Ular har bir kontent uchun lisenziya sotib olishadi va qonuniy ishlashadi. Natijada media platformalar bozorida Allplay salkam monopolistga aylangan, raqobat qo'mitasi Allplayni "ustun mavqega ega raqamli platforma operatori" deb e'tirof ham etgan edi.

Bunday holatda qonuniy ishlashni xohlagan Yandex uchun yagona yo'l - raqobatchini sotib olish va o'ldirish edi va shunday bo'ldi ham. Buning oddiy isboti, oldi-sotdi e'lon qilingan kuniyoq Allplaydan barcha noqoninuy kontent o'chirib tashlangani, oradan 2-3 kun o'tib esa Allplay akkauntlar o'rniga yandex akkaunti bilan kirish talab qilinishi va Allplay interfeysi Kinopoisk interfeysi bilan almashtirilish bo'ldi (skirnlarni ko'ring). Yandex bu bitimdan erishgan katta yutug'i bu - Allplayning foydalanuvchilari (bir qismi to'kilib ketganidan keyin ham ancha foydalanuvchi qoladi).

Ba'zi blogerlar bu bitimni go'yo startap olamidagi yana bir yutuqdek ko'rsatishayapti. Unday emas. Allplay bozor qoidalari bo'yicha o'ynaydigan startap emas, aksincha, bunday noqonuniy bizneslar kamroq bo'lgani O'zbekiston imidjiga ijobiy ta'sir qiladi.

Davlat qonuniy hal qilmagan muammoni, xususiy sektor pul bilan hal qilib qo'ya qoldi.

@sariqdev

Читать полностью…

Sariq Dev

Ertaga UzGeeksda navbatdagi tadbir. Mavzular zoʻr, spiker esa Oʻzbekistonda ham, xalqaro maydonda ham tanilgan, yaqindan esa Mohirdev jamoasiga qoʻshilgan kimligini ertaga bilasiz 😅.

Men doim aytaman – bunday tadbirlar tanish-bilish (networking) uchun eng yaxshi imkoniyat. Yangi narsalar oʻrganish bilan birga, boshqalar bilan tanishasiz, oʻzingizni koʻrsatasiz.

Xullas, oʻtkazib yubormang, ertaga 29 Noyabr, 14:00.
Manzil: Raqamli Texnologiyalar Vazirligi, 1-qavat.

Читать полностью…

Sariq Dev

2 daqiqada boshlaymiz:

/channel/odoobymohirdev/483

Читать полностью…

Sariq Dev

Mana shu g'oya menga juda yoqdi.

Buni nafaqat investorlarga, balki o'zingiz uchun, kompaniya moliyaviy holatini ko'rib turishga ham joriy qilib qo'ysangiz bo'ladi.

Murakkab moliyaviy ko'rsatkichlarga o'tishdan avval, juda sodda va tushunarli hisobot bo'ladi.

p.s. Bizda investorlar odatda Ф1, Ф2 форма hujjatlarini so'rashadi, anchagina murakkab, moliyachi yordamisiz qilib bo'lmaydi.

Читать полностью…

Sariq Dev

15 daqiqada boshlaymiz 👉 Mohirdev Youtube

Читать полностью…

Sariq Dev

Assalomu alaykum, Qurbon hayiti muborak aziz obunachilar. Alloh qilgan ibodatlaringizni qabul qilsin, oilangizga qut baraka va ikki dunyo saodatini bersin.

Читать полностью…

Sariq Dev

Fikrat tahliliy dasturida "SI odamlarni ishsiz qoldiradimi?" mavzusida suhbat boshlayapmiz.

Читать полностью…

Sariq Dev

25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan “UzGeeks Conf 2026” tadbirining kun tartibi(agenda) bilan tanishing.


Barchangizni kutamiz.

@UzGeeksCommunity

Читать полностью…

Sariq Dev

Ha, dizaynerlar ishsiz qoladi. Ayniqsa SIdan foydalanishni bilmaydiganlar.

#ertagaKech@sariqdev

Читать полностью…

Sariq Dev

Hayotim claude code kashfiyot qilgunimcha va kashfiyot qilgandan soʻng degan davrlarga ajraldi.

Agar siz hali ham ChatGPTda prompt yozishni SIdan foydalanish deb yurgan boʻlsangiz, zamondan ancha orqada qolibsiz.

Dasturlashga "eskicha" yondoshuv bilan endi uzogʻi 1 yilga yetib borasiz.

Agar oʻzim bu narsalarni sinovdan oʻtkazib koʻrmaganimda men ham hali vaqt bor deb yurgan boʻlardim.

Yangicha yondoshuv qanday boʻlishi haqida esa alohda toʻxtalaman. Kuzatib boring.

@sariqdev

Читать полностью…

Sariq Dev

2 ta haqiqat:
1. Oson va tez katta pul topishning yo'li yo'q.
2. Buning yo'lini topgan odam hech qachon sizga o'rgatmaydi, chunki o'ziga raqobatchi kerak emas.

Shu ikkisini va'da qilganlarni ko'rdingizmi, bilingki bu aniq firibgarlar.
Yana bir "red flag" bu hashamatni ko'z-ko'z qilish, "1 yil ishlab o'zimga uy oldim, mashina oldim".

Afsuski dasturlash, AyTi sohalarida ham shunday va'dalar bilan kurs sotayotganlarni ko'rayapmiz. 3 yil oldin o'quv markazida o'qib, mentor bo'lib yurganlar, bir dumalab 7+ yillik senior dasturchiga aylanib qolganini ham ko'rdik.

Bugun kun.uz da treyderlarga aldanganlarni ko'rib shular esimga tushdi. Treyding loxotron deb 1000 marta aytsak ham, qancha yoshlar shularga ergashib, qarzga botib ketdi.

Haqiqiy, kelajagi bor kasb o'rganmoqchimiz Data Science, Kiberxavfsizlik, Sun'iy intellekt, Dasturlashni o'rganing.

Читать полностью…

Sariq Dev

Bu tamoyilni shaxsiy hayotda, kasb tanlashda yoki professional faoliyatingizda ham qoʻllashingiz mumkin.

Misol uchun, biror bir ishni qilishga koʻp aql, mehnat yoki alohida bir koʻnikma talab qilinmasa demak hamma shu ishni qilishga harakat qiladi, raqobat ham katta boʻladi.

Bloger, vayner, model, inflyusenlar koʻpayib ketgani sababi ham shunda. Bu sohalarga kirish oson, raqobat esa katta. Lekin bular orasida ham oʻz ishiga mehr va aql bilan yondoshib, oʻzgacha, takrorlash qiyin kontent tayyorlayotganlar ham bor. Va ular albatta ajralib turadi. Kamera oldida beoʻxshov qiliq qilish uchun esa katta aql kerak emas.

Oʻz ustingizda ishlang, noyob mutaxassis boʻling, muammolarga kreativ yondoshing, sizga teng keladigani boʻlmaydi.

Читать полностью…

Sariq Dev

Sam Altman sochi oqargani bejiz emas — SI'lar o'rtasidagi bellashuv "eng aqllidan" "eng qulay va funksiyalarga boy" rejimiga o'tdi va ChatGPT ortda qolayapti.

Men o'zim ham oxirgi 3 yildan beri sodiq yordamchim bo'lib kelgan ChatGPTdan foydalanmay qo'yganimni va ko'proq vaqtim Claude va Gemini bilan o'tayotganini sezdim. OpenAI benchmarklar ortidan yugurib, foydalanuvchilarni unutib qo'ygandek. ChatGPT ilovasida oxirgi oylarda sezilarli o'zgarishlar ko'rmadim. Buning yaqqol isboti - ChatGPT hanuzgacha savolga matn bilan javob beradi xolos. Solishtirish uchun Claude allaqachon interaktiv grafiklar, jadvallar, slaydlar, inforgrafikalar bilan javob beradigan bo'lgan. ChatGPTdan chiqqan natijalarni boshqa bir dastur yordamida yana bir bor epaqaga keltirish kerak. Claude esa natijani aynan siz so'ragan ko'rinishda chiqarib, kerak bo'lsa taqdimot uchun onlinega ham joylab beradi. Turli tashqi dasturlar va xizmatlar bilan integrasiyasi, avtonom ishlaydigan agentlari haqida gapirmasa ham bo'ladi.

Google'ning SI dasturlari ham ChatGPTdan karrasiga qulay bo'lib ketgan. Gemini, NotebookLM, AI studio, Antigravity, Opal - hamma holatga qulay SI bor.

ChatGPT esa qulaylik tomondan ancha ortda qoldi.

Men o'zim kundalik foydalanidagn SI ilovalar:
• Perplexity - istalgan savolga tez javob olish uchun (google qidiruv o'rniga).
• Gemini - og'irroq ishlar, tahlillar, ma'lumotlar bilan ishlash, maslahat.
• ClaudeAI - katta, murakkab vazifalar va loyihalar bilan ishlash uchun.

Sizchi? Qaysi SI dasturlardan foydalanayapsiz? Bepul yoki pulligi? Asosan qaysi vazifalarni SI'ga topshirayapsiz, izohlarda yozing.

Читать полностью…

Sariq Dev

"Dasturiy ta'minot muhandisining maqsadi — mavjud muammolarni hal qilish va yangi yechim talab etadigan muammolarni topishdir. Kod yozish (coding) esa bu vazifalardan biri, xolos.
Shunday ekan, agar maqsadingiz muammoni hal qilish emas, shunchaki kod yozish bo‘lsa — ya'ni kimdir sizga nima qilishni aytadi va siz uni kodga aylantirsangiz... Unday holda, ha, sizning o‘rningizni Sun'iy Intellekt egallashi mumkin. Ammo bizning barcha muhandislarimizning asosiy maqsadi — muammolarga yechim topishdir.

Ma'lum bo‘lishicha, kompaniyada hali yechimini kutayotgan va hatto hali aniqlanmagan son-sanoqsiz muammolar mavjud. Muhandislar qancha ko‘p vaqtini hali aniqlanmagan muammolarni o‘rganishga sarflasa, kompaniyamiz uchun shunchalik yaxshi bo‘ladi.

Hech narsa menga ularning umuman kod yozmasliklaridan ko‘ra ko‘proq quvonch bag‘ishlamagan bo‘lar edi, agar ular faqat muammolarni hal qilish bilan band bo‘lishsa.
Menimcha, 'Maqsad' va 'Vazifa' o‘rtasidagi farqni anglash tamoyili hamma uchun qo‘llashga arziydigan foydali yondashuvdir."
— Jensen Huang

Читать полностью…

Sariq Dev

"SI kimlarni ishsiz qoldiradi?" ming marotaba qayta-qayta so'ralgan savol.

3 yil avval shu savolga javob bera turib, buni aniqlashning eng oson yo'li biror kasb egasi aynan nima vazifalarni bajarishi va ulardan qanchasini SI qila olishini hisoblash kerak degan edim.

Qarangki, Microsoft aynan shunday tadqiqot o'tkazibdi. Bilmaganlar uchun, O*NET portali har bir kasblarni tizimlashtirib, kasb egasining konkret vazifalarini yozib chiqqan (masalan dasturchi 17 ta vazifa bajarar ekan). Microsoft esa 200 mingdan ortiq SI muloqotlarni tahlil qilib turli kasb egalari o'z vazifalaridan qay birini SI qay darajada topshirayotganini tahlil qilgan.

Natijalar nima deydi.

Eng avvalo foydalanuvchilarini 2 guruhga ajratish mumkin: SI dan yordamchi sifatida foydalanuvchilar va SI ga o'z vazifalarni yuklovchilar.
Birinchi guruhga matematiklar, data sayntistlar, veb dasturchilar, AyTi qo'llab-quvvatlash xizmati kabi kasblar kirgan. Bu insonlar SI'dan o'z samaradorligini oshirish, vaqtini tejash, xatolarni to'g'rilash, savollarga javob izlash uchun foydalanib, loyiha arxitekturasi, uning ortidagi mantig'i kabi murakkab jarayonlarni o'zlari nazorat qilishadi.

Ikkinchi guruhga biznes analitiklar, bozor analitiklari, moliyaviy maslahatchilar, imtihon oluvchilar kabi kasblar kirgan. Bu insonlar ma'lumotlar bilan ishlashni SIga topshirib, o'zlari inson omili talab qilinadigan vazifalarga fokusni qaratishgan (mijoz bilan muloqot, ma'lumotlar asosida murakkab qarorlar qabul qilish va hokazo).

Endi eng muhim savolga qaytamiz, SI qaysi kasblarni egallayapti?

Birinchi navbatda "information heavy" ya'ni ma'lumotlar bilan ko'p ishlaydigan kasblarni. Bularga tarjimonlar, mualliflar, texnik dokumentasiya yozuvchilar, muharrirlar, tahrirchilar, tadqiqotchilar, o'qituvchilar, turli analitiklar, jurnalistlar, soliqchilar, maslahatchilar va hokazo kasblar kiradi. Ular orasida ham asosiy vazifasi o'rganish, yozish va tushuntirishdan iborat bo'lganlar yuqori risk guruhini tashkil qiladi (SI bu vazifalarni yaxshiroq bajarib boshlayapti).

Aksincha, jismoniy mehnat talab qiluvchi kasblar esa hozircha omonda.

"Data bilan gaplashaylik, iltimos" ©

Sonlarda gapiradigan bo'lsak, Microsoft kasblarni 3 ta o'lchov bo'yicha baholagan:
Coverage - SI kasbga tegishli vazifalarning necha foizini bajara olishi.
Completion - Yuqoridagi vazifalarni muvaffaqiyatli tamomlash foizi.
Scope - SI yuklangan vazifaning necha foizini "yaxshi" va undan yuqori natija bilan tamomlagani.

Top kasblarda bu ko'rsatkichlar qanday, masalan Tarjimonlar uchun:
Coverage 0.98 - ya'ni tarjimonlarning 98% vazifasini SI bajara oladi.
Completion 0.883 - bu vazifalarning 88% foizini muvaffaqiyatli tamomlaydi
Scope 0.568 - 57% holatda yaxshi va undan yuqori natija qaytaradi.
Ya'ni SI tarjimonlarning deyalri barcha (98%) vazifasini, yakuniga yetkazib (88%), aksar holatda (57%) yaxshi va undan yuqori natija beradi.

Veb dastruchilar uchun esa bu ko'rsatkichlar quyidagicha:
Coverage 73%, Completion 86%, Scope 50%

Agar SI hozircha egallashi murakkab kasblarni qarasak natijalar quyidagicha:
Vulkanizasiya (shinomontaj) ustalari: Coverage 4%, Completion 97%, Scope 35%. Bu yerda completion va scope katta ko'ringani bilan, SI bajarishi mumkin bo'lgan vazifalar 4% tashjkil qiladi xolos.
Huddi shu kabi qurilish ishlari, zavod va fabrikalardagi qora ishlar (5%), og'ir mashina operatorlari (3%), uy tozalovchilar, farroshlar (3%), jarrohlar (3%) ham omonda. Quyi kategoriyadagi kasblarda SI bajarishi mumkin bo'lgan vazifalar 8-9% ga ham yetmagan.

Yuqoridagilardan qanday xulosa qilamiz?
Xulosani ijobiy ham salbiy ham qilish mumkin. Bu insonning o'ziga bog'lqik. Eng avvalo, SI juda ko'p vazifalarni egallashi aniq, bu degani kasb yo'qolib ketadimi? Yo'q, kasb takomillashib, biz bilmagan qo'shimcha vazifalar qo'shilib boradi. Ba'zi kasblar esa birlashib ketadi. Backend dasturchi frontni "vibe coding" qiladi. Biznes egasi moliyaviy hisob kitobni SI ga topshiradi.

Читать полностью…

Sariq Dev

Adham yaxshi mavzuni ko'tarayapti, bugun juda ko'pchilik tayyor SI modellarga API orqali ulanish bilan loyhalar qilayapti va o'zini AI muhandis yoki AI dasturchi deb e'lon qilayapti.

Bunday yo'llar bilan butun boshli startuplar ko'tarilayapti va ommaga taqdim etilayapti. Bu yomon emas, lekin uzoq muddatda barqaror (sustainable) yechim emas. Tayyor AI modellar sizni o'ziga bo'glab qo'yadi, siz o'zingizning imkoniyatlaringiz emas, modelning imkoniyatlari bilan chegaralanib qolasiz. Buning o'ziga yarasha afzalliklari ko'p, lekin kamchiliklari ham kam emas. Eng avvalo bu narx. Vaqt o'tib, foydalanuvchilar soni oshganda siz o'zingiz emas 3-tomon uchun (google, openai, anthropic) ishlayotganingizni bilib qolasiz. Siz hali foydaga kirmagan bo'lishingiz mumkin, lekin 3-tomon o'z pullarini har oy talab qilib turadi. To'lov kechiksa, millionlab mijozlarni yo'qotasiz.

Ikkinchi muammo - mijozlarga yangi taklif berishingiz modelning imkoniyatlari bilan chegaralanadi. Mijoz esa o'zi uchun xos yechimlar talab qilishi mumkin. Bu esa hech bo'lmaganda tayyor open-source (ochiq kodli) modelni qayta o'qitish yoki butunlay 0 dan qurishni ham talab qilishi mumkin.

Bizda tajribada bu ko'p bo'ladi, ayniqsa davlat tashkilotlari SI "o'ziniki bo'lishini", shaxsiy, mahfiy yoki ichki ma'lumotlar tashqi SI tizimlariga yuborilishini xohlashmaydi. Bu esa sizdan mutlaqo boshqa bilim va ko'nikmalarni talab qiladi.

Xulosa qilib aytganda, SI integrator bo'lish albatta yaxshi, hech bo'lmaganda SI imkoniyatlarini sinab ko'rish, g'oyani tezda MVP (minimal dastur) ko'rinishiga olib kelish uchun juda qulay. Lekin SI bilan jiddiy shug'ullanaman deganlar uchun albatta SI muhandis bo'lishni tavsiya qilgan bo'lar edim.

Adham tez kunlarda muhandis bo'lish uchun roadmap e'lon qilar ekan, demak kanalga ulanib roadmapni kutamiz.

Читать полностью…

Sariq Dev

Websaytlarning 77% PHP'da yozilganini bilarmidingiz 😳?

Bugun nima uchun PHP shu darajaga koʻtarilgani haqida gaplashamiz.

p.s. Sardor ogʻa bir qop semirganmish bu maqoladan keyin.

Читать полностью…

Sariq Dev

Oʻqituvchilar kuniga Mohirdev jamoasidan Faxriy yorliq 😎 va Mohirdev logotipi bilan xudi oldim (nixoyat, 5 yil deganda) 🥲.

Читать полностью…

Sariq Dev

Shaxsiy tajribamdan aytaman, GPT-5 ancha esi pastroq chiqdi. Xar holda men bajaradigan vazifalar uchun. Bu yana plus versiyasida. Sizlarda qanday, ishlatib ko'rdinglarmi?

Читать полностью…

Sariq Dev

Buni maqtanmasam boʻlmaydi, ukam 2 doʻsti bilan asos solgan BILLZ startupining katta qismini bugun TBC bank xarid qildi.

Akang ukang kuchaydi uje” 😎

Читать полностью…

Sariq Dev

Kelajakda qaysi kasblar eng kerakli bo‘ladi?

⚜️Jahon iqtisodiy forumining “Future of Jobs 2025” hisobotiga ko‘ra, eng yuqori talab quyidagi yo‘nalishlarga bo‘ladi:

➡️Data Analysis (Ma’lumotlarni tahlil qilish);
➡️Data Science & ML/AI (Ma’lumotlar Ilmi va sun’iy Intellekt);
➡️Data Engineering (Ma’lumotlar muhandisligi).


💡Nega bu yoʻnalishlar muhim?
➡️Qaror qabul qilish – kompaniyalar muhim strategik qarorlarni haqiqatga yaqin ma’lumotlarga asoslab qabul qiladi;
➡️Tejamkor strategiyalar – ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish va jarayonlarni avtomatlashtiriradi;
➡️Shaxsiylashtirilgan yondashuv – har bir mijozga moslashtirilgan takliflar yaratadi;
➡️Kelajakni bashorat qilish – yangi imkoniyatlar va tendentsiyalarni boshqalardan ilgari aniqlashga imkon beradi.


⬇️Ushbu yoʻnalishlarda quyidagi oʻquv markazlarida tahsil olish mumkin:
➡️Mohirdev;
➡️MAAB Innovation;
➡️Astrum akademiyasi.

👨‍👦‍👦Tobora rivojlanib borayotgan mehnat bozoridagi kunlik oʻzgarishlar, yoʻnalishlar kesimida aynan nimalarni oʻrganish kerakligi haqida uzbekcoders.uz saytida batafsil tanishib olishingiz mumkin.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬edu.digitaluz?si=ZLMKxyoxAns4ZS49">YouTube 🎰Linkedin

Читать полностью…

Sariq Dev

ChatGPTning yangi, rasm generatsiya qilish funksiyasidan nafaqat "Anime" usulidagi suratlarni yaratish, balki jiddiyroq vazifalar uchun ham foydalanish mumkin.

Masalan, tez kunda chiqadigan SI kursiga izlanish davomida Jahon Iqtisodiyot Forumining "Mehnat bozori kelajagi 2025" hisobotini o'qir ekanman ushbu grafikka duch keldim.

Grafikda 2025-2030 yillarda talab oshib boradigan va aksincha, yo'qolib boradigan kasblar ro'yxati berilgan.

Tasvirni kursga qo'shimcha material sifatida qo'shish uchun tarjima qilish kerak edi. Bir dona to'g'ri buyruq (prompt) bilan ChatGPT bu vazifani bir zumda uddaladi.

Tasavvur qiling, avvallari bu uchun nechta qadam bosish kerak edi:
1. Grafikdagi matnlarni qo'lda yozib chiqish
2. Matnlarni tarjima qilish
3. Ma'lumotlarni excel kabi dasturga kiritish
4. Ma'lumotlar asosida grafikni qayta chizish

Bularni hammasiga kamida 1-2 soat vaqt sarflar edik. Endi esa...

Mayli, mavzudan chalg'imaylik, asosiy mavzu keyingi 5 yilda mehnat bozori qanday o'zgarishi.

Eng talab ortib boradigan kasblar orasida ma'lumotlar (data science) va SI muhandislari, dasturchilar, kiberxavfsizlik mutaxassislari, UI/UX dizaynerlar. Qisqa qilib aytganda kreativ va tahliliy fikrlashni taqozo qiluvchi kabslar topda.

Yo'qolib ketadigan kasblar esa asosan, takrorlanuvchi vazifalarni bajaruvchi lavozimlarga ko'proq tegishli ekan (pochta xizmati, bank, kotib, kassir va hokazo). Bu ro'yxatda grafik dizaynerlar alohida ajralib qolgan, bunga esa albatta Midjourney va ChatGPT kabi dasturlar sabab bo'lmoqda.

Ertaga soat 12:00 da fikratonline">Fikrat tahliliy dasturida aynan shu mavzuni jonli efirda muhokama qilamiz.

Siz qaysi soha vakilisiz? Grafikda o'z kasbingizni topdingizmi?

Читать полностью…
Subscribe to a channel