sariqdev | Unsorted

Telegram-канал sariqdev - Sariq Dev

14217

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali. Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

Subscribe to a channel

Sariq Dev

Ha aytgancha, bunday taqdimotlar oson boʻlmaydi. Butun dev jamoa kerak boʻlsa uxlamay tayyor turadi.

Bugun ham taqdimotdan soʻng baʼzi foydalanuvchilarda aloqa bilan muammolar kuzatildi va dasturchilar muammoni tezda tuzatishdi.

Hozir ham serverlarga bosimni kuzatishda davom etayapmiz.

Читать полностью…

Sariq Dev

Kecha podcastni zoʻrini oldik. Oʻziyam soat kech 10gacha gaplashibmiz. 3-4 kunda @mohirdev mohirdev">Youtube kanalida chiqadi.
Mavzu nima deb oʻylaysiz?

Читать полностью…

Sariq Dev

Nihoyat kiberxavsizlik bo’yicha kursimiz tayyor bo’ldi. Hozir oxirgi o’zgartirishlar, testlar, vazifalar qo’shilayapti. Bu kurs ustida uzoq ishladik, ustozimiz ham sohada tajribasi bor, xalqaro kompaniyada kiberxavfsizlik bo’limida ishlaydigan kuchli mutaxassis.

Kamiga, kursni kiberxavfsizlik sohasida ishlayotgan tashqi ekpertlardan ham tasdiqdan o’ktazdik.

Bugungi kunda kiberxavfsizlik eng dolzarb sohalardan bo’lib turibdi va afsuski O’zbekistonda ham, dunyo miqyosida ham mutaxassislar juda kam. Muammolar esa juda ko’p.

Kursimiz aynan shu bo’shliqni to’ldirishga qaratilgan. Lekin, mohirdev tarihida ilk bor, kursga yozilishda qat’iy cheklovlar qo’yiladi. Eng avvalo kurs yosh bolalarga sotilmaydi (faqat 18+). Talabalarga kiberhujumlar uchun jinoiy javobgarlik tushuntirladi va maxsus shartnoma imzolanadi. Shundan keyingina kurs to’liq ochiladi.

Bizning maqsadimiz buzg’unchilarni emas, himoyachilarni tayyorlash.

Xullas, kuzatib boring, kelgusi kunlarda kiberxavfsizlik haqida ko’p gaplashamiz.

Читать полностью…

Sariq Dev

Oʻz startup loyihasini boshlayman yoki boshlab investor qidirayotganlar uchun ajoyib tadbir.

Читать полностью…

Sariq Dev

Dasturlashni o'rganishga qiynalyapsizmi?

😵‍💫 Dasturlashga endi qadam qo'ygan bo'lsangiz sizda ham ko'pchilik dasturchilar kabi "bu soha menga emas ekan, dasturlash qiyin ekan, zerikib qolyabman..." kabi hayollar o'tayotgan bo'lsa kerak?

Unda sizni Azimjon Pulatov ishtirokidagi "Dasturlashni endi boshlaganimda qanday o’rganar edim?" deb nomlangan tadbiriga taklif etamiz.

Hozirda Amazon kompaniyasida ishlab kelayotgan Azimjon Pulatov tadbirda dasturlashni qanday o’rganganligi va agar bugun boshlaganida qanday o’rgangan bo’lishi haqida gapirib beradilar.

🎁 Hamda savol-javob qismi bo'lib, faol qatnashgan ishtirokchilarga maxsus sovg'alar ham taqdim etiladi.

📍26-iyul, chorshanba kuni, soat 09:30'da Mohirdev ofisida sizni kutib qolamiz

⚡️Imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Ro'yxatdan o'tib, o'z joyingizni band qiling:

👉 Ro'yxatdan o'tish

Tadbirda ishtirok etish mutlaqo bepul va hamma uchun. Do'stlaringizga ham ulashib qo'yishni unutmang

Читать полностью…

Sariq Dev

⚡️ Maxsus tadbirda ishtirok eting

UzGeeks Community va Thinkland kompaniyasi bilan hamkorlikda "UzGeeks July 2023 Meetup" bo'lib o'tadi

Tadbirda soha mutaxassislar quyidagi mavzularda taqdimot qiladilar:

1. “PHP 8 bilan tanishuv. O'zgarishlar” - Sobirjonov Sanjarbek (Backend developer, Genesis Innovation);

2. “OOP va uning tamoyillari, design patternlar” - Ibragimov Diyorbek (Backend developer, Agrobank ATB).

3. "Introduction to GSAP" - Asliddin Hamrayev (Frontend developer, UIC Group)

🎁 Meetup davomida qiziqarli savol bergan ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshiriladi

📅 Qachon: 15-iyul, soat 14:00
📍 Manzil: 41.3419118,69.3370214,17z/data=!4m14!1m7!3m6!1s0x38ae8bdeadef8619:0x5989fa5f19361243!2sMohirdev!8m2!3d41.3418613!4d69.3369812!16s%2Fg%2F11rf0b78hz!3m5!1s0x38ae8bdeadef8619:0x5989fa5f19361243!8m2!3d41.3418613!4d69.3369812!16s%2Fg%2F11rf0b78hz?entry=ttu">Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Mo'minov ko'chasi 4A

Tadbirda qatnashish bepul. Ro'yxatdan o'tish talab qilinmaydi

Читать полностью…

Sariq Dev

mohirdev.uz ga soha tanlashga yordam beruvchi soʻrovnoma qoʻshdik. 5 daqiqa vaqtingizni ayamay, sinab koʻrib, fikringizni aytsangiz minnatdor boʻlar edim.

Sizga toʻgʻri tavisya bera oldikmi?

Javoblarni (skrinlarni) izohda kutaman. Rahmat

Читать полностью…

Sariq Dev

Aslida eng katta sayohatchi bu mening Dadam. Hozir butun yevropa bo’ylab yakka o’zlari velosipedda safar qilayaptilar.

Dadamni sayohatlari haqida yozishga ko’ndirdik, qiziqqanlar @velosafar kanalida kuzatib borishlari mumkin.

Читать полностью…

Sariq Dev

Bugun Mohirdevda ajoyib bir loyiha taqdimoti boʻldi. Loyiha ilm yoʻliga chiqqan yoshlarni kelajakka sarmoya qilaman degan homiylar bilan bogʻlaydi.

Tafsilotlarini tez kunda eʼlon qilamiz...

Читать полностью…

Sariq Dev

2030 ga qadar Sunʼiy Intellekt yechimlar global iqtisodga $15.7 trillion qoʻshimcha daromad olib keladi.

Qanisilar AI mutaxassislar?

Читать полностью…

Sariq Dev

Mabodo top mutaxassis boʻlaman deganlarga:

https://mohirdev.uz/kasblar/data-science-va-suniy-intellekt/

Читать полностью…

Sariq Dev

Coursera vakili nutqi boshlandi.

Ish beruvchilarning:
- 62% isj berishda diplomga emas, bilim va koʻnikmalarga qaraydi.

- 90% diplom emas sertifikatlar muhimroq.

Читать полностью…

Sariq Dev

Universitetlar, oʻquv markazlar, online ta'lim, hammaga ish yetib ortadi.

Читать полностью…

Sariq Dev

Doʻstlar!

Shoshiling, 10 iyulgacha! Mohirdev IT kompaniyasi mamlakat boʻylab chuqur matematik bilimga, mantiqiy va tahliliy fikrlashga, murakkab narsalarni sodda tilda tushuntirishga qodir, kompyuter texnologiyalarini chuqur biladigan iqtidorli yoshlarni izlayapti.

Eʼtibor bering: ushbu dastur faqat kuchli raqamli savodxonlikga ega yoshlar uchun, boshlangʻichlar uchun emas.

Biz nostandart vazifalarni nostandart grafik boʻyicha sifatli bajarish va kompaniyani rivojlantirishga tayyor shijoatli va aqlli odamni qidiryapmiz. U oʻzbek va ingliz tillarida yaxshi gapira olishi ham kerak.

Bilim bera olish qobiliyatiga ega insonlar bor. Koʻproq tajriba va qobiliyati bor odamlarga butun bir fanni ishonib topshirish mumkin, ular uni boʻlaklarga boʻladi va tushuntiradi. Eng yuqori daraja esa noyob tarzda dars oʻtish, bilimlarni ulashish va shogird oʻstirishdir. Agar siz ana shu 3 ta yoʻnalishda ham qobiliyatli boʻlsangiz, tasanno deymiz.

Nima talab qilinadi: hozirgi avlod ehtiyojlariga mos keladigan oʻquv dasturi tuzish, yoshlarni kompyuter, dizayn va texnologiya sohalariga qiziqtirish uchun dars va loyihalar ishlab chiqish, oʻqitish va tarbiyalash qobiliyatiga ega boʻlish. Samarali taʼlim berish uchun texnologik vositalar, dasturiy taʼminot va ilovalarni aniqlay olish. Hamma yoʻnalishda tajribali boʻlish shart emas, lekin siz yechim topa olishingiz muhim.

Shartlar:
Kompaniya taʼsischilari bilan ishlash
Rasmiy ishga qabul qilinish, barcha soliqlar toʻlanadigan ish haqi
Oyiga 4 000 000 soʻmdan 15 000 000 soʻmgacha daromad
Koʻplab murakkab, nostandart vazifalar va loyihalar
Siz keng koʻlamli loyihani boshlashda ishtirok etasiz
Samarali taym menejment
Dinamik ritm va juda koʻp harakat

Agar ushbu vakansiya sizga qiziq boʻlgan boʻlsa va suhbatga chaqirilishni istasangiz, havola orqali oʻting va maxsus formani toʻldiring. Siz bilan oʻzimiz bogʻlanamiz.

Читать полностью…

Sariq Dev

Kecha juda qiziq savol bilan murojaat qilishdi, "Tarmoq messenjerlar orqali intim suratlar almashishi xavfsizmi?". Boshqacha qilib aytganda, tarmoq orqali yuborilgan suratlarni 3-shaxslar koʻra oladimi?

Umuman olganda, maʼlumotlarni 3-shaxslarga ochiqlamasdan yuborishning yoʻli bor, lekin bu jarayon ancha murakkab va oddiy odamlar uchun deyarli imkonsiz.

Telefon yordamida suratga olinganda eng avval bu surat Android yoki iOS bulut xotirasiga saqlanadi.

Endi rasmni messenjer orqali yuborsangiz rasm avval messenjer serveriga, keyin esa qabul qiluvchiga yetkaziladi.

Endi bu ikkisidan tashqari, telefoningiz xotirasiga dostup olgan yana son mingta dasturlar bor. Agar siz bu dasturlani pala-partish, shartlarini oʻqimasdan oʻrnatgan boʻlsangiz, ularga ham xotiradagi rasmlarni oʻz serveriga koʻchirib olish imkonini berib qoʻygan boʻlasiz.

Bizda aksar odamlar ilova oʻrnatishda ilova nimalarga dostup olishini oʻqimasdan oʻrnatib yuborishadi, natijada telefondagi maʼlumotlar ochiqlanib qoladi. Sizga dasturini bepul bergan ilovalar sizning maʼlumotlaringizni sotib kun koʻrishi ehtimoli bor.

Endi bulardan ham omon qoldim desangiz, sizni yana bir xavf kutayapti. Edinburgh Universiteti tadqiqotiga koʻra Oppo, Realme, Xiaomi, OnePlus kabi Xitoy kompaniyalarining telefonlari foydalanuvchi xotirasidagi maʼlumotlarni doimiy ravishda oʻz serverlariga yuborib turadi. Bunga foydalanuvchi shaxsiy maʼlumotlaridan tashqari telefon ekranidan skrinshotlar ham kirishi aniqlangan.

Va nihoyat xoh oʻzimizniki boʻlsin, xoh chet elniki, xavfsizlik xizmati xodimlarini ham unutmaylik 😅.

Xullas, keyingi safar intim suratlar yuborish emas, olishdan avval ming martta oʻylab koʻring.

@sariqdev

Читать полностью…

Sariq Dev

Bugun Ibrat Farzandlari loyihasi chet tillarini oʻrganish uchun yangi Ibrat Academy dasturini taqdim qildi.

Endi 10 dan ortiq horijiy tillarni nafaqat video darslar, balki har bir dars uchun qoʻshimcha testlar va oʻquv materiallari yordamida bir joyda oʻrganish mumkin.

Mobil ilovani ishlab chiqishda Mohirdev jamoamiz juda faol qatnashgani bilan faxrlanaman (darvoqe bizning talabalar, Ibrat Academy ilovasi uchun alohida ro'yxatdan o'tishlari shart emas).

Bu hali boshlanishi xolos, hozirda ilovaga sunʼiy intellekt bilan jonli muloqot qilish, vazifalarni tekshirish va yana koʻplab imkoniyatlar qoʻshish ustida ishlayapmiz.

Xullas, kuzatishda davom eting. Rejalarimiz katta, Yoshlar Ishlari Agentligi boshchiligidagi loyihada oz bo'lsa ham hissa qo'shganimizdan mamnunmiz.

Читать полностью…

Sariq Dev

⭕️ Dasturchilik qora ishga aylanib qolyapti(mi?)

"Najot Ta'lim"dagi yana bir ajoyib master-klass premyerasi. Bu galgi mehmonimiz Mohirdev.uz platformasi asoschisi, "Osmondagi bolalar" ko'rsatuvi mehmoni Anvar Narzullayev bo'ldilar.

⚡️ "Kelajak dasturchisini nimalar kutadi?" mavzusida bo'lib o'tgan master-klass nafaqat dasturchilar uchun balki, barcha AyTi soha vakillariga ham manfaatli bo'ladi deb, ayta olamiz.

Premyera bugun — soat 21:00 da YouTube kanalimizda bo'lib o'tadi. O'tkazib yubormang.

🔗 Havola: https://youtu.be/GtghdwSYtY8

Videoni barcha AyTi sohasidagi do'stlaringizga yuboring.

Читать полностью…

Sariq Dev

Assalom alaykum.
Bugun 20:00 da "Scrum metodologiyasini qo’llash - Texnoman Vebinar #16" mavzusida Sardor aka Dushamov bilan suhbatlashamiz.
Suhbat uchun havola kanalda yuboriladi.

@texnoman

Читать полностью…

Sariq Dev

🔊 GMWx Tashkent
🗓 5th August 2023

If you have an idea or startup addressing pressing issues of humanity, join our event to learn how to participate in the Continuum Spark Award contest, where the winning idea will be awarded $100,000 in cash 💰.

During the 3-hour event, you will learn:

📌 How to build a sustainable business from Nabeel Shariff, Director of GMW Network (UK), and
📌 How to attract investors and secure funding for your ventures from Iskandar Kurbanov, Venture Associate at Plug&Play.
☕️ And enjoy networking and coffee break with likeminded folks.

🗓 Date: 5th of August
⏱ Time: 2PM
📍 Venue: IT Park, Makhtumkuli street, 1A
🔗 Reg-n: https://gmw.network/tashkent
🆓 Attendance

Читать полностью…

Sariq Dev

Imloviy xatolar bilan yozish men uchun ikki narsaga dalolat qiladi:
1. Kishi hali aqlan ulgʻaymagan va chalasavod boʻlishni ayb sanamaydi.
2. Kishida muloqot koʻnikmasi (communication skills) shakllanmagan. Ertaga ichki va tashqi (mijozlar) bilan aloqada qiynaydi.

Mohirdevda ham imloviy xato bilan yozganlarni qattiq ogohlantiraman.

Читать полностью…

Sariq Dev

Dasturlashga oid kanallarda pythonni veb dasturlash sohasi uchun o’rganish kerak yoki kerak emasligi haqida baxslar bo’lyapti. Bu bo’yicha o’zimni subyektiv fikrimni aytadigan bo’lsam, Python versatile(universal) til bo’lganligi sababli, veb uchun ham, data science va AI uchun ham birdek qulay til hisoblanadi.

Python dasturlash tilini tez emaslikda ayblash rosa urf bo’ldi. Aslida backend qismining ishlash tezligi faqatgina dasturlash tiliga bog’liq emas. Ma’lumotlar bazasiga so’rov jo’natish va uni qabul qilish ham dasturni ishlash tezligiga katta ta’siri bor. Siz oddiy API so’rovlar bilan ishlovchi servis yozmoqchi bo’lsangiz va sizda millionlab foydalanuvchilar yo’q bo’lsa, pythonda ishlaysizmi, PHP da ishlaysizmi tez yoki sekinligini sezmaysiz ham. Agar siz bir millisekund ham muhim rol o’ynaydigan loyiha ustida ishlayotgan bo’lsangiz, unda python tezroqmi yoki php mi deb bosh qotirsangiz bo’ladi (Go va Rust bularni hammasidan tezroq). Bu haqida Jakhongir Rakhmonov yaxshi maqola yozgan ekan.

Pythonni afzalligi nimada?
Python(django) yordamida qisqa vaqt ichida loyihani xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda sifatli yaratish mumkin(o’rganish osonligi, community ko’pligi, kutubxona va packagelarga boyligi vahokazolar haqida gapirmadim). Agar sizga dastur tezligi kerak bo’lsa FastAPI ni sinab ko’rishni tavsiya qilaman. FastAPI asinxron tarzda, async va await dan foydalanganligi uchun so’rovlar bilan ishlashda juda tez va samarador hisoblanadi.

Python (django) ni o’rganib ish topa olamanmi?
Vakansiyalar ko’p, vakansiya talablariga javob bera oladigan, pichoqqa ilinadigan dasturchi kam. Bir qarashda minglab o’quvchilar pythonni o’rganishayotgani va tez orada bozor python dasturchilariga to’lib ketadigandek tasavvur uyg’otadi. Lekin o’rganayotganlarning hammasi ham kursni(mustaqil o’rganishni) oxirigicha yetkazolmaydi. Va ularni barchasi ham professional darajaga chiqa olmaydi.

Python dasturchilariga talab bormi?
Python dasturlash tiliga bizning bozorda ham talab yetarli. May oyida kattaroq loyiha uchun 1 oy davomida middle dasturchi qidirdik va topilmagach tajribasi kamroq bo’lsa ham, bilimi yaxshi bo’lgan strong junior dasturchi oldik. O’zbekistondagi bir necha IT kompaniyalardagi tanishlar bilan gaplashganimda, aksariyat loyihalarini python da qilayotganini chunki PHP dasturchilari kamayib ketganligini va AI loyihalar backend qismini ham Django va FastAPI bilan yozish qulay ekanligini aytishdi.

Qanday qilib python dasturchisi sifatida ishga kirish mumkin?
O’quv markaz va onlayn platforma materiallari bilangina cheklanib qolmang. O’zingiz mustaqil tarzda yangi bilimlar, yangi texnologiyalar o’rganishga, mustaqil tarzda katta loyihalar(ko’rganda vaauv deydigan) qilishga harakat qiling. Networking ham juda muhim. Turli xil konferensiya va seminarlarda ham ishtirok etib, do’stlar-tanishlar orttiring. Ijtimoiy tarmoqlarda ham borligingizni bildiring. Linkedin va telegramda o’z tajriba va taassurotlaringizni yozib boring. Bu ham brand awereness uchun juda foydali.

Pythonni o’rganayotganlarga qanday maslahat berardim?
— Faqatgina Python bilan cheklanmang. Mustaqil tarzda algoritmlar va ma’lumotlar tuzilmalarini o’rganib, algoritmik masalalar yechib boring.
— Djangoni o’rganyapsizmi, uni yoniga Flask yoki FastAPI ni ham qo’shing.
— SQL ni o’rganyapsizmi? uni yoniga birorta NoSQL tilini(MongoDB) ni ham qo’shing.
— Task queue uchun celery ni o’rganyapsizmi, uni yoniga Redis va RabbitMQ ni ham qo’shing.
— Deploy qilish uchun faqatgina bepul hostinglar bilan cheklanmasdan, Docker bilan servis ko’tarib, uni AWS ga deploy qilishni ham o’rganing.

Bularni o’rgansangiz, python dasturchisi sifatida bemalol ish topa olasiz.

@djangodarslari

Читать полностью…

Sariq Dev

Eng mashhur dasturlash tillari...

Читать полностью…

Sariq Dev

Davron aka Tojialiyev boshchiligida Arashan togʻlarini zabt qildik. Anchagina mashaqqatli safar boʻldi, 10km ortiq masofa yurib, togʻdan tushishda qorongʻuga qolib ketdik. Tunda, yomgʻir va doʻlda faqat duo qilib tushdik.

Lekin yaxshi hamrohlar bilan mashaqqat ham esdan chiqar ekan, hamrohlar esa a’lo darajada boʻldi. Bunday suhbatlarni boshqa hech qayerda eshitmaysiz.

Читать полностью…

Sariq Dev

15 yoshda talaba bo‘lgan, startaplari uchun $650,000 yutgan inson bilan suhbat

«Osmondagi bolalar» loyihasining navbatdagi mehmoni 15 yoshda Toshkent davlat Axborot Texnologiyalar instituti talabasi, keyinchalik Koreyaning Yongnam universiteti magistranti bo‘lgan va hozirda «Billz» hamda «Vicco» brendlariga asos solgan Jahongir Narzullayev bo‘ldilar.

Suhbat davomida raqamlashtirish, «Billz» va «Vicco» brendi tarixi, hozirda eng dolzarb bo‘lgan muammolardan biri bo‘lgan ekologiya haqida foydali va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Premyerani hoziroq Osmondagibolalar">YouTube sahifamizda tomosha qiling!

👉 https://youtu.be/wPuozxIrumE

Читать полностью…

Sariq Dev

Shu gapni eng chiroyli tarjima qilganlarga mendan mohirdev logotipli futbolka. Ofisdan kelib olib ketish sharti bilan 🙂

Читать полностью…

Sariq Dev

Yildan-yilga ishchilarga talab ortib borayotgan sohalar.

Top uchtalik hammasi Data science va Sunʼiy intellekt 😎

Читать полностью…

Sariq Dev

Imtiyozlar.

Xalqaro sertifikatlar, Ingliz tili sertifikatlari imtihonlari toʻlab beriladi.

Noutbuk uchun imtiyozli kreditlar.

Xalqaro kompaniyalarga ishga kirgan bitiruvchilar uchun oʻquv markazlarga pul toʻlanadi (shartlari ancha jiddiy).

Va boshqalar...

Читать полностью…

Sariq Dev

Raqamlashtirish Vazirligi tomonidan tashkil etilgan Digital Leadership forumda qatnashayapmiz.

Rejalar katta, 2030 yilga qadar IT mahsulotlar exportini $5mlrdga chiqarish. Buning uchun esa 300 mingdan ortiq mutaxassis kerak boʻladi.

Rustam Karimjonov, Vazir oʻrinbosari

Читать полностью…

Sariq Dev

«Osmondagi bolalar» loyihasining navbatdagi sonidan ilk qisqa video Osmondagibolalar">«YouTube» sahifamizga joylandi!

👉 https://youtu.be/zuL540ZnlEE

Videoni hoziroq tomosha qiling!

@Osmondagibolalarr

Читать полностью…

Sariq Dev

Qurbon Hayiti muborak azizlar!

Читать полностью…
Subscribe to a channel