14217
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali. Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Ustoz va shogird. Hayotiy voqealar asosida ishlangan. 100% tasdiqlayman.
@sariqdev
Google qidiruv tizimi turli bayramlarga moslab logotipni oʻzgartiradi, bugun yurtimiz mustaqillik kuniga bagʻishlab Oʻzbekiston bayrogʻini qoʻyibdi. Ustiga bossangiz mushak ham otadi 🎆.
Googlega hurmatim yanada oshdi.
Barchangizga bayram muborak!
IT park, AloqaBank va AloqaVentures tomonidan tashkil etilgan startaplar tanlovining final bosqichida mehmon sifatida qatnashdim. 2-3 yil oldin Oʻzbekistonda “startup”, “pitch deck”, "venchure” degan soʻzlar mutlaqo manoga emasdi, bugun esa oʻz gʻoyasida yonib yurgan yoshlarga barcha imkonoyatlar muxayyo.
Ehhh, yangilarga havasim keldi.
🎙Kiberxavfsizlik: Pentesting haqida ovozli suhbat qilmoqdamiz
👉 Qo'shilish uchun: /channel/kiberxavfsizlik_masterklass?livestream
⚡️ Ibrat Academy dasturi yuklab olishlar soni 100mingdan oshib, bepul taʼlim kategoriyasida 1-oʻrinni egalladi.
Читать полностью…
📱 Mahsulot nima?
Hayratlanarli darajada ko‘p startap loyiha asoschilari nima sotayotganini bilmaydi.
Oddiy misol, bugun Pizza & Pitch tadbiri davomida bir yigit onlayn meditsina xizmati g‘oyasini taqdim qildi. Mahsulotingiz nima degan savolga esa "Onlayn platforma" degan javobni oldim.
Yoki yana bir misol, Taksi chaqirish xizmati. Menga yillar davomida son-sanoqsiz odamlar "Yandex Taxiga muqobil dastur yaratayapman" deb murojaat qiladi. Yaqindan gaplashganimda, asl mahsulot qolib, katta summani mobil ilova yaratishga sarflagan bo‘lib chiqadi.
Endi sizga savol, bu ikkisi qanday xato qildi? Asl mahsulot nima edi? Mablag‘ va resurslarni qayerga sarflash kerak edi?
🔥 Bugun 20:30 da
Kiberxavfsizlik bo'yicha master-klassni o'tkazib yubormang
🎁 Master-klass qatnashchilarini maxsus sovg'a va katta chegirma kutmoqda
@kiberxavfsizlik_masterklass
Hozir shunaqa qilish "moda" ekan😅
Qisqasi, foydali deb bilgan AyTi kanallarni yig'dik va bitta "folder"ga joyladik.
Qiziq bo'lsa qo'shib qo'ying, qiziq bo'lmasa, yo'lingizda davom etavering😜
Baʼzida shunday mayda narsalar ustida ham kimdur bosh qotirganiga besh ketamanda. Textdan nusxa olsam, telefon raqamini alohida xotiraga oldi. Juda foydali qoʻshimcha.
Читать полностью…
Koʻchada Mohir aka deb chaqiradiganlar koʻpayib ketdi 😅
Читать полностью…
Bugun sizlarga tavsiya qiladigan dasturim bu – Mohir Panda mobil oʻyini.
Mohir panda maktab va maktabgacha bolajonlarga Matematika, Informatika, Atrof muhit va 3 ta tildan boshlangʻich bilimlarni beruvchi qiziqarli oʻyin.
Dastur pullik, lekin arzimagan 30ming so'mga dasturdan bir yil foydalanish mumkin. Bu esa o'z navbatida dasturni doimiy yangilab turish imkonini beradi. Bunday dasturlarni moliyaviy qo'llash esa, kelajakda O'zbek segmentida bundan ham ko'proq sifatli kontent paydo bo'lishiga olib keladi.
Xullas tavsiya qilaman. Dastur haqidagi yangiliklarni kuzatib borish uchun @mohirpanda kanaliga aʼzo boʻling.
Ilovani yuklab olish uchun havola 👇
Android | iOS
🏴☠️ "Piratskiy" (buzilgan) dasturlarni ishlatish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin. Navbatdagi podcastda shu haqida ham gaplashdik. Toʻliq koʻrsatuv ertaga Mohirdev mohirdev">Youtube kanalida e'lon qilinadi.
Siz shunday dasturlardan foydalanasizmi? Risklar haqida bilasizmi? Shu risklarga rozimisiz?
Aytgancha, sherigim Muhammadxalil kanalini yana jonlatirib, startuplar haqida foydali maqolalar yozib boshladi. Startup g’oyasida yurgan barchaga tavsiya qilaman:
/channel/mdxalil/541
Mohirdev kurslariga endi Paynet orqali ham toʻlov qilish mumkin.
Kurs narxini 3-6-9-12 ga boʻlib toʻlash mumkin.
PHP-lar ustozi Sardor Dushamov uyingizga "borib" dars oʻtadi. Jahongir Rahmon Germaniyadan turib sizga Pythonda Web dasturlashni oʻrgatadi. Uydan chiqmasdan Kiberxavfsizlik kursini tugatib, ishga kirib ketsangiz boʻladi.
E oyiga arzimagan 168ming soʻm bilan Data Science va Sunʼiy intellekt mutaxassisi boʻlish mumkin.
Ayting, yana nima qulaylik qilib beraylik? Nima bahona qoldi bekor yurishga?
“Frontend dasturchiman, ish bering” deydi, portfoliosi boʻm-boʻsh. Hech boʻlmasa Muhammadjavoxirning kanalini kuzatsa 10 kunda 5 ta loyiha qilib qoʻygan boʻlardi. Unaqamasda.
Читать полностью…
Shunaqa username uchun guruhdan ayovsiz haydayapman.
Читать полностью…
🚖 Mahsulot nima? (Davomi)
Aslida bu savolga javob olish uchun startapga mijozning koʻzi bilan qarash kifoya.
Yuqoridagi birinchi misolda mahsulot bu – sogʻliqni saqlash (shifokor, dori, poliklinika, laboratoriya). Mijozga doktor kerak, sizning ilovangiz esa vositachi xolos.
Ikkinchi misolda mahsulot bu – taksi (A nuqtadan B nuqtaga borish). Ilova esa qoʻshimcha qulaylik xolos.
Aksar startaplarning xatosi – agar zoʻr ilova (platforma) qilsam, mahsulot oʻzi yugurib keladi deb oʻylashida. Natijada, asoschilar hamma pulini dastur yaratishga sarflaydi, dastur ishga tushadi, mahsulot esa yoʻq.
Agar YandexTaksi kabi dasturlarning bozorga kirib kelishini oʻrgansak, ular aksar pulini haydovchilarga sarflagan boʻladi. Mijozlarga raqobatchilardan pastroq narx, haydovchilariga esa koʻproq pul vaʼda qilib, oʻrtadagi tafovutni oʻz choʻntagidan beradi (demping).
Onlayn medisina ham shunday, dasturni MVP (eng sodda) koʻrinishiga olib kelib, asosiy kuchni aynan shifokorlarni jalb qilishga harakat qilish kerak.
Soʻzimni bitta yaxshi misol bilan tugataman, mohirdev kompaniyasiga asos solganimizda oʻz-oʻzidan darslarni joylash uchun platforma masalasi koʻtarildi va sherigim Muhammadxalil bosh qotirmasdan, bepul Wordpress va bitta arzon plagindan foydalanishni maslahat berdi. Asosiy urgʻuni esa mahsulotga (video darslarga) qaratdik.
Huddi shu payt, bizga miraman.uz deb nomlangan oʻquv platformasi aloqaga chiqdi va ularda platforma tayyor ekanligi va darslarimizni ularga qoʻyish taklifink berishdi. Meni hayron qoldirgani, ular platformani yaratish uchun 50000$ sarflashgan edi. Ya'ni asosiy mahsulot (darslar) qolib, hamma investisiya vositachi dasturga sarflab yuborilgan.
Oradan 2 yil oʻtdi, Miraman.uz sayti hozir ham aktiv, holatini esa kirib koʻrsangiz boʻladi (albatta, bu yerda boshqa faktorlar ham boʻlsa kerak).
Xullas, bu xatoni qilmang, resurlarni toʻgʻri taqsimlang.
⚡️Ulgurmaganlar uchun faqat 23-avgustgacha yana bir imkoniyat
Qiymati 2,500,000 so'mlik bo'lgan kursni siz 400 ming chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin. Bonus sifatida qiymati 247 ming so'mlik Telegram Bot kursini bepul qo'lga kiritasiz.
👉 Buning uchun:
1. kiber.mohirdev.uz saytiga kiring.
2. Ma'lumotlaringizni kiriting.
3. 100 ming so'm to'lab, joyingizni band qiling.
😊 Qolgan to'lovni keyin to'lashingiz mumkin
Aytgancha, kelayotgan Yakshanba Shanba Pizza & Pitch tadbirida qatnashaman, startaplarni baholaymiz.
Loyihangizni ko’rsatib, mutaxassislar fikrini olmoqchi bo’lsangiz, albatta qatnashing.
❓Sun'iy intellektning ta'limga ta'siri qanday?
🔥Barchamizga ma’lumki, sun’iy intellekt (AI) so’nggi yillarda buyon juda tez fursatda rivojlanib kelmoqda va bu orqali har bir sohaga kirib sezilarli darajada ta’sir o’tkazib kelmoqda. Bularga yaqqol misol bu sun’iy intellektning ta’limdagi o’rni. Uning hozirgi kunda ta’limga kirib kelganini hisobga olgan holda, biz sun’iy intellektning O’zbekistondagi ta’limga qanday ta’sir ko’rsatayotganini aniqlash maqsadida tadqiqot olib bormoqdamiz.
👋 Ushbu so'rovnoma orqali biz talabalar, o'qituvchilar va mutaxassislarning fikrlarini bilishni xohlaymiz. Sizning sun'iy intellektning ta'limga ta’siri haqida bergan fikrlaringiz biz uchun juda muhim!
✨Sizga qulay bo'lishi uchun biz ushbu so'rovnomani ikki tilda taqdim etmoqdamiz: O'zbek va Ingliz. Keltirilgan havolalardan o'zingizga tegishlisini tanlang va ta'limni rivojlanishi uchun o'z hissangizni qo'shing
Talaba va o'quvchi yoshlar uchun so'rovnoma:
1. O'zbek tilidagi savollar 👉 Google Forrm
2. Ingliz tilidagi savollar 👉 Google Form
O'qituvchi va mutaxxasislar uchun so'rovnoma:
1. O'zbek tilidagi savollar 👉 Google Form
2. Ingliz tilidagi savollar 👉 Google Form
Ideal rezyume yozish formulasi
💼 Ishga topshirganingizda birinchi bo'lib so'raladigan narsa bu albatta - REZYUME
✍️ Qachonki rezyume talabga javob bersagina keyingi bosqichga o'tishingiz mumkin. Shunday ekan talabga javob beruvchi rezyume qanday bo'ladi?
✅ MohirDev ta'lim bo'limi tomonidan "Ideal rezyume yozsh formulasi" nomli maxsus qo'llanma tuzib chiqildi. Bu qo’llanma orqali to’g’ri rezyume yozishni o’rganasiz va uni o’qib bo’lgach, aniq ketma-ketlikda rezyume yozish uchun shablonga ega bo’lasiz
🆓 Maxsus qo'llanmani bepul qo'lga kiritishni xoxlaysizmi? Unda quyidgai linkdan ro'yxatdan o'ting:
👉 Qo'llanmani yuklab olish
#IshBor #Vakansiya
👤 Lavozim: Sotuv Menejeri (Sales Manager)
▪️ Vazifalar:
— Qo'ng'iroqlarni qabul qilish va qayta ishlash
— Kurslarga oid so'rovlarga javob va maslahat berish
—Olingan ma’lumotlarni bazaga kiritish
—Mijozlarga to'lov kvitansiya yuborish
—Ishga mas'uliyat bilan yondoshish
🔺 Talablar:
— Sotuvda tajribaga ega bolish—20-30 yosh orasidagi ayol-qizlar va yigitlar
— Xushmuomalalik, intizom
— Shaxsiy rivojlanishga intilish
✅ Imkoniyatlar:
— O'zbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
— karyeraviy o'sish imkoniyati;
— o'z vaqtida to'lanadigan ish haqi;
— malakali mutaxasisslardan tashkil topgan katta va ahil jamoa;
— katta tajriba orttirish imkoniyati;
Ish jadvali: 6/1 soat, 09:00-18:00
Maosh suhbatda kelishiladi
Rezyumeni quyidagi havola orqali toldirib yuborishingiz mumkin:
✉️ https://oneapp.ly/en/jobs/sales-manager--79eK8W0z
🔍Barcha "detektiv"larni meetup'ga chaqirib qolamiz
🔵 "QA - Sifat Nazorati" mutaxassislari detektivlarga o'xshaydi. Ularning vazifasi xatolarni topish va ularni to’g’rilashga yordam berish.
🗣 Agar siz ham QA mutaxassisi bo'lishni niyat qilgan, yoki bu soha bilan yaqindan tanishmoqchi bo'lsangiz, sizni katta QA MEETUP'ga chaqirib qolamiz.
📶 Tadbirdan nimalar kutilmoqda?
- Sanjar Qosimov - "QA haqida barchasi" - mavzusida sizni QA olamiga olib kiradi, QA o'zi kim, sohani o'rganish bosqichlari va yo'l xaritasi;
- Boburbek Baxrombekov - "Web Automation testing using Cypress and JS" - veb-saytlarni test qilish va uni avtomatlashtirish hamda, amaliy ko'rsatma;
- Jo'raboyev Abdurashid - "Rest assured'ga kirish" - Rest dasturi yordamida API'larni avtomatlashtirib testlash haqida aytib o'tadi.
📍 Tadbir 12-avgust, shanba kuni, soat 18:00'da MohirDev ofisida bo'lib o'tadi. Ishtirok etish uchun hoziroq o'z joyingizni band qiling.
👉 Ro'yxatdan o'tish
😉 Detektiv do'stlaringizni xabardor qilish esingizdan chiqmasin
Axborot texnologiyalari rivojlanyapti, lekin axborot xavfsizligi ortda qolmoqda (mi?)
🇺🇿 O'zbekistondagi kiberxavfsizlik bo'yicha ahvol qanday? Foydalanuvchilarning ma'lumotlari yetarli darajada himoyalanganmi?
🎙 Shu kabi savollarga javob topish maqsadida soha mutaxassislari bilan podkast uyushtirdik.
- Anvar Narzullayev - MohirDev platformasi asoschisi;
- Sanjar Toshev - kiberxavfsizlik bo'yicha mutaxassis, CyberBro kompaniyasi asoschilaridan biri;
- Mavlutdin Narzullayev - axborot xavfsizligi bo'yicha mutaxassis.
🔔 Podkast premyerasi bugun, soat 21:00'da MohirDev Mohirdev">YouTube kanalida bo'lib o'tadi
👉 Premyerani tomosha qilish
💳 2022 yilda kiberjinoyatchilar faqatgina Toshkent shahar aholisining plastik kartalaridan 45mlrd soʻm oʻgʻrilashgan.
2020 yil bilan solishtirganda bu koʻrsatkich 40 barobar oshgan 📈.
Agar siz yoki yaqinlaringiz kiberfiribgarlar hujumiga uchragan boʻlsangiz, biz bilan bogʻlaning. Tez orada chiqadigan hujjatli filmda boshdan kechirganingizni aytib berib, boshqalarni ham bu xavfdan ogohlantiring.
Toʻliq podcastni esa bugun ertaga Mohirdev mohirdev">Youtube kanalida koʻring.
Har gal kanalimda boshqa kanalni/saytni/xizmatni tavsiya qilganimda…😂
Tushunarli bo’lishi uchun: Kanalda reklama yo’q, faqat shaxsiy tavsiyalar.
Doʻstlar!
Shoshiling, 15-avgustgacha!
Mohirdev onlayn ta’lim platformasi o‘qituvchilik tajribasiga ega, maktablarda yoki bog‘chalarda bolalar uchun turli to‘garaklarni olib borgan, o‘z sohasini yaxshi ko‘radigan, muhimi bolalar bilan ishlay oladigan mutahassislarni qidirmoqda!
Eʼtibor bering: ushbu dastur 7 dan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarga dars o‘tish mahoratiga ega ijodkor, bolalarga bilim berishga sabr bilan yondashuvchi o‘qituvchilar uchun. Bunda siz Mohirdev’ning hamkorlari bo‘lgan xususiy maktablarda AT sohasi bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga dars o‘tasiz. Tayyor qo‘llanmalar taqdim etiladi.
Nima talab qilinadi:
— bolalar bilan ishlashda o‘qituvchilik mahorati;
— samarali taym menejment;
— ma’lumot bilan ishlash;
— dinamik ritm va juda koʻp harakat;
— fidbek yordamida muntazam rivojlanish va doimiy o‘z ustida ishlash.
Takliflarimiz:
— rasmiy ishga qabul qilinasiz;
— oyiga 4 000 000 soʻmdan 15 000 000 soʻmgacha daromad (soliqlarsiz) topasiz;
— keng koʻlamli loyihani amaliyotga tadbiq etishda ishtirok etasiz;
— ta’limda o‘zgarish qilishni maqsad qilgan ilg‘or jamoa bilan ishlaysiz.
Agar ushbu vakansiya sizga qiziq boʻlsa havola orqali oʻtib formani toʻldiring. Javoblaringizni o‘rganib aloqaga chiqamiz.