sariqdev | Unsorted

Telegram-канал sariqdev - Sariq Dev

14211

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali. Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

Subscribe to a channel

Sariq Dev

👨‍💻Nima uchun junior dasturchilarni ishga olish qiyinlashmoqda?

Ularning kompaniyada qiladigan asosiy vazifalari nimalardan iborat bo'ladi?

Telegram | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Sariq Dev

Bu suhbatni oʻtkazib yubormang. Men koʻp hurmat qiladigan dasturchilardan biri, Botir aka Ziyatovdan foydali maslahatlarni oling.

Bugun, 21:00 da

/channel/mohirdev/2032

Читать полностью…

Sariq Dev

Tojikiston boshlandi…

Читать полностью…

Sariq Dev

YouTubeda har xil narsalarni o’rgatadigan videolar ko’ryapman, kimdir maslahat bergan kitoblarni o’qiyapman deb o’zingizni aldamang

Haqiqiy ta’lim, haqiqiy o’rganish bunday bo’lmaydi. Har xil foydali videolarni ko’rish, siz tanigan mashxur inson maslahat bergan kitoblarni o’qish haqiqiy o’rganishga olib kelmaydi. Sababi nima? Sababi sizda maqsad yo’qligida.

Haqiqiy o’rganish faqatgina maqsad bo’lgandagina bo’ladi. Masalan siz Pythonni o’rganmoqchisiz. YouTubeda faqat shu mavzuga aloqasi bor videolarini ko’rsangiz, shu haqida kitoblar o’qisangiz shunda sizda haqiqiy o’sish bo’ladi. Huddi shu narsalarni maqsadsiz qilsangiz esa bu ko’ngil ocharlik bo’ladi holos. O’zingizni aldamang.

@jakhonrakhmonov

Читать полностью…

Sariq Dev

Vada qilingan suhbat: https://youtu.be/HqVOYVK87CE

Читать полностью…

Sariq Dev

Qani, bu link nima karomat koʻrsatadi?

/channel/sariqdev?boost

Читать полностью…

Sariq Dev

Kitobni xarid qilaman deganlar @akademsavdo ga murojaat qilishlari mumkin.
Narxi 55000 so’m.

Читать полностью…

Sariq Dev

Dizayn sohasi bo'yicha yangi kurs taqdimoti bo'lmoqda

Hoziroq kiring: https://www.youtube.com/live/g7yukgjJbm8?si=Yqsm8lZ8goMKjUlr

Читать полностью…

Sariq Dev

Oynani oldidan bilet olsangu, oyna boʻlmasa 😫

Читать полностью…

Sariq Dev

Teslaning maqtalgan Cybertruck mashinasi yaqindan juda ham hunuk ekan.
Narxi 40000$ dan boshlanadi. Kamida 3-4 yil kutish kerak.

Olarmidingiz?

Читать полностью…

Sariq Dev

Suhbat zor boʻldi. 1 soat video, 12 GB boʻlib ketibdi. Endi Toshkentga borganda yuklayman.

Читать полностью…

Sariq Dev

Google'dan Offer Oldim

Maqola:
azimjon.com/googledan-offer-oldim

Читать полностью…

Sariq Dev

Qani, silikon vodiysidagi vatandoshlarni soʻroqqa tutamizmi?

Savollarni izohda yuboring, soʻrashga harakat qilaman.

Faqat iltimos, jiddiy savollar boʻlsin. Googleda qidirib topadigan savollar emas.

Читать полностью…

Sariq Dev

Maqsadi yo'lida futboldagi orzularidan kechgan yigit

"MohirDev Students" loyihasi doirasida bitiruvchilarimizni tanishtirishda davom etamiz

⚽️ Dastlab Portugaliyaning "Benfika" akademiyasida, so'ngra Ukraina klubida to'p surgan Shoxjahon Saidkarimov hozirda Toshkent viloyatidagi hokimliklarni tizimlashtirish bilan shug'ullanmoqda

👨‍💻 O'zining futbolga bag'ishlagan 10 yillik faoliyatidan keyin AyTi sohasiga o'tishga qaror qilgan qahramonimiz hikoyasi bilan tanishing

To'liq suhbat premyerasi bugun soat 19:30'da bo'lib o'tadi

🔔 Eslatmani yoqib qo'yish

Читать полностью…

Sariq Dev

Kecha Mohirdev loyihasi va uning kelajagi haqida gapirib berdim. Taqdimotga 3 daqiqa beriladi va vaqt oʻtishi bilan bir soniya ham kechiktirmay toʻxtatishadi.

Bu standart jarayon. Milliard dollarlik gʻoyalarga ham investorlar 3 daqiqadan koʻp vaqt berishmaydi.

Men doim aytaman, “Taqdimot qilayotganingda 3 daqiqa bu oʻlgudek kam, taqdimot eshitayotgand esa oʻlgudek koʻp”

Taqdimot videosi Youtube kanalimda 👉 https://youtu.be/bU0GiwrYT0c

Читать полностью…

Sariq Dev

5 daqiqada boshlaymiz.

/channel/mohirdev?livestream

Читать полностью…

Sariq Dev

Mana nima uchun men Pixel telefonimga sodiqman.

Читать полностью…

Sariq Dev

“Sun’iy intellekt dasturchilarni ishsiz qoldiradimi?” eng ko’p so’raladigan savollardan biri.

Yaqinda Professor Andrew Ng shu haqida yaxshi maqola yozgan ekan. Qisqacha mazmuni quyidagicha:

Agar biz har qanday kasb egasining vazifalarini aniq yozib, ulardan qay birini SI yordamida avtomatlash mumkin ekanini yozib chiqsak, savolga javob olamiz.

Masalan, O*NET OnLine portaliga ko’ra dasturchi 17 ta vazifani bajarar ekan. Bular orasida:
- Kod yozish
- Xatolarni to’g’rilash
- Mijozlar, menejerlar, texnik jamoa va boshqalar bilan muloqot qilish, ularning fikrini olish
- Dokumentasiya yozish
- Vazifalarni taqsimlash
- Qo’l ostidagilarni (shogirdlarni) o’qitish
va hokazolar bor.

Hozircha SI bulardan faqatgina sanoqlisini bajara oladi xolos, demak, dasturchining o’rnini ham egallay olmaydi. Aksincha, SI dan to’g’ri foydalangan dasturchi o’z vazifalarining bir qismini avtomatlashtirib, vaqtdan yutishi, kamroq xato qilishi, samaradorligini oshirishi mumkin bo’ladi.

Boshqa sohalarga ham shunday qarash kerak: vazifalarning qancha ko’p qismi avtomatlashsa, demak shu soha vakillariga kelajakda ish yo’q, va aksincha.

@sariqdev

Читать полностью…

Sariq Dev

Startup quraman deganlar uchun ajoyib yangi loyiha taqdimotidamiz.

Tafsilotlar birozdan soʻng kanalda.

Читать полностью…

Sariq Dev

Lex Fridman Mark Zuckerberg bilan ming chaqirim naridan Meta olamida suhbat qilibdi. Sifatiga shunchaki gap yoʻq. Avatarlar judayam tiniq, huddi real hayotda real odam bilan gaplashgandek.

Kelajakda bizni ajib narsalar kutayapti.

https://youtu.be/MVYrJJNdrEg

Читать полностью…

Sariq Dev

Lifehack: Macbook olishda tanlov juda oddiy, pulingiz yetganini olasiz, boʻldi.

Читать полностью…

Sariq Dev

Kiberxavfsizlik kursining ilk talabalariga sovgʻa.

Читать полностью…

Sariq Dev

Nizamoff yondirayapri, tez kunlarda Raqamli Dunyo koʻrsatuvida.

Читать полностью…

Sariq Dev

San Francisco va atrofi manzaralari

Читать полностью…

Sariq Dev

Waymo oʻzi yurar mashinasi.

Читать полностью…

Sariq Dev

Bugun Stanford University bitiruvchisi, Silkroad innovation hub asoschisi Asror Arabjanov bilan suhbat qilamiz.

Mavzu startuplar.

Kimda savollar boʻlsa, izohda qoldiring 👇

Читать полностью…

Sariq Dev

Jonli efir xira boʻldi deganlar uchun rasmlar 🙂. Nega xira boʻlgani menga ham qiziq.

Читать полностью…

Sariq Dev

Ertaga vatanga. Bugun esa "vodiyliklar" bilan goʻsht pishirayapmiz

Читать полностью…

Sariq Dev

3 kun Silikon Vodiysi va San Francisco oʻrtasida qatnab, ikkisi orasidagi katta farqni topdim:

Silikon Vodiysida odamlar yoki dasturchi-muhandis yoki startupchi.

San Franciscoda odamlar yoki startupchi yoki uysiz.

Читать полностью…

Sariq Dev

Bugun ketar chogʻimizda juda qiziq voqea boʻldi. Rasmdagi yigit, Garvan Doyle mohir.ai loyihasi qiziq ekan deb shaxsiydan yozib qoldi. Kim ekan deb qarasak, Assembly.ai deb nomlangan juda katta Sunʼiy intellekt kompaniya rahbari ekan.

Sherigim Baxtiyor darrov qoʻngʻiroq qildi, Garvin allaqachon mehmonxonaga qaytganini, lekin biz bilan uchrashish uchun qaytishini aytib, kutib turishni iltimos qildi.

Kelganidan keyin esa, 1 soat davomida shunaqangi qiziq suhbat boʻldi. Qaniydi suhbat tugamasa deb qoldik. Garvan bizga juda koʻp maslahatlar berib, yoʻl-yoʻriq koʻrsatdi, oʻzi qilgan xatolarini biz takrorlamasligimiz uchun nimalar qilishni aytdi. Eng muhimi suhbat soʻngida mohir.ai jamoasini oʻzining muhandislari bilan bogʻlab qoʻyishini aytdi. Keyingi hafta, Oʻzbekistonga qaytgandan soʻng yana gaplashadigan boʻldik.

Hammasidan qizigʻi, bularning hammasi samimiy, beminnat va begʻaraz. Shunchaki zerikkanidan, erinmasdan kelib, bizga butun tajribasini ulashib ketdi.

Tushunarli boʻlishi uchun, Assemblyai 180 million dollarga baholangan, Spotify, BBC, Dow Jones, veed.io va yana boshqa oʻnlab gigant kompaniyalarni ovozli sunʼiy intellekt texnologiyalari bilan taʼminlaydigan kompaniya.

Amerikaga kelish qimmat, lekin birgina mana shunday uchrashuv barcha harajatlarni qoplab yuboradi.

Читать полностью…
Subscribe to a channel