sariqdev | Unsorted

Telegram-канал sariqdev - Sariq Dev

13291

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali. Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

Subscribe to a channel

Sariq Dev

Standfordning eng katta AI laboratoriyasi, HAI o'zining 500 betlik oxirgi eng katta rivojlanishlarni o'z ichiga olgan hisobotini chop etdi. Juda katta va foydali ma'lumotlar jamlanmasi. Asosiy xulosalar:

1. AI ba'zi vazifalarni odamlardan ustunroq, lekin hammasida ham emas.

2. Sanoat AI tadqiqotlarida ustunlik qilishda davom etmoqda.

3. Eng kuchli modellar ancha qimmatga tushmoqda.

4. Qo‘shma Shtatlar AI modellarining yetakchi manbai sifatida Xitoy, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaga yetakchilik qilmoqda.

5. Katta til modellarga bo'lgan mas'uliyati uchun mustahkam va standartlashtirilgan baholashlar tizimlar o'ta kam.

6. Yasovchi (generativ) AI sarmoyalari "osmonga ko'tarilmoqda".

7. Ma'lumotlar qo'shildi: AI ishchilarni yanada samarali qilmoqda va yuqori sifatli ishlarga olib kelmoqda.

8. AI tufayli ilmiy taraqqiyot yanada tezlashadi.

9. Qo'shma Shtatlarda sun'iy intellektga oid qonunlar soni keskin oshmoqda.

10. Dunyo bo'ylab odamlar sun'iy intellektning potensial ta'sirini ko'proq bilishmoqda va hattoki ko'proq xavotirda.

To'liq hisobot: https://aiindex.stanford.edu/report/

Oxford, UK
16 April 2024
Telegram | ikboljonsobirov">YouTube | Telegram AI

Читать полностью…

Sariq Dev

Qabul davom etmoqda: @tamkeen_fund

Читать полностью…

Sariq Dev

Assalomu alaykum Azizlar, barchangizga kirib kelgan Ramazon hayiti muborak boʻlsin.

Alloh tutgan roʻzalaringizni va qilgan ibodatlaringizni qabul qilib, jannatlar bilan siylasin.

Hayit muborak!

Читать полностью…

Sariq Dev

Hozir milliarder boʻlgan Whatsapp asoschisining bir vaqtlar otasi quruvchi, onasi uy bekasi boʻlgan ekan.


Balki siz ham hozir hayotingizning qiyinchilik davrini yashayotgandirsiz.

Menda shunaqa muhtojligi borlar uchun yangilik bor: Asaxiy bilan hamkorlikda Tamkeen loyihasini yoʻlga qoʻydik.

Bu loyiha moliyaviy tomondan qiynalgan insonlarga ilm ulashish orqali ularning hayotini ijobiy tarafga o’zgartirishni maqsad qilgan.

Loyihaga muvaffaqiyatli qabul qilinganlarga Mohirdev kurslarini tekinga beramiz. Ha, Sunʼiy intellektdan boshlab ReactJS kurslarigacha hammasi bepul boʻladi. Agar noutbukingiz yoʻq boʻlsa, Tamkeen bunga ham yordam beradi.

Loyihaga qabul boshlandi, barcha maʼlumotlarni Tamkeen kanalidan olasiz: @tamkeen_fund.

Faqat milliarder boʻlib ketsangiz, Tamkeenni ham eslab qoʻyarsiz)

Читать полностью…

Sariq Dev

Men IT sohasiga kirishimga Dadam sabab bo’lganlar.

Maktabni bitirib, yurist bo’lishni orzu qilganman, lekin dadam “Aloqa (hozirgi TATU) institutiga kirgin, kelajak shu sohaniki deganlar”. Bu gapga ham 25 yil bo’libdi. Tanlovimdan mutlaqo afsuslanmadim, to’g’ri yo’l ko’rsatgani uchun esa otamga cheksiz minnatdorman.

TATUni bitirib, shu yo’nalishda Korea magistr va doktorlik qildim, 10 yilga yaqin Malaysiada oliygohda dars berdim. O’nlab turli loyihalarda qatnashdim, ixtirolar qildim, dunyo kezdim va oxiri o’zimning IT kompaniyamga asos soldim.

O’z bilimlarim va tajribamni ulashish uchun Mohirdevda onlayn kurslar yo’lga qo’ydim. Men hozir ham ishonaman, kelajak endi faqat IT bilan. Kelajakni aynan biz - muhandis va dasturchilar shakllantiramiz. O’zbekistonda minglab IT mutaxassislarga talab bor, bizni maqsadimiz shu talabni qondirish, sifatli mutaxassislarni tayyorlash. Buning uchun qo’limizdan kelgan hamma ishni qilayapmiz.

Mohirdevda eng kuchli ta’lim jamoasi ishlaydi. Kurslar yaratishga professional yondoshamiz, eng sara ekspertlar bilan ishlaymiz. Maqsadimiz keyingi 3 yilda O’zbekistonda IT ta’limda etalon bo’lish, minglab o’quvchilarni ish bilan ta’minlash. Boshqa o’quv markazlar bizdan o’rnak olishini istaymiz va shunga intilayapmiz.

Bugun mohirdevda chiqqan videoni ko’rib shular esimga tushib ketdi.

Sizchi, dasturlashni nima uchun tanladingiz (yoki tanlaysiz)?

Javobingizni izohda kutaman.

Читать полностью…

Sariq Dev

Alimardon bilan 10 yildan ortiq qadrdonmiz. Ilk bor Malayziyada tanishib, uning fikrlashi, dunyoqarashi va odobiga tan berganman. Yillar davomida Alimardondan juda koʻp narsalarni oʻrgandim.

Malayziyada tanishganimizda Petronas kompaniyasida yuqori lavozimlarda ishlar edi, hozir esa Saudiyaning eng katta energetika kompaniyasi ACWA powerning Oʻzbekistondagi CEO (rahbari) lavozimida ishlab, minglab insonlarni boshqaradi. Sohadagi eng noyob mutaxassislardan biri. Ajoyib inson.

Uni Osmondagi Bolalar loyihasida koʻrib, judayam quvondim. Yoshlar uchun juda manfaatli suhbat boʻladi deb oʻylayman. Premyera 5-aprelda ekan, albatta koʻring.

Читать полностью…

Sariq Dev

Lekin hazillashib ham turish kerak 😂

Tushunmaganlar uchun: PHP da yozilgan dasturni koʻrganda...

Читать полностью…

Sariq Dev

“O’rnimizni sun’iy intellekt (SI) egallaydi” yoki “SI bilgan odam egallaydi” degan gaplarni eshitsam kulgim keladi. Oddiy excel va worddan foydalanishni bilmaydigan millionlab odamlar yillar davomida ishlab yuribdi, negadir ularning o’rnini biladiganlar egallagani yo’q.


Havotirga o’rin yo’q 🙃

Читать полностью…

Sariq Dev

Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da Project Management kuni!

📆 30-mart shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks March2024 Project Management Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣. “Loyiha menejeri kim, u nimalarni bilishi kerak?” - Elbek Bahromov(PM, Sinaps);

2️⃣. “Jamoa boshqarish usullari” - Anvar Narzullaev(CEO, Mohirdev).

3️⃣. "AyTi jamoa qurish va loyihani boshqarish bo'yicha maslahatlar" - Sardor Dushamov(CTO, Workly)

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(Raqamli texnologiyalar vazirligi 41.3422056,69.3361911,293m/data=!3m1!1e3!4m14!1m7!3m6!1s0x38aef5672b0eb1ed:0x676a59b4e6bf3c7e!2sIT+Park!8m2!3d41.3425428!4d69.337876!16s%2Fg%2F11h54h2yqv!3m5!1s0x38aef5a58c63cbfd:0xcb882f0ad7acf773!8m2!3d41.3422894!4d69.3368565!16s%2Fg%2F11vhc__mdv?entry=ttu">binosida)


Hamkorlar:
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
Mohirdev
Thinkland
Tadbir facebookda
🌐 UzGeeks.uz

Читать полностью…

Sariq Dev

Shuning uchun dasturlashni Mohirdevda soha mutaxassislaridan oʻrganish kerak 😎

Video muallifi Xursandev

Читать полностью…

Sariq Dev

🤣 dasturchi oʻzi bilan suhbat qilayapti (1 yil farq bilan).

Aytgancha, insider maʼlumotlarga qaraganda Ulugʻbek Samigjonovning Frontend ReactJS kursi taqdimoti Mohirdev ofisida oflayn oʻtkazilarmish.

Tadbirda qatnashishni istasangiz, @mohirdev kanalini kuzatib boring.

Читать полностью…

Sariq Dev

Ishsizman deydi, lekin shu videoda aytilgan xatolarni toʻgʻrilamaydi. Qanday qilib dasturchi boʻlmoqchi, hayronman. Kecha ham bir CV keldi, koʻrib koʻzim qonab ketdi.

Qilmaylar degan hammasini ataylab qilganga oʻxshaydi.

Читать полностью…

Sariq Dev

Bugun, 19:00, C-Space Yunusobod.

Читать полностью…

Sariq Dev

Google oʻzining Gemini Pro SI modelini taqdim qildi. Model ChatGPT-4 dan deyarli barcha koʻrsatkichlar boʻyicha ustun kelgan.

Hammasidan zoʻri esa, model Google Bard orqali foydalanuvchilarga bepul taqdim etilibdi. Eslatma uchun, ChatGPT-4 obunasi oyiga 20$ va vaqtincha yangi obunachilarni qabul qilmayapti (yani ishlatish imkoni yoʻq).

ChatGPT dan kuchliroq model ishlataman deganlar endi bemalol bard.google.com orqali foydalanishi mumkin.

Darvoqe, Sunʼiy intellekt dasturlardan samarali foydalanishni istasangiz, bizning Prompt engineering kursimizni koʻrib chiqishingiz mumkin. Kurs aynan Bard va ChatGPT asosida yozilgan.

Link: https://mohirdev.uz/kurslar/prompt/

Читать полностью…

Sariq Dev

Qiziqqanlar uchun loyiha sahifasi 👉 swiftlaunch.co

Читать полностью…

Sariq Dev

1 oycha avval taqdim etilgan sunʼiy intellekt dasturchi Devinning imkoniyatlari boʻrttirilgan boʻlib chiqdi.

Devin upworkdan eng oson ishni olgan, mijoz bilan toʻgʻri muloqot qila olmagan, 30 minutlik ishni 6 soat bajargan, sifatsiz kod yozgan, yoʻq fayllardagi "bug"larni topgan (yani avval oʻzi bug yozib, keyin oʻzi "topgan"). Xullas, juniorchalik ham ish qilmagan.

Shuning uchun aytaman, havotirga oʻrin yoʻq, dasturchilarga ish koʻp. Sunʼiy intellekt bilan shugʻullanaman deganlarga ham.

Читать полностью…

Sariq Dev

Mohirdevdan hayitlik kutayapsizmi?

Bugundan boshlab 1 hafta davomida istalgan praktikumni harid qilganlarga 2 ta top kursimizni bepul beramiz.

Hayitlikni olish uchun quyidagi qadamlarni bajaring:
1. Mohirdev.uz saytiga oʻtib istalgan praktikumni xarid qiling.
2. Ushbu soʻrovnoma orqali istalgan 2 ta kursni tanlang: LINK

Aytgancha, kurs narxini hech qanday ustamasiz 6 oygacha boʻlib toʻlashingiz mumkin.

Читать полностью…

Sariq Dev

Ingliz tilini oʻrganayotganlar uchun

🤩 Edu-Action bilan hamkorlikda mockexam platformasini ishlab chiqdik. Unda IELTS imtihoni uchun sinov testlarini topshiriladi.

Platformani tanishtirish maqsadida taqdimot uyushtiryapmiz.

Taqdimot davomida ekspertlarimiz platforma haqida toʻliq maʼlumot va sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi.

🎁 Diqqat! Tadbir ishtirokchilari IELTS imtihonini bepul topshirish imkoniyatini olishlari mumkin.

🕐 Platforma taqdimoti 13-aprel 13:00 da Yoshlar Ijod Saroyida boʻladi.

⚠️ Taqdimotda BEPUL qatnashish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting:
https://forms.gle/e2Vka5Md2mjSRy279

Читать полностью…

Sariq Dev

Men qoʻshimcha qilaman, Mohirdevda PHP kursini Oʻzbekistonda PHP ni shaxsan yelkasida koʻtarib turgan, hamma PHP-chilarning kattasi Sardor Dushamov dars oʻtadi.

Читать полностью…

Sariq Dev

Mabodo haliyam ikkilanib yurganlar boʻlsa...

Data science va Sunʼiy intellekt

Читать полностью…

Sariq Dev

meanwhile php chilar

Читать полностью…

Sariq Dev

Hazil-hazil bilan, lekin O’zbekiston IT bozorida aynan PHP dasturchilarga talab eng yuqori bo’lib qolmoqda. O’zimiz ham anchadan beri PHP dasturchi izlab yuribmiz. Maoshlar ham yaxshigina, juniorlarniki 8 mlndan boshlanayapti.

Mohirdevda esa O’zbek tilidagi eng zo’r PHP kursi bor. Kursni shaxsan Sardor og’a yozgan va mentorlik qiladi.

Apreldan bu kursimizni narxi oshadi, ungacha esa kursni arzon narxda, kamiga 6 oyga bo’lib xarid qilish mumkin.

Ulgurib qoling. LINK: https://new.mohirdev.uz/uz/php-yii

Читать полностью…

Sariq Dev

Sora AI yordamida ishlangan videolar. Shunchaki daxshat. Koʻrgan narsamizga ishonmaydigan davrlar keldi.

Читать полностью…

Sariq Dev

⚡️ Savollaringizni tayyorlab qoʻying

🗣 Frontend ReactJS kursi taqdimoti yodingizda-a? Talablarga binoan taqdimotni onlayn efirga uzatib borishni ham reja qildik.

😀 Taqdimot soat 11:00'da efirga uzatiladi!

👉 Onlayn tomosha qilish

Читать полностью…

Sariq Dev

Ertaga Mohirdevda Oʻzbek tilidagi eng zoʻr Frontend kursi taqdimoti boʻladi.

Men "eng zoʻr" deyishdan qoʻrqmayman, va bunga bir nechta sabab bor:

1. Kurs eng kuchli dasturchilardan biri, Ulugʻbek Samigjonov tomonidan yozilgan, kimligini bilmasangiz, qidirib koʻring.

2. Qolgan sabablarini esa ertangi taqdimotimizdan bilib olasiz.

Taqdimot Mohirdev ofisida, soat 11 da boʻlib oʻtadi.

Tadbir qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtishingiz lozim.


👉 Roʻyxatdan oʻting

Читать полностью…

Sariq Dev

Haqiqiy startuplar ogʻriq ustiga quriladi. Kim qanday tushundi?

Izoh qoldiring 👇

Читать полностью…

Sariq Dev

Ishga kirishdagi muammolarga yechimlar

😀 MohirDev bitiruvchilari bilan maxsus uchrashuv bo'lib o'tdi

📶 Anvar Narzullayev, Sardor Dushamov va Ulug'bek Samigjonovlar ishtirokida bo'lgan uchrashuvda rezyume to'ldirishdan boshlab junior sifatida ish boshlashgacha bo'lgan jarayon tahlil qilindi

🔥 Kuchli porfolio, ajralib turadigan rezyume, “cover letter, networking” mavzulari sizga qiziq bo'lsa, tadbir videosini albatta ko'rib chiqing

🖥 Tadbir so'ngida "resume-review" - bitiruvchilarning rezyumelari tahlil qilinib, muhim tavsiya va ko'rsatmalar berildi

👉 Videoni tomosha qilish

Dasturchi do'stlaringizga ham ulashib qo'yishni unutmang

Читать полностью…

Sariq Dev

Gemini sun’iy intellektni insoniyatga foyda keltirishqilishni maqsad qildi.

Boshqa sun’iy intellekt modellaridan farqli o‘laroq, Gemini turli xil ma’lumotlarni, jumladan, matn, tasvir, audio, video va kodni birgalikda ishlay olishga o‘rgatilgan.

@naxalov

Читать полностью…

Sariq Dev

Kechagi tadbir lavhalari.

Читать полностью…

Sariq Dev

Kecha Sturgeon Capital invest fondi hamkorligida asos solingan SwiftLaunch dasturi qatnashchilari bilan tajriba ulashgani bordim.

Oʻzbekistonda oʻziga hos ilk loyiha. Jamoalarni 0 dan startup qilishga va hatto birinchi investisiyasini olishgacha qoʻllab boradi.

Loyihaga endi Mohirdev ham hamkor sifatida qoʻshilayapti. Ishtrokchilarga endi nafaqat oʻz tajribamiz, balki texnik va muhimi moliyaviy tomondan yordam beramiz.

Читать полностью…
Subscribe to a channel