naxalov | Unsorted

Telegram-канал naxalov - Naxalov | AI Blog 🔥

3267

AI

Subscribe to a channel

Naxalov | AI Blog 🔥

Sizlarda ham şunaqa böladimi?

Agentga qandaydir vazifa berganman, bajarib yotgan böladi. Har zamon ruxsat söraganda şunçaki tasdiqlab turaman, keyin «Özi bu Agentga qanday vazifa bergandim?» deb öylanib qoladi odam.

Ha, şu darajaga tuşdik.

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

👀 Anthropic'ning navbatdagi modeli

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, Anthropic'ning navbatdagi flagman modeli Claude Fable 5.5 chiqishi rejalashtirmoqda. Kompaniya hozircha model nomi va xususiyatlarini rasman tasdiqlagani yo'q.

#Anthropic #Claude #AI

@naxalov

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

Oxirgi postimni töliq sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan workflow orqali post qildim. Boşida özimning yoziş ketma-ketligimni Antigravityʼga moslab çiqdim, keyin esa node-based UI körinişiga qaror qildim.
Umumiy hisobda 8 soat vaqt ketdi. Tokenlar ham unça köp sarflanmadi, sababi Pro tarifida biror marta ham limitga yetmadi.

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

EPAM'da AI Native Engineer'larga vakansiyalar ochildi. Manga bog'lansangiz "refer" qilaman.

AI'ni yaxshi tushunadigan Full-stack dasturchilar ham pozitsiya haqida o'rganib, topshirib ko'rsa bo'ladi.

Referral uchun resume'ni o'zimga yuborsangiz bo'ladi: @umar_sadullayev

*Kamida 3 yil tajriba kerak.

#refer

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

🎉 DeepMind jamoasiga tabriklar!

@naxalov

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

Hozir YouTube’da ko‘rib qoldim: agar AI sababli butun dunyoda kiberxavfsizlik bilan bog‘liq ommaviy hujumlar kuzatilsa, uyda ikki haftalik bozorlik va eng asosiysi, bir oylik naqd pulni yostiq tagida saqlab qo‘yishni maslahat berayapti. Bunga Fransiyadagi xakerlarning muzlatgichlarga hujumini misol keltirgan.

Biz-ku bularga yoshligimizdanoq tayyor bo‘lib ulg‘ayganmiz: uyda bozorlik xaltalab qilinardi, gullab ketgan kartoshkalarni ham tashlab yubormay ekishni o‘rganganmiz. U yog‘i dehqonchilik, chorvachilik, qassobchilik, etikdo‘zlik yoshligimizda hammasini ko‘rib, bilib katta bo‘ldik... Bilmadim, ota-bobolarimiz bir umr bizni nimaga tayyorlab kelgan ekan?!

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

💸 AWS'dagi $8,000 lik xarajat Hetzner'da $300!

50,000+ foydalanuvçiga ega 4 ta SaaS loyihani AWS'dan Hetzner'ga köçirib, oylik tölovni $8,000 dan $300 ga tuşirişibdi (26 barobar arzon).

AI heç kimni çetlab ötmayapti nafaqat junior, balki gigantlariga ham öz ta'sirini körsatmoqda.

Juda köplab loyihalarimizda Hetzner'dan foydalanganmiz sifatiga nisbatan haqiqatdan ham ança arzon, şaxsan tavsiya qilaman.

@naxalov

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

📝 Google Docs, Drive va NotebookLM endi to'g'ridan-to'g'ri Markdown (.md) formatini qo'llab-quvvatlaydi!

Endi .md fayllarni hech qanday konvertatsiyasiz to'g'ridan-to'g'ri ochish va tahrirlash mumkin. Eng muhimi, endi AI agentlar va NotebookLM uchun ham hujjatlarni o'qish ancha osonlashdi.

🔗 Google Blog

@naxalov

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

🎨 1 300 dan ortiq 3D modellar to'plami ochiq manbada bepul e'lon qilindi!

Scenario platformasi AI vositalari orqali yaratilgan 39 GB hajmdagi ulkan 3D modellar bazasini Hugging Face'da mutlaqo bepul (CC BY 4.0 litsenziyasi ostida) taqdim etdi:

• 8K gacha teksturaga ega tayyor GLB modellari va to'liq Blender fayllari;
• Har bir model uchun boshlang'ich rasmlar, generatsiya promptlari va sozlamalari ham to'liq ochiqlangan;
• Modellar Hitem3D, Meshy, Rodin, Tripo hamda Claude va GPT 3D vositalari yordamida shakllantirilgan.

Geymdev, animatsiya va 3D dizayn bilan shug'ullanuvchilar uchun ajoyib resurs.

🔗 Hugging Face

@naxalov

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

Hozir ko‘p sohalarda sun’iy intellektning kuchi asta-sekin namoyon bo‘layotganini ko‘ryapman. Bunga bir misol:

Ko‘plab montajchilar Claude Code ularning videolarini juda qisqa vaqt ichida tayyorlab berayotganini va motion grafikalarni soniyalar ichida yaratayotganini ko‘rib quvonishmoqda.

Dasturchilar ham boshida Claude Code’dan foydalanishni boshlaganlarida xuddi shunday xursand bo‘lishgan edi, biroq ularning bu quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi.

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

🤖 F2G-Pose — bitta rasmdan buyumlarning 6D holati va 3D shaklini aniqlovchi ochiq model!

Fudan universiteti tadqiqotchilari robototexnika va fazoviy hisoblash uchun mo'ljallangan yangi ochiq kodli F2G-Pose sun'iy intellekt modelini taqdim etdi.

U bitta RGB-D (chuqurlikka ega) tasvir asosida buyumning fazodagi aniq holatini bir zumda hisoblaydi:
• Ob'ektning 6D fazoviy koordinatasi, real o'lchami va to'liq 3D shaklini bitta inferensiyada bir vaqtda chiqaradi;
• Real vaqt rejimida 28 FPS tezlikda ishlaydi;
• Robotlarga buyumlarni to'siqlar orasidan aniq ko'rish va avtonom ushlash (manipulation / grasping) imkonini beradi.

Loyiha to'liq bepul va ochiq kodli:
🔗 GitHub | Loyiha sahifasi

@naxalov

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

🚀 Moonshot AI yangi flagman modeli — Kimi K3.1 Pro'ni taqdim etdi!

Model 2.8 trillion parametrli MoE (104B faol) arxitekturasiga hamda ulkan 1 million tokenli kontekst oynasiga ega. U murakkab loyihalarni to'liq kodlash, parametrik 3D modellashtirish va chuqur tahliliy vazifalarni bajarishga mo'ljallangan:

• Terminal-Bench 4.0 kodlash testida 65.7% natija ko'rsatib, GPT-6 Astra'dan o'zib ketdi va Claude Opus 5.5 darajasiga yaqinlashdi.
• 2–3 barobar tezroq ishlaydigan Kimi K3.1 Pro Highspeed versiyasi ham taqdim etildi.
• Eng muhimi, modelning to'liq ochiq (open-weight) parametrlari 4-noyabr kuni ommaga e'lon qilinadi.

Hozirda Kimi.ai va Kimi Code orqali sinab ko'rish mumkin.

🔗 Rasmiy sayt | YouTube

@naxalov

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

⚡️ Arduino'ni brauzerda 3D sxemalar orqali noldan o'rganing!

• Hech qanday detallar sotib olish shart emas: brauzerning o'zida 3D Arduino Uno va breadboard sxemalari mavjud.
• Bosqichma-bosqich darslar: LED chiroqlarni yoqish, tugmalarni bosish, ultratovushli masofa datchiklarini ulash va motorlarni boshqarish kabi amaliy loyihalar.

• kod muharriri: yozilgan C++ kodini brauzerda to'g'ridan-to'g'ri ishga tushirib, natijani real vaqtda ko'rish mumkin.

Boshlovchilar va robototexnikaga qiziquvchilar uchun ajoyib bepul simulyator.

🔗 Sinab ko'rish: Learn Arduino

#Arduino #Hardware #Dasturlash #Ta'lim
@naxalov

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

🎙 Qurilmaning o'zida ishlaydigan yangi open-source TTS modeli: Phonon

Gradium AI jamoasi smartfonlar, mini-robotlar va noutbuklar uchun mo'ljallangan yengil matnni ovozga aylantirish modellarini taqdim etdi:

• Ixcham hajm: asosiy Phonon-31m modeli atigi 31 million parametrga (~65 MB) ega bo'lib, har qanday qurilmada to'liq oflayn ishlay oladi.
• Yuqori tezlik va tabiiy ovoz: real vaqtda past kechikish bilan jaranglaydi, WebAssembly orqali esa hatto brauzerning o'zida ham ishga tushirish mumkin.
• Erkin litsenziya: model to'liq open-source bo'lib, Apache 2.0 litsenziyasi ostida bepul tarqatilmoqda.

🔗 Havolalar: GitHub | HuggingFace | Veb-sayt

#AI #TTS #OpenSource #Phonon #Gradium
@naxalov

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

🎙 Atigi 163 MB bo'lgan Bark 3.0: Whisper'dan 57 marta kichik, ammo aniqroq!

Underdog AI yangi avlod nutqni matnga o'girish (speech-to-text) modelini taqdim etdi:

• Kichik hajm va yuqori aniqlik: model hajmi atigi 163 MB bo'lib, OpenAI Whisper large-v3'dan 57 baravar, NVIDIA Parakeet'dan 15 baravar kichik. AMI testlarida Bark 3.0 xatolik darajasi 7.82% ni tashkil etib, Whisper (13.63%) dan ustun keldi.
• Yashin tezligida: MacBook'da 1 daqiqalik audioni 0.25 soniyadan kam vaqtda (real vaqtdan 595 baravar tez) transkripsiya qiladi.
• To'liq oflayn (On-device): internet talab qilmaydi, noutbuk va smartfonlarning o'zida mutlaqo maxfiy ishlaydi.
• Open-source: CC-BY 4.0 litsenziyasi ostida hamma uchun bepul taqdim etilgan.

🔗 Havolalar: HuggingFace | Veb-sayt

#AI #SpeechToText #OpenSource #Bark
@naxalov

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

🚀 Antigravity’da endi Gemini Argon va Claude Opus 5.5’dan ham foydalanish mumkin!

Dasturchilar uchun yana bir yaxshi yangilik. Endi Antigravity orqali ushbu kuchli AI modellaridan foydalanish imkoniyati mavjud.

❗️Lekin buning uchun Google AI Pro yoki Ultra pullik obunasi kerak bo‘ladi.

Afsuski, Gemini Argon va Claude Opus 5.5 modellardan foydalanish uchun Google AI Pro yoki Ultra’ning faqat pullik tariflari talab etiladi. Bonus tariflar bu imkoniyatni o‘z ichiga olmaydi.

AI coding imkoniyatlari yanada kengaymoqda! 🔥

@javohir_webdev

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

⚡️ Gemini 4 Xenon haqida insaydlar

Ilk ma'lumotlarga ko'ra, Google tez orada chiqadigan yangi modeli deyarli barcha asosiy benchmarklarda Fable 5.5'dan o'zib ketadi. Shu bilan birga arzon narxini ham saqlab qoladi.

@naxalov

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

🔥 1,300+ ta open-source 3D model chiqdi!

Scenario 1,300+ ta 3D modeldan iborat 39 GB hajmdagi bepul to'plamni open-source qildi. Unda asl rasmlar, promptlar va generator metadata ma'lumotlari ham birga keladi. Bu to'plam training, benchmark hamda game dev pipeline uchun ayni muddao.

🔗 Havola: HuggingFace

#OpenSource #3D #Datasets #AI

@naxalov

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

Hozir qiziq holat bo'ldi. Yoqilg'i şoxobçasida tölov qilayotganimda Apple Pay orqali karta bilan tölamoqçi böldim. Kassir QR oynada turibdi dedi, men esa yöq, bu karta dedim. Keyin terminalni söradim va unga ( telefonni ) tekkizgan edim, çek çıqqanda kassir hayratda qoldi.

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

🚀 Google DeepMind "Gemini 4 Carbon" modelini taqdim etdi!

Google DeepMind özining eng songi va eng ilgr "frontier" modeli - Gemini 4 Carbon'ni reliz qildi. U kiberxavfsizlik va uzoq muddatli vazifalarni bajarish imkoniyatlari böyiça yetakçi deb baholanmoqda.

⚡️ Asosiy imkoniyatlari:
- Kiberxavfsizlik: Zaifliklarni aniqlash, tahdidlarga qarşi kurasş va tizimlarni himoya qilişda yetakçi natijalar körsatadi.
- Uzoq muddatli vazifalar: Murakkab loyihalar, strategik rejalashtiriş va keng qamrovli muammolarni yecşda yuqori samaradorlikka ega.

Manba: Google DeepMind
#GoogleDeepMind #Gemini #AI #Kiberxavfsizlik
@naxalov

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

Sh*t, shu gap rostmi?

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

Hozir keyboard'imda shortcut'lar işlamay qolgan edi, şunda jahl bilan Gemini'dan endi "WHY" deb boşlagandim, qarasam, keyboard kirillçada turgan ekan, şu darajaga tuşdik 🙂

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

Rasman Apple pay va Googlr pay ishlay boshladi bugun ishlatib ko'rdim 🥳

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

Hozir bu kulgili ko'rinmayapti: bekordan-bekorga aynan qo'yga 'jem' berishga urg'u berilmadi.

@naxalov

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

Yillar davomida «Instagram uchun video qilaman» deb doim keyinga surardim, bahonalar esa qalashib yotardi.

Yaqinda «Claude for Motion» chiqib, unda qilingan ishlarni ko‘rib yurganimda bir fikr tinchlik bermadi: «Buni albatta sinab ko‘rish kerak». Va nihoyat, kecha start berdim. Bunga eng katta turtki — kuchli raqobat bo‘ldi.

Qizig‘i, o‘zim sun’iy intellekt sohasida ishlasam ham, undan deyarli foydalanmasdim. Bu videoni esa to‘liq Claude yordamida yaratishga 2 kun ketdi: son-sanoqsiz iteratsiyalar, hatto limitlarim ham tugab qoldi.

Bu safar tomog‘im og‘riganiga ham qaramay, o‘zimga hech qanday bahona qoldirmasdan ishga kirishdim. Xullas, boshlab oldik natijasini birgalikda ko‘ramiz!

@naxalov

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

Gemini 4 Argon bitta 2D rasm asosida 3D gotika soborini yaratdi DeepMind yangi agentlik tajribani namoyish qildi

Google DeepMind bitta tasvir va Blender MCP (Model Context Protocol) integratsiyasi orqali 3D sahnani avtonom yaratish jarayonini ko'rsatdi. Antigravity muhitida ishlayotgan Gemini 4 Argon modeli sahnani noldan modellashtirishni to'liq o'z zimmasiga oladi.

Agent inson aralashuvisiz bino geometriyasini bosqichma-bosqich qurgandan so'ng, unga teksturalar beradi va yoritish parametrlarini sozlaydi. Bu yondashuv AI agentlariga 3D dasturlar ichida mustaqil ravishda murakkab fazoviy modellarni shakllantirish imkonini beradi.

Samarqanddagi Registon maydoni me'moriy obidalarni ham bitta rasm orqali 3D shaklga o'tkazib ko'rish qiziq bo'lardi.

@naxalov

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

☁️ OpenAI modellari endi Google Cloud'da!

Google Cloud o'zining Model Garden («AI App Store») katalogiga OpenAI modellari hamda Codex agent tizimlarini qo'shdi.

Endi Google Cloud bir platformaning o'zida Gemini, Claude va GPT modellarini birgalikda taqdim etuvchi yagona yirik bulut provayderiga aylandi.

🔗 Google Cloud Blog

@naxalov

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

Men va agentimning qisqacha suhbati


🤖 Agent: Muvaffaqiyatli ishga tushirdim!

👍 Men: Yaxshi, port forwarding qo‘sh.

🤖 Agent: 22-portdagi connection’larni uzib, keyin muvaffaqiyatli ishga tushirib berdim.

🤨 Men: Nima ish qilayotganingni o‘zim kuzatib turgan edim, lekin menga aytmading. Nega u portni uzding?

🤖 Agent: Tekshirib ko‘rdim, 16 kundan beri yoniq turgan ekan. Eski, kerak emas deb o‘ylabman...

(Agent o‘zi xatosini tushunib, qaytadan hammasini to‘g‘rilab, har biriga mos portlarni ochib chiqdi)

🤦‍♂️ Men: Nega shuni birinchi martadayoq qilmading?

🤖 Agent: Uzr, shoshib qolibman. Boshqa safar bunday qilmayman...

🧐 Men: Shunchaki aytib qo‘yyapsanmi yoki buni qoida qilib oldingmi?

🤖 Agent: Uzr, hozir buni qoida sifatida yozib qo‘yaman!

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

🏀 Sport translyatsiyalarida yangi davr: atigi 8 ta kameradan 3D takroriy lavha!

Gracia AI sport o'yinlarini 3D fazoda to'liq rekonstruksiya qiluvchi yangi modelini taqdim etdi:

• Odatda 50+ kamera va soatlab render talab qilinadigan erkin rakursli (Matrix uslubidagi) 3D lavhalar endi atigi 8 ta kamera bilan real vaqtda yaratiladi.
• Hech qanday AI "gallyutsinatsiyasi"siz — barcha harakatlar real fizikaga mos ravishda millimetrgacha aniq saqlanadi.

🔗 Batafsil: Gracia AI

#AI #GaussianSplatting #Texnologiya #Sport
@naxalov

Читать полностью…

Naxalov | AI Blog 🔥

🤖 Unitree yangi H2-X "Kung Fu Legend Guardian" gumanoid robotini namoyish qildi

Xitoyning Unitree kompaniyasi qo'riqlash va xavfsizlik uchun mo'ljallangan robotini taqdim etdi.


🔗 Batafsil: Unitree

#Unitree #H2X #Robot #Texnologiya
@naxalov

Читать полностью…
Subscribe to a channel