sariqdev | Unsorted

Telegram-канал sariqdev - Sariq Dev

14217

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali. Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

Subscribe to a channel

Sariq Dev

Aytgancha izohlarning tahlili ChatGPT yordamida qilindi. Hammasidan zo’ri, ChatGPT bemalol grafiklar ham chizadigan bo’libdi. Rasm emas, dinamik oʻzgaruvchan grafiklar.

Читать полностью…

Sariq Dev

Bitta savol, orangizda dasturlashni oʻrganaman deb, lekin paysalga solib yurganlar boʻlsa kerak, boshlashingizga nima toʻsqinlik qilayapti?

Savollarni (havotirlarni) izohda qoldiring, men va jamoam qoʻldan kelgancha javob berishga harakat qilamiz.

Ketdik.

Читать полностью…

Sariq Dev

Format kanalimizda "Blokchain nima?" deb soʻrashayapti.

Kelinglar, challenge qilamiz, format kanaliga oʻtib, blockhain haqida dumaloq video yuborasiz.

Qisqa, loʻnda va eng tushunarli xabar yuborgan insonga shaxsan mendan hayitlik sovgʻasi va Mohirdev ofisida boʻladigan hayit bayramiga taklifnoma bor.

Videolarni Dushanba (17 Iyun) soat 19:00ga qadar qabul qilamiz.

Demak "Blockhain nima?" degan savolga javobingizni ushbu post ostida kutamiz:
/channel/format_mohirdev/134

Читать полностью…

Sariq Dev

O’tgan hafta “Kelajak kasblari” forumida qatnashdim va siyqasi chiqib ketgan “Sun’iy intellekt ish o’rinlarini olib qo’yadimi?” degan savolga 100mingichi marta javob berdim:

Ish o’rinlarini sun’iy intellektdan to’g’ri foydalana olgan insonlar egallaydi. Yaqin 1-2 yilda esa SI foydalanishni bilmaslik savodsizlik bilan tenglashadi.


Qachonlardir o’qish-yozishni bilmaslik, keyinchalik kompyuterdan foydalana olmaslik, keyin esa internetdan foydalana olmaslik savodsizlik hisoblangani kabi.

Xullas, zamondan orqada qolib ketishni istamasangiz SI’dan to’g’ri foydalanishni o’rganing. Masalan, mana sizga tayyor maqola, 15 daqiqada SI’ga to’g’ri buyruq (prompt) yozishni o’rganib olasiz.

Читать полностью…

Sariq Dev

Androidning uzoq tarixida ajoyib g’aroyib telefonlar boʻlganda. Qarang, qanday qadimiy yodgorlik topib oldim (bir vaqtlar oʻzim ham tutganman aynan shu modelni).

Bugun shunday ko’rinishdagi telefon tutarmidingiz?

Izohlarda bundan ham gʻaroyib telefonlar rasmini yuboramiz 👇

Читать полностью…

Sariq Dev

Mohirdevda Sunʼiy intellekt loyihalar bosh muhandisi Adham Zohirov Google tomonidan Google Developer Expert deb tan olinibdi.

Bu maqomni olish oson boʻlmaganiga shaxsan guvohman: Uzoq muddatli tajriba, boshqa Google expertning tavsiyasi va bir necha bosqichli murakkab suhbatlar va sinovlar.

Xullas, Adhamni bu yutuq bilan Mohirdev jamoasi nomidan tabrkilayman.

Читать полностью…

Sariq Dev

Toqga tez-tez chiqib turasizmi? Dasturchi uchun jismoniy faol turmush tarzi muhimligi haqida.

Chet elda sport bilan shugʻullanishga ragʻbatlantirish, ishga olishda sport haqida savollar 😳

Читать полностью…

Sariq Dev

Chet elga oʻqishga ketishdan avval ingliz yili darajangiz qanday boʻlgan?

Shaxromdan qiziq va foydali fikr: "Ingliz tilini bilishning oʻzi yetarli emas, shu narsaga ham katta ahamiyat berish kerak: ........."

Читать полностью…

Sariq Dev

Qay birini avval oʻrganish kerak, Ingliz tilinimi yoki dasturlashni?

Читать полностью…

Sariq Dev

Izohlarni oʻqib, qoʻrqib ketayapman. Odamlar kofe(in) bilan kokain farqiga bormaydi shekilli 😅.

Читать полностью…

Sariq Dev

Savol, bu qanday qurilma-ki, dasturchilar usiz yura olmaydi. Izohlarda javobingizni kutaman.

Toʻgʻri javob keyingi postda.

Читать полностью…

Sariq Dev

Siz kelajakka tayyormisiz?

Faqat bugun va ertaga Prompt Engineering kursimiz 250ming soʻm.

Promo kod: men-tayyorman

Читать полностью…

Sariq Dev

⚡️"Kelajak kasblari-2024" forumi doirasida yirik master-klass

Poytaxtimizda 5-7 iyun kunlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan "Kelajak kasblari-2024" forumi doirasida zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga qiziquvchi yoshlar uchun yirik master-klass tashkil etiladi.

✅Master-klassda Temurbek Adhamov, Anvar Narzullayev, Jahongir Po‘latov, Abdusattor Abdurahimov va Aziz Rahimovlar spiker sifatida ishtirok etib, eng sara ma'lumotlar va tajribalarni yoshlar bilan bo‘lishadi. Master-klass ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin bo‘ladi.

Master-klass 6-iyun kuni "Yoshlar ijod saroyi"-kreativ parkda bo'lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting.

✅Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/rhV3mW52s2jHgxvF9

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube

Читать полностью…

Sariq Dev

Bizda birinchi marta

🗓 29-may, chorshanba, soat 19:00 da voice-chat qilyapmiz.

Unda Anvar Narzullayevdan istagan savolingizni soʻrashingiz mumkin.

😉 Senzura va byurokratiyasiz suhbat boʻladi.

😅 Savollaringizni behijolat izohlarda yozavering. Barchasiga Anvar Narzullayev voice-chatda javob beradi.

@mohirdev

Читать полностью…

Sariq Dev

Fikr bildiring va Mohirdevning keyingi loyihasiga yordam bering.

LINK (toʻgʻrilandi)

Читать полностью…

Sariq Dev

Yuqoridagi so’rovnoma tahlili shunday natija berdi.

Dasturlashni o’rganishga to’sqinlik qilayotgan top muammolar:
1. Ish topish
2. Intizomsizlik
3. Ustoz yo'q
4. Vaqtim yo'q
5. Moliyaviy qiyinchilik

Keyingi postlarda bularning har biri haqida to’xtalamiz.

Читать полностью…

Sariq Dev

Assalomu alaykum, barchangizga Qurbon hayiti muborak boʻlsin.

Читать полностью…

Sariq Dev

Korzinka (K WATT) dasturchilariga aytinglar, bildik, tushundik, boramiz, xoʻp. Har 5 daqiqada bitta xabar yuborish shart emas.

Читать полностью…

Sariq Dev

Tajribangiz yetarli boʻlmasa, rezyume tayyorlashda quyidagi 4 ta xatoga yoʻl qoʻymang.

Maqola so’ngida Mohirdev tomonidan tayyorlangan “Ideal Rezyume yozish formulasi” qo’llanmasini albatta yuklab oling.

Читать полностью…

Sariq Dev

Aytgancha, Adham Mohirdevda Sunʼiy intellekt - NLP (nutq bilan ishlash) hamda Prompt Engineering - (Sun'iy intellektdan to'g'ri foydalanish) kurslari muallifi.

Shu munosabat bilan, suyunchi qilib, Adhamjonning kurslariga bitta chegirma bervoramizmi 😅

Читать полностью…

Sariq Dev

Nega startup qilish qiyin? Nega katta dasturchilar startup qilmaydi?

Читать полностью…

Sariq Dev

Katta global kompaniyada ishlashning afzallik va kamchiliklari?

Читать полностью…

Sariq Dev

Kundalik hayotda, ishda sunʼiy intellektdan foydalanasizmi?

Читать полностью…

Sariq Dev

Kecha siz bergan savollarni saralab qisqa suhbat qildik. Videolarni kun davomida qoʻyib boraman.

Stay tuned.

Читать полностью…

Sariq Dev

Dasturchilar va kofe.

Kofe bu - dasturchining qon tomirida oquvchi suyuqlik. Dasturchi uchun kofe energiya manbai.

Kofe ichmaydigan odamlardan yaxshi dasturchi chiqmaydi 😅. Koʻk choy ichib, oʻzingizni dasturchi sanab yurmang yana.

Читать полностью…

Sariq Dev

Ikkita kuchli dasturchi muhandislarni olib, toqga chiqib ketdik.
Biri Nodir Nazarov, Googleda muhandis, Oʻzbekistonga taʼtilga kelgan.
Ikkinchisi Shahrom Rustam, Zuccotech asoschisi, Shvesiyaning KTH universitety bitiruvchisi.

Xullas, bugun ikkalasini suhbatini olamiz. Kimda qanday savollar boʻlsa izohda qoldiring, yoʻl davomida soʻrab boraman. Kettik.

Читать полностью…

Sariq Dev

Qayta-qayta aytilgan gap:

“Ishingizni sun’iy intellekt emas, SIni to’g’ri ishlata olgan odam olib qo’yadi”

Mana Dubai shaxzodasi ham 1 million prompt engineering (ya’ni SIga to’g’ri buyruqlar bera oladigan) muhandislarini tayyorlash loyihasini boshlayotgan ekan.

SI muhandislari endi har sohada kerak, moliya, iqtisod, dizayn, marketing, tarjimonlik, dasturlash, jurnalistika, tadbirkorlik va hokazo.

Yana o’sha savol: Siz bu kelajakka tayyormisiz? Siz SIdan to’g’ri foydalanishni bilasizmi?

Aytmoqchi, Mohirdev eng birinchilardan bo’lib prompt engineering kursini chiqargan.

Kurs bor yo’g’i 300ming so’m, sariqdev foydalanuvchilari uchun esa faqat bugun va ertaga bu kurs uchun 50ming so’m chegirma bor.

LINK 👉 Prompt Engineering - (Sun'iy intellektdan to'g'ri foydalanish)

Promo kod: men-tayyorman

Читать полностью…

Sariq Dev

10 daqiqada boshlaymiz.

LINK

Читать полностью…

Sariq Dev

Microsoft Copilot sun’iy intellektini ijtimoiy tarmoqlarga olib kelayapti. Hammasidan qizig’i, birinchi bosqish sifatida Telegram messenjerni tanlashibdi.

Mabodo, bilmaganlar uchun, Microsoft OpenAI kompaniyasining asosiy investori hisoblanadi va Copilot dasturi ham OpenAI’ning ChatGPT dasturidan to’liq foydalanadi.

Microsoft kelajakda Copilotni universal yordamchi qilib, barcha qurilma va dasturlarga integrasiya qilmoqchi (huddi Ironman kinosidagi Jarvis kabi shaxsiy yordamchingiz bo’ladi).

Siz bu kelajakga tayyormisiz?

Copilotni Telegramda sinab ko’raman deganlar uchun: @CopilotOfficialBot

Sinab ko’rib, taassurotingiz bilan izohlarda ulashing. Nima savollar berib ko’rdingiz? Qanday javoblar oldingiz? Har kuni ishlatadigan qanday foydali funksiyalar topdingiz?

@sariqdev

Читать полностью…

Sariq Dev

Joʻyali takliflarni bir joyga jamlab borayapman, qani, faol boʻlamiz.

Читать полностью…
Subscribe to a channel