sariqdev | Unsorted

Telegram-канал sariqdev - Sariq Dev

13291

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali. Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

Subscribe to a channel

Sariq Dev

Angliyaga kelib, Saidolim akani koʻrmasdan ketsa boʻladimi. Saidolim aka Londonda joylashgan Moneff kompaniyasida CTO, Oʻzbekistondagi juda koʻp senior dasturchilarning ustozi.

Yoshlar bilmasligi mumkin, lekin Saidolim aka UzGeeks hamjamiyati va @UstozShogird kanali kabi loyihalari bilan Oʻzbekistonda AyTi sohasi rivojiga beminnat hissa qoʻshib kelayotgan insonlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari oʻzlarining @DrAlgorithm kanallarida ham foydali maslahatlar berib boradilar.

Xullas, har tomonlama hurmatga va oʻrnak olishga sazovor inson.

p.s. Ha, aytgancha, rasmda mening yonimda turgan yigit Oxforddagi PhD talaba yurtdoshimiz Iqboljon. Medisinada Sun’iy zakoni qoʻllash boʻyicha mutaxassis.

Saidolim akaning yonidagi yigit esa - Javohir, Bloomberg Data Analitika kompaniyasining London ofisida ishlaydigan yurtdoshimiz, Business Analitika sohasi mutaxassisi.

Mana shunday insonlar bilan tanishishning oʻzi qanchalik odamga zavq bagʻishlashini soʻz bilan yetkazib boʻlmasa kerak.

Читать полностью…

Sariq Dev

Yana Oxfordga qaytdim.

Ushbu modul inqiroz vaqtida kompaniyani boshqarish va inqirozdan chiqish uchun rahbar sifatida qanday hislatlarga ega boʻlish kerakligi haqida.

Har doimgidek 1 dunyo taasurotlar va qimmatli bilimlar bilan qaytayapman.

Endi, sizlarga savol, rasmdagi auditoriyaga ahamiyat bering. Bu turdagi auditoriya nima deb ataladi, nima uchun aynan shu shaklda va ortidagi mazmuni qanday?

Shu 3 ta savolga toʻgʻri javob bergan insonga Oxforddan kichik sovgʻa bilan qaytaman.

Читать полностью…

Sariq Dev

Tadbir ajoyib bo’ldi. Barcha ishtrokchilarga mazmunli suhbat uchun katta rahmat!

Uchrashuv videosi keyinroq Mohirdev mohirdev">Youtube kanalida e’lon qilinadi.

Tadbirda qatnashdingizmi, tassurrotlaringizni izohda qoldiring.

Читать полностью…

Sariq Dev

Shu boʻyicha bitta video chiqaramizmi? Qanday qilib ChatGPT da murakkab analitika qilish haqida.

Kimga qiziq boʻlsa bitta like

Читать полностью…

Sariq Dev

Yana oʻsha gap, sizning ishingizni Sunʼiy intellekt (SI) emas, SIdan toʻgʻri foydalana olgan odam egallaydi.

Mohirdevda sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha bir emas ikkita kurs chiqarganmiz, va faqat keyingi 4 kun bu kurslarni bitta narxga olishingiz mumkin.

Demak, link orqali oʻtasiz, Prompt Engineering - Sunʼiy intellektdan toʻgʻri foydalanish kursini xarid qilasiz va Leonardo AI (rasm generatsiya qilish) kursini bepul qoʻlga kiritasiz.

Ketdik, 👉 Prompt Engineering kursi

Читать полностью…

Sariq Dev

Birinchi ishini topa olmay yurganlar, hech boʻlmasa shu maslahatlarga amal qilganmisiz?

Читать полностью…

Sariq Dev

Mana savol: Videodagi bino dizaynini kim yaratdi, odam yoki sunʼiy intellekt?

Javobingizni izohlang.

Читать полностью…

Sariq Dev

Yuqoridagi so’rovnoma tahlili shunday natija berdi.

Dasturlashni o’rganishga to’sqinlik qilayotgan top muammolar:
1. Ish topish
2. Intizomsizlik
3. Ustoz yo'q
4. Vaqtim yo'q
5. Moliyaviy qiyinchilik

Keyingi postlarda bularning har biri haqida to’xtalamiz.

Читать полностью…

Sariq Dev

Assalomu alaykum, barchangizga Qurbon hayiti muborak boʻlsin.

Читать полностью…

Sariq Dev

Korzinka (K WATT) dasturchilariga aytinglar, bildik, tushundik, boramiz, xoʻp. Har 5 daqiqada bitta xabar yuborish shart emas.

Читать полностью…

Sariq Dev

Tajribangiz yetarli boʻlmasa, rezyume tayyorlashda quyidagi 4 ta xatoga yoʻl qoʻymang.

Maqola so’ngida Mohirdev tomonidan tayyorlangan “Ideal Rezyume yozish formulasi” qo’llanmasini albatta yuklab oling.

Читать полностью…

Sariq Dev

Aytgancha, Adham Mohirdevda Sunʼiy intellekt - NLP (nutq bilan ishlash) hamda Prompt Engineering - (Sun'iy intellektdan to'g'ri foydalanish) kurslari muallifi.

Shu munosabat bilan, suyunchi qilib, Adhamjonning kurslariga bitta chegirma bervoramizmi 😅

Читать полностью…

Sariq Dev

Nega startup qilish qiyin? Nega katta dasturchilar startup qilmaydi?

Читать полностью…

Sariq Dev

Katta global kompaniyada ishlashning afzallik va kamchiliklari?

Читать полностью…

Sariq Dev

Kundalik hayotda, ishda sunʼiy intellektdan foydalanasizmi?

Читать полностью…

Sariq Dev

Mana oʻsha va’da qilingan darslar.

Читать полностью…

Sariq Dev

Mohirdevda ajoyib blogimiz bor. Har bir maqola ustida kuchli mutaxassislar ishlaydi. Oʻquvchilar uchun eng qiziq va foydali maqolalarni saralab, chop etamiz.

Mana, kechagi tadbir yakuniga koʻra ham yaxshi maqola yozdik, albatta oʻqib chiqishni tavsiya qilaman.

Blogni esa davomli ravishda kuzatib boring, har hafta 3-4 ta sifatli maqolalar chop etamiz.

Читать полностью…

Sariq Dev

“Dasturchining yoʻli” mavzusida oflayn tadbir

Ketma-ket qiyinchiliklarga uchragan yosh dasturchilar kasbdan butunlay voz kechsammikan, deb oʻylab qoladi.

😎 Shu vaqtda qanday yoʻl tutish kerakligini Mohirdevda boʻlib oʻtadigan oflayn tadbirda malakali ekspertlardan eshitamiz.

Tadbirning mehmon spikerlari:


— Google kompaniyasida software engineer Nodir Nazarov;
— Zuccotech AyTi kompaniyasida CTO Shaxrom Rustamov.

Qachon: 13-iyul, shanba, 11:00
📍 Qayerda: Mohirdev ofisida
👋 Kimlar uchun: barcha

Maxsus: CV va GitHub akkauntlaringizni tadbir davomida spikerlarga tekshirtirib, fidbeklar olishingiz mumkin.

👉 Oflayn tadbir uchun roʻyxatdan oʻtish

@mohirdev

Читать полностью…

Sariq Dev

Prompt Engineering yordamida ish e’lonlari tahlili

Sardor o‘ga UstozShogird kanalidagi ish e’lonlarini qo‘lda sanashni boshlagan edilar, menimcha hali tugamadi. 😉

Men esa ChatGPT yordamida, UstozShogird telegram kanalidagi 4 yillik ma’lumotlarni tahlil qildim.

Avvalgi postda ham aytganimdek kelajak AI bilan, to‘g‘ri prompt yozishni o‘rganing.

PS: 2024 - yil hali yakunlanmagan

@adkham_zokhirov

Читать полностью…

Sariq Dev

🤩Oʻzbekistonning Top-10 IT taʼlim markazlari maʼlum boʻldi

✔️Avvalroq IT ta’lim markazlari reytingi shakllantirilishi haqida xabar qilingandi.

Mazkur reyting quyidagi mezonlar asosida shakllantirildi:

🟠Oʻquv markazidagi mavjud kurslar soni;
🟠Oʻquv markazida taʼlim olayotgan oʻquvchilar soni;
🟠Kurslarni muvaffaqiyatli bitirganlar soni;
🟠Ishga kirgan oʻquvchilar soni;
🟠IT eksportyor kompaniyalarga ishga kirgan bitiruvchilar soni.

Xoʻsh, endi reyting bilan tanishing:

🔹“Mohirdev” MCHJ
🔹“Bilim tech” MCHJ
🔹“Najot ta'lim markazi” MCHJ
🔹“IT Hub Samarkand 1” MCHJ
🔹“Sensorika” MCHJ
🔹“Realsoft academy” MCHJ
🔹“IT Park Karakalpakstan” MCHJ
🔹“Programmers IT center” MCHJ
🔹“Dasturchilar vodiysi” MCHJ
🔹“IT-ACADEMY” MCHJ

Maʼlumotlar real vaqt rejimida yangilanadi.

IT taʼlim rezidentlaridan reytingda yuqori o‘rinlarni qayd etish uchun CRM platformasiga maʼlumotlarni to‘liq kiritib borishlarini so‘rab qolamiz!

☝️Farzandi kelajagini oʻylab, ishonchli IT taʼlim markazi qidirib yurgan yaqinlaringizga yuboring!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬edu.digitaluz?si=ZLMKxyoxAns4ZS49">YouTube 🎰Linkedin

Читать полностью…

Sariq Dev

Mana yilning yarimi ham o’tdi, qani, kim qanday ketayapti? Izohlarda qoldiramiz.

Читать полностью…

Sariq Dev

Aytgancha izohlarning tahlili ChatGPT yordamida qilindi. Hammasidan zo’ri, ChatGPT bemalol grafiklar ham chizadigan bo’libdi. Rasm emas, dinamik oʻzgaruvchan grafiklar.

Читать полностью…

Sariq Dev

Bitta savol, orangizda dasturlashni oʻrganaman deb, lekin paysalga solib yurganlar boʻlsa kerak, boshlashingizga nima toʻsqinlik qilayapti?

Savollarni (havotirlarni) izohda qoldiring, men va jamoam qoʻldan kelgancha javob berishga harakat qilamiz.

Ketdik.

Читать полностью…

Sariq Dev

Format kanalimizda "Blokchain nima?" deb soʻrashayapti.

Kelinglar, challenge qilamiz, format kanaliga oʻtib, blockhain haqida dumaloq video yuborasiz.

Qisqa, loʻnda va eng tushunarli xabar yuborgan insonga shaxsan mendan hayitlik sovgʻasi va Mohirdev ofisida boʻladigan hayit bayramiga taklifnoma bor.

Videolarni Dushanba (17 Iyun) soat 19:00ga qadar qabul qilamiz.

Demak "Blockhain nima?" degan savolga javobingizni ushbu post ostida kutamiz:
/channel/format_mohirdev/134

Читать полностью…

Sariq Dev

O’tgan hafta “Kelajak kasblari” forumida qatnashdim va siyqasi chiqib ketgan “Sun’iy intellekt ish o’rinlarini olib qo’yadimi?” degan savolga 100mingichi marta javob berdim:

Ish o’rinlarini sun’iy intellektdan to’g’ri foydalana olgan insonlar egallaydi. Yaqin 1-2 yilda esa SI foydalanishni bilmaslik savodsizlik bilan tenglashadi.


Qachonlardir o’qish-yozishni bilmaslik, keyinchalik kompyuterdan foydalana olmaslik, keyin esa internetdan foydalana olmaslik savodsizlik hisoblangani kabi.

Xullas, zamondan orqada qolib ketishni istamasangiz SI’dan to’g’ri foydalanishni o’rganing. Masalan, mana sizga tayyor maqola, 15 daqiqada SI’ga to’g’ri buyruq (prompt) yozishni o’rganib olasiz.

Читать полностью…

Sariq Dev

Androidning uzoq tarixida ajoyib g’aroyib telefonlar boʻlganda. Qarang, qanday qadimiy yodgorlik topib oldim (bir vaqtlar oʻzim ham tutganman aynan shu modelni).

Bugun shunday ko’rinishdagi telefon tutarmidingiz?

Izohlarda bundan ham gʻaroyib telefonlar rasmini yuboramiz 👇

Читать полностью…

Sariq Dev

Mohirdevda Sunʼiy intellekt loyihalar bosh muhandisi Adham Zohirov Google tomonidan Google Developer Expert deb tan olinibdi.

Bu maqomni olish oson boʻlmaganiga shaxsan guvohman: Uzoq muddatli tajriba, boshqa Google expertning tavsiyasi va bir necha bosqichli murakkab suhbatlar va sinovlar.

Xullas, Adhamni bu yutuq bilan Mohirdev jamoasi nomidan tabrkilayman.

Читать полностью…

Sariq Dev

Toqga tez-tez chiqib turasizmi? Dasturchi uchun jismoniy faol turmush tarzi muhimligi haqida.

Chet elda sport bilan shugʻullanishga ragʻbatlantirish, ishga olishda sport haqida savollar 😳

Читать полностью…

Sariq Dev

Chet elga oʻqishga ketishdan avval ingliz yili darajangiz qanday boʻlgan?

Shaxromdan qiziq va foydali fikr: "Ingliz tilini bilishning oʻzi yetarli emas, shu narsaga ham katta ahamiyat berish kerak: ........."

Читать полностью…

Sariq Dev

Qay birini avval oʻrganish kerak, Ingliz tilinimi yoki dasturlashni?

Читать полностью…
Subscribe to a channel