13291
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali. Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Assalomu alaykum, Qurbon hayiti muborak aziz obunachilar. Alloh qilgan ibodatlaringizni qabul qilsin, oilangizga qut baraka va ikki dunyo saodatini bersin.
Читать полностью…
Fikrat tahliliy dasturida "SI odamlarni ishsiz qoldiradimi?" mavzusida suhbat boshlayapmiz.
Читать полностью…
Assalomu alaykum, aziz obunachilar, barchangizga Ramazon hayiti muborak boʻlsin.
Allohim qilgan ibodatlaringizni qabul qilsin, oilangizga tinchlik va farovonlik ato qilsin.
Bayram muborak!
@sariqdev
Birozdan so'ng Fikrat ko'rsatuvida ChatGPT kabi dasturlardan to'g'ri foydalanish haqida suhbat qilamiz.
Jonli efirga qo'shiling
Sardor ogʻa yozayapti:
AI desa hayolga darrov Python keladigan bo'lib qolgan. Streotip)
Xo'p, dunyoda hamma AI loyihalar qilishayotgan ekan, shunda Pythonni o'rganaverish kerakmi?
AI loyihalarni faqat Pythonda qilishadimi?
Endi kelajak shu tarafda bo'lsa boshqa dasturlash tillarini o'rganmay qo'yaveraylikmi?
Shu savollarga mutaxassislardan, bilganlardan javob olsak hammaga foydali bo'lar edi.
Men ham bilganimcha yozishga harakat qilaman.
🇫🇷O‘tgan hafta Fransiya hukumati taklifi bilan Parijda bo‘lib o‘tgan "Global AI Action Summit" tadbirida qatnashish uchun kelgan edim.
10-11 Fevral kunlari dunyo rahbarlari, soha mutaxassislari, katta va kichik IT kompaniyalar ishtirokida muhokamalar, seminar, workshop va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
So‘nggi yillarda SI’ning insoniyat kelajagiga ta’siri haqida ko‘p gaplar bo‘layapti. Jamiyatda o‘rinli va o‘rinsiz qo‘rquv, sarosimalar kuchaygan.
Har kuni yangi-yangi SI modellar chiqib kelyapti, soha shunchalik tez rivojlanyaptiki, hukumatlar ham, biznes ham, jamiyat ham bu tempga moslasha olmayapti. Keyingi 5 yil emas, hatto 2-3 yilga ham strategiya qilish qiyinlashib boryapti.
Sammitda aynan shu masalalar atrofida juda ko‘p gaplar bo‘ldi. Barchasini bir postda yoritish qiyin, shuning keyingi bir nechta maqolalarim Parijdagi sammit va uning atrofidagi voqea va hodisalar haqida bo‘ladi.
Kuzatib boring.
@sariqdev
"Sariqdev qayerda, nega koʻrinmay ketdi?" deganlarga javob 😎
Читать полностью…
Shu soʻrovda qatnashganlar, maqsadingizga erishdingizmi?
Javob "ha" boʻlsa, nimalarni toʻgʻri qildingiz va boshqalarga nima tavsiya qilasiz?
Javob "yoʻq" boʻlsa, nima sabab boʻldi va boshqalarga nima maslahat berasiz?
Kechagina Tokiodan, Jahon banki tashkil qilgan Raqamli akademiyadan qaytdim. Asosiy mavzu Sun'iy intellektning davlat rivojidagi oʻrni.
Koʻp davlatlarning tajribasini eshitar ekanman, hayolimdan faqat bitta gap aylandi - biz ortda qolayapmiz.
Holatni oʻzgartirish uchun nima qilish kerak?
Javob maqolada: LINK
Google DevFest yana qaytdi.
DevFest bu – soha mutaxassislaridan maʼruzalar, qiziqarli suhbatlar va eng muhimi networking.
Dasturlash olamiga endi qadam qoʻyapsizmi yoki tajribali dasturchimisiz, tadbirdan albatta foyda olasiz deb oʻylayman.
Xullas, yilning eng muhim tadbirlaridan birini oʻtkazib yubormang.
Ha aytgancha, MohirDev jamoasidan Oʻzbekistonda yagona Google AI expert Adham Zokhirov ham oʻz tajribasi bilan ulashadi.
Mohirdev ofisi NestOne'dami?
Telegram orqali ishga joylashib boʻladimi?
QA yoki Frontend? Rus tili yoki Ingliz?
Natija. Jami 5 daqiqa ham ketmadi.
Albatta kitob nomlarini bir tekshirib chiqish kerak, bu bilan endi office manager shug’ullanadi.
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da AI kuni esingizdami?
📆 26-oktabr, shanba kuni Toshkent shahri, Muminov ko'chasi 4A, (eski Mohirdev ofisi) "UzGeeks October2024 AI Day Meetup" bo'lib o'tadi.
📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:
1️⃣ "Data Preparation" - Aziz Abdumalikov
2️⃣ "Biznesda Sun'iy Intellekt" - Muhammadali Salohiddinov
3️⃣ "Tavsiya qilish tizimlari ijtimoiy tarmoqlarda qanday ishlaydi?" - Mohinur Abdurahimova
4️⃣ "Thinking Machines: Understanding the Rise of AI" - Zarifjon Naxalov
5️⃣ "AI plus You" - Adham Zohirov
🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(eski Mohirdev ofisi)
Hamkorlar:
- O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
- Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
- Thinkland - Mohirdev - UIC Group
Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate
Hayotim davomida ustozlarim koʻp boʻlgan. Lekin koʻpchilik singari, negadir, birinchi oʻqituvchim — Munira opa xotiramda oʻchmas iz qoldirgan ekan.
Aslida hayotim davomida erishgan barcha yutuqlarimda menga ustozlik qilgan yuzlab odamlarning hissasi katta.
Barcha ustozlarga bayram muborak 🎉
🎬 Yangilik: “Yuzma-yuz” rubrikasini yo‘lga qo‘ydik!
Unda siz mutaxassislarimiz haqida ko‘proq ma’lumot bilib olishingiz mumkin.
Rubrikani kompaniya asoschisi, Data Science va Sun’iy Intellekt kursi eksperti Anvar Narzullayev bilan boshladik.
😉 Tomosha qiling va doʻstlaringiz bilan boʻlishing.
@mohirdev
Kelajakda qaysi kasblar eng kerakli bo‘ladi?
⚜️Jahon iqtisodiy forumining “Future of Jobs 2025” hisobotiga ko‘ra, eng yuqori talab quyidagi yo‘nalishlarga bo‘ladi:
➡️Data Analysis (Ma’lumotlarni tahlil qilish);
➡️Data Science & ML/AI (Ma’lumotlar Ilmi va sun’iy Intellekt);
➡️Data Engineering (Ma’lumotlar muhandisligi).
➡️Qaror qabul qilish – kompaniyalar muhim strategik qarorlarni haqiqatga yaqin ma’lumotlarga asoslab qabul qiladi;
➡️Tejamkor strategiyalar – ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish va jarayonlarni avtomatlashtiriradi;
➡️Shaxsiylashtirilgan yondashuv – har bir mijozga moslashtirilgan takliflar yaratadi;
➡️Kelajakni bashorat qilish – yangi imkoniyatlar va tendentsiyalarni boshqalardan ilgari aniqlashga imkon beradi.
ChatGPTning yangi, rasm generatsiya qilish funksiyasidan nafaqat "Anime" usulidagi suratlarni yaratish, balki jiddiyroq vazifalar uchun ham foydalanish mumkin.
Masalan, tez kunda chiqadigan SI kursiga izlanish davomida Jahon Iqtisodiyot Forumining "Mehnat bozori kelajagi 2025" hisobotini o'qir ekanman ushbu grafikka duch keldim.
Grafikda 2025-2030 yillarda talab oshib boradigan va aksincha, yo'qolib boradigan kasblar ro'yxati berilgan.
Tasvirni kursga qo'shimcha material sifatida qo'shish uchun tarjima qilish kerak edi. Bir dona to'g'ri buyruq (prompt) bilan ChatGPT bu vazifani bir zumda uddaladi.
Tasavvur qiling, avvallari bu uchun nechta qadam bosish kerak edi:
1. Grafikdagi matnlarni qo'lda yozib chiqish
2. Matnlarni tarjima qilish
3. Ma'lumotlarni excel kabi dasturga kiritish
4. Ma'lumotlar asosida grafikni qayta chizish
Bularni hammasiga kamida 1-2 soat vaqt sarflar edik. Endi esa...
Mayli, mavzudan chalg'imaylik, asosiy mavzu keyingi 5 yilda mehnat bozori qanday o'zgarishi.
Eng talab ortib boradigan kasblar orasida ma'lumotlar (data science) va SI muhandislari, dasturchilar, kiberxavfsizlik mutaxassislari, UI/UX dizaynerlar. Qisqa qilib aytganda kreativ va tahliliy fikrlashni taqozo qiluvchi kabslar topda.
Yo'qolib ketadigan kasblar esa asosan, takrorlanuvchi vazifalarni bajaruvchi lavozimlarga ko'proq tegishli ekan (pochta xizmati, bank, kotib, kassir va hokazo). Bu ro'yxatda grafik dizaynerlar alohida ajralib qolgan, bunga esa albatta Midjourney va ChatGPT kabi dasturlar sabab bo'lmoqda.
Ertaga soat 12:00 da fikratonline">Fikrat tahliliy dasturida aynan shu mavzuni jonli efirda muhokama qilamiz.
Siz qaysi soha vakilisiz? Grafikda o'z kasbingizni topdingizmi?
Oʻzimdan oldin, Sardor ogʻa sotib qoʻyibdi 😒
Xullas, Sun'iy intellekt haqida yangi kurs ustida ish olib borayapman. Bu kurs yaratilishiga SI'ning ommalashishi, unig atrofida turli rost va yolgʻon gaplar, vahima va sarosimalar paydo boʻlishi sabab boʻldi.
Kelajak endi sunʼiy intellekt bilan, yetakchi davlatlar SI poygasiga kirishib ketishdi, chunki endi ustivorlikni nafaqat iqtisodiy yoki harbiy salohiyat, balki SI sohasida yetakchilik ham belgilab beradi.
Afsuski, biz bu sohada ortda qolayapmiz. Nafaqat SI dasturlar ishlab chiqaruvchisi, balki foydalanuvchisi sifatida ham.
Koʻpchilik SI qanday qanday yaratilishi yoki ishlashi, undan oqilona foydalanish haqida va eng muhimi SI yordamida shaxsiy yoki kasbiy oʻsish haqida tushunchalarga ega emas.
Kurs mana shu boʻshliqni toʻldirish uchun yaratildi va tez kunda ommaga taqdim etiladi.
Ha, aytgancha, 31 Martgacha mohirdevdan istalgan praktikum kursni harid qilgan talabaga yangi kurs bepul qoʻshib beriladi.
🎙️Anvar Narzullaev bilan yangi #Gashtak!
Mohirdev - O‘zbekistondagi eng mashhur onlayn ta’lim platformalaridan biri. Uning asoschilaridan biri Anvar Narzullaev bu podkastda qanday qilib o‘z biznesini boshlagani, tadbirkorlik va ta’limni qanday uyg‘unlashtirgani haqida gapiradi.
Shuningdek, IT sohasi bo‘yicha eng yaxshi o‘quv modelini qanday tanlash kerakligi va kelajak ta’lim tizimi qanday rivojlanishi mumkinligi haqida muhokama qilamiz.
📱 https://www.youtube.com/watch?v=ytevk4j3woo
Toʻliq podkast #Gashtak 📱 Gashtak?sub_confirmation=1">YouTube kanalida!
📱 Telegram | 📱 Instagram
Homiylar:
🌐 Moneff | Cappadocia Walton’s
Aytgancha, o'tgan hafta shu mavzuda Daryo.uz nashri bilan ham suhbat qilgan edik.
Читать полностью…
Mohirdevda bir nechta ish oʻrinlari eʼlon qildik. "Qanday qilib jamoangizga qoʻshilsa boʻladi?" deb soʻraydiganlar uchun yaxshi imkoniyat.
Ha, aytgancha, endi bunday yangiliklar va umuman ichkaridagi ish jarayonlari uchun Instagramda alohida kanal ham ochib qoʻydik.
Obuna boʻlamiz 👉 mohirdev_careers
Yangi yilni yangi reja va maqsadlar bilan boshlaganlar bormi? Nimalarni maqsad qildingiz? Izohlarda yozing, yil oxirida sarhisob qilamiz.
Ketdik!
Oʻzbekistonda data sayns va sunʼiy intellektga talab bormi oʻzi? Uni oʻrganish kerakmi? Bu yoʻnalish hali bizga yetib kelmagan boʻlsa-chi?
😀 Shu kabi savollar qiynayotgan boʻlsa, 14-dekabr, 18:00 dagi onlayn uchrashuvda sizni kutamiz.
Unda quyidagilarni bilib olasiz:
— qanday kompaniyalarda data sayns mutaxassislariga talab bor?
— ular qancha maosh oladi?
— sohadagi birinchi ishni qayerdan izlash mumkin?
Kelayotgan juma kuni Qudrat aka bilan AMA (ask me anything) formatida suhbat qilamiz.
Qudrat aka uzoq yillik tajribaga ega dasturchi, hozirda siz tanigan va tanimagan senior dasturchilarning katta ustozi.
Suhbat Mohirdev Telegram va Instagram kanallarida jonli bo’ladi.
Batafsil ma’lumot uchun @mohirdev kanalini kuzatib boring.
Kunimizni yaxshi motivasion video bilan boshlaymiz.
Kuningiz xayrli oʻtsin! 😎
Baʼzida shunaqangi savollar kelib qoladi...
Hazil-hazil bilan, bugun ijtimoiy tarmoqlardan kelgan savollarni jamlab, har biriga oʻzim javob berib chiqdim.
Toʻliq videoni kechroq Mohirdevda chiqaramiz. Kuzatib boring.
Sun'iy Intellektdan qanchalik foydalanayapsiz?
Ofisdagi kutubxonamda anchagina kitoblar yigʻilib qolgan. Xodimlar ham oʻqishga olib turishadi. Muammo – baʼzida kerakli kitobni topa olmay qolaman. Kimdir olgan, kim olgani nomalum.
Yechim – onlayn jadval qilib, biror kitob ijaraga berilganda xodim ismini yozib qoʻyish. Buning uchun avval barcha kitoblarni jadvalga kiritib chiqish kerak.
Qoʻlda kiritishga kamida 2-3 soat vaqt ketadi. Nima qilamiz? Kitob javoni rasmini ChatGPT beramiz, natijani esa rasmlarda koʻrib turibsiz.
1 daqiqda hamma kitoblar roʻyxati tayyor. Endi ChatGPTga bularni jadval koʻrinishiga olib kelishni aytsak uni ham qilib beradi.
Siz kundalik hayotda SIdan foydalanayapsizmi? Izohlarda layfxaklar bilan ulashamiz.
@sariqdev
Maqtanmasdan boʻladimi?
Mohirdev Qozogʻistonning Ostona shahrida oʻtkazilgan Startup Battle musobaqasi gʻolibi.
Bugun Mohirdev Raqamli Texnologiyalar Vazirligi tomonidan Oʻzbekistondagi IT taʼlimda yetakchi oʻquv markazi deb topildi.
Biz bu oʻrin uchun 500 dan ortiq oflayn markazlar va onlayn platformalar bilan raqobatlashdik.
Albatta bunday eʼtirofga eng avvalo bizning bitiruvchilarimiz va ular erishgan natijalari sabab boʻldi. Shuning uchun eng katta minnatdorchiligim Mohirdevda qunt va intizom bilan tahsil olib, kurslarni yakunlab, AyTida oʻz oʻrnini topayotgan talabalarga boʻladi.
Lekin bularning hammasi Mohirdev ortida tinimsiz mehnat qilayotgan jamoasiz boʻlmaydi. Bu xoh taʼlim boʻlimi boʻlsin, xoh marketing, xoh mijozlar bilan ishlash, yoki platforma toʻgʻri ishlashiga javobgar dasturchilar, support va texnik xodimlar, ustozlar va mentorlar, barcha-barchasining hissasi cheksiz.
Mohirdevda bizning maqsadimiz taʼlimda yetakchi boʻlish, sifatli taʼlim orqali insonlarning hayotini yaxshi tarafga oʻzgartirish.
Xullas, endi AyTi sohasiga kirishda kimdan tahsil olishni bilmay, ikkilanib turgan boʻlsangiz, javob aniq — Mohirdev.
Дуров ҳибсда. Бу Телеграмга қандай таъсир қилиши мумкин?
Миллиардга яқин фойдаланувчига эга Телеграм мессенжери асосчиси Павел Дуровнинг Париж аэропортида қўлга олиниши кўплаб муҳокамаларни келтириб чиқарди. Бу мессенжернинг Ўзбекистон учун аҳамияти жуда катта. Шундан келиб чиқиб, Kun.uz мавзу юзасидан айрим саволларга киберхавфсизлик бўйича мутахассис Анвар Нарзуллаевдан жавоб олди.
📹 ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ