#bilasizmi
Inkasso...
Yuridik shaxslar va YATT tomonidan ularga hisoblangan soliqlar belgilangan muddatda toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmaganda, undiruv qarzdorning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlariga (shu jumladan, korporativ kartalardagi pul mablagʻlariga) qaratiladi.
Soliq qarzini undirish soliq toʻlovchining bank hisobvaraqlariga zarur pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va budjetga oʻtkazish uchun elektron shaklda inkasso topshiriqnomasi yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Agar soliq toʻlovchi mustaqil ravishda toʻlov topshiriqnomasini yubormagan boʻlsa, soliqni toʻlash uchun belgilangan muddat tugagach 3 ish kunidan kechiktirmay soliq toʻlovchining hisobvaragʻiga inkasso topshiriqnomasi qoʻyiladi.
Bunda inkasso topshiriqnomasi bank tomonidan fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan toʻlovlar navbatini hisobga olgan holda soʻzsiz bajarilishi shart.
👉Soliq kodeksi 121-modda
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonun_loyihasi
✅ Soliq hisoboti shakllarini oʻzgartirishga oid hujjat loyihasi muhokamaga qoʻyildi
Iqtisodiyot va moliya vazirining “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtrildi.
Oʻzgartirish kiritish taklif etilayotgan hisobot shakllari:
🔹QQS - 1-ilova;
🔹Aksiz soligʻi - 2- ilova;
🔹Foyda soligʻi - 3-ilova;
🔹JShODS - 4-ilova;
🔹Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq - 5-ilova;
🔹Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - 6-ilova;
🔹Mol-mulk soligʻi - 7-ilova;
🔹Yer soligʻi - 8-ilova;
🔹AOS - 9-ilova.
❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar, soliq hisobotlari shakllari Sizlarning asosli takliflaringiz inobatga olingan holda amaliyotga tatbiq etiladi.
🗓Loyiha muhokamasi 2023-yil 2-iyunga qadar davom etadi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 22-may
aprel oyi uchun:
- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1-2 qismlar);
- agar aprel oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);
- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);
- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4 qismlar);
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).
__________
#календарь_налогоплательщика
🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 22 мая 2023 года последний день
за апрель:
- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1 и 2 ст.273 Налогового кодекса);
- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в апреле были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);
- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);
- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3 и 4 ст.454 Налогового кодекса);
- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#dayjest
⏳SOLIQ VAQTI
👉“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi
👉Eng koʻp soliq toʻlagan elektron xizmat koʻrsatuvchi kompaniyalar
👉Chekni skaner qilmasdan ham keshbek olish mumkin
👉Iste'molchilarga joriy yil boshidan 418 mlndan ziyod elektron chek berildi
👉"Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda yosh chegarasi olib tashlanadi
👉Soliq qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida ovozli chat tashkil etildi
👉Fuqarolarga daromad solig‘idan 263 mlrd so‘mga yaqin imtiyoz qo‘llanilgan
👉 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qaytarib olish bo‘yicha videoqo‘llanma
👉Fermer xoʻjaliklariga ishchilari uchun to‘langan daromad soligʻi qaytarib beriladi
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
👉Ovozli chatga ulanish /channel/xushnudbek?livestream
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi
✅ Hurmatli soliq to'lovchilar❗️
🗓 20-may dam olish (shanba) kuniga to‘g‘i kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi va to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 22-mayga ko‘chiriladi.
📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda
_______
#календарь_налогоплательщика
✅ Уважаемые налогоплательщики❗️
🗓 В связи с тем, что 20 мая - выходной день (суббота), крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в этот день, переносится на 22 мая.
📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.
👉ст.5 Налогового кодекса
👉ст.86 Налогового кодекса
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#imtiyoz
1-avgustdan 12 foizlik daromad soligʻini qaytarib olishda yosh chegarasi bekor qilinadi
👩🎓 Soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.
👉Soliq kodeksi 378-modda
2023-yil 1-avgustdan esa farzand uchun yosh chegarasi olib tashlanadi. Ota-onalar farzandining yoshidan qat’i nazar ularning ta'lim olishi uchun yo‘naltirgan summadan to‘langan daromad solig‘ini qaytarib oladi.
👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023
🎞 Batafsil videolavhada
Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma
Fuqarolarga daromad solig‘idan 263 mlrd so‘mga yaqin imtiyoz qo‘llanilgan
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#bilasizmi
✅ Fermer xoʻjaliklariga ishchilari uchun to‘langan daromad soligʻi qaytarib beriladi
2023-yil 1-apreldan 2024-yil 1-mayga qadar eksperiment tariqasida paxta yoki gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan JSHODSni bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya qilinganda qaytarib beriladi:
🔸har bir gektar yer uchun oyiga kamida bir nafar ishchining band boʻlishi;
🔸har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromad mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanganda;
🔸fermer xoʻjaligi oʻtgan yil yakuni boʻyicha Soliq kodeksining 57-moddasi talablariga javob berganda.
🏗2023-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlari yangi qurilgan koʻp qavatli ishlab chiqarish binolari, shu jumladan, 2023-yil 1-yanvardan keyin foydalanishga topshirilgan binolar yuzasidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha hisoblangan summani:
- 3 qavatli binoga – 0,9;
- 4 qavatli binoga – 0,8;
- 5 qavatli binoga – 0,7;
- 6 qavatli binoga – 0,6,
- 7 va undan yuqori qavatli binoga – 0,5 pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga toʻlaydi. Bunda, ushbu bandda belgilangan pasaytiruvchi koeffitsiyent:
🔸mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yordamchi xonalar bilan birga, agar ularning maydoni yangi qurilgan koʻp qavatli ishlab chiqarish binosining umumiy maydonining 20 foizidan oshmagan boʻlsa;
🔸ishlab chiqarish maqsadlarida bino bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan birgalikda foydalanilayotgan boʻlsa, bunday binoning har bir mulkdori tomonidan qoʻllaniladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#YeTTB
O‘zbekistondagi islohotlarga xorijda ham ishonch ortmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan yig‘ilishida ishtirok etib, nutq so‘zladi.
Prezidentimiz nutqida taʼkidlaganidek, so‘nggi yillarda yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish va jahon bozorlariga dadil kirib borish bo‘yicha salmoqli yutuqlarga erishildi.
Soliq yuki qariyb 2 barobar kamaygani, soliq maʼmurchiligi soddalashgani, O‘zbekistonda mintaqamizdagi eng jozibador fiskal tizim shakllangani xalqaro tashkilotlar tomonidan eʼtirof etilmoqda.
Islohotlarimizga ishonch ortgani tufayli yillik xorijiy sarmoyalar hajmi 2017-yilga nisbatan 3 barobar ko‘paydi.
Umuman, mamlakatimizda qulay biznes muhiti yaratilgani natijasida tadbirkorlar soni 4 barobar oshdi.
Eng muhimi – siyosiy va iqtisodiy islohotlarimizni xalqimiz to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda.
Yaqinda umumxalq referendumida qabul qilingan yangilangan Konstitutsiyamizda islohotlarning ortga qaytmasligi va bardavom bo‘lishi qatʼiy kafolatlandi.
Bir so‘z bilan aytganda, biz o‘zimiz tanlagan, uzoq muddatga mo‘ljallangan ochiqlik va barqaror taraqqiyot yo‘lidan og‘ishmasdan, yana-da dadil oldinga boramiz.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#deklaratsiya
✅ Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma
👩🎓 "Kontrakt", nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.
✔️“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.
Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.
➡️Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing
❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.
➡️Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#онлайн_ККТ #маркетплейс
#корректировка_чека
✅ Комитент может исправить неправильные ИКПУ в чеках своих комиссионеров-маркетплейсов
Если в чеках маркетплейсов-комиссионеров указаны неправильные ИКПУ, то комитент может внести в них изменения.
Как это сделать?
1. Комитенту необходимо войти в персональный кабинет на портале my3.soliq.uz.
2. В категории "Услуги" в разделе "Электронный документооборот" выбрать "Информация об онлайн контрольно-кассовой технике юридических лиц".
3. В открывшемся окне в верхней строке выбрать "Чеки с неправильными ИКПУ", в нижней - "Чеки маркетплейсов-комиссионеров".
4. Ввести номер фискального модуля, указать даты и нажать "Поиск". Если номера фискальных модулей не отражаются в выпадающем списке, то комитенту нужно сформировать список своих комиссионеров через свой персональный кабинет на портале my.soliq,uz.
5. Выбрать чек, подлежащий корректировке, нажать "Подробно", затем "Корректировка".
6. В следующем окне ввести правильный ИКПУ код, прикрепить подтверждающие документы и "Сохранить".
❗️Корректировка чеков осуществляется не позднее 10-го числа месяца, следующего за месяцем, в котором выявлены расхождения.
👉ПКМ №255 от 12.05.2022
В целях предотвращения некорректного применения ИКПУ в кассовых чеках субъектами предпринимательства (комитентами) рекомендуется соблюдать требования, предъявляемые к чекам, и предоставлять правильные ИКПУ маркетплейсам (комиссионерам).
👉Разъяснение по отражению данных в чеках комиссионерами (субкомиссионерами)
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#marketpleys
✅ Marketpleys bu nima?
Marketpleys — bu operator tizimiga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, operatorga taqdim qilgan chek ma’lumotlari asosida onlayn rejimda fiskal belgilarni qabul qiluvchi, cheklarni elektron shaklda xaridorlarga yuborish funksiyasiga ega bo‘lgan texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron to‘lov hujjatlari vositasida naqd yoki naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimi.
👉VM-943-son qarori 1a-ilova
______
#маркетплейс
✅ Что такое маркетплейс?
Маркетплейс - это система осуществления наличных или безналичных денежных расчетов посредством электронных платежных документов с использованием услуг технических средств, информационных технологий и информационных систем, имеющих функцию направления покупателям чеков в электронной форме, обладающая возможностью подключения к системе оператора, принимающая в онлайн режиме фискальные отметки на основании данных чека, представленного оператору.
👉Прил.№1а к ПКМ №943
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#marketpleys #onlayn_NKT
Chekni skaner qilmasdan ham keshbek olish mumkin
♻️ Xarid kontaktsiz to‘lov usulidan foydalangan holda amalga oshirilganda xaridorlarga avtomatik ravishda elektron chek va keshbek beriladi.
📱Keshbek hisoblanishi uchun Soliq mobil ilovasi hamda to‘lov amalga oshirilayotgan platforma (ilova, intenet do‘kon)da ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami bir xil bo‘lishi lozim.
🌐 Marketpleyslarning maʼlumotlar bazasi soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilinib, xaridorlarga joriy yilda umumiy qiymati 15,8 trln so‘mlik 418,4 mln dona elektron chek taqdim etildi.
Shuningdek, elektron cheklar taqdim etilishi natijasida xaridorlarga avtomatik tarzda 73,9 mln dona elektron chek uchun 27,8 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.
🎞 Batafsil videolavhada
👉 Onlayn savdo uchun xaridorlarga elektron chek berilmoqda
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari
“Meta”, “Google” va “Apple” - Oʻzbekiston hududida eng koʻp soliq toʻlagan elektron xizmat koʻrsatuvchi kompaniyalar
🌐Raqamlashtirish va integratsiya. Soliq xizmati organlarida amalga oshirilayotgan mazkur jarayonlar natijasida elektron xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi xorijiy kompaniyalar Oʻzbekistonda soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtib oʻz xizmatlarini taqdim etib kelmoqda.
🗓2023-yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 42 ta xorijiy kompaniya tomonidan 32,4 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobar ko‘p.
🎞Youtube orqali ko‘rish
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar
✅ Tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari daxlsizligini taʼminlashga qaratilgan me'yorlar belgilandi
Joriy yilning 10-may kuni Prezident tomonidan imzolangan O‘RQ–841-son Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodeksida tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari daxlsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritildi.
Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq –
tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ortiqcha undirilgan pul mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarmaslik oz miqdorda talon-toroj qilish alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda – BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha (6,6 mln so‘mdan 13,2 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoyat kodeksiga muvofiq –
Yuqoridagi holatlar maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi:
▫️BHMning 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima;
▫️3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
▫️300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
O‘sha harakatlar:
ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
O‘sha harakatlar:
juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo qo‘llanilmaydi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️2023-yil 23-may
may oyi uchun:
- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
______
#календарь_налогоплательщика
🗓 Напоминаем❗️23 мая 2023 года последний день
за май:
- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 5 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#QQS
✅ Soliq to‘lovchilarga yordam❗️
👉 QQS stavkasi 15%dan 12%ga pasaytirildi
👉 QQS bo‘yicha qonunchilikka kiritilgan boshqa o‘zgarishlar
👉 QQS hisoboti haqida
👉 Soliq uzilish koeffitsiyenti paydo bo‘lish sababini qanday aniqlash mumkin?
👉 QQS qoplash (qaytarish) tartibi
👉 QQS to‘lashga o‘tgan tadbirkorlik subyektlari uchun eslatma
_________
#НДС
✅ В помощь налогоплательщикам ❗️
👉 Ставка НДС в 2023 году снижена до 12%
👉 Другие изменения по НДС в законодательстве
👉 Об отчётности по НДС
👉 Как узнать, почему появился коэффициент налогового разрыва?
👉 Порядок возмещения НДС
👉 Памятка для тех, кто перешел на уплату НДС
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#mobil_ilova
Soliq mobil ilovasi “Yil brendi – 2022” g‘olibi
Toshkent shahrida 2023-yil 20-may kuni O‘zbekiston Marketing Uyushmasi ekspertlari va hamkorlari hamda iste’molchilarning ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra “2022-Yil brendi” VI mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Soliq mobil ilovasi "Yil brendi – 2022" tanlovining IT yo‘nalishida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
O‘zining 20 dan ortiq xizmatlarini qulay, tez va oson taqdim etib kelayotgan ilovaga foydalanuvchilar tomonidan 16 530 ovoz berildi.
Shuningdek, ilova ekspertlar ovoziga ko‘ra ham tanlov g‘olibi deb topildi.
Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.Kudbiyevning shaxsan ishtiroki va alohida tabrigi esa kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.
Hurmatli Soliq mobil ilovasi foydalanuvchilari, bunday natijalar va yutuqlarga Sizning e’tiboringiz va e’tirofingiz bilan erishildi.
Bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha-barchaga minnatdorlik bildiramiz.
G‘alaba hammamizga muborak bo‘lsin!
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Tax_in_Tashkent_2023
"TaxinTashkent 2023" g‘oliblari aniqlandi
"Toshkent xalqaro soliqqa tortish haftaligi" doirasidagi "TaxinTashkent 2023" musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi.
MDH mamlakatlarining Oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilishi an'anaga aylanib borayotgan ushbu tanlovning navbatdagisi Fiskal institutda o‘tkazildi.
Qizg‘in bahs va munozaralarga boy tarzda o‘tgan tanlovda MDH davlatlarining 17 ta nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan yig‘ilgan talaba-yoshlar o‘zlarining soliq sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Tanlov yakuniga ko‘ra:
1-o‘rinni Toshkent davlat yuridik universiteti;
2-o‘rinni Tojikiston davlat moliya-iqtisodiyot universiteti va Sibir Federal universiteti;
3-o‘rinni Fiskal institut hamda Patrisa Lumumbi nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti jamoalari qo‘lga kiritdi.
Fiskal institut talabalari ingliz tilida bo‘lib o‘tgan xalqaro soliqqa tortish tanlovida ham munosib ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblik esa Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universitetiga nasib etdi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
🗣 Diqqat, ovozli chat!
📚Bugun soat 18:30 da @xushnudbek Telegram kanalida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlar, xususiy maktab va bog‘chalarda o‘qish uchun qilingan to‘lovlarga soliq imtiyozlari berilishi bo‘yicha ovozli chat tashkil etiladi.
👉 Savollaringizni qoldiring
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
🗣 Diqqat, ovozli chat!
📚Bugun soat 18:30 da @xushnudbek Telegram kanalida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlar, xususiy maktab va bog‘chalarda o‘qish uchun qilingan to‘lovlarga soliq imtiyozlari berilishi bo‘yicha ovozli chat tashkil etiladi.
👉 Savollaringizni qoldiring
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Tax_in_Tashkent_2023
"Toshkent xalqaro soliqqa tortish haftaligi 2023" boshlandi
Bugun Fiskal institutda "Toshkent xalqaro soliq haftaligi" ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Institut rahbariyati, Soliq qo‘mitasi vakillari, "Tax in Tashkent 2023" tanlovi ishtirokchilari hamda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarining Oliy ta'lim muassasalari mutaxassislari va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda Rossiya Federal soliq xizmati "Transfert narxlari" boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari A.Smotritskaya so‘zga chiqib xalqaro tanlov ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Xalqaro soliqqa tortish bo‘yicha "Tax in Tashkent 2023" tanlovi 18-20 may kunlari Fiskal institutda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Moskva shahrida o‘tkazilga "Xalqaro soliqqa tortish InTax 2022-2023" tanlovida Fiskal institut jamoasi MDHning 73 ta oliy o‘quv yurti ichida 3-o‘rinni egallagan edi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#imtiyoz
Fuqarolarga daromad solig‘idan 263 mlrd so‘mga yaqin imtiyoz qo‘llanilgan
♻️ Jismoniy shaxslar "kontrakt" to‘lovi, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirgan mablag‘laridan 12% daromad solig‘ini masofadan qaytarib olishi mumkin.
✅Yil boshidan ayni kunga qadar 188,1 ming nafar fuqaroga jami 262,9 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
Jumladan:
🔸"Kontrakt" to‘lovidan – 156,8 ming nafar fuqaroga 196,2 mlrd so‘m;
🔸Ipoteka kreditiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan – 20,9 ming nafar fuqaroga 49,9 mlrd so‘m;
🔸Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qilingan to‘lovlardan – 10,3 ming nafar fuqaroga 16,7 mlrd so‘m.
👉"Kontrakt" uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi.
👉"Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda yosh chegarasi olib tashlanadi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#ijtimoiy_soliq
✅ 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qaytarib olish bo‘yicha videoqo‘llanma
Prezident Farmoni bilan joriy yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan qaytarib berish davom ettirilishi belgilandi.
❗️Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
👉PF-61-son 26.04.2023-yil
👉Ijtimoiy soliqni qaytarishga ariza berish tartibi qanday?
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#imtiyoz
👩🎓 "Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda yosh chegarasi olib tashlanadi
✔️Soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi, ya'ni to‘langan summadan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishi mumkin.
👉Soliq kodeksi 378-modda
🛍2023-yil 1-avgustdan esa farzand uchun yosh chegarasi olib tashlanadi. Ota-onalar farzandining yoshidan qat’i nazar ta'lim olishi uchun to‘lagan summadan 12% daromad solig‘ini qaytarib oladi.
👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023
👉 Batafsil
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_NKT #marketpleys
#chek_tahrirlash
✅ Komitent o‘z vositachilari – marketpleyslar cheklaridagi noto‘g‘ri MXIKni tuzatishi mumkin
Agar vositachi – marketpleyslarning cheklarida MXIK noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo'lsa, komitent ularga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
Bu qanday amalga oshiriladi?
1.Komitent my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga kirishi kerak.
2.“Xizmatlar” toifasidan “Elektron hujjat aylanishi” bo‘limida “Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari” bandi tanlanadi.
3. Ochilgan oynaning yuqori satrdan "MXIK noto‘g‘ri cheklar" va pastki qatorda "Marketpleys-vositachi cheklari" tanlanadi.
4. Fiskal modul raqami kiritilib, sana ko‘rsatiladi va "Qidirish" tugmasini bosiladi. Agar fiskal modular raqamlari ochiladigan ro‘yxatda aks ettirilmagan bo‘lsa, u holda komitent my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali o‘z vositachilari ro‘yxatini shakllantiradi.
5. Tuzatilishi lozim bo‘lgan chek tanlanib, "Batafsil" so'ngra "Tahrirlash" tugmasi bosiladi.
6. Keyingi oynada to‘g‘ri MXIK kiritilib tasdiqlovchi hujjatlar biriktiriladi va "Saqlash" tugmasi bosiladi.
❗️Tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantiriladi”.
👉VMQ-255-son 12.05.2022
Tadbirkorlik subyekt (komitent)lari tomonidan kassa cheklarida MXIKlar notoʻgʻri qoʻllanilishini oldini olish maqsadida cheklarga qoʻyilgan talablarga rioya etish hamda marketpleys (vositachi) larga toʻgʻri MXIKlarni taqdim etish tavsiya etiladi.
👉Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirish bo‘yicha tushuntirishlar
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamlashtirish #marketpleys
✅ Iste'molchilarga joriy yil boshidan 418 mlndan ziyod elektron chek berildi
📆 2023-yil 1-may holatiga chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida marketpleyslarning maʼlumotlar bazasi soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilinib, xaridorlarga joriy yilda umumiy qiymati 15,8 trln so‘mlik 418,4 mln dona elektron chek taqdim etildi.
Shuningdek, elektron cheklar taqdim etilishi natijasida xaridorlarga avtomatik tarzda 73,9 mln dona elektron chek uchun 27,8 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.
Ro‘yxatga olingan marketpleyslar – 137 ta.
Jumladan:
▫️Elektron to‘lov tizimlari – 47 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 31 ta (66%);
Integratsiya jarayonida – 11 ta (23%);
Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan) – 5 ta (11%).
▫️Bank mobil ilovasi – 33 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 27 ta (82%);
Integratsiya jarayonida – 4 ta (12%);
Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan) – 2 ta (6%).
▫️Internet do‘konlar – 57 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 18 ta (32%);
Integratsiya jarayonida – 33 ta (58%);
Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan) – 6 ta (10%).
___________
#цифровизация #маркетплейс
✅ С начала этого года потребителям выдано свыше 418 млн электронных чеков
📆 По состоянию на 1 мая 2023 года в сфере розничной торговли и услуг благодаря интеграции базы данных маркетплейсов с информационной системой налоговых органов, покупателям с начала текущего года выдано 418,4 млн электронных чеков на общую сумму 15,8 трлн сумов.
В частности, в результате выдачи 73,9 млн электронных чеков автоматически в мобильном приложении Soliq начислены суммы кешбэка в размере 27,8 млрд сумов.
Общее число зарегистрированных маркетплейсов – 137.
Из них:
▫️Электронные платежные системы – 47
осуществлена полная интеграция – 31 (66%);
в процессе интеграции – 11 (23%);
не осуществляют деятельность (приостановлена) – 5 (11%).
📲Мобильные приложения банков – 33
осуществлена полная интеграция – 27 (82%);
в процессе интеграции – 4 (12%);
не осуществляют деятельность (приостановлена) – 2 (6%).
🌐 Интернет-магазины – 57
осуществлена полная интеграция – 18 (32%).
в процессе интеграции – 33 (58%);
не осуществляют деятельность (приостановлена) – 6 (10%).
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Prezident raisligida kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlashda yangi bosqichga oʻtish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
1-iyundan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi.
Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga soliqlardan alohida imtiyozlar beriladi. Jumladan:
- kamida 20 foiz kambagʻal oila aʼzosini bir yil davomida ish bilan taʼminlasa, mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilinadi;
- kambagʻal oila aʼzosi daromad soligʻidan ozod qilinadi;
- 5 million soʻmgacha ish haqi toʻlayotgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga kamaytiriladi.
Shuningdek, dasturda qatnashadigan tadbirkorlar soliq va bojxona maʼmurchiligida yengilliklar oladi. Xususan:
- ular faoliyatida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi;
- ularga QQS, shuningdek, ortiqcha toʻlangan soliqlar tekshiruvsiz qaytarib beriladi;
- QQS boʻyicha guvohnoma muddatidan ilgari bekor qilinmaydi;
- barcha soliqlardan qarzdorlikni bir yilgacha kechiktirib toʻlash imkoni beriladi;
- bojxona toʻlovlarini sugʻurta kafolatisiz olti oyga boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15-may
aprel oyi uchun:
- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob- kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5 qismlar);
- hisobot davri yakunlari bo‘yicha AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4-qismlar).
______
#календарь_налогоплательщика
🗓 Напоминаем❗️15 мая 2023 года последний день
за апрель:
- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389 Налогового кодекса, ч.4 и 5 ст.407 Налогового кодекса);
- представления налоговой отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода
(ч.3 и 4 ст.470 Налогового кодекса).
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#YTT
YTT tomonidan yollangan xodimlari uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasi kamaytirilgan
2023-yilgacha yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foizini tashkil etar edi.
2023-yildan mazkur soliq summasi yiliga BHMning bir baravarigacha kamaytirildi (bundan savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar mustasno).
👉PQ‑366 30.08.2022
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter