#olis_yaqin_ovozlar
***
Ey, manim ko‘nglimda unayotgan gul,
Jonim ichidagi sirdan xabar ber.
Ishqni hovuchingda puflab tutgin-u,
Vido yetmaydigan yerdan xabar ber.
So‘z aytma, ey dardi dilorom, menga,
Na bo‘lsa, dil aytar beorom menga,
Senga tong tutmasam, tun harom menga,
Faqat ko‘zlarimga nurdan xabar ber.
Har dard Ilohiyga tortilgan chiziq,
Oh ketsa sabringni tasbehday uzib,
Jonimning ipiga g‘amingni tizib,
Ismingday safo takbirdan xabar ber.
Qildan ham ingichka dil ko‘priklari,
Sabr birliklari, dard ko‘pliklari,
Pichirlab aytilgan ishq to’rtliklari,
Baxt degan bir uzun she’rdan xabar ber.
Suhrob Ziyo
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
📚 Albatta, eng yaxshi suhbat – kitob haqidagisi
Kitobdosh siz uchun davom etadi. Bu galgi tanlangan asar Nabijon Boqiyning “Rohila”asari.
Youtube uchun havola: https://youtu.be/gQ6uZ5NA8U0
Podkastning barcha sonlarini AnorbooksNashriyoti?si=OGAiKqJ-jD7aOvMq">youtube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.
Fikr, taklif, tanqidlaringizni @anorbooks_admin ga yozing.
Kitobdosh – kitob atrofida birlashamiz
Sahifalarimiz:👇
Telegram | Instagram | Facebook
Bugun tug‘ildi kun ekan, tabriklaymiz-qutlaymiz!
Moh, senga ertaklar so‘zlaganim yo‘q.Читать полностью…
Va'da berganim yo‘q taxt-u saroyni.
Menda ko‘ngil degan bir g‘arib joy bor,
Menda bir osmon bor, kutadi oyni.
Hali hayot shirin, hali ishq voqe,
Hali yuraklar ham yonishdan ogoh.
Axir, bu kunlar ham qolmaydi boqiy,
Piyoda yuraylik birozgina, Moh...
10 апрель — Абдулла Қодирий туғилган кун!
АБДУЛЛА ҚОДИРИЙ ИЙМОНИ
...«Айбланувчилар»лар судида раислик қилувчи зот Қодирийларнинг куёви эди. Чўлпон, Фитрат номи ҳар гал тилга олинса, уни совуқ тер босиб, ҳадиксираб судни давом эттирар, Қодирийнинг тилга олинишидан манфаатдор эмасди.
Шуҳрат аканинг шахсан Абдулла Қодирий номи билан айбланишига асос йўқ, шунинг учун суд умумий айблов билан давом этмоқда...
* * *
– Қодирий, Чўлпон, Ғози Юнус кўп вақт Ғози Юнуснинг уйида йиғилишарди. – дейди Шуҳрат. – Ғози Юнуснинг қайнотаси ҳастимомлик бўлиб, шундан Ғози Юнус динни яхши биларди. «Муштум» идорасидан Ғози Юнуснинг уйига чиқиб, намозларни бирга ўқишар эди, деган нақл ҳам бор.
* * *
– «Ёш ленинчи» газетаси қошидаги Адабиёт тўгарагида (Ёзувчиларнинг биринчи съездидан кейин) Абдулла Қодирий билан учрашув бўлди, – дейди Шуҳрат. – Зулфия бундай деб савол берди:
– Асарларингизда хотин-қизлар образини қандай яратгансиз?
Қодирий бундай жавоб берди:
– У пайтларда хотин-қизларнинг образини ўрганиш қийин эди. Шунинг учун ўз онамдан, сингилларимдан образлар намунасини олганман...
– Абдулла Қодирий саҳар туриб, таҳоратини олиб, намозини ўқиб, ундан кейин ишга киришар эди. Ёз ойларида боғида ишларди, у ҳар жойдаги дарахтларга дафтар билан қалам осиб қўяр экан, бир муҳим фикр хаёлига келса, дафтарига қайд этиб қўяркан, кейин қишда ижодга шўнғиб, шу қайдлардан фойдаланарди.
Улар покиза юришар эди...
«Союз Президиуми сўнгги мажлисида ўша «совет ёзувчиси» (яъни Абдулла Қодирий) тўғридан тўғри:
– Худога ишонаман! – деб айтди... Қандай қилиб диний хурофотдан холи бўлмаган бир одам «инсон руҳи инженери», «совет ёзувчиси» бўла олади!..»
(1937 йил, 28-июн сони).
Абдулла Қодирий ўзининг душман элементлар, эшон ва муллалар билан бўлган доимий алоқасини қизиқарли типларни ўрганиш заруриятидан, деб тушунтиради. А. Қодирийдаги «қизиқарли типларни ўрганиш» ихлоси унинг ватан олдидаги гражданлик ҳиссидан ҳам юқоридир. У мазкур шубҳали шахслар билан учрашиб, халқ душманларининг советларга қарши иғволарини индамас тингловчисига айланиб қолди, ижтимоий фаолиятдан тобора четлашди, унда қатнашишни рад этди».
(«Правда Востока» газетаси, 1937 йил, 28-июнь).
#Duel_2021
✍ Suhrob Ziyo
🔥 Mana shunday she’rlarni, shoirlar ovozi baland yangragan davrani sog‘ingandirsiz?
Balki siz ham o‘z iste’dodingizni namoyon etishni istarsiz? Unday bo‘lsa hozirdan tayyorgarlikni boshlang, “Duel”ning navbatdagi qahramonlaridan biri siz bo‘lishingiz mumkin!
Do‘stlaringizga ham ulashing, g‘oliblikka arziydigan qalam sohiblari bexabar qolmasin.
👉 @duelloyihasi
"YOY-YOY"
(Shomirza Turdimovga)
Alpomish chohda qoldi. Ultontoz taxtga mindi. Keliboq Barchinga og‘iz soldi. Bodom bikach o‘gliga to‘y boshladi. Qo‘ng‘irot elini “yoy-yoy” aytib to‘yga chorladi. Bodom bikachning tili chuchuk. U "r"ni "y" deb talaffuz qilardi...
O‘lan haqdan nishona,
@suhrob_ziyo1
Читать полностью…
IYAKSIZ ODAM
Esse
suhrob_ziyo/54mnrZjK1no">👉🏻TO'LIQ O'QING
“Askar, o‘zingga kel, uyg‘onishing kerak…”
“Ozgina chida, iltimos, yetib qoldik…”
“O‘lma, o‘lishga haqqing yo‘q…”
Qulog‘imga uning so‘zlari elas-elas eshitilar, keyin yana jimlik, qorog‘ulik. Avvaliga u meni opichlab oldi, iyagimdan oqqan qon uning plashiga surkalib borardi, uning og‘zidan chiqayotgan hovurni, olayotgan nafasini his qilib turardim…
Marhamat, 👉 Duel_2021 final bosqichining to‘liq videosini tomosha qilishingiz mumkin.
Do‘stlaringizga ham ulashing.
@duelloyihasi
Kimki kurashsa gar erk va hayot deb,
O‘shanga loyiqdir erk ham, hayot ham.
©Gyote
Bevaqt gullab qo'ydi
qancha daraxtlar,
Gullab qo'ygan kabi
maxfiy bir sirni.
Bevaqt yoqqan qorlar
eslatib qo'ydi.
O'zgartirib bo'lmas,
qishni — taqdirni.
Abdulla Qahhor yoshlar she'riyati haqida
A.Qahhor yoshligida adabiyotga shovqin-suron bilan kirib, so‘ng jimgina yo‘qolib ketgan kishilarni bir necha guruhga bo‘ladi.
“Men adabiyotga qadam qo‘yganimdan beri adabiyotga kirib-chiqqan odamlarning soni bor-u, sanog‘i yo‘q. Bularning bir qismi chizishga bo‘lgan havasini talant deb o‘ylagan, shuning uchun yanglish kirgan odamlar...”
“Bularning yana bir qismi adabiyot qalbning bir chekkasini emas, hammasini talab qilishini bilmagan, talant kun sayin mehnat bilan jilo berib turilmasa zanglab, butkul yaroqsiz holga kelib qoladigan asbob ekanidan bexabar kishilar edi”.
“Bularning uchinchi bir qismini g‘urur va manmanlik kemirib, yeb safdan chiqarib tashladi. Bular besh-o‘nta o‘quvchi orttirar-orttirmas kekkayib, o‘qimay qo‘ydi, o‘sishdan to‘xtadi, tanqid qulog‘iga kirmaydigan bo‘lib qoldi...”
“Bularning to‘rtinchi bir qismini o‘z hayotini tartibga solmaslik, yashay bilmaslik xarob qildi...”
Boqib ko‘zi nigoronlarga,
Bir achchiq o‘t yoqdi jonimni.
Va o‘yladim qo‘rqoq xonlarga
Kuni qolgan Turkistonimni.
@suhrob_ziyo1
“Tajohilul orif” – Barcha jonkuyar ustozlarga bagʻishlanadi
Video Oyina.uz sayti tomonidan sunʼiy intellekt imkoniyatlari yordamida tayyorlandi.
Sheʼr muallifi: Bobur Elmurod
Videoni 4K sifatda koʻrish: https://www.youtube.com/watch?v=Y7yNOO9MlqI
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube |X
TOSHKENT. IKKI YIL
Doston(cha)
... Талабалик даврим —
олов даврим — шу,
сомса, перашкидан
тўйган қорин — шу
ҳамда соткаларнинг
сўнгги русуми.
Сендан ким миннатдор,
1-август?!
Ким сенинг номингга
ёғдирар гина?
Мен — сенинг душманинг,
мен — сен билан дўст,
мен — сенинг қаршингда,
кўриб қўй, мана!
Бу олий даргоҳнинг
остонасида
буюк орзуларга
тўлган диллар бор.
унга бормоқ учун
остона қолиб,
туйнуклар оралаб
ўтган йўллар бор.
Аммо нега сенинг
нигоҳларинг жим?
Нимага гуриллаб
келмайди ўсгинг?
Исён қилишингга
йўл бермайди ким?
Нимага шер бўлиб
гуллайди кўксинг?..
📖Davomi...
@suhrob_ziyo1
BOLA
Uning bo‘yi kichik edi,
Uning tili chuchuk edi.
O‘ynagani quvlashmachoq,
Quvlagani kuchuk edi.
Kuni bilan to‘p tepardi,
To‘p tepsa ham xo‘p tepardi.
Hammadan ham ko‘p yiqilib,
Hammadan ham ko‘p tepardi.
Katta bo‘ldi kichiklar ham,
Burro bo‘ldi chuchuklar ham.
O‘z inidan uzoqlarga
Ketib qoldi kuchuklar ham.
Tuproq yo‘llar chag‘ir bo‘ldi,
To‘plar ham tosh bag‘ir bo‘ldi.
Bu yo‘llarda tizzalar ham
Yuraklar ham yag‘ir bo‘ldi.
Endi yillar sovriladi,
U to‘plarni sog‘inadi.
Hammadanam ko‘p sevinib,
Hammadan ko‘p og‘rinadi.
S.Z.
@suhrob_ziyo1
FOTIH SULTON MEHMET AVNIY
(XV asr)
***
Sevding ul dilbari, so'z tinglamading, voy, ko'ngil,
Aylading o'z-o'zingi olama rasvoy, ko'ngil,
Sanga jabr aylagay-u, qilmas u parvoy, ko'ngil,
Jabra sabr aylamasang gar, netayin, hoy, ko'ngil,
Ko'ngil, ey-voy ko'ngil, voy ko'ngil, ey-voy ko'ngil.
Chok o‘lan dasti jafo birla giriboningdir,
G'am-u mehnat tikani sanchilur tovoningdir,
To'kilgan yerga balo tig'i ila qoningdir,
Har dam og'izga kelar mehnat ila joningdir,
Ko'ngil, ey-voy ko'ngil, voy ko'ngil, ey-voy ko'ngil.
Toleying yuzi kulib, bo'lmadi xandon, netayin,
Yuraging dardina topilmadi darmon, netayin,
Qasdinga yor chekadir xanjari burron, netayin,
Beraversang bu g'am-u mehnat ila jon, netayin,
Ko'ngil, ey-voy ko'ngil, voy ko'ngil, ey-voy ko'ngil.
Dilbar ishqi-la etarsan nechaki nola-yu zor,
Aylading sabr-u qaroring bu xayollarga nisor,
Qora sochi etar olamni sening boshinga dor,
Foyda ne endi, agar aylar esang tarki diyor,
Ko'ngil, ey-voy ko'ngil, voy ko'ngil, ey-voy ko'ngil.
Vasli dilbar-la nasib bo'lmadi dilshod o'lmak,
Dasti jabr ila yiqilgan diling obod o'lmak,
Domi g'amdan dil-u jon bulbuli ozod o'lmak,
Necha kundir ishing afg'on ila faryod o'lmak,
Ko'ngil, ey-voy ko'ngil, voy ko'ngil, ey-voy ko'ngil.
Chunki dilbar niyozingni ko'ribon noz aylar,
Nolangni tinglagayu, ishvaga og'oz aylar,
Bazmi g'amda qaddingni chang, yuzingni soz aylar,
Nolishing pardasini Zuhraga damsoz aylar,
Ko'ngil, ey-voy ko'ngil, voy ko'ngil, ey-voy ko'ngil.
Bilmadim, dardi dilingning ne emish darmoni,
O'layin dard ila-yu, chekmayin hech hijroni,
Mehnat-u dard-u g'amin olmak uchun arzoni,
Avniya sanchiladir mehnat-u g'am paykoni,
Ko'ngil, ey-voy ko'ngil, voy ko'ngil, ey-voy ko'ngil.
Mumtoz usmonli turkchasidan Suhrob Ziyo tabdili.
@suhrob_ziyo1
#kitobdan
FIKR
Koʻz tiniq tortadi uygʻonsang xobdan.
Dunyo koʻzgusida aks etgach sarob,
Ongning tub-tubiga choʻkkan azobdan
Yuksalib boradi yorugʻ iztirob.
Fikr tomir yozar nigohinggacha,
Ko'zing kosasidan sachrab ketar tong.
Tuman xil tarqagan gumonlar ichra
To'lg'anib-to'lg'anib uyg'onadi ong.
Sen oʻzib ketasan nur tezligidan,
Qoʻzgʻalar qalbingda Xoliqning qoʻri.
Hapqirib olamning cheksizligidan
Koʻksingni toptaydi tulpor uyuri.
Men kimman,
Men kimman,
Men kimman deya
Bir savol bandida mudom bogʻliqsan.
Borliqdan borliqni izlaysan nega?
Sen oʻzing borliqsan, oʻzing borliqsan!
Oliy haqiqatni etgaydir ayon,
Dahriy ibodati, osiyning dori.
Bir hovuch zilolni sipqorganing on
Yodingga tushadi togʻlarning qori.
Chinor yaprogʻiga termulganingda
Uning ildiziga nazar tashlaysan.
Qulaysan boʻshliqqa urilib birdan,
Soʻng...
Oddiy odamday yashay boshlaysan.
Yelkalar, qorinlar aro surinib
Zumda gʻoyib boʻlar parvoz nafasi.
Seni kutib olar katta shaharning
Qay bir burchakdagi yemakxonasi.
Agar sabrni o‘lchov birligiga nisbat berish kerak bo‘lsa, u vaqt birligida bo‘lib, nomi Ramazon deb atalardi.
Hayit ayyomi muborak bo‘lsin!
Bugun ayam tug'ilgan kun.
Shu kunga qadar Alloh menga nimadir nasib qilgan bo'lsa, eng avval ayam sabab.
Ba'zan ko'ch-ko'ronni yig'ib qishloqqa qaytgim kelib qoladi. Ota-onamni yonida, shovqin-suronsiz, tinchgina yozib-chizib yashash ham mumkin-ku.
Baribir Vatanni bo'lib-bo'lib sotishyapti, talashyapti, hech nima qilolmayman, qilolmaymiz. Ustiga, bularni deb bolalarimiz zahar havoda nafas olib yuribdi.
Lekin Toshkent degani – adabiyot degani. Bu yerdagi muhit yurtning hech joyida yo'q. Shu ilinj ketishga qo'ymaydi.
Bugun ayamning, bir necha kundan keyin dadamning tug'ilgan kunlari. Ularning yonida bo'lolmasligim ehtimoli katta. Nimayam qilardim.
Ayam haqida yozgan "Muallima" degan esseyim o'zimga yoqadi.
Xullas, bu postni o'qiganlar ayajonim – birinchi o'qituvchim Nargiza Xolyorovani +998979540474 nomeriga telefon qilib bemalol tabriklashlari mumkin!😊
❗️Bu – reklama emas, fojia❗️
1 OVOZ = 2 KITOB
Men yurtdagi millionlab bolalar qatori qishda loy, yozda chang va tuproq yo'ldan maktabga, repetitorga qatnaganman. Qishda maktab eshigi oldida o'quvchilar qo'llari muzlab ko'lmaklarda oyoq kiyimidagi loyni yuvib, sinfga kirardi. Shuning uchun ham qishda maktabga borishni yomon ko'rardim. Bugun ham maktabimizda shunday o'quvchilar o'qiyapti...
Bularni esga olganimga sabab shuki, hamma joyda bugun "openbudjet" degan tomosha avjida. Ko'pga kelgan to'y degandek, bizning qishloqda ham odamlar ovoz berishdan tashqari ro'zg'oridan orttirganini ham shu loyihaga sarflayapti. Maqsad – yo'llarni asfalt qilish. Shunday qilib, 6500 dan oshiq ovoz yig'ilgan.
"Amalga oshirilgan islohotlarning samarasi o'laroq" shuncha mehnat natijasiz qolish xavfi bor. "Ha, degan tuyaga mador" degandek, men ham bunga ozgina hissa qo'shishni istadim.
Bu postni o'qigan, adabiyotga, she'rga ixlosi bo'lgan, muhimi "noopenbudjet" qimmatli ovozini sarf qilmagan kimki bo'lsa, bir taklif bor.
Quyidagi havola — https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/e93cbdde-6931-4d9b-8390-cbd661802479 orqali ovoz bering, bu haqdagi xabarni menga (t.me/suhrobziyodov) tashlab bering.
Sizga "Ko'ngil yelkani" kitobim va o'zim o'qish zarur deb bilgan bir yangi kitobni sovg'a sifatida yuboraman (Toshkent shahar bo'ylab Yandeks'dan, viloyatlarga BTS-pochta orqali).
Kimgadir post kulguli yoki achinarli tuyulsa, ustozimiz Mirzo Kenjabekning "Ijtimoiy dard" she'rini o'qishni tavsiya qilaman:
Istiqboling uchun, yurtim – onajon,
Qurbonlikka so'ydim iste'dodimni...
O'zbekchilik uyat emas, sharaf bo'lsin!
/channel/gazetalar_sharhi/27947
@suhrob_ziyo1
#Open_budjet
2️⃣3️⃣4️⃣
No comment
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
#Duel_2021
✍ Suhrob Ziyo
🔥 Mana shunday she’rlarni, shoirlar ovozi baland yangragan davrani sog‘ingandirsiz?
Balki siz ham o‘z iste’dodingizni namoyon etishni istarsiz? Unday bo‘lsa hozirdan tayyorgarlikni boshlang, “Duel”ning navbatdagi qahramonlaridan biri siz bo‘lishingiz mumkin!
Do‘stlaringizga ham ulashing, g‘oliblikka arziydigan qalam sohiblari bexabar qolmasin.
👉 @duelloyihasi
"Renessans"
Bir avlod kerakdir –
osmonga boqib,
yulduzlar tarhini chizguvchi avlod,
ko‘zidan ming yillik anduhlar oqib,
dunyoni bor rangda ko‘rguvchi avlod.
Bir avlod kerakdir,
bilmasin aslo
haq so‘zni aytmasdan turib o‘lishni.
Do‘stga qurbonlikni boplasin, ammo
eplolmasin yovga qulluq qilishni.
Bir avlod kerakdir –
umurtqasi cho‘ng,
bo‘yin sunmaydigan, egilmaydigan.
Tizzasi tizzadan chopilmaguncha,
tizza bukmaydigan, yiqilmaydigan.
Bir avlod kerakdir –
irfonga tashna,
ilmning mag‘zini shimgan fitrati.
Pichirlab yashashni bilmasin, so‘zi
osmon-u zaminni yursin titratib.
Bir avlod kerakdir – javonmard, bilga:
yurt so‘rash chekiga tushsa mabodo,
bo‘g‘zidan burda non o‘tmasin, elda
bir g‘arib haqqini etmayin ado.
Bu avlod keladi olamni tutib,
uyg‘onar qonlarda mudroq zafarlar…
Faqat halolmikan onalar suti?!
Faqat tozamikan pushti kamarlar?!
S.Z.
@suhrob_ziyo1
Rasul Kusherbayev:Читать полностью…
Milliy gvardiya rahbariyati chet tilini repetitorlarda o'rganayotgan bolalardan so'rab ko'rsin: "Nega til o'rganayapsan", deb. "Shu mamlakatdan chiqib ketish uchun", deb javob beradi. Chunki mana shu ishlar, qo'rqitishlar, majburlashlar bolalarning ham joniga tegib bo'lgan.
Rasululloh (s.a.v.): "Odamlarga yetib kelgan ilk payg'ambarlikning gaplaridan biri: "Uyalmasang, bilganingni qil!" – dedilar".
Читать полностью…TOSHKENT JANGI. 1865.
Birlashmadi gumroh shohlarim,
Vatan deya necha jon ketdi.
G‘anim bir-bir kesdi ohlarim:
Chimkent ketdi, Turkiston ketdi.
Bir er tizdi mardlarni jangga,
Bu zaminda yo‘qmi boshqa ul?
Titroq kirdi yog‘iy badanga,
So‘ngra... o‘qqa uchdi Alimqul.
Biz tirashdik, toki bir xoin
O‘ris poyin o‘pmoq tiladi.
Nido qildi o‘q tekkan joyim:
"Buxorodan madad keladi".
Ha, ojizmiz. Ha, och-nahormiz.
Miltiqlarga qarshi — ha, mushtum.
Biroq bizlar bir sarbadormiz,
Biroq bizlar emasmiz tushkun.
Biz o‘lamiz, kim ham qoladi?
Biroq bizim bo‘lar qutlug‘ jang.
Buxorodan madad keladi,
Sarbozlarim, ungacha chidang!
Bardosh qancha bo‘lsa — erk shuncha!
Qo‘ldan bermang aslo alarni.
Buxorodan madad kelguncha
Ochmasak bas darvozalarni.
Qattiq qo‘ring ko‘ngil — O‘rdani,
Shu pok yurtga bo‘lib munosib.
U qulasa, qulaydi aniq
Erlar ori, ayol hayosi.
Bo‘g‘zingizdan o‘tgan har qultum
Suv g‘animga shaylasin yaroq.
Hayqirmoqqa kuchingiz bo‘lsin
Buxorodan madad kelgan chog‘.
Boqib ko‘zi nigoronlarga,
Bir achchiq o‘t yoqdi jonimni.
Va o‘yladim qo‘rqoq xonlarga
Kuni qolgan Turkistonimni.
Afsus, yana nafs erkdan g‘olib:
Toptab g‘oziy mayitlarini,
Yov qo‘liga tutdilar oxir
Shoshning oltin kalitlarini.
Bosh egmasdan o‘lmoq ham sharaf,
Yov tig‘ urdi titrab mo‘ylari.
Buxoroning yo‘liga qarab,
So‘nggi bora erkni o‘yladim:
"Buxorodan madad keladi..."
"Buxorodan madad keladi..."
S.Z.
2024.Mart.
Zomin.
@suhrob_ziyo1
Bayram muborak bo‘lsin!
Omon MATJON
AYOLGA MAQTOV
Shoirga yo’l bo’lsin, sizni chizay deb,
bo’yoq quyultirib turar rassomlar!
Mukammal husningiz yog’dusi uchun
oy ham navbatchilik qilar oqshomlar!
Shoirga yo’l bo’lsin!
Kuylay deb sizni,
bastakorlar yurar yoqa chok, tajang:
torni temirchiga topshirvorgudek,
har jarang ustida qilib necha jang.
Eʼzozingiz buyuk!
Sarkarda Bobur,
juvonmard ruhlari bo’lgay ziyoda,
qo’shinda birgina ot qolsa, shunga
sizni o’tqazgandir,
qolib piyoda...
Shoirga yo’l bo’lsin!
Sizdagi talʼat,
noziklik kimlarni o’yga solmagan?!
Oqqush, suvdan chiqmay, taranaverib,
bejiz bir oyoqda uxlab qolmagan!
Sizday yasanmoqni istab, qish bitmay,
Izhorga lab juftlab har bir kurtagi,
o’riklar chiqdilar — bir tong to’la gul,
Nur kiydi jaʼmiki bog'lar yurtdagi.
Shoirga yo’l bo’lsin, kechikdi shoir
bu inja raqobat, nurli taloshga:
Ha bizga hech yumush qolmabdi endi
Sizni juda qattiq sevishdan boshqa!
@suhrob_ziyo1
17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni!
Shamol, maʼruzaxona va
erkinlik haqida sheʼr
(“Talabalik daftari”dan)
“Derazani ochib qoʻyaylik, ustoz…”
Maʼruzalar tinglab ruhim zirqirar,
Kunlarim oʻtadi baxtli, xatoli.
Toʻrt devor torayar, yurak siqilar,
Oʻylarimni buzar dashtning shamoli.
Axir, dars paytida sheʼr aytib boʻlmas.
Kulguga qolasan xirgoyi qilsang.
Shamolim, tezyurar poyezdday yelib
Dimiqqan xonaga bostirib kelsang,
Shunday pishqirsangki, sinib ketsalar
Bu gʻarib dunyoning derazalari.
Baquvvat havolar olib ketsalar
Meni men sogʻingan kengliklar sari.
Toʻrt tomon ufqqa qadar ozodlik!
Gʻashlarim ketadi, kelar gashtlarim.
Ular bilmaydiki, savodim chiqmay
Menga erk darsini oʻtgan dashtlarim.
Dunyo ishlarini sharhlab yotishar,
Qulogʻimga kirmas ular savoli.
Gʻarib daftarlarni burdalab tashlab,
Erk darsin oʻtib ber, dashtning shamoli…
Derazani ochib qoʻyaylik, ustoz!
S.Z.
@suhrob_ziyo1