❗️ @svbandlik — Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining Telegram'dagi rasmiy kanali 🌐 svbandlik.uz — Rasmiy veb-sayti ✍️ @svbandlikbot — Murojaat yo‘llash uchun 🗣 @svbandlikgroup — Fikr-mulohazalar uchun muloqot maydoni
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi: Ko'p kvartirali uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish bo'yicha yetakchi mutaxassis;
▪️Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi: Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat sho'basi boshlig'i;
▪️Xovos tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: Mahallada ijtimoiy xizmatni tashkil etish sho'basi bosh mutaxassisi (supervayzer).
❗️Arizalar 20.11.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Guliston shahrida tantanali tadbir tashkil etildi.
Dastlab Islom Karimov shoh ko‘chasi bo‘ylab ulkan bayroq askarlar ko‘magida keng yoyilib, "Yurt bayrog‘i" maydonigacha bo‘lgan masofaga olib borildi. Ushbu jarayonni viloyatimiz aholisi va mehmonlari, keksa-yu yosh zavq bilan, vatanparvarlik hissi yanada jo‘sh urgan holda kuzatib bordilar. Tadbirda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi jamoasi ham faol ishtirok etdi.
"Yurt bayrog‘i" maydonida bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni bayram bilan samimiy qutladi. Konsert dasturi esa barchaga bayramona ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
#Millat_bayrogʻi
🇺🇿 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
"Ishga marhamat" markazi fuqarolarning ishli va kasb-hunarli bo‘lishiga ko‘maklashmoqda
Bir yilda 2380 nafar ishsiz va kasb-hunarsiz yoshni kasb-hunarga o‘rgatishga ixtisoslashgan Guliston "Ishga marhamat" monomarkazida joriy yilning o‘tgan davrida 368 nafar tinglovchi texnika, 76 nafar tinglovchi qurilish, 421 nafar tinglovchi xorijiy til va raqamli texnologiya yo‘nalishini tamomlab, sertifikat va guvohnomaga ega bo‘ldi. Maxsus sertifikat va guvohnomaga ega bo‘lgan 1410 nafar tinglovchidan 890 nafari esa o‘z qiziqqan sohalarida mehnat faoliyatini yo‘lga quygan bo‘lsa, qolganlari yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etdi.
Batafsil: uza.uz
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
12-13-noyabr kunlari Toshkent shahrida “Yangi Ijtimoiy shartnoma: Yevropa va Markaziy Osiyo kasaba uyushmalari nigohida” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidov bugun mazkur anjumanda ishtirok etib, “Munosib mehnat va ijtimoiy adolat - O‘zbekiston barqaror rivojlanishining ajralmas qismi” mavzusida nutq so‘zladi.
Anjumanda Ijtimoiy shartnomaning afzalliklari, munosib mehnat va ijtimoiy adolat tamoyillarini keng joriy etish, mehnat xavfsizligi va ishchilar manfaatlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro standartlar, bandlik va mehnat bozori borasida amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi ishlar hamda Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari yuzasidan axborot almashinildi.
@mehnatvazirligi
📝 Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan 1 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga amalga oshirilishi mumkin va bu xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchi bilan tuziladigan alohida muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
▪️Avvalgi ish joyida tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilishi xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davrda to‘xtatib turiladi.
Xodimga xizmat safari muddati tugashi bilan uni xizmat safariga yuborgan ish beruvchida avvalgi ishi (lavozimi) taqdim etiladi.
👉batafsil
@mehnatvazirligi
Har yilgi mehnat ta’tili (otpusk) haqida gaplashamiz
▪️mehnat ta’tili davomiyligi qancha bo‘lishi kerak?
▪️undan yilda 2 marta foydalansa bo‘ladimi?
▪️ta’til davrida xodim “bolnichniy”ga chiqishi mumkinmi?
▪️ta’tilda xodim ishdan bo‘shay oladimi?
▪️yangi ishga kirgan xodim qancha vaqtdan keyin mehnat ta’tiliga chiqa oladi?
▪️yillar davomida foydalanilmagan ta’tildan keyinchalik birdaniga foydalanish mumkinmi?
batafsil videorolikda
@mehnatvazirligi
HURMATLI YURTDOSHLAR!
❗️Joriy yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar yurtimizda “YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI" o’tkazilmoqda.
❗️Ushbu hushyorlikka chorlovchi oylikda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
- Buning uchun, siz o‘z yashash xonadoningiz yoki ish joyingizni isitish maqsadida foydalanilayotgan elektr va gaz uskunalaridan to’g’ri foydalaning;
- HOZIROQ!, ZUDLIK BILAN! mavjud nosozliklarni bartaraf eting va bu borada barcha yaqinlaringizni hushyorlikka chaqiring;
- Yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarda birinchi navbatda 101 yoki 1050 qisqa raqamlari orqali qutqaruv xizmatiga xabar bering.
❗️Zero, hushyorlik – xotirjamlik garovidir.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
❗️Prezident tomonidan Qonun (O'RQ-983-son, 25.10.2024 y) imzolandi
▪️O‘rindoshlik asosida ishlash xodimning asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha asosiy ishidan bo‘sh vaqtida boshqa muntazam haq to‘lanadigan ishni bajarishidir.
O‘rindoshlik asosidagi ish xodim tomonidan o‘zining asosiy ish joyida (ichki o‘rindoshlik) yoki boshqa ish beruvchida (tashqi o‘rindoshlik) bajarilishi mumkin.
📝O‘rindoshning asosiy ish joyi, ushbu ish to‘liq yoki to‘liqsiz ish vaqti shartlari asosida bajarilishidan qat’i nazar, xodimning mehnat daftarchasi yuritilayotgan ish beruvchidagi ishidir.
@mehnatvazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
🇺🇿 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamoasi O‘zbekiston kasaba uyushmalarining barcha xodimlarini 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy qutlaydi!
✅ Har bir qalbga, har bir xonadonga shodu xurramlik, osoyishtalik olib kiruvchi kasbingizga fayzu baraka yog‘ilib tursin!
@mehnatvazirligi
Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida harbiy prokuratura va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar, mudofaa va milliy gvardiya xodimlari oila a’zolari ishtirok etdi.
Yarmarka davomida ishtirokchilarga korxona, tashkilotlardagi mavjud vakant joylar taklif etildi. Shuningdek, monomarkaz imkoniyatlari tanishtirildi. O‘qish jarayoni, tinglovchilarga yaratilgan shart-sharoit, kasb-hunar o‘rgatish metodi qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining 6 ta asosiy yoʻnalishlari:
1. Mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish.
2. Aholi bandligini taʼminlash dasturlarini shakllantirish, boʻsh ish oʻrinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga joylashtirish.
3. Kambagʻallikni qisqartirish.
4. Hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish.
5. Kasbiy standartlarni ishlab chiqish, kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitish, malakani baholash.
6. Munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat meʼyorlariga rioya etilishini oʻrganish, mehnat huquqini taʼminlash hamda mehnatni muhofaza qilish.
@mehnatvazirligi
Xalqaro mehnat tashkilotining yana bir muhim Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi
🖊Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-994-son, 07.11.2024 y) bilan Xalqaro mehnat tashkilotining Haq to‘lanadigan ta’tillar to‘g‘risidagi 132-sonli Konvensiyasi (1970-yilda qayta ko‘rib chiqilgan) ratifikatsiya qilindi.
Ushbu hujjat haq to‘lanadigan yillik asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi 21 kalendar kundan iborat ekanligi hamda qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lgan barcha xodimlar uchun qo‘llanilishi bo‘yicha bayonot bilan ratifikatsiya qilindi.
🔺Konvensiyaning asosiy maqsadi – xodimlarga dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish o‘rni (lavozimi), o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan hamda xodim ishdan ozod etilgan holda har ish yili davomida beriladigan ta’tillarni ta’minlashdan iborat.
XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari soni 25 taga yetdi.
@mehnatvazirligi
📣📣📣📣📣
DIQQAT, TANLOV!
🟢Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayotini yaxshilashga qaratilgan eng yaxshi ijtimoiy loyihalarni rag‘batlantirish maqsadida “Eng yaxshi ish beruvchi” respublika tanlovini e'lon qiladi!
🏆Tanlov g‘oliblari vazirlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida pul mukofoti bilan rag'batlantiriladi.
💎Ariza shaklini yuklab olish.
@mehnatvazirligi
Vazirlar Mahkamasining "Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. (VMQ-758 14.11.2024)
@mehnatvazirligi
#iftixor
🇺🇿 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun!
Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsolidir.
Faxru iftixorimiz sanalmish yurtimiz bayrog'i hamisha yuksaklarda hilpirab tursin!
@mehnatvazirligi
Hurmatli fuqarolar!
Joriy yilning 20 noyabr kuni soat 10:00 da Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi binosida Sirdaryo viloyati prokuraturasi tashabbusi bilan hududlardagi ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida BO‘Sh ISh O‘RINLARI YaRMARKASI bo‘lib o‘tadi.
Unda korxona, tashkilotlardagi mavjud vakant joylar bilan tanishib, o‘zingizga ma’qul kelgan ishga joylashishingiz mumkin.
Shu kuni aholi murojaatlarini tinglash va ularni qo‘llab-quvvatlash, sohaga oid muammolarini bartaraf etishni ko‘zlab, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Yakubov hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbari Otabek Mavlonberdiyevlarning sayyor qabuli o‘tkaziladi.
Tadbirda ishtirok etib, o‘zingizga munosib ishga joylashing! Mehnat qonunchiligi va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalaridagi muammoingizga yechim toping!
Iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlardir. Uning davomiyligi qoida tariqasida 6 oydan oshmasligi kerak.
2 oygacha bo‘lgan muddatga ishga qabul qilingan shaxslar esa vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslar hisoblanadi.
Ishning mavsumiy yoki vaqtinchalik xususiyati to‘g‘risidagi shart mehnat shartnomasida ko‘rsatilishi kerak.
Mavsumiy va vaqtinchalik xodimlarni ishga qabul qilish chog‘ida sinov muddati belgilanmaydi. Xodim ishning har bir oyi uchun kamida 2 kalendar kun hisobidan haq to‘lanadigan mehnat ta’tili olish huquqiga ega.
Ular ish beruvchini 3 kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirib, mehnat shartnomasini o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqli.
@mehnatvazirligi
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Guliston shahar hokimligi: "Taraqqiyot" mahallasidagi hokim yordamchisi.
❗️Arizalar 15.11.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
▪️Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi viloyat boshqarmasi: Markazlashgan buxgalteriya hisobi va hisoboti sho'basi bosh mutaxassisi;
▪️Qishloq xo'jaligi boshqarmasi: Oziq-ovqat sanoati, agrologistika va eksportni rivojlantirish sho'basi bosh mutaxassisi;
▪️Kadastr agentligining Shirin shahar bo'limi: Bosh inspektor;
▪️Oqoltin tumani hokimligi: Bosh hisobchi;
▪️Sirdaryo tumani tabiat resurslari inspeksiyasi: Bosh mutaxassis;
▪️Kadastr agentligining Sirdaryo tumani bo'limi: Yetakchi inspektor;
▪️Sirdaryo tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Yer tuzish va monitoring sho'basi boshlig'i.
❗️Arizalar 16.11.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
🇩🇪Germaniyada xizmat ko‘rsatish sohasida 300 ta mavsumiy bo‘sh ish o‘rinlari mavjud (oliy ma’lumot talab etilmaydi).
Ish haqqi: 2.200 evro (30,0 mln so‘m oyiga)
Tashkilot manzili: Germaniya, INH.DR.N.VOHIDOVA MÖNCHWÖRTHSTRASSE 6 68199 MANNHEIM
-Ish vaqti: Haftada 40 soat (5/2)
-Yosh chegarasi: 18 yoshdan 35 yoshgacha
-Soha: Xizmat ko‘rsatish (kasblar kesimida)
-Ta’lim darajasi: O‘rta-maxsus
-Ish turi: Mavsumiy
▪️ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma
▪️oneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma
Ro'yxatdan o'tish
Murojaat uchun:
Telefon: (71) 202-33-55
Qisqa raqam: 1282
Ishonch raqami: (71) 202-44-11
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
📹 Guliston shahar "Ishga marhamat" monomarkazi "Avtoservis xizmat ko'rsatish (avtoelektrik)" yoʼnalishi darsidan video lavha.
Siz ham mazkur hunarni o‘rganmoqchimisiz? U holda hududingizdagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limidan yo‘llanma oling va monomarkazga murojaat qiling.
Guliston "Ishga marhamat" monomarkazida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 20 nafar yoshning bandligi ta’minlandi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Aholi murojaatlarini tinglash va ularni qo‘llab-quvvatlash, sohaga oid muammolarini bartaraf etishni ko‘zlab, joriy yil 20 noyabr kuni soat 10:00 da viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Yakubov hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbari Otabek Mavlonberdiyevning sayyor qabuli o‘tkaziladi.
Shu kuni ishsiz fuqarolarni korxona, tashkilotlardagi vakant joylar bilan tanishtirish va bandligini ta’minlash, maqsadli kompleks dasturlar, chorvachilik, xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishlarda imtiyozli kreditlar ajratib, tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hamkor tashkilotlar ishtirokida BO‘Sh ISh O‘RINLARI YaRMARKASI bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda ishtirok etib, o‘zingizga munosib ishga joylashing! Mehnat qonunchiligi va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalaridagi muammoingizga yechim toping!
📍Geolokatsiya
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi keng quloch yozdi.
Sayxunobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi jamoasi ham tumanda start olgan kuzgi ko‘chat ekish tadbirida faol ishtirok etdi.
Tumandagi korxona, tashkilotlar vakillari, jamoat ishlari xodimlari va keng jamoatchilik birdamlikda "Ittifoq" mahallasi hududidan o‘tgan 4R25 avto yo'lining chetidagi 2 gektar maydonga 5 mingdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Soliq boshqarmasi: Soliq organlarining "mahallabay" ishini tashkil etish sho'basi davlat soliq katta inspektori;
▪️Guliston shahar hokimligi: Ijro intizomi nazorati bo'limi bosh mutaxassisi;
▪️Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Sayxunobod tumani bo'limi: Fuqarolarga xizmat ko'rsatish sho'basi yetakchi mutaxassisi.
❗️Arizalar 13.11.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Sirdaryo Arxitektura va Qurilish texnikumi qoshidagi "Qurilish sohasida malakali mutaxassislarini tayyorlash markazi" kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lgan fuqarolarni o‘qishga taklif etadi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Maxsus reportaj | Vazifa va ijro: Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish
Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayothan ishlar OAV nigohida
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
#Brifing
Guliston shahri «Obod yurt» MFY hokim yordamchisi Sarvar Xaitmamatov tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
➖ Batafsil o'qing
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
#Ochiq_eshiklar_kuni
Guliston "Ishga marhamat" monomarkazida o‘tkazilgan navbatdagi ochiq eshiklar kunida Guliston davlat pedagogika instituti talabalari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda qatnashuvchilarga markaz faoliyati, o‘rgatiladigan kasb-hunar yo‘nalishlari, tinglovchilarga yaratilgan shart-sharoitlar ko‘rsatilib, markaz haqida to'liq ma'lumot berildi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik