talimda | Unsorted

Telegram-канал talimda - Ta’lim yangiliklari

4920

Таълим янгиликлари Ta'limdagi yangiliklar aniq, tezkor va xolis xabarlarni kuzatib boring. Respublika, viloyat, tuman va shahar darajadagi tadbirlar joylashtirish mumkin.

Subscribe to a channel

Ta’lim yangiliklari

🌍🌍🌍🌍🌍🌍
#Xalqaro_hamkorlik

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNICEF va Cambridge University Press & Assessment tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha mahalliy mutaxassislar uchun seminar-trening tashkil etildi.

Bugun mazkur tadbirning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda vazirning birinchi o'rinbosari Sherzod Karimov ishtirok etib, seminar ishida omad tiladi.

📊 Ma'lumot oʻrnida: mashgʻulotlar Kembrij tashkilotining 8 nafar xalqaro ekspertlari tomonidan olib boriladi.


Unda 125 nafar mahalliy mutaxassislarning o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish yuzasidan salohiyati oshiriladi.

Seminar-trening davomida:

➖o‘quv dasturini loyihalash modellari,
➖ o‘quv dasturining bosh maqsadlari, mazmun qamrovi, o‘quv dasturini muvozanatlash, o‘zaro kesishuvchi xususiyatlar,
➖o‘quv dasturini o‘quvchiga yo‘naltirish yo‘llari, tenglik - xilma xillik – inklyuzivlik - mansublik xususiyatlari kabi mavzular muhokama etiladi.

⌛️ O‘quvlar 30-avgustga qadar davom etadi.

🌐 JONLI EFIR

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Bizni qarshi ol, Bishkek! 🇰🇬

20-avgust kuni “Zakovat Asian Cup II” o‘yinlari bilan sen tomon yo‘l olyapmiz.

“Zakovat” chegarayu to‘siqlarni bartaraf qilib, Markaziy Osiyoning eng zukko yoshlarini birlashtiruvchi o‘yinga aylanib borayotganidan xursandman.



Бишкек, встречай нас! 🇰🇬

20 августа мы летим к тебе с игрой Zakovat Asian Cup II.

Я рада, что Zakovat становится игрой, которая стирает границы и объединяет лучшие умы Центральной Азии.




Бишкек, бизди тосуп ал! 🇰🇬

20-августта Zakovat Asian Cup II оюнун сизге алып келе жатабыз.

Zakovat чек араларды жойгон жана Борбор Азиянын мыкты акыл ээлерин бириктирген оюнга айланып жаткандыгына кыбанычтамын.

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Chet tili imtihonlari avgust oyida ham oʻtkazilishi belgilandi

👍 Bilimni baholash agentligi tomonidan joriy yil sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan chet tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari avgust oyida ham oʻtkaziladi.

📆 Avgust oyidagi imtihonda:
🌐 Tillar: ingliz, nemis, fransuz tillari
🗓 Ro‘yxatdan o‘tish: 15–18-avgust kunlari
💳 To‘lov muddati: 19-avgust
📝 Imtihon sanasi: 28-avgust


💻 Ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz portali orqali onlayn amalga oshiriladi.

📍 Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlariga qulay hududni tanlab, imtihonda aynan shu hududda ishtirok etishlari mumkin.

Izoh: Ushbu qoʻshimcha imtihon oliy ta’limdan keyingi ta’lim (tayanch doktorantura va doktorantura)ga qabul jarayonining boshlanishiga qisqa muddat qolganligi hamda boshqa ko'plab talabgorlarning murojaatlarini inobatga olgan holda belgilanmoqda.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Vazirlik tizimidagi taʼlim muassasalarida majburiy mehnat ustidan nazorat tadbirlari oʻtkaziladi

✅ Joriy yilning 15-avgust kunidan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida vazirlik tizimidagi maktab va maktabgacha taʼlim muassasalarida majburiy mehnatga qarshi kurash boʻyicha nazorat tadbirlari olib boriladi.

Bunda pedagoglarni majburiy mehnatga jalb etish holatlari oʻrganilib, aniqlangan qonun buzilish holatlari boʻyicha ish beruvchi hamda mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik choralari qoʻllaniladi.

Eslatib oʻtamiz: Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, pedagoglarni kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi. Shuningdek, qonunchilik talablariga binoan oʻqituvchilarni majburiy mehnatga jalb etganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan jazo turlari belgilangan.


Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон қурувчиларига байрам табриги

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева строителям Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#Тақдирлаш_маросими

24-август куни Тошкент шаҳрида Мустақиллик байрами арафасида ўқитувчи ва мураббийларни мукофотлаймиз.

Тақдирлаш маросимида Фидокор устоз, Мактаб ва мактабгача таълими аълочиси, Мактабгача таълим фидойиси ҳамда Спорт фидойиси эсдалик нишони билан тақдирланадилар.

Каналга обуна бўлинг
/channel/Talim_yangiliklari_rasmiy

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

🎚🟦🟦🟦
#BITIRUVCHI

📝Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetida joriy yilda oliygohni bakalavr bosqichini tamomlagan 2158 nafar bitiruvchiga diplom topshirish tantanalari bo‘lib o‘tdi.

📎Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbir bayramona tus oldi.

📷Jarayonlar fotolavhalarda

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Президент Шавкат Мирзиёев раислигида олий таълим муассасалари битирувчиларининг бандлигини таъминлаш масалалари юзасидан ўтказилган кенгайтирилган йиғилишда белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#TAASSUROT

📝USTOZLAR MILLIY FORUMI

Dilfuza MAMADALIYEVA
🟠To‘rtinchi "O‘qituvchilar milliy forumi" ishtirokchisi, Toshkent viloyati Angren shahar 38-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o‘rinbosari

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Давлатимиз раҳбари Туркманистон орденига сазовор бўлгани ҳақида:

"Бу мукофот Ўзбекистон халқига бўлган муносабат, деб ўйлайман. Қўшниларимиз билан барқарор дўстлик, ҳамкорлигимизни мустаҳкамлаяпмиз. Ўзбек халқининг энг катта мақсади ҳам шу".


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Барча олийгоҳлар ташкилий ва академик жиҳатдан мустақил бўлади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Президент: Яқин йилларда ишга тушадиган 83 миллиард долларлик йирик лойиҳалар ҳисобига 500 мингга яқин замонавий кадрларга эҳтиёж пайдо бўлади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Давлатимиз раҳбари уюшмаган ёшлар билан ишлаш масаласига тўхталиб ўтди.

Шундан 115 минг нафарининг бандлигини таъминлаш масаласи вазирлик, вилоят ва туман раҳбарлари томонидан ҳал қилинмоқда. 52 минг тарбияси оғир ёшлар ҳуқуқ-тартибот ходимлари томонидан оталиққа олингани ҳам натижасини кўрсатди.

Шу билан бирга, қолган 5,5 минг ишсиз, 31 минг тарбияси оғир ёшлар ва ўқишдан четлатилган 3 минг талаба билан тизимли ишлаб, ҳаётда ўз йўлини топиши учун ёрдам бериш кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Мутасаддиларга ҳокимлар, маҳалла раислари, ҳоким ёрдамчилари ва ёшлар етакчилари билан биргаликда 9 минг уюшмаган ва ўқишдан четлатилган ёшни тадбиркорлик, хорижий тил ва замонавий касбларга ўргатиб, ишли қолиш топширилди.

Масъуллар олдига 31 минг тарбияси оғир ёшларни касб ва тил тўгараклари, спорт мусобақалари, ҳарбий-ватанпарварлик тадбирларига жалб қилиш вазифаси қўйилди.

Йиғилишда мутасаддиларнинг ҳисоботлари тингланди.


Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#matbuot_kotiblar_uchun_seminar
#2_kun

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boshqarmalari hamda tizim tashkilotlari matbuot kotiblari uchun seminar-trening mashgʻulotlari bugun ham davom etdi.

🔹 Unda tinglovchilarning kasbiy faoliyatida sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishning oʻzi xos jihatlari haqida fikr yuritildi.

➖ Jonli muloqot tarzida oʻtkazilgan seminarda mavzuga doir savollarga trenerlar tomonidan batafsil javob berildi.

👉 Tadbir soʻnggida seminar qatnashuvchilari vazirlikning maxsus sertifikatlari bilan taqdirlandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#UCHRASHUV

📝Yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik — asosiy maqsad!

🔰Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari I.Arzikulov, Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burxonov rahbarligida Nurafshon shahridagi barcha ta’lim muassasalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirokida keng qamrovli yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

➡️Yig‘ilishda 2025–2026-o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, ta’lim sifatini oshirish, bolalar xavfsizligini ta’minlash, maktab muhitini yanada samarali tashkil etish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

➡️Yangi o‘quv yilida har bir ta’lim muassasasida intizom, tarbiya va bilim sifatiga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

📎Mazkur yig‘ilish yangi o‘quv yilini yuksak tayyorgarlik bilan boshlash, tizimli va maqsadli faoliyat yuritishda muhim qadam bo‘ladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Олимпия шаҳарчасида қуриб битказилган йирик спорт мажмуалари, Юқори Чирчиқ туманидаги Миллий футбол маркази фаолияти ҳамда янги туризм инфратузилмаси объектлари билан танишади.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с крупными спортивными комплексами, построенными в Олимпийском городке, деятельностью Национального футбольного центра в Юкоричирчикском районе, а также с новыми объектами туристической инфраструктуры.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#Ibrat

"Ta’lim fidoyilari — turing, dunyo turguncha!"


➡️Bu shunchaki shior emas, balki kelajak avlodni tarbiyalashdek buyuk va mas’uliyatli vazifani zimmasiga olgan ustozlarimizga bo‘lgan e’tirofdir.


Mazkur videorolikda ta’lim tizimida duch kelinayotgan muammolar haqida so‘z boradi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi tomonidan tayyorlangan video sizni ham fikrlashga chorlaydi, degan umiddamiz.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Oʻzbek talabalari Ginnes rekordini yangilamoqchi

18-avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 2 000 nafar yosh muhandis bir vaqtda 2 000 ta robotni yig‘ib, ishga tushiradi. Talaba-yoshlarimiz bu ishi bilan Ginnes rekordlar kitobiga kirishi kutilmoqda.

Tadbirda poytaxtimizdagi va respublikaning turli hududlardan kelgan minglab yoshlar ishtirok etadi. Ular orasida Prezident maktablari oʻquvchilari, imkoniyati cheklangan yosh muhandislarimiz ham bor.

Ma’lumot uchun, 2023-yilda Hindistonda 1 459 nafar o‘quvchi bir vaqtda mini‑robot yasagan. Yoshlarimiz bu ko‘rsatkichdan yuqoriga chiqishni rejalashtiryapti.

Bu voqea — yosh muhandislarimizning kuchi, birdamligi va kelajakka ishonchi ramzi bo‘ladi.

Ana shunday tarixiy voqeaga birgalikda guvoh bo‘laylik!

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

🔥🔥🔥
🎚🟦🟦🟦

😊Viloyatimizdagi 328 ta maktab pedagoglari uchun yangi baholash tizimi bo‘yicha amaliy seminarlar
tashkil etildi

📝Joriy yilning 15-16-avgust kunlari Toshkent viloyatidagi 656 nafar umumta'lim maktabi rahbar va pedagoglari uchun o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibini amaliy joriy etish bo‘yicha o‘quv-seminarlar o‘tkazilmoqda.

📎Maqsad — 2025–2026 o‘quv yilidan joriy etilayotgan yangi baholash mexanizmini maktab rahbarlari va pedagoglarga amaliy jihatdan tushuntirish hamda tatbiq etishni ta’minlash.

◀️Seminarlarda metodik qo‘llanma, E-maktab platformasi va yangi tartib bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

🟠 Dastur:
➡️1-kun — yangi baholash tartibining nazariy asoslari, amaliy misollar, baholash mezonlari va o‘quvchilarning natijalarini tahlil qilish.
➡️2-kun — E-maktab platformasi orqali baholash jarayonlari, metodik qo‘llanmalar tarqatilishi, savol-javob va amaliy mashg‘ulotlar.

✉️Seminarlar davomida Markaz tomonidan ishlab chiqilgan metodik qo‘llanmalar tarqatiladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

📣Milliy dasturga imtihon

📝 Ertaga 10-avgust kuni “Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturiga qabul imtihoni oʻtkaziladi.

✅ Imtihon respublikamizning 13 ta hududida oʻtkaziladi. Imtihon vaqti va joyi haqida ma’lumot ruxsatnomada batafsil koʻrsatilgan. Shaxsiy kabinetingizga kirib, ruxsatnomani yuklab olishingiz mumkin.

☑️ Imtihon topshiruvchi har bir talabgor faqatgina quyidagilarni oʻzi bilan olib borishi kerak:
🔹ruxsatnomani qogʻozga chop etilgan nusxasi;
🔹shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi.

Imtihon respublikamizning ba’zi hududlarida 2 smenada oʻtkaziladi. Birinchi smena 08:00 da, ikkinchi smena 12:00 da boshlanadi.

❗️Diqqat! Har bir talabgor imtihondan kamida 1,5 soat oldin belgilangan manzilda boʻlishi kerak.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#milliydastur #qabul2025

Bizga qo'shiling
Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Ҳурматли обуначиларим!

Кичик илмий ходим илмий унвонини олганимда кўплаб ўқитувчилар биз ҳам олсак бўладими дея мурожаат қилишган эди.

Оша вақтда ёрдам беролмагандим. Байрам арафаси Турон Фанлар академиясининг Президиуми ўтказилади.

Бу сафарги Презедиумда Кичик илмий ходим, катта илмий ходим, доцент, профессор, академик ва фахрий академик илмий унвонларига номзодлар кўриб чиқилади.

Номзод бўлмоқчи бўлганлар админга мурожаат қилинг
/channel/dmin_konferensiya

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

🔴🟦🟦

📝Hashar – o‘xshashi yo‘q qadriyat!


🟢Xalqimizda “Hashar elga yarashar” degan naql bor. Qadimdan ota-bobolarimiz mahalla, guzar, ko‘cha-kuyni birgalashib tozalashni go‘zal an’anaga aylantirishgan. Bu udum bugungi kunda ham bardavom.

🟢Yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida hashar tashkil etildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 🌐InstagramFaceboo🕊Twitter

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#kasbiy_sertifikatlash

📣 Navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari joriy yilning 19-21-avgust kunlari oʻtkaziladi

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan ayrim pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etib kelinmoqda.

➖ Sinov jarayonlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi.

📍 Maʼlumot uchun: ushbu sinovlarda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 baldan, jami 100 ball bilan baholanadi.

👉 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor nazorat sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

📹 Хусусий мактабларда бола кулишни унутади(ми?) | ШОШ ПОДКАСТ 16 СОН

@talimda

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Ёшларни банд қилиш учун имтиёзли кредитлар битирувчиларга ҳам, уларни ишга олган корхоналарга ҳам ажратилади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Қиймати 1 миллион доллардан, ишчилар сони 50 дан юқори лойиҳалар учун кадрларни мақсадли тайёрлаш тизими йўлга қўйилади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#ustozlar_forumi
#fotoreportaj

“Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostida o‘tkazilgan anʼanaviy toʻrtinchi “Ustozlar milliy forumi” yopilish marosimi jarayonlaridan

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Умуман, ёшлар бандлигини таъминлаш учун банкларга 300 миллион доллар ресурс ажратилган.

Битирувчиларнинг кўпчилиги катта кредит олиб, қайтара олмаслигидан хавотир олаётгани учун имтиёзли кредит ресурсининг бир қисмини битирувчини ишга олган корхоналарга ҳам бериш таклифи маъқулланди.

Энди ишга олинган битирувчилар сонига қараб, тадбиркорларга 5 миллиард сўмгача 18 фоизли кредит берилади.

Масалан, 1 миллиард сўмгача кредит олганлар камида 1 нафар, 5 миллиард сўм олганлар эса 5 нафар битирувчини ишли қилади. Имтиёзли кредит олган корхона битирувчини 2 йил ичида ишдан бўшатса, кредит фоизи тижорат ставкасига ўзгаради.

Ушбу янги тизим нафақат бу йилги, балки олийгоҳни тугатганига 3 йил бўлмаган битирувчилар учун ҳам амал қилади.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#ustozlar_forumi
#2_kun

“Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostida oʻtayotgan "Ustozlar milliy forumi"ning ikkinchi kuni boshlandi!

Eslatib o‘tamiz, mazkur tadbir an’anaviy tarzda har yilning avgust oyida respublika, viloyatlar, tuman (shahar)lar, maktablar miqyosida o‘tkazib kelinmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Диққат эълон!

Тез орада 1-октябр Ўқитувчи ва мураббийлар куни келади!

Бу сафарги тақдирлашда нима янгилик қилайлик?

Бу сафарги тақдирлашда сиз азизларнинг таклифларингиз инобатга олинади.

Таклифлар бўйича ўзимни шахсий личкамга мурожаат қилинг /channel/dmin_konferensiya

Читать полностью…
Subscribe to a channel