talimda | Unsorted

Telegram-канал talimda - Ta’lim yangiliklari

4920

Таълим янгиликлари Ta'limdagi yangiliklar aniq, tezkor va xolis xabarlarni kuzatib boring. Respublika, viloyat, tuman va shahar darajadagi tadbirlar joylashtirish mumkin.

Subscribe to a channel

Ta’lim yangiliklari

📱🟦🟦BIZ HAQIMIZDA

📝"Dolzarb 90 kun"
📍Bo‘stonliq tumani

➡️Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilinayotgan "Dolzarb 90 kun"lik doirasida viloyatimizning Bo‘stonliq tumanida joylashgan umumta’lim maktablarida ham samarali ishlar qilinmoqda. Tumandagi 15,-44-sonli umumta’lim maktablari misolida buni yaqqol ko‘rish mumkin.

📱Batafsil "Nurafshon" telekanalining "Reportaj" ko‘rsatuvida

🖊Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Талъат Шухратович Валиев Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Хавфсизлик кенгаши котибининг жамоат хавфсизлиги масалалари бўйича ўринбосари лавозимидан озод этилди.

Шунингдек, Администрация фармойиши билан Баходир Бахтиярович Махмудов Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Хавфсизлик кенгаши аппарати инсон ҳуқуқлари соҳасидаги халқаро мажбуриятларни амалга оширилишини таъминлаш ва халқаро гуманитар ҳамкорлик шўъбаси мудири лавозимидан, Шовқиддин Абдувалиевич Каршиев Ўзбекистон Президенти ҳузуридаги Хавфсизлик кенгаши аппарати Давлат чегараси хавфсизлиги ва ҳудудларни фавқулодда вазиятлардан ҳимоя қилишни таъминлаш шўъбаси бош консультанти лавозимидан озод этилди.

Указом Президента Республики Узбекистан Валиев Талъат Шухратович освобожден от должности заместителя секретаря Совета безопасности при Президенте Республики Узбекистан по вопросам общественной безопасности.

Также в соответствии с распоряжением Администрации Махмудов Баходир Бахтиярович освобожден от должности заведующего сектором по обеспечению выполнения международных обязательств в области прав человека и международному гуманитарному сотрудничеству аппарата Совета безопасности при Президенте Республики Узбекистан, Каршиев Шовкиддин Абдувалиевич освобожден от должности главного консультанта сектора по обеспечению безопасности государственной границы и защите территорий от чрезвычайных ситуаций аппарата Совета безопасности при Президенте Республики Узбекистан.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

📚“KITOBXONLIK FЕSTIVALI” TOSHKЕNT VILOYATIDA

😊Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, respublika bo‘ylab yil davomida har oyning yakunida viloyatlar ketma-ketligida 2025-yilgi "Kitobxonlik festivali"ni o‘tkazib kelmoqda.

📚Navbatdagi festival bizda-Toshkent viloyatida 24-iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Festival doirasida quyidagi kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarining taqdirlash marosimi o‘tkazildi⬇️:

📎“Ijodkor bolalar”
📎“Eng kitobxon o‘quvchi”
📎“Eng faol kutubxona mudiri”
📎“Eng kitobxon maktab”
📎“Eng kitobxon oila”
📎"Yilning kitobxon nuroniylari"


🌐Festivalda ijodkor bolajonlar tomonidan yangragan kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

🖊Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari


#Shu_kunlarda

Sirdaryoda yangi taʼlim maskanlari foydalanishga topshirildi


Xovos tumanida 120 o‘rinli 18-maktabgacha taʼlim tashkiloti zamonaviy tarzda qurilib, foydalanishga topshirildi. Mazkur DMTT zamonaviy jihozlar, qulay taʼlim xonalari, o‘yin maydonchalari va yotoqxonalar bilan taʼminlangan.

Sirdaryo tumani, Orzu mahallasida 120 nafar bolajonga xizmat ko‘rsatadigan 10-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Yangi binoda keng va xavfsiz o‘yin hamda taʼlim xonalari, zamonaviy mebel jihozlari, toza va issiq oshxona, qulay yo‘laklar va shinam yotoqxonalar mavjud.

 Sayxunobod tumanidagi 30-umumtaʼlim maktabi 2000 yilda qurilgan bo‘lib, oradan 25 yil o‘tib, to‘liq qayta zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi. Maktabga zamonaviy isitish va sovitish tizimi o‘rnatildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari


#Мактабгача_таълим

✅ Bugun Maktabgacha taʻlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari hamda direktorlikka nomzodlar uchun menejerlik oʻquv kurslarining navbatdan tashqari yakuniy sinovlari boshlandi.

Ushbu jarayonlarda joriy yilning may-iyun oylarida boʻlib oʻtgan menejerlik kursi yakuniy sinovlaridan oʻta olmagan 190 nafar (119 nafari amaldagi direktor, 71 nafari direktorlikka nomzod) tinglovchi qatnashdi.

📝 Yakuniy baholash sinovlari:
- test savollari;
- keys va suhbat;
- ijodiy loyiha va taqdimot oʻtkazish yoʻnalishlari doirasida amalga oshirilmoqda.

➖ Ushbu yakuniy sinovlardan oʻtgan tinglovchilar menejerlik sertifikatlarini maxsus platformadagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron shaklda yuklab olishlari mumkin.

👉 Maʻlumot uchun: joriy yilda 1500 nafar amaldagi maktabgacha taʻlim tashkilotlari direktorlari hamda 750 nafar direktorlikka nomzodlar menejerlik kurslarida oʻqitilishi rejalashtirilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Мўғулистон Президенти Ухнаагийн Хурэлсухнинг телефон орқали мулоқоти бўлиб ўтди.

Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Монголии Ухнаагийном Хурэлсухом.

#Mirziyoyev #muloqot #Muguliston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Ҳурматли Шавкат Миромонович!

Таваллуд кунингиз муносабати билан Сизни самимий муборакбод этаман.

Сиз халқингиз орасида ва халқаро майдонда юксак обрў-эътиборга сазовор бўлгансиз. Сизнинг раҳнамолигингизда Ўзбекистон иқтисодий ва ижтимоий тараққиёт йўлидан ишонч билан илгариламоқда, минтақавий ва халқаро масалаларда конструктив роль ўйнамоқда.

Сиз шахсан мамлакатларимиз ўртасидаги кенг қамровли стратегик шериклик ва иттифоқчилик муносабатларини мустаҳкамлашга улкан ҳисса қўшмоқдасиз. Биз, шубҳасиз, Россия ва Ўзбекистоннинг дўст халқлари фаровонлиги йўлида, минтақавий барқарорлик ва хавфсизликни таъминлаш манфаатларини кўзлаб, икки томонлама ҳамкорликнинг долзарб масалалари бўйича биргаликда ишлашда давом этамиз.

Сизга чин юракдан мустаҳкам соғлик, фаровонлик ва давлат раҳбари сифатидаги фаолиятингизда муваффақиятлар тилайман.

Ҳурмат билан,

Владимир Путин,
Россия Федерацияси Президенти


Уважаемый Шавкат Миромонович!

Примите самые теплые поздравления по случаю Вашего дня рождения.

Вы по праву пользуетесь высоким авторитетом среди соотечественников и за рубежом. Под Вашим руководством Узбекистан уверенно продвигается по пути экономического и социального развития, играет важную конструктивную роль в региональных и международных делах.

Вы лично вносите большой вклад в упрочение отношений всеобъемлющего стратегического партнерства и союзничества между нашими странами. И мы, конечно, продолжим тесную совместную работу по актуальным вопросам двустороннего сотрудничества - на благо дружественных народов России и Узбекистана, в интересах обеспечения региональной стабильности и безопасности.

От души желаю Вам крепкого здоровья, благополучия и успехов в государственной деятельности.

С уважением,

Владимир Путин,
Президент Российской Федерации


Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

📝🟦🟦BIZHAQIMIZDA

🔰QAROR VA IJRO


🟢Maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tartibi takomillashmoqda

✍️Batafsil "Toshkent haqiqati" gazetasi sahifalarida

🖊Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#Сўраган_эдингиз
#мактабгача_таълим

❓Men oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bogʻcha rahbariman. Endilikda kambagʻal oilalar bolalari uchun oilaviy bogʻcha uchun toʻlanadigan pulning maʼlum bir qismi davlat tomonidan berilarkan, shu toʻgʻrimi?

✅ Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi tegishli qarorida bu haqida batafsil keltirib oʻtilgan. Unga koʻra:


🔹 2025-yil 1-avgustdan boshlab — ayrim toifadagi oilalar farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ushbu bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish (kompensatsiya ajratish) tartibi joriy qilinadi.

➖ Bunda kompensatsiya miqdori ota-onalar toʻlovining 40 foizi miqdorida, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻrtasida tuzilgan bitimda belgilangan oʻrinlarning 15 foizidan koʻp boʻlmagan qismiga ajratiladi.

👉 Kompensatsiya oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining hisobvaragʻiga ularga ajratiladigan subsidiyalar bilan birga toʻlab boriladi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐
Youtube                     🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таваллуд куни муносабати билан хорижий давлатлар, ҳукуматлар, парламентлар, нуфузли халқаро ташкилотлар, етакчи хорижий компаниялар раҳбарлари, таниқли жамоат, дин ва спорт арбоблари, мамлакатимизнинг барча ҳудудлари ва хориждаги юртдошларимиздан самимий қутловлар келмоқда.

Мактубларда Ўзбекистон Президенти раҳбарлигида аҳоли фаровонлигини ошириш, мамлакат барқарорлиги ва изчил тараққиётини таъминлаш, унинг халқаро нуфузини мустаҳкамлашга қаратилган ортга қайтмас сиёсий ислоҳотлар ва ижтимоий-иқтисодий янгиланишлар дастурини самарали амалга ошириш борасида эришилган юксак натижалар қайд этилган.

Президентимизга мустаҳкам соғлик ва масъулиятли давлатчилик фаолиятида янги муваффақиятлар, Ўзбекистоннинг кўп миллатли халқига эса тинчлик-осойишталик, фаровонлик ва равнақ тилаклари изҳор этилган.

Шунингдек, бугун давлатимиз раҳбарининг кўплаб мамлакатлар етакчилари билан телефон орқали мулоқотлари режалаштирилган.

В связи с днем рождения Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева поступают сердечные поздравления от глав иностранных государств, правительств, парламентов, авторитетных международных организаций, ведущих зарубежных компаний, видных общественных, религиозных и спортивных деятелей, наших соотечественников со всех регионов страны и за рубежом.

В посланиях отмечаются достигнутые под руководством Президента Узбекистана высокие результаты в области эффективной реализации программы необратимых политических реформ и социально-экономических преобразований, направленных на повышение благосостояния населения, обеспечение стабильности и устойчивого развития страны, укрепление ее международного авторитета.

Выражаются искренние пожелания крепкого здоровья и новых успехов в ответственной государственной деятельности, а также мира, благополучия и процветания многонациональному народу Узбекистана.

Сегодня также предусматривается проведение Президентом нашей страны телефонных разговоров с главами ряда государств.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#Tayinlov

Burxonov Shukur Burxonovich Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sh. Burxonov 1968-yilda Toshkent viloyatining Piskent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. U 1994-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini, 2009 - yili esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Sh. Burxonov xalq ta’limi tizimida keng amaliy tajribaga ega bo‘lib, Toshkent shahri va uning tumanlarida bir qator mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Yashnobod tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Жиззах вилоятига ташриф буюриб, саноат ва ижтимоий соҳада амалга оширилаётган ишлар, янги ишлаб чиқариш қувватлари ва бошқа объектлар билан танишади.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Джизакскую область, где ознакомится с проводимой работой в промышленности и социальной сфере, новыми производственными мощностями и другими объектами.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

🔴O‘RGANISH
#БОШҚАРМА_БОШЛИҒИ_ҲУДУДЛАРДА

📝SHUKUR BURXONOV ILK RIVOJLANISH MARKAZI OCHILISHIGA TAYYORGARLIK ISHLARI BILAN TANISHDI
📍Bo‘ka tumani

✉️Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burxonov joriy yil 18-19-20-iyul kunlari 2024-2025-o‘quv yilida ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar faoliyatini o‘rganish va metodik ko‘mak berish maqsadida hududlarda bo‘ldi.

📍Boshqarma boshlig‘i dastlab, Zangiota (3-sonli), Yangiyo‘l (7-19-sonli), Piskent (9-38-sonli) tumanlaridagi ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan umumta’lim maktablarida o‘rganish olib bordi.

🗓19-iyul kuni boshqarma boshlig‘i Shukur Burxonov, mas’ullar hamrohligida Bo‘ka va Bekobod tumanlarida bo‘ldi.
◀️Dastlab, Bo‘ka tumanida tashkil etilayotgan Ilk rivojlanish markazning faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

📝Ma’lumki, mazkur markazlar 2026-2028-yillar davomida bosqichma-bosqich barcha tuman shaharlarda tashkil etilishi rejalashtirilgan. Toshkent viloyatida joriy yilda Qibray, Zangiota, Quyi Chirchiq va Bo‘ka tumanlarida faoliyat boshlaydi.


◀️Dastlab boshqarma boshlig‘i, Markaz uchun ajratilgan binoning holatini o‘rgandi. Mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va vazifalar berdi.

🗓Shu kunning o‘zida Shukur Burxonov, mazkur Markaz faoliyati bilan bog‘liq ishlar va ularni amalga oshirish borasida Bo‘ka tumani hokimi Baxtiyor Begmatov bilan uchrashib, mas’ullar ishtirokida hamkorlik bo‘yicha gaplashib olishdi.

➡️Tuman hokimi Baxtiyor Begmatov Markaz faoliyat boshlashi nazarda tutilgan tumandagi "Do‘stlik" MFYda joylashgan binoni ta’mirlashda, obodonlashtirish ishlarida yordam ko‘rsatishni va shu o‘rinda ta’limga doim e’tiborda ekanliglarini ta’kidladi.

🔴Ayni paytda hududda obodonlashtirish ishlari nihoyasiga yetkazilib, binoni to‘liq ta’mirlash ishlari boshlangan.


🖊Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

🔴O‘RGANISH

🟢#Бошқарма_бошлиғи_ҳудудларда
📍Yangiyo‘l tumani

📝Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burxonov joriy yil 18-iyul kuni 2024-2025-o‘quv yilida ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar faoliyatini o‘rganish va metodik ko‘mak berish maqsadida hududlarda bo‘ldi.

🟠Boshqarma boshlig‘i dastlab, Zangiota tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasada ta’lim darajasini, pedagoglar salohiyatini oshirish borasida amalga oshirish kerak bo‘lgan vazifalar yuzsidan ko‘rsatmalar berdi.

🟠Shundan so‘ng, Yangiyo‘l tumanida joylashgan 7-19-sonli umumta’lim maktablari faoliyatini o‘rgandi. Maktablarda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan "Dolzarb 90 kun"lik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.


◀️Bugungi kunda 239 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan 7-sonli umumta’lim maktabida ta’lim darajasini oshirish, muassasaga salohiyatli kadrlarni jalb qilish borasida tavsiyalar berdi.

📎E’tiborlisi, maktabda "Dolzab 90 kun"lik doirasida maqtovga loyiq ishlar qilinmoqda. Birgina sport to‘garaklarining o‘ziga qo‘shni maktablardan ham o‘quchilar kelayotgani, mashg‘ulotlarni maktabning sobiq chempion o‘quvchilari olib borayotgani e’tirofga loyiq.

➡️Hududdagi 19-sonli umumta’lim maktabida 424 nafar o‘quvchilar tahsil oladi. Joriy o‘quv yir qator yo‘nalishlarda talab darajasida bo‘lmaganligi bois ta’lim darajasi natijalari qoniqarli bo‘lmagan.

📝Boshqarma boshlig‘i muassasa rahbariyatiga ta’lim sifatini oshirish doirasida qilinishi kerak bo'lgan ishlar yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

📸Jarayonlar fotolavhalarda

🖊Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#TAYINLOV

📝Bugun Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

➡️Yig‘ilishda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov hamda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Sultonbekovlar ishtirok etdi.

➡️Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Burxonov Shukur Burxanovich Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

🔰Shukur Burxonov 1968-yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1994-yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti, 2009-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

➡️Tayinlovga qadar Toshkent shahar Yashnobod tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

"Dolzarb 90 kun" tadbirlari davom etmoqda

"Mahalla" telekanali navbatdagi lavhasida Yangiyo‘l tumanidagi 22-maktab haqida so‘zlaydi.

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

"Axir men o‘qituvchi edim..."

➡️Mamlakatimizda amalga oshirilgan yangi islohotlar jarayonida pedagoglarni majburiy mehnatdan ozod etish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Bu orqali o‘qituvchilarning mehnat huquqlari himoya qilinib, ularni o‘zlarining asosiy vazifasi — taʼlim va tarbiya berishga to‘liq jalb etishga shart-sharoit yaratildi. Mazkur chora-tadbirlar taʼlim sifatini oshirish, o‘qituvchi nufuzini ko‘tarish hamda sohaga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qila oldi.

➡️Bu haqda "Madaniyat va maʼrifat" telekanali tomonidan tayyorlangan ko‘rsatuvda Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi 9-maktab o‘qituvchisi Rustamjon Soliyev hikoyasini tinglab, yana bir bor guvoh bo‘lishingiz mumkin.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#Jasorat_maktabi

📣 “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi

✅ Xabaringiz bor, joriy yilning iyul oyida “Jasorat maktablari”ga kirish uchun ikki (test, jismoniy tayyorgarlik) bosqichli imtihonlar boʻlib oʻtgan edi.

➖ Mazkur sinovlar yakuniy natijalari bilan
ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Izoh: roʻyxatdagi alohida rang belgilari quyidagi maʼnoni anglatadi:

🟢 yashil rang — oʻqishga qabul qilingan;
🟡 sariq rang — nomzodning egallagan bali boshqa nomzodlar bilan teng kelganligi sababli qoʻshimcha ravishda jismoniy tayyorgarlik imtihoni topshirish talab etiladi;
⚪️ oq rang — oʻqishga kirishga tavsiya etilmagan.

👉 Maʼlumot uchun: imtihon yakuniy natijalariga koʻra, kvota doirasida ballari teng boʻlgan nomzodlar uchun jismoniy tayorgarlikdan qoʻshimcha sport sinovlari boʻlib oʻtadi.

✍️ Uning oʻtkazilish vaqti va joyi haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Visionary Leader - узоқни кўзлаб юқори мақсад қўядиган ва унга эришиш йўлида жамоани сафарбар қила оладиган Давлат Раҳбари туфайли Ўзбекистон АйТи хабга айланиб бормоқда!

Бугунги Global Business Services Forum иштирокчиларининг аксарияти айнан шундай хулосага келганини ўртоқлашишди.

2017 йилда хали конвертация очилмаган, четдан келадиган сайёхлар ва бизнесга эса чегара, божхона ва бошқа давлат органлари худди хорижий шпион сифатида қарайдиган ҳолатда Президентимиз Ўзбекистон ёшлари четга кетиб эмас, масофадан ишлаб юқори даромад топишига шароит яратиш мақсадида мамлакатимизни АйТи хабга айлантириш вазифасини белгилаганларида кўпчилик буни қанчалик муҳим қарор эканлигини тасаввур ҳам қила олмаганди.

Нафақат бир Фармон билан солиқ имтиёзлари берилиши, балки Давлатимиз Раҳбари томонидан тизимли қўллаб-қувватлаб борилиши натижасида ёшларимиз учун АйТи соҳасида имкониятлар кундан кунга кенгайиб бормоқда. 2017 йилда атиги 4 та хорижий капитал иштирокидаги АйТи компания бўлган бўлса, хозир ойига 30дан ортиқ янги чет эл компанияси ўз офисини юртимизда, хусусан худудларимизда очиб бормоқда.

Ёшларимиз ўз юртимизда юқори даромадли иш топишлари учун фақат чет тиллари ва замонавий касбларни кўпроқ ўрганиб боришлари керак холос.

#24_июль #IT_Park

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#sport

✅ Kuni kecha voleybol sport turi boʻyicha “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” musobaqasining respublika bosqichiga start berildi.

➖ Navoiy viloyatida boʻlib oʻtayotgan ushbu bahslarda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan umumtaʼlim maktablarining 7–8-sinf oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻzaro kuch sinashmoqda.

👉 Mazkur musobaqa yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularning voleybol sport turiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish va iqtidorli yosh sportchilarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон билан телефон орқали мулоқот қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провёл телефонный разговор с Президентом Республики Таджикистан Эмомали Рахмоном.

#Mirziyoyev #muloqot #Tojikiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

📱🟦🟦BIZ HAQIMIZDA

📝"Dolzarb 90 kun"
📍Bo‘stonliq tumani

➡️Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilinayotgan "Dolzarb 90 kun"lik doirasida viloyatimizning Bo‘stonliq tumanida joylashgan umumta’lim maktablarida ham samarali ishlar qilinmoqda. Tumandagi 15,-44-sonli umumta’lim maktablari misolida buni yaqqol ko‘rish mumkin.

📱Batafsil "Nurafshon" telekanalining "Reportaj" ko‘rsatuvida

🖊Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

📣🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

🟢Hurmatli pedagoglar, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari!

➡️Sizda rahbarlik salohiyati mavjud bo‘lib, jamoani shakllantirish va boshqarish borasida yangiliklar qilishni, ta’lim sifatini oshirishda o‘z hissangizni qo‘shmoqchimisiz?

🟢Unda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi sizlarni menedjerlik o‘quv kurslarida o‘qishga taklif qiladi.

➡️Ma’lumki, 2023-yildan boshlab, "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida"gi nizom asosida Menejerlik o‘quv kurslarini tashkil etish va ularga nomzodlarni qabul qilish boshlangan.

➡️Hoziroq menedjerlik sertifikatiga ega bo‘lish istagi mavjud nomzodlar manager.uzedu.uz platformasi orqali o‘quv kurslarida ishtirok etib, sertifikatga ega bo‘lishlari hamda Toshkent viloyatidagi vakant bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlik lavozimlariga hujjat topshirishlari mumkin.

🖊Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

🔴O‘RGANISH

📝BOSHQARMA BOSHLIG‘I HUDUDLARDA
📍Toshkent tumani

➡️Ayni kunlarda barcha hududlarda yangi o‘quv yilmga tayyorgarlik ishlari jadal ketmoqda. Yangi umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari qurilmoqda, mavjud ta’mirtalablari kapital ta’mirdan chiqarilmoqda.

➡️Kuni kecha viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burxonov Toshkent tumanida bo‘lib hududdagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida bo‘ldi.

📌Dastlab, tumandagi "Halimkor" MFYda qurilayotgan yangi maktab binosi bilan tanishdi. Olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Quruvchilar bilan suhbatlashib, ularga hamda taklif va tavsiyalarini berdi.

📌Shundan so‘ng hududdagi 25-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi. Tashkilot pedagog kadrlari hamda rahbariyati bilan uchrashib, ularning yangi mavsumdagi rejalri bilan tanishdi.

📌Shu kunning o‘zida boshqarma boshlig‘i tumandagi 17-sonli umumta’lim maktabida ham bo‘ldi. Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, qurilish-ta’mirlash ishlari qaysi jarayonda ekanligini o‘rgandi. Mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va vazifalarni belgilab berdi.

🖊Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

📣🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

🟢Hurmatli pedagoglar, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari!

➡️Sizda rahbarlik salohiyati mavjud bo‘lib, jamoani shakllantirish va boshqarish borasida yangiliklar qilishni, ta’lim sifatini oshirishda o‘z hissangizni qo‘shmoqchimisiz?

🟢Unda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi sizlarni menedjerlik o‘quv kurslarida o‘qishga taklif qiladi.

➡️Ma’lumki, 2023-yildan boshlab, "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida"gi nizom asosida Menejerlik o‘quv kurslarini tashkil etish va ularga nomzodlarni qabul qilish boshlangan.

➡️Hoziroq menedjerlik sertifikatiga ega bo‘lish istagi mavjud nomzodlar manager.uzedu.uz platformasi orqali o‘quv kurslarida ishtirok etib, sertifikatga ega bo‘lishlari hamda Toshkent viloyatidagi vakant bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlik lavozimlariga hujjat topshirishlari mumkin.

🖊Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

✔️ Joriy yilning 6-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.

✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/J25-preselection-results/

Quyidagi halova orqali ham natijalaringizni bilishingiz mumkin: https://portal.piima.uz/page/ps1

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

🔴🟦🟦🟦
📝ILK RIVOJLANISH MARKAZI OCHILISHIGA TAYYORGARLIK
📍Bo‘ka tumani

🟠Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burxonov 19-iyul kuni Bo‘ka tumanida Davlatimiz rahbarining "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-330-sonli qarorlari asosida tashkil etilayotgan Ilk rivojlanish markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

📸Jarayonlar fotolavhalarda

🖊Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

🔴O‘RGANISH

🟢#Boshqarma_boshlig‘i_hududlarda
📍Piskent tumani

🔰Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burxonov 18-iyul kuni Piskent tumanidagi umumta’lim maktablarida bo‘ldi.

◀️Xususan, hududdagi 2024-2025-o‘quv yilida ta'lim darajasi yuqori bo‘lmagan 9-, 38-sonli umumta’lim maktablari faoliyati bilan tanishdi.

➡️Dastlab, 38-maktabda bo‘lib, bugungi kungacha amalga oshirlgan ishlarni o‘rgandi. Kamchiliklarni bartaraf etish borasida taklif va tavsiyalar berdi. Shu kunning o‘zida hududdagi 9-maktabda ham bo‘ldi. Ta’lim muassasasida "Dolzarb 90 kunlik" doirasida qilinayotgan ishlar, jumladan, to‘garaklar faoliyati, yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalarini ko‘zdan kechirdi.


◀️Shukur Buroxonov ta’lim sifatini oshirish, maktabga malakli pedagoglarni jalb etish borasida o‘z tavsiyalarini berdi.

📸Jarayonlar fotolavhalarda

🖊Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

🔴O‘RGANISH

🟢#Бошқарма_бошлиғи_ҳудудларда
📍Zangiota tumani

📝Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burxonov bugun 2024-2025-o‘quv yilida ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar faoliyatini o‘rganish va metodik ko‘mak berish maqsadida hududlarda bo‘ldi.

🟠Boshqarma boshlig‘i dastlab, Zangiota tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi. O‘rganish jarayonida muassasada ta’lim darajasini, pedagoglar salohiyatini oshirish borasida amalga oshirish kerak bo‘lgan vazifalar yuzsidan ko‘rsatmalar berdi.

📸Jarayonlar fotolavhalarda

🖊Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

📢 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati haqida

📚 Maktabda o‘qish:
• To‘liq ingliz tilida,
• IB (Xalqaro bakalavriat) dasturi asosida,
• 9-sinfdan imtihon bilan qabul qilinadi.
• Bitirgach — davlat shahodatnomasi + IB diplomi.

🌍 IB diplomi bilan TOP-10 universitetlarga kirishda katta ustunlikka ega bo‘lasiz. Foundation yilini o'qishiz shart bo'lmaydi va bakalavriatni 3 yilda tamomlaysiz.

🎓 Agar bitiruvchi TOP-10 universitetga 50% grant bilan qabul qilinsa, qolgan xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi.

📍 Kelajak shu yerdan boshlanadi!
📲 Bizni kuzatib boring!
@alberuniyuzb

#AlBeruniyMaktabi #IBDiploma #XalqaroTaʼlim #TOP10Universitetlar

Читать полностью…
Subscribe to a channel