Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Magistratura mutaxassisliklariga qabul davom etmoqda
🏛 Zamonaviy auditoriyalar, interaktiv doskalar bilan jihozlangan o‘quv xonalar va malakali professor-o‘qituvchilar sizni kutmoqda.
Ta’lim olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan! Siz ham bugun o‘z kelajagingiz sari birinchi qadamni qo‘ying!
📍 Manzil: Surxondaryo viloyati, Denov shahri, Sh. Rashidov ko‘chasi, 36-uy
📞 Murojaat uchun telefon: (76) 228-08-27
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|DTPI">Youtube
🟦🟦🟦🟦🟦
✅Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti
ТеrDU doktoranti xalqaro ekspeditsiya tarkibida
TerDU rektor huzurida moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor tarkibiga kiruvchi bo‘lim va tuzilmalar mas’ullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Qumqo‘rg‘on tumanida TerDUning targ‘ibot tadbiri va mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi!
"Dolzarb 90 kun" – Talabalarning ilmiy salohiyatiga turtki!
Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Termiz davlat universitetining "Karyera kuni va mehnat yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi.
Texnikum bitiruvchilari ta’limni suhbat asosida TerDUda davom ettirishlari mumkin!
TerDU talabalari Pekinda xalqaro yozgi maktabda!
Surxondaryoda test sinovlarining navbatdagi kuni ham yuqori kayfiyatda boshlandi.
Bizni kuzating
⚡️Akademik litseylarga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjat topshirgan o‘quvchilar diqqatiga!
Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini olishi mumkin:
1️⃣ my.edu.uz platformasida shaxsiy kabinetga login va parol bilan kirgan holda yuklab olishi;
2️⃣ Bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.
❗️Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda👈
👉 IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)
#Qabul2025 #AkademikLitsey #Ruxsatnoma
Bizni kuzating
#Mutolaa
🔶 Hikoya: Bemor
✏️Abdulla Qahhorning "Anor" hikoyalar to‘plamidan
🕖 Davomiyligi: 03:29
🎧 Hikoya audiosini Dilbar Boboqulova o‘qidi.
Bizni kuzating
Eslatma: OTMlarda grant o‘rinlarini qayta taqsimlashda ishtirok etuvchilar ro‘yxatdan o‘tmoqda!
Hurmatli talabalar! Davlat grantlari asosida ta’lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun OTM veb-saytlari orqali ro‘yxatdan o‘tishni unutmang!
🎓 Ta’lim grantlari turlari:
1️⃣ To‘liq ta’lim granti
🟢O‘qitish xarajati 100% Davlat budjetidan qoplanadi
🟢Stipendiya beriladi
🟢GPA: 3,5 va undan yuqori
❗️Ro‘yxatdan o‘tish: OTM veb-sayti orqali
2️⃣ To‘liq bo‘lmagan ta’lim granti
🟢To‘lov-kontraktning 50% Davlat budjetidan qoplanadi
🟢Stipendiya berilmaydi
🟢GPA: 3,5 va undan yuqori
❗️Ro‘yxatdan o‘tish: OTM veb-sayti orqali
3️⃣ Qo‘shimcha davlat granti
🟢O‘qitish xarajati 100% Davlat budjetidan qoplanadi
🟢Stipendiya beriladi
🟢GPA: 4,0 va undan yuqori
🟢Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 20-iyulgacha
❗️Ro‘yxatdan o‘tish: OTM veb-sayti orqali
4️⃣ Oliy ta’lim tashkiloti granti
🟢GPA: 3,3 dan 4,0 gacha
🟢Grant miqdori OTM tomonidan belgilanadi
🟢Faqat moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar talabalari ishtirok etadi
❗️Ro‘yxatdan o‘tish: OTM veb-sayti orqali
Ro‘yxatdan o‘tishda faollik ko‘rsating va OTM e’lonlarini doimiy kuzatib boring!
📎Batafsil ma’lumot: OTM rasmiy sahifasi yoki @eduuz kanalida.
Bizni kuzating
Choʻmilish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalardan ogoh boʻling!
Xavfsizligingiz — oʻz qoʻlingizda!
Suvga shoʻngʻishdan oldin har doim joyni tekshiring.
Suv havzasining chuqurligi va oqimini biling.
Bolalarga alohida e’tibor bering, ularni nazoratda saqlang.
Alkogol ta’sirida choʻmilishdan saqlaning.
Favqulodda vaziyatda yordam chaqirish usullarini biling.
Bizni kuzating
#kvota2025 #davlat_buyurtmasi #magistr
⚡️Magistratura ta’lim yo‘nalishlari uchun davlat granti
4-yillik davrda oliy ta’lim tashkilotlariga magistraturaning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari
▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 9 922 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 10 191 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 10 477 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 10 784 ta.
Bizni kuzating
#kvota2025 #davlat_buyurtmasi
Bakalavr va magistratura qabuli uchun 4 yillik davlat granti o‘rinlari tasdiqlandi
Prezidentning tegishli farmoyishi (PF–43-son, 18.07.2025 y.) bilan 2025/2026-o‘quv yili va kelgusi uch yil uchun oliy ta’lim tashkilotlariga qabul bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
Bakalavriat va magistratura bosqichlariga jami 45 422 ta ajratilgan davlat granti o‘rinlari quyidagicha belgilandi:
🔸Bakalavriat (kunduzgi ta’lim shakli) – 35 500 nafar,
🔹Magistratura (kunduzgi ta’lim shakli) – 9 922 nafar.
Shuningdek:
➖Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun – 1 320 ta,
➖Xorijdagi vatandosh yoshlarga – 30 ta,
➖Xotin-qizlar uchun – 4 000 ta grant belgilandi.
Qabul parametrlarining taqsimoti:
▪️Hududlar va sohalar ehtiyojiga qarab,
▪️Imtiyozga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha parametrlarga asoslangan holda,
▪️Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tish ballari va granti/to‘lov-kontrakt asosida aniqlanadi.
Bundan tashqari, ayrim sohalarning (tillar, san’at, sport va boshqalar) o‘ziga xosliklari inobatga olinadi.
Yangi tizim orqali davlat granti imtiyozlari shaffoflik asosida beriladi va yuqori ball to‘plagan abituriyentlar talabalikka tavsiya etiladi.
Bizni kuzating
Kecha TerDUning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mas’ullari tashabbusi bilan «Qabul-2025» komissiyasi a’zolari ishtirokida «Korrupsiya taraqqiyot kushandasi», “Korrupsiya jamiyat tanasidagi saraton»” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.
Jarayonda Termiz davlat universiteti Kengashining 2023 yil 26 avgustdagi 1-son yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan «Termiz davlat universitetining ichki tartibi qoidalari» va «Odob-axloq kodeksi» hamda boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlarning ahamiyati yana bir bor uqtirildi. Shuningdek, ayni vaqtda oliy ta’lim tizimida kuzatilayotgan ayrim korrupsion holatlar haqida statistik ma’lumotlar va misollar keltirib, ularning salbiy oqibatlari xususida to‘xtalib o‘tildi.
Bizni kuzating
#Kun_hikmati
Ilm fikrning xos mevasidir. Agar qalbda ilm hosil bo‘lsa holati o‘zgaradi, holati o‘zgarsa a’zolarning amali o‘zgaradi. Bas, amal holatga, holat ilmga, ilm fikrga tobedir.
Imom G‘azzoliy
Bizni kuzating
#natija_2025
UCHUNCHI KUN NATIJALARI E’LON QILINDI
📆 2025-yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot
4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar test natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Eʼlon
Ish qidiryapsiz, lekin nimadan boshlashni bilmaysizmi?
Bizni kuzating
📣Abituriyentlar diqqatiga!
Endilikda O‘zbekistonning 14 ta texnikumida BTEC xalqaro ta’lim dasturi asosida 100% grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud!
💡Bu dastur sizga nima beradi?
✔️100 foiz grant asosida ta’lim olish
✔️ Xalqaro darajadagi kasb egasi bo‘lish
✔️ Buyuk Britaniyada amaliyot o‘tash
✔️ 70 dan ortiq davlatda tan olinadigan diplom
✔️ Yevropa, Osiyo va Amerikada o‘qish va ishlash imkoniyati.
🧑🏻💻 Hujjatlar 20-iyulga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi.
➡️Ta’lim shakli: kunduzgi
📊 Ajratilgan kvotalar bilan tanishing:
🟢9-sinf bitiruvchilari uchun kvota👈
🟢11-sinf bitiruvchilari uchun kvota👈 (qabul avgust oyida boshlanadi)
➡️BTEC xalqaro dasturlari joriy etiladigan texnikumlar ro‘yxati👈
✍️ Kasb tanlang, xalqaro imkoniyatlarga yo‘l oching!
#BTEC #Texnikum #XalqaroTaʼlim #Abituriyent2025
Bizni kuzating
Mahalla – davlat va fuqaro o‘rtasidagi muhim bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va infratuzilmaviy masalalarni hal etishda alohida o‘rin tutadi. Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan "Mahalla yettiligi" tizimi aholining turmush sifatini oshirishga qaratilgan muhim islohotlardan biri hisoblanadi.
Ushbu tizim orqali aholi daromadlarini oshirish, ishsizlikni kamaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar bilan samarali ishlash, jinoyatchilikni oldini olish, erta nikohlarning oldini olish kabi muhim vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur yo‘nalishdagi ishlar va "yettilik" faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Unda davlat boshqaruvi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, "Mahalla yettiligi"ning viloyat boshqarmalari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari hamda ularning tegishli o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tizim samaradorligini yanada oshirish, muammolarni mahallaning o‘zida hal etish, aholi ehtiyojlarini o‘rganish va manzilli yordamni tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, hududlarda hokim, prokuror, ichki ishlar va soliq organlari rahbarlariga har kuni ikkitadan mahallada "yettilik" faoliyatini o‘rganish va amaliy natijalarga erishish vazifasi yuklatildi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahridagi ixtisoslashtirilgan san’at maktabida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirayotgan abituriyentlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Xususan, ota-onalar uchun tashkil etilgan kutish maskanlaridagi imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi va ularning fikr-mulohazalari tinglandi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X
🟦🟦🟦 🟦🟦
📆 “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDA
“REKTOR KUBOGI” ONLAYN TANLOVLARIGA START BERILDI!
Hurmatli talabalar!
Termiz davlat universiteti rektorining 2025-yil 17- iyuldagi 124-U-sonli buyrug’i asosida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida “Rektor kubogi” onlayn tanlovlari e’lon qilinadi.
🎯 Tanlovning asosiy maqsadlari:
✅ Talabalar o‘rtasida kitobxonlik, vatanparvarlik va estetik didni shakllantirish;
✅ Yozgi ta’tilni samarali va ijodiy ruhda o‘tkazish;
✅ Yoshlarning fikrlash madaniyatini rivojlantirish va o‘z iqtidorini namoyon etish imkonini yaratish.
📝 Tanlov yo‘nalishlari va tavsifi:
1⃣ “Bir haftada – bir kitob”
📹 O‘qilgan asar yuzasidan 2–3 daqiqalik video-sharh tayyorlanadi.
🟢 Asarning tushunilishi
🟢 Fikrlar izchilligi, til madaniyati
🟢 Video sifati va kreativlik asosida baholanadi.
2⃣ “Mening O‘zbekistonim”
📽 Yurt tarixiga, tabiati yoki taraqqiyotiga bag‘ishlangan 1–3 daqiqalik videorolik.
🟢 G‘oya va mazmun,
🟢 Vatanparvarlik ruhi,
🟢 Montaj sifati e’tiborga olinadi.
3⃣ “Men sevgan asar”
🎞 Sevimli adabiy asaringizga oid tahliliy, shaxsiy taassurotlarga boy videorolik.
🟢 Asarga yondashuv,
🟢 Ifoda uslubi,
🟢 Kreativlik mezonlar asosida baholanadi.
📌 Tanlov shartlari:
📍 Tanlovda Termiz davlat universiteti talabasi bo‘lgan har bir yosh ixtiyoriy ishtirok etishi mumkin.
📍 Har bir ishtirokchi bitta yo‘nalishda qatnashishi mumkin.
📍 Ishlar elektron shaklda fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga yuboriladi.
📅 Ariza va ishlarni topshirish muddati: 2025-yil 20-avgustgacha.
🏆 G‘oliblarni mukofotlash tartibi:
🥇 1-o‘rin – bazaviy stipendiyaning 4 baravari;
🥈 2-o‘rin – bazaviy stipendiyaning 3 baravari;
🥉 3-o‘rin – bazaviy stipendiyaning 2 baravari.
Bizni kuzating
#qulaylik
Har bir kadr - bu imkoniyat: Termiz davlat universiteti tavsiya etadi
Endilikda siz viloyatda yagona bo‘lgan, zamonaviy texnologiyalarga ega "Jalinga" interaktiv videostudiyasidagi imkoniyatlardan to’laqonli foydalanishingiz mumkin.
• Sizni mamnun etuvchi servis;
• Oson va tez tayyor bo'luvchi video material;
• Spiker uchun qulay interaktiv studiya;
"Reklama, vlog, intervyu yoki ta’limiy video – hammasi bir joyda!
Termiz davlat universitetining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun bepul.
Bizni kuzating
"Iste'dod" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Sevara Qubonova | 34-son
Читать полностью…⚡️Termiz davlat universitetiga 2025/2026-o‘quv yili bo'yicha o'qishga kirish uchun ro'yxatdan o'tgan alohida ta’lim imkoniyatlari mavjud (ko’zi ojiz va ko’zi zaif ko’ruvchi) abituriyentlar diqqatiga!
🟢 Termiz davlat universitetining quyidagi bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o’qishga kirish uchun ro'yxatdan o'tgan (ko’zi ojiz va ko’zi zaif ko’ruvchi) abituriyentlarga imtihon (suhbat) joriy yilning
24-iyul kuni soat 08:00 da universitet qabul komissiyasi binosi
37.2317092,67.2881873,152m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352da6b0f82173:0xce5acbd6b7550acb!8m2!3d37.2317828!4d67.2884525!16s%2Fg%2F11t0s_5hbc?entry=ttu"> (Axborot texnologiyalari fakulteti o‘quv binosi)da bo'lib o'tadi.
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari:
🟢Psixologiya;
🟢Tarix;
🟢Adaptiv jismoniy tarbiya va sport;
🟢Fizika;
🟢Kutubxona-axborot faoliyati;
🟢Sport faoliyati: dzyudo;
🟢Sport faoliyati: yengil atletika;
🟢Sport faoliyati: futbol;
🟢Yurisprudensiya;
🟢Axborot tizimlari va texnologiyalari;
🟢Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili;
🟢Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili;
🟢Jurnalistika;
🟢Moliya va moliyaviy texnologiyalar.
Barcha ta'lim yo'nalishlari bo'yicha imtihonlar suhbat shaklida o'tkaziladi (sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) va Jurnalistika yo'nalishlari bo'yicha esa imtihon kasbiy (ijodiy) imtihon va suhbat shaklida o'tkaziladi). Abituriyentlar ta'lim yo'nalishlari bo'yicha asosiy
(2 ta) va majburiy (3 ta) fan bo‘yicha (suhbat asosida) imtihon topshiradilar.
Eslatma: Imtihon (suhbat) jarayonida ishtirok etuvchi har bir abituriyentdan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini olib kelishlari so‘raladi.
Bog'lanish uchun telefon: +998975518151
Fan dasturlari ushbu havolada: https://tersu.uz/struct/view/1000419
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#eslatma
Talabalarga grantlar taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi amalda!
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʼgʼrisidagi nizom” tasdiqlandi. Mazkur qarorda talabalarga ajratiladigan davlat grantlarini adolatli va shaffof taqsimlash, oʼqishda yuqori koʼrsatkichlarga ega talabalarni ragʼbatlantirish, grant mablagʼlaridan maqsadli va samarali foydalanishning aniq mexanizmi belgilandi.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 16-maydagi 186-sonli buyrugʼi bilan oliy taʼlim muassasalarida talabalarning Ijtimoiy faollik indeksini joriy etish boʼyicha metodik talablar belgilandi.
Mazkur qaror va buyruq ijrosini taʼminlash maqsadida Termiz davlat universitetida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, talabalarning ijtimoiy faolligi va oʼquvdagi yutuqlarini baholash hamda grantlar taqsimotini shaffof tashkil etish uchun maxsus elektron platforma — grant.tersu.uz ishlab chiqildi.
Grant ajratilishi yoki qayta taqsimlanishi uchun talabalar 2025-yil 20-iyulgacha platformadan roʼyxatdan oʼtib, elektron ariza va tegishli hujjatlarni topshirishlari lozim. Аrizalar maxsus tuzilgan komissiyalar tomonidan koʼrib chiqiladi va natijalar belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.
Bizni kuzating
#Dolzarb90kun
"Dolzarb 90 Kun": amaliy kimyo laboratoriyasi – talabalar uchun ilmiy rivoj yo‘li
Yozgi ta’til davrida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Amaliy kimyo laboratoriyasi" to‘garagi tashkil etildi.
Mazkur to‘garak orqali talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
✅ Nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash,
✅ Kimyoviy tajribalar o‘tkazish ko‘nikmalarini rivojlantirish,
✅ Zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan ishlashni o‘rganish,
✅ Kimyo faniga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish.
"Amaliy kimyo laboratoriyasi" to‘garagi – bu talabalar uchun nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish, kasbiy mahorat hamda ilmiy salohiyatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim maydon bo‘lib, kelajakda yuqori malakali mutaxassislar yetishib chiqishiga zamin yaratadi.
Bizni kuzating
#kvota2025 #davlat_buyurtmasi #bakalavr
⚡️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 4 yillik davlat granti
2025/2026 va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari:
▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 761 ta.
Bizni kuzating
#Kun_hikmati
To'xtamasangiz, qanchalik sekin borishingiz muhim emas.
Konfutsiy
Bizni kuzating
#ijtimoiy_rolik
📹 JOY BER!
Joy ber!
Mening yelkamga botib ketdi bu yuk. Bu yukni manzilga yetkazishim kerak! Keksaydim, sochim oqardi, yelkam qavardi, tizzalarimga og‘riq kirdi. Mamont va filni yetaklagan qo‘llarim toldi. Bu yuk nima? Bu og‘ir va tabarruk yuk. Bu or-nomusning yuki, burchning, mehr va sadoqatning muqaddas yuki. Hayot yuki!
Menga joy ber, bolam!
Biz bitta vagonda, bitta avtobusda, yo‘q-yo‘q – bitta dunyoda ketyapmiz.
Sen, ey, I asrning qiz-u o‘g‘loni! Ey, qo‘lidagi smartfonga mahliyo avlod! Ey, hayotimning davomchisi, kamolim kelajagi! Xizmat qilganlarga, keksalarga, hayotda senga joyini berib ketayotganlarga, andisha qilib tik turganlarga, avvalo onalarga, bo‘lg‘usi onalarga – vatanning tirik timsollariga joy ber!
JOY BER!
JOY BER!
JOY BER!
Bizni kuzating
🎓 Surxondaryoda test sinovlarining navbatdagi kuni ham yuqori kayfiyatda boshlandi.
Bugun, Surxondaryo viloyatidagi belgilangan test markazlarida oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha test sinovlarining beshinchi kuni yuqori tashkilotchilik va intizom asosida boshlandi.
🟢Test jarayonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan jadval va talablar asosida, barcha xavfsizlik hamda qulaylik choralariga amal qilgan holda tashkil etilmoqda.
🟢 Ushbu muhim jarayonda Termiz davlat universitetining ishchi guruhi ham faol ishtirok etyapti. Ular abituriyentlarga zarur yordam va maslahatlarni taqdim etib, test sinovlarining adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlashga hissa qo‘shmoqda.
✅ Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!
Bizni kuzating
#talabalar #Xitoy
🇺🇿🇨🇳TerDU talabalari Pekinda xalqaro yozgi maktabda!
🟢Ayni damda Termiz davlat universiteti talabalari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universitetida tashkil etilgan 14-kunlik yozgi maktab dasturida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga yetib borishdi.
🟢Dastur davomida talabalar yotoqxona, oziq-ovqat, transport bilan ta’minlanadi.
🟢Pekin shahrining diqqatga sazovor joylari (Buyuk Xitoy devori, Qirol saroyi, Summer Palace, Temple of Heaven) va muzeylariga sayohatlar tashkil etiladi.
🟢Xalqaro do‘stlar orttirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Xitoy ta’lim tizimi bilan tanishishadi.
🟢Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishadi.
Bizni kuzating
#texnikum #bitiruvchi
🎓 Texnikum bitiruvchilari ta’limni suhbat asosida TerDUda davom ettirishlari mumkin!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalariga, jumladan Termiz davlat universitetiga, kirish imtihonlarisiz, suhbat asosida qabul qilinmoqda.
❓ Kimlar ariza topshirishi mumkin?
Quyidagi mezonlarga mos keluvchi texnikum bitiruvchilari:
✅ Butun o'qishi davrida faqat “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)” baholar olganlar;
✅ Umumiy fanlardan kamida 50% (tibbiyot yo‘nalishlari uchun — kamida 85%) “5 (a’lo)” bahoga ega bo‘lganlar.
❓ Qabul tartibi qanday?
✅ Bitiruvchilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi;
✅ Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilarga bakalavriatning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirish huquqi beriladi.
❓ Qaysi texnikum va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari TerDUda tahsilni davom ettirishi mumkin?
Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali oling:
🔗 Texnikum bitiruvchilari uchun muhim
📞Murojaat uchun tel: +998999392022
🏛 Fursatdan unumli foydalaning — Termiz davlat universiteti sizni kutmoqda!
Bizni kuzating
4️⃣4️⃣4️⃣
Oliy ta’lim xodimlari uchun yangi imkoniyat!
Oliy ta’lim tizimi pedagoglari va mutaxassislari uchun “Andragogik yondashuv va interaktiv metodlar” yo‘nalishida qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kursi ishlab chiqildi.
Kurs Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan tashkil etilib, ochiq onlayn kurslar — mk.bimm.uz platformasiga joylashtirildi.
Kurs bepul, masofaviy va istalgan vaqtda o‘qish mumkin!
Kurs sizga nima beradi?
➖Andragogika tamoyillari bilan tanishish
➖Interaktiv metodlardan o‘quv jarayonida foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar
➖Ochiq ma’ruzalarni samarali tashkil etish bo‘yicha zarur bilimlar
Bizni kuzating
#Dolzarb90kun
Bugun Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Termiz davlat universitetining "Karyera kuni va mehnat yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi.
🟢Unda dastlab universitetimizning ijtimoiy fanlar fakulteti vakillari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishdi. Ular TerDUdagi o‘qish imkoniyatlari, kasb tanlashda muhim jihatlar va universitetdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlar va mutaxassisliklarning bugungi kundagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.
🟢Tadbir denovlik yoshlar uchun kelajak kasbini tanlashda foydali va ilhomlantiruvchi bo‘ldi. Oliy ta’lim sari ishonch bilan qadam tashlashga undadi.
Bizni kuzating
#Dolzarb90kun
🧬 "Dolzarb 90 kun" – Talabalarning ilmiy salohiyatiga turtki!
🟢Termiz davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida bir qator ilmiy-amaliy to‘garaklar faoliyat yuritmoqda. Kimyo fakultetida tashkil etilgan “Bir talabaga – bir loyiha” to‘garagi ayniqsa talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida samarali ilmiy hamkorlik muhitini shakllantirmoqda.
🟢Fakultet talabasi Asomiddinov Elbek texnika fanlari falsafa doktori, dotsent X. Eshmurodov rahbarligida “Epoksid smola ishlab chiqarish” mavzusida amaliy tajriba-sinov ishlarini olib bormoqda.
🟢To‘garak mashg‘ulotlari iyul va avgust oylarida ham davom etadi. Bu jarayon talabalarni innovatsion g‘oyalar asosida fikrlash, ilmiy izlanishlar orqali muammolarga yechim topishga rag‘batlantirmoqda.
Bizni kuzating