universitet_yoshlari | Unsorted

Telegram-канал universitet_yoshlari - 𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

2420

@Navoiy_uni_uz 🏛️ @prTSUULL 📎 @yosholimlarjamiyati⚡ @NavoiyNigoh 📷 @tasvirvatajalli 🎨 @Kitobxonlar_klubi_TSUULL 📚 @Audio_kitob_javoni 🎙️ @audiokitoblaruz 🎙️

Subscribe to a channel

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Vanihoyat Nargiza opamning kitobi chiqdi! O‘zlaridan ko‘ra ko‘proq kutdim men bu kunni)

Kitob narxi 50 ming so‘m. Qattiq muqova, she’rlar ham lotin, ham krillda.

Shoshilinglar, kitoblar soni rostdan cheklangan.

P/S: Sovg’a qilinmaydi, arzon qilinmaydi. Tanish-bilishchilik qilinmaydi))
Puli yig’ilib muallifga tiyinma-tiyin topshiriladi.

Sotib olmoqchi bo‘lganlar Inobat Ahatova @I_A_95 ga yozsin.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Zakovat qaldirg'ochlari uchun ajoyib yangilik.

● Sizda Zakovatga oid biror savol bormi?

● Yaxshi bilimdon bo'lish uchun ishni nimadan boshlashni bilmayapsizmi?

● Savolga javob topishda uni qanday muhokama qilish kerak?

Ana shunday bir nechta savollarga javob olishni uchun biz universitetimiz bitiruvchisi, Zakovat klubi Professional ligasining Benom jamoasi a'zosi, Teleo'yinlarda Abbos Salaydinov jamoasi tarkibida bahrogi mavsum finalchisi, 2022-yil Zakovat+ kanali talqiniga ko'ra "Yil kashfiyoti" Muhammadxo'ja Ahmedov bilan ovozli chat orqali podkast o'tkazish niyatidamiz. O'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishni istasangiz ertaga ya'ni Seshanba kuni soat 21:00 da ToshDO'TAU Zakovat kanalida bo'ladigan ovozli chatimizga qo'shiling.

Shuningdek mehmonimiz tomonidan eng yaxshi deb topilgan savol muallifiga kitob sovg'a qilamiz.

Kanalimiz: /channel/TSUULL_Zakovat_klubi

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

https://uztv.tv/channels/uzbekiston-tarix

"Boburnoma" asarining italyancha tarjimasi taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimot marosimi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bo‘lib o‘tdi. ‌‌

Telegram | Instagram | Facebook | You Tube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🔥🔥🔥

Qadrli talaba qizlar, kim ayni damda Toshkent shahrida bo‘lsa, sizlarni 11-iyul soat 13.30 universitetimizda bo‘ladigan Koreyaning Hosan universiteti professorlari mahorat darslariga taklif qilamiz.

Mahorat darsi dasturi quyidagicha:
1. CPR (Cardiopulmonary Resuscitation) tibbiyot hamshiralik bo'limi tomonidan tibbiy yordam ko'rsatish.
2. Beauty Design - Korean make-up, nail art, hair cut style kabilar
3. K-Food - Korean food, dessert kabilar.

Mutlaqo tekin!!!

Bunaqasi hali bo‘lmagan, ishonavering.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#saylov2023 #uzbekschool

📌 Mamlakatimizda bo'lib o‘tayotgan Prezidentlik saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan Janubiy Koreyaning Xanguk chet tillari universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlar kafedrasi mudiri, professor Ye Cheon xonimning saylov jarayonlari va universitetimizda  xorijliklar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqidagi fikrlari.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#xalqaro_hamkorlik

📌 O‘sh davlat universiteti qoshida “O‘zbek tili va madaniyati” markazi, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universiteti huzurida “Qirg‘iz tili va madaniyati” markazlarini ochishga kelishildi.

🔗 Batafsil...

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

⚡️⚡️⚡️

❗️“Kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qo‘shimcha fanni tanlab, test sinovlaridan o‘tadi va uning natijalariga qarab oliygoh, taʼlim yo‘nalishi va taʼlim shaklini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi” — prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#qabul_2023

⚡️ So‘nggi 6 yillik baholar OTMlarga joriy yilgi qabulda inobatga olinmaydi

🔰 2023-yil 3-iyul kuni Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF–107-son farmoni qabul qilindi.

📋 Mazkur farmon bilan Prezidentning 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son farmoniga o‘zgartirish kiritildi.

📆 Unga ko‘ra majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish 2 yilga kechiktirildi.

📌 Demak, joriy yilda majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olinmaydi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#qabul2023
#maqsadli_kvota
#pedagogika

⚡️Olis, chekka va togʻli hududlarda joylashgan umumtaʼlim maktablari uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maktab ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (olis, chekka va tog‘li hududlarda joylashgan umumta’lim maktablari uchun).

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating:👉
@eduuz

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#qabul_2023
#kvota_masofaviy

⚡️Bakalavriatning masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining MASOFAVIY ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#qabul_2023
#kvota_kunduzgi

⚡️Bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot'da

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:

talabaning ta’lim yo‘nalishiga mos startap loyihasi hamda ratsionalizatorlik g‘oyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

"Madaniyat va ma'rifat" telekanali "Akademik soat" koʻrsatuvida shu yil 1-iyul kuni soat 18.00 da universitetimiz O'zbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborovning "Badiiy ijod va estetik mezon" mavzusidagi maʼruza darsi efirga uzatildi. Ushbu koʻrsatuv olimning televideniyeda namoyish etilgan 8-darsi.

Ushbu darsni tomosha qilib, eʼtibor bilan tinglashni tavsiya etamiz.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#qabul_2023

Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirish uchun videoqo'llanma

https://www.youtube.com/watch?v=EVkrqIGKYGg

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Universitetimizning magistratura mutaxassiliklariga ajratilgan kvotalar bilan tanishing!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

⚡️⚡️⚡️

Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi 14-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatida boʻlib oʻtadi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Prezident Shavkat Mirziyoev:

Bor bilim va tajribamni, kuch-g'ayratimni mehnatkash, mard va olijanob xalqimizning menga bildirgan yuksak ishonchini oqlash uchun safarbar etishga, bu yo'lda, kerak bo'lsa, jonimni ham fido qilishga tayyorman!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari eʼlon qilindi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

O‘zbekistonda prezidentlik saylovi yakunlanib, byulletenlar sanalmoqda

“Daryo” muxbiri Toshkent shahridagi saylov uchastkalaridan birida boʻlib, varaqalarni sanash jarayonini kuzatdi.

📱Yangilangan mobil ilova 👉 iOS | Android

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#infografika

📍 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 6 oylik ko'rsatkichlari bilan tanishing!


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Shavkat Mirziyoyev:

Kelgusi o‘quv yilidan:

— bakalavr pedagog kadrlar tayyorlashni to‘liq davlat grantiga o‘tkazamiz;
— magistraturada esa, kvotalar 2 karra oshirilib, to‘liq davlat hisobidan bo‘ladi;
— kadrlar yetishmaydigan, taʼlim sifati og‘ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinadi. Bunda, buyurtma asosida o‘qishni tamomlagan yoshlarga, ushbu maktablarda borib ishlashlari uchun jozibador rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yamiz.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Shavkat Mirziyoyev:

“Mana, keyingi paytda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshiryapmiz.

Ayni paytda oldimizda yangi, yana-da muhim vazifalar turibdi. Jumladan, ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur”.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Universitetimiz bakalavriatiga ajratilgan qabul kvotalari bilan tanishing (rasmda)

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#qabul_2023
#maqsadli_kvota
#tibbiyot

⚡️Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#qabul_2023
#kvota_kechki

⚡️Bakalavriatning kechki ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#qabul_2023

⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

Sohalar kesimida o‘tish ballari ilovada (rasm)

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#Prezident_Farmoni

⚡️⚡️⚡️
“Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi gi Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023 y.) qabul qilindi

▪️ Qarorga ko‘ra, oliy ta’lim dasturlari xalqaro reytingda yuqori 200 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari dasturi asosida qayta ishlab chiqiladi.

❕Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi bekor qilinib, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tizimi joriy etiladi. Bunda:

▪️ kompleks davlat akkreditatsiyasi har 4-yilda ta’lim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida o‘tkaziladi;

▪️ litsenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkiloti yoki yopilgan ta’lim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi beriladi.

Shuningdek, ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi. Bunda:

❗️Vazirlik tomonidan tan olingan xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 1 000 talikka kirgan oliy ta’lim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

▪️ Oliy ta’lim tashkilotlarining reytingi ta’lim tashkilotining faoliyati va ta’lim jarayoniga aralashmagan holda ma’lumotlarni axborot tizimi orqali olish yo‘li bilan yuritiladi.

❗️2024 yil 1-yanvardan:

➖reyting davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bo‘yicha umumiy aniqlanadi;
➖so‘nggi 5-yil davomida reytingda birinchi 10 talik o‘rinni egallagan oliy ta’lim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

▪️ 2025-yil 1-yanvardan:

➖nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha kvota ularning reytingdagi o‘rniga muvofiq ajratiladi;
➖oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yo‘lga qo‘yiladi.

❗️2023/2024 o‘quv yilidan:

▫️akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;

▫️kollej va texnikumlarning ta’lim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 2 baravarga oshiriladi;

▫️abituriyentlarga “davlat granti” yoki “ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;

▫️talabaning ta’lim yo‘nalishiga mos startap loyihasi hamda ratsionalizatorlik g‘oyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi;

▫️oliy ta’lim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etiladi.

▪️2024/2025 o‘quv yilidan:

➖ OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;

➖ umumta’lim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Talabalar uchun bepul “Personal development” maktabi tashkil etiladi

xalqarograntlar/c5DkryOuCyX">“Personal development” maktabi a’zosi bo‘lish uchun 5-iyulga qadar ro‘yxatdan o’ting...

——————————
xalqarograntlar/c5DkryOuCyX">• • Для студентов будет создана бесплатная школа «Personal xalqarograntlar/c5DkryOuCyX">development»xalqarograntlar/c5DkryOuCyX">

Чтобы стать участником школы «Personal development», зарегистрируйтесь до 5 июля...

——————————
A free "Personal development" school will be organized for students

xalqarograntlar/c5DkryOuCyX">To become a participant in the "Personal development" school, register by Jule 5...

xalqarograntlar/c5DkryOuCyX">link

@TDYUYoshlari

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#madaniy_xordiq

Bugun, 2-iyul kuni soat 19:00 da Xalqlar do‘stligi maydonida gala-konsert va dron shou bo‘lib o‘tadi!

“O‘zbekiston – barchamiz uchun yagona Vatan, yagona qalbdir!” shiori ostida tashkil etiladigan gala-konsertda taniqli shoirlar, chempion sportchilar, mashhur san’atkorlar va raqs dastalari chiqish qiladi.
Ma’naviy-marifiy kecha doirasida qiziqarli tanlov va viktorinalar uyushtirilib, g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Bayram tadbiri yakunida 250 ta dron ishtirokida maxsus shou o‘tkaziladi.

Barcha ustozlarimiz va talabalarimizni taklif qilamiz!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#Qabul_2023
#Magistratura

⚡️⚡️
Magistraturaga qabul boshlanmoqda

▶️ 2023-yil 1-iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlanadi.

✔️ 2023/2024-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

➡️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

👉Sertifikatlar ro‘yxati

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel