universitet_yoshlari | Unsorted

Telegram-канал universitet_yoshlari - 𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

2420

@Navoiy_uni_uz 🏛️ @prTSUULL 📎 @yosholimlarjamiyati⚡ @NavoiyNigoh 📷 @tasvirvatajalli 🎨 @Kitobxonlar_klubi_TSUULL 📚 @Audio_kitob_javoni 🎙️ @audiokitoblaruz 🎙️

Subscribe to a channel

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#yashil_makon #ekomadaniyat

♻️ Mirzo Ulug‘bek nomidagi markaziy istirohat bog‘ida ilk bor "EduCO Fest" yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalda universitetimiz talabalari ham faol ishtirok etishdi.

🔗 Batafsil

Bizni tarmoqlarda kuzating👇


Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

⚡️transfer.edu.uz platformasi orqali yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash (koʻchirib tiklash) bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2023-yil 18-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.

18-avgust soat 17:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.

Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q va arizalarni to‘la o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.

👉Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Rasman: Super kontrakt narxi eʼlon qilindi va 10% arzonlashdi.

Barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida
tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi.

👉 @Khushnudbek_uz 👈

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Адабиёт руҳни юксалтиради, дидни ўткирлаштиради, шуурларга ёруғлик бағишлайди (+видео)

📍https://uza.uz/posts/511580

🎥 https://youtu.be/Jv0Dx6bEduo

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

❗️56,7 balldan kam to'plaganlar talaba bo'lolmaydi

🔵Davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36%);
🔵To‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30%) etib belgilangan.

Bu yilgi imtihon natijalariga qaraydigan bo'lsak, O'zbekiston bo'yicha:

🟢442.337 nafar abituriyent 56.7 balldan past ball toplagan;
🟢59.866 nafar abituriyent esa imtihonga bormagan;
🟢148 nafar abituriyent esa imtihondan chetlashtirilgan;
Umumiy hisobda 502.351 nafar abituriyent tanlovdan chiqib ketgan!

Bu yilgi kvota soni 127.259 ta ekanligini inobatga olsak, yuqoridagi statistikadan ko'rinadiki 56.7 balldan ko'p yig'gan har 3 abituriyentdan bittasi talaba aniq o'qishga kiradi deyish mumkin!

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Mandat chiqmasdan turib o‘qishga kirganini qanday bilish mumkinligini yana bir bor tushuntiraman.
#abituriyent

1-qadam: avval https://mandat.uzbmb.uz saytini ochasiz;

2-qadam: "Kengaytirilgan qidiruv" degan joydan o‘zingiz tanlagan OTM hamda yo‘nalishni qidirib topasiz va “Qidirish” tugmasini bosasiz (1-rasmga qarang);

3-qadam: Shunda umumiy ro‘yxat ochiladi (2-rasmga qarang). O‘sha ro‘yxatda nechanchi o‘rinda turganingizni qidirib topasiz. O‘rinni aniqlash uchun maslahat: har bir sahifada 10 nafardan abituriyent joylashgan bo‘ladi, siz nechanchi sahifadagi nechanchi joydaligingizga qarab, o‘rningizni oson aniqlay olasiz. Masalan, 5-sahifada 3-o‘rinda turgan bo‘lsangiz, demak 43-o‘rindasiz (4 ta to’liq 10 va + 3);

4-qadam: keyin familiyangiz yonidagi “Batafsil” tugmasini bosib, o‘zingizning sahifangizni ochasiz (3-rasmga qarang). O‘sha yerda qaysi yo‘nalishlarga topshirganingiz va ularga nechta kvota berilgani ko‘rsatilgan bo‘ladi;

❗️5-qadam: agar siz kvota doirasidagi o‘rinda turgan bo‘lsangiz, demak, aniq talaba bo‘ldingiz. Masalan, siz topshirgan yo‘nalishda jami 75 ta kvota berilgan, siz esa 68-o‘rinda turibsiz. Bu degani, talabalik bilan sizni tabriklasa bo‘ladi.

6-qadam: xuddi shu ishni topshirgan beshta yo‘nalishingizda tekshirib chiqishingiz mumkin.

Agar kvota doirasidan tashqarida turgan bo‘lsangiz-chi, unda hammasi tamom deganimi? Yo‘q, bunday emas. Kvotadan tashqaridagilar uchun ham yaxshi imkoniyat bor.


👉 @Khushnudbek_uz 👈

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

P.S. Xonalar yozilishida ma'lum texnik kamchiliklar bo'libdi, uzr so'raymiz! Uni shartnomada to'g'irlab aks ettiramiz!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🔥🔥🔥

Talabalar turar joyi taqdim etilgan yuqori kurs talabalari ro‘yxati bilan tanishing!

1. To‘liq davlat ta’minotidagi va chin yetim talabalar;
2. Nogironligi bor talabalar (I, II guruh);
3. Boquvchisini yo‘qotgan talabalarning 202 nafariga universitet Talabalar turar joyidan joy ajratildi.

P.S. I kurs talabalaridan arizalar 20-avgustdan boshlab my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#test2023 #qabul

Respublika OTMlariga kirish imtihonlari yakunlandi


📝 13 kun davom etgan hayajonli jarayonlarda barcha OTMlar jamoalari faol boʻlishdi, Xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi hamda koʻngillari "UzExpo" markaz hududida abituriyentlar va ularning ota-onalari, yaqinlariga barcha zarur yordamlarni koʻrsatishdi.

📌 Imtihonlarning soʻngi kuni munosabati bilan universitetimiz jamoasi tomonidan abituriyentlar, ularning yaqinlari, qolaversa, imtihonlarni koʻngildagidek oʻtkazishda oʻz hissasini qoʻshgan barcha uchun doshqozonlarda osh damlandi.

⏳ Tez orada joriy yilgi kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinadi.

Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🔥🔥🔥

Hurmatli talabalar! Yangi 2023/2024-o'quv yili boshlanishiga ham oz muddat qoldi. Shu boisdan Sizlarga Toshkent shahrida mavjud ijara uylarining manzili, uy egasining F.I.Sh hamda telefon raqami va ijara narxi haqidagi ma'lumotlarni yubormoqdamiz.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#test #qabul_2023

✅ UzExpo Markazda oʻtkazilayotgan test sinovlarida universitetimiz jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Abituriyentlar va ularning ota-onalarining hayajonli lahzalaridan lavhalarni tomosha qiling!

🔗 Batafsil


Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#e’lon

my.uzbmb.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2023-yil 10-avgust kuni soat 12:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.

10-avgust soat 12:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.

Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q va arizalarni to‘la o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#imkoniyat
#magistraturaga_qabul

⚡️Magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun imkoniyat berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi.

Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli sabablarga ko‘ra (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, hujjatlar sifatsizligi va b.) rad etilgan.

Shuni inobatga olib, davlat oliygohlari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabgorlarga 9–10-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 10-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi.

Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Shuni alohida ta’kidlaymizki, xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo‘lmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

⚡️Til o‘rganish uchun endi o‘zbekistonliklarning o‘z ilovasi bor: “IBRAT Academy” ishga tushdi

Bugungacha malakali ustozlar tomonidan 10 dan ortiq xorijiy tillarni noldan boshlab, sifatli tarzda, bepulga o‘rgatib kelayotganibratfarzandlari/playlists">Ibrat farzandlari loyihasi o‘zining “IBRAT Academy” mobil ilovasini ishga tushirdi. Ilova ham mutlaqo bepul ishlaydi. Eng muhimi, internet bo‘lmasa ham ishlaydi. Ilova taqdimoti.

Yuklab olish: Android | iOS

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#xalqaro_e’tirof

Kanalimizda
oliy ta’lim sohasida faoliyat yuritib, ko‘rsatgan xizmatlari uchun xorijiy universitetlarning faxriy unvonlari sazovor bo‘lgan soha vakillari haqida ma’lumot berib bormoqdamiz.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov:

➡️ Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi Faxriy doktori

➡️Rossiyaning Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti Fahriy Professori

➡️ Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro mukofot sovrindori

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

"EduCo Fest" yoshlar festivali doirasida bo'lib o'tadigan festivalda universitetimiz talabalaridan tashkil topgan "Toza havo" jamoasi ham ishtirok etadi. Xohlovchilar festivalda ishtirok etishi yoki jamoamizni qo'llash uchun 18-avgust kuni Mirzo Ulug‘bek markaziy istirohat bog'iga tashrif buyurishi mumkin.

Lokatsiya

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

2023-yil 18-avgust kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi markaziy istirohat bog‘ida (sobiq "Telman" bog‘i) ilk bor "EduCO Fest" yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – ekologiya sohasidagi ta’limni rivojlantirish va mamlakatda ekologiya hamjamiyatlarini qo‘llab-quvvatlashdir.

Barcha qiziquvchilarni taklif qilamiz!

https://eco.gov.uz/yz/site/news?id=3455&fbclid=IwAR3r0a905G2AsaRcy2FqGvqydm-TxxwBnpAD_RB3Xcoq_2TNRl9c1soCjrI

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🗣️ Super-kontraktda o‘qiganlardan odam chiqmaydimi? 🗣️ — Xushnudbek Xudoyberdiyev

Ijtimoiy tarmoqlarda doim super-kontrakt mavzusi muhokama markazida bo‘ladi. O‘qishga kira olmaganlar, ko‘proq pul evaziga talaba bo‘lishadi, bu esa kelajakda taʼlim sifatini tushiradi, malakasiz kadrlarni ko‘paytiradi, degan fikrlar aytiladi.

Bu fikrlarning ayrimlari to‘g‘ri, ammo ko‘pchiligiga qo‘shilmayman. Asoslashga harakat qilaman:

1️⃣ Birinchidan, aslida biz orzu qilayotgan oliy taʼlim tizimida o‘qishga kirish oson bo‘lishi kerak. Yaʼni kim hujjat topshirsa o‘qishga kira olishi kerak, maktabni tugatgan bo'lsa bo'ldi, bilimi bor yoki yo‘qligi kirish jarayonida muhimmas. Uyog‘ini eplasa — diplom oladi, eplay olmasa — o‘qishni tugatolmaydi. O‘zimiz doim shunaqa bo'lishini, kvotalar oshishini talab qilamizu, lekin yana o‘zimizga qarshi borib, bugun o‘qishga kirayotganlarni "nega bu talaba bo‘ldi, bilimi yo‘qku" deymiz. Aytmoqchimanki, bilimsizlarning o‘qishga kirishi xavfli yoki qo‘rqinchli emas, ularning bilimsiz bo‘lib 4 yildan keyin diplom olishi qo‘rqinchli;

2️⃣ Ikkinchidan, o‘qishga kirganlarning hammasi ham bilimli degani emas. Masalan, O‘zbekistonda har yili kirish ballari past bo‘ladi. 56,7 ball bilan kontraktga, 68 ball bilan grantga kirganlar juda ko‘p. Bu yil ham shunaqa bo'ldi, masalan. Ammo 150 ball bilan super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsa, darrov ularni tupoyga, bilimsizga chiqaramiz. Yoki ana boring 70 ball bilan super-kontrakt qilishyapti deylik. Ha, to‘g‘ri, bu ball juda past. Ammo bundan ham past olganlar grantda o‘qiyapti, nega ularni emas, doim super-kontraktchilarga ta'na qilamiz? Ikki xil standart bu.

3️⃣ Uchinchidan, yaqin yillargacha o‘qishga kirishda juda katta korrupsiya bor edi. Yaʼni 20 yillar davomida O‘zbekistonda pora bilan bilimsizlar o‘qishga kirishgan. Buni hamma bilardi, barcha shu tizimning bir bo‘lagiga aylanib ketgandi. Lekin o‘sha pora bilan kirganlarning hammasi bir tiyinga qimmat kadr bo‘lib qolgani yo‘q. Ularning ko‘pchiligi 4 yil davomida yaxshi o'qidi, keyinchalik amaliyotda yetarli malaka va tajriba to‘play oldi. Hozir mehnat bozorida ishlayotgan juda ko‘p yaxshi kadrlarning tagini surishtirsangiz pora yoki tanish-bilishchilik bilan o‘qishga kirgan. Yaʼni bu odamning o‘ziga ko‘proq bog‘liq.

Bugun endi o‘qishga kirishda pora juda kam. Davlat buni har tomonlama oldini ololdi. Super-kontrakt ham porani kamaytirishga katta yordam berdi. O‘sha ko‘chadagi firibgaru, poraxo‘rlarning cho‘ntagini qappaytirib, dang'illama hovliyu dacha qurishga pul bergandan ko'ra, rasman davlatga to'lab, professor-o‘qituvchilar oyligi uchun pul bergan ming marta yaxshi. Birinchidan, bu jinoyatmas. Ikkinchidan, bu gunohmas.

❗️Xulosa.

Super-kontrakt tizimini men ham yoqtirmayman. Bu vaqtinchalik chora. Ishonaman, bu tizim yaqin yillarda butunlay yo‘qolib ketadi. Menga qolsa, yuqorida aytganimdek, o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan hamma bemalol talaba bo‘la olishi kerak. Ya'ni puli bor yoki yo'qligidan qat'i nazar barchada teng imkoniyat bo'lsin.

Ammo o‘qishni tugatish juda qiyin bo‘lishi shart va lozim. Afsuski mana shu joyi bizda hozircha ishlamayotgani uchun, yaʼni bilgan ham, bilmagan ham diplom olayotgani sababli, haqiqatdan super-kontrakt ta'lim sifatiga taʼsir qildi.

Lekin bir narsa — super-kontrakt bilan o‘qishga kirganlar odam bo‘lmaydi, ular unaqa, ular bunaqa, degan gaplar mutlaqo noto‘g‘ri. Test va boshqa imtihonlar insonning barcha qobiliyatini aniqlab berolmaydi. U nimalarga qodirligi kelgusida maʼlum bo‘ladi.

Taqdir shunday narsaki, 189 ball olib, o‘qishga birinchi o‘rinda grantga kirganlar malakasiz kadr bo‘lishi, 60 ball bilan super-kontraktga kirganlar yakunda jamiyatga ko‘proq foydasi tegadigan mutaxassis bo‘lishi mumkin. Hammasi Allohdan.

Shuning uchun fikr bildirishda ehtiroslarga berilmagan ma'qul. Tanganing barcha tomoniga qarash kerak. Bularning barchasi shunchaki shaxsiy fikrlar.

👉 @Khushnudbek_uz 👈

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#qonunchilik_yangiliklari
#yengillik #ijara_puli

⚡️Ijarada yashovchi talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi soddalashtirilmoqda

Qarorga muvofiq, Vazirlar mahkamasining 605-son qaroriga (24.09.2021-y.) ayrim o‘zgartirishlar kiritildi.

Bunda talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’i nazar Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (330 ming so‘m), qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (165 ming so‘m) miqdorida to‘lanishi belgilab qo‘yildi.

Ijara to‘lovining bir qismini qoplash uchun talabalarga qo‘yiladigan bir qator talablar bekor qilinib, talabgorni aniqlash mezonlarini belgilash vakolati oliy ta’lim muassasasidagi komissiyaga berildi.

Bu orqali haqiqatda ijaraga ehtiyojmand bo‘lgan talabalarning imtiyozdan foydlanish imkoniyati yanada oshiriladi.

Shuningdek, birinchi bosqich talabalariga sentabr va oktabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi joriy etildi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🎓 Talabasiz va ijarada kim bilan birga turish haqida bosh qotiryapsizmi? “Roommate” sizga yordam beradi!

Ma’lumki, talabalikka qabul qilingan yoshlar poytaxtga yoki boshqa hududlar markaziga kelganidan so‘ng ko‘pgina holatlarda kim bilan birgalikda ijarada turishi masalasi doim dolzarb muammo hisoblanadi. Bunga sabab esa talabalar birgalikda kvartira ijaraga olish jarayonida bir-birlari haqida oldindan o‘zaro ma’lumotga ega bo‘lmaydilar va bir-birlarini tanishmaydi.

“Roommate” ilovasi esa aynan shu masalani hal qilish maqsadida ishlab chiqilgan.

Ilova orqali talabalikka qabul qilingan yoshlar ijaraga uy olish masalasida poytaxtga yoki boshqa hududlar markaziga kelmasidan oldin talabalar bilan tanishishi va o‘ziga mos sherik topishi mumkin!

“Roommate” ilovasini yuklab olish uchun: Android | iOS
Reklama

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Ko‘pchilik so‘rayotgan savolga javob: minimum ball bormi?
#abituriyent

Har yili test sinovlarida minimum ball chegarasi qo‘yiladi. Yaʼni abituriyentlar bilimi orqali nafaqat o‘zgalar bilan, eng avvalo o‘zi bilan ham kurashishi kerak. Agar abituriyent minimum ballni to‘play olmasa, unda hattoki kvotada joy bo‘lsa ham, talabalikka qabul qilinmaydi.

Joriy yilda ham minimum talab xuddi avvalgi yillardagidek:

To‘lov-kontrakt uchun – 56,7 ball;

Davlat granti uchun – 68 ball.

❓Bu nima degani?

Aniq misol bilan tushuntiraman.

Yuqoridagi suratda 2019-yilgi mandat natijalari aks etgan. 1-rasmdagi Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutining «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» yo‘nalishining rus guruhiga 2019-yili jami 24 ta kvota ajratilgan. Shundan 4 ta grant, 20 ta kontrakt.

Lekin natijalarga qarasak, 22, 23 va 24-o‘rindagi abituriyentlar 56,7 balldan kam to‘plaganini ko‘rish mumkin. Demak, ular garchi kvota ichida turgan bo‘lsa ham talabalikka qabul qilinmagan.

2-rasmga qarang. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Biotexnologiya” yo‘nalishida Andijon viloyati uchun davlat grantiga 1 ta maqsadli qabul kvotasi ajratilgan. O‘sha 1 ta grant o‘rni uchun 2019-yili 10 kishi hujjat topshirgan. Lekin 10 nafar abituriyentning barchasi 68 balldan kam to‘plagan. Demak, o‘sha davlat granti uchun ajratilgan 1 ta o‘ringa hech kim kira olmagan. Bo‘sh qolgan.

Minimum ball degani shunaqa bo‘ladi.

To‘g‘risini aytsam, hamma savolga tavakkal faqat 1 ta variantni belgilab chiqqanlar omadi kelib 60-70 ball oladigan bir zamonda yoshlarimizning atigi 56,7 ball to‘play olmasligi bizni xavotirga solishi kerak, albatta. Masalan, 2022-yili 51,2% abituriyentlar 56,7 ball ham to‘play olmagandi. Yaʼni abituriyentlarning yarmidan ko‘pi 30%lik natijani ham qayd etolmagan.

Bu shubhasiz, fojiamiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Xabar to'ldirildi:

Ushbu ro'yxatdagi talabalarning qaysi birini TTJ to'lovidan avvalgi yilgi qarzdorligi mavjud bo'lsa, o'sha qarzdorlik yopilgach, shartnoma taqdim etiladi.

Shartnoma fakultet dekanatlariga taqdim etiladi. TTJ dan joy olgan talabalar shartnomani fakultet dekanatidan olishi mumkin. Qaysi sanadan boshlab shartnoma tarqatilishini alohida ma'lum qilamiz!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

❗️Talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash va ijara pulini byudjetdan kompensatsiya qilish tartibi o’zgartirilmoqda

Xabaringiz bor, 2 yildan buyon talabalarning ijara xarajatlarining bir qismi davlat byudjetidan qoplanayotgan edi.

Aniqrog‘i, 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi belgilangandi.

Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, mazkur tartib o‘zgartirilmoqda. Yaʼni ijarada turgan talabalar uchun yagona aniq summa belgilanmoqda. Bunda ijara puli:

Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (330 ming so‘m);
qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari (165 ming so‘m) miqdorida davlat tomonidan qoplanadi.

Ya’ni masalan talaba Toshkentdagi biror xonadonda kursdoshlari bilan birga 600 ming so’mdan ijarada tursa, shuning 330 ming so’mi davlat tomonidan qoplanadi.

✅ Shuningdek, sentyabr va oktyabr oylarida ijara puli qoplanishi uchun hech qanday ijara shartnomasi ko‘rsatish shart bo‘lmaydi, shartnoma bo‘lmasa ham qoplab berilaveradi.

Bundan tashqari OTMlardagi talabalar turar joylari endi tarqatiladi va bunda byurokratiya hamda inson omili minimal darajaga tushiriladi.

Yangi o‘zgarishlarda talabalarni yotoqxona bilan taʼminlashga oid boshqa yaxshi yangiliklar ham bor. Bu borada tegishli masʼullar bilan ovozli chat tashkil qilishni rejalashtiryapmiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Nogironligi bo'lgan yosh mutaxassislar uchun "Media plyus" o'quv loyihasi!

Yoshlar ishlari agentligi, "SHAROIT PLYUS"
Toshkent shahar nogironlar jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda nogironligi bo'lgan yosh mutaxassislarni qo'llab-quvvatlash maqsadida media savodxonlik kurslariga qabul e'lon qiladi.

"Media plus" media savodxonlik kurslarida siz:

🔹Ommaviy axborot vositalari xabarlarini tahlil qilishni, noto'g'ri va fake xabarlarni aniqlashda o'z tanqidiy fikrlash qobiliyatlaringizni shakllantirishni;

🔹 Media va uning turlari haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishni, ularning manbalarini tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantirishni;

🔹Ommaviy axborot vositalarining yangi tendensiyalari va blogerlik haqida o'rganish bilan birga o'z kontentingizni yaratish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

❗️Kurslarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
Ishtirokchilar tanlov asosida qabul qilinadi.

Quyidagi havola orqali ariza yuborishingiz mumkin!

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

“Uzbekistan Airways“ Mustaqillik bayrami munosabati bilan 50 foizlik chegirma eʼlon qildi

Batafsil
: https://oyina.uz/uz/posts/18401

Rasmiy sahifalarimiz👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 25-avgustga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴Oybekning “Navoiy” asari
🔴Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” asari

Yakunda 50 nafar ishtirokchi finalga yo‘l oladi va final bosqichi bellashuvi natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi hamda quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Smartfon (6/128);
🔵5-o‘rin (10 nafar) – Smartfon (4/64);
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.

📌 Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

⚡️⚡️⚡️

Talabalar turar joyi uchun yuborilgan hujjatlar oʻrganib chiqilishi yakunlanmoqda. 13-avgustga qadar belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos keladigan talabalarga joy ajratilib, natijalari e'lon qilinadi. Oʻquv yili boshida II, III, IV kurs talabalaridan talabalar turar joyi uchun hujjatlar qabul qilinmaydi. Oʻquv yili boshida faqatgina yangi qabul qilingan I kurs talabalaridan ariza qabul qilinib, ularning hujjatlari koʻrib chiqiladi.

P.S. 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Talabalar turar joyidagi mavjud joylarning kamida 60 foizi I kurslar uchun ajratiladi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🔥 XORIJIY TILLARNI MUTLAQO BEPUL OʻRGANING!

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetidagi talabalarimiz uchun ajoyib imkoniyat!

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi va "Registon" o‘quv markazi “Kelajak kasblari” doirasida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun ta’lim granti e’lon qiladi.

Endi siz kuchli tajribali ustozlardan ingliz, koreys, rus tillarini hamda IELTS va CEFR kurslarini "Registon" o'quv markazida bepul o‘rganishingiz mumkin!

Loyiha haqida batafsil

Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi 2 ta soʻrovnomani toʻldirish talab etiladi:
1) https://forms.gle/R68JjJUas7VNP4SCA

2) https://javokhir-media.uz/yoshlardaftari.uz

Viloyatda taʼtilda boʻlsangiz, ayni muddao! Shoshiling, joylar soni cheklangan!

Manzil: Sh. Rustaveli va Bobur koʻchasi chorrahasi, 53-uy. ( Eski Teatralniy chorraha)

+998935842700
@Menejer_Registan_Yakkasaray

@Registan_Yakkasaray

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🔥🔥🔥

Hurmatli talabalar va kanal kuzatuvchilari!

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI QARORI loyihasi muhokamasida o‘zlaringizni taklifingiz bilan faol ishtirok eting:

https://regulation.gov.uz/oz/d/83811

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#loyiha

📚🎙KITOBPLUS – KO‘RISH BO‘YICHA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN ONLAYN AUDIO KUTUBXONA YARATISH

💁🏻‍♂️ Xabaringiz bor, Asaxiy, Audionoma, UzBook kabi ilovalarda audio-kitoblar tinglash mumkin. Ammo birinchidan ular pulli, ikkinchidan dastur ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi foydalanuvchilarga moslashtirilmagan.

👩🏻‍🦯 Ushbu loyihaning maqsadi barcha audio-kitoblarni bir joyga jamlagan vebsayt hamda Android va iOS platformalarida ishlovchi, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan foydalanuvchilarga har tomonlama qulay va bepul ilovani yaratish.

Bu bo‘yicha "KitobPlus" nomi ostida jamoamiz o‘z ishini boshladi! Loyiha donori O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi.

📌 Batafsil vebsaytimizda o‘qing:
https://sharoitplus.uz/kitobplus-korish-boyicha-nogironligi-bolgan-shaxslar-uchun-onlayn-audio-kutubxona-yaratish/

Loyiha boʻyicha savol va takliflaringizni loyiha menejeri Mirali G'iyosovga m.giyosov@sharoitplus.uz elektron pochta manziliga yuboring yoki ushbu telefon raqami orqali bog'laning: +998 (97) 708-73-31

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Bizning sahifalarimiz:
🕊@sharoitplus 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus

Читать полностью…
Subscribe to a channel