universitet_yoshlari | Unsorted

Telegram-канал universitet_yoshlari - 𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

2420

@Navoiy_uni_uz 🏛️ @prTSUULL 📎 @yosholimlarjamiyati⚡ @NavoiyNigoh 📷 @tasvirvatajalli 🎨 @Kitobxonlar_klubi_TSUULL 📚 @Audio_kitob_javoni 🎙️ @audiokitoblaruz 🎙️

Subscribe to a channel

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Assalomu alaykum, hi everyone!

📣 We are launching New groups!!!

1. Intensive General English (Elementary)

2. Intensive IELTS group

❕Intizom va natija:
✅ Personal result: 7⃣.5⃣
✅ Ko'proq vazifa va kamroq vaqt
✅ General Englishni kuchli qilib o'stirish
✅ Talabchan va motivational teacher
✅Qulay narxda

❕Ingliz tilini:
✅Universitetdan chiqmagan holda
✅Vaqtingizni va mablagʻingizni tejagan holda
✅ Intensiv guruhda & tezlashtirilgan holatda o'rganishga imkoniyat

Intensive IELTS group da:

✅ Articles, passages, question based approach-, deep analysis
✅ pronunciation and advanced grammar rules
✅ Every skill uchun general va academic materials and tasks

📣Darslar Dushanbadan boshlanadi!

✅Qolgan ma'lumotlar ro'yxatdan o'tganingizdan so'ng.

✈️ Contact: @KhoshimovaS03

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

👋 Assalomu alaykum!

🤔 Siz ingliz tilini 0 dan o'rganishga tayyormisiz?

Agar javobingiz ,,ha" bo'lsa,bizda aynan siz uchun maxsus taklif bor!

🤝 Biz sizni beginner hamda elementary guruhlarga taklif etamiz😉

✅️ Bizning darslarimiz OFFLINE  tarzda tashkil qilinadi !

⏳️ Darslarimiz haftada 3 kun
⚡️Narxlar hamyonbop (250 ming)


Instructor ✅
Go'zal Umrzoqova(IELTS 6.0 holder)
Cefr B2
✅ Teaching experience at "Registan" learning centre

Manzil : Toshkent davlat o'zbek tili  va adabiyoti universiteti

Murojaat uchun: @Guzal_Umurzoqova
(+998941962706)

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Oʻzbekistonlik.Students — oʻzimizning yoshlar xorijda ta’lim orqali erishayotgan yutuqlarini namoyish qiluvchi navbatdagi media kontent. Bu safar Britaniyaga safar qilgan ijodkorlar ta’limga, dunyoning top universitetlarida tahsil olish, uning afzallik va qiyinchiliklariga asosiy e’tiborni qaratdilar.

Yoshlar eng sifatli ta’limni olishi va chinakam salohiyatli inson kapitaliga aylanishi haqida mutassil oʻylamoqdalar. Albatta, ushbu turkum qahramonlari kabi yoshlar mamlakatimiz kelajagi uchun kerakli, namunali yoshlardir.

Loyiha premyerasi 16-sentabr kuni soat 18:00da MY5 telekanali va Uzbekistan’s club YouTube kanalida boʻlib oʻtadi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Talabalar uchun Londonga bepul sayohat qilish imkonini taqdim qiluvchi Sony World Photography Awards fotograflik tanlovi

Talablar
— Nomzodlar 18-30 yosh orasida bo'lishi shart.
— Asosiy mutaxassisligi fotografiya bilan bog'liq bo'lishi lozim;
— Hozirda biror oliygoh talabasi bo'lishi kerak.

Foydali tomonlari
— Barcha g'oliblar Londonga sayohat qiladilar va barcha xarajatlar tashkilot tomonidan moliyalashtiriladi;
Professional competition: $25 000, Sony fotoapparati, sertifikat va b;
Open competition: $5 000, Sony fotoapparati, sertifikat va b.

Oxirgi muddat
30.11.2023 18:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/50494

#tanlovlar #grant #Buyuk_Britaniya

Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#uchrashuv
#zakovat

Hurmatli talabalar! Joriy yilning 25-sentabr kuni "Zakovat" NNT ning faollari hamda intellektual oʻyinlar boʻyicha mutaxassislar bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi. Barchangizni taklif qilamiz.

P.S. Tadbir vaqti va oʻtkaziladigan joyi haqida alohida e'lon qilinadi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🔥🔥🔥

#kasting

Hurmatli iqtidorli va tashabbuskor talabalar! Ertaga soat 11:00 da 300-xonada (avvalgi 308-ma'ruzalar zalida) "Besh tashabbus markazi" dagi to'garaklarga mas'ullik hamda " Quvnoqlar va zukkolar", "Talabalar teatr studiyalari" uchun kasting boʻlib oʻtadi. Qiziqqan barchani taklif qilamiz!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#yengillik

Oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun yana bir qator yengilliklar berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan bakalavriatga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, quyidagilarga:

talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan birida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati;

➖ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berildi.

Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.

Eslatma: belgilangan tartibga ko‘ra, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, belgilangan minimal o‘tish balidan (56,7 balldan) kam ball to‘plagan abituriyentlarga ham birinchi o‘quv yiliga muayyan ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Olingan xabarlarga ko’ra, tez orada super-kontrakt bo’yicha ayrim tartiblar tasdiqlanishi kutilmoqda.

Bunda beshta yo’nalishga ham kira olmaganlarga istalgan yo’nalishni tanlash huquqi (hozirda faqat birinchi yo’nalishga mumkin), shuningdek ikkinchi yoki undan keyingi yo’nalishlarga kirganlar uchun birinchi yo’nalishda super-kontraktda o’qish huquqi berilishi mumkin.

Tasdiqlangach, qo’shimcha xabar beramiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#uzbekschool #tilimizuchun

“Oʻzbek maktabi” nafaqat xorijda, balki mamlakatimiz ichida ham milliy tilimizni targʻib qilish, uning jozibasini koʻrsatish yoʻlida samarali faoliyat olib bormoqda. Beqiyos soʻz va iboralarimizning ma’nolarini, tilimiz tarixi va milliy qadriyatlarimiz aks etgan media mahsulotlar sizga ham manzur boʻlishi aniq.
“Oʻzbek maktabi” tomonidan yaratilgan darsliklar ham qiyosi boʻlmagan, yuqori sifat va aniq metodik tizim asosida tuzilgani bilan qimmatlidir.
Bizni tarmoqlarda kuzatib boring:

Instagram

Facebook

Twitter

uzbekschool">YouTube

Bepul videodarslar

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

⚡️Talabalar uchun taʼlim krediti rasmiylashtirishda yengillik

"Xalq Banki" haftaning dam olish kunlari ham (9-10 va 16-17-sentyabr) taʼlim krediti uchun arizalarni barcha filiallar boʻylab qabul qilishini maʼlum qildi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

"Yosh kitobxon" tanlovining 2023-yilgi bosqichlarini oʻtkazish muddati

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

❓4 ballgacha yetmaganlarga ham super-kontraktda chegirma bormi?

JAVOB: Yo‘q, 4 ballgacha bo‘lganlarga chegirma berilmaydi.

Joriy yilda tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.

Ammo bu chegirma, 56,7 balldan ko‘p to‘plagan, lekin kirish baliga 4,05 ball yetmay qolib, o‘qishdan yiqilgan abituriyentlarga taalluqli. 4 ballgacha bo‘lgan shkaladagilar uchun esa chegirma qo‘llanmaydi.

Eslatib o‘taman, super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha bo‘ladi:

➖ o‘tish baliga 1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

➖ 1,1 balldan 2 ballgacha — 2 barobari;

➖ 2,1 balldan 3 ballgacha — 2,5 barobari;

➖ 3,1 balldan 4 ballgacha — 3 barobari.

Mana shu toifadagilar garchi 100% to‘lov qilsa ham, ularga chegirma yo‘q. Shu sababli avval 50 %ini to‘lab, qolganini o‘quv yili davomida bo‘lib to‘lasa bo‘ladi.

❗️ESLATMA: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. Ammo unaqa emas. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) balldan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.

4,1 ball va undan ko‘proq
yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qo‘llanadi. Qaysi yo‘nalish necha barobarligini mana bu yerdan ko‘rib olish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

⚡️Davlat oliy ta'lim muassasalari magistraturasiga 2023/2024 o'quv yili qabuli bo'yicha tanlov natijalari e'lon qilindi!

Batafsil 👉https://tsuull.uz/uz/content/magistratura-natijalari-bilan-tanishing

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Студия 24 | Нурбой Жабборов - «Дўстлик» ордени соҳиби билан суҳбат
#3sep #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#Rasmiy

1-bosqich kunduzgi ta'lim shaklida talabalikka tavsiya etilgan talabalarni 4-sentabr kuni soat 8:30da universitetning asosiy darvozasi (Alisher Navoiy haykali taraf) oldiga kelishlari so‘raladi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Hurmatli universitetimiz talabalari! Universitetimiz hayotiga doir taklif, murojaat yoki e'tirozlaringiz bo'lsa, to'g'ridan to'g'ri universitet rahbariyatiga manzilli yetib boradigan bot mavjud. Marhamat, shu bot orqali bizga murojaat qilishingiz mumkin.

Bot manzili: @ToshDOTAU_qabulxonabot

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

IELTS va CEFR olish istagi borlar, bormisiz?!

Til o‘rganish istagida yurganlarga ingliz tilini o‘rgatish uchun yangi guruhlar qabuliga start berdik! 🥳

Kursda sizga:
- to'liq grammatika mavzulari;
- listening, reading, writing, speaking qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan darslar o'tiladi. Har bir mahorat ustida ishlanadi.

✅ Bizning kursimizda siz ingliz tilini qulay narx asosida o'rganasiz! Qolaversa, sizning kurs uchun qiladigan to‘lovingizning 10 % summasi qiynalayotgan, moddiy yordamga muhtoj talabalar uchun ajratiladi.

📈 Bizning o‘quvchilarimiz natijalari:
IELTS 6.0 - 1 o‘quvchi
IELTS 5.5 - 1 o‘quvchi
CEFR B2 - 3 o‘quvchi
CEFR B1 - 5 o‘quvchi

👩🏻‍🏫 Darslarni shaxsan Sattarova Nodira (SHAXSIY IELTS BALI 7 BAND SCORE, 2 YILLIK TAJRIBAGA EGA ENGLISH TEACHER, MAGISTR) eng yaxshi metodlar asosida olib boradi.

💵 Kurs narxlari:
BEGINNER, ELEMENTRY, PRE-INTERMEDIATE - 250 ming so‘m;
INTERMEDIATE, PRE-IELTS, IELTS - 280 ming so‘m.

🔗 Bog‘lanish uchun: @Hulkaroy_Oktabr

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#ijodiy_kecha

Hurmatli talabalar! Bugun soat 18:00 da universitetning 208-ma'ruzalar zali (Oʻzbek filologiyasi fakulteti binosi) da Xalqaro baxshichilik festivali g'olibi Otaqul To'rayev bilan ijodiy kecha boʻlib oʻtadi. Barchangizni taklif qilamiz!.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

💡Kompyuteringizda muammo bormi ? 💻
Hujjatlarni tayyorlashda qiynalyapsizmi ?🧾

✅Endi bularni oson yechimi bor @system_servise murojaat qiling va muammolaringizga tez va sifatli yechim toping

Bizning xizmatlar:
▫️Taqdimot (слайд)
▫️Ko`rgazma materiallari
▫️Mustaqil ishlar
▫️Elektron hujjatlar va ma'lumotnoma
▫️Skaner kitoblar va boshqa xar qanday
turdagi hujjatlar

▪️Windows 🈁
▪️Barcha turdagi dasturlar ⚙️
▪️Audio va video montaj 🎞

📞 Bog'lanish | Bekzod | +998330080108

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Kontrakt toʻlovidan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish boʻyicha videoqoʻllanma
➖➖➖

Видеоинструкция по возврату 12% подоходного налога при оплате по договору
➖➖➖

Video instruction on the refund of 12% income tax when paying under the contract


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Sizlarni "Xattotlik san'ati" ko'rgazmasiga taklif qilamiz.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#raqamli_universitet

📍 Aziz talabalar!
2-/3-/4-bosqich talabalari uchun fanlar blokidagi fanlarni tanlash imkoniyati yaratilgan.
Universitetimiz rasmiy veb-sayti (www.tsuull.uz)da tanlov fanlar bilan tanishib, tanlashingiz mumkin.

Yoʻnaltma: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSe4Qe2IJAPopQTTpkiX0r6zHo5AWnFwt0dLQa87Uq8Fk3BGAQ/viewform

Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#talabamiz_faxrimiz

Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdog‘an ishtirokida yoshlar va yosh sportchilar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuvda universitetimiz magistri, Ibrat farzandlari loyihasining turk tili boʻyicha oʻqituvchisi Aziza Shokirova ham tarjimon sifatida ishtirok etmoqda!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#akademik_faollik #ochiq_muloqot

📍 Universitetimiz rektori Shuhrat Sirojiddinov universitetning birinchi kursiga qabul qilingan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

🔗 Batafsil

Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Super-kontraktga ariza berishga shoshilmanglar. Hozirda kontrakt.edu.uz saytida texnik ishlar ketmoqda, tez orada to’laqonli ishga tushadi. Hovliqmasdan, vahima qilmasdan, ozgina kutib turasizlar, to’liq ishga tushishi bilan, xabar qilinadi.

Super-kontraktga ariza yuborib qo’yganlar bo’lsa, ular ham xavotir olmasin, agar xato ketgan bo’lsa, keyin yana to’g’rilash mumkin bo’ladi.

Ozgina sabr.

1-kursga kirganlar va yuqori kurs talabalari esa bemalol kontrakt olishlari mumkin, ularda hech qanaqa muammo yo’q.


🔘@xushnudbekuz

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#rasmiy

To‘lov-shartnoma berilishi boshlandi

Bugundan kontrakt.edu.uz platformasi orqali 1-bosqichga talabalikka tavsiya qilinganlarga hamda 2 va undan yuqori bosqichda to'lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi.

Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish kerak.

Endi talabalar bemalol to‘lov-shartnomani olgach, banklardan taʼlim krediti olish uchun ariza berishlari mumkin.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

⚡️To‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi

2023/2024-o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdori davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, 2023/2024-o‘quv yili tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan, lekin tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga, istisno taraqasida yangi o‘quv yili boshlanishidan shartnomalar rasmiylashtirishga, shuningdek bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘laganlarni talabalar safiga qabul qilishga ruxsat berildi.

Shuningdek, yana bir yengillik – tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktyabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#xushxabar

Oʻzbek filologiyasi fakultetining III kurs talabasi Shohsanam Hazratqulova Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan "Kitobxon yoshlar" onlayn tanlovining respublika bosqichida faxrli I oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Shohsanamni ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#yangi_oʻquv_yili #TTJ

📌 4-sentabrdan yangi oʻquv yili boshlanadi. Joriy yilgi kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAUga qabul qilingan birinchi bosqich talabalarining bir guruhi universitet talabalar turar joylariga kelib joylashishdi.
💻 Bu yil ilk bor TTJ uchun arizalar my.gov.uz saytida onlayn qabul qilindi. Belgilangan mezonlar asosida turar joylar taqsimlandi.
🛏 Hozirga qadar 200 ga yaqin talaba TTJga joylashdi.
Eng muhimi, ota-onalar ham talabalar ham xursand!

Bizni tarmoqlarda kuzating👇


Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Tushuntirish

Hozir koʻplab I kurs talabalaridan arizasi "jarayonda" statusida turgani haqida koʻplab savollar kelmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 376-son Qaroriga muvofiq, ushbu talabalarning arizasi navbatga qoʻyiladi. Talabalar turar joyidan qaysidir talaba arizasini bekor qilgan holda chiqib ketsa, my.gov.uz tizimi avtomatik ravishda keyingi navbatdagi arizachiga talabalar turar joyi taqdim etadi.

Demak, hozir "jarayonda" statusidagi talabalar TTJ uchun navbatga qoʻyilgan!

Читать полностью…
Subscribe to a channel