#oʻzbek_tili #xalqaro_etirof
4-oktabr kuni Qirg'iz Respublikasining O'sh davlat universitetida ikki qardosh mamlakat doʻstligining ramzi oʻlaroq O'zbek tili va madaniyati markazi ochildi.
Ushbu quvonchli tarixiy kunda ikki mamlakat o'rtasidagi adabiy-madaniy aloqalar rivojiga munosib hissa qo'shgani uchun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinovga Oʻsh davlat universiteti faxriy professori unvoni topshirildi.
Batafsil:
👉Oʻzbekcha
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#madaniy_hordiq
Hurmatli ustozlar va talabalar! bugun soat 17:30 da O'zbek Milliy akademik draam teatrida "O'zgalar dardi" spektakli namoyish etiladi.
Barcha qiziqqanlarni taklif qilamiz.
Kirish bepul
#ota_onalar
#Kongress
UNIVERSITETIMIZDA I OTA-ONALAR KONGRESSI ISH FAOLIYATINI BOSHLAYDI
Hurmatli ota-onalar. Universitet va ota-onalar o'rtasida muloqot maydonini yanada kengaytirish maqsadida joriy yilning 7-oktyabr kuni soat 10:00 da universitetimizning 212-ma'ruzalar I OTA-ONALAR KONGRESSI ish faoliyatini boshlaydi. Kongress faoliyati davomida universitet rahbariyati, professor-o'qituvchilar hamda tajribali psixologlar bilan uchrashuv, badiiy chiqishlar tashkil etiladi.
Aziz hamkasblar, zahmatkash ustozlar, ziyolilar!
Sizni umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklab, o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman. Universitetimizning har bir professor-o‘qituvchisi o‘z kasbining, o‘z ilm sohasining yetuk mutaxassisi ekanligini O’zbekiston va Jahonda qayd etayotgan ko‘rsatkichlarimiz dalillab turibdi. Bularning barchasi sizning tinimsiz mehnatingiz, izlanishlaringiz samarasidir.
Davlatimiz, jamiyatimiz Siz – Ustozlarning Vatanimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan katta hissangizni, mas’uliyatli faoliyatingizni yuksak baholaydi va qadrlaydi. Fursatdan foydalanib, Sizga sihat-salomatlik, oilangizga baxt-u saodat, ezgu ishlaringizda yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Barchangizga bayram muborak bo'lsin, azizlar!
Shuhrat Sirojiddinov
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU rektori, filologiya fanlari doktori, professor.
#milliy_liboslar_haftaligi
Milliy liboslar haftaligi yakunlandi. Ammo millatsevar yoshlar bor ekan an’analarimiz barhayot, milliy qadriyatlarimiz umrboqiy!
Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
#milliy_liboslar_haftaligi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Milliy liboslar haftaligi oxirlab qoldi. Bugun kun davomida universitetimiz talabalari tomonidan milliy liboslar tanlovi, milliy taomlar tanlovi va alla aytish tanlovlari oʻtkazildi.
Koʻtarinki kayfiyat, milliy an’analarimiz tarannumi hatto xorijliklarni ham lol qoldirdi.
Ertaga haftalik davomida oʻtkazilgan tanlovlarning gʻoliblari taqdirlanadi.
Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
#milliy_liboslar_haftaligi
🧿Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAUda 25–30-sentabr kunlari oʻtkaziladigan Milliy liboslar haftaligi doirasida quyidagilar rejalashtirilmoqda:
2️⃣5️⃣-sentabr▶️Haftalik ochilishi, Taniqli dizaynerlarning milliy matolardan tikilgan modalar namoyishi.
2️⃣6️⃣-sentabr▶️Universitetimiz havaskor modelyerlarining milliy uslubdagi eskizlari tanlovi.
2️⃣7️⃣-sentabr▶️Milliy libosda milliy palov tayyorlash tanlovi.
2️⃣8️⃣-sentabr▶️Milliy libosda alla aytish tanlovi
2️⃣9️⃣-sentabr▶️Milliy lapar va aytishuvlar tanlovi
3️⃣0️⃣-sentabr▶️Haftalik yopilishi, milliy liboslar koʻrgazmasi
🎁 Haftalik davomida barcha tanlovlarda faol ishtirok etgan talabalar/ustozlar taqdirlanadi!
Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
#yangi_nashr
G'AFUR G'ULOMNING "SHUM BOLASI"
BAHODIR KARIMOV DOMLANING YANGI KITOBI NASHRDAN CHIQDI.
© Ruhiyat alifbosi | Bahodir Karimov
Domlaning ijtimoiy tarmoq o'zanlari quyidagilar:Telegram | LinkedIN | Facebook | Instagram Читать полностью…
Kitobga qiziquvchi, kitobga oshno yoshlar sizlarni har chorshanba kuni bo'lib o'tadigan,, Tafakkurdan yaralgan inju '' nomli yangi loyihamizga taklif etamiz!!! Loyiha tógarak asosida tashkil etilib har haftada belgilangan kitob o'qib boriladi. Sizdan faqatgina kitobni o'qish talab etiladi.Kitobni o'qishni sevadigan barcha talabalar qatnashishi mumkin. Unda shoshiling quyidagi link orqali guruhimizga qo'shiling. /channel/+JFrYQ2793ENmOWUy
Читать полностью…Xabaringiz bor, yaqinda Yoshlar ishlari agentligi va Anorbooks nashriyoti bilan hamkorlikda "#Uygʻonish" toʻplami nashr etildi. To’plamda Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi jahon ilm-fan tamadduniga ulkan hissa qo’shgan ajdodlarimiz haqida qimmatli ma’lumotlar o’rin olgan. Ushbu toʻplamni yaqin doʻstlariga, farzandlariga, ustozlariga xarid qilmoqchi boʻlganlar quyidagi manzilga murojaat qilishlari va universitetdan olib ketishlari mumkin.
/channel/husan_maqsudov +998 99 335 66 00
#milliy_liboslar_haftaligi #oʻzbekligim
Ko'zni qamashtirib, chaqnaydi atlas,
Naqadar dilrabo, naqadar ko'rkam!
Go'yoki atlasga butun husnini,
Butun jilvasini berganday ko'klam.
🧿 Aziz universitetimiz ahli! Barchangizga mamnuniyat bilan Milliy liboslar haftaligini e’lon qilamiz!
💫 25–sentabrdan 30-sentabrgacha
Universitetimizning barcha talabalari/ustozlari oʻqishga/ishga milliy liboslarda kelishlari lozim.
🌷 Haftalik soʻngida eng goʻzal milliy liboslar targʻibotchilari taqdirlanadi!
Talab: milliylik va zamonaviylik uygʻunlashgan, qulay va behasham liboslarda boʻlish.
🌞 Ha aytgancha, haftalik davomida yurtimizning taniqli dizaynerlari tomonidan liboslar koʻrgazmasi va sotuv yarmarkasi ham tashkil etiladi!
Barchangizni ushbu haftalikda faol boʻlishga chaqiramiz!
Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
19 сентябрь куни, Нью-Йорк: Марказий Осиё ва АҚШ етакчиларининг биринчи саммити, БМТнинг юксак минбаридан илгари сурилган муҳим ташаббуслар ва самарали икки томонлама учрашувлар
—
19 сентября, Нью-Йорк: первый саммит лидеров Центральной Азии и США, важные инициативы, озвученные с высокой трибуны ООН, плодотворные двусторонние встречи
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
📌 Kompyuter savodxonligi darslari uchun qabul boshlandi!
📝 Kurs 3 oyga moʻljallangan boʻlib, haftada 3 kun, 1,5 soatdan davom etadi. Qoʻshimcha ravishda, haftaning qolgan kunlari ham kelib o'z ustingizda ishlashingiz mumkin.
Ushbu kurs davomida:
▫️Word;
▫️Excel;
▫️PowerPoint;
dasturlari imkoniyatlari va ulardan foydalanish konikmalari,
Bundan tashqari:
▪️Kompyuterdan to'g'ri foydanalish;
▪️Kompyuterga operatsion sistema o'rnatish;
▪️Dasturlarni to'g'ri tanlash, o'rnatish;
bonus tariqasida o'rgatiladi.
✅ Darslar kompyuter va internet mavjud xonada olib boriladi!
🔗 Ro'yxatdan o'tish
🌐 Bog'lanish
📍Manzil: ToshDO'TAU o'quv binosi, Mustaqil ta'lim zali.
#taziya
Akademik, adabiyotshunos olim, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Naim Karimov 91 yoshida vafot etdi.
Naim Karimov 1932-yili tug‘ilgan. Butun umri davomida u o‘nlab kitoblar, minglab maqolalar muallifi, yuzlab shogirdlarning yoʻlboshchisi – ustozi boʻldi. Naim Karimov Beruniy mukofoti laureati, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobidir.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi akademik, adabiyotshunos olim Naim Karimovning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari, shogirdlari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Assalomu alaykum!
Turk tilini to‘g‘ri manzilda, to‘g‘ri shaklda o‘rganing!
Turk tilini o‘rgatuvchilar safi ancha kengaydi. Lekin hammasi ham ishonchli emas, vaqtingiz va naqdingizni qurbon qilishga arzimaydi! (Mayli, har kimning o‘z “haqiqat”i bor...)
Turk tili o‘zbek tiliga yaqin bo‘lgani bilan uni o‘rganish turli reklama afishalarida aytilayotgani kabi oson emas. Sabr qilib, oxirigacha sobit tura olganlargina bu vazifaning uddasidan chiqadi!
Uzoq yillardan buyon Turkiyada aynan pedagogika yo‘nalishida ta’lim olib, Turkiya muhitida yashab kelayotgan, 400 dan ortiq shogirdlarni tayyorlagan Numon Nasrullayev oktyabr oyi uchun yangi guruhlarga qabul boshlanganini e’lon qiladi!
A1 daraja darslari 8.10.2023 (Yakshanba) soat 18:00'da boshlanadi.
Hoziroq bog‘laning! Toʻliq maʼlumotlarni @NUMONNASR manzilidan olishingiz mumkin. Birinchi dars mutlaqo tekin!
Ishoning, birgalikda uddalaymiz!
@NumonNasrullayev
#raqamli_universitet #raqamli_kutubxona
❗️Aziz talabalar, siz endilikda universitet kutubxonasiga bormasdan turib ham ARMga a’zo boʻlishingiz mumkin. Buning uchun qoʻlingizdagi gadjetlar 📲 kifoya!
👩💻 Bundan tashqari sizning vaqtingizni tejash maqsadida elektron kutubxona orqali zarur kitobni oldindan buyurtma qilishingiz mumkin. ARM xodimi buyurtmangizni siz to kutubxonaga borguningizgacha shay qilib qoʻyadi. Siz ortiqcha kutib, izlanib oʻtirishingizga hojat yoʻq.
🕹 Kitobni oldindan buyurtma qilasiz!
📚 ARMga borib, ism-sharifingizni aytasiz, kitobni olasiz va foydalanasiz.
📖 Buning uchun siz yuqoridagi yoʻriqnomadan foydalanishingiz mumkin.
⏳ Universitet Axborot-resurs markazi sizning vaqtingizni qadrlaydi!
Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
#ehtirom
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan talabalarimizning kasb bayramini nishonlayotgan ota-onalariga maktub yo‘lladi.
Yurtimizning barcha hududlari bo‘ylab maktublar o‘z egalariga yetib bordi.
➖➖➖
With regards to 1st of October - the Day of Teachers and Mentors, the rector of Alisher Navoi Tashkent State University of Uzbek Language and Literature wrote letters to the parents of students who are celebrating their professional holiday.
The letters have reached their addressees in all regions of our country.
➖➖➖
В связи с 1 октября - Днем учитетелей и наставников ректор Ташкентского государственного университета узбекского языка и литературы имени Алишера Навои написал письма родителям студентов, которые отмечают свой профессиональный праздник.
Письма достигли своих адресатов по всем регионам нашей страны.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Sergelidagi aholidan pul so’rayotgan firibgarlar paydo bo’libdi
Ma’lumki, Sergeli tumanida sodir bo‘lgan favqulodda hodisa natijasida aholining zarar ko‘rgan uy-joylarini tiklash ishlari jadal davom etmoqda.
Bu ishlarning barchasi aholi uchun BEPUL amalga oshirilmoqda.
Toshkent shahar hokimligining ma’lum qilishicha, murakkab vaziyatdan foydalanib, aholidan pul undirish niyatida bo‘lgan shaxslar mavjudligi aniqlandi. Ular hukumat tomonidan bepul amalga oshirilayotgan ishlar uchun yurtdoshlarimizdan pul so‘rab, ularning soddaligidan foydalanmoqda.
Hokimlik noinsof shaxslarning gaplariga ishonib, aldanib qolmaslikka chaqirmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Oltoyda Xalqaro baxshilar qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda o‘zbek olimlari ham qatnashdi
Oltoy Respublikasi milliy teatrida qurultoyning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Rossiya Federatsiyasining turli hududlari va qo‘shni davlatlardan kelgan mehmonlar, oltoy urf-odatlariga ko‘ra, ezgu tilaklar, ehtirom ramzi bo‘lgan belbog‘ va milliy taomlar bilan kutib olindi.
Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5907
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#tayinlov
Obidjonova Ma’suma Qosimjon qizi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
M.Obidjonova 1993-yil 4-avgustda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar ToshDOʻTAU tayanch doktoranturasida tahsil olgan.
Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Toshkent shahar boshqarmasi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.
Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
“Менимча” дастурида Нью-Йоркдан Маҳлиё Тўрабоеванинг махсус репортажи:
- Колумбия университети профессори Азиза Шоназарова Президентга нима деди?
- Висконсин университети postdoc/ тадқиқотчиси Бекзод Ҳошимов Андижонда полсиз мактабни кўргани ва Президентнинг унга жавоби;
- Гарвард университети докторанти Ботир Қобиловнинг учрашув ҳақида фикрлари;
- “Илон Маск олдидаям бунчалик ҳаяжонланмагандим” Теслада ишловчи ёш оила Муштарий ва Музаффар Ҳамроевнинг таассуротлари.
Rauf Parfi tavalludining 80 yilligi munosabati bilan tanlov e'lon qilamiz!
Shartlar:
▪️Rauf Parfi ijodidan o'zingizga yoqqan she'rni o'qib, video tayyorlaysiz.
▪️Tayyor bo'lgan videolarni @bookworm24'ga yuborasiz.
▪️Ular orasidan eng yaxshi 3 ta videoni tanlab, kanalda e'lon qilamiz.
▪️Videoda boshqa notiqlarning she'r o'qigan audiolaridan foydalanish mumkin emas.
G‘oliblarga quyidagi sovg‘alar topshiriladi:
🥇 Rauf Parfi tasviri tushirilgan hudi va
Rauf Parfining “Hukmnoma” va “Iymon asiri” kitoblari;
🥈 Rauf Parfi tasviri tushirilgan hudi va Harper Lining “Mazaxchini o‘ldirish” kitobi;
🥉 Rauf Parfi tasviri tushirilgan hudi va Ulug‘bek Hamdamning “Yaxshiyam sen borsan” kitobi.
Videolar 26-sentyabr kuni soat 15:00 gacha qabul qilinadi. 27-sentyabrda g'oliblar telegram kanalimizda e'lon qilinadi.
Videolarni saralab olish jarayonida ishtirokchining ijodi, mehnati va didi hisobga olinadi.
Ijodkor do'stlaringizni tanlovdan xabardor eting. Barchaga omad!
📚 @akademnashr │#tanlov
https://www.terabayt.uz/uz/post/o-va-g-harflari-tutuq-belgisi-muammolar-va-yechimlar
Читать полностью…#talabaga_yengillik
⚡️1-kursga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-oktabrga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 15-oktabri etib belgilandi.
Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbarining buyrug‘i bilan uzaytirilishi mumkin.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#yangi_alifbo
Taklif qilinayotgan alifbo loyihasini toʻliq qo'llab-quvvatlayman. Barchangizni yakdillikda taklif etilayotgan alifboni qo'llashga chorlab qolaman!
#madaniy_hordiq
Bugun soat 17:30 da Oʻzbek milliy akademik drama teatrida "O'zgalar dardi" spektakli namoyish etiladi.
Barcha qiziqqanlarni taklif qilamiz. Kirish bepul
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar. 1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o'qituvchilar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan har bir kafedradan kamida 1 ta ( xohlagan kafedralardan bir nechta jamoa qatnashishi mumkin) jamoa qatnashishi lozim. G'olib jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Ushbu arizani 20-sentyabr sanasiga qadar to'ldirib, @Orifjon_Olimjanov akkauntiga yuborishingiz so'raladi.
Mustaqil ijodkor yoshlar birlashmasi, Oyina.uz portali, Book.uz hamkorligidagi
Ochiq mikrofon loyihasining 5-sonini kutib oling!
🔸Nazm
Go‘zal Ro‘ziyeva,
Dilmurod Do‘st,
Madina Norchayeva,
Anvar Eshnazarov.
🔹Nasr
Bobo Ravshan,
Nafosat,
Farhod Eshon,
Zoir Zokirov.
🔥 Kecha mehmonlari —yozuvchi Nazar Eshonqul va shoira Sohiba Hayot.
Keling, tinglang, his qiling! O‘z she’r va hikoyalaringiz bilan ishtirok eting.
⏰ 16-sentabr, 18:00
📌 Book.uz
/channel/ochiq_mikrofon