#mustaqillik🎇 #33yil🇺🇿
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklaymiz!
🎗Istiqlolimiz abadiy bo‘lsin!
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
#super_kontrakt
2024/2025-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.
Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.
💾 PDF shaklida yuklash
Bizni kuzating
Izoh: hurmatli talabalar! "Kreditga kirish haftaligi" ham 9-sentyabrdan boshlanishini ma'lum qilamiz. Demak, 9-dan kelsangiz boʻladi😊.
Читать полностью…⚡️Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9-sentyabr, dushanba kunidan boshlanadi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 321-sonli buyrug‘ida belgilandi.
Akademik litseylarda esa yangi o‘quv yili 4-sentyabr, chorshanba kunidan boshlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
#e’lon
⚡️Ariza yubormaganlar shoshiling! Bugundan 1-kursga tavsiya etilganlar uchun yotoqxonalar ajratila boshlandi
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuborgan talabgorlarga talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha natijalar e’lon qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng joylar, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679
Bizni kuzating
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Vazirlik va idoralar hamkorligida ijodkorlar o‘rtasida Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilinadi
🔍Mazkur tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:
🔍“Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”
🔍“Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq”
🔍“Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r”
🔍Baholash natijalari bo‘yicha g‘oliblar:
🔍 “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq”
1-o‘rin — 50 000 000 so‘m
2-o‘rin — 30 000 000 so‘m
3-o‘rin — 20 000 000 so‘m.
🔍 “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”
1-o‘rin — 30 000 000 so‘m
2-o‘rin — 20 000 000 so‘m
3-o‘rin — 10 000 000 so‘m.
🔍 “Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r”
1-o‘rin — 20 000 000 so‘m
2-o‘rin — 10 000 000 so‘m
3-o‘rin — 5 000 000 so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🔍Tanlovda 18 yoshdan barcha ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.
📹Ijodiy ishlarni t.me/ManaviyatTanlovlar_bot manziliga jo‘natishingizni so‘raymiz.
📞Murojaat uchun telefon: +998971448025
✅Bizni kuzatishda davom eting!
✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook
♦️“Ma’rifat maydoni – 2024” | Final
🔴Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Hurriyat” jamoasi
Mazkur jamoasi tanlovning “Adib hayoti” ko‘rgazmali taqdimot chiqishi shartida Abdulla Qodiriy siymosi hayoti va ijodi haqida ko‘rgazmali taqdimot qilgan bo‘lsa, 3-shartda Oybek hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya ijro etgan edi.
🥇Yakunda “Hurriyat” jamoasi tanlovda 5-o‘rinni qo‘lga kiritib, 5 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlangan.
Marhamat, ushbu jamoaning final bosqichidagi chiqishlarini to‘liq formatda tomosha qiling.
📺YouTube orqali ko‘rish ⬅️
#Diqqat
❗️Bilasizmi, dunyoda eng ko'p so'zlashilinadigan tillardan biri turk tilidir. 2016-yilda olib borilgan so'nggi tadqiqotga ko'ra, turk tilida 12 davlatda 250 million kishi so'zlashadi.
❗️Bilasizmi, "Muvaffakiyetsizleştiricileştiriveremeyebileceklerimizdenmişsinizcesine" so'zi eng uzun turkcha so'z bo'lib, 70 harfdan iborat.
❗️Bilasizmi, 58 ta ma'noga ega bo'lgan turk tilidagi "Çıkmak" so'zi eng ko'p ma'noli so'zlar orasida birinchi o'rinda turadi.
❗️Bilasizmi, Turk tilidan A1 daraja guruhlariga qabul ochildi! 😁
🚨 Darslarimiz haftaning toq kunlari soat 18:00-20:00'da bo'lib o'tadi.
✅ Birinchi "probniy" darsimiz esa 20-avgust (Seshanba) kuni soat 18:00'da boshlanadi. "Probniy" darsimizga qatnashish mutlaqo TEKIN.
Qolaversa A2, B1, B2 darajadan davom etish imkoni ham aynan sizda bor, shartlar bu yerda.
To'liq ma'lumotni esa @NUMONNASR manzilidan olishingiz mumkin.
Turk tili boʻyicha qiziqarli ma'lumotlar uchun kanalni kuzatib boring
👉 @NumonNasrullayev 👈
ISTE’DODLI YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH “ULUG‘BEK" JAMG‘ARMASI TANLOV E'LON QILADI.
⚡️Jamgʻarma talabalar uchun har oylik stipendiya toʻlanadigan oʻquv kurslari tashkil etmoqda!
🔰 Mehnat bozorida yuqori maosh to'lanadigan zamonaviy kasb egasiga aylanishni xoxlaysizmi?
🔰 Boʻlajak mehnat faoliyatingizda dasturiy ta'minot vositalarini qo'llashni o'rganmoqchimisiz?
🔰 Xalqaro sertifikatlarga ega boʻlishni xohlaysizmi?
Tanlov bosqichlari toʻgʻrisidagi ma'lumotni yuqorida yuklangan fayldan olishingiz mumkin.
📥 Talabgorlar ariza topshirish uchun 15-avgust kuniga qadar quyidagi link orqali roʻyxatdan oʻting. 👉 https://dscience.uz/uz/register/students/byudjet
#oavda_biz #mustaqillik33
🎗Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov bilan “O‘zbekiston-24” telekanalida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” mavzusida suhbat efirga uzatildi.
📺Ushbu suhbatni albatta tomosha qiling!
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
#Magistratura_2024
⚡️6–8-avgust kunlari magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin
✅2024/2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul boʻyicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.
Bizni kuzating
Talabaning shartnoma pulini toʻlagan yaqin qarindoshlarga ham soliq imtiyozlari berilishi mumkin
Maʼlumot uchun, bugungacha bunday imtiyoz faqatgina talabalarning ota-onalariga nisbatan qoʻllanilar edi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/24061
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | X | Instagram
- Bakalavrni JOKUda o’qiganmisiz?
- Yo’q, Alisher Navoiy universitetida!🎓
Katta ustozlar, talabalar, maktab o’quvchilari va umuman juda ko’pchilik menga shu savolni juda ko’p berishadi. Bakalavrda o’qish uchun tanlov qilayotganimda keyinchalik faqat jurnalistika emas, boshqa sohalarda ham ishlash mumkin bo’lgan universal diplomim bo’lishini xohlagandim. 2018-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetiga davlat granti asosida qabul qilinganman.
Bugungi har bir natijam ortida shu universitetdagi erkin muhit, sohasining eng zo’r professorlaridan olingan bilimlar turadi.
Hozir minglab abituriyentlar “Qayerda o’qisam ekan?” degan savol va katta tanlov oldida turishibdi. Tilshunoslik, jurnalistika, tarjima va pedagogika yo’nalishini tanlagan har bir abituriyentga o’zim o’qigan universitetni tavsiya qilgan bo’lardim. Universitetda nafaqat o’zbek tili, xorijiy tillar, sharq tillari bo’yicha eng yaxshi mutaxassislar sizga dars beradi. Chet davlatlar bilan talabalar almashinuv dasturlari, xalqaro konferensiya va grantlar bo’yicha ham juda ko’p imkoniyat va imtiyozlar bor.
Hali tanlov qilmagan hamma abituriyentlar uchun Alisher Navoiy nomidagi ToshDO’TAUni tavsiya qilaman.
P/s. The Impact Ranking natijalariga ko’rsa universitet Top-300 talikka kirgan. Yuqoridagi videoda boshqa xalqaro reytinglardagi natijalari ham aks etgan. Albatta, ko’ring.
@Sinchalak_blog
#tez_fursatda
Hurmatli universitetimiz talabalari! Yaqin orada Talabalar turar joyi uchun arizalar qabuli boshlanadi. Ma'lumki, 2024/2025-o'quv yilidan boshlab barcha bosqich talabalari TTJ uchun hujjatlarini my.gov.uz portali orqali topshiradi.
⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
Bizni kuzating
#tabriklaymiz
Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabasi Sevinch Muzaffarova respublika oliy ta'lim muasasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan "Kitobxon yoshlar ligasi" koʻrik-tanlovining final bosqichida 1-o'rinni qoʻlga kiritdi.
Sevinchni g'alaba bilan qutlaymiz!
#mandat #magistratura #qabul2024
⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda
2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Bizni kuzating
Izoh: universitetda 4-7-sentyabr kunlari barcha kurs talabalari uchun "Kredit-modul tizimiga kirish" kunlari boʻlib oʻtadi. Ushbu muddatda talabalar tanlov fanlarni tanlash va boshqa tashkiliy (toʻlov-shartnoma, TTJ, ijara kabi) masalalarni hal qilishadi.
Читать полностью…#tezkor #kontrakt #shartnoma
Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)❗️
⚡️Bugundan to‘lov shartnomasini olishga onlayn ariza yuborishingiz mumkin.
🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!
Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.
Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.
Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.
Ilovani yuklab olish:👇
📲 iOS uchun 📲 Android uchun
Bizni kuzating
#diqqat
Masofaviy ta’lim shaklini tanlab, talabalikka qabul qilingan yoshlar diqqatiga!
Sizlar uchun maxsus Telegram guruhi tashkil etildi.
/channel/masofaviyt
Zudlik bilan shu guruhga qoʻshiling va savollaringizga javob oling!
Assalomu alaykum hurmatli Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari. Ta'tilni yaxshi o'tkazyapsizlarmi? Zakovatniyam sog'inib qolgandirsizlar.
O'tgan o'quv yilida 2 ta mavsumdan tashkil topgan "Universitet ligasi" o'yinlarini davom ettirmoqchimiz. Faqat bu safar boshqa nom ostida — "ToshDO'TAU Zakovat ligasi".
Qoidalar o'sha-o'sha. Faqat kelyotgan bir hafta davomida ro'yxatdan o'tish bo'ladi. Keyingi hafta esa Transferlar oynasi ochiladi. "ToshDO'TAU Zakovat ligasi"da ishtirok etmoqchi bo'lgan (universitetimizning yoshi, mavqeyi, jinsi va dinidan qatiy nazar hamma a'zosi)lar o'z jamoangizni ro'yxatdan o'tkazishga shoshiling. Jamoa sardori @behruz_6402 ga jamoa nomi, jamoa a'zolarini yuborishi kerak.
📌 Jamoada eng ko'pi 6 ta ishtirokchi bo'lishi kerak.
📌 Har bir mavsum 10 turdan iborat bo'ladi.
📌 Savollar mualliflik bo'lmaydi (ora-orada bo'lishi mumkin), 24 ta + 0-savoldan iborat bo'ladi.
📌 Haftaning qaysi kunida va qaysi vaqtda o'tkazilishi o'quv yili boshlangach ma'lum bo'ladi.
📣 Diqqat tanlov!
⚡️ Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikda “Madaniyat to'lqinlari” media loyihasi tanlovini e'lon qiladi!!!
Tanlov ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida milliy g‘ururni shakllantirish, oilaviy qadriyatlar, urf-odat va an’analarni targ‘ib qilish, media olamni ezgu hamda umuminsoniy mavzudagi materiallar bilan boyitish maqsadida quyidagi 10 ta yo‘nalish bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:
✅ milliy g‘urur tushunchasini targ‘ib qilish, Vatanga sadoqat tuyg‘usini ommalashtirish;
✅ Vatanning har qarich yerini qo‘riqlash, jangovar shaylikni mustahkamlashga har bir fuqaro mas’ul ekanini singdirib borish;
✅ qiz farzandlarni o‘qitish, kasb-hunarli bo‘lishi hamda zamonaviy ilmlarni egallashiga ko‘maklashish, bu orqali “Alp Onadan” degan qadimiy taomil mohiyatini ommalashtirish;
✅ o‘zining bilimi, mehnati, intilishlari sababli jamiyatda munosib o‘rnini topgan yoshlar hayotini aks ettiruvchi, boshqalarni muvaffaqiyatlar sari undovchi ta’sirchan ijtimoiy roliklar.
✅ tibbiyot, ta’lim, IIV, xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda kasbiy madaniyatni rivojlantirish;
✅ oilaviy qadriyatlar asrab-avaylash (masalan, oilada otaning o‘rni qanday bo‘lishi kerak);
✅ zamonamiz qahramoni deb aytish mumkin bo‘lgan oramizdagi oddiy odamlarni ommaga tanitish;
✅ yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish va biznes bilan shug‘ullanishga undash, o‘z kuchiga ishonishni, sinovlardan cho‘chimaslikni targ‘ib etish;
✅ ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, “ota-onam nimaniyam bilardi” degan tushuncha shakllanishining oldini olish;
✅ yildan-yilga unut bo‘layotgan qadriyat va an’analarni ommalashtirish hamda ularning ahamiyatini odamlar ongiga quyib borish.
Tanlovda barcha turdagi havaskor va professional blogerlar (vayner, yutuber, podkastchilar va hokazo), ijtimoiy tarmoq faollari hamda O‘zbekiston Respublikasidagi Oliy ta’lim muassasalarining talabalari, o‘quvchilar, bolalar musiqa va san’at maktablarining o‘quvchilari, badiiy va ijodiy jamoalar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovga kelib tushgan media (video) mahsulotlar tegishli mutaxassislardan iborat Hakamlar hay’ati tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha 5 tadan, jami 50 ta media mahsulot saralab olinadi.
Saralab olingan media mahsulot mualliflari tashkilotchilar tomonidan diplom va bir martalik 50 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Media mahsulotlar joriy yilning 30-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Media mahsulotlar muhokamasi va saralash – joriy yil noyabr oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.
Taqdirlash marosimi – 2024-yil noyabr oyida tantanali ravishda bo‘lib o‘tadi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar Madaniyat vazirligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash markaziga murojaat etishlari mumkin.
📞 Murojaat uchun telefon: (91) 137-33-02
™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
❗️ Magistratura bo‘yicha mandat 20-avgustga qadar eʼlon qilinadi
Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda O‘zA maʼlum qildi.
Maʼlumot uchun, 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun talabgorlar diplom bali va chet tili sertifikatlari asosida qat’iy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko‘rib chiqiladi.
Ma’lumot uchun: bakalavr mandati 17-avgustga qadar chiqishi kerak.
👉 @xushnudbek 👈
Kitob o‘qing, elektromobil yuting!
📚 9 452 ta mahalladan eng bilimdon va zukko kitobxonlarni aniqlash uchun maydon yaratgan “Yosh kitobxon” tanlovining 2024-yilgi mavsumi tez orada start oladi. Ushbu mavsumning mahalla bosqichi sentabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
📎Tanlov Nizomi bilan tanishing!
📝 Shoshiling @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘ting!
📑 Adabiyotlar ro‘yxatini quyidagi havoladan olishingiz mumkin.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
❗️Abituriyentlar diqqatiga! Bugun yo‘nalish tanlashning oxirgi kuni
Bugun, 10-avgust soat 23:59 ga qadar abituriyentlar o‘zlari tanlagan fanlar majmuasiga mos beshta yo‘nalishlarni tanlashlari mumkin.
Bugun yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi, ya’ni ular o‘qishga kira olmaydi. Necha ball olgan bo‘lishidan qat’i nazar.
Iltimos, yana bir bor yaxshilab qayta tekshirib ko‘ring. Yo‘nalish tanlaganingizga ishonchingiz komil bo‘lsin.
Shuningdek, bugun soat 23:59 ga qadar tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirish ham mumkin. Faqat imkoni bo‘lsa, o‘zgartirishni vaqt kam qolganda amalga oshirmang. Odam ko‘pligidan serverda texnik muammo chiqsa, siz uchun kutilmagan yoqimsiz holat bo‘lishi mumkin. Barchasini vaqtliroq hal qiling.
Barchaga omad!
👉 @xushnudbek 👈
Diqqat! “Sen kuchlisan” loyihasi ko‘ngilli volontyorlarni izlamoqda!
Loyiha maqsadi onkologik va onko-gemotologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy va ma’naviy yordam berish.
Loyihaga volontyor sifatida qo‘shilmoqchi boʼlganlar @Shavkatovna0380 profiliga murojaat qilishingiz mumkin.
#e’lon
⚡️Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi!
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679
❗️Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
Bizni kuzating
#talabalar_diqqatiga
Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi!
ONLINE ENGLISH GRAMMAR COURSE by C1 level teacher
🔴 Kurs haqida qisqacha:
- 1,5 oy davom etadi, START 15.08.2024;
- live lessons + bonus darslar;
- vazifalarga feedback;
- nazorat.
❕To'lov 250 ming so'm.
❗️10-avgustgacha qabulga yozilsangiz 200ming --> 250 ming
⚠️Agar aqlli o'quvchi bo'lib eng zo'r o'zlashtirgan, intizomli 5lik ichida bo'lsangiz to'lovingiz qaytarib beriladi!!!
® bonus darslar 10-avgustdan boshlanadi.
Bog'lanish uchun: @C1levelteacher
Kanalimiz linki: /channel/bigstepstothetop
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🗣“Yangi O‘zbekistonga qanot bo‘lamiz!” ijodiy videoroliklar tanlovi eʼlon qilindi
🔸Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda qator tashkilotlar hamkorlikda “Salom Vatandosh” mega loyiha dasturi doirasida “Yangi O‘zbekistonga qanot bo‘lamiz!” ijodiy videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovga quyidagi mavzularda videoroliklar qabul qilinadi:
G‘oliblar quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi: