Аллоҳнинг наздида аёлга зулм қилишнинг гуноҳи эркакка зулм қилишнинг гуноҳидан оғирроқ. Зеро, Аллоҳнинг заифга ёрдам бериши заифнинг ўзига ёрдам беришидан ожизлиги миқдорича бўлади.
Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: "Мен икки заифнинг: етим ва аёлнинг ҳаққини ҳимоя қилиб, олиб бераман" дедилар.
⚜ Шайх Абдулазиз Торифий
Keling "Juma" haqida gaplashamiz!
Masjidda jamoat bilan namoz oʻqidim. Namoz tugashi bilan yonimdagi keksa yoshli otaxon qulogʻimga pichirladi:
— Birinchi safdagi odamlarga yaxshilab qara.
Men diqqat bilan ularga qaradim va otaxondan soʻradim:
— Uzr, bu bilan nima demoqchisiz?
— Oralarida biror boy yoki amaldorni koʻryapsanmi?
— Ha, lekin ozchilik.
— Yoʻq, ularning hammasi oddiy ishchilar. Biri farrosh, biri suvchi, yana biri oddiy xizmatchi.
— Ha...
— Allohning huzuridagi manzillarimiz ham xuddi shunday, mening hozirgi oʻrnimga va oʻzingnikiga qara, toʻrtinchi yo beshinchi safdamiz. Qiyomat kunida ham shunday boʻladi! Masjidlar bor boʻlsin, bizlarni fosh qildi, Allohning huzuridagi manzillarimizni koʻrsatib qoʻydi!
Bu gapdan men dahshat va hayrat ichida qoldim. Xuddi birov chakagimga qattiq urgandek boʻldi.
Alloh taoloning oyatini esladim:
“Va peshqadamlar, peshqadamlar. Ana oʻshalar, (Allohga) yaqin boʻlganlar” (Voqea 10, 11)
Yana Habibimizning hadislari ham yodimga keldi:
“(Odamlar) Azon aytishda va birinchi safda namoz oʻqishda nimalar (qanday fazilatlar) borligini bilsalar edi, ularga emaklab boʻlsa ham kelar edilar”
Eh otaxon, — dedim xayolan namozga kechikib kelganlar haqida shunday desangiz, umuman namoz oʻqimaydigan yoki faqat juma namozini oʻqiydiganlar haqida nima der ekansiz?!
Endi — shu soʻzlarni oʻqib turib ham, Bugungi "Juma namozi"ga bormagan insonga nima deyish mumkin?
Va yana, shuni ham aytib oʻtishimiz lozimki: Ertalabdan 'jumaga boraman', deb tayyorgarlik koʻrayotgan insonlardan, Alloh rozi boʻlsin.
АҚШда 18 ёшли талаба шаҳар мери этиб сайланди
18 ёшли Жален Смит Арканзас штатининг Эрл шаҳри мери этиб сайланди. Бу ҳақда NBC хабар бермоқда.
Яқинда ўрта мактабни тамомлаган 18 ёшли америкалик йигитча телеканалга берган интервьюсида сайловда ғалаба қозонишига ишончи комил эканлигини билган бўлса-да, натижани кўриб ҳайратда қолганини яшириб ўтирмади.
“Мен жуда миннатдорман! Мен ғалабани ҳудди тентаклар каби нишонладим. Бу тангри томонидан берилган туҳфа”, — дейди у.
The Hill хабарига кўра, Смит 218 та, унинг рақиби Неми Метю Ср эса 139 та овоз олган. Шу тариқа, у сайловларда ғалаба қозонган биринчи афро-америкалик мерга айланди.
Смитнинг янги лавозимидаги яқин режалари транспорт, жамоат хавфсизлиги ва шаҳарда йирик озиқ-овқат дўконини очиш билан боғлиқ муаммоларни ҳал қилиш.
“Бизда анча олдин битта дўкон бор эди, лекин у ёпилди. Кексаларнинг озиқ-овқат учун Ғарбий Мемфисга бориш ва қайтиш учун транспорти йўқ.
Шундай экан, шаҳарда озиқ-овқат дўкони бўлса яхши бўларди”, — дейди у.
🌐 EFFECT.UZ'нинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Sport
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!
📝 Davlat va jamiyat hayoti, uning barqaror taraqqiyoti kafolati Konstitusiya hisoblanadi. Unda millat birligi va hamjihatligi, har bir fuqaroning haq-huquqlari hamda burch va majburiyatlari, insonparvar huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish asosi ekanligini koʻrsatilgan.
🎉 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi sana munosabati bilan yurtdoshlarimizni samimiy qutlaydi!
Yurtimiz hamisha tinch, xalqimizning hayoti farovon boʻlsin!
📌 104 йил умр кўрган жарроҳ Федор Угловдан олтин қоидалар
🔶 Столдан қорнингиз ҳали бироз очлигидаёқ туриб кетинг.
🔶 Сўнгги овқатланишингиз соат 20:00 дан кеч бўлмаслиги ва 1 стакан кефир билан тугаши керак.
🔶 Кўпроқ творог, гўшт, балиқ, мева, сабзавотлар ва бошқа турдаги витаминли маҳсулотлар истеъмол қилинг. Суюқлик миқдори чекланмаган.
🔶 Оқ нон, пишириқ ва ширинликлардан ўзингизни тийинг.
🔶 Ҳеч қачон овқатланиб бўлгач ухламанг. Тушликдан сўнг, дарров ишхонага шошилинг.
Bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Samarqand shahar hokimligi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni qutlaydi.
8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun barchaga muborak bo‘lsin.
• Qor aslida oq rangda emas. U rangsiz va tiniq bo'lib, mayda kristallar (qor parchalari) yuzasida yorug'lik nuri akslanishi tufayli oq bo'lib ko'rinadi.
• Qor parchalarining ko'rinishi bir-birini takrorlamaydi.
• Ularning bu qadar xilma-xil bo'lishiga sabab, erga tushar chog'ida turli xil harorat va namlik ta'siridan o'tishidir.
• Shunga qaramasdan, har qanday qor parchasi bir xil miqdorda – 10 kvintillion (10 000 000 000 000 000 000) dona suv molekulasidan tashkil topadi.
• Qor parchalarining bir-birini takrorlamasligini fotograf Uilson Elvin Bentli 1885 yildan boshlab olgan minglab rasmlarni solishtirib aniqlagan.
• Qor parchasi 2002 yil Solt Leyk Sitida o'tkazilgan qishki Olimpiya o'yinlari ramzi bo'lgan.
• Ginnesning Rekordlar Kitobiga kiritilgan eng yirik qor parchasi diametric 15 dyum, qalinligi 8 dyum bo'lgan. 1887 yil, 28 yanvarda AQSHning Montana shtatida topilgan.
• Rekord darajada qor yog'ishi AQSHdagi Beyker tog'i yonbag'rida kuzatilgan bo'lib, 1998 1999-yilgi qish mavsumida deyarli 29 metr qalinlikda qor yog'gan.
• Er yuzidagi barcha chuchuk suvlarning 80 foizi qor va muz ko'rinishida bo'lib, ular sayyoramizning 12 foiz maydonini band etgan...
СамДУ Органик синтез ва биоорганик кимё кафедраси профессори, кимё фанлари доктори Бозоров Хуршид Абдуллаевич "Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 30 йиллиги" кўкрак нишони билан тақдирланди. Домланинг келгуси ишларига зафарлар тилаймиз.
Читать полностью…📌 DIQQAT: O‘qishni ko‘chirish (PEREVOD) jarayonlari boshlanishiga oz vaqt qoldi
Har yili 20-dekabrdan 20-yanvarga qadar uzrli sabablarga ko'ra o'qishni ko'chirish va qayta tiklash uchun hujjatlar qabuli boshlanadi. Hujjatlar ishchi guruhlar tomonidan oflayn shaklda qabul qilinadi.
IZN
Yetmish ikki tomirlarim so'z ichmoqqa so'zsirasa,
Qontushlardan olib chiqsa ajin bosgan olovli tosh,
Sabr degan huuv qalqonim sinib ketsa, berolmay dosh,
Tangrim mendan yuz o'girma darmon uchun so'z so'rasam!
Mana qo'shin, mana qal'a, qog'ozlarga qurib oldim,
Tugab qolsa tul daraxtning yaprog'ini yulib oldim,
Yuragimga gul ekkandim sovuq kirmay so'lib qoldi,
Tangrim mendan yuz o'girma armon uchun so'z so'rasam!
Telba edim, telba deding, telbanoma qo'limdadir,
Ayyuhannos solish uchun tikonzoring yo'limdadir,
Menku sendan ayrilganman, qaytishga yo'l o'limdadir,
Tangrim mendan yuz o'girma shu jon uchun so'z so'rasam!
Allanechuk bu ko'ngilni so'z sathiga chayib oldim,
Talab ketdi uchragan kas, aytilmagan bir uh qoldi,
Qurbonlikka hech vaqo yo'q, qolsa jasad va ruh qoldi,
Tangrim mendan yuz o'girma qurbon uchun so'z so'rasam!
Boshliqman deb dum chiqargan boshsizlarim bisyor bo'ldi,
Bu savdoni ko'rgan alplar bir yon, tullar bir yon bo'ldi,
Dallollari pora tiqsa, sherpanjalar ayyor bo'ldi,
Qasd olishga ijozat ber imkon uchun so'z so'rasam!
Ko'raringga ko'nmayman deb ko'nganini ko'rganim bor,
Gangib yurgan shamollardan ahvolini so'rganim bor,
Ayqash-uyqash hayolimda sochlarini o'rganim bor,
Toki uni faromush et bir on uchun so'z so'rasam!
Tangrim mendan yuz o'girma armon uchun so'z so'rasam...
Sanjar Isomiy
@sanjarisomiy
NAFS VA INSON🌙
• Nafs: - “Mana senga kerak boʻlsa taxt”.
• Inson: - “Yoʻq kerakmas. Islomim bor! Men uchun bu baxt”.
• Nafs: - “Balki yoqar oysuluv qizlar?”.
• Inson: - “Yoʻq yorim bor, baxtlimiz bizlar”.
• Nafs: - “Balki senga kerakdir boylik?”.
• Inson: - “Qanoatla holim chiroylik”.
• Nafs: - “Undan koʻra sen oʻynab kulgin...”.
• Inson: - “Qiyomat bor sen hayo qilgin”.
• Nafs: - “Bu dunyo besh kunlik bilgin”.
• Inson: - “Xaqni aytding. Sen taqvo qilgin”.
• Nafs: - “Balki senga yoqar kayf safo?”.
• Inson: - “Halolga xoʻp, qolgani jafo”.
• Nafs: - “Sharoblar bor. Mast boʻlib koʻrgin!”.
• Inson: - “Uni qoʻy. Iymon lazzatin tuygin”.
• Nafs: - “Koʻzingni och dunyo makrdir...”.
• Inson: - “Makrlarga toʻsiq zikrdir”.
• Nafs: - “Ahmoqsan seni hayoting gʻurbat”.
• Inson: - “Yoʻq umidim abadiy Jannat”.
• Nafs: - “Men nafsingman yengildim senga”.
• Inson: - “Kel Haq yoʻlda yordam ber menga”.
• Nafs: - “Roziman hoʻp. Iymon shartlarin bildir”.
• Inson: - “Maxluq borki Robbiga quldir”.
• Nafs: - “Qullik qanday boʻladi aytgin?”.
• Inson: - “Amriga yur. Nahiydan qaytgin!”.
• Nafs: - “Gunohlarim kecharmi Qahhor?!”.
• Inson: - “U mehribon rahmli Gʻaffor!”
🌿 Siz suratda ko‘rib turgan yer maydonida joylashgan hurmo ekinzori dunyodagi eng katta hurmo xo‘jaligi bo‘lib, Saudiya arabistonining Madinai munavvarada joylashgan.
Maydonining kattaligi bo‘yicha Ginness rekordlari kitobiga kiritilgan.
Ho‘jalikning umumiy maydoni 54.660 donumni tashkil qiladi.
Ho‘jalikda qirq besh xildan ortiq hurmo navi mavjuddir.
Har yili, Ramazon oyida Makka mukarrama va Madinai munavvaradagi nomozxonlar uchun bepul hurmo maxsulotlarini yuboradi.
Izoh: 1 donum 910 kv.m ga tengdir.
She'r qahramoniga qo'yilgan haykal.
Xorazmlik shoir Matnanazar Abdulhakimning “Darsdan so'ng” nomli she'ri qahramoniga qo'yilgan haykal borligini bilarmidingiz?
Naqadar ma'noli va mazmunli she'r, albatta tinglang va tafakkur qiling!
Manba : Samarqandlive kanalidan olindi
/channel/YIAhujjat
Alloh shunday deydi: “Kimni mendan ko‘ra ko‘proq sevsang, uni sendan olaman. “Usiz yashay olmayman”, dema – seni usiz yashataman!
Vaqtlar o‘tadi, soya berib turgan daraxtlarning butoqlari quriydi, sabr kosang to‘ladi, joningdan deb bilgan yoring bir kun dushman bo‘ladi, o‘zing hayratda qolasan, do‘sting dushmanga aylanadi, dushmaning esa do‘stga. “Bo‘lmaydi”, degan nimang bo‘lsa barchasi bo‘ladi. “Yiqilmayman”, deysan yiqilasan, “Hayron qolmayman”, deysan hayratda qolasan – shunday g‘arib bu dunyo! “O‘ldim”, deysan, yana yashaysan”
Mavlono Rumiy
#Bilasizmi
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
🟥Korrupsiya – har qanday jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hayotiga xavf soladigan, qolaversa, mamlakat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan illatdir.
➡️BMT Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” sifatida e’lon qilingan. 2004-yildan e’tiboran ushbu sana munosabati bilan butun dunyoda turli anjumanlar, davra suhbatlari va muhokamalar tashkil etiladi.
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Albatta bir Jumangiz Makkada bo'lsin.
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad.
Juma Ayyomingiz Muborak bo’lsin.
✅ Konstitutsiya haqidagi 11 ta qiziqarli fakt.
📥 Konstitutsiya – davlatning asosiy hujjati bo‘lib, davlat boshqaruvi, hukumat organlari faoliyatining tartibi va tamoyillari, davlat, jamiyat, fuqarolarning huquq hamda majburiyatlari u bilan belgilanadi.
🗓 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan dunyoning turli davlatlari konstitutsiyasi haqidagi qiziqarli faktlarni to‘pladik.
1⃣ Ko‘pchilik dunyodagi ilk Konstitutsiya AQShda ishlab chiqilgan deb hisoblaydi, biroq bunday emas. Eng qadimgi Konstitutsiya Polshaga tegishli. U 1792 yilda qabul qilingan.
2⃣ Yevropa Ittifoqi Konstitutsiyasi ustida Yevropaning eng yetuk mutaxassislari ishlashgan. U 2004 yilning iyunida YeIning maxsus sammitida ma'qullangan. Hujjat darhol 20 ta tilga o‘girildi va dunyodagi eng keng va ko‘p tomonlama hujjatga aylandi. Biroq, ushbu hujjat umumevropa fikrining paydo bo‘lishiga hissa qo‘sholmadi. Yevropa mamlakatlari umummilliy referendumida yetarli ovoz to‘plolmadi.
3⃣ Isroilda yagona Konstitutsiya o‘rniga asosiy qonunlar to‘plami amal qiladi. Chunki mamlakat diniy va dunyoviy qonunlar o‘rtasidagi ziddiyatni bir hujjat doirasida hal etish uchun juda katta.
4⃣ Hindiston Konstitutsiyasi 1950 yilda qabul qilingan. U hajmi bo‘yicha dunyodagi eng katta Asosiy Qonun.
5⃣ Yaponiya Konstitutsiyasining uch asosiy tamoyili bor: xalq suvereniteti, insonning asosiy huquqlarini hurmat qilish, patsifizm (millatning suveren huquqi sifatida urushdan voz kechish).
6⃣ Britaniya Konstitutsiyasining o‘ziga xos jihati mamlakat asosiy qonuni deb atash mumkin bo‘lgan yagona hujjatning mavjud emasligidir.
7⃣ AQSh Konstitutsiyasida “demokratiya” so‘zi yodga olinmagan. Bundan tashqari, ushbu hujjat rekord darajada qisqa bo‘lib, 4,4 mingta so‘zdan iborat.
8⃣ Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi postsovet mintaqasida birinchi bo‘lib qabul qilingan.
9⃣ Ekvador tabiat huquqini Konstitutsiya bilan mustahkamlagan dunyodagi ilk mamlakatga aylangan.
🔟 Malta Konstitutsiyasi o‘z mamlakatini neytral, tinchlik sari intiluvchi sifatida belgilaydi.
1⃣1⃣ O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi matni 7543 ta so‘zdan tarkib topgan. Bunda «respublika» so‘zi – 390, O‘zbekiston – 354, qonun – 210, davlat – 98, huquq – 90, konstitutsiya – 70, fuqaro – 66, Prezident – 62, Qoraqalpog‘iston – 33, shaxs – 32, erkin(lik) – 27,xalq – 24, demokratiya – 7 marotaba qo‘llangan.
Бугун Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган кун
Ҳар бир халқнинг бу дунёда борлигини тили, қадриятлари ва давлат рамзлари билдириб турса, яшаш, ишлаш, муносиб дам олиш ҳуқуқларини Конституция қонун билан мустаҳкамлаб, асослаб беради.
Ўзбекистон Конституцияси ўзбек давлатчилиги тажрибалари асосида инсонпарварлик тамойиллари, демократия ва ижтимоий адолат, халқаро ҳуқуқнинг умумэътироф этилган қоидалари, демократик ҳуқуқий давлат барпо этиш мақсадини ифодалаши билан алоҳида ажралиб туради.
Кўп миллатли юртимизда барча тенг ҳуқуқлилигини ҳар соҳада меҳнат қилаётган юртдошларимизнинг турмуш тарзидан ҳам билса бўлади.
Тизимимиздаги ташкилотларда, миллий маданият марказларида турли миллат вакиллари фаолият олиб боради. Улар ўз тилларида сўзлашишади, билим олишади, турли маданий-маърифий тадбирларда фаол иштирок этишади. Эътиқод эркинлигига асло дахл қилинмайди. Буни ҳаётбахш Конституциямизнинг “қалбларга манзур жилоси” деб тушунса бўлади.
Барчангизни Конституция куни билан қутлаймиз!
Тошкент давлат иқтисодиёт университети ректори, профессор Қонгратбай Шарипов ишга кетишда метрополитен хизматидан фойдаланмоқда.
👉 @Zafarbek_Solijonov
#Jarayon
Ayni paytda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Kimyo fakulteti Analitik kimyo kafedrasi assistenti Kuchkorov Otabek Artikovichning PhD himoya oldi semenari bo’lib o’tmoqda.
Ustozning kelgusi ishlarida muvoffaqiyat tilab qolamiz!
@uximfak
«Aeroflot» kompaniyasi Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar Boeing 738 samolyotlarida haftasiga uch marta — chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2022/12/06/aeroflot/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
#Kimyo
#Konstitutsiya
8-dekabr Oʻzbekiston respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Kimyo fakulteti Yoshlar yetakchisi va tyutorlar hamkorligida "Qomusimiz -erkin va farovon hayotimiz kafolati" nomli tadbir oʻtkazildi!
@uximfak
Talabalar, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilari uchun qishki ta’til 26-dekabrdan boshlanadi 9-yanvargacha.
Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri matbuot kotibi Mo‘min Ibodov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Shuningdek, talaba va oʻquvchilarni qishki taʼtil vaqtida doimiy yashash joylariga borib kelishini tashkil etishga yaqindan yordam berish uchun OTMda Ishchi guruhlar, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida esa alohida shtab tuziladi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Ilm + axloq + amal = yuksalish
1. (Ilm) Halollikni oʻrgandi - (axloq) oʻzini isloh qilmadi - (amal) boshqalarga ham tatbiq qilmadi = tanazzul
2. (Ilm) Halollikni oʻrgandi + (axloq) oʻzini isloh qildi - (amal) boshqalarga tatbiq qilmadi = muvaffaqiyatsizlik
3. (Ilm) Halollikni oʻrgandi + (axloq) oʻzini isloh qildi + (amal) boshqalarga ham tatbiq qildi = taraqqiyot
Formulaning misoli: Ilm olib halollikni oʻrgandi + halol yashadi + atrofidagilarni nohalol boʻlishga yoʻl qoʻymadi = muvaffaqiyat!
Ushbu formulaning biror boʻgʻini ishlamasa barobar toʻgʻri chiqmaydi.
Дадажон
Дардларимга суянчим менинг,
Болам дея фидо қилар жон.
Интиқдирман меҳрига унинг,
Яхшиям сиз борсиз Дадажон.
Ортгинамдан оворам отам,
Дардларимга ҳамдардсиз ҳар дам.
Суянчимсиз сиз билан онам,
Яхшиям сиз борсиз онажон.
Сизга менинг озорларим кўп,
Ғавғойим кўп бозорларим кўп.
Ишонганим,Суянганим ҳўп,
Яхшиям сиз борсиз Дадажон.
Ажин босган юзлариз ширин,
Нурсиз боққан кўзлариз ширин,
Умид таққан сўзлариз ширин,
Яхшиям сиз борсиз Дадажон.
Соғинаман уч кун кўрмасам,
Оғринаман уч кун кўрмасам.
Ортиб кетар дилимда ғуссам,
Яхшиям сиз борсиз Дадажон.
Истардимки Отабек Юсуф,
Оғринманмасдан яшанг ҳар қачон.
Умр тиларман байтларим ёзиб,
Яхшиям сиз борсиз Дадажон.
Сизла жаҳон кезолмаганман,
Оғринарман шундан ҳар қачон.
Қарзларим кўп узолмаганман,
Яхшиям сиз борсиз дадажон.
ЎЗИНИ БИЛМАСЛИККА ОЛИШ
Ғазаби келган пайтда ўзини билмасликка олиш – зийракликдир.
Қийинчилик вақтида ўзини билмасликка олиш – қатъиятлиликдир.
Ёмонлик қилинган вақтда ўзини билмасликка олиш – оқилликдир.
Тўғри насиҳат қилинган вақтда ўзини билмасликка олиш – кибрдир.
* Эътибор беринг, сиз қачон ўзингизни билмасликка оласиз?