uximfak | Unsorted

Telegram-канал uximfak - Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

357

SamDU Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi Yoshlar Ittifoqi kengashining rasmiy kanali. Muhokama guruhi https://t.me/kimyo_kengash_muhokama

Subscribe to a channel

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#yangiliklar

📌 "Munozara"da ishtirok eting! Umumiy sovrin jamg'armasi - 10 million so'm

Tez kunlarda "Munozara" intellektual o'yinining yangi mavsumiga start beramiz.

3 kishidan iborat jamoa tuzing, unga nom bering va ro'yxatingizni fakultet Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari, yoshlar koordinatori va tyutorlarga taqdim eting.

Shartlar va o'tkazilish vaqti haqida keyingi postlarimiz orqali xabar beramiz.

"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi raisi Azizova Dilfuza Erkinovna viloyatdagi Oliy ta'lim muassasalari Yoshlar yetakchilari bilan yaqindan tanishdi.

💬 Haqiqiy DEBAT tarzida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Yoshlar yetakchilarinig takliflari, muammolari va ularni yechimlari toʻgʻrisida fikr almashildi.

🇺🇿 Ijtimoiy sahifalarimiz👇
Telegram | 📸 Instagram |💬Facebook

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

Assalomu Alaykum!

📌DIQQAT 📌 DIQQAT 📌 DIQQAT📌


TURK TILI KURSIGA QABUL OCHILDI.


Siz Magistratura , Doktoranturaga yoki Turkiyaning nufuzli Unversitetlariga o'qishga kirishni xohlaysizmi?
Yoki turk tiliga qiziqasizmi? Unda uydan chiqmay onlayn turk tilini òrganishiz mumkin.

Unda bu kurs aynan siz uchun📝


0 dan boshlanadigan turk tili gruhiga o'quvchi qabul qilinadi.

Darslar haftasiga 3 kun 1.5 soatdan davom etadi.

Kurs narxi 200❌ming so'm.
❗️Hozirda aksiya ketyapti 1⃣5⃣0⃣ ming sòm birinchi yozilgan 5⃣ talikka 1⃣2⃣0⃣ ming sòm
📌Shoshiling aksiya 10 sentabrgacha amal qiladi.
📌Sertifekatga ega bòling
📌qishki qabulga magistr bòling bu siz uchun ajoyib imkoniyat 📌shoshiling joylar soni cheklangan😊

Unutmang! Bilimga tikilgan sarmoya eng yaxshi sarmoyadir.

Darsdan tashqari sizga luğat yodlash texnikalari va psixologik ma'lumotlarni ham ulashaman🎊


Ustoza milliy sertifikatga ega!

Murojaat uchun :
@Akishmarjina

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#Tugʻilgan_kun

📌  Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Bugun Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti o’qituvchisi Dilorom Kurbanovaning tug’ilgan kuni.

Batafsil: 👉 https://www.samdu.uz/uz/news/46330

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samdu.uz |Telegram |Instagram|Facebook| Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

📌 Super-kontraktlar uchun shartnoma berish boshlandi

Beshala yo‘nalishga ham kira olmagan abituriyentlar kontrakt.edu.uz sayti orqali super-kontraktda o‘qish hamda shartnoma olish uchun ariza berishlari mumkin.

❗️ Hozirda, amaldagi qonunchilik bo‘yicha, faqat o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga super-kontrakt uchun ariza yuborish imkoniyati mavjud. Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlari bazada ko‘rinmaydi.

Chunki hali beshala yo‘nalishga ham kira olmaganlar istalgan birini tanlab super-kontrakt qilishga rasman ruxsat berilgani yo‘q. Ammo shunaqa imkoniyat chiqib qolishi mumkin, kutilmoqda.

Agar siz birinchi yo‘nalishga emas, ikkinchi yoki undan keyingi biror yo‘nalishga super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsangiz, unda ariza bermasdan kutib turishni maslahat beraman.

✅ Shuningdek, birinchi yo‘nalishdan yiqilgan, lekin ikkinchi va undan keyingilardan birortasiga o‘qishga kirganlar ham birinchi yo‘nalishiga super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsa, unda hozir bunga imkoniyat yo‘q.
kontrakt.edu.uz sayti orqali faqat o‘qishga kirgan universitetining oddiy kontraktini olishi mumkin. Bunday toifadagi abituriyentlar ham biroz kutib turishlari kerak. Hozirda shu masala ko‘rib chiqilmoqda. Balki tez unda o'qishga kirganlar uchun ham birinchi yo'nalishga super-kontraktda o'qishga ruxsat berilishi mumkin.

Do'stlaringizga ulashing

👨🏻‍🎓Bizni kuzatib boring 👇
/channel/uximfak

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

📌 Talabalar stipendiyasi bo‘yicha ayrim tushuntirishlar

Yangi o‘quv yili boshlangani munosabati bilan barcha talabalar, ayniqsa, 1-kursga kirganlar stipendiya bo‘yicha quyidagi qoidalarni bilib qo‘yishsa zarar qilmaydi:

1️⃣ Davlat grantida o‘qiydiganlar uchun:

👉 umumiy qoidaga ko‘ra, davlat grantida o‘qiydiganlarning barchasi bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi;

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba semestr yakunida barcha fanlardan “aʼlo” (5) baho (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holda, yaʼni hozirda 621 ming 456 so‘m miqdorida stipendiya tayinlanadi;

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba 30% va undan ortiq fanlardan “qoniqarli” (3) baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) olsa keyingi semestr davomida stipendiya to‘lanmaydi.

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba barcha fanlarni to‘liq 5 bahoga yopmagan yoki 30%dan ko‘prog‘ida 3 baho olmagan bo‘lsa, unda unga bazaviy stipendiya — 517 ming 880 so‘m tayinlanadi.

2️⃣ To‘lov-kontrakt asosida o‘qiydiganlar bo‘yicha:

👉 agar talaba stipendiyali kontrakt to‘lagan bo‘lsa, unda har oy o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qatʼi nazar bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi, agar stipendiyasiz to‘lagan bo‘lsa, unda olmaydi;

👉 agar to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda quyidagicha stipendiya oladi:

➖ kontraktni stipendiyali to‘laganlar — 621 ming 456 so‘m (517 880 + 103 576);

➖ kontraktni stipendiyasiz to‘laganlar — 103 ming 576 so‘m (517 800 so‘mdan 20%).

❗️Demak, hattoki stipendiyasiz kontraktda o‘qiyotgan talabalar ham barcha fanlardan “5” baho olsa, unda ularga OTMning Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan 103 ming 576 so‘m stipendiya tayinlanadi. Stipendiyali kontraktda o‘qiyotganlarniki esa 20%ga ko‘p, yaʼni 621 ming 456 so‘m tayinlanadi;

👉 to‘lov-kontraktni stipendiyali to‘lagan talabalar sessiyani 3 yoki 4 bahoga yopishidan qatʼi nazar, ularga kafolatlangan har oylik 517 ming 880 so‘m stipendiya beriladi.

3️⃣ Alohida toifadagi talabalarning stipendiya olishi:

➖ avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) talabalarga (grant yoki kontrakt) stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

➖ avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar to‘liq davlat taʼminotida bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

Barcha javoblar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-son qarori asosida tayyorlangan.

Manba: Xushnudbek


👨🏻‍🎓Bizni kuzatib boring 👇
/channel/uximfak

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#Yangilik #Новости #News

🇺🇿 Universitetimiz talabalarining tashrifi davom etmoqda...
Ilmiy axborot resurs bosh markazimizning bugungi mehmonlari Biokimyo institutining kimyo yo'nalishi talabalari bo'lishdi.
_________________________________________

🇷🇺 Визит студентов нашего университета продолжается...
Сегодняшние гости нашего главного научно-информационного ресурсного центра – студенты химического факультета Института Биохимии.
_________________________________________

🇬🇧 The visit of students of our university continues...
Today's guests of our main scientific information resource center were the students of the chemistry department of the Institute of Biochemistry.

Bizni kuzatib boring👇🏻
Library SamDU | Telegram

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#yangiliklar

📌 "Quvnoqlar va Zukkolar" Yangi o'quv yili - yangi mavsum!

🎯 Iqtidorli yigit-qizlarga bu e'lonimizni diqqat bilan o'qishlarini tavsiya qilamiz.

🎭 Siz iqtidorlimisiz? Iste'dodingizni katta sahnada namoyish etishni istaysizmi?

🔥Biz "Quvnoqlar va Zukkolar" ko'rik-tanlovining yangi mavsumiga start berdik.

Ishtirok etishni istasangiz jamoa tuzing va
ushbu manzilga murojaat qiling.

"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#foydali

📌 Maʼlumotnoma tayyorlash uchun namuna

"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashining navbatdagi Kengash yigʻilishi oʻtkazildi.

🗣 Yig‘ilishda Kengash a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlarining mas'ullari, faol yoshlar, OAV vakillari va Markaziy Kengash raisining birinchi oʻrinbosari Muminov Abdulaziz Majidovich ishtirok etdi.

📄 Kun tartibida tashkiliy masala koʼrildi. Kengash qaroriga asosan Azizova Dilfuza Erkinovna Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

➡️ Tayinlovga qadar Dilfuza Erkinovna Samarqand tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

🇺🇿 Ijtimoiy sahifalarimiz👇
Telegram | 📸 Instagram |💬Facebook

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#Ilmiy_faoliyat

  ⚡️ Samarqand davlat universiteti polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi o'qituvchisi Bahriddin Shukurov texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo'ldi...

    Samarqand davlat universiteti
     Axborot xizmati

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

📌 Tanlov yuzasidan savollarga javoblar

❓Tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilarga qanday mukofot topshiriladi?

G'oliblarga sertifikat, 1,5 mln., 1 mln., hamda 500 ming so'm miqdorida pul mukofotlari taqdim etiladi.

Shuningdek, "Mening shaxsiy kutubxonam" tanlovi 3-mavsumida eng ko'p ishtirok etgan fakultet, institut rahbariyati ham taqdirlanadi!

"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#tanishtiruv_haftaligi

📌 Kimyo fakulteti 1-bosqich talaba-yoshlari bilan targ'ibot tadbiri tashkil etildi

Universitet rahbariyati, yoshlar kengashi haqida ma'lumot berildi. Shu bilan birgalikda talaba-yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar, o'tkazilayotgan tanlovlar xususida suhbat olib borildi.

Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#To‘lov_kontrakt

📌 2023/2024-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdori

💾 PDF shaklida yuklash


👨🏻‍🎓Bizni kuzatib boring 👇
✅ /channel/uximfak

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

‼️Talabalar uchun xushxabar: to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

Talabalar va ularning ota-onalariga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno  tariqasida, 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdori davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, 2023/2024-o‘quv yili super-kontrkt miqdorlari ham o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

Shuningdek, yana bir yengillik — tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.

"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

⚡️"Zukko kitobxon" tanlovining sentabr oyi uchun kitoblar ro’yxati!

Eng muhimi, ushbu tanlovda yoshidan qat'iy nazar barcha ishtirok etishi mumkin.

📚Siz ham ishtirok etmoqchimisiz? @kitobxontestbot orqali hoziroq roʻyxatdan oʻting!

Tanlov nizomi bilan tanishing

"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#tanishtiruv_haftaligi

📌 "Tanishtiruv haftaligi" doirasida talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Tadbirda universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori R.Yo'ldoshev, Samarqand davlat universiteti talabalari orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi I.Rustamov, Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi Sh.To'xliyeva, universitet yoshlar yetakchisi A.Norboyev, yoshlar kengashi a'zolari, tyutorlar hamda 1-kurs talabalari ishtirok etdi.

Yig'ilganlarga fakultetlarda tashkil etilgan targ'ibot tadbirlari aks etgan taqdimot taqdim etildi.

Talaba-yoshlarning taklif va mulohazalari tinglandi, savollarga javob berildi. Tadbir ko'tarinki ruhda o'tdi.

"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#Tugʻilgan_kun

📌  Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Bugun Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti o’qituvchisi Dilorom Kurbanovaning tug’ilgan kuni.

Batafsil: 👉 https://www.samdu.uz/uz/news/46330

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samdu.uz |Telegram |Instagram|Facebook| Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

Assalomu Alaykum!

📌DIQQAT 📌 DIQQAT 📌 DIQQAT📌


TURK TILI KURSIGA QABUL OCHILDI.


Siz Magistratura , Doktoranturaga yoki Turkiyaning nufuzli Unversitetlariga o'qishga kirishni xohlaysizmi?
Yoki turk tiliga qiziqasizmi? Unda uydan chiqmay onlayn turk tilini òrganishiz mumkin.

Unda bu kurs aynan siz uchun📝


0 dan boshlanadigan turk tili gruhiga o'quvchi qabul qilinadi.

Darslar haftasiga 3 kun 1.5 soatdan davom etadi.

Kurs narxi 200❌ming so'm.
❗️Hozirda aksiya ketyapti 1⃣5⃣0⃣ ming sòm birinchi yozilgan 5⃣ talikka 1⃣2⃣0⃣ ming sòm
📌Shoshiling aksiya 10 sentabrgacha amal qiladi.
📌Sertifekatga ega bòling
📌qishki qabulga magistr bòling bu siz uchun ajoyib imkoniyat 📌shoshiling joylar soni cheklangan😊

Unutmang! Bilimga tikilgan sarmoya eng yaxshi sarmoyadir.

Darsdan tashqari sizga luğat yodlash texnikalari va psixologik ma'lumotlarni ham ulashaman🎊


Ustoza milliy sertifikatga ega!

Murojaat uchun :@Akishmarjina

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi? Bizdan kamida 50% to‘lov qilishni talab qilishmoqda.

JAVOB: Ha, 4 ga bo‘lib to‘lash mumkin.

Prezidentning 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qaroriga binoan respublika OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Bunda muddatlar quyidagicha:

25% qismini — 1-kursga tavsia etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha;

50% qismini — 1-yanvargacha;

75% qismini — 1-aprelgacha;

100% qismini — 1-iyulgacha.

Bundan xulosa qilish mumkinki, 1-kurslardan dastlab 50% to‘lov talab qilish amaldagi tartibga zid. 1-kursga tavsiya etilganlar kamida 25% to‘lovni 15-sentyabrga qadar amalga oshirishlari lozim.

kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi. Mana shu yerdan ham ko‘rib olsangiz bo‘ladi.

‼️ESLATMA: bo‘lib to‘lash imkoniyati super-kontrakt uchun ham amal qiladi. Lekin super-kontraktda o'qimoqchi bo'lganlar dastlab 50% to'lovni amalga oshirishlari kerak. Shundan keyingina ularni talabalikka qabul qilish to'g'risida buyruq chiqadi. 25% qoidasi faqat oddiy kontraktga taalluqli.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki 2 tomonlama, yoki 3 tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu bo‘yicha izoh so‘rab, abituriyentlardan ko‘plab savollar kelib tushdi.

Bu juda oddiy.

2️⃣ Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.

Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi.

3️⃣ Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak. Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.

❌ Bankdan ta'lim krediti olmoqchi bo'lganlar yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lganlar uch tomonlama shartnoma olmasin. Ular ikki tomonlama shartnoma olishi kerak.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

📌 SamDU Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti qayerda joylashgan?

Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti 1-kurs talabasi Humoyun Rustamov tayyorlagan videorolik.

"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

Kontraktdagi talabalar uchun to‘lov-shartnoma berilishi boshlandi

Bugundan boshlab
kontrakt.edu.uz platformasi orqali 1-kursga talabalikka tavsiya qilinganlarga hamda 2 va undan yuqori kursda kontraktda o‘qiyotgan talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi.

Shartnoma olish uchun
kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish kerak. Ariza OTM tomonidan ko‘rib chiqib, tadsiqlangach, talaba shaxsiy profili orqali elektron shartnomani yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Demak, endi talabalar bemalol to‘lov-shartnomani olgach, banklardan taʼlim krediti olish uchun ariza berishlari mumkin.

❗️ESLATMA: quyidagilar uchun hozircha shartnoma berish boshlanmadi:

• magistraturaga kirganlar;
• super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar;
• “perevod”da o‘tish balini olib, o‘qishini ko‘chirganlar;
• “perevod”da o‘tish balini to‘play olmasdan, super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar.

Ushbu toifa vakillari uchun ham tez orada shartnoma olish imkoniyati paydo bo‘ladi, hozirda tegishli texnik ishlar ketmoqda.


👨🏻‍🎓Bizni kuzatib boring 👇
/channel/uximfak

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

📌 Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashining navbatdagi kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda SamDU Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti aʼzolari ham ishtirok etdi

Bugun viloyat Yoshlar markazi majlislar zalida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashining navbatdagi kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda SamDU Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti aʼzolari ham ishtirok etib, kun tartibidagi masalalardan biri boʻlgan viloyat Yoshlar ittifoqi BT raisi saylovida qatnashdilar.

Yigʻilish soʻngida Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari X.Ochilov, Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi X.Tuxtayevlar kengash aʼzolari bilan suhbatlashib, ularning fikrlari bilan oʻrtoqlashishdi.

"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#yangiliklar

📌 Yangi o'quv yilini qaynoq yangiliklar bilan davom ettiramiz!

🎲 Qadrli "Zakovat" ixlosmandlari bo'lgan talaba-yoshlar!

🎯 Tez kunlarda "Zakovat" intellektual o'yinining yangi mavsumiga start beramiz. Umumiy sovrin jamg'armasi 20 mln so'm!

❓Ishtirok etish istagidamisiz?

Unda bilimli do'stlaringiz bilan kelishgan holda jamoa tuzing, unga nom bering va ro'yxatni fakultet Yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosari, yoshlar koordinatori va tyutorlarga taqdim eting. Tayyorgarlikni bugundan boshlang!

O'tkazilish vaqti haqida keyingi postlarimiz orqali xabar berib boramiz.

"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#Yangiliklar

  ⚡️Samarqand davlat universiteti fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi doktoranti (DSc)  Alisher Ishankulov Novosibirsk davlat universitetining "Fotokimyo va nanokompozitlar" ilmiy laboratoriyasida “Ko’p komponentli gibrid kvant nuqtalari asosida lyuminestsent nanomarkerlar va vodorod energetikasi uchun fotokatalizatorlar olish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda...

    Samarqand davlat universiteti
     Axborot xizmati

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#diqqat_tanlov

📌 Kitobxon yoshlar, shu yerdamisiz?

🔥"Mening shaxsiy kutubxonam" tanlovi 3-MAVSUMiga start berildi!

💠 Tanlovda ishtirok etish uchun shaxsiy kutubxonangizdan eksklyuziv lavha tayyorlang va
@tanlovuz_robot botidan onlayn ro'yxatdan o'ting, 5 ta do'stingizni "SamDU Yoshlari" kanaliga taklif qiling va tanlov ishtirokchisiga aylaning!

⏳Tanlov 10-avgustdan 15-sentabrga qadar davom etadi. G'oliblar 21-sentabr - Samarqand davlat universiteti tashkil topgan kunda taqdirlanadi.

❗️Tanlov uchun taqdim etiladigan ijodiy ishlar sifatli bo'lishi, kitobxonlik madaniyati hamda ilm olishni targ'ib etishi lozim. OAV va ijtimoiy tarmoqlardan ko'chirilgan lavhalar hamda fotolardan tashkil topgan videoroliklar tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritmaydi!

Yangidan-yangi g'oyalar tanlovda g'olib bo'lish ehtimolini kuchaytiradi!

Batafsil shartlar videoda

"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

2023-yilgi super-kontrakt miqdorlari

Ushbu miqdorlarni
mana bu yerdagi bazaviy kontrakt summasiga ko'paytirgan holda super-kontrakt qancha bo'lishini hisoblash mumkin.

Eslatma: yuqoridagi faylda ko'rsatilgan miqdorlar 56,7 balldan ko'p to'plagan, lekin kirish baliga 4,05 ball yetmay qolib, o'qishdan yiqilgan abituriyentlarga taalluqli.


👨🏻‍🎓Bizni kuzatib boring 👇
/channel/uximfak

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

❓ Universitet Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti xonasi qayerda joylashgan?

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti universitetga qarashli 1-sonli talabalar turar joyi binosi, 114-xonada joylashgan.

39.6450053,66.9614735,18z/data=!4m6!3m5!1s0x3f4d19c2d2ba152f:0xda5b8ae68e9fa407!8m2!3d39.6449743!4d66.9631955!16s%2Fg%2F11nncq1gsh!5m1!1e1?entry=ttu">Xarita

"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

⭕️ 🟥🟥🟥 ▶️

TALABALAR UCHUN MUHIM MA'LUMOT!

🇺🇿 Prezident farmoniga ko‘ra, 2023-yil 1-avgustdan boshlab soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qatʼi nazar farzandlarining O‘zbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi.

Savol: Bu nima degani.?

Javob: Amaldagi tartibga ko‘ra, ota-onalar o‘zlarining 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining kontraktlari uchun pul to‘laganda, to‘langan qismidan 12 foizlik daromad solig‘i hisoblanmasdi va qaytarib berilar edi.

🎓 Demak, 2023-yil, 1-avgustdan boshlab mana shu qoidadagi yosh cheklovi olib tashlandi.

🎉 Endi 30 yosh bo‘ladimi, 35 yosh bo‘ladimi, farqi yo‘q, farzandining kontrakti uchun to‘langan summaga daromad solig‘i hisoblanmaydi.


🕊 TemurPoyonovv |📱Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel