uzauz | Unsorted

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Subscribe to a channel

UzA | Tezkor xabarlar

Samarqandni rivojlantirish boʻyicha takliflar taqdimot qilindi

▫️Kelgusi yilda Samarqand viloyatida hududiy dasturlar doirasida kamida 1 milliard 850 million dollar investitsiyalarni oʻzlashtirish, 20 ming ish oʻrni yaratish va qoʻshimcha 1,2 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish hisob-kitob qilingan.

▫️Masalan, Pastdargʻom tumani “Chimboyobod” hududida hokimlik zaxirasida turgan 234 gektar yerda maxsus sanoat zonasini tashkil qilish mumkin. Tadbirkorlar u yerga 500 million dollar investitsiya kiritib, farmatsevtika, kimyo, elektrotexnika, qurilish materiallari va oziq-ovqat loyihalarini boshlashga tayyorligini bildirgan.

▫️Yoki Zarafshon daryosi atrofidagi 25 gektar toshloq yer “Urgut” erkin iqtisodiy zonasiga qoʻshilsa, 30 million dollarlik loyihalarga joy boʻladi. Dargʻom kanali boʻyida 35 kilometrli turistik yoʻlak, Narpay kanalida gastronomik koʻprik tashkil etish orqali birinchi bosqichda 500 milliard soʻmlik loyihalar amalga oshiriladi.

▫️Viloyatdagi yaylov va lalmi yerlarni iqtisodiy aktivga aylantirish kerak. Masalan, Samarqand tumanida 350 gektar lalmi yerda turistik-rekreatsion hudud tashkil qilib, mingta tadbirkorni joylashtirish va 3,5 mingta ish oʻrni yaratish mumkin.

▫️Bulungʻurning tuprogʻi, iqlimi meva-sabzavotchilikka qulay. Tumandagi 6 ming gektar samarasi kam gʻalla maydonlari meva-sabzavot yetishtirishga ixtisoslashtirilsa, gektaridan daromad 10 ming dollardan oshadi, 45 ming odam ishli boʻladi. Mahsulotlarning yarmi eksportga chiqarilib, qoʻshimcha 52 million dollar eksport tushumi taʼminlanadi.

▫️Ishtixon, Urgut, Payariq va Qoʻshrabotdagi odamlar 35 ming gektarda uzum yetishtiradi. Lekin serdaromad navlarni ekish, kasallikka qarshi kurashish, yangicha agrotexnik tadbirlarga koʻnikma yetishmagani uchun hosildorlik past. Shu bois Ishtixonda Bogʻdorchilik va uzumchilik ilmiy institutini tajriba stansiyasini tashkil qilish taklifi bildirilgan. Unda “in-vitro” usulida koʻchatchilik yoʻlga qoʻyilib, uzumning “Gigant”, “Sirliboy”, “Avatar” kabi bozorbop navlari ekiladi. Natijada hosildorlik qoʻshimcha 25-30 sentnerga, eksport 20 million dollarga oshadi.

▫️Shuningdek, Qoʻshrabot, Ishtixon, Nurobod, Pastdargʻom, Paxtachi va Urgutdagi konlar negizida foydali qazilmalarni qayta ishlash korxonalari ochish mumkin.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Tibbiyot va taʼlim sifatini yanada oshirish, yoshlarni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan siyosat izchil davom ettiriladi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Tejamkorlik va barqarorlik” tamoyili asosida davlat kompaniyalarini transformatsiya qilish tezlashtiriladi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

2025-yilda 1 million aholini kambagʻallikdan chiqarish Vazirlar Mahkamasi iqtisodiy kompleksining asosiy vazifasi etib belgilanadi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident: “Islohotlarimiz shiddatini pasaytirmasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotimizdagi oʻzgarishlarni jadal davom ettirsak, 2030-yilga borib iqtisodiyotimiz hajmini 200 milliard dollarga yetkaza olishimizga ishonaman”

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

A.N. Aripovni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Farmon matni — https://uza.uz/posts/659341

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari yangi davr Yangi Oʻzbekistonimiz jadal rivojlanadigan, yanada yuksak taraqqiyot choʻqqilarini zabt etadigan davr boʻlishiga ishonch bildirdi.

“Bu davr parlament va Hukumat faoliyatida yangicha ishlash, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish boʻyicha ibratli anʼanalar shakllanadigan va tarixga muhrlanadigan davr boʻladi. Kelajak avlodlar albatta faxr bilan tilga oladigan ana shunday buyuk tarix va kelajakni yaratish bizning oʻz qoʻlimizda”,

– dedi Prezident.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.

Yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladilar.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Majlisda Bosh vazir lavozimiga nomzod Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan Harakat dasturini taqdim etmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bugun butun dunyo nihoyatda notinch va tahlikali vaziyatda davlatimizning mustaqilligi va suverenitetini, xalqimizning tinch va erkin hayotini eng bebaho boylik sifatida asrash va himoya qilish eng muhim vazifa boʻlib qolishi taʼkidlandi.

“Hech qachon unutmasligimiz zarur: mamlakatimiz xavfsizligi, yurtimiz mudofaasi nafaqat Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish idoralari, balki Oʻzbekistonni oʻzi uchun ona Vatan deb biladigan, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, barcha insonlarning muqaddas burchidir.

Buning uchun yagona Vatan, koʻp millatli yagona ahil oila tuygʻusi har birimizning qalbimiz, yuragimizdan chuqur joy olishi lozim”,

– dedi Prezident.

Dunyoda turli xatar va tahdidlar avj olib borayotgan hozirgi sharoitda Qurolli Kuchlarimizning jangovar va maʼnaviy salohiyatini oshirishga eʼtibor yanada kuchaytirilishi belgilandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Hozirgi vaqtda fuqarolarimiz Qirgʻizistonga ID karta bilan bemalol borib-kelmoqdalar. Endi shunday tartibni Qozogʻiston va Tojikiston bilan ham joriy etish rejalashtirilgan — Prezident.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Hukumat, vazirlik va idoralar, hududlar rahbarlari deputatlar tomonidan joylarda aniqlangan muammolarni hal etishda quyi palata qoʻmitalari bilan tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishlari lozimligi taʼkidlandi.

Lekin hozirgi vaqtda turli sohalarda nazoratni taʼminlovchi davlat inspeksiyalarning Qonunchilik palatasi qoʻmitalari bilan hamkorlik tizimi yoʻlga qoʻyilmagan. Shu bois ularning hisobotlarini qoʻmitalarda muhokama qilib borish boʻyicha yangi, taʼsirchan tizim joriy etish muhimligi taʼkidlandi.

Bu ish samarali boʻlishi uchun vazirlik va idoralarda rahbar oʻrinbosarlarini quyi palata qoʻmitalari bilan doimiy hamkorlik uchun masʼul etib biriktirish taklif etildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Qonun qabul qilindimi, u albatta ishlashi, odamlar hayotida sezilarli oʻzgarish qilishi kerak — Shavkat Mirziyoyev

Prezidentimiz aytilgan dolzarb vazifalarni bajarishda yangi Hukumatning Qonunchilik palatasi bilan yanada samarali hamkorlik olib borishi muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Shu nuqtai nazardan Vazirlar Mahkamasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Avvalambor, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini odamlarga yanada yaqinlashtirish lozim.

Prezident xalq davlat idoralariga emas, aksincha, davlat tashkilotlari xalqqa, uning qonuniy manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilishi zarur, degan talab barcha rahbar kadrlar faoliyatining asosiy mezoni ekanini eslatdi.

Qonun qabul qilindimi, u albatta ishlashi, odamlar hayotida sezilarli oʻzgarish qilishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Qonunlar ijrosi Oliy Majlis palatalarining tegishli qoʻmitasi va masʼul ijro etuvchi organ bilan birgalikda oʻrganib borilishi muhim ahamiyatga ega.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad soligʻidan ozod qilinadi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq kodeksiga qoʻshimcha kiritildi.

Qonunga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda:

— jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik) faoliyatidan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinadi;

— uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;

— tutzorlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent qoʻllanilgan holda hisoblab chiqariladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq:

Ziyo Azamat Hamid oʻgʻli – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori

Yoʻlchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna – Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti professori

Koʻchimov Abdusaid Koʻchimovich – Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori

➖Safoyev Sodiq Solixovich – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari

➖Saʼdullayev Alisher Zafar oʻgʻli – Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori

➖Turdiyev Sodiqjon – Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi

➖Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari etib tayinlansin.
 
Sh. Mirziyoyev
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti


Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Aholi soni koʻpayib borayotgan hozirgi sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash Hukumatning eng dolzarb vazifasi boʻlib qoladi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident: iqtisodiyot va aholi daromadlarini oʻstirishda yuqori qoʻshilgan qiymat yaratadigan sanoat tarmoqlariga alohida ahamiyat qaratish kerak

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari makroiqtisodiy muvozanatni saqlab, kelgusi besh yilda iqtisodiy oʻsish surʼatini 6-7 foiz atrofida taʼminlash zarurligini taʼkidladi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Shavkat Mirziyoyev: Yangi Oʻzbekistonimiz yangi parlamenti bilan birga oʻz taraqqiyotining hal qiluvchi bosqichiga qadam qoʻymoqda

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident keyingi uch kun mobaynida Oliy Majlis aʼzolari, keng jamoatchilik bilan mamlakatimizning bugungi va ertangi taraqqiyoti haqida atroflicha fikr almashilganiga eʼtibor qaratdi.

“2024-yilda – “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da bajargan ishlarimizga yakun yasadik. Parlamentimizda – “Xalq uyi”da deputatlar bilan muhokama qilingan barcha tashabbus va rejalarni, ularda ilgari surilgan gʻoya, maqsad va vazifalarni, mohiyat eʼtiboriga koʻra, Oliy Majlis va xalqimizga navbatdagi Murojaatnoma desam, oʻylaymanki, sizlar ham bu fikrga qoʻshilasiz.

Siz, hurmatli deputatlar va Hukumatimiz aʼzolari, katta-yu kichik barcha rahbarlar mana shu Murojaatnomada belgilab berilgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda fidoyilik va namuna koʻrsatib mehnat qilasizlar, deb ishonaman”,

– dedi Prezident soʻzining yakunida.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Hukumat yil nomida belgilangan eng muhim vazifalar boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqishi belgilandi.

Ushbu dasturda “yashil” texnologiyalarni joriy etish, suvni tejash, koʻkalamzor hududlarni keskin koʻpaytirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, chiqindilar muammosini hal qilish, eng muhimi, aholi salomatligini mustahkamlash kabi masalalar ustuvor ahamiyat kasb etishi zarurligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Bosh vazir lavozimiga koʻrsatilgan Abdulla Aripov nomzodini koʻrib chiqdilar.

Nomzod Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakatlar dasturini taqdim etdi.

Deputatlar va fraksiyalar rahbarlari soʻzga chiqib, nomzod va dastur yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdilar.

Nomzod va Hukumatning dasturi koʻrib chiqilgach, Bosh vazir lavozimiga nomzodni maʼqullash masalasi ovoz berishga qoʻyildi.

Yashirin ovoz berish yoʻli bilan deputatlar Abdulla Aripovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga maʼqulladilar.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yoshlarimiz ongu tafakkurida milliy gʻurur bilan birga umumbashariy qadriyatlarga hurmat hissini kamol toptirish maqsadida yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish zarurligi qayd etildi.

Farzandlarimizni zamonaviy bilim va dunyoqarash, daromadli kasb egalari etib tarbiyalash, ularni ilm-fan, IT texnologiyalar, maʼnaviyat, sanʼat va adabiyot, sport bilan oshno etish uchun hech narsani ayamasdan, bor kuch va imkoniyatlar safarbar etiladi.

“Bugun faqat mana shunday ilgʻor yoshlarga, mana shunday jonkuyar ziyolilarga, Vatan ravnaqi yoʻlida birlashgan xalqqa ega boʻlgan davlatgina oʻz milliy manfaatlarini taʼminlashga erisha oladi.

Bizning ikkita oʻq tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot, biri – maʼnaviyatdir. Maʼnaviy buyuk xalq – iqtisodiy tomondan ham buyuk boʻladi”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini koʻrsatishga qaror qilganini aytdi.

Abdulla Aripov katta tashkilotchilik salohiyatiga ega boʻlgan, ijro hokimiyati tizimida boy bilim va tajriba orttirgan, masʼuliyatni doimo chuqur his etadigan rahbar ekani taʼkidlandi.

Ushbu nomzod bugun Hukumat oldiga qoʻyilgan, koʻlami va miqyosi benihoya katta boʻlgan muhim vazifalarni hal etishda Vazirlar Mahkamasi faoliyatini samarali tashkil qilishi, Hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlarini birlashtirib, yagona maqsad sari safarbar eta olishiga ishonch bildirildi.

Prezidentimiz Abdulla Aripov nomzodini deputatlar muhokamasiga taqdim etdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentimiz parlament va Hukumat oʻrtasidagi munosabat qarama-qarshilikka emas, konstruktiv muloqotga asoslanishi zarurligini yana bir bor eslatib oʻtdi.

Afsuski, parlament soʻrovi, deputat soʻroviga yuzaki yondashib, unga yengil-yelpi munosabatda boʻlish holatlari ham uchrab turgani qayd etildi.

Bu borada barcha rahbarlar masʼuliyat va javobgarlikni toʻliq his etishi lozimligi, ushbu masalaga bepisand qarashga hech kimning haqqi yoʻqligi taʼkidlandi. Parlament va deputat soʻrovlariga javob aniq va mazmunli boʻlishi, soʻrov kimga yoʻllangan boʻlsa, shaxsan shu rahbar tomonidan javob berilishi shart.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Keyingi vaqtda qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik bilan maslahat qilishda qonunlarimizda belgilangan talablarga hamisha ham rioya etilmayotganiga eʼtiroz bildirildi.

Adliya vazirligiga bir oy muddatda bu masala boʻyicha takliflarni Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitasi bilan birga muhokama qilii va Hukumatga kiritish topshirildi.

Hukumatning qonunchilik tashabbusi bilan Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalari sifatini oshirish ham dolzarb masala boʻlib turibdi.

Davrning oʻtkir talablariga javob beradigan, sifatli, amaliyotda samarali ishlaydigan qonunlarni qabul qilish Oliy Majlisning eng muhim vazifasi, kerak boʻlsa, uning obroʻsidir.

Bu borada taniqli xitoy faylasufi Shan Yanning “Yaxshi qonun – xalqqa hurmat ifodasidir”, degan soʻzlarini eslash oʻrinli, deb oʻylayman. Har bir qonunda shunday hurmat namoyon boʻlishi kerak. 100 ta emas, 5 ta qonun qabul qilaylik, lekin xalqchil boʻlsin, xalqimizga xizmat qilsin”,

– Prezident.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident qaroriga koʻra, 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:

▫️5–11-sinflar jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun oʻquv-metodik qoʻllanmalar ishlab chiqiladi;

▫️har bir maktabda bosqichma-bosqich maktab sport klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

▫️har yili anʼanaviy tarzda maktablar oʻquvchilari oʻrtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari ragʻbatlantiriladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

Qonun bilan yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ragʻbatlantirish choralari joriy etilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda:

— yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliqlar boʻyicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha toʻlangan summani qaytarish 3 kunlik muddatda amalga oshiriladi;

— reyting boʻyicha “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan esa soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi (bundan jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar mustasno) va mazkur toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi oʻrnini qoplash tekshiruvlar oʻtkazilmasdan 1 kunlik muddatda amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Boʻzatov tumaniga hokim tayinlandi

Ubbiniyazov Botirbek Ongarbayevich – Boʻzatov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Moʻynoq tumani hokimining ekologiya va Orolboʻyi hududini rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Subscribe to a channel