28309
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi Asosiy telegram kanal: @uza_uz Sayt: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •lotin yozuvida: @uzauzlot
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev qabriga gul qo‘ydi
Haydar Aliyev haqli ravishda mustaqil Ozarbayjonning asoschisi hisoblanadi. Uning rahbarligida mamlakatning jadal rivojlanishi va xalqaro maydondagi nufuzi yuksalishi uchun mustahkam poydevor yaratildi.
O‘zbekistonda Haydar Aliyevni qardosh davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlashga katta ahamiyat bergan davlat arbobi sifatida chuqur hurmat qilishadi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
❗️O‘zbekistonda nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi
Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 403-sonli qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari quyidagilardan iborat:
🔹 talabgor tomonidan tashkil etilayotgan oliy ta’lim tashkilotining konsepsiyasi taqdim etiladi;
Konsepsiyada quyidagilar ko‘rsatiladi:
▪️ ta’lim tashkilotining nomi;
▪️ maqomi;
▪️ boshqaruv tizimi va kadrlari;
▪️ asosiy ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari;
▪️ qabul parametrlari;
▪️ ta’lim sifatini ta’minlash tizimi va vositalari;
▪️ to‘lov-kontrakt miqdori va uning hisob-kitobi;
▪️ ta’lim tashkilotini rivojlantirish bo‘yicha 5 yillik strategik rejasi;
▪️ ta’lim tashkiloti faoliyatiga oid boshqa muhim masalalar.
🔹 talabgor tomonidan nodavlat oliy ta’lim tashkilotining ta’lim jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan moddiy-texnik baza, dasturiy ta’minotni o‘z ichiga olgan dastlabki ustav fondi (ustav kapitalini) 2 mln AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantiradi;
Keyinchalik talabalar sonining ko‘payib borishiga mutanosib ravishda ustav fondi oshirib boriladi;
🔹 Talabgor tomonidan 350 ming AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘lar tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtiriladi;
🔹 Tashkil etilayotgan oliy ta’lim tashkilotining ta’lim jarayoniga mo‘ljallangan bino va inshootlari maydoni 5 ming kv/metrdan kam bo‘lmasligi lozim. Bunda bino universitetning o‘z mulki bo‘lishi shart emas, kamida 5 yil muddatga tuzilgan ijara (tekin foydalanish) shartnomasi asosida ish boshlash ham mumkin;
🔹 Oliy ta’lim tashkiloti tashkil etilgan vaqtdan boshlab dastlabki 5 yil davomida uning yillik sof foydasining kamida 80 foizi, keyingi yillarda esa kamida 50 foizi mazkur ta’lim tashkilotining asosiy faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltiradi.
🗓 Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
❗️Qaror kuchga kirgunga qadar litsenziya olgan tadbirkorlik subyektlari 2026-yil 1-yanvarga qadar o‘z faoliyatini yangi litsenziya talablari va shartlari asosida tashkil etishi lozim.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Prezidentlar Boku shahrida "O‘zbekiston" bog‘iga tamal toshi qo‘ydilar
Loyihaga ko‘ra, 4,5 gektar maydonda O‘zbekistonning boy madaniyati va an’analarini namoyish etadigan ulkan majmua barpo etiladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilari uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi
Bugun, 2-iyuldan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning yillik daromadlari 100 mln so‘mdan oshganda, ular to‘lashi lozim bo‘lgan soliqlar soliq organlarining xabarnomasi asosida yuridik shaxslar (soliq agenti) – ya’ni agregatorlar tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadi.
Mazkur tartib sohada band bo‘lgan jismoniy shaxslarga soliqlarni hisoblash, to‘lash va hisobot topshirish kabi ortiqcha ovoragarchiliklardan xalos etadi.
Ma’lumot uchun: joriy yil davomida 189 ta o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning yillik daromadi 100 mln so‘mdan oshgan.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 3-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 591,71 soʻm (– 84,40)
1 EUR 14 821,70 soʻm (– 153,86)
1 RUB 160,18 soʻm (– 1,38)
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Davlatimiz rahbari Bokuda tantanali kutib olindi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifini boshladi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma'lum qilishicha, tashrif davomida davlatimiz rahbari Boku, Xonkendi, Shusha va Ag‘dam shaharlarida bo‘ladi.
Bugun ikki mamlakat yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazadilar, "O‘zbekiston" bog‘iga tamal toshi qo‘yadilar va O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasi yangi binosini ochib beradilar.
Ertaga Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev muloqotni Ozarbayjonning Qorabog‘ tumanida davom ettirib, Xonkendidagi qo‘shma tikuvchilik fabrikasi va Ag‘dam shahridagi "Imorat" tarixiy-me’moriy majmuasi bilan tanishadilar.
Tashrifga tayyorgarlik doirasida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha salmoqli kelishuvlar to‘plami shakllantirilgan.
"Tashrifning tadbirlarga boy dasturi 2024-yilda ittifoqchilik maqomini olgan O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining misli ko‘rilmagan yuksak darajaga chiqqanini ko‘rsatadi hamda ikki davlat rahbarlarining avvalgi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomidir", — dedi Sherzod Asadov.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#TAYINLOV
Eshqo‘ziyev Xurshidjon Musajonovich Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston yetakchilari qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi.
Shuningdek, Prezidentlar huzurida quyidagi hujjatlar imzolandi:
▫️o‘simliklar karantini va himoyasi, oliy ta’lim, tog‘-kon sanoati, atrof-muhitni muhofaza qilish, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, sog‘liqni saqlash va tibbiyot fani, jismoniy tarbiya va sport sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar;
▫️ikki mamlakat arxiv idoralari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
▫️O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan Mo‘g‘uliston Iqtisodiyot va taraqqiyot vazirligi o‘rtasida, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan Mo‘g‘uliston Madaniyat, sport, turizm va yoshlar vazirligi o‘rtasida 2025–2028-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturlari;
▫️O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Mo‘g‘uliston Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat vazirligi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha hamkorlik rejasi;
▫️O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan Mo‘g‘uliston Madaniyat, sport, turizm va yoshlar vazirligi o‘rtasida ekoturizm sohasidagi harakatlar rejasi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston Prezidentlari tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazdilar.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Senatning sakkizinchi yalpi majlisi 25-iyun kuni soat 10:00 da o‘z ishini boshlaydi.
Yalpi majlis Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri yoritiladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 25-iyundan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 456,25 soʻm (+ 45,26)
1 EUR 14 461,71 soʻm (+ 223,82)
1 RUB 158,36 soʻm (– 0,02)
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga keldi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
TEZKOR SHTAB ISH BOSHLADI
Xalqaro maydonda vaziyatning jadal o‘zgarishi va ortib borayotgan geosiyosiy keskinlik sharoitida eksport va import yuklari tashuvlari uzluksizligini ta’minlash, ushbu jarayonda milliy tashuvchilar hamda tadbirkorlarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ) hamda boshqa daxldor idoralar vakillaridan iborat “tezkor shtab” ish boshladi.
📞 Xalqaro tashuvlar masalalari bo‘yicha murojaat va takliflarini qabul qilish uchun Transport vazirligining 1167 qisqa raqamli ishonch telefoni 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazildi.
Shuningdek, Telegram messenjerida @TashuvchigaKomakbot ishga tushirildi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan:
– Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan;
– Utkirjon G‘ayratovich Kodirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamentining rahbari lavozimidan;
– Jaxongir Jovaxirlayevich Ibragimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
⚡️Toshkent viloyatida sifatsiz dori vositalari va buyumlarining savdosiga chek qo‘yildi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida Zangiota tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda Toshkent shahrida yashovchi, 1996 y.t. shaxs sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 9 ming 500 dona "Menavazin", 1300 dona "Glitserin" va 2 ming dona "Metralin" dori vositalari hamda infuzion eritmalar quyish uchun mo‘ljallangan 56 ming 880 dona sistema tibbiy buyumlarini jami 9 ming 700 AQSH dollari va 2 mln 550 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tekshiruv davomida "Glitserin" suyuqligi qo‘lbola usulda tayyorlanib, qadoqlanganligi ma’lum bo‘ldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi" Davlat markazining tegishli xulosasiga ko‘ra, mazkur tibbiy dori vositalari va buyumlarini respublika hududida sotish, tashish va amaliyotda qo‘llash taqiqlanadi.
Holat yuzasidan mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 1863-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatimizning Boku shahridagi elchixonasi yangi binosini tantanali ravishda ochib berdilar.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi qarorini qabul qildilar.
Davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Shu jumladan:
▫️Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani 2025–2029-yillarda amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi";
▫️Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
▫️Fan, kasb-hunar va oliy ta’lim sohalarida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
▫️2025–2026-yillarga mo‘ljallangan sanoat kooperatsiyasi dasturi;
▫️2030-yilga qadar tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish dasturi;
▫️2025–2027-yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;
▫️2025–2027-yillarda ijtimoiy himoya sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
▫️Kemachilik va kemasozlik sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
▫️Toshkent viloyati va Sumgait shahri, Navoiy va Gabala shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuvlar.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
❗️Toshkent shahrining Bektemir tumani hududidan o‘tuvchi A-373 "Toshkent–O‘sh" avtomobil yo‘lining 0–3-kilometri oraligʻida yo‘lning asfalt-beton qoplamasi ta’mirlanmoqda. Shu munosabat bilan 3–8-iyul kunlari harakat bir tomonlama yopiladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari "Zagulba" qarorgohida tor doirada uchrashuv va Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazdi.
▫️– Munosabatlarimiz tarixda hech qachon bugungidek yuksak darajada bo‘lmagan, – dedi O‘zbekiston Prezidenti.
▫️Iqtisodiy kooperatsiya yilida tovar ayirboshlash hajmi 25 foizga oshdi. Loyihalar portfeli 4 milliard dollarga yetgan. 300 ga yaqin qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
▫️Tashrif davomida Boku shahrida "O‘zbekiston" bog‘i qurilishiga start beriladi va mamlakatimizning Ozarbayjondagi elchixonasi yangi binosi ochiladi.
▫️Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmini yiliga 1 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Sanoat, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, turizm, bank va boshqa sohalardagi loyihalarni o‘z ichiga olgan alohida Kooperatsiya dasturi qabul qilinayotgani ta’kidlandi.
▫️Yevropaga elektr energiyasini eksport qilish bo‘yicha qo‘shma loyihani tayyorlashni jadallashtirishga kelishib olindi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Bokuga keldi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O‘zbekiston Prezidenti Boku shahriga keldi
Haydar Aliyev nomidagi aeroportda davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezidentlar rafiqalari bilan birga ikki mamlakat san’at ustalarining konsertida ishtirok etdilar.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Qo‘shni davlatlardan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 8,2 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi
Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida yashovchi, 1995 y.t. shaxs Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 896 gr "gashish" moddasini kelgusida sotish maqsadida Denov tumani hududidagi xufiya joyga yashirish uchun olib borayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadonidan ham 2 kg 260 gr "opiy" moddasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, bojxona va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Namangan shahrida yashovchi, 1987 y.t., muqaddam sudlangan fuqaro boshqaruvidagi avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida 2 kg 990 gr "gashish" moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi tomonidan aylanma yo‘llar orqali Yangiqo‘rg‘on tumani hududiga yetkazib berilgan mazkur giyohvandlik vositasi Namangan shahrida sotilishi rejalashtirilgan.
Farg‘ona viloyatida kuzatilgan holatda esa Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1973 y.t. va Toshloq tumanida istiqomat qiluvchi, 1971 y.t. ikki nafar fuqaro o‘zaro jinoiy til biriktirib, Tojikistondan olib kelingan 487 gr "gashish" moddasini 5 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Shuningdek, Toshloq tumanilik fuqaroning yashash xonadonidan 599 gr "gashish" moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Ta’kidlash lozimki, mazkur shaxslar muqaddam bir necha marotaba sudlangan bo‘lishlariga qaramasdan, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishmagan.
Bu kabi qonunbuzilish holati Samarqand viloyatida ham qayd etilib, xususan, Urgut tumanida yashovchi, 1983 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun bir necha marotaba sudlangan shaxs Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 982 gr "opiy" moddasini o‘zining jinoiy sherigi bo‘lgan, 1991 y.t. fuqaro bilan birga xaridorga 8 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston yetakchilarining tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
▫️Imtiyozli savdo va investitsiyalarni himoya qilish to‘g‘risidagi bitimlarni qabul qilishni tezlashtirish muhimligi ta’kidlandi.
▫️ Hamkorlikning qator istiqbolli yo‘nalishlari ustuvor etib belgilab olindi. Bu, avvalo, tog‘-kon sohasidagi sheriklik, jumladan, geologiya-qidiruv dasturini ishlab chiqish, xomashyo resurslari konlarini o‘zlashtirish, texnologiyalar transferi, tajriba almashish va kadrlar tayyorlash sohalari.
Shu ma’noda, sohadagi loyihalarni ilgari surish maqsadida Ulan-Bator shahrida O‘zbekiston geologiya vazirligining vakolatxonasi ochilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
▫️Qo‘shma klasterlar tashkil etish, go‘sht-sut, jun va charm mahsulotlarini qayta ishlash va ishlab chiqarish bo‘yicha kooperatsiya loyihalarini ilgari surish asosida qishloq xo‘jaligida kompleks hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdorlik bildirildi.
▫️Yil yakuniga qadar poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
▫️Yakunda davlatimiz rahbari Mo‘g‘uliston Prezidentini javob tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#TAYINLOV
Adliya vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Prezidentning tegishli qarori bilan Istamov Maxmud Shuxratovich adliya vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u (2024-yildan) Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni rahbari lavozimida ishlagan.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Mo‘g‘ulistonga keldi
Davlatimiz rahbarini Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batseseg va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga jo‘nab ketdi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:
– Bekzot Mardonovich Mavlonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
– Aziz Yuldashevich Magrupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimidan ozod etildi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz