uzauz | Unsorted

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28309

Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi Asosiy telegram kanal: @uza_uz Sayt: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •lotin yozuvida: @uzauzlot

Subscribe to a channel

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksandr Dyukovni qabul qildi.

Rossiyaning ushbu yetakchi kompaniyasi bilan neft-gaz majmuasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni tegishli "yo‘l xaritasi"ga muvofiq rivojlantirishning istiqbolli rejalari ko‘rib chiqildi.

Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, murakkab konlarni o‘zlashtirish, sohani raqamlashtirish, talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡"UzTest"da katta o‘g‘irlik sodir bo‘lgan

Germaniyadan O‘zbekistonga olib kelingan 3 dona sinov laboratoriya jihozining biri tag-tugi bilan yo‘qolib qolgan.   

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining UzTest — "O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasining Buxoro viloyat hududiy filialida 1 tonna 200 kg va umumiy narxi 150 mln so‘m miqdorida bo‘lgan "Tormoznoy stend" sinov uskunasi hamda 250 mln so‘mlik gaz balonlarni o‘lchash vositasi o‘g‘irlangan.

Negadir, Agentlik rahbariyati bu ma’lumotga hozirgacha munosabat bildirgani yo‘q, Uztest mas’ullariga qanday choralar ko‘rilayotgani haqida izoh berishni ham ortga surmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Zayed insoniyat birodarligi mukofoti tashkilotchilari 2026-yilgi sovrindorni aniqlaydigan xalqaro hakamlar hayʼatining yangi aʼzolarini eʼlon qildi.

Joriy hayʼat tarkibida Markaziy Osiyodan ilk bor O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham aʼzo sifatida qatnashmoqda.

“Ushbu nufuzli hakamlar hayʼatiga Markaziy Osiyodan ilk aʼzo sifatida qo‘shilayotganimdan behad mamnunman. Hayʼatdagi hamkasblarim bilan birgalikda butun dunyoda jamiyatlarni yuksaltiryotgan va dolzarb muammolarni hal etayotgan eʼtirof etilmagan gumanitar qahramonlarni tan olishni maqsad qilganmiz”,

— deb munosabat bildirdi Saida Mirziyoyeva.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#RASMIY_XABAR

⚡️Magistraturaga qabul boshlandi

2025–2026-oʻquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

▫️Sertifikatlar ro‘yxati

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston va Qatar yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston-Qatar strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali amayliy hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Islohotlarning Jizzax viloyatidagi ijrosi ko‘rib chiqildi

▫️O‘tgan olti oyda Jizzaxda sanoat, servis va qishloq xo‘jaligida 200 ta loyiha ishga tushdi. Viloyatga 662 million dollar investitsiya kirib keldi.

▫️So‘nggi vaqtlarda viloyatda 250 million dollarlik yirik turizm majmualari ishga tushgani natijasida bir yilda sayyohlar oqimi 2 karra oshdi. Buni yanada oshirish uchun hamma sharoit bor.

▫️Jizzaxda 1 million 300 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘lgani bilan atigi 40 foizida ekin ekilayapti. Bir gektarga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromad ham boshqa viloyatlarga nisbatan kam. Aslida, yerdan samarali foydalanib, oziq-ovqat mahsulotlari va chorva ozuqasini ko‘paytirish mumkin.

▫️Yig‘ilishda mutasaddilar, soha mutaxassislari va yetakchi tadbirkorlardan iborat "Islohotlar shtabi" tomonidan tayyorlangan yangi loyihalar taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, umumiy qiymati 520 million dollarlik 200 ta loyiha shakllantirilgan. Ularning natijasida 12 mingta ish o‘rni, byudjetga qo‘shimcha 120 milliard so‘m tushum, 100 million dollarlik eksport imkoniyati yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 8-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 676,73 soʻm (+ 70,00)
1 EUR 14 874,87 soʻm (+ 25,40)
1 RUB 161,03 soʻm (+ 1,17)

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Iijodiy imtihonlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Respublikadagi 52 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha ruxsatnomalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.

Imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan.

Abituriyentlardan ruxsatnomani yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin yetib borish so‘raladi.

Kanalga ulanish:

 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2025–2026-o‘quv yili
da oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Prezidentining Ozarbayjonga davlat tashrifi yakunlari qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zmilliybank bayrog‘i Araratni zabt etdi

Bankning G‘aznachilik departamenti xodimi Andrey Tarantin "Mysterious Uzbekistan" guruhi tarkibida Kavkaz tog‘ tizimining eng baland nuqtalaridan biri — 5137 metrlik Ararat tog‘ining cho‘qqisiga ko‘tarildi va O‘zmilliybank bayrog‘ini tog‘ cho‘qqisining qoq markaziga o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 7-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 606,73 soʻm (+ 49,17)
1 EUR 14 849,47 soʻm (+ 40,34)
1 RUB 159,86 soʻm (+ 0,42)

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanadi

Bunda:
▫️Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
▫️Saralash bosqichi — 4–18-avgust;
▫️Targ‘ibot bosqichi — 19–21-avgust;
▫️Ovoz berish bosqichi — 22–31-avgust kunlari o‘tkaziladi.

G‘oliblar 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️DXX: Ohangaron shahar hokimligining mansabdor xodimi qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Ohangaron shahar hokimligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs xizmat mavqeidan foydalangan holda, 1958 y.t. mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, hozirda hokimiyat balansiga o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan 3 xonali xonadonni sud tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni ma’lum qiladi.

Qo‘shtirnoq ichida xolis yordam bermoqchi bo‘lgan mazkur mansabdor shaxs uyning narxini 15 ming AQSH dollariga kelishib hamda sud organlaridagi tanishlari uchun 3 ming 500 AQSH dollari berishini aytib, jami 18 ming 500 AQSH dollari talab qiladi.

Ammo, u oldindan 9 ming 500 AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IJQKD hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda hokimiyat vakiliga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.


Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️DXX: Xorazmda 15 ming AQSH dollari talab qilgan sudyaning noqonuniy harakatlari fosh etildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudining tergov sudyasi Urganch shahrida yashovchi fuqaroga nisbatan JIB Tuproqqal’a tuman sudida ko‘rilayotgan, Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini vakolatli hamkasblari orqali uning foydasiga hal qilib, oqlov hukmini chiqartirib berish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qiladi.

Shundan so‘ng, tergov sudyasi 2 ming AQSH dollarini naqd pulda va 24 mln. so‘mni esa plastik karta orqali oladi.

Ammo, bergan va’dasining ustidan chiqmagan sudya muqaddam olgan pullarini qaytarayotgan vaqtida DXX, Oliy sud va Bosh prokuratura xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda Bosh prokuratura tomonidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddasi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish chora-tadbirlari haqida axborot berildi

▫️
O‘tgan olti oyda 5 ming 200 ta mahallada birorta ham jinoyat bo‘lmadi. Lekin bu borada kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar hali ham bor.

▫️
Butun tizimni pastga tushirib, har bir mahallani "jinoyatchilikdan xoli hudud"ga aylantirish zarurligi ta’kidlandi.

▫️
Videokuzatuv kameralari va sun’iy intellektni qo‘llab, giyohvandlik moddalari tarqalishini aniqlash, manbasini tag-tomiri bilan yo‘q qilish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

▫️
Bugungi kundagi yana bir dolzarb muammo – kiberjinoyatchilik. Yurtimizda yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini shu "illat" tashkil qilgan. Shu jihatdan, kiberjinoyatlarning oldini olish, aholining bu boradagi bilimi va ogohligini kuchaytirish, to‘lov tizimlarida mijozlarining manfaati va moliyaviy xavfsizligini ta’minlash zarurligi aytildi.

▫️
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga qabul kvotasini bosqichma-bosqich oshirish, yangi yo‘nalishlar ochish va dual ta’limni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT

9–11-iyul kunlari kutilayotgan yomg‘ir sababli respublikaning quyidagi tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:

▫️Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;

▫️Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

▫️Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

▫️Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

▫️Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi, dam oluvchi hamda harakatlanuvchi fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️DXX: Hokim o‘rinbosari hamda agentlik va inspeksiya xodimlari ushlandi

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hokimining o‘rinbosari Taxiatosh tumanida faoliyat olib borayotgan qizilmiya ildizlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan MCHJ rahbariga qizilmiya ildizini yetishtirishi uchun Beruniy tumani hududidan 150 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 12 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

▫️Namangan viloyatida qayd etilgan holatda, Kosonsoy tumanidagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari mazkur xo‘jalikning 24 gektar yer maydonini mansabdor tanishi orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 240 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 50 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning mansabdor tanishi hisoblangan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi "Agrosanoatni rivojlantirish agentligi" davlat muassasasining Kosonsoy tuman loyiha ofisi bosh mutaxassisi yuqoridagi yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

▫️Boshqa holatda esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Andijon viloyati boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs Andijon tumanidagi paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari tomonidan 6 sotix yer maydoniga noqonuniy qurilgan bino va inshootlar bo‘yicha hisoblanishi kerak bo‘lgan zararni kamaytirib xulosa berish evaziga 1000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡"Vaqtinchalik ro‘yxatda turgan fuqarolarning farzandlarini maktabga qabul qilishda cheklovlar mavjud emas", – vazirlik

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, maktab yoshiga yetgan har bir bolaning bilim olish huquqi kafolatlanadi va hech bir bola ta’limga jalb etilmasdan — maktabga joylashmasdan qolmaydi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Namangan viloyatidagi natijalar va yangi loyihalar haqida axborot berildi

▫️Bu yil 4,2 milliard dollar investitsiya jalb etish, 1 milliard dollar eksport qilish, 323 ming ish o‘rni yaratish, 55 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan. Bunda eng katta zamin – kichik biznes va tadbirkorlik. Namanganda mehnatga layoqatli aholining 82 foizi shu sohada ro‘zg‘or tebratayapti.

▫️Yil boshidan beri viloyatga qariyb 1 milliard 600 million dollar investitsiya kiritilgan.

▫️Viloyatda ham mutaxassislar, ilg‘or tadbirkorlar va xorijiy ekspertlardan iborat "Islohotlar shtabi" ish boshladi. Ular birgalikda izlangani uchun yana 1 milliard dollarlik loyihalar shakllandi.

▫️ Yangi imkoniyatlar natijasida jami 12 ming ish o‘rni, byudjetga qo‘shimcha 200 milliard so‘m tushum, 160 million dollar eksport manbai paydo bo‘ladi.

Masalan, Norin tumanida aholi xonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirish, Mingbuloqda o‘rdakchilikni rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda. Ular oziq-ovqat mahsulotlari mo‘lligini ta’minlashi va ko‘plab ish o‘rinlari yaratishi bilan ahamiyatli. Davlatimiz rahbari bu tajribani boshqa hududlarda ham tatbiq etish zarurligini ta’kidladi.

▫️Bugungi kunda viloyatda 55 ming ishsiz aholi, 44 ming kambag‘al oila bor. Ularni kasbga yo‘naltirib, ish topishiga ko‘maklashish, o‘z uyida daromad manbai yaratish vazifasi qo‘yildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Abituriyentlar uchun test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi

2025–2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga (10 kun) qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz sayti orqali yuklab olishlari hamda chop etib qo‘yishlari so‘raladi.

Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡Jaziramada “Tez yordam”ga 247 mingdan ortiq chaqiriq tushdi

Gidrometeorologiya xizmati ma‘lumotlariga ko‘ra, 2–5 iyul kunlari yurtimizga janubdan juda issiq ob–havo oqimi kirib kelishi natijasida anomal issiq kuzatildi. Shunday jazirama ob–havo sharoitida, “103” xizmatiga 247 459 ta chaqiriq kelib tushgan. Ulardan 172 676 tasi — shoshilinch holatlar, 65 163 tasi esa surunkali kasalliklar bilan bog‘liq murojaatlardir.

Mutasaddilarning bildirishicha, aholi orasidagi targ‘ibot va tavsiyalar tufayli chaqiriqlar soni oldingi haftaga nisbatan 1,2 foizga kamaygan.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar tiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Samarqandda Inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Samarqand viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Paxtachi tumanidagi MCHJlardan biriga qarashli g‘isht zavodida nazorat tekshiruvini amalga oshirish vaqtida aniqlangan kamchiliklarni bo‘rttirib, go‘yoki 226 mln so‘mlik sifatsiz g‘isht mahsulotlari ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilinganligini aytadi.

So‘ngra, u o‘tkazilgan tekshiruv yuzasidan tuzishi lozim bo‘lgan bayonnomada ushbu 226 mln so‘m jarimani 25 mln so‘mgacha kamaytirish evaziga 3 ming AQSH dollari talab qiladi.

DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bu uddaburon bosh mutaxassis o‘z xizmat xonasida 2 ming 500 AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.


Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitidagi nutqi

Nutq matni — https://uza.uz/posts/736998


Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

RASMIY AXBOROT

2025-yil 1-iyul kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani "Yuksalish" mahallasida hudud profilaktika inspektori katta leytenant Abduvaliyev Abdurasul Qaxarovich xizmat burchini bajarish chog‘ida og‘ir tan jarohati olishi natijasida vafot etgan edi.

Gumonlanuvchi Y.Xolbozorov joriy yilning 4-iyul kuni soat taxminan 06:30 larda Xo‘jaobod tumanida joylashgan "Yuksalish" mahallasi "So‘qoloq" qabristonidagi makkapoya ichida yashirinib yotganligi aniqlangan, qo‘lga olish jarayonida u o‘zining qorin qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan hamda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib borilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon Prezidenti hamrohligida Ag‘dam shahridagi "Imorat" tarixiy-me’moriy majmuasiga tashrif buyurdi.

Bu yerga Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari ham keldi.

Yetakchilar majmuada yaratilgan sharoitlar, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Mehmonlar e’tiboriga Qorabog‘ tulporlari ishtirokidagi "Zafar" nomli madaniy dastur taqdim etildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifi davomida Fuzuliy shahriga keldi

Aeroportda oliy martabali mehmonni Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Kerimli va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…
Subscribe to a channel