uzauz | Unsorted

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Subscribe to a channel

UzA | Tezkor xabarlar

#Parij2024

⚡️Razambek Jamalov Olimpiada finalchisini magʻlubiyatga uchratdi

Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Razambek Jamalov (-74 kg) Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida dastlabki bahsini muvaffaqiyatli oʻtkazdi. Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari finalchisi, neytral maqomda kurashayotgan Magomedhabib Kadimagomedov bilan bellashgan hamyurtimiz irodali gʻalabaga erishib, keyingi davraga yoʻl oldi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Mintaqaviy sheriklikning yangi drayveri sifatida turizm sohasi belgilandi

Turizm almashinuvini kengaytirish maqsadida milliy ID-kartalarni oʻzaro tan olish masalasini oʻrganish va “bitta tur - butun mintaqa” tamoyili asosida ommaviy turizm mahsulotlarini ishlab chiqish taklif etildi.

Soʻzining yakunida Prezidentimiz Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning 2040-yilgacha moʻljallangan konsepsiyasi qabul qilinishini qoʻllab-quvvatladi hamda Markaziy Osiyoda strategik sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi koʻp tomonlama bitimni tayyorlashni taklif qildi.

Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarini kelgusi yilda boʻlib oʻtadigan yettinchi sammitda ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga taklif qildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari iqlim oʻzgarishi muammolariga alohida eʼtibor qaratdi

Harorat koʻtarilishi, muzliklar erishi, toshqinlar, qurgʻoqchiliklar, chang boʻronlari va boshqa koʻplab tabiat hodisalari jiddiy talafotlar yetkazishda davom etmoqda.

— Joriy yilning noyabr oyida Ozarbayjonda boʻlib oʻtadigan Iqlim sammiti davomida mamlakatlarimiz yagona pozitsiya bilan chiqishlari mumkin. Bu oʻrinda soʻz xalqaro jamoatchilik, fondlar va donorlik tashkilotlari eʼtiborini ushbu oʻtkir muammolar, jumladan, Orol fojiasiga yechim topishga qaratish maqsadida mintaqadagi ekologik vaziyat haqida qoʻshma taqdimot oʻtkazish haqida ketmoqda,

— dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, Markaziy Osiyoni barqaror rivojlantirish boʻyicha kompleks dastur va Transchegaraviy daryolar suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha mintaqaviy strategiyani ishlab chiqish va qabul qilish taklif etildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

— Mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish va uzoq muddatli sheriklik kun tartibini boyitish uchun Maslahat uchrashuvi formatini yanada takomillashtirish masalalarini birgalikda koʻrib chiqish vaqti keldi,

— Oʻzbekiston yetakchisi.

Ushbu masalalar yuzasidan konseptual tavsiya va takliflar ishlab chiqish uchun Markaziy Osiyo ekspert forumining navbatdagi yigʻilishini mamlakatimizda oʻtkazish taklif etildi.

Dunyodagi hozirgi vaziyatga toʻxtalib, Oʻzbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo oʻzining geosiyosiy joylashuvi tufayli global ishonch inqirozi va mojarolar keskinlashuvining barcha salbiy oqibatlarini boshidan kechirayotganini qayd etdi.

Anʼanaviy savdo-transport zanjirlari buzildi, mintaqa mamlakatlari sanksiya siyosatining asiriga aylandi, logistika xarajatlari sezilarli darajada oshdi, inflyatsiya bosimi kuchaymoqda, jahon kapital bozoridagi imkoniyatlar qisqarmoqda, proteksionizm kuchaymoqda va yangi-yangi toʻsiqlar paydo boʻlmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvidagi nutqi

Nutq matni — https://uza.uz/posts/623550

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ostonada Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvi boshlandi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Hasanboy Doʻsmatovning final jangi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

🇺🇿Ulugʻbek Rashitov sharafiga Parijda Oʻzbekiston madhiyasi yangradi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#Parij2024

🥇 Ulugʻbek Rashitov – ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbek taekvondochisi!

Ulugʻbek Rashitov Olimpiya oʻyinlarining ikki karra gʻolibligiga erishgan birinchi o’zbek taekvondochisi sifatida oʻz nomini sportimiz solnomasiga muhrlab qoʻymoqda.

-68 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz finalda iordaniyalik Zaid Karimni 2:X hisobida magʻlubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor boʻldi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 2 ta oltin va 2 ta bronzani tashkil etmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga tashrifi doirasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon sanʼat ustalarining “Doʻstlik kechasi” tantanali konsertida ishtirok etdi.

Tadbirda Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, sammitning faxriy mehmoni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham qatnashdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#Parij2024

⚡️Ulugʻbek Rashitov jahon chempionini magʻlub etib, yarim finalga yoʻllanma oldi

Taekvondochimiz Ulugʻbek Rashitov yana bir bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtdi. Chorak finalda 2022-yilgi jahon chempioni xitoylik Liang Yushuai bilan jang qilgan hamyurtimiz 2:0 hisobida gʻalaba qozondi va yarim finalchilar qatoridan joy oldi. Endi u final yoʻllanmasi uchun ispaniyalik Xaver Peres bilan jang qiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Alisher Navoiy haykalining ochilish marosimida ishtirok etdi

Davlatimiz rahbari Qasim-Jomart Toqayevning Alisher Navoiyga haykal oʻrnatish tashabbusi uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Qozogʻiston poytaxti markazida muhtasham yodgorlik bunyod etilgani qozoq xalqining qardosh Oʻzbekistonga boʻlgan chuqur hurmatining yorqin ifodasi ekanini taʼkidladi.

— Ishonchim komilki, Alisher Navoiy haykali ikki xalq oʻrtasidagi doʻstlik va qardoshlik rishtalarining yana bir yorqin ramziga aylanadi, uning merosi esa yana koʻplab avlodlarni buyuk yutuqlarga ilhomlantiradi,

— dedi Oʻzbekiston Prezidenti.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

OAV vakillari bilan uchrashuvda Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunlariga izoh berdi

Oʻzbekiston rahbari birgalikdagi tizimli va amaliy saʼy-harakatlar tufayli Oʻzbekiston-Qozogʻiston hamkorligini ittifoqchilik munosabatlaridek eng yuqori bosqichga olib chiqishga erishilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

— Biz koʻp qirrali munosabatlarimizda yangi sahifa ochdik — Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisini oʻtkazdik. Ushbu format davlatlararo hamkorlikning eng yuqori darajasining ifodasi boʻlib, mamlakatlarimiz va xalqlarimizning yaqin aloqalari, ularning barcha yoʻnalishlarda hamkorlikni mustahkamlashga qatʼiy intilishini yaqqol namoyon etadi.


Batafsil — https://uza.uz/posts/623272

Kanalga ulanish: 

➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#Parij2024

⚡️Gʻulomjon Abdullayev yarim finalda!

Erkin kurashchimiz Gʻulomjon Abdullayevning muvaffaqiyatli yurishi davom etadi. Hamyurtimiz chorak finalda armanistonlik Arsen Xarutyunyanni magʻlub etdi. Endi u kechki dasturda final yoʻllanmasi uchun amerikalik Spenser Liga qarshi bellashadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bular, jumladan:

- Davlat chegarasi rejimi toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim;

- Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari va xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimlarga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi bayonnomalar;

- 2024-2025-yillarda madaniy-gumanitar hamkorlik boʻyicha hukumatlararo tadbirlar rejasi;

- Qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- Sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- Iqtisodiyot vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish va raqobat siyosati sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar;

- Oʻzbekiston-Qozogʻiston Ekspertlar kengashini taʼsis etish toʻgʻrisida memorandum;

- Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va doʻstlik aloqalari qoʻmitasi va Qozogʻiston Respublikasi Otandastar jamgʻarmasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida bitim;

- 2024-2026-yillarda Toshkent shahar hokimligi va Ostona shahar hokimligi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston Prezidenti taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qator tashabbuslarni ilgari surdi

Markaziy Osiyo taʼlim va akademik almashuv dasturini qabul qilish va yetakchi oliy oʻquv yurtlarining diplomlarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi bitimni ishlab chiqish, iqtidorli talabalar oʻqishi uchun oʻzaro kelishuvlar asosida stipendiyalar ajratish muhimligi qayd etildi.

Ushbu masalalarni atroflicha muhokama qilish uchun oktyabr oyida Toshkent shahrida birinchi Markaziy Osiyo taʼlim forumi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqish taklif etildi

Markaziy Osiyo mamlakatlarining farovonligi koʻp jihatdan umumiy saʼy-harakatlarga, yaqindan hamkorlik qilish, qatʼiy choralar koʻrish va mintaqa manfaatlarini birgalikda ilgari surishga tayyorlikka bogʻliq. Shu munosabat bilan strategik hujjat — Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqish taklif etildi.

Global jarayonlarning Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishiga taʼsiri tahlilidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Prezidenti mintaqada amaliy hamkorlikning qator ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi.

Birinchi navbatda, uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan iqtisodiy sheriklikni rivojlantirishning yangi drayverlari va modeli zarurligi taʼkidlandi.

— Mamlakatlarimiz tabiiy savdo sheriklari boʻlib, milliy iqtisodiyotlarimiz bir-birini toʻldiradi,

— dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi

Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida oʻtgan tadbirda Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, shuningdek, faxriy mehmonlar sifatida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze ham qatnashdi.

Kun tartibiga muvofiq, mintaqada koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo, investitsiyalar, transport, energetika, qishloq xoʻjaligi va ekologiya sohalarida qoʻshma dastur va loyihalarni ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish, shuningdek, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi chora koʻrish masalalari muhokama qilindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi ishga tushirilayotgan “HET BILLING” tizimida texnik ishlar olib borilyapti

Shu bois ayrim isteʼmolchilarda aslida haqdor boʻlsa-da, tizimda qarzdorlik koʻrinishi holatlari uchramoqda.

Mazkur holatda isteʼmolchilar tarmoqdan ajratilmaydi.

Holat yuzasidan qoʻshimcha axborot beriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

🇺🇿Hasanboy Doʻsmatov sharafiga Parijda Oʻzbekiston madhiyasi yangradi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#Parij2024

🥇 Hasanboy Doʻsmatov – ikki karra Olimpiada chempioni!

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Hasanboy Doʻsmatov (-51 kg) ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempioni sharafiga muyassar boʻlgan ilk oʻzbek bokschisiga aylandi.

Hamyurtimiz hozirgina yakunlangan chempionlik jangida mezbon bokschi Bilal Bennamani magʻlub etib, delegatsiyamizga Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining oltin medalini taqdim etdi.

Bu delegatsiyamiz uchun 3-oltin medal.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#Parij2024

⚡️Abdumalik Xalokov ham finalda!

Boks boʻyicha oʻsmirlar Olimpiadasi gʻolibi, jahon chempioni Abdumalik Xalokov Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining finaliga yoʻllanma oldi.

-57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz yarim finalda avstraliyalik Charli Seniorni magʻlubiyatga uchratib, 10-avgust kuni chempionlik uchun ringga koʻtariladigan boʻldi.

Shu tariqa, yarim finalgacha yetib kelgan 5 nafar bokschimizning barchasi hal qiluvchi bosqichga yoʻl olishdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻistonga davlat tashrifi xalqlarimiz oʻrtasidagi azaliy yaxshi qoʻshnichilik va doʻstlikning ifodasi – strategik sheriklik va ittifoqchilik aloqalarini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqadi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#Parij2024

⚡️Ulugʻbek Rashitov ikkinchi bor Olimpiada finalida!

Taekvondo WT bo’yicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Ulugʻbek Rashitov ikkinchi oltin medal sari yana bir dadil qadam tashladi. Hamyurtimiz ispaniyalik Xavyer Peresga qarshi kechgan yarim final jangida 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Endi u chempionlik uchun Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) / Zaid Karim (Iordaniya) bahsi gʻolibiga qarshi dayanga koʻtariladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Ostonada buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalini ochdilar

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunlarini yuqori baholadilar

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Muzokaralar yakunida Prezidentlar tomonidan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi yana oshdi

Markaziy bank 9-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 651,98 so‘m (+ 11,97)
1 RUB 145,91 so‘m (– 1,05)
1 EUR 13 824,82 so‘m (+ 29,51)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Tashrif doirasida ikki tomonlama hamkorlikning keng koʻlamli masalalarini qamrab olgan hujjatlar toʻplami qabul qilindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Subscribe to a channel