uzauz | Unsorted

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Subscribe to a channel

UzA | Tezkor xabarlar

Mikromoliya xizmatlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash davom ettiriladi

Mikromoliya bozori
uchun yoʻl ochib berildi. Masalan, oʻtgan yetti oyda 91 ta mikromoliya tashkiloti 6,6 trillion soʻmlik moliyaviy xizmatlar koʻrsatdi va yil yakunigacha bu raqam 12 trillion soʻmga yetkaziladi.

Mikromoliya xizmatlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash davom ettiriladi. Ularga joriy yildagi 1,6 trillion soʻmga qoʻshimcha 1 trillion soʻm resurs ajratiladi.

Shu bilan birga, ustav kapitali kamida 50 milliard soʻm boʻlgan mikromoliya banklarini tashkil etishga ruxsat beriladi.

Ushbu banklar kredit portfelining kamida 70 foizi kichik va oʻrta biznesni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

Mikromoliya tashkilotlari tomonidan tadbirkorlarga xorijiy valyutada xizmat koʻrsatish va litsenziya asosida toʻlov tashkiloti sifatida faoliyat yuritishga ruxsat beriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident tadbirkorlik uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish boʻyicha muhim yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Birinchi yoʻnalish – kichik va oʻrta biznes uchun moliyaviy resurslarni koʻpaytirish.

Oʻtgan yili kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun yangi tizim joriy qilingan edi. Bu borada Biznesni rivojlantirish banki va Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etilib, yil boshidan 35 mingdan ortiq tadbirkorlarga jami 3,5 trillion soʻm mikrokreditlar ajratildi.

Bundan tashqari, “Biznesga birinchi qadam” dasturi boʻyicha tadbirkorlikni endi boshlayotgan 115 ming aholiga 1 trillion soʻmlik mikroqarzlar berildi.

Ushbu tajriba yanada kengaytirilishi belgilandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Tekshirsa – qoʻrqadi, qoʻrqsa – soliq toʻlaydi”, degan qarash bilan ish yurmasligini hamma, ayniqsa soliqchilar tushunib yetdi — Prezident

Sodda qilib aytganda, mansabdorlar tadbirkor bilan muloqot qilishga oʻrgatilib, biznes muhitini yaxshilash boʻyicha tub burilish yasaldi.

Olti oyda toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiya hajmi oʻtgan yilga nisbatan 2 karra oʻsib, 14 milliard dollarga yetdi.

Bu – investorlarning Oʻzbekistonda biznes qilishga ishonchi ortib borayotganidan dalolat.

Davlat rahbari ushbu raqamlarning birortasi 33 yillik tariximizda boʻlmaganini qayd etdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bu yilning oʻzida tadbirkorlarning tovar aylanmasi oʻtgan yilga nisbatan 25 foizga koʻpayib, 986 trillion soʻmga yetdi.

Yillik aylanmasi 10 milliard soʻmdan 100 milliard soʻmgacha boʻlgan oʻrta korxonalar 2 karra koʻpaydi.

Aylanmasi 100 milliard soʻmdan ortiq yirik korxonalar esa 2 ming 200 tadan oshdi. Bu ham oʻtgan yilga nisbatan 2 baravar koʻp boʻldi.

Soliq, bank, moliya, butun iqtisodiyot kompleksi “mahallabay” va “mijozbay” ishlashni boshlagani natijasida oldin zarar bilan ishlagan 16 ming korxona yarim yilda 6,5 trillion soʻm foydaga chiqdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Sizlarni qoʻllab-quvvatlashga, yanada qulay sharoitlar yaratib berishga men doim tayyorman!Prezident tadbirkorlarga

Prezident rivojlangan davlatlarda oʻz biznesini yoʻlga qoʻygan, katta-katta natijalari bilan yurtimiz nomini chet elliklarga tanitayotgan koʻplab vatandoshlarimiz borligini qayd etdi.

Bugungi uchrashuvda 40 dan ziyod ana shunday vatanparvar, ishbilarmon biznes vakillari ishtirok etmoqda.

Kuni kecha ilgʻor biznes vakillaridan 37 nafari orden va medallar bilan, 104 nafari “Faol tadbirkor” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari ularni chin dildan tabriklab, fidokorona mehnati uchun oʻz nomidan, butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik bildirdi.

“Sizlar yangilik yaratishdan, tashabbus koʻrsatishdan charchamanglar. Sizlarni qoʻllab-quvvatlashga, yanada qulay sharoitlar yaratib berishga men doim tayyorman!”,
— dedi Prezident.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Birozdan soʻng Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlanadi.

Qoraqalpogʻistonda yurtimizning barcha hududlaridan 300 ga yaqin tadbirkor va investorlar toʻplandi. Shuningdek, muloqotda xorijda biznesini yoʻlga qoʻygan yana 40 dan ziyod vatandoshlarimiz ishtirok etadi. Hududiy studiyalardan 3 mingga yaqin biznes vakillari qatnashadi.

Davlatimiz rahbari tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish boʻyicha muhim yangi tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Chortoq tumanida yashirin dori sexi fosh etildi: Aybdorlarga qamoq jazosi tayinlandi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Koʻrib turibsizlar, qoraqalpoq zaminida yashab, ishlayotgan odamlarning ertasi bugunidan yaxshi boʻlishi uchun katta marralarni olganmiz.

Buning uchun hamjihat boʻlib, oldimizda turgan qiyinchiliklarni yengib oʻtish uchun birgalikda harakat qilishimiz shart va zarur.

Maqsadimiz bitta – azaldan doʻst-qardosh, ogʻa-ini, quda-anda boʻlib yashayotgan oʻzbek va qoraqalpoq oilalarining tinch va farovon, baxtli hayotini taʼminlash.

Qilayotgan barcha ishlarimiz, kelgusida amalga oshiradigan ulkan reja va dasturlarimiz zamirida ayni shu maqsad yotibdi”,
— Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumanidagi Juzimbagʻ mahallasida boʻldi va yoshlar bilan uchrashdi.

Ular soʻnggi yillardagi imkoniyatlardan foydalanib, dehqonchilik uchun yer olgani, poliz ekinlari va koʻkatlar yetishtirib, daromad topayotganini aytdi. Reja va niyatlari haqida gapirdi.

- Sizlarni ishli boʻlganingizni, koʻzingizdagi ishonchni koʻrib, xursand boʻldim. Oʻzi mening eng katta maqsadim shu - xalqimni rozi qilish, baxtli koʻrish. Qilayotgan ishlarimiz toʻgʻri, faqat uni kengaytirishimiz kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident yoshlarning takliflari asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun sovutkichli ombor qurish, ehtiyojmand yigit-qizlarning toʻylari va shartnoma toʻlovlariga koʻmaklashish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

DXX: joylarda firibgarlik bilan bogʻliq holatlar aniqlandi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi yana oshdi

Markaziy bank 19-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 658,00 so‘m (+ 7,95)
1 RUB 142,21 so‘m (– 0,39)
1 EUR 13 911,14 so‘m (– 19,10)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi yana oshdi

Markaziy bank 16-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 650,05 so‘m (+ 27,28)
1 RUB 142,60 so‘m (+ 3,14)
1 EUR 13 930,24 so‘m (+ 12,37)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Ish oʻrinlarini zaxiralash amaliyoti oʻrniga ehtiyojmand kishilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari joriy qilinadi. Boʻsh ish oʻrinlari toʻliq raqamlashtiriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Kambagʻallikni aniqlash mezonlari va manzilli roʻyxati shakllantiriladi

Unga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”dagi hamda kambagʻallikka tushish xavfi yuqori boʻlganlar kiritiladi.

Bunday oilalar “mahalla yettiligi” va faollari tomonidan ovoz berish yoʻli bilan tasdiqlanadi.

Kambagʻallikdan chiqarishga qaratilgan barcha ijtimoiy xizmat va yordamlar “Inson” markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 15-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 622,77 so‘m (+ 2,81)
1 RUB 139,46 so‘m (+ 3,63)
1 EUR 13 917,87 so‘m (+ 138,14)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Endilikda kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlashda barcha banklar va mikromoliya tashkilotlari ishtirok etishi mumkin boʻladi.

Masalan, 100 million soʻmgacha mikrokredit bor-yoʻgʻi 9 foiz tadbirkorlarning ehtiyoji uchun yetarli ekanligi maʼlum boʻldi. Shu bois, mikrokreditlar miqdori 3 karra oshirilib, 300 million soʻmga yetkaziladi. Bunda kreditning 100 million soʻmgacha boʻlgan qismiga garov talab qilinmaydi.

Bu maqsadga bir yilda 10 trillion soʻm beriladi.

Endi Tadbirkorlik kompaniyasining filiali har bir viloyatda tashkil qilinadi. Kompaniya va uning filiallari hududlarda salohiyati bor tadbirkorlarni aniqlaydi.

Kompaniya kafilliklari yaxshi kredit tarixi va yuqori barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlarga beriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Hali imkoniyatlarimiz bundan karra-karra koʻp. Eng muhimi, ularni ishga solishga qodir boʻlgan sizdek vatanparvar va jonkuyar tadbirkorlarimiz bor. Aholimiz 38 millionga yaqinlashib borayapti, ularning daromadi ham kundan kunga koʻpaymoqda.

Qoʻshni davlatlar bilan hamkorlik aloqalarimiz misli koʻrilmagan darajaga chiqdi. Mamlakatimiz mahalliy korxonalar uchun ham, chet el kompaniyalari uchun ham katta bozorga, mintaqadagi sanoat xabiga aylanib ulgurdi”,

— dedi Prezident.

Hozirgi murakkab sharoitda barcha davlatlar oʻz yurtidagi ishlab chiqaruvchilarni himoya qilishni ustuvor yoʻnalish sifatida koʻrayotgani taʼkidlandi. Oʻzbekiston ham raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish boʻyicha tadbirkorlarni yanada keng qoʻllab-quvvatlaydi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bugungi kunda 100 tadan ortiq ishchisi bor korxonalar 3 mingga yaqinlashib, ulardagi ish oʻrni bir yilda 440 mingga koʻpaydi.

Xususiy sektorda 5 million soʻmdan koʻp maosh oladigan ishchilar 1 milliondan oshdi. Shundan 370 mingi 10 million soʻmdan ziyod oylik oladi.

Bular tadbirkorlarimiz “soyada” ishlashdan koʻra qonuniy faoliyat, sogʻlom raqobatni manfaatli deb bilayotganidan dalolat.

Tadbirkorlik reytingida “A” va “B” – yaxshi toifaga kiruvchi korxonalar 91 mingga koʻpaydi, yana 170 ming korxona “D” – eng yomon toifadan chiqarildi. Buning hisobiga soliq tekshiruvlari oʻtgan yilga nisbatan 2 karra, jumladan, kameral tekshiruvlar 3 karra qisqardi.

Shu davrda yirik soliq toʻlovchilar tushumlari 10 foizga, viloyat darajasidagi korxonalarda 25 foizga, tuman tadbirkorlari toʻlayotgan soliqlar 40 foizga oʻsdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentdan boshlab Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosarlari, vazirlar, hokimlar, Savdo-sanoat palatasi, Biznes ombudsman – barcha-barcha rahbarlar yil boʻyi tadbirkor bilan doimiy muloqotda boʻldi.

Tadbirkorlar koʻtargan 700 dan ortiq masala, tashabbus va yangi loyihalar qoʻllab-quvvatlandi, 8 trillion soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratildi. Sanoat, qishloq xoʻjaligi, xizmatlar rivoji, tadbirkorlik infratuzilmasi uchun yana 18 trillion soʻm yoʻnaltirildi.

Eng muhimi – mahalladagi mikroloyihadan tortib, megaloyihagacha qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizim yoʻlga qoʻyildi.

Ilgari kredit, bozor topish, infratuzilma bilan bogʻliq muammolar, tinimsiz “tekshir-tekshirlar” sababli 60 foiz yangi tadbirkorlar faoliyati birinchi yilning oʻzidayoq toʻxtab qolar edi.

Hozir esa uch yildan ortiq ishlayotgan korxonalar ulushi 76 foizni tashkil etib, ilk bor 300 mingtaga yetdi. Yana 100 mingdan ziyod shunday yakka tartibdagi tadbirkorlar bor.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi

Butun mamlakatimizda boʻlayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlarni Qoraqalpogʻiston misolida yaqqol koʻrish mumkinligi taʼkidlandi.

Bugungi tahlikali va murakkab zamonga qaramasdan, iqtisodiyotimiz barqaror oʻsib borayotgani, dunyodagi nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar yetakchilari buni eʼtirof etayotgani qayd etildi.

Yaqinda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti ilk bor 100 milliard dollardan oshganini tasdiqladi.

Shunday yuksak marraga erishishda ilgʻor texnologiyalar asosida zamonaviy korxonalar ochayotgan, yuz minglab yangi ish oʻrinlarini yaratayotgan va dunyo bozorlariga jadal kirib borayotgan azmu shijoatli tadbirkorlarning hissasi beqiyos ekani eʼtirof etildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

30-yanvar kuni DXX tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Chortoq tumani tez tibbiy yordam feldsheri oʻzining yashash xonadonidan “Kobalt” rusumli avtomashinada chiqib ketayotgan vaqtida toʻxtatilgan. Avtomashinada hech qanday hujjatlari boʻlmagan 1 000 dona “Zodak” dori vositasi borligi aniqlangan.

Uning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, dori vositalari ishlab chiqarish uchun moʻljallangan yashirin sex borligi aniqlanib, sotish uchun tayyorlab qoʻyilgan 763 dona “Anaferon”, 2125 dona “Zodak”, 4000 dona “Vitamin V6” dori vositalari, 570 dona nomsiz flakonlarda siroplar, dori preparatlarini qadoqlashda foydalaniladigan flakonlar, plastik qopqoq va probkalar, dori qutilari va yoʻriqnomalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur shaxs dori vositalarini tayyorlash va saqlash uchun oʻzining 1977-y.t. opasini hamda 1974-y.t. qarindoshini jalb qilgan.

Tadbir davomida uning opasining yashash manzilidan ham 120 dona “Zodak”, 260 dona “Anaferon”, 96 dona “Xilak Forte” va 313 dona nomsiz flakonlarga soligan sirop holidagi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Tergov jarayonida tez yordam feldsherini dori vositalari tayyorlashda kerak boʻladigan etiketka, flakon, qopqoq va probkalar, dori qutilari hamda yoʻriqnomalar bilan Andijon shahrida yashovchi, 1991-y.t. shaxs taʼminlab turganligi aniqlangan.

Shuningdek, ushbu jinoyatga aloqador boʻlgan Qoʻqon shahrida istiqomat qiluvchi, 1986-y.t. fuqaroning yashash xonadonida oʻtkazilgan tintuv-tergov harakati davomida tez yordam feldsheridan sotib olingan, umumiy qiymati 27 mln. 646 ming 800 soʻmlik 150 dona “Zodak” va 146 dona “Xilak Forte” dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tergov jarayonida qoʻlbola usulda tayyorlangan dori vositalarining oldi-sottisiga Chortoq tumanida yashovchi, 1994-y.t., tibbiyot yoʻnalishidagi davlat oliy taʼlim muassasasining talabasi ham aloqador ekanligi maʼlum boʻlgan. Taʼkidlash lozimki, yashirin sex sharoitida tayyorlangan dori vositalari asosan Andijon va Qoʻqon shaharlarida sotuvga chiqarilgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tuman sudi tomonidan mazkur shaxslar Jinoyat Kodeksining 186 prim 3-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, Chortoq tuman tez tibbiy yordam feldsheri hamda uni xom-ashyo bilan taʼminlab turgan, Andijon shahrida yashovchi fuqaroga 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Qolgan 4 nafar shaxsning har biri 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Ashyoviy dalil sifatida olingan barcha dori vositalari esa tegishli tartibda yoʻq qilindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#Saylov2024

Zayniddin Nizamxodjayev: Bu yilgi saylovda raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalaniladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev bilan eksklyuziv suhbat

📽 https://youtu.be/peh5EJfbzi4

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Kegeylida uzumzor tashkil qilgan yoshlar bilan suhbatlashdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗Rossiyaning Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi vaziyat munosabati bilan Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga zarur ehtiyot choralarini koʻrishni, oʻta zarurat boʻlmasa, koʻchaga chiqmaslikni, shuningdek jamoat joylariga borishni cheklashni tavsiya qildi.

Agar konsullik yordami yoki maslahat kerak boʻlsa, Oʻzbekistonning Moskvadagi Elchixonasining Konsullik boʻlimining Call-markaziga murojaat qilish mumkin: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76.

Elektron pochta manzili: uzkorus@mail.ru.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS-xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev — yangi besh yillik muddatga mamlakat kurash federatsiyasi raisligiga qayta saylandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ikki mamlakat yetakchi korxonalari va hududlari oʻrtasidagi kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, qoʻshma investitsiya loyihalari va gumanitar dasturlarni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirilgan choralar koʻrish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan mahallalar roʻyxati ham shakllantiriladi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi va hokimliklar tomonidan har yili 50 ta mahalla tanlab olinib, ular kambagʻallik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirib boriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev kambagʻallikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston delegatsiyasi XIX Xalqaro Standartlar Olimpiadasida muvaffaqiyat qozondi

Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan XIX Xalqaro Standartlar Olimpiadasida (ISO - International Standards Olympiad) mamlakatimiz sharafini Toshkent shahridagi Prezident maktabi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari himoya qildi.

Natijada, Prezident maktabi jamoasi olimpiadaning oltin medalini qo‘lga kiritdi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab o‘quvchilari esa kumush medal bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Subscribe to a channel