⚡️Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9-sentyabr, dushanba kunidan boshlanadi.
Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 321-sonli buyrug‘ida belgilandi.
Akademik litseylarda esa yangi o‘quv yili 4-sentyabr, chorshanba kunidan boshlanadi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Oʻzenergoinspeksiyaning markaziy apparati tuzilmasida 30 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Energiya samaradorligini oshirish departamenti va Energetika nazorati sohasini raqamlashtirish boshqarmasi tashkil etiladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkaziladi — Prezident Farmoni.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
— Biz hurmatli Ilhom Haydarovich bilan bir fikrdamiz: hamkorlik kelajagi biznesga bogʻliq, ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarning ertangi kuni sizlarga bogʻliq, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlatimiz rahbari tadbirkorlarning samarali va qulay faoliyat yuritishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilishini taʼkidladi.
Oʻz navbatida, ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari rahbarlari koʻrsatilayotgan eʼtibor uchun Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlariga minnatdorlik bildirib, yangi kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha aniq rejalari haqida maʼlumot berdilar.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Dollarning rasmiy kursi yana oshdi
Markaziy bank 26-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 688,08 so‘m (+ 11,04)
1 RUB 138,20 so‘m (– 0,86)
1 EUR 14 106,61 so‘m (– 15,61)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
— Ozarbayjon bizning muhim strategik hamkorimiz va ittifoqchimizdir. Bizni mushtarak tarixiy ildizlarimiz va koʻp asrlik doʻstligimiz, yagona din, oʻxshash madaniyat va anʼanalar bogʻlab turadi. Bularning barchasi har tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish uchun ishonchli poydevor boʻlib xizmat qilmoqda,
Prezidentlar tegishli shartnomani imzolab, Oʻzbekiston-Ozarbayjon munosabatlarini ittifoqchilik darajasiga olib chiqdilar
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi munosabatlar ittifoqchilik darajasiga koʻtarildi
Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladi va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi qarorini qabul qildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Hududlararo aloqalarni faollashtirish muhimligi qayd etildi
2025-yilga moʻljallangan alohida Hududlararo hamkorlik rejasi, ikki mamlakat hududlarining sanoat salohiyati va infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha sheriklik dasturini qabul qilish hamda navbatdagi Hududlar forumini Qoʻqon shahrida oʻtkazishga kelishib olindi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Koʻksaroy qarorgohida tor doirada uchrashuv va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisini oʻtkazdi
Ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Prezidentining bu galgi davlat tashrifi tarixiy voqea ekanini alohida taʼkidladi.
— Bugun biz Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzolaymiz. Bir necha yil davomida biz birgalikda Oʻzbekiston-Ozarbayjon munosabatlarini davlatlararo hamkorlikning eng yuqori darajasiga koʻtarishga muvaffaq boʻldik,
Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi boʻldi.
Birgalikda suratga tushilgandan soʻng, davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezidentning Qoraqalpogʻistonga tashrifi: hamjihat boʻlib va birgalikda harakat qilib, barcha hududlarni obod qilish, “inson qadri uchun” tamoyili asosida aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda tadbirkorlik rivojiga yanada kuchli surʼat bagʻishlash yoʻlida
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Hududiy elektr tarmoqlarining boshqaruvini xususiy sektorga berish Samarqand viloyatidan boshlanadi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Biznesning elektr va gaz isteʼmoli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qoladi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident mamlakatimiz biznes muhitida roʻy bergan katta ijobiy oʻsish haqida
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdilar
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻzenergoinspeksiyaga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklandi:
• energiya samaradorligi boʻyicha xalqaro standartlarni joriy etish va mazkur sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
• yillik energiya isteʼmoli 500 tonna shartli yoqilgʻidan yuqori boʻlgan barcha sanoat korxonalarida energiya isteʼmolini boshqarish tizimini (Energy Management System) joriy etishni nazorat qilish;
• sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish;
• energiya auditorlarga malaka sertifikatlarini berish va zamonaviy oʻlchov laboratoriyalari boʻyicha minimal talablarni belgilash.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Davlat rahbarlari kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi
Toshkent shahrida mehmonxona va turar joy majmualarini barpo etish, Qashqadaryo viloyatida qurilish materiallarini ishlab chiqarish, Ozarbayjonda toʻqimachilik klasterlari hamda tikuvchilik fabrikasini tashkil etish va boshqa loyihalar shular jumlasidan.
Prezidentlar ushbu loyihalarga start berar ekan, ular oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari va yangi ish oʻrinlari yaratishga xizmat qilishini taʼkidladilar.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Tadbirda Ozarbayjonning PASHA Holding, SOCAR, SOFAZ, Agalarov Development, Silk Way Group, Matanat, Sarda Group, AzerGold, Azermash, Ozarbayjon investitsiya xoldingi, “Ozarbayjon temir yoʻllari”, “Alyat” erkin iqtisodiy zonasi va boshqa yetakchi kompaniyalari rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Prezidenti ishbilarmonlarni samimiy qutlab, ularning mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy sheriklikni kengaytirishdagi muhim oʻrnini alohida taʼkidladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari muzokaralar yakunida OAV vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdilar
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
OAV vakillari bilan uchrashuvda Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari oʻtkazilgan muzokaralar yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi
Davlatimiz rahbari tashrifning asosiy natijalaridan biri sifatida Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani alohida qayd etdi. Bu, Oʻzbekiston yetakchisi taʼkidlaganidek, davlatlararo hamkorlikni mustahkamlashda yangi sahifa ochilganini anglatadi va tomonlarning koʻp qirrali sheriklikni har taraflama rivojlantirishga qatʼiy sodiqligini tasdiqlaydi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Davlat rahbarlari huzurida quyidagi hujjatlar imzolandi:
- Mehnat faoliyati va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;
- Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2025-2026-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
- Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi;
- Maktabgacha taʼlim, kasb-hunar taʼlimi, oʻrta maxsus, oliy taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnomalar;
- 2024-2026-yillarga moʻljallangan madaniy-gumanitar hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi”;
- 2024-2026-yillarga moʻljallangan turizm sohasidagi harakatlar rejasi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat koʻrsatish va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi oʻrtasida 2024-2026-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligi Adliya akademiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
- Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Sud ekspertizasi markazlari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma.
Tashrif doirasida Toshkent va Boku, Shahrisabz va Baylagan, Jizzax va Guba shaharlari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar va boshqa ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev tor doirada uchrashuv va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisini oʻtkazdilar
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Kelgusi yilda Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi nishonlanadi
Davlatimiz rahbari ushbu qutlugʻ sanani keng nishonlash maqsadida tadbirlar dasturi va bir yilga moʻljallangan Idoralararo muloqot va almashinuvlar rejasini tayyorlashni taklif etdi.
Bundan tashqari, kelgusi yilni Oʻzbekiston va Ozarbayjon iqtisodiy kooperatsiyasi yili deb eʼlon qilish va 20 ta ustuvor yoʻnalishni qamrab olgan kompleks dasturni qabul qilishga kelishib olindi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Koʻksaroyda Ozarbayjon Prezidentini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Air Products” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemini qabul qildi.
Uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash va kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, qishloq xoʻjaligida ilgʻor texnologik yechimlarni joriy etish, shuningdek, energetika va kimyo tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda “Air Products” bilan qoʻshma loyihalar portfeli 2,5 milliard dollardan oshgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Yer osti boyliklarini oʻzlashtirishga tadbirkorlar keng jalb etiladi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident davlat xaridida mahalliy mahsulot ulushini oshirish choralarini belgilab berdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Endilikda tadbirkor auksiondan yer sotib olganda unga qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblash bekor qilinadi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 21-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 625,21 so‘m (– 15,72)
1 RUB 138,42 so‘m (– 2,72)
1 EUR 13 982,42 so‘m (+ 33,15)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz