– Muqobil energiya manbalarini oʻrnatish bu – davlat siyosati,
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada chuqurlashtirish, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
2024-yil 2–4-oktyabr kunlari Toshkent shahrida Kreativ iqtisodiyot boʻyicha IV Butunjahon anjumani oʻtkaziladi.
Butunjahon anjumani doirasida Fransuz madaniyat markazi, Milliy restavratsiya markazi loyihalari, shuningdek, Abulqosim madrasasi va “Ohunguzar” madaniy meros obyektida kreativ iqtisodiyot klasterlarini yaratish loyihalari taqdimotlari oʻtkaziladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari tuzildi
Jumladan, 39 davlatda 56 ta saylov uchastkasi tuzilib, ushbu uchastkalar Toshkent shahri hududiga biriktirildi.
Saylov uchastkalari roʻyxati ilova qilinmoqda
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Sharq taronalari” oʻn uchinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
Marosimda YUNESKO, TURKSOY, Turkiy madaniyat va meros fondi, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi va boshqa tashkilotlardan faxriy mehmonlar ishtirok etdi. Umuman, bu yilgi festivalda 80 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ziyod sanʼatkor va olimlar qatnashmoqda.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Sharq taronalari” o‘n uchinchi xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimidagi nutqi
Nutq matni — https://uza.uz/posts/629136
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Samarqandga tashrifi chogʻida davlatimiz rahbari Hazrati Hizr majmuasida ham boʻlib, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasiga gul qoʻydi.
Qurʼon oyatlari tilovat etilib, duo oʻqildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Samarqandga tashrif buyurdi
Avvalo Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi. Qurʼon tilovat etilib, duo oʻqildi.
- Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami arafasida turibmiz. Ilohim, mustaqilligimiz bardavom boʻlsin, yurtimizga koʻz tegmasin. Xalqimizni rozi qilish boʻyicha ishlarimizga Allohning oʻzi madadkor boʻlsin. Bu majmuani qurishdan maqsadimiz ham Imom Buxoriy bobomizning qadrini yanada koʻtarish, jahonga baralla aytishga asos yaratish. Bunday xayrli ishlarimiz koʻp boʻlsin,— dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan Farmonni imzoladi.
Farmon bilan mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning fuqarolik jamiyati institutlarining oʻrnini oshirishga xizmat qiladigan eng muhim oltita yoʻnalishi belgilab berildi.
Prezident davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalari uchun munosib loyihalarni tanlab olish sifati va shaffofligini oshirish maqsadida sohadagi institutsional oʻzgarishlarni qoʻllab-quvvatladi.
Xususan, Parlament huzurida Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi va uning hududiy boʻlinmalari tashkil etilib, ijtimoiy loyihalarning manzilliligi taʼminlanadi, byurokratiyaga chek qoʻyiladi.
Fuqarolik jamiyati institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalarini ajratish bilan bogʻliq barcha jarayonlarning shaffofligini taʼminlashga qaratilgan yagona elektron platforma ishga tushiriladi.
Farmonga koʻra, ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan quyidagi mexanizmlar joriy etilmoqda:
- har yili davlat organlari ijtimoiy buyurtma tanlovlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan ochiq muloqot oʻtkazadi;
- davlat organlariga fuqarolik jamiyati institutlarining tashabbusli ijtimoiy sheriklik loyihalarini BHMning 1 000 baravarigacha tanlovlarsiz moliyalashtirish huquqi beriladi;
- har yili Hukumat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosiga fuqarolik jamiyati institutlarini ijtimoiy sheriklik asosida jalb qilish boʻyicha dastur qabul qiladi.
Ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatni ommalashtirish maqsadida fuqarolik jamiyati institutlariga quyidagi imtiyozlar berilmoqda:
- davlat grantlari va ijtimoiy buyurtma loyihalari doirasida daromad soligʻi va ijtimoiy soliq stavkalari 3 yil muddatga 50 foizga kamaytirilmoqda;
- 2025-yil 1-yanvardan boshlab nogironlar, faxriylar, xotin-qizlar va bolalar tashkilotlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun undiriladigan davlat boji 2 baravarga kamaytirilmoqda;
- homiylik tashkilotlarining ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga xayriya pulining soliq solinmaydigan miqdori amaldagi 15 mln soʻmdan 34 mln soʻmgacha (BHMning 100 baravari) oshirilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Qozog‘iston Respublikasining davlat va jamoat arboblaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Farmon matni — https://uza.uz/posts/628836
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
Batafsil — https://uza.uz/posts/628670
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Farmon matni — https://uza.uz/posts/628482
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Toshkentdagi Oʻzbekiston-Ozarbayjon sammiti qardosh davlatlarimiz hamkorligini eng yuqori bosqichga - ittifoqchilik munosabatlari darajasiga olib chiqdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Ziroat Mirziyoyeva hamda Mehribon Aliyevaning Ko‘ksaroy qarorgohi, "Mehrli maktab" gospital turdagi maktab va O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur ko‘rgazmasiga tashrifidan lavhalar
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari rafiqalari bilan birgalikda ikki mamlakat sanʼat ustalarining konsertida ishtirok etdi.
Prezidentlar farmoni bilan, afsonaviy xonandalar Farrux Zokirov va Poʻlat Bulbul oʻgʻliga “xalq artisti” faxriy unvonlari berildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
“Ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha global muloqot” xalqaro konferensiyasi ishtirokchilariga
Tabrik matni — https://uza.uz/posts/629549
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#TAYINLOV
Toʻraqoʻrgʻon tumaniga yangi hokim tayinlandi
Qosimov Sherali Abdukaxarovich — Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar u Pop tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#ТАYINLOV
Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Raxmonkulov Orif Xudoyberdiyevich — Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar u “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat banki Sirdaryo viloyati filiali boshqaruvchisi lavozimida ishlab kelgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
“Sharq taronalari” — Oʻzbekistonning jahon ahlini tinchlik-totuvlikka, qardoshlik va ahillikka chaqiradigan ezgu daʼvati
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Samarqand shahrida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali boshlandi. Ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:
Facebook / YouTube
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Davlatimiz rahbari Samarqandga kelgach, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqandga tashrif buyurib, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 27-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 669,65 so‘m (– 18,43)
1 RUB 138,00 so‘m (– 0,20)
1 EUR 14 158,33 so‘m (+ 51,72)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Umra mavsumi 10-sentyabrdan boshlanadi
2024-yil 10-sentyabr kunidan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan tashkil etiladigan “Umra – 2024”ning navbatdagi mavsumi boshlanadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Farmon matni — https://uza.uz/posts/628512
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
“Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans asosi” mavzusidagi VIII xalqaro kongress ishtirokchilariga
Tabrik matni — https://uza.uz/posts/628463
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Ozarbayjon Prezidentining mamlakatimizga amalga oshirgan ikki kunlik davlat tashrifi oʻz yakuniga yetdi.
Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻzbekiston va Ozarbayjon sanʼat ustalarining konserti boʻlib oʻtdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Kasb-hunar maktablarida hamda kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari uchun yangi o’quv yili 4-sentyabr kunidan boshlanadi.
Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz