uzauz | Unsorted

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Subscribe to a channel

UzA | Tezkor xabarlar

Akademik Behzod Yuldashev 79 yoshida vafot etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, yuqori energiyalar fizikasi sohasida xalqaro miqyosda taniqli va eʼtirof etilgan olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Behzod Sadikovich Yuldashev 2024-yilning 28-avgust kuni 79 yoshida vafot etdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Chinakam jasorat va bahodirlik namunasi, Yangi Oʻzbekiston tarixining chinakam yangi sahifalari

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident: Sportchilarimizning ulkan gʻalabalari nafaqat xalqimizni, balki butun mintaqamizni ruhlantirib yubordi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Olimpiya medallari, mamlakatning sport olamida erishayotgan yutuqlari davlatning umumiy rivojlanish va insoniy taraqqiyot darajasini bildiradi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Parij Olimpiadasida ishtirok etgan sport delegatsiyamizni tarixiy gʻalaba bilan yana bir bor tabrikladi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Mustaqillik bayrami munosabati bilan pensiya toʻlovlari oldindan toʻlab beriladi

Pensiya toʻlovlarini bank plastik kartasida oluvchi fuqarolarga joriy yil sentyabr oyi uchun pensiya toʻlovlari 1-sentyabr kuniga qadar oʻtkazib beriladi.

Naqd pul shaklida pensiya oluvchilarga esa 4-sentyabr kunidan boshlab Xalq banki sayyor kassalari tomonidan grafikka muvofiq amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Bir soʻz bilan aytganda, Oʻzbekiston – Olimpiada oʻyinlarida nafaqat kurashchi-pahlavonlar yurti, balki chavandoz va yuguruvchilar, mergan va qilichbozlar,  gimnast va suzuvchilar, futbolchi va tennischilar, marafonchi va velosportchilar mamlakati sifatida ham munosib ishtirok etishi kerak”,

— dedi Prezident.

Buning uchun mamlakatimizdagi zarur sport infratuzilmasiga ega boʻlgan 15 ta Olimpiya va paralimpiyaga tayyorlash markazi, 6 ta Respublika oliy sport mahorati maktabi, 56 ta ixtisoslashtirilgan sport maktabiga ana shu yoʻnalishlarda yuqori mahoratli sportchilarni tarbiyalagan mahalliy va xorijiy trenerlarni biriktirish lozimligi taʼkidlandi.

Hukumatga sport federatsiyalari rahbarlari bilan birgalikda har tomonlama asoslangan takliflarini kiritish topshirildi.

Ommaviy sportni rivojlantirish milliy olimpiya harakatining ajralmas bir qismi boʻlishi kerakligi qayd etildi.

Shu bois mamlakatimizda ommaviy sportni yanada rivojlantirish haqida takliflar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentimiz Parijdagi natijalarni chuqur tahlil qilib, ulardan zarur xulosa va saboqlar chiqargan holda 2028-yili Los-Anjelesda boʻladigan navbatdagi olimpiadaga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligini qayd etdi.

Masalan, Parij olimpiadasida 32 ta sport turi boʻyicha 329 ta medal uchun kurash olib borildi.

Suzish, suvga sakrash, sinxron suzish, suv polosi, yengil atletika, eshkakli, baydarka va kanoeda suzish, velosport, oʻq otish va kamondan otish, gimnastika boʻyicha bizda sport federatsiyalari ham, musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish uchun tegishli baza ham bor. Eng muhimi, bu borada iqtidorli sportchilar ham yetarli ekani taʼkidlandi.

Chim ustida xokkey, basketbol, gandbol, regbi, suv polosi kabi jamoaviy sport turlari, yunon-rum kurashi, ot sporti, zamonaviy beshkurash, triatlon, qilichbozlik boʻyicha ham hali ishga solinmagan imkoniyatlarimiz juda koʻpligi qayd etildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident barchamiz guvohi boʻlgan yana bir muhim jihatni aytib oʻtdi.

Sportchilarimizning ulkan gʻalabalari nafaqat xalqimizni, balki butun mintaqamizni ruhlantirib yubordi. Bunday yutuqlar xalqlarimizni birdamlikka, har qanday sharoitda ham yelkama-yelka turishga chorlagani qalbimizni faxru gʻururga toʻldirdi.

Ayniqsa, boks boʻyicha oʻzbek murabbiysi Akmal Hasanov qirgʻizistonlik bokschi Munarbek Seyitbek oʻgʻliga yordam berib, uni musobaqaning finaligacha borishida koʻmaklashgani mintaqamizdagi doʻstona munosabatning yorqin namunasi boʻldi.

Ahil qoʻshnichilik tamoyillariga qurilgan siyosatimiz bugun xalqlarimiz yuragiga koʻchganini koʻrish albatta quvonchlidir”,

— dedi davlatimiz rahbari.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Bugun hayot, zamon keskin shiddat bilan oʻzgarmoqda. Mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, mamlakatimiz barcha sohalarda dadil oldinga bormoqda.

Yangi Oʻzbekistonning bugungi taraqqiyotiga albatta mana shunday ulkan gʻalabalar yarashadi.

Shu maʼnoda, sizlar Parijda erishgan natijalaringiz bilan oʻz nomingizni milliy sportimiz tarixiga oltin harflar bilan muhrlab qoʻydingiz.

Sizlar xalqimiz qalbidagi milliy gʻurur tuygʻusini har tomonlama yuksaltirdingiz. Eng muhimi, bunday porloq gʻalabalar el-yurtimizni ruhlantiradi, yanada birlashtiradi. Ular yoshlarimiz uchun mardlik va matonat, ibrat va shon-sharaf maktabi boʻlib xizmat qiladi.

Hech shubhasiz, bu olamshumul yutuqlarda siz, aziz sportchilarimiz bilan birga talabchan va fidoyi ustoz-murabbiylar, mutaxassis va mutasaddilar, sizlarga chin dildan omad tilab turgan butun xalqimizning hissasi ham beqiyosdir”,

— dedi Prezident.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Boks boʻyicha milliy terma jamoamiz oltin medallar soni boʻyicha mamlakatimiz tarixida Olimpiya oʻyinlari rekordini yangiladi va umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egalladi.

Erkaklar oʻrtasida yettita oltin medalning beshtasini yoki 71 foizini bizning bokschilarimiz qoʻlga kiritdilar.

Fursatdan foydalanib, Prezidentimiz Oʻzbekiston iftixorlari – mohir bokschilarimiz Bahodir Jalolov, Hasanboy Doʻsmatov, Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev, Lazizbek Mullajonov, Abdumalik Xaloqovni ana shunday shonli yutuqlari bilan yana bir bor qizgʻin tabrikladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston taekvondo boʻyicha birinchi marta Olimpiya oʻyinlarida 2 ta medalni qoʻlga kiritdi.

Ayniqsa, mohir sportchimiz Ulugʻbek Rashitov Olimpiya harakati solnomasida taekvondo boʻyicha eng yosh toifada ikki karra Olimpiya chempioni boʻldi.

Shu paytgacha dunyoda faqat 4 nafar sportchi shunday yuksak sharafga sazovor boʻlgan edi. Ulugʻbek esa beshinchi boʻlib, ularning safidan munosib va mustahkam joy egalladi.

U oyogʻidan qattiq jarohat olganiga qaramay, shiddatli final jangida kuchli raqibga qarshi mardona jang qilib, gʻolib qahramonga aylandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Esingizda boʻlsa, biz Tokio olimpiadasidan soʻng keyingi safar albatta jahonda kuchli oʻn beshtalikka kiramiz, deb niyat qilgan edik.

Lekin faqat niyatning oʻzi bilan cheklanmasdan, avvalo, bu masalaga boʻlgan qarashimizni oʻzgartirib, uch yil davomida qattiq va tinimsiz mehnat qildik, sportchilarimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib, ana shunday yuksak marralarni
zabt etdik”,

— dedi Prezident nutqining davomida.

Toʻrt yilda bir marta oʻtadigan bunday yirik xalqaro musobaqada dunyodagi har bir mamlakatning sport sohasiga berayotgan eʼtibori, millat va xalqning jismoniy va maʼnaviy salohiyati yaqqol namoyon boʻladi.

Bunday ulkan arenada eng kuchli va mohir atletlar, zoʻrlarning zoʻri ishtirok etadi.

“Shu maʼnoda, sizlar xalqimizning chinakam qahramonlari, botir oʻgʻil-qizlari, Vatanimiz iftixorlarisiz. Barchamiz sizlar bilan gʻururlanamiz!”,

— dedi Prezident.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Koʻksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parij Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi boshlandi.

Davlatimiz rahbari oʻgʻil-qizlarni 33-yozgi Olimpiya oʻyinlarida munosib ishtirok etib, erishgan ulkan tarixiy gʻalabasi bilan yana bir bor chin qalbdan samimiy muborakbod etdi.

“Dunyoning 200 dan ziyod davlatidan 11 ming nafarga yaqin eng mashhur sportchilar qatnashgan ushbu nufuzli sport anjumani biz uchun tom maʼnoda rekordlar, mislsiz yutuqlarga boy boʻldi.

Avvalo, mazkur Olimpiadada Oʻzbekiston birinchi marta eng koʻp tarkib bilan, yaʼni, 19 ta sport turi boʻyicha 90 nafar sportchi bilan ishtirok etganini taʼkidlash lozim.

Ayniqsa, ayollar kurashi, kamondan oʻq otish, suvga sakrash, futbol kabi sport turlari boʻyicha sportchilarimiz ilk bor Olimpiya oʻyinlarida qatnashganini alohida eʼtirof etish kerak”,

— dedi Prezident.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Abdushukur Hamzayev: “Siyosiy partiyaning kuchi – bu uning aʼzolari, tarafdorlarining ishonchida!”

“Ekologik huquqlarning taʼminlanishi — yashash huquqining taʼminlanishidir”, degan gap bor. Bugun Oʻzbekiston Ekologik partiyasi yurtdoshlarimizning bu boradagi huquqlari taʼminlanishida asosan qanday jihatlarga eʼtibor qaratmoqda?

OʻzA muxbiri Oʻzbekiston Ekologik partiya raisi Abdushukur Hamzayev bilan shu xususda hamda yaqinlashib kelayotgan katta siyosiy jarayonlar haqida suhbatlashdi.

Batafsil — https://uza.uz/posts/629525

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, madaniy-gumanitar va sayyohlik sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 29-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 673,94 so‘m (+ 21,75)
1 RUB 138,65 so‘m (+ 0,24)
1 EUR 14 113,70 so‘m (– 17,53)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Shaharlar va shaharchalarning maʼmuriy chegaralarida joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari uchun ikki baravar miqdorida yer soligʻini hisoblash tartibi bekor qilinadi — Prezident Qarori.

Shuningdek, ushbu yer uchastkalari uchun yer soligʻini amaldagi qonunchilikdan kelib chiqib hisoblash tartibi oʻrnatiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari olimpiyachilarning ota-onalariga xalqimiz nomidan alohida minnatdorchilik bildirdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashdi va ularga davlat mukofotlarini topshirdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yaqinda Prezident farmoni bilan 33-yozgi Olimpiada oʻyinlarining gʻolib va sovrindorlari, ularning murabbiylari hamda sport delegatsiyamiz aʼzolaridan bir guruhi mukofotlangan edi.

Bugungi marosimda davlatimiz rahbari ushbu yuksak mukofotlarni oʻz sohiblariga tantanali topshirdi.

Soʻzga chiqqan sportchilar, murrabiy va ota-onalar eʼtibor va ishonch, yaratilgan sharoitlar va ragʻbat uchun minnatdorlik bildirdi.

Prezident ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, kelgusi faoliyatida yanada ulkan zafarlar tiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Oldimizda toʻrt yil vaqt bor. Oʻylaymanki,  sport federatsiyalari rahbarlari oʻzlariga xulosa qilib, Los-Anjelesda boʻlib oʻtadigan olimpiadaga munosib tayyorgarlik koʻradilar”,
— dedi Prezident.

Bunga erishish uchun har bir olimpiya sport turini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Shu maqsadda kelgusi toʻrt yilda sportchilarni tayyorlash boʻyicha katta dasturlar qabul qilinadi.

Har bir yoʻnalishda sport meditsinasi, farmakologiyasi, diyetologiyasi, psixologiyasi va muhandisligi boʻyicha chet eldan malakali mutaxassislar jalb etiladi.

Bu borada “Olimpiya shaharchasi”da musobaqalar va oʻquv-mashgʻulotlarni ilgʻor xorijiy tajribalar asosida oʻtkazish boʻyicha alohida tizim yaratiladi.

Bahodir Jalolov, Oksana Chusovitina maktablari kabi ixtisoslashgan sport muassasalari har bir hududda, har bir sport yoʻnalishi boʻyicha tashkil qilinadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Shu kunlarda barchamizning eʼtiborimiz Paralimpiya oʻyinlariga qaratilgani taʼkidlandi.

Prezident ushbu nufuzli xalqaro musobaqalarda qizgʻin kurash olib borayotgan mard va matonatli sportchilarimizni Mustaqillik bayrami bilan chin dildan qutlab, barcha bellashuvlarda ularga ulkan
kuch-gʻayrat, yutuq va omadlar
tiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentimiz Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini astoydil himoya qilgan, lekin ozgina omadi kelmagan sportchilarimizni ham samimiy tabrikladi.

Xususan, badiiy gimnastika boʻyicha sportchi qizlarimiz Olimpiya oʻyinlari tarixida birinchi marta guruh bellashuvlarining final bosqichiga yetib bordilar.

Ular dunyoning eng kuchli 8 ta jamoasi orasidan joy egallagani ham oʻziga xos muhim natija boʻlgani qayd etildi.

Shu bilan birga, mamlakatimiz tarixida birinchi marta Olimpiya maydonlarida toʻp surgan navqiron futbolchilarimiz jahondagi eng kuchli jamoalarga qarshi munosib kurash olib borgani taʼkidlandi.

“Olimpiada oʻyinlari koʻplab sportchilarimiz uchun, garchi ular sovrinli oʻrinlarga erishmagan boʻlsalar ham, oʻziga xos katta tajriba maktabi boʻldi. Va barchamiz kelgusida ulardan yuksak natijalar kutishga haqlimiz”,

— dedi Prezident.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Erkin kurash boʻyicha 12 yillik tanaffusdan soʻng yana Olimpiada oltin medali qoʻlga kiritilgani ham tarixiy yutuq boʻlgani taʼkidlandi.

Shu munosabat bilan davlatimiz rahbari mohir kurashchi Razambek Jamalovni ham samimiy qutlab, unga yangi zafarlar tiladi.

Mamlakatimiz jamoasi erishgan yutuqlarda kumush medal sohibi – ogʻir atletikachi Akbar Joʻrayev, bronza medal sovrindorlari – erkin kurashchi Gʻulomjon Abdullayev, tajribali dzyudochilarimiz  Muzaffarbek Toʻraboyev, Alisher Yusupovning ham hissasi katta boʻlgani eʼtirof etildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston-Turkmaniston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Suhbat chogʻida transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida qoʻshma loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Uchrashuvda Olimpiada oʻyinlarida yurtimiz vakillari bir qator rekord natijalarni qoʻlga kiritgani qayd etildi.

Masalan, dzyudo boʻyicha bizda ilgari oltin medal boʻlmagan edi. Bu safar matonatli dzyudochi qizimiz Diyora Keldiyorova tomonidan ushbu marra zabt etildi.

Olimpiya oʻyinlari tarixida oʻzbekistonlik ayollar oʻrtasida birinchi marta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shu tariqa Diyora yana bir rekord oʻrnatdi.

Yana bir jasur qizimiz – Svetlana Osipova esa, taekvondo boʻyicha birinchi kumush medalni egallab, mamlakatimiz ayollar sporti tarixida yangi sahifa ochdi.

Shu tariqa sportchi qizlarimiz bitta Olimpiadada ilk bor 2 ta medalni qoʻlga kiritib, yangi rekord oʻrnatishga erishdilar.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Olimpiya medallari, mamlakatning sport olamida erishayotgan yutuqlari davlatning umumiy rivojlanish va insoniy taraqqiyot darajasini bildirishi taʼkidlandi.

“Chindan ham, sizlar gʻoyat keskin bellashuvlarda yuksak jasorat va matonat koʻrsatib, 8 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medalni qoʻlga kiritganingiz mamlakatimizning taraqqiyot borasidagi yuksak salohiyatini ifoda etadigan yorqin natijadir.

Bu tarixiy gʻalaba Yangi Oʻzbekiston yoshlari qanday buyuk ishlarga qodir ekanini yana bir marta amalda namoyish etdi”,

— dedi davlatimiz rahbari.

Mamlakatimiz ishtirokchi davlatlar orasida umumjamoa hisobida 13-oʻrinni, Osiyo qitʼasida 4-oʻrinni, turkiy va islom mamlakatlari hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi boʻyicha 1-oʻrinni egalladi.

Bu natijalar Oʻzbekiston tarixida ilgari hech qachon boʻlmagan yutuq ekani qayd etildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Oʻqotar boʻlmagan qurolni oʻz ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikka tortilmaydi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-946-son, 27.08.2024-y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha kiritildi

Unga koʻra, shaxs oʻzining qonunga xilof egaligida boʻlgan pnevmatik, signal beruvchi, tigʻli sovuq, uloqtirish quroli va oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ixtiyoriy ravishda topshirsa maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasi tashkil etiladi — Prezident Qarori.

Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

— Jamgʻarma sof aktivlarining bozor qiymatini oshirish;

— Jamgʻarma aksiyalarini yetakchi xorijiy fond birjasida joylashtirish;

— Jamgʻarma aktivlariga investitsiyalarni jalb qilish hamda ularni xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish uchun yetakchi xalqaro institutsional investorlarni jalb qilish;

— Jamgʻarma investitsiya aktivlarida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga oʻtish, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etishda ishtirok etish.

Jamgʻarmaning 2030-yilgacha investitsiya aktivlari sof foydasining kamida 50 foizi tegishli yil yakunlariga koʻra dividendlar toʻlashga yoʻnaltiriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Subscribe to a channel