🥇O‘zbek sportida tarixiy voqea! Husniddin Norbekov uch karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi!
Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish musobaqasi yakunlandi. Ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan hamyurtimiz Husniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, uchinchi bor Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.
Ma’lumot uchun: Husniddin Norbekov bundan avval Rio-2016 va Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Sherzod Namozov – ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni!
Hozirgini para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J2 klassida -60 kg vazn toifasida final bahsi yakunlandi. Oltin medal uchun kechgan kurashda hamyurtimiz Sherzod Namozov gruziyalik Zurab Zurabianiga qarshi tatamiga chiqdi va g‘alabaga erishib, ikki karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: Sherzod Namozov bundan avval Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Mutasaddilarga energetika, qurilish, suv xoʻjaligi, avtomobilsozlikdagi elektrotexnika mahsulotlariga talabni qondirishda mahalliy korxonalarga koʻmaklashish topshirildi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 6-sentabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 707,95 so‘m (+ 57,69)
1 RUB 140,95 so‘m (– 1,01)
1 EUR 14 099,47 so‘m (+ 115,87)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiyalarni koʻpaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boshlandi. Unda sohada faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq tajribali tadbirkorlar ham ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari yaratilgan imkoniyatlar hisobiga soʻnggi yetti yilda sohaga 1 milliard dollar investitsiya kiritilganini taʼkidladi. Natijada 762 ta yangi korxona ishga tushgan, 45 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
Ishlab chiqarish hajmi 1,8 barobar oʻsdi, yillik daromadi 100 milliard soʻmdan oshgan korxonalar 6 tadan 25 taga koʻpaydi. Tarmoqdagi korxonalar hisobidan byudjetga tushum 8 barobar oshdi.
Mahsulotlarimiz eksport boʻlayotgan davlatlar soʻnggi uch yilda 2 karra oshib, 62 taga yetdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Birozdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiya oqimini yanada koʻpaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlanadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Taqdimotda iqtidorli yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.
▫️Yoshlarimizni puxta tayyorlab, natijadorlikni oshirish uchun xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini 5-8-sinflardan boshlab saralab olish yoʻlga qoʻyiladi. Har bir fan boʻyicha oʻquv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalarva qoʻllanmalar takomillashtirilib, oʻquvchi va murabbiylarga yetkaziladi. Terma jamoalarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi, xorijiy jamoalar bilan qoʻshma yigʻinlar oʻtkaziladi.
▫️Respublika va xalqaro olimpiadalarda gʻolib boʻlgan oʻquvchilar, ularning oʻqituvchilari va terma jamoa rahbarlariga toʻlanadigan pul mukofotlari hamda sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktabgacha taʼlimni rivojlantirish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 5-sentabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 650,26 so‘m (+ 10,22)
1 RUB 141,96 so‘m (+ 3,63)
1 EUR 14 983,60 so‘m (– 25,36)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Toshkent yana bir bor nufuzli tadbir – SHHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) X xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi va MDHning terrorizm va ekstremizga qarshi kurashish boʻyicha ikkinchi konferensiya ishtirokchilarini qabul qilmoqda.
Konferensiyaning ochilish marosimida Oʻzbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning anjuman ishtirokchilariga murojaati oʻqib eshittirildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️Ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi
Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-oktyabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini, 2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlarga 2028-yil 1-yanvargacha har oyning 25 sanasiga qadar toʻlangan QQSning bir qismini quyidagi miqdorlarda respublika byudjetidan qaytarish tizimi joriy etiladi:
▫️oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz qismi:
— 60 foizdan oshgan umumiy ovqatlanish korxonalariga – byudjetga toʻlangan QQSning 40 foizi;
— 60 foizdan kam umumiy ovqatlanish korxonalariga – byudjetga toʻlangan QQSning 20 foizi;
▫️turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlarga – byudjetga toʻlangan QQSning 20 foizi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Kecha Parijdagi Paralimpiya oʻyinlarining navbatdagi kunida hamyurtimiz Bobur Omonov yadro uloqtirish bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bugun sportchimiz bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqot qildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xabari
2024-yil 1-sentyabr kuni M-12 “Vostok” federal avtomagistralida Nijniy Novgorod viloyati Navashinskiy tumanida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Natijada sakkiz kishi halok boʻlgan, ulardan yetti nafari Oʻzbekiston fuqarolari ekanligi aniqlangan, shuningdek, 3 nafar fuqaromiz turli xil tan jarohatlari bilan Nijegorod viloyatining tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan.
Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlar tezroq sogʻayib ketishini tilaymiz.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga muvofiq, mamlakat Hukumati tomonidan tez orada halok boʻlganlarning jasadlarini oʻz vataniga qaytarish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni tezkorlik bilan hal etish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.
Ushbu masala Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasining Moskvadagi Elchixonasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
Oʻzbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi rahbariyati va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi xodimlari voqea joyida zarur yordam koʻrsatmoqda.
Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun Oʻzbekistonning Moskvadagi Elchixonasi Konsullik boʻlimining Call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76, hamda, Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi: +7 843 526-55-63.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O’zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Tyanszin shahri partiya qoʻmitasi kotibi Chen Miner boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi.
Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik va amaliy sheriklikni, ayniqsa, faol hududlararo muloqot doirasida yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston hududlari va Tyanszin shahri oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunyuyni qabul qildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va FAO oʻrtasidagi zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi samarali chora koʻrish borasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
🇺🇿 Oʻzbekiston 1:0 KXDR 🇰🇵
20’ | Jaloliddin Masharipov hisobni ochdi!
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident: elektrotexnika yoʻnalishidagi texnoparklar yondosh yoʻnalishlardagi korxonalar bilan sanoat kooperatsiyasi asosida rivojlantirilishi kerak
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Endilikda xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarga yetkazib berilgan tovarlar uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qoʻshilgan qiymat soligʻi qaytarib berilishi belgilandi.
Tarmoq korxonalariga yagona talab – sifat, tannarx va raqobat. Buning uchun ishlab chiqarishga xalqaro standartlar joriy qilinishi va sertifikat mavjud boʻlishi zarurligi taʼkidlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️Bir necha marta saylov byulletenini berganlik uchun javobgarlik belgilandi
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, saylov komissiyasining yoki referendum oʻtkazuvchi komissiyaning aʼzosi tomonidan fuqaroga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenini berganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Shuningdek, siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari boʻyicha Markaziy saylov komissiyasiga oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmaganlik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoxud hisobotda bila turib notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritildi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻinini takomillashtirish hamda tibbiy sugʻurta mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari boʻyicha taqdimot bilan tanishdi.
Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini shu yil 1-oktyabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpogʻiston Respublikasida joriy etish taklif etilmoqda.
Buning uchun 2024-yil yakuniga qadar “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari joriy qilinadi.
Bu tizimning ahamiyati shundaki, tibbiyotda natijaga asoslangan moliyalashtirish usullari tatbiq qilinadi. Sugʻurta doirasida tibbiy xizmatlarni koʻrsatish va dori vositalarini taqdim etish davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi, aholidan qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.
Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini boshqa hududlarda 2026-yil yakuniga qadar joriy etish rejalashtirilgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Taqdimotda maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar koʻrib chiqildi.
▫️maktablarning boʻsh yerlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bogʻcha qurishga ruxsat berish koʻzda tutilmoqda.
▫️endi barcha dasturlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytida joylashtirilishi hamda undan bepul foydalanilishi belgilanmoqda.
▫️malaka kurslari oraligʻida “Metodik mahorat soati” va “Metodik mahorat kuni” tadbirlarini oʻtkazish moʻljallanmoqda. Shuningdek, bu yoʻnalishdagi oliy taʼlimda dual taʼlim shaklini ochish, sirtqi va kechki oʻquvlarda maqsadli kvotalarni oshirish taklif etilmoqda.
▫️Bugungi kunda davlat bogʻchalarida davomat, oziq-ovqat xarajatlari qogʻoz shaklida toʻldirilmoqda. Endi biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qoʻllagan holda hisobotlarni raqamlashtirish talabi qoʻyilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini koʻzdan kechirdi.
Soʻnggi yillarda “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qayta qurilmoqda. Dastlab 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qoʻnish yoʻlagi qurildi. U eng ogʻir samolyotlarni ham qabul qilish quvvatiga ega boʻldi. Ayni paytda yuqori martabali mehmonlar uchun hamda biznes-aviatsiya uchun 2 ta terminal, perron va angarlar barpo etilmoqda. Aeroport noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish-qoʻnishni taʼminlovchi ICAO III-A toifasidagi zamonaviy radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi.
Shu yerda terminallarning tashqi va ichki koʻrinishi boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Server Ibragimov — kumush medal sohibi!
Para o‘q otish bo‘yicha aralash dasturda 50 metr masoafaga kichik kalibrli to‘pponchadan otish bo‘yicha final bahslari yakunlandi.
Ushbu yo‘nalishda qatnashgan hamyurtimiz Server Ibragimov medallar uchun kechgan bellashuvda 215.3 ochko jamg‘argan holda 2-o'rinni egalladi va kumush medalni qo’lga kiritdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga
Murojaat matni — https://uza.uz/posts/631570
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda soligʻi stavkasi 50 foizga kamaytiriladi — Prezident Farmoni.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️2024-yil 1-noyabrgacha tadbirkorlarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovni oldindan amalga oshirishda qulaylik yaratish, elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli miqdorlariga nisbatan shartnomaviy limitlarni oshirish va undan ortishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda ortiq isteʼmol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qoʻshimcha toʻlovni kamida 10 baravarga kamaytirish choralari koʻriladi — Prezident Farmoni.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Rasmiy axborot
SHHT MATTning X xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
hamda MDHning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha
2-konferensiyasini oʻtkazish toʻgʻrisida
2024-yilning 4-5-sentyabr kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining oʻninchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda Mustaqil davlatlar hamdoʻstligining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha ikkinchi konferensiyasi boʻlib oʻtadi.
Unda SHHT va MDHga aʼzo davlatlarning vakolatli organlari, MDH organlarining ishchi tuzilmalari, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash muammolarini oʻrganishga jalb qilingan taʼlim va ilmiy-tahliliy tashkilotlar delegatsiyalarining ishtirok etishi kutilmoqda.
Konferensiyada BMT, MDH ATM, Interpol, YEOG, OHICHK va boshqa tashkilotlar vakillari ham qatnashadi.
Konferensiyadan koʻzlangan asosiy maqsad terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha ilgʻor tajribalarni oʻzaro almashish, bu boradagi xalqaro hamkorlikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ishtirokchilarning xavfsizlikka nisbatan boʻladigan yangi tahdidlarga nisbatan umumiy tushuncha va yondashuvlarini shakllantirishdan iborat.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan MDH ATMning muvofiqlashtiruvida Hamdoʻstlik mamlakatlari vakolatli organlarining “Sharq-Aksilterror – 2024” qoʻshma aksilterror mashgʻulotlari oʻtkaziladi.
Mashgʻulotlardan koʻzlangan maqsad muhim infratuzilma obyektlari va odamlar gavjum boʻlgan joylarda terrorchilik harakatlarini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha qoʻshma aksilterror tadbirlarini oʻtkazishda MDHga aʼzo davlatlar vakolatli organlari faoliyatini takomillashtirishdan iborat.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
🇺🇿🥇Bobur Omonov dunyoda tengsiz ekanini yana bir bor isbotladi!
Kanalga ulanish:
➖@uzauz