Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols qoʻshma Boshqaruv kadrlarini tayyorlash maktabining ochilishiga bagʻishlangan marosimda ishtirok etdilar.
Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Xanns Zaydel jamgʻarmasi hamda Bavariya davlat boshqaruvi maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Mutasaddilar videoaloqa orqali yetakchilarga loyiha haqida batafsil maʼlumot berdilar. Uning asosiy maqsad va vazifalari mamlakatimiz hududlarida boshqaruv kadrlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ilgʻor texnologiyalarni oʻzlashtirish borasidagi salohiyatini oshirishdan iborat.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Davlatimiz rahbari Germaniya biznesining Oʻzbekistondagi yirik kompaniyalar bilan yaqin hamkorligini yoʻlga qoʻyish muhimligiga alohida eʼtibor qaratdi.
Shu maʼnoda, qurilish materiallari ishlab chiqarish, metallurgiya, energetika, kimyo, transport infratuzilmasi, qishloq xoʻjaligi va mashinasozlik, tibbiyot va boshqa sohalarda yangi tashabbuslarni ishlab chiqish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni davom ettirish kerakligi taʼkidlandi.
Soʻzining yakunida Oʻzbekiston Prezidenti barcha ishtirokchilarga belgilangan rejalarni amalga oshirishda katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Oʻz navbatida, Olaf Shols mamlakatimiz bilan koʻp qirrali munosabatlar izchil rivojlanayotganini yuqori baholab, mavjud sheriklik aloqalarini mustahkamlash muhimligini taʼkidladi hamda Germaniya ishbilarmon doiralari vakillarini qoʻshma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirishda dadil ishtirok etishga chaqirdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻzbekiston siyosiy partiyalarining siyosiy maydondagi oʻrni haqida
▫️Bugungi kunda Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalar qaysi gʻoyalarni ilgari surmoqda?
▫️Ularning bugungi mafkuraviy qarashlari qanday?
Oʻzbekistonda hokimiyat uchun raqobatlashuvchi siyosiy kuchlar haqida batafsil videoda tanishing.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev ertaga boʻlib oʻtadigan Germaniya ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv arafasida Oʻzbekistonga tashrif chogʻida Kansler Olaf Sholsga hamrohlik qilayotgan ushbu mamlakat yetakchi investitsiya, sanoat va savdo kompaniyalari vakillarini qutladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols Qoʻshma deklaratsiyani qabul qildi.
Umuman, rasmiy tashrif doirasida 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, shu jumladan:
- Migratsiya va mobillik sohasida har tomonlama sheriklik toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;
- Veterinariya va chorvachilik sohasida hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo deklaratsiya;
- “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusi doirasida suv resurslaridan barqaror foydalanish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo deklaratsiya;
- Oʻta muhim minerallar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiya;
- Transport sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Parij bitimi doirasida iqlim oʻzgarishi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum.
Bundan tashqari, 2024-2026-yillarga moʻljallangan Texnologik sheriklik va sanoat kooperatsiyasi dasturi qabul qilindi, shuningdek, Oʻzbekiston va Germaniyaning yetakchi korxonalari darajasida bir qator bitim va shartnomalar tuzildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Tashrif davomida mehnat migratsiyasi sohasida shaffof va tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan bitim imzolangani mamnuniyat bilan taʼkidlandi.
Masʼul idoralar darajasida talab yuqori boʻlgan oʻzbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash va Germaniyaga yuborish boʻyicha amaliy hamkorlik “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish taklif etildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Bugungi sammitga Sanoat va texnologiyalar boʻyicha strategik sheriklik dasturi tayyorlangani qayd etildi.
Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan umumiy qiymati qariyb 9 milliard yevro boʻlgan hamkorlik loyihalari ishlab chiqilmoqda.
Ular “yashil” energetika, kimyo sanoati, oʻta muhim xomashyoni oʻzlashtirish, mashinasozlik, toʻqimachilik sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa koʻplab yoʻnalishlarni qamrab oladi.
“Siemens Energy” kompaniyasi bilan mamlakatimiz hududlarida bugʻ-gaz elektr stansiyalarini qurish, “Linde Group” kompaniyasi bilan “metanol oroli” barpo etish va “yashil” ammiak ishlab chiqarish, “KfW Ipex-Bank” ishtirokida yirik mis konini oʻzlashtirish, “Giga Fiber” bilan mis qazib olish va kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish, “AMK Global” bilan uglerod tolasi, “Guesscon” bilan qora qurum va vodorod ishlab chiqarish va boshqa koʻplab loyihalar eng muhim loyihalar sifatida qayd etildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Samarqanddagi Kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning tor doirada va delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Federal Kanslerning Oʻzbekistonga tashrifi tarixiy ahamiyatga ega ekanini alohida taʼkidladi.
— Buni koʻp qirrali Oʻzbekiston-Germaniya munosabatlarini yanada rivojlantirishga alohida eʼtiboringiz va Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni qoʻllab-quvvatlashingizning dalolati sifatida qabul qilamiz,— dedi Shavkat Mirziyoyev.
Oʻzbekiston va Germaniya yetakchilari Registonda uchrashdilar
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Kansleri Olaf Sholsni Registon maydonida kutib oldi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols 15–16-sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar oʻtkaziladi. Unda Oʻzbekiston-Germaniya koʻp qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqiladi.
Dastur doirasida Oʻzbekiston Prezidenti va Germaniya Federal Kansleri ikki mamlakat ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv ham oʻtkazadilar.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️DXX: Rossiya, Tojikiston va Qirgʻizistondan olib kelingan narkotik moddalar toʻxtatib qolindi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Sportchilarimizni taqdirlash marosimidagi dil izhorlari: uch karra paralimpiya chempioni Husniddin Norbekov
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident:
Mana, biz maqsad sari chin dildan intilsak, qanday buyuk marralarni egallashga qodirmiz!
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Kansler Olaf Shols Oʻzbekiston va Germaniya ishbilarmonlari bilan uchrashuv oʻtkazdilar
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols Samarqandda ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Tadbirda Germaniya Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vazirligi parlament davlat kotibi Mixael Kellner, Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qoʻmitasi boshqaruvchi direktori Mixael Xarms, “KNAUF”, “CLAAS”, “Mangold Consulting”, “Gunter Papenburg”, “Siemens Energy”, “Linde Group”, “Aurubis”, “FALK PORSCHE”, “Metso”, “Edison technologies”, “Ernst Klett”, “Siemens Healthineers”, “Herrenknecht”, “DB Engineering & Consulting”, “Svevind Energy Group”, “Rhenus”, “HMS Bergbau”, “Textima” kabi yetakchi kompaniyalar hamda “KfW Development Bank”, “AKA Bank” banklarining rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari uchrashuvning ishtirokchilarini samimiy qutlab, tadbir tarixiy Samarqand shahrida oʻtkazilayotgani ramziy maʼnoga ega ekanini taʼkidladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
“M-25” konining 604-sonli qudug‘ida so‘ndirish jarayoni to‘liq tugatildi
Sentyabr oyi boshida tarkibida vodorod sulfid yuqori bo‘lgan tabiiy gaz sizib chiqqan “Mustaqillik-25” konidagi 604-sonli quduqni so‘ndirish jarayoni o‘z nihoyasiga yetdi.
Shu maqsadda tabiiy gazning sizib chiqishini oldini oluvchi uskunaning qo‘shimcha blogi qurilib, o‘rnatildi.
Quduq germetiklandi va bugun, 15-sentyabr kuni soat 16:50 da tabiiy gazning sizib chiqishi holati to‘liq so‘ndirildi.
Vaziyatni professional baholash maqsadida voqea joyiga o‘zbekistonlik, shuningdek, Rossiya hamda AQSHlik ekspertlarning tashrifi uyushtirildi.
Hodisa oqibatlarini bartaraf qilish davomida aholi uchun hech qanday xavf yuzaga kelmagan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻzbekiston va Germaniya yetakchilarining muzokaralaridan soʻng ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Kansler Olaf Shols tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokara oʻtkazdilar
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Transport va logistika, samarali quruqlik va havo yoʻlaklarini rivojlantirish, transport xarajatlarini kamaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻzbekiston rahbari “Lufthansa” aviakompaniyasining mamlakatimizga toʻgʻridan toʻgʻri parvozlarini qayta yoʻlga qoʻyish masalasini koʻrib chiqishni taklif etdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Muzokaralar davomida koʻp qirrali Oʻzbekiston-Germaniya munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻtgan yili tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard yevrodan oshdi. Germaniya biznesi bilan hamkorlik kengaymoqda - yil boshidan buyon mamlakatimiz iqtisodiyotiga Germaniya kompaniyalarining 800 million yevrolik investitsiyalari kiritildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Samarqand shahridagi Kongress markazida Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols tantanali kutib olindi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federativ Respublikasi Kansleri Olaf Shols Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli bilan tanishdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Germaniya Federal Kansleri Samarqand shahriga keldi
Samarqand shahri aeroportida Germaniya Hukumati rahbari Olaf Sholsni Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari J.Xoʻjayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️“Tashabbusli budjet”da 177 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi
“Tashabbusli budjet”ning joriy yilgi 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra, yuqori ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan 177 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.
Jumladan:
▫️Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 56 ta loyiha;
▫️loyiha qiymatining 20 foizigacha mablag‘ yetmagan navbatdagi 25 ta loyiha;
▫️mahalladagi mavjud aholi sonidan ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan 96 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi.
Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 143,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#TAYINLOV
Adxamov Isroil Mirdjamalovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar I.Adxamov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Sportchilarimizni taqdirlash marosimidagi dil izhorlari: paralimpiya chempioni, jahon rekordi sohibi Asila Mirzayorova
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Davlat rahbari paralimpiyachilarning ota-onasi va yaqinlariga, murabbiylariga alohida minnatdorlik bildirdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
“Qizlarimiz Oʻzbekiston gʻalabasiga munosib hissa qoʻshganlari toʻgʻrisida har qancha gʻurur va iftixor bilan gapirsak arziydi”
Kanalga ulanish:
➖@uzauz