Prezident: Oʻqituvchi huquqiy, ijtimoiy va moliyaviy tomondan himoya qilingan va yetarli taʼminlangan boʻlishi kerak
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️“Oʻrmon xoʻjaligi agentligidan yongʻin chiqmagan”
“Oʻrmon xoʻjaligi agentligi binosi yonib ketdi, deya ayrim ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Toʻgʻri, suv purkalishi evaziga binoning tom qismiga qisman zarar yetgan, lekin bu ham aytarli darajada emas”. Bu haqda OʻzAga Oʻrmon xoʻjaligi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, agentlik binosi katta talofat koʻrmagan. Yongʻin chiqqan universitet binolariga esa birmuncha ziyon yetkazilgan. Ayni paytda mutaxassislar guruhi voqea joyida ish olib bormoqda. Tez orada yongʻin kelib chiqish sabablari, yongʻin asli qayerdan boshlangani, yetkazilgan ziyon, asl holat haqida batafsil maʼlumot beriladi.
Avval xabar berilganidek, bugun, 30-sentyabr kuni soat 20:10 da Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yongʻin sodir boʻlgan. Yongʻin-qutqaruv ekipajlari tomonidan soat 21:36 da qurshab olingan va soat 22:10 da batamom oʻchirilgan.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
FVV: Qibray tumanida sodir boʻlayotgan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumot
Bugun, 30-sentyabr kuni soat 20:10 da Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent Davlat agrar universiteti hududidagi binoda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 20:17da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin bartaraf etilmoqda. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Yuksak mahoratli, jonkuyar va talabchan oʻqituvchilar – xalqning, millatning noyob boyligi, ularning mashaqqatli, masʼuliyatli mehnati eng yuksak baho va ragʻbatga munosib
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Toshkent shahrida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti faoliyati bilan tanishdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#TAYINLOV
Hisob palatasi raisiga yangi oʻrinbosarlar tayinlanadi
▫️Allaberganov Atabek Validjanovich — Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi oʻrinbosari;
▫️Mirzayev Sardor Alisherovich — Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi oʻrinbosari etib tayinlanadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurib, yangilangan sharoitlar bilan tanishdi.
– Bu institut kutib oʻtiruvchi emas, targʻibotchi, yetakchi boʻlishi kerak. Hududlardagi oʻqituvchi va direktorlarni koʻproq taklif etib, barcha maktablarda sifatni oshirish zarur. Yangi zamon kishisi, kelajagimiz bunyodkorlari maktabda tarbiyalanadi. Taʼlimsiz kelajak yoʻq,
Tarbiya borasida milliy sportimiz fidoyilari, xususan, jismoniy tarbiya oʻqituvchilariga koʻp narsa bogʻliqligi taʼkidlandi.
Afsuski, maktablardagi 33 ming nafar jismoniy tarbiya oʻqituvchisining kasbiy va jismoniy mahorati yetarli emas.
Mutasaddilarga bu oʻqituvchilar tarkibini faol va chempion sportchilar orasidan tanlov asosida toʻldirish, ularning kasbiy mahorati va malakasini Jismoniy tarbiya institutida oshirib borishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Maktablarda yoshlarni aqliy rivojlantirishda muhim oʻrin tutadigan shaxmatni ommalashtirish uchun alohida qaror loyihasi ishlab chiqiladigan boʻldi. Yoshlarimiz oʻrtasida bu sport turi yanada rivojlantiriladi.
Shundagina sport boʻyicha yaxlit tizim paydo boʻlib, maktablarda jismoniy tarbiya darslarining sifati oshadi, mahallarda ommaviy sport rivojlanadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Yoshlar qalbida vatanparvarlik tuygʻusini kuchaytirishda sportchi murabbiylarimiz va harbiylarimiz ham faol boʻlishlari zarurligi taʼkidlandi.
Bugun zamonning oʻzi har birimizdan ona yurt himoyachisi, vatanparvar boʻlishni talab etmoqda.
Bunda ayniqsa mard va jasur serjant va ofitserlar, harbiy chaqiriqqa tayyorlash fani oʻqituvchilari oʻrnak boʻlishlari kerak.
Hozir maktablarda qariyb 10 ming nafar ana shunday oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatmoqda. Afsuski, ularning aksariyatida harbiy sohadagi zamonaviy bilim va koʻnikmalar, ular uchun ish sharoiti talab darajasida emasligi qayd etildi.
Endi mana shu oʻqituvchilar Mudofaa vaziri tomonidan zaxiradagi harbiy xizmatchilar tarkibi orasidan tayinlanishi belgilandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezidentimiz yana bir muhim masalaga eʼtibor qaratdi:
“Siz, hurmatli ustozlar maktab oʻquvchilaridan “Men qanday kasb egasi boʻlmoqchiman?” degan mavzuda insholar, yozma ishlar olasizlar. Lekin, oʻquvchilar yozgan ana shu ishlar tahlili bilan kimdir shugʻullanyaptimi?
Respublika va viloyat kesimida farzandlarimiz qaysi kasblarni eng koʻp tanlashmoqda?
Eng muhimi, bolalarimiz tanlayotgan kasblarga kelajakda mehnat bozorida talab boʻladimi oʻzi?”
Sifatli taʼlimning ajralmas qismi boʻlgan tarbiya va odob-axloq jarayonlari zamonaviy yondashuv asosida yoʻlga qoʻyiladi.
Shu maqsadda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti yangidan tashkil etildi.
Ushbu institutning tarbiya sohasidagi milliy anʼanalarni oʻrganish, tiklash va zamonaviy maʼnaviy-axloqiy tarbiya tizimini joriy qilish yoʻnalishidagi faoliyatini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Yoshlarimizda gʻoyaviy immunitetni shakllantirishda kattalar ham ijtimoiy tarmoqlarda faol boʻlishi, bolalarimizga ijobiy taʼsir koʻrsatishlari kerakligi taʼkidlandi.
Mutasaddilarga ota-onalar, oʻqituvchilar va oʻquvchilar uchun tarbiyaga oid raqamli kontent yaratish topshirildi.
Ushbu kontent “Milliy tarbiya” elektron platformasiga va yetakchi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilib, doimo yangilab boriladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi. Buning uchun xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.
Ragʻbatlantiriladigan xalqaro fan olimpiadalari soni 18 tadan 22 taga yetkaziladi.
Bunda nufuzli xalqaro olimpiadada oltin medal olgan oʻquvchiga – 170 million soʻm, kumush medalga – 102 million soʻm, bronza medal uchun – 68 million soʻm mukofot puli beriladi.
Shu bilan birga, ana shu oʻquvchilarning oʻqituvchilari 50 milliondan 150 million soʻmgacha mukofotlanib, ularga bir yilda 100 foizlik ustama olish imkoni yaratiladi.
Ilk bor xalqaro fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan oʻquvchilar jamoasi rahbarlarini ham ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Xalqaro fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan farzandlarimizni tantanali kutib olib, ularni ham qahramonlar sifatida eʼzozlab, xalqimizga tanitish zarurligi taʼkidlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Endilikda Shaharsozlik kengashlari faoliyati bilan bogʻliq jarayonlar toʻliq raqamlashtiriladi.
Bunda barcha loyihalar kengashga “Shaffof qurilish” platformasi orqali elektron kiritiladi. Loyiha hujjatlari boʻyicha “SES” va yongʻin xavfsizligi tuman boʻlimidan alohida xulosa olish bekor qilinadi.
Kengash aʼzolari loyihani quyi tizimi bilan shu platformada elektron kelishadi, loyihani koʻrib chiqish muddati 15 kundan oshmasligi zarurligi taʼkidlandi.
Ushbu tartibni 1-dekabrdan Toshkent shahrida, kelgusi yil 1-apreldan qolgan viloyatlarda joriy qilish topshirildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Davlat obyektlarini loyihalash va qurishda haligacha “resurs” usulidan foydalanilayotgani qayd etildi.
Kelasi yil 1-yanvardan qurilishda “resurs” usulidan voz kechib, “hajm” usuliga oʻtish rejalashtirilgan.
Lekin bu tizimni ishlatish tartibi haligacha tasdiqlangani yoʻq. Vazirlar Mahkamasiga bu jarayonni tezlashtirish topshirildi.
Mutasaddilarga oʻquv kurslarini tashkil qilib, loyihachi, pudratchi va nazoratchilarni yangi tizimda ishlashga oʻqitish, kelgusi yil investitsiya dasturiga kiradigan 1 ming 300 dan ziyod obyekt “hajm” usulida qurilishini taʼminlash topshirildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻtgan yili 1 ming 600 ta obyekt qurilishi roʻyxatdan oʻtkazilmasdan boshlangan boʻlsa, yil boshidan 2 ming 200 taga yetgan.
Bundan tashqari, qurilish obyektlari toifasiga qarab oyiga kamida 2-4-marta nazoratdan oʻtkazilishi zarur. Lekin 8 oy ichida 1 ming 150 ta obyektga inspektor bir marta borgan.
Oqibatda joylarda pala-partish qurilish koʻpayib, aholi eʼtiroziga sabab boʻlayapti.
Qurilish vazirligi, Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi, Bosh prokuraturaga qurilishda byurokratik toʻsiqlar va korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini kuchaytirish topshirildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Toshkent davlat agrar universiteti hududida sodir boʻlgan yongʻin holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Qibray tumanida sodir boʻlgan yongʻin haqida qoʻshimcha maʼlumot
Avval xabar berilganidek, bugun, 30-sentyabr kuni soat 20:10 da Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yongʻin sodir boʻlgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 20:17 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 21:36 da qurshab olingan va soat 22:10 da batamom oʻchirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan.
Yongʻinni bartaraf etish jarayonini Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor A.X. Qoʻldoshev bevosita joyidan boshqarib bordi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezidenti Antonella Bassanini qabul qildi.
Kambagʻallikka qarshi kurashish, davlat korxonalari va banklarini transformatsiya qilish, karbonsizlashtirish, JSTga aʼzo boʻlishni qoʻllab-quvvatlash va boshqa yoʻnalishlar hamkorlikni yanada kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlari sifatida belgilandi.
Soʻnggi yillarda mamlakatimiz bankning eng yirik hamkorlari qatoriga kirdi – loyihalar portfeli bir necha barobar koʻpayib, hozirgi kunda 12 milliard dollardan oshdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Komil Ismoilovich Allamjonov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.
Komil Allamjonov yurtimizda soʻz erkinligini rivojlantirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash va xalq taʼlimi tizimini takomillashtirish boʻyicha Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev belgilab bergan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda katta natijalarga erishdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Pedagogik mahorat milliy institutida oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot qildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Toshkent shahrida 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali marosim boʻlib oʻtdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev soʻzining boshida barcha taʼlim-tarbiya xodimlarini bayram bilan samimiy tabriklab, xalqimizning chuqur hurmat-ehtiromini yetkazdi.
Prezidentning 27-sentyabrdagi farmoniga muvofiq, taʼlim-tarbiya tizimiga qoʻshgan munosib hissasi, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.
Marosimda ana shu mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
“Yana bir bor takrorlayman: najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Hammamiz koʻrib turibmiz: bugungi shiddatli zamon oldimizga qanday ogʻir va murakkab vazifalarni qoʻymoqda.
Ularni hal etish va ezgu maqsadlarimizga yetish uchun xalqimiz, avvalo, yoshlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan qurollantirishimiz shart.
Bu yoʻlda men birinchi navbatda sizlarga ishonaman, sizlarning katta bilim va tajribangiz, pedagogik mahoratingizga, noyob insoniy fazilatlaringizga tayanaman”,
“Shu borada, bir fikrni barchamiz chuqur tushunib olishimiz kerak. Vatanparvarlik tarbiyasi – bu faqat harbiy yoki taʼlim sohasi xodimlarining ishi emas. Bu – butun jamiyatning ishi.
Bu ishga butun jamoatchilikni faol jalb etmas ekanmiz, kutilgan natijaga erishish qiyin boʻladi.
Albatta, yoshlarimiz yaxshi shifokor, isteʼdodli olim, mohir IT bilimdoni, zoʻr tadbirkor boʻlishi mumkin.
Lekin, ular chinakam vatanparvar insonlar boʻlib voyaga yetmasa, oʻzingiz ayting, xalqimiz, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun ertaga kim masʼul boʻladi?
Shu bois, mahalla, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar tashkilotlari bu masalada oʻz faoliyat dasturiga ega boʻlishi zarur.
Yoshlarimiz ongiga barchamiz birgalikda “Men haqiqiy vatanparvar boʻlaman” degan gʻoyani chuqur singdirishimiz kerak”,
Prezident yurtimizdagi barcha ota-onalar, ustoz va murabbiylarga murojaat qildi:
“Bizning dunyodagi eng aziz va moʻtabar xazinamiz – bu umrimiz guli va mevasi boʻlgan farzand va nabiralarimizdir.
Hech shubhasiz, barchamiz ularning kelajakda baxtli va saodatli insonlar boʻlib yashashini istaymiz. Lekin bunga erishish oson emas.
Ayniqsa, bugungi tahlikali davrda ezgu maqsadlarga yetish uchun insonga hushyorlik va ogohlik, qatʼiy iroda, yuksak bilim va keng dunyoqarash, zamonaviy kasb-hunarlar har qachongidan ham zarur.
Taʼlim va tarbiya – butun jamiyatning muqaddas ishidir! Barchamizdan doimo hamjihatlik, faollik va fidoyilikni talab etadigan hayot-mamot masalasidir.
Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!
Farzandlarimizning baxti, yorugʻ kelajagi uchun, jonajon Vatanimiz istiqboli uchun mustahkam poydevor yarataylik!”
Yoshlarni milliy ruhda tarbiyalashda madaniyat va sanʼat beqiyos ahamiyatga ega.
Madaniyat va sanʼat bilan oshno boʻlgan oʻquvchilar ezgulikning kuchini chuqur his etadi, ularda oʻziga ishonch paydo boʻladi.
Shu munosabat bilan musiqa oʻqituvchilarining kasbiy mahorati va koʻnikmasini oshirish, madaniyat va sanʼat tizimidagi oliygohlarda umumtaʼlim maktablari uchun musiqa oʻqituvchilarini tayyorlash zarurligi taʼkidlandi.
“Turon” teatrining ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalarini tashkil qilish muhimligi aytildi.
Bu jamoalarga musiqa oʻqituvchilari rahbarlik qiladi. Musiqa maktablari esa joylarda tayanch maktabi sifatida ish olib boradi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Bu yil 14 ta maktabda pedagog kasbiga qiziqqan 10-11-sinf oʻquvchilari uchun alohida sinflar tashkil etildi.
Kelgusi oʻquv yilidan yana 60 ta maktabda, jumladan, 10 ta ixtisoslashgan maktabda bu tajriba joriy qilinadi.
Kelajakda ushbu sinflarni tamomlagan oʻquvchilar shu yoʻnalishdagi oliygohlarga kirsa, ularga 2-kursdan maktabga borib kasbiy mahoratini oshirishi uchun imkoniyat yaratiladi. Alohida qobiliyatga ega talabalarga dars oʻtgani uchun oylik ham toʻlanadi.
Prezidentimiz pedagogika yoʻnalishidagi oliygohlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun Abdulla Avloniy nomidagi stipendiyani tashkil etishni taklif qildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Uy-joy qurib berishni vaʼda qilgan quruvchi va bunga pul tikkan aholi oʻrtasida nizolar koʻpayib borayotgani qayd etildi. Bunday noinsof quruvchilarga aldanib, odamlar ham uysiz, ham pulsiz qolmoqda.
Shu bois Prezident topshirigʻiga asosan qurilish vaziri boshchiligidagi ishchi guruhi xorijiy tajribani oʻrgandi.
Endilikda uy-joy sotib olish boʻyicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi.
Bunda developerlar oʻzlari qurayotgan uylar sotuvini tashkil qilish boʻyicha banklar bilan shartnoma tuzadi, bu uylarni olmoqchi boʻlgan odamlar pulini quruvchiga emas, toʻgʻridan toʻgʻri bankka topshiradi.
Banklar esa yigʻilgan pulni quruvchiga resurs sifatida beradi. Shunda banklar quruvchi va xaridor oʻrtasida koʻprik boʻlib, uy-joyni oʻz vaqtida va sifatli qurib, egasiga topshirishga kafil boʻladi.
Yangi tizim Samarqand shahri, Yangihayot va Sergeli tumanlarida bir yil davomida tajribadan oʻtkazilishi belgilandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezidentimiz har bir viloyatda tashkil qilingan Shaharsozlik kengashlari faoliyati boʻyicha ham eʼtirozlar koʻpligini taʼkidladi.
Kengashga kiritilgan loyihalarni koʻrib chiqish va kelishish 6 oygacha choʻzilmoqda. Loyihalar Shaharsozlik kengashiga kiritilishdan oldin tumandagi Sanepidnazorat va yongʻin xavfsizligi bilan kelishiladi. Vaholanki, ularning rahbarlari kengash tarkibida oʻtiribdi.
Kengashda rad qilingan loyihani qayta kiritish uchun “SES” va yongʻin xavfsizligi bilan boshqatdan kelishish majburiy.
Oqibatda quruvchi va loyihachilar bunga 2 karra pul toʻlab, yana 2-3 oy yoʻqotayapti.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Qurilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalarida quruvchi-operatorlar shtabi tashkil qilinishi belgilandi.
Nazorat inspektorlari bodikamera bilan taʼminlanadi.
Davlat hisobidan qurilayotgan har bir obyektga toifasiga qarab kamida 2 tadan videokamera oʻrnatiladi. Ular operatorlar shtabiga maʼlumotlarni onlayn yuboradi.
Shuningdek, noqonuniy qurilishlar boʻyicha mahalla raislari va jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.
Endilikda har bir qurilayotgan obyekt oldida QR kodli pasporti chiqarib qoʻyiladi, istalgan odam bu orqali hududda qanday obyekt qurilayotgani, qachon ruxsat olingani, kim qurishi, qachon ishga tushishi kabi maʼlumotlar olishi mumkin boʻladi.
Agar QR kodli pasport boʻlmasa, qurilish noqonuniy hisoblanadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻtgan yili hokimlarga xususiy sektorni jalb qilib, “master reja” ishlab chiqishga ruxsat berildi. Bundan maqsad – kichik hududlarni belgilab, uy-joy qurish, turizm, savdo va servisni rivojlantirsa boʻladigan joylarga tadbirkorlarni jalb qilish edi.
Bu borada Buxoro, Navoiy viloyatlaridagi 85 ta hududning “master rejasi”ni ishlab chiqish boshlangan. Lekin, qolgan viloyatlar hali masalani ichiga kirmagani tanqid qilindi.
Shu bois, viloyat hokimlariga yil yakunigacha kamida 10 tadan hududining “master reja”sini ishlab chiqish topshirildi.
Bundan tashqari, 106 ta tuman-shaharda 136 ta “master reja” qilish boʻyicha topshiriq berilgan. Hozirgacha shundan 21 tasi ishlab chiqilgani, Andijon va Xorazmda esa birorta “master reja” tayyormasligi koʻrsatib oʻtildi.
Qoloqliklarni tezkor bartaraf etish boʻyicha viloyat hokimliklariga vazifa qoʻyildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz