Toshkent viloyatida qishloq yerlari Andijondan 1,5 karra koʻp. Lekin, yetishtiriladigan mahsulot hajmi bir xil. Viloyatda 1 gektardan oʻrtacha daromad Andijondan 2 karra, Namangan va Fargʻonadan 1,5 baravar, Buxorodan 1,3 baravarga kam.
Soʻnggi uch yilda viloyatdagi 21 ming gektar yer dehqonchilik uchun 51 ming nafar aholiga berildi. Lekin, yil boshidan bor-yoʻgʻi 72 million dollarlik meva-sabzavot eksport boʻldi. Bu – oʻtgan yilgidan kam.
Viloyatdagi samarasiz 2 ming 200 gektar bogʻ va tokzor hisobiga yiliga 10 million dollar eksport yoʻqotilayapti.
Suv tejovchi texnologiya boʻyicha Toshkent viloyati eng oxirgi oʻrinlarda.
Bu borada viloyat hokimining qishloq xoʻjaligi boʻyicha birinchi oʻrinbosari B.Alimbekov Toshkent viloyati qishloq xoʻjaligidagi imkoniyatlardan foydalana olmagani, tayyor qilib berilgan tizimni ishlata olmagani uchun lavozimidan ozod etildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Iqtisodiy kompleks mutasaddilariga bir oyda mashinasozlik sohasidagi va texnologik uskunalar importini toʻliq tahlil qilib, mahalliylashtirishni kengaytirish hamda yirik korxonalar bilan kooperatsiyasini kuchaytirish boʻyicha uch yillik dastur tayyorlash topshirildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Davlatimiz rahbari Olmaliqda metall konstruksiyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona faoliyati bilan tanishdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Angren, Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Piskent va Ohangaron tumanlarining viloyat sanoatidagi ulushi 50 foizni tashkil qiladi.
Bu 5 ta shahar-tuman bir-biri bilan yonma-yon joylashgan boʻlib, xom ashyo zaxirasiga juda boy.
Bu yerlarda ishlab chiqarishni kooperatsiya va klaster asosida tashkil etish uchun mutlaqo yangi tizim – “Sanoat uchburchagi” dasturini tayyorlashga qaror qilindi.
Masalan, Olmaliq kombinatida yiliga 600 ming tonna temir tarkibiga qoʻshimcha komponent – “ogarok” ishlab chiqarilayapti. Ohangaron tumani va shahri, Piskentdagi 3 ta sement zavodi ishlab chiqarishda ushbu komponentdan foydalanayapti.
Tumanlar kooperatsiya qilsa, transport xarajati 20-30 foizga, tannarx esa 5-10 foizga kamayishi taʼkidlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Yigʻilishda Toshkent tumani viloyat aholisiga uy-joy qurish uchun asosiy baza boʻlishi kerakligi qayd etildi.
Shuningdek, Toshkent tumani orqali Qozogʻistondan kuniga 44 ming odam, jumladan 2-2,5 ming xorijiy turistlar oʻtib qaytadi.
Mutasaddilarga “Shifobaxsh suvlar” hududidan yana 5 ta sanatoriy qurish uchun joy topib, auksionga chiqarish, Shifobaxsh suvlar koʻchasini kengaytirib, atrofida yirik savdo, sport va koʻngilochar markazlar, koʻp qavatli uylar qurish boʻyicha master reja ishlab chiqish topshirildi.
Poytaxtdagi korxonalarga viloyatdagi qurilishi toʻxtagan obyektlarga koʻchib oʻtishni taklif qilish muhimligi taʼkidlandi.
Ancha vaqtdan beri sotilmagan 70 ta obyekt poytaxtdagi tadbirkorlarga boʻlib-boʻlib toʻlashga beriladi. Sharti – ishchilarning 50 foizi kambagʻal oiladan boʻlishi kerak.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyatini rivojlantirish vazifalari yuzasidan yigʻilish boshlandi.
Davlatimiz rahbari soʻnggi yetti yilda barcha hududlar singari Toshkent viloyatida ham katta ijobiy oʻzgarishlar boʻlganini qayd etdi.
Viloyat iqtisodiyoti 1,5 barobarga oʻsib, oʻtgan yili 119 trillion soʻmlik qoʻshilgan qiymat yaratildi, tadbirkorlar 16 mingtaga koʻpayib, 170 ming doimiy ish oʻrni paydo boʻldi.
Viloyatda 6 milliard dollarlik 826 ta yangi sanoat korxonasi ishga tushdi, 5 milliard dollarlik eksport boʻldi.
Shularning natijasida oʻtgan toʻrt yilda 70 ming, bu yilning oʻzida esa 19 mingta oila kambagʻallikdan chiqarildi.
Toshkent viloyati hududi 15 ming kvadrat kilometr boʻlib, Andijondan 3,5 baravar koʻp. Viloyat tuman va shaharlar soni boʻyicha respublikada birinchi oʻrinda.
Lekin viloyat oʻz imkoniyatlarining yarmini ham ishlatmayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 16-oktyabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 793,03 so‘m (– 10,02)
1 RUB 131,87 so‘m (– 1,34)
1 EUR 14 961,03 so‘m (– 31,42)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliqdagi “Yoshlik-1” koni hamda uning negizida qurilayotgan 3-mis boyitish fabrikasini koʻzdan kechirdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatirangli, nodir va qimmatbaho metallar qazib chiqarishda yetakchi. Mamlakatimiz yalpi sanoat mahsulotining 5 foizi, sanoat mahsulotlari eksportining 6 foizi uning hissasiga toʻgʻri keladi. Kombinat tizimida 35 mingga yaqin kishi ishlaydi.
Oʻtgan yili 148 ming tonna mis, 17 tonnadan ziyod oltin, 162 tonna kumush ishlab chiqarilgan. 1 milliard 100 million dollar investitsiya oʻzlashtirilib, 662 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.
Davlatimiz rahbari qazish ishlarini koʻzdan kechirdi, mutaxassislar bilan muloqot qildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Olmaliq shahriga tashrif buyurib, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Muhandislik maktabi bilan tanishdi.
Bu yerda Germaniya tajribasi asosida yiliga 480 nafar muhandis tayyorlanadi hamda ming nafar xodimning malakasi oshiriladi.
Davlatimiz rahbari ish oʻrganayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi.
– Zamon oʻzgarayapti, har bir sohaga innovatsiyalar kirib kelayapti. Shunga munosib malakali kadr boʻlish uchun doim oʻz ustingizda ishlashingiz kerak. Kombinat taqdiri raqamlashtirishda. Har bir boʻlimni, ishlab chiqarishning har bir bosqichini raqamlashtirish zarur,
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurib, sanoat tarmoqlari uchun muhandislarni tayyorlash maktabi hamda “Yoshlik-1” konini oʻzlashtirish ishlari bilan tanishadi, mis boyitish boʻyicha yangi quvvatlar qurilishiga start beradi.
Shuningdek, Prezident raisligida Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida qurilishi yakunlangan obyektlarni ishga tushirdi va yangilariga start berdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Toshkent viloyatida faoliyat boshlamoqchi boʻlgan investorlar bilan suhbatlashdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Davlatimiz rahbari Yangiyoʻl tumanidagi “Mesal Water Technologies” korxonasini koʻzdan kechirdi.
“Toshkent viloyati ichimlik suvi va oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasining 3-bosqichi doirasida Chirchiq, Olmaliq, Angren va Bekoboddagi inshootlar rekonstruksiya qilinmoqda.
“Mesal Water Technologies” korxonasida shu kabi suv tozalash inshootlari uchun oʻttizdan ortiq maxsus qurilma va uskunalar ishlab chiqarilmoqda.
Loyihaga 1,7 million dollar mablagʻ yoʻnaltirilib, Xitoy, Germaniya va Turkiyadan keltirilgan energiya tejamkor texnologiyalar oʻrnatilgan. Korxona xalqaro sertifikatlarga ega. 50 kishi ish bilan taʼminlangan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻzbekiston Prezidenti Rossiyaga tashrif buyurdi
“Vnukovo” aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ertaga, 8-oktyabr kuni MDH sammitining asosiy tadbirlari boʻlib oʻtadi. Kun tartibidan Hamdoʻstlik doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 8-oktyabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 794,88 so‘m (+ 19,86)
1 RUB 132,99 so‘m (– 1,61)
1 EUR 14 021,91 so‘m (– 68,94)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Toshkent viloyati hokimining qishloq xoʻjaligi boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi
Toshkent viloyati hokimining qishloq xoʻjaligi boʻyicha birinchi oʻrinbosari B.Alimbekov Toshkent viloyati qishloq xoʻjaligidagi imkoniyatlardan foydalana olmagani, tayyor qilib berilgan tizimni ishlata olmagani uchun lavozimidan ozod etildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Olmaliq kombinati yiliga 9 trillion soʻmlik mahsulot xarid qilmoqda. Bu – kombinat atrofida joylashgan 5 ta shahar va tuman uchun katta imkoniyat.
Shu munosabat bilan “Sanoat uchburchagi”ga kiruvchi tuman va shaharlarda kamida 5 tadan korxonani jalb qilib, keyingi yil kombinat importini 25 million dollarga kamaytirish imkoniyati koʻrsatib oʻtildi.
Umuman, “Sanoat uchburchagi” hududida 1 ming 100 ta korxona ishlayapti. Yangi loyihalar hisobiga 2-3 yilda ular 1,5 mingga yetadi.
Mutasaddilarga keyingi yil bu korxonalar uchun Angren, Olmaliq shaharlari va Ohangaron tumanida 50 million dollarlik 3 ta yirik logistika markazini tashkil qilish topshirildi.
Viloyat, tuman va shaharlar hokimlariga “Sanoat uchburchagi” dasturi doirasida bir yilda 1,3 milliard dollarlik 230 ta loyihani ishga tushirish, buni hisobiga 13 mingta yuqori daromadli ish oʻrni yaratib, ularga kambagʻal oilalardan kamida 5 ming kishini ishga joylashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻtgan yil Angrenda 110 ming tonna quvvatli kaolin zavodi ishga tushgani uchun keramika, chinni, sanfayans chiqarish ham rivojlanayapti.
“Sanoat uchburchagi”ga kiruvchi tumanlarda keramogranit, keramik plita va chinni idish chiqarish boʻyicha yana 120 million dollarlik 7 ta loyihani joylashtirish mumkin.
Piskent tumanida mahallalardagi 500 ta xonadonda chinniga badiiy bezak berishni yoʻlga qoʻyish mumkin boʻlsa, Angren shahrida karton zavodi quvvatini 1,5 karra oshirib, keramika buyumlari uchun qadoq yetkazib berishni tashkil qilsa boʻladi.
Piskentdan oʻtadigan A-373 yoʻli boʻyidagi 488 gektarda Yangi Piskent sanoat shahri qurilmoqda. Bu yerda ikki yilda 44 ta loyihani ishga tushirish mumkin.
40 million dollar hisobiga rudadagi metallarni bir-biridan ajratish uchun zarur boʻlgan ksantogenat ishlab chiqarishni 2 karra oshirish orqali Olmaliq kombinatining bunday mahsulotga ehtiyoji toʻliq qoplanadi, 20 million dollarlik eksport boʻladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Uch yilda tijorat obyektlari poytaxtda 5,7 million kvadratga koʻpaygan boʻlsa, Toshkent viloyatida 1,6 millionga oshdi.
Viloyatda har yili 1 million kvadrat tijorat joyi tashkil qilish lozimligi koʻrsatib oʻtildi.
Yil yakunigacha 115 ta koʻp qavatli uy, 39 kilometr suv va 29 kilometr gaz tarmogʻi qurilishini yakunlash vazifasi qoʻyildi.
Zangiota tumanidagi Ibrat va Ulugʻbek mahallalariga xizmat qilgan 2 ta oqova suv inshooti eskirgani, Bogʻzor va Nurobod mahallalaridagi koʻp qavatli uylarda isitish va oqova tizimi muammoli ekani koʻrsatib oʻtildi.
Mutasaddilarga bu 4 ta mahallada suv, oqova va isitish tizimini yaxshilash loyihalarini tayyorlash topshirildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oxirgi bir oyning oʻzida viloyatda qoʻshimcha 13 milliard dollar investitsiya, 500 ming ish oʻrni, byudjetga 3,5 trillion soʻm tushum qilish imkoniyatlari aniqlandi.
Masalan, viloyatda tadbirkorlik qilishga ishtiyoq kundan-kun oshayapti. Poytaxtdagi korxonalar ham infratuzilma yaqinligi, yer, mulk soligʻi, ishchi kuchi arzonligi uchun Toshkent viloyatidan joy qidirayapti.
Shu bois, Toshkent, Qibray, Zangiota, Yuqorichirchiq, Oʻrtachirchiq tumanlari, Chirchiq va Nurafshon shaharlari poytaxt tumanlari bilan hamohang rivojlanishi kerak, dedi Prezident.
Misol uchun, Toshkent tumanining Qorasaroy va Xasanboy guzari mahallalarida 97 gektarda industrial texnopark tashkil qilinadi.
Bu joyda 350 million dollarlik yuqori qoʻshilgan qiymatli loyihalarni tashkil qilish mumkin.
Bundan tashqari, tadbirkorlar jami 107 gektarda ekopark, akvapark, savdo kompleksi, mehmonxona va logistika markazlarini barpo etmoqchi, yana 100 gektarda 35 ming xonadonli koʻp qavatli uylar qurishga tayyor turibdi.
Kanalga ulanish:
@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliqqa tashrif chogʻida metall konstruksiyalar ishlab chiqarayotgan korxona faoliyati bilan tanishdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yoshlik-1” koni va 3-mis boyitish fabrikasida olib borilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Olmaliqdagi muhandislar tayyorlash maktabiga tashrif buyurdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Jahongir Ziyayev Oʻzbekiston anʼanaviy taekvondo federatsiyasi vitse-prezidentligiga saylandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#TAYINLOV
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktoriga oʻrinbosar tayinlandi
Elmuratov Oybek Umurzakovich – Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi.
Bunga qadar u Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Umumiy qiymati 2 milliard dollarlik 9 ta loyiha
Yangiyo‘l tumanida Toshkent viloyatidagi muhim loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Batafsil — https://uza.uz/posts/645381
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Toshkent viloyatida 26 milliard dollarlik loyihalar rejalashtirilgan
Toshkent viloyatida 2024-2026-yillar uchun jami 26 milliard dollarlik 125 ta loyiha rejalashtirilgan. Ularning 21 tasi strategik, 52 tasi tarmoq, 52 tasi hudud loyihalaridir. Bu tashabbuslar natijasida 42 mingta ish oʻrni yaratilishi moʻljallangan.
Davlatimiz rahbariga umumiy qiymati 3,4 milliard dollar boʻlgan 11 loyiha taqdimot qilindi.
Ularga Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Ozarbayjon kabi mamlakatlar kompaniyalari va mahalliy tadbirkorlar investitsiya kiritmoqda. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, tibbiyot, elektrotexnika, energetika, qurilish materiallari, geologiya, xizmat koʻrsatish va boshqa tarmoqlardagi bu loyihalarda 23 mingta ish oʻrni yaratiladi.
Prezidentimiz investorlar uchun barcha sharoitlarni yaratish, loyihalarning har bir bosqichini nazorat qilib, masalalarini hal etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskvaga keldi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Qarshi tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida maʼlumot
Bugun, 7 oktyabr kuni soat 15:45 da Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani «Dasht» MFY hududidan o‘tuvchi, «G‘uzor-Qarshi» avtomobil yo‘lida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shaxobchasida «Kamaz-512» rusumli avtomobilidan gaz saqlash yomkostiga gaz quyish vaqtida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Chaqnash natijasida yong‘in yuzaga kelgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:56 da hodisa joyiga yetib kelgan. Yong‘in soat 16:00 da o‘rab olingan va soat 16:45 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida shaxobcha binosining 22 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Davlatimiz rahbari Moskvaga joʻnab ketdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga joʻnab ketdi.
Oʻzbekiston yetakchisi MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz