uzauz | Unsorted

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Subscribe to a channel

UzA | Tezkor xabarlar

▫️2026-yil 1-yanvardan oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan talab “Kasbiy taʼlim” platformasi orqali shakllantiriladi.

▫️2025/2026 oʻquv yilidan belgilangan texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilinadi.

▫️Xalqaro taʼlim dasturlari asosida taʼlim olgan va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilarga xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha diplom (sertifikat) hamda kasbiy taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.

▫️Kasbiy taʼlim tizimida yagona davlat siyosatini yuritish boʻyicha masʼul organ etib Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi belgilandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmogʻi tashkil etiladi

Prezident Farmoni(PF-158-son)ga koʻra, kasbiy taʼlim tashkilotlarining amaldagi turlari maqbullashtirilib, kasbiy taʼlimning barcha darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmogʻi tashkil etiladi.

Texnikumlarda:

— kadrlar tayyorlash Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi va Oʻzbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda tashkil etiladi;

— boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi, shuningdek, malaka va kompetensiyalar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi;

— boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining 9-sinfini tamomlagan oʻquvchilar uchun – davlat granti asosida amalga oshiriladi;

oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi;

— oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarining bitiruvchilariga oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar oʻrtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan oʻqishni davom ettirishga ruxsat etiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish tizim takomillashtiriladi hamda ularning sifati oshiriladi

Qonunga koʻra, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar, yolgʻiz yashovchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoʻqolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan ID-kartasini yoki biometrik pasportini almashtirishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarni vaqtincha roʻyxatga olishda ham davlat boji undirilmaydi.

Bundan tashqari, yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olingan uy-joyni ularning nomiga rasmiylashtirish uchun notarial harakatlarni amalga oshirishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishi belgilanmoqda.

Shu bilan birga, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarga, yolgʻiz yashovchi keksalarga va nogironligi boʻlgan shaxslarga homiylik qilish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘ldi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi markazi jamoasiga

Tabrik matni https://uza.uz/posts/646937

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

2025-yilgi Davlat byudjeti loyihasining asosiy yoʻnalishlari belgilab olindi

Qonunchilikka muvofiq, bu loyiha va uning ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari mahalliy Kengashlarda muhokama qilinadi hamda yakunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ertaga, 18-oktyabr kuni soat 17:00 da siyosiy partiyalar oʻrtasida navbatdagi debatlar boʻlib oʻtadi.

Ushbu debatlarni quyidagi telekanallar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:

▫️Oʻzbek tilida: Uzreport TV, Sevimli, RTV, My5, Zoʻr TV
▫️Rus tilida: Dunyo boʻylab
▫️Ingliz tilida: Foreign Language.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Toshkent viloyati hokimiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Tursunov Otabek Ravshanbek oʻgʻli Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yaqinda “Qoʻngʻirot-Beynau” yoʻnalishidagi 240 kilometr yoʻl foydalanishga topshiriladi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining tahliliga koʻra, sifatli yoʻllar Oʻzbekiston iqtisodiyotining kamida 2 foiz oʻsishiga turtki beradi. Bugungi kunda xalqaro moliya tashkilotlari bilan 729 kilometr yoʻlni rekonstruksiya qilish boʻyicha 6 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Jumladan, yaqin kunlarda “Qoʻngʻirot-Beynau” yoʻnalishidagi 240 kilometr yoʻl foydalanishga topshiriladi.

Shuningdek, Guliston – Andijon, Dushanbe – Termiz, Buxoro – Turkmanboshi, Urganch – Hazorasp yoʻllarining muayyan qismlari qayta quriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 17-oktyabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 777,06 so‘m (– 15,97)
1 RUB 131,44 so‘m (– 0,43)
1 EUR 13 920,61 so‘m (– 40,42)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Nukus shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabi va 4-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurib, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi, ularning yutuqlari haqida ma’lumot oldi, shuningdek, ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan zamonaviy suv tozalash tizimlarini ko‘zdan kechirdi.

▫️Fond ko‘magida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 180 ta maktab toza ichimlik suvidan bahramand bo‘lishi uchun suv tayyorlash uskunalari bilan jihozlandi.

▫️"Toza ichimlik suvi" loyihasini amalga oshirish doirasida kelgusida Qoraqalpog‘istonning yana 52 ta maktabida suv tozalash tizimlari o‘rnatiladi, bu esa bolalarning ta’lim olish sharoitlari va salomatligini yaxshilash imkonini beradi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Startap loyihalar ekotizimi yanada rivojlantiriladi

Prezident qaroriga koʻra, raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Raqamli startaplar dasturi amalga oshiriladi.

Dasturda quyidagi rezident yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin:

▫️quyidagi talablarga mos keluvchi startap loyihalar:

— faoliyat davomiyligi – 6 oydan 7 yilgacha;

— kalendar yilida jami daromadi – 10 milliard soʻmdan oshmagan;

inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjatga ega;

raqamli texnologiyalarga asoslangan, yuqori oʻsish va xorijiy bozorlarga chiqish salohiyati boʻlgan biznes modelga ega;

startap loyihalar ekotizimi platformasida roʻyxatdan oʻtgan;

▫️startap ekotizimi ishtirokchilari – venchur jamgʻarmalar va xususiy investorlar hamda startap loyihalar uchun akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini tashkillashtirish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlar.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Olmaliqda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishiga start berildi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️DXX: Qadimiy oltin tangalarning noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi

DXXning Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkentda oʻtkazilgan tezkor tadbirda,
Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi, 1966-y.t. A.X. 100 dona oltin tangani Andijon shahrida yashovchi, 1963-y.t. E. S. ga 67 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida, ularning ikkalasi ham ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, fuqaro A.X. ga tegishli avtomashinadan qoʻshimcha 37 dona oltin tanga ham tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ekspertiza xulosasiga koʻra, sof ogʻirligi jami 776 gr. tarixiy ahamiyatga ega tangalarning umumiy qiymati 950 mln. soʻmni tashkil etadi.

Aniqlanishicha, fuqaro E.S. xalq tilida “Nikolay” tangalari deb aytiladigan ushbu tarixiy, moddiy qimmatliklarni Qirgʻizistonning Oʻsh viloyatiga olib borib, sotishni rejalashtirgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan JKning 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi

Faoliyatidagi kamchiliklar va sohadagi ishlar qoniqarsiz olib borilayotgani uchun viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari E.Muxitdinov lavozimidan ozod etildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

2025/2026 oʻquv yilidan texnikumlarga quyidagilarni amalga oshirishga ruxsat beriladi:

— fanlarni bir-biriga integratsiya qilishga hamda ajratilgan soatlar doirasida mutaxassislik va umumkasbiy fan (modul)larning soatlarini 30 foizgacha oʻzgartirishga;

— yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari ishtirokida toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy qilishga;

— kadrlar tayyorlash va qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzishga;

— fuqarolar va ishsizlarni kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil qilishga;

— kasbiy koʻnikmalar markazlaridan amaliyot bazalari sifatida bepul foydalanishga.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) faoliyati hamda sirkulyar iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining manzilli va samarali ijtimoiy himoya qilinishi kuchaytiriladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonunlarga Ijtimoiy himoya milliy agentligining zimmasiga dafn etish uchun nafaqani berish vazifasini yuklatishga, uning xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini belgilashga, shuningdek fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga va maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda davlat bojini toʻlashdan ozod etishga taalluqli oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan 80 yoshga toʻlgan keksalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qoʻshib hisoblanishi uchun davolash muassasasining xulosasi talab etilmasligi, shuningdek oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarga, yolgʻiz yashovchi keksalarga va nogironligi boʻlgan shaxslarga shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi berilishi nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga, umrbod taʼminlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berishga doir bitimlar va umrbod renta shartnomasi toʻgʻrisidagi, shuningdek vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlashga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilishga qaratilgan boshqa bitimlar haqidagi maʼlumotlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga taqdim etilishi belgilanmoqda.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 21-oktyabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 815,13 so‘m (+ 12,07)
1 RUB 133,20 so‘m (+ 1,36)
1 EUR 13 898,01 so‘m (– 4,83)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari Orxon Sultonovni qabul qildi.

Uchrashuvda terrorizm, ekstremizm va radikalizm, kiberjinoyatchilik hamda xavfsizlikka tahdid solayotgan boshqa zamonaviy xavflarga qarshi kurashish boʻyicha maxsus xizmatlarning yaqin idoralararo hamkorligini mustahkamlash va samarali muvofiqlashtirish muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Afgʻonistonning iqtisodiy rivojlanishiga koʻmaklashishga qaratilgan amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2025-yil uchun moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar muhokamasi yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

▫️Jahondagi qiyin vaziyatga qaramasdan, ichki imkoniyatlarni ishga solish hisobiga, oʻtgan 9 oyda mamlakatimiz iqtisodiyoti 6,6 foizga, sanoat 7 foizga oshdi. Yil yakunigacha kamida 6 foiz oʻsish kutilmoqda.

▫️Oltin-valyuta zaxirasi bu yil ilk bor 40 milliard dollardan oshdi. Aholining milliy valyutadagi depozitlari 50 foiz oʻsdi.

▫️Tashqi investorlar ishonchi ortgani tufayli xalqaro bozorlarda 4 milliard dollarlik yevrobond joylashtirildi.

Bularning natijasida joriy yilda investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33 foizdan oshadi. Eksport qariyb 19 foizi oʻsishi kutilayapti.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi

Prezident qaroriga koʻra, strategiya quyidagilarni nazarda tutadi:

▫️Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish boʻyicha erishish lozim boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlar, shu jumladan:

— sunʼiy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQSH dollariga yetkazish;

YaIDXP (my.gov.uz) da sunʼiy intellekt asosida koʻrsatilayotgan xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish;

— sunʼiy intellekt yoʻnalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish;

— Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksida (Government AI Readiness Index) Oʻzbekistonni birinchi 50 ta oʻrindagi davlatlar qatoriga kirishiga erishish.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari yoʻl xoʻjaligi sohasidagi muhim vazifalarni koʻrsatib oʻtdi

– Oʻzbekistonning geografik joylashuvini eʼtiborga olsak, tashqi savdoda xalqaro yoʻllarning ahamiyati juda katta. Shu bois Andijon bilan Qoʻngʻirotni, Termiz bilan Toshkentni bogʻlaydigan jami 4 ming kilometrlik xalqaro yoʻllarimiz eng yuqori talablarga javob berishi shart,

 – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon oraligʻidagi pulli yoʻl loyihalarini jadallashtirish, ularni qatnov darajasi yuqori boʻlgan uchastkalarda qurish zarurligi qayd etildi. Bunday hollarda muqobil bepul yoʻl mavjud boʻlishi alohida qonun bilan belgilanadi.

Bugungi kunda 4 ming 700 ta koʻprik taʼmirtalab holatda. Uch yillik dastur ishlab chiqib, ularni bosqichma-bosqich taʼmirlash vazifasi qoʻyildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoʻl xoʻjaligi sohasida qilingan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.

Avtomobil yoʻllari – iqtisodiyotning “qon tomiri”. Shu bois mamlakatimizda bu sohaga alohida eʼtibor qaratilib, ish koʻlami va sifati oshirib borilmoqda. Xususan, ilgari, 2009-2016-yillarda 9 trillion soʻm evaziga ming kilometrdan koʻproq yoʻl qurilgan va 20 ming kilometr taʼmirlangan boʻlsa, soʻnggi sakkiz yilda bu koʻrsatkichlar 6 barobargacha oʻsgan. Yaʼni, sohaga 58 trillion soʻm ajratilib, 2 ming kilometr yoʻl barpo etilgan, 100 ming kilometri taʼmirlangan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

"Yosh fermer" loyihasi doirasida Nukusda biz oziq-ovqat xavfsizligi sohasida duch kelayotgan xavf-xatarlar, iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligiga qanday tahdid solishi, hosildorlikni pasaytirishi va ocharchilikni oshirishi haqida eslatib turuvchi kun — Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag‘ishlangan "Daladan dasturxongacha" ekologik ta’lim festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda "Eco-schools Uzbekistan" loyihasining asosiy ramzi bo‘lmish Yashil bayroq tantanali ravishda ko‘tarildi. Qoraqalpog‘istonlik g‘oliblarga Yashil bayroqni qo‘lga kiritgan O‘zbekistondagi yana 8 ta maktab o‘quvchilari onlayn tarzda qo‘shildilar.

Ziroat Mirziyoyeva o‘quvchilarni mukofot bilan samimiy qutladi. Qutlov so‘zlarini FAO bosh direktori o‘rinbosari Viorel Gutsu va FEE ta’lim masalalari bo‘yicha katta direktori Pramod Kumar Sharma ham bildirdilar.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Har bir ovoz muhim! Saylovda ishtirok eting!

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Rahmatulla Nurimbetov — Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi.

Bunga qadar u Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 4-mis boyitish fabrikasi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosib, ushbu yangi zavod qurilishini boshlab berdi.

Qiymati 5,3 milliard dollarlik bu loyiha orqali yiliga 146 ming tonna katodli mis, 13 tonna oltin va 73 tonna kumush olish quvvatlari yaratiladi. Yillik ishlab chiqarish hajmi 1,9 milliard dollarga yetadi. Fabrika va uning infratuzilmalarida 3 mingdan ortiq kishi ishlaydi.

Loyihaga Italiyaning “Wood” hamda Buyuk Britaniyaning “Worley Parsons” kompaniyalari jalb qilingan. Ishlab chiqarishda yuqori texnologik, ekologik xavfsiz va tejamkor texnologiyalar qoʻllanishini belgilangan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident viloyatda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida kelasi yili 116 ming aholini kambagʻallikdan olib chiqish boʻyicha hisob-kitoblarni maʼqullamadi.

Toshkent viloyati kichik biznes orqali aholi ishli qilish boʻyicha respublikada eng oxirgi oʻrinlarda turibdi. Viloyat sanoatining atigi 25 foizi kichik biznesga toʻgʻri keladi. Yoki, oilalar daromadida kichik biznes ulushi 1,5 foizni tashkil qiladi.

Viloyatdagi 12 ming vakant oʻrinning 2 mingtasi obodonlashtirish, gul ekish, koʻcha supirish kabi malaka talab etilmaydigan mehnatga mansub. Lekin, ish izlab yurgan 2 ming aholini bu ishlarga jalb qilish oʻrniga, ularga har yili 4 milliard soʻm ishsizlik nafaqasi toʻlanmoqda.

Faoliyatidagi kamchiliklar va sohadagi ishlar qoniqarsiz olib borilayotgani uchun viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari E.Muxitdinov lavozimidan ozod etildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yaqinda bogʻdorchilik boʻyicha yangi tizim joriy qilindi.

Ohangaron va Boʻstonliqda 1 ming gektardan adir va togʻ oldi yerlarida malina va golubika plantatsiyasini, Parkentda 2 ming gektar va Ohangaronda 1 ming gektarda uzum va gilos bogʻlarini tashkil qilish imkoniyatlari koʻrsatib oʻtildi.

Bunda, 5 ming aholini, ayniqsa kambagʻal oilalardan boʻlganlarni daromadli qilish mumkin.

Mutasaddilarga bir yilda 2,2 ming gektar bogʻ va tokzorni yangilash, Angrenda anor sharbatini ishlab chiqarishni boshlash, Ohangaron tumanida olxoʻrini qayta ishlash quvvatini yaratish topshirildi.

Umuman, viloyatni bogʻdorchilik boʻyicha namunali hududga aylantirib, eksportni 300 million dollarga yetkazish vazifasi qoʻyildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Subscribe to a channel