Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi Asosiy telegram kanal: @uza_uz Sayt: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •lotin yozuvida: @uzauzlot
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Shayxontohur va Chilonzor tumanlariga tashrif buyurib, mahallalardagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi.
Каналга уланиш:
➖ @uzauz
Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi
2025-yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalarni olish uchun arizalar 10-iyul, soat 09:00 dan boshlab qabul qilinmoqda.
Qayerga va qanday qilib murojaat qilish mumkin?
➖Yaqindagi Davlat xizmatlari markaziga borib yoki my.gov.uz sayti orqali onlayn: my.gov.uz/oz/service/325
Subsidiya olish uchun quyidagilar talab etiladi:
➖30 balldan kam bo‘lmagan ijtimoiy reyting (ballar to‘g‘risida my.gov.uz saytida ma’lumot beriladi)
Daromad chegaralari:
➖Viloyatlar va Qoraqalpog‘istonda: 3,1 mln so‘mdan 9,2 mln so‘mgacha
➖Toshkent shahrida: 3,1 mln so‘mdan 10,6 mln so‘mgacha
➖Ariza beruvchi va turmush o‘rtog‘i nomida uy-joy bo‘lmasligi shart
➖Ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun alohida mezonlar mavjud
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
⚡Andijon va Surxondaryoda Soliq boshqarmalarining
bosh inspektorlariga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi
▫️Andijon viloyati Soliq boshqarmasining Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh inspektori mansab mavqeidan foydalanib, Oltinko‘l tumanida radio va teleapparaturalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJ tomonidan soliq va yig‘imlar bo‘yicha topshirilgan soliq hisobotlarida tovarlar realizatsiyasi to‘g‘ri aks ettirilmaganligi natijasida MCHJga juda ko‘p miqdorda soliq hisoblanishi hamda soliq tekshiruvi o‘tkazilishini aytadi.
So‘ngra Soliq boshqarmasidagi hamkasblari orqali ushbu tekshiruvni o‘tkazmaslikni va’da qilib, evaziga 3 ming AQSH dollari talab qiladi va muqaddam MCHJ ta’sischisidan 500 AQSH dollari oladi.
Ammo, u qolgan 2 ming 500 AQSH dollarini olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
▫️Surxondaryo viloyati Soliq boshqarmasining Soliq organlari faoliyati ustidan nazorat qilish bo‘limi bosh inspektori Jarqo‘rg‘on tumanida mototsikllar va ehtiyot qismlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJga nisbatan o‘zining vakolatli hamkasblari orqali sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish bilan qo‘rqitib, mazkur tekshiruvni amalga oshirmaslik evaziga MCHJ rahbaridan 2 ming 500 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va Prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda ushbu soliq idoralari xodimlariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi "v" bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
⚡️DXX: Sirdaryoda prokuror o‘rinbosari ushlandi
Guliston shahar prokurori o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, Boyovut tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbariga nisbatan Boyovut tumani IIB Tergov guruhi ish yurituvidagi Jinoyat Kodeksining 168- va 167-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llamaslik hamda keyinchalik ishni gumonlanuvchi foydasiga hal qilib berish evaziga 10 ming AQSH dollari miqdorida pora so‘raydi.
Davlat havfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonun himoyachisi talab qilingan pul mablag‘ini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda prokuror o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha o‘zgartirilmoqda.
Yangi O‘zbekiston ko‘chasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari sababli ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha o‘zgartirilmoqda.
➖2025-yil 9-iyuldan 9-avgustga qadar quyidagi yo‘nalishlar harakati Milliy bog‘ ko‘chasi orqali tashkil etiladi:
➖190-sonli avtobus yo‘nalishi
Yangibozor AShB — Mashinasozlar metro bekati AShB yo‘nalishida avtobuslar Milliy bog‘ ko‘chasi orqali harakatlanadi.
Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
➖ 106-sonli avtobus yo‘nalishi
Saodat savdo markazi — Akfa Universiteti yo‘nalishida avtobuslar Milliy bog‘ ko‘chasi orqali harakatlanadi.
Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
⚡Endilikda qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir oyda qarori chiqmasa, haydovchi hech qanday jarima to‘lamasligi belgilandi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
❗"Surunkali qoidabuzarlar" dasturi ishga tushiriladi
Qarama-qarshi harakatlanish, chiroqning qizil rangida o‘tish bir oy ichida 2 marta sodir etilsa yoki tezlik 5 marta oshirilsa – 1-yilgacha jarimadan chegirma berilmaydi.
Bunday huquqbuzarliklar bir oy ichida 10 tadan ko‘p bo‘lsa – 6 oygacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinadi.
Shuningdek, tezlik uchun jarimalarni qayta ko‘rib chiqib, me’yordan 2-3 karra tez yurganlarni haydovchilik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritish maqsadga muvofiq ekani qayd etildi.
▫️O‘tgan yilda haydovchilar 24 millionta huquqbuzarlik sodir etgan. Bularning 81 foizi qo‘pol qoidabuzarlikka kiradi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Poytaxtga kuniga 1 million odam tashrif buyurmoqda
Shundan 275 ming nafari Toshkent viloyatidan kelmoqda. Shu bois poytaxt jamoat transporti yagona aglomeratsiya tizimiga o‘tib, Toshkent viloyatining barcha tutash hududlarini qamrab oladi.
Buning uchun, Toshkent xalqa yo‘ligacha kelayotgan 20 ta avtobus yo‘nalishi 15-20 kilometrga uzaytiriladi, yana yangi 6 ta marshrut qo‘shiladi. Bu Toshkent viloyati aholisi uchun katta qulaylik bo‘ladi.
"Marshrutlar uzaysa, kutish vaqti ko‘payadi", deb aholi xavotirga tushmasin. Sentyabrgacha poytaxtga 200 ta, keyingi yili yana 1 mingta avtobus olib kelamiz",
– dedi davlatimiz rahbari.
Yangi tizimni poytaxt va Toshkent viloyati uchun 1-sentyabrdan, yirik shaharlarda esa kelasi yili 1-yanvardan joriy qilish topshirildi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Ichki yo‘llarni tartibga olish uchun viloyat va tuman hokimlari mas’ul bo‘ladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy bayonoti
BMT Inson huquqlari kengashining O‘zboshimchalik bilan hibsga olishlar bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan G. Karimovaning jinoiy javobgarlikka tortilishi yuzasidan qabul qilingan 17/2025-sonli mulohazasiga javoban O‘zbekiston Respublikasi Hukumati quyidagilarni ma’lum qiladi:
1. Hukumat Ishchi guruhning fikri Manba tomonidan taqdim etilgan bir tomonlama subyektiv ma’lumotlar asosida shakllantirilgani, O‘zbekiston Hukumatining bu borada rasmiy javobi taqdim etilgani, ammo u rasmiy protsessual muddatlar tufayli e’tiborga olinmaganidan tashvish bildiradi. Bunday yondashuv BMT organlari amal qilishi zarur bo‘lgan xolislik va beg‘arazlik prinsiplariga putur yetkazadi.
2. O‘zbekiston o‘zaro hurmat, xalqaro huquq normalariga rioya qilish va ikki yoqlama standartlarga yo‘l qo‘ymaslik tamoyillariga asoslangan muloqot va xalqaro hamkorlik uchun hamisha ochiq.
3. G. Karimovaga nisbatan barcha jinoiy ishlar jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilik normalariga qat’iy rioya qilgan holda, shuningdek, mamlakatning xalqaro majburiyatlarini, jumladan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt qoidalarini inobatga olgan holda qo‘zg‘atilgan hamda ko‘rib chiqilgan.
4. Himoyaga bo‘lgan huquq va odil sudlov huquqi jinoyat protsessining barcha bosqichlarida ta’minlangan. G. Karimova mustaqil ravishda tanlangan yoki belgilangan tartibda tayinlangan himoyachilarga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan. Jinoyat ishiga oid materiallar bilan tanishish, qarorlar ustidan shikoyat qilish hamda himoyachi bilan muloqotning maxfiyligi tamoyiliga rioya qilingan.
5. G. Karimova ishi bo‘yicha sud qarorlari vakolatli sudlar tomonidan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar, jumladan soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, jinoiy daromadlarni legallashtirish, davlat mulkini g‘ayriqonuniy o‘zlashtirish, firibgarlik va davlatga juda katta miqdorda zarar yetkazgan boshqa jinoyatlar sodir etilganligini tasdiqlovchi yetarli dalillar asosida chiqarilgan.
6. G.Karimovaning 2014-yilda go‘yoki o‘zboshimchalik bilan hibsga olingani, uzoq muddat uy qamog‘ila saqlangani, "oshxonadagi sud" va boshqa shu kabi da’volar asossizdir. Barcha protsessual harakatlar va sud muhokamalari protsessual qonunchilik normalari va talablariga to‘liq muvofiq holda o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda mahkuma sud qarorlari ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati mazkur ish bo‘yicha siyosiy sabablar mavjudligi to‘g‘risidagi da’volarni qat’iyan rad etadi. Huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarining barcha harakatlari faqat sudlanuvchining jinoiy harakatlarni sodir etishdagi aybini to‘liq tasdiqlovchi huquqiy va daliliy jihatlarga asoslangan bo‘lib, uning qonuniy iqtisodiy faoliyati va/yoki siyosiy mavqei yoki qarashlariga daxl qilmagan.
8. Shu nuqtayi nazardan, 2022 yilda Shvetsariya Konfederatsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi Bitim doirasida G.Karimova ilgari jinoiy yo‘l bilan orttirgan va qaytarilgan moliyaviy mablag‘lardan O‘zbekiston Hukumatining islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun foydalanish maqsadida «Vision 2030» jamg‘armasi tashkil etilganini ta’kidlaymiz. Jamg‘arma boshqaruvi BMTning Ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi orqali amalga oshirilmoqda.
9. O‘zbekiston inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini vijdonan bajarib kelmoqda va BMT mexanizmlari, jumladan maxsus tartib-taomillari bilan konstruktiv muloqotni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqlaydi.
10. Hukumat xalqaro tuzilmalarda o‘z obro‘sini himoya qilish, shuningdek, ishonchli axborotni manfaatdor tomonlarning keng doirasiga tushuntirish bo‘yicha keyingi qadamlarni qo‘yish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O‘tgan oyda haydovchilarga berilgan qator yengilliklar sanab o‘tildi:
▫️Birinchi bor huquqbuzarlik qilganlarni jazolash emas, ogohlantirish yo‘lga qo‘yildi.
▫️Yo‘l chiziqlarini bosish holatlarini kamera orqali fiksatsiya qilish bekor qilindi.
▫️Jamoat transporti uchun mo‘ljallangan tasmalarda kechqurun boshqa haydovchilar ham yurishiga ruxsat berildi.
▫️Shaharlarda yo‘llarni kunduzi ta’mirlash taqiqlandi.
▫️Radar bor joyda yo‘l belgisini o‘rnatish majburiy bo‘ldi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
⚡DXX: Uchtepa tumanida joylashgan "Avtomobil ehtiyot qismlari" bozoridagi jinoiy guruh a’zolari ushlandi
▫️Uchtepa tumanining Farhod ko‘chasida joylashgan "Avtomobil ehtiyot qismlari" bozorida 12 nafar shaxsdan tashkil topgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.
Jumladan, jinoiy guruh a’zolari mijozning avtotransport vositasiga uning ruxsatisiz va oldindan kelishmagan holda turli jihozlar o‘rnatib, texnik xizmat ko‘rsatishgan. Shundan so‘ng, ushbu xizmat bozor narxida 600 AQSH dollari bo‘lishiga qaramasdan, fuqarodan 13 ming 300 AQSH dollarini tovlamachilik yo‘li bilan undirishgan.
Eng ayanchlisi, e’tiroz bildirib, o‘z haqqini talab qilgan mijozga zo‘ravonlar qo‘rqitish yo‘li bilan tahdid qilishadi.
▫️Yana shunga o‘xshash holatda esa jinoiy guruh a’zolari boshqa bir fuqaroning avtomashinasiga uning roziligisiz turli ehtiyot qismlarni o‘rnatib, undan 3 barobar qimmat narxda pul talab qilishadi. Aniqlanishicha, ular avtomashina kalitini fuqarodan olib qo‘yib, tazyiq o‘tkazish orqali undan 15 mln. so‘m undirishgan.
Bundan tashqari, qonunbuzarlar yana 2 nafar fuqaroning avtomashinasini qo‘shimcha ehtiyot qismlar bilan jihozlash uchun ulardan jami 70 mln so‘m miqdorida pul olib, va’da qilingan ishni bajarishmagan.
Ta’kidlash joizki, jinoiy guruh a’zolarining ko‘pchiligi 1988 - 2002-yillar oralig‘ida Toshkent shahri, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tug‘ilgan bo‘lib, ularning aksariyati muqaddam sudlangan shaxslar hisoblanadi.
Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165 - (tovlamachilik) va 168 - (firibgarlik) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov doirasida guruh a’zolarining boshqa jinoiy harakatlariga va ulardan jabr ko‘rgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#RASMIY_MUNOSABAT
⚡Toshkent metropoliteni: "Bu ishlarning mutlaqo buzib qaytadan qurishga aloqasi yo‘q"
Hali topshirilganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmagan yangi metro relslari olib tashlanayotgani tasvirlari tarmoqlarda paydo bo‘ldi. Bu tasvirlar ortidan jamoatchilik turli e’tirozlar bilan chiqmoqda. "Yap-yangi metro liniyasini bir yildayoq boshqatdan buzib tashlayveradimi?", "Nega biz bundaymiz?", "Hali uncha ko‘p vaqt bo‘lmagan relslar nega almashtirilmoqda?" kabi savollar paydo bo‘lgan.
O‘zA jamoatchilik e’tirozlariga javob olish maqsadida metropoliten mutasaddilaridan rasmiy izoh so‘radi.
"Toshkent metropoliteni" DUK matbuot xizmati rahbari To‘ychi Mirzayevning O‘zAga ma’lum qilishicha, "...bu ishlarning mutlaqo buzib qaytadan qurishga aloqasi yo‘q. Bu — metro liniyalarini texnik jihatdan to‘liq tekshirish, kichik kamchiliklarni bartaraf etish va xalqaro standartlarga muvofiq profilaktik xizmat ko‘rsatishdir".
Каналга уланиш
➖ @uzauz
Yangi O‘zbekiston yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining "Yangi O‘zbekiston" bog‘i manzilida yer osti yo‘l o‘tkazgichi qurilmoqda va qurilish taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan 09.07.2025 yil. soat 07:00dan 09.08.2025y. kuniga qadar Yangi O‘zbekiston yo‘lining (Toshkent viloyatidan harakatlanib kelishda) "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga tutash qismidan avtoulovlar harakati to‘xtatiladi. Avtoulovlar harakati "Yangi O‘zbekiston" bog‘i chegara hududidagi yo‘l orqali "Milliy bog‘" ko‘chasiga yo‘naltiriladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#Prezident_qarori
⚡O‘zbekiston sportchilari Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga kompleks tayyorlanadi
“2028 yil Los-Anjeles shahrida (AQSh) bo‘lib o‘tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Quyidagilar O‘zbekiston sportchilarini Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlashning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
➖sportning ustuvor toifadagi boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash, og‘ir atletika turlari bo‘yicha medallar sonini oshirish;
➖sportning rivojlanayotgan toifadagi triatlon, voleybol, stol tennisi, basketbol, zamonaviy besh kurash kabi 21 ta turi bo‘yicha lisenziyalarni qo‘lga kiritish;
➖ xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
➖Shuningdek, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida erishgan natijalardan kelib chiqib, sport turlari ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalarga ajratiladi.
➖Ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalardagi sport turlari ro‘yxati har 4 yilda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan kalendar' yilning yakuniga qadar qayta ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#BIRLAMCHI_MALUMOT
ToshMI chorrahasida yer tagida truba portlagani yuzasidan:
Ijtimoiy tarmoqlarda "Hozirgina ToshMI chorrahada yer tagida truba portladi" sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan birlamchi ma’lumot.
Bugun, 10-iyul kuni soat 11:00 larda Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Farobiy ko‘chasi hududidan o‘tuvchi dastlabki taxminlarga ko‘ra diametri 800 mm issiqlik ta'minoti quvirida kuchli bosim ostida yorilish hodisasi yuzaga kelgan.
Hodisa joyiga zudlik bilan yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Tan jarohati olganlar to‘g‘risida hozircha ma’lumot kelib tushmadi.
O‘zA tomonidan hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Каналга уланиш:
➖ @uzauz
#TAYINLOV
Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markaziga yangi rahbar tayinlandi
Xoliqov Abduvali Jonizoqovich Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori etib tayinlandi.
Bungacha A. Xoliqov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash va ta’lim sifatini ta’minlash departamenti boshlig’i vazifasida faoliyat yuritib kelgan.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
⚡️DXX Chegara qo‘shinlarining uchuvchisiz aviatsiya majmuasi foydalanishga topshirildi
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
⚡DXX: Sharof Rashidov tumani hokimi 10 ming dollar pora olayotganda qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimligining bosh mutaxassisi qurilish sohasida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbariga tuman hududidan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratib berishni va’da qiladi va evaziga 30 ming AQSH dollari talab qiladi.
Joriy yilning 5-iyul kuni bosh mutaxassis so‘ralgan pul mablag‘idan 10 ming AQSH dollarini olib, tuman hokimiga beradi. 8-iyul kuni esa tadbirkordan qolgan 20 ming AQSH dollarini ham oladi. Unga tuman hokimining tegishli qarori bilan "Tokchilik" MFY hududida umumiy o‘rta ta’lim maktab binosini barpo etish uchun ajratilgan 1,7 gektar yer maydonida 8 ta ko‘p qavatli uy qurilishiga ruxsat berilgan hujjatlarni taqdim etadi.
So‘ngra, bosh mutaxassis hokimiyat binosi oldida tuman hokimiga 10 ming AQSH dollarini bergan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Hozirda Sharof Rashidov tumani hokimi deputatlik daxlsizlik huquqidan mahrum qilinib, unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan, bosh mutaxassisga esa Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Eslatib o‘tamiz, Mahmud Parsamatovich Xolbo‘tayev 2019-yil 26-oktyabridan Sharof Rashidov tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan edi. U O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan "Do‘stlik" ordeni bilan ham taqdirlangan.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
❗Ichki ishlar vazirligiga viloyat hokimlari bilan tezlik cheklovlarini qayta ko‘rib chiqsa bo‘ladigan yo‘l uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish topshirildi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezident: "Men ham tirbandlikda turdim"
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
❗Mutasaddilarga barcha tashkilot va mahallalardagi asossiz qo‘yilgan taqiqlovchi belgilarni olib tashlash topshirildi
Vazirlik va idoralar xodimlari aholiga noqulaylik yaratib, "parkovka" qilib olgan hududlarda foto va video kameralar o‘rnatib, jazo muqarrarligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
Davlat xizmatchilari jamoat transportida yurish bo‘yicha namuna bo‘lishi kerakligi qayd etildi. Endilikda Hukumat qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatdan tashqari rahbarlarning xizmat mashinasiga yo‘llarda ustunlik berilmasligi belgilandi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
⚡Qashqadaryo viloyatida 4 balllik zilzila sodir bo'ldi
Bu haqida Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzilaning sezilish kuchi:
▫️Nishon tumanida 2-3 ball;
▫️G'uzor tumanida 2 ball;
▫️Qarshi shahrida 2 ball.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
"Xavfsiz yo‘l" milliy dasturi doirasida "Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda" respublika jamg‘armasi faoliyati qayta tashkil qilinib, Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.
Har bir viloyatda jamg‘armaning alohida filiallari bo‘ladi.
Bu yil jamg‘armaga barcha manbalar hisobidan 400 milliard so‘m tushishi prognoz qilingan.
Bunga qo‘shimcha, foto-video radardan byudjetga tushadigan jarimaning 25 foizi ham jamg‘arma va uning filiallariga yo‘naltiriladi.
YHXX tizimidagi yo‘l belgilari va svetofor o‘rnatish, yo‘l chiziqlarini chizishga mas’ul korxonalar ham viloyatga o‘tkaziladi.
Jamg‘armaning faoliyati shaffof bo‘ladi, unga viloyat YHXB va yo‘l boshqarmasi boshliqlari, jamoatchilik vakillari kiradi.
Bundan buyon ushbu jamg‘arma mablag‘lari birinchi galda avariya o‘choqlari bo‘lgan xavfli uchastkalarni tartibga solishga yo‘naltiriladi (yo‘lni ajratuvchi to‘siqlar, yo‘l belgilari, yoritgichlar o‘rnatish, piyoda yo‘laklari tashkil qilish, chorrahalarni raqamlashtirish).
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
❗O‘tgan yili 9 ming 364 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan
Ushbu mudhish hodisalarda qariyb 9 ming fuqaro jarohat olgan.
Eng achinarlisi, avariyalar tufayli 2 ming 203 nafar odam halok bo‘lgan. Eng ko‘p o‘lim holatlari Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi
Oxirgi 7 yilda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va tirbandlikni kamaytirish bo‘yicha ko‘p ishlar qilingani ta’kidlandi.
▫️Yo‘llarni qurish va ta’mirlashga 61 trillion so‘m ajratildi. Bu 2017-yilgacha berilgan mablag‘lardan 3,5 barobar ko‘p.
▫️Onlayn murojaat tizimi ishga tushib, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalariga kelish 50 foizga kamaydi.
▫️3 ming 365 nafar YHXX xodimiga elektron planshet va bodikamera olib berildi. Qoidabuzarliklarni sun’iy intellekt asosida saralash va qaror chiqarish amaliyoti joriy qilindi.
▫️Haydovchilik huquqiga imtihon, yo‘l chiziqlari chizish, texnik ko‘rik kabi 8 ta xizmat tadbirkorlarga autsorsingga berildi.
▫️Shaharlarda jamoat transporti uchun maxsus yo‘laklar tashkil qilindi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, infratuzilmasini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#RASMIY_MUNOSABAT
UzTest haqiqatan ham 400 mln so‘mlik sinov va o‘lchash uskunalari o‘g‘irlab ketilganini tasdiqladi
O'zA "UzTest"da sodir bo'lgan, Germaniyadan O‘zbekistonga olib kelingan 3 dona sinov laboratoriya jihozining biri tag-tugi bilan yo‘qolib qolgani haqida xabar e'lon qilgan edi.
Mazkur xabarga O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi rasmiy munosabat bildirdi:
"Haqiqatan ham UzTest Buxoro hududiy filialida qiymati 150 million so‘mlik “Tormoznoy stend” sinov uskunasi hamda 250 million so‘mlik gazballonlarni o‘lchash vositalari o‘g‘irlangan. Mazkur holat, aslida, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Komplayens nazorat bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan.
Bu haqda hujjatlar 2024-yil noyabr oyida Buxoro viloyati huquqni muhofaza qilish idoralariga yuborilib, aniqlangan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi".
Shuningdek, bayonotda O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazida (UzTest) 6 mlrd so‘m mablag‘ni maqsadsiz sarflab yuborilgani iddao qilingan xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmasligi bayon qilingan. "Agentlik Komplayens nazorati bo‘limi tomonidan tizim tashkilotlari, shu jumladan, Markazning moliyaviy faoliyati ustidan doimiy monitoring o‘rnatilgan", deyiladi Markaz matbuot xizmati xabarida.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#TAYINLOV
⚡️ O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzatilla Xolmedov O‘zbekiston davlat satira teatriga direktor etib tayinlandi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O‘zbekiston BRIKSning hamkoriga aylandi
Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan BRIKSning 17-sammitida ishtirok etdi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz