uzauz | Unsorted

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28309

Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi Asosiy telegram kanal: @uza_uz Sayt: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •lotin yozuvida: @uzauzlot

Subscribe to a channel

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOVLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:

Xilola Uktamovna Umarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi;

Tamila Anvarovna Aliyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Timur Nuryigitovich Butunbayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Nodira Jalalovna Xakimova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Sherzod Farxod o‘g‘li Ozodzoda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tadbirkorlik loyihalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi;

Dilnoza Muradovna Ziyamuxamedova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Buxoro viloyatining Jondor tumanida 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi

Boshqa hududida sezilish kuchi:

Peshko‘ tumanida 2–3 ball;
Gazli shahrida 2 ball;.
Qorakol tumanida 2 ball.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 15-iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 699,14 soʻm (+ 84,07)
1 EUR 14 847,83 soʻm (+ 93,24)
1 RUB 162,16 soʻm (+ 0,14)

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan "Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmon imzolandi. Ushbu Farmonga muvofiq, Prezident Administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi. Natijada Administratsiya va uning tarkibidagi tashkilotlarda 284 ta shtat qisqartirildi, takrorlanuvchi lavozimlar optimallashtirildi.

Farmonga asosan, endilikda Prezident Administratsiyasi faoliyatida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilandi. Bular — ta’lim, biznes, sud-huquq tizimi, tibbiyot va suv resurslari masalalaridir. Ushbu yo‘nalishlarda islohotlarni samarali amalga oshirish maqsadida Prezident Administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi.

Bundan tashqari, Prezidentning strategik rivojlanish, tashqi siyosat bo‘yicha yangi maslahatchi lavozimlari kiritilib, moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt, kreativ iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish, jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi, tadbirlarni tashkillashtirish, yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash bo‘yicha, shuningdek, kommunikatsiya departamentlari tashkil etildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡Toshkent shahri va Namangan viloyatida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

▫️Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.X. fuqaro Z.A.ning ishonchiga kirib, go‘yoki uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga kirish uchun o‘tkaziladigan ijodiy imtihondan yuqori ball olib berib, davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

▫️Shu kabi, Departamentning Norin tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.V. fuqaro J.U.ning ishonchiga kirib, uni Toshkent shahridagi xususiy universitetlardan biriga 3 kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 4,5 milliondan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli 4 million 522,1 ming dona avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan.

Avtotransport vositalari tarkibi quyidagicha:

▫️Yengil avtomobillar – 4 million 207,6 ming dona;
▫️Yuk avtomobillari – 293,3 ming dona;
▫️Mikroavtobuslar – 7,7 ming dona;
▫️Maxsus texnikalar – 7,4 ming dona;
▫️Avtobuslar – 6,1 ming dona.

2025-yilning dastlabki uch oyi davomida avtomobillar soni 79,8 mingtaga oshgan.


Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi

Prezident qarori(PQ–223-son, 11.07.2025 y.)ga ko‘ra, Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari bo‘yicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi.

Ekspert kengashining majlislari 1 oyda kamida 2 marta o‘tkaziladi.

Ekspert kengashiga soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqishda quyidagi vakolatlar beriladi:

▫️soliq organlarining qarorlaridan norozi bo‘lgan tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, bundan jinoyat ishi doirasida yoki sud tartibida ko‘rib chiqilayotgan soliqqa oid nizolar mustasno;

▫️murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi yuzasidan xulosa qabul qilish;

▫️qabul qilingan xulosalarni majburiy tartibda ko‘rib chiqish uchun soliq, bojxona va tegishli davlat organlariga yuborish hamda bu haqda tadbirkorni xabardor qilish.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Taxtiqoracha dovonida pullik tunnel quriladi

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi dovonda 7 kilometr uzunlikdagi pullik tunnel qurilishi rejalashtirilmoqda. Uni qurish uchun 3 ta kompaniya da’vogarlik qilmoqda.

Ushbu loyiha bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik shartnomasi imzolanadi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov ma’lum qilgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Nukus davlat pedagogika institutiga yangi rektor tayinlandi

Alisher Ubbiyev Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huziridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Toshkent va Farg‘ona shaharlarida OTMga noqonuniy o‘qishga kiritish holatlari aniqlandi

▫️Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi o‘zining mansabdor tanishlari orqali poytaxtlik fuqaroni mazkur oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

▫️Boshqa holatda esa Farg‘ona davlat universitetining kafedra o‘qituvchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaroni boks bo‘yicha darajali unvoni mavjudligi haqida hujjat tayyorlab, mazkur universitetning harbiy ta’lim fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3800 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur o‘qituvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 14-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 615,07 soʻm (– 19,27)
1 EUR 14 754,59 soʻm (– 66,75)
1 RUB 162,02 soʻm (- 0,35)

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Toshkent shahridagi baʼzi ko'chalarda harakat vaqtincha cheklanadi

2025-yil 11-iyul soat 22:00 dan 14-iyul soat 06:00 gacha Yakkasaroy tumani Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko'chalari kesishmasidagi chorrahada qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli bilan quyidagi cheklovlar amal qiladi:

- Bratislava yoki Glinka ko'chalari yo'nalishida harakatlangan transport vositalari uchun chorrahada to'g'riga va chapga o'tish yopiladi, faqat o'ngga burilish mumkin;
- Shota Rustaveli ko'chasi yo'nalishida chorraha orqali faqat to'g'riga va o'ngga harakatlanish mumkin.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Magistraturaga jami qancha talabgor hujjat topshirgani ma’lum bo‘ldi

Magistraturaga arizalar qabuli davom etmoqda. Bungacha 6 ming 270 ta ariza kelib tushgan. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Ma’lumot uchun, ariza topshirishda:
➖Bakalavr diplomi;
➖Chet tilini bilish sertifikati kerak bo‘ladi.

Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi:
➖Tegishli yutuqlari mavjud;
➖Nogironlik ma’lumotnomasi mavjud (ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar).

Eslatib o‘tamiz, arizalar my.edu.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi Yangi Kamolon mahallasining hayoti bilan tanishdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 11-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 634,34 soʻm (– 18,98)
1 EUR 14 821,34 soʻm (– 0,76)
1 RUB 162,37 soʻm (+ 0,48)

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, takrorlanuvchi nazorat funksiyalarini bekor qilish, qaror qabul qilishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash nuqtayi nazaridan samaradorligi oshiriladi.

Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida mahalliy hokimliklarning iqtisodiy, ma’muriy va moliyaviy vakolatlari yanada kengaytiriladi.

Farmon talablarini inobatga olgan holda Hukumat ijro apparati va ijro etuvchi organlarning shtat-tuzilmalari ham qayta ko‘rib chiqiladi va maqbullashtiriladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Farmon bilan vazirlik va idoralarning qaror qabul qilishdagi mustaqilligi oshiriladi. Bu bilan bog‘liq byurokratik jarayonlar qisqaradi, ular proaktiv faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlar kengaytiriladi.

Hukumat qarorlari, idoraviy hujjatlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari hujjatlari bilan tartibga solinadigan masalalar ro‘yxati belgilanadi.

Endilikda idoralar o‘zlariga tegishli sohani mustaqil tartibga solish vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qila oladi.

Idoraviy hujjatlarni Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qayta ishlash (tahrirlash) imkoniyati yaratiladi. Idoraviy hujjatlarni xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonida ularga huquqiy normalarni kiritishga ruxsat etiladi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Endilikda har qanday normativ-huquqiy hujjat va loyiha Prezident Administratsiyasi huzuridagi ilmiy-tahliliy institutlar tadqiqotlari, olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlarning tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi.

Muhim yo‘nalishlar loyiha ofislari orqali amalga oshiriladi. Administratsiya faoliyatida "komplayens" tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa shaffoflikni ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash va korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Ayrim yo‘nalishlarda Prezident vakillari lavozimlari joriy etildi. Shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati tugatilib, uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda.

Davlat idoralarining jamoatchilik oldidagi hisobdorligi oshirilmoqda. Matbuot kotiblari instituti yanada mustahkamlanadi, aholi bilan kommunikatsiya qilish va ommaviy axborot vositalari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etilmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Liftlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (431-son, 12.07.2025 y.) bilan "Liftlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, bino va inshootlarda o‘rnatilgan, doimiy ravishda foydalanishda bo‘lgan liftlar 12 oydan oshmagan holda kamida 1 marta majburiy davriy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Foydalanishga topshirilgan va yangi o‘rnatilgan har qanday lift maxsus elektron axborot tizimida ro‘yxatga olinishidan avval dastlabki texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi shart.

Dastlabki texnik ko‘rik lift pudratchisining murojaatiga binoan 10 ish kunidan kechiktirmay ixtisoslashgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda texnik ko‘rik natijalarining toifasiga qarab quyidagi ranglarda ma’lumot yorlig‘i liftga yopishtiriladi:

🟢 foydalanishga yaroqli liftga "yashil";

🔵 qisman nosoz liftga "moviy";

🟡 nosoz liftga "sariq";

🔴 foydalanish uchun xavfli liftga "qizil".

Texnik ko‘rik natijasida foydalanish uchun xavfli va qizil rangli ma’lumot yorlig‘i bilan belgilangan liftdan foydalanish taqiqlanishi lozim.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡2030-yilgacha qishloq va ovullarda asfalt qilinmagan yo‘llar qolmaydi — Ilhom Mahkamov

Transport vaziri bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bergan hisobotida ma'lum qildi.

Unga ko‘ra, hozirda 70 foiz ichki yo‘llarga asfalt va shag‘al qoplama yotqizilgan. Qolgan 30 foiz yo‘llarga kelgusi 2 yilda shag‘al yotqizish, 2030-yilgacha esa to‘liq asfaltlash rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡Yoshlarni zaharlayotgan dorifurush qo‘lga olindi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona idoralari hamkorligida Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida istiqomat qiluvchi, 1992 y.t. shaxsning Yangihayot tumanidagi ijaradagi yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 16 ming 249 dona "Zardeks" kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Ma’lum bo‘lishicha, u muqaddam "Telegram" messenjeri orqali savdo qiluvchi shaxs tomonidan Sergeli tumani hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan ushbu dori vositalarini olib, kelgusida mijozlarga sotganidan so‘ng, narkosavdogarga 16 ming AQSH dollari berishi kerak bo‘lgan.

"Zardeks" dori vositalari tarkibida "Pregabalin" kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjud bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi 818-son qaroriga muvofiq, "Pregabalin" moddasi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar turkumiga kiradi.

Hozirda dorifurush fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 251-1 moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov harakati olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Test sinovlari boshlanmoqda

Bugun erta tongdan yurtimiz bo‘ylab oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari boshlanmoqda.

Test sinovlari kuniga 2 smenada yopiq pavilyonlarda tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi.

Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Farg‘onada Qirg‘iz Respublikasidan olib kelingan 14 ming 700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1983 va 1993-yillarda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan 2 nafar fuqaro shaxsiy boylik orttirish maqsadida o‘zaro til biriktirib, o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasining Quvasoy shahri hududidan o‘tuvchi qismida avvaldan kelishilgan holda, Qirg‘iz Respublikasi fuqarosidan 8 ming dona "Zardeks" kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini qabul qilib olishadi.

So‘ngra, ushbu dori vositalarini kelgusida sotish maqsadida Qo‘qon shahrida ijaraga olingan xonadonga olib borgan vaqtlarida ushlandi.

Qo‘qon shahrida kuzatilgan yana bir holatda, mahalliy advokatlik byurosi advokati hamda 1974 va 1984-yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, vitamin dori vositalari ko‘rinishida qadoqlangan jami 4 ming 400 dona "Regapen" kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 180 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur 3 nafar qonunbuzarning barchasi muqaddam sudlangan shaxslar hisoblanadi.

Boshqa holatda esa Farg‘ona-Qo‘qon yo‘nalishida harakatlanayotgan, 1983 y.t., muqaddam Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan sudlangan shaxs boshqaruvidagi avtomashina Uchko‘prik tumani hududida to‘xtatildi.

Xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtotransport vositasining salon qismida 100 dona "Tropikamid" va 559 dona "Regapen" nomli jami 110 mln so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda olindi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsga dorilarni sotgan – Farg‘ona tumanida yashovchi, 1981 y.t. fuqaro Qo‘shtepa tumanida boshqa xaridorga 1 ming 400 dona "Regapen" kuchli ta’sir ta’sir qiluvchi dori vositalarini 2 ming 800 AQSH dollariga sotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Xuddi shu yo‘nalishda harakatlanayotgan yana bir avtomashina ham Uchko‘prik tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, uning salonida Qo‘qon shahrida yashovchi,  mukaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan, 1981 y.t. shaxsga tegishli umumiy qiymati 75 mln so‘mlik 250 dona "Tropikamid" kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ta’kidlash lozimki, barcha holatlarda kuchli ta’sir qiluvchi vositalar Qirg‘iz Respublikasidan olib kelingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekistonda elektromobillar soni 65 mingdan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonda 65,2 ming dona elektromobil ro‘yxatga olingan.

Hududlar bo‘yicha elektromobillar soni:

▫️Toshkent shahri — 49 736 dona;
▫️Toshkent viloyati — 4 512 dona;
▫️Samarqand viloyati — 1 739 dona;
▫️Xorazm viloyati — 1 415 dona;
▫️Farg‘ona viloyati — 1 376 dona;
▫️Qashqadaryo viloyati — 1 338 dona;
▫️Buxoro viloyati — 1 133 dona;
▫️Navoiy viloyati — 901 dona;
▫️Andijon viloyati — 878 dona;
▫️Namangan viloyati — 700 dona;
▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 525 dona;
▫️Sirdaryo viloyati — 404 dona;
▫️Jizzax viloyati — 302 dona;
▫️Surxondaryo viloyati — 198 dona.


Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Toshkentdagi “Uz metal” savdo korxonasida yongʻin chiqdi

Bugun, 11-iyul kuni Toshkent shahar FVB tomonidan, videokuzatuv kameralari orqali Olmazor tumani Usta shirin ko'chasidagi “Uz metal” savdo korxonasida yong‘in sodir bo‘layotgani aniqlandi.

Mazkur xabarga asosan, yong‘in qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 19:34 da yetib borib,  yong'in soat 19:53 da to‘liq o‘chirilgan.

Aytilgan manzilda korxona hududida qurilish chiqindilari 30 kv.m maydonda yonib zararlangani aniqlandi.

Yong’in natijasida tan jarohati olganlar yo’q. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗Fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi

Unga ko‘ra, shaxslarning yashashi uchun uy-joy maydonini beruvchi turar joy mulkdori yoki uni tasarruf etish huquqiga ega shaxs ushbu shaxslarni yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.

Joylashtirish vositalarida turgan shaxslarni turgan joyi bo‘yicha xabardor qilish tartibida ro‘yxatdan o‘tkazish mas’ul xodimlar tomonidan "E-mehmon" tizimi orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekistonning xorijda doimiy yashovchi fuqarolari O‘zbekistonga kirgan kundan 10 ish kunidan kechiktirmay yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi shart.

O‘zbekiston fuqarolarini yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagilarda amalga oshiriladi:

▪️ ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida;
▪️ davlat xizmatlari markazlarida;
▪️ YAIDXP (my.gov.uz) orqali.

Yashash joyi va turgan joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishda uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya etish talab qilinadi.

Manba: Qonun (O‘RQ–1074-son, 10.07.2025 y.)


Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡Buxoroda sifati kafolatlanmagan dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi, 1985 y.t. fuqaroning yashash xonadoni hamda unga aloqador bo‘lgan avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, "Imudon", "Serebrolizin", "Dofamin", "Maaloks" kabi jami 78 nomdagi 978 quti sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, Buxoro shahrida yashovchi, 1962 y.t. shaxs uning jinoiy sherigi ekanligi aniqlandi.

"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DM xulosasiga ko‘ra ushbu dori vositalarining 32 nomdagisi davlat reestrida qayd etilmaganligi, 57 nomdagisiga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi,
6 nomdagisi sifatsizligi hamda 4 nomdagisi qalbakilashtirilganligi, shuningdek, saqlash sharoitlariga amal qilinmaganligi sababli, ularni mamlakatimizda sotish, saqlash va amaliyotida qo‘llash taqiqlanadi.

Holat yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,186 prim 3-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, agarda ushbu dori vositalari to‘xtatib qolinmaganida, ular Buxoro shahri, Shofirkon, Peshku va Romitan tumanlaridagi dorixonalar orqali sotuvga chiqib ketgan bo‘lar edi. Ogoh bo‘ling!

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Mustaqilligimizning 34 yilligi yuksak saviyada nishonlanadi

Prezident qaroriga ko‘ra, milliy istiqlolimizning 34 yillik shonli sanasi Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot darajasi, jahon maydonidagi obro‘-e’tiboriga har tomonlama munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlanadi.

Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkaziladi.

Mustaqillik bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishi ta’minlanadi.

"Ona diyor – ranglar jilosida", "Vatan uchun yashaylik!", "Eng ulug‘, eng aziz" kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlar yuqori darajada o‘tkaziladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentimiz Bunyodkor ko‘chasidagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Kattaqo‘rg‘on tumanida 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “M.A.” fermer xo‘jaligi rahbari G.R. tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Каналга уланиш:
@uzauz

Читать полностью…
Subscribe to a channel