uzauz | Unsorted

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28309

Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi Asosiy telegram kanal: @uza_uz Sayt: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •lotin yozuvida: @uzauzlot

Subscribe to a channel

UzA | Tezkor xabarlar

⚡Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimi takomillashtiriladi

Hukumat qarori (446-son, 16.07.2025 y.) bilan "2025–2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish" konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiya respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish bosqichlarini belgilaydi.

Konsepsiyaga ko‘ra, ichki nazorat tizimini rivojlantirish quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
▫️nazorat muhitining yaxlit tizimini shakllantirish;
▫️xavflarni boshqarishning samarali tizimini joriy etish;
▫️nazorat jarayonlarining natijadorligini oshirish;
▫️axborot va kommunikatsiya tizimini takomillashtirish;
▫️ichki nazorat tizimini doimiy monitoring qilish hamda hisobdorlikni yanada mustahkamlash.

Ushbu ustuvor yo‘nalishlarini quyidagi mexanizmlar orqali amalga oshirish lozim:

▫️ichki nazorat tizimini tashkil etishni standartlashtirish maqsadida qonunchilik asoslarini takomillashtirish;

▫️ichki nazorat tizimini tashkil etishni yanada rivojlantirish;

▫️xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Unga koʻra, nafaqa O‘zbekiston Respublikasidagi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tayinlanadi.

2025-yil 1-sentyabrga qadar nafaqa tayinlash bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va tayinlashning barcha texnik imkoniyatlari yaratiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Toshkent shahar Mirobod tumanida 6 kg. giyohvandlik vositasi savdosining oldi olindi

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️FVV: Ko‘kdala tumanidagi yong‘in oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Bugun, 2025-yil 16-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani Oltindala mahallasida joylashgan aholiga gaz to‘ldirish stansiyasi hududida yoqilg‘i saqlanadigan rezervuarda chaqnash yuz bergan. Hodisadan so‘ng yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda soat 14:40 da FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga koʻra, soat 14:45 da 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:00 da o‘rab olingan, soat 15:35 da esa to‘liq bartaraf etilgan.

Afsuski, hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori boshchiligidagi tajribali mutaxassislardan iborat guruh voqea joyiga yuborilgan.

Kanalga ulanish:
 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh va Qorao‘zak tumanlarida ham 16–18-iyul kunlari barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumani hokimining qarori bilan shu yilning 16-18-iyul kunlari ob-havoning +40 darajadan yuqori bo‘lishi sababli tuman hududidagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Korrupsiya holati fosh etildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX va Bosh prokuratura xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ichki ishlar organlari tizimida qonunbuzilish holati aniqlandi.

Xususan, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Mirobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvoffiqlashtirish boshqarmasining bo‘linma boshlig‘i, podpolkovnik harbiy unvonida bo‘lgan U.S. Yakkasaroy tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan fuqaroga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilib, muqaddam ayblanuvchining qarindoshidan 18 ming AQSH dollari oladi.

Ammo, u bergan va’dasining uddasidan chiqa olmagach, ushbu mablag‘ning bir qismini qaytarayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ilk rivojlanish markazlari tashkil etiladi

Hukumat qarori (439-son, 14.07.2025 y.) bilan "Ilk rivojlanish markazlari to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.

Nizom maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Ilk rivojlanish markazlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Markazlar 3–6 yoshli bolalarni, xususan, kambag‘allik darajasi yuqori va alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan oilalar farzandlarini qamrab olgan holda tashkil etiladi.

Markazlar quyidagi 2 ta model asosida faoliyat ko‘rsatadi:

▫️maxsus maktabgacha ta’lim xizmati modeli – pedagoglar tomonidan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan oilalarning 2–7 yoshli farzandlari uchun yashash xonadoniga borgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish;

▫️o‘yin guruhi modeli3–6 yoshli bolalar uchun Markazlarda tashkil etilgan qisqa muddatli (3,5–4 soat) guruh.

Markazlar tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi huzurida tashkil etiladi.

Markazlarga qabul qilingan barcha tarbiyalanuvchilardan ota-ona to‘lovi undirilmaydi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#RASMIY_XABAR

⚡Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi


2025/2026-o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

▫️2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – transfer.edu.uz;

▫️xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlarigamy.uzbmb.uz.

Arizalar 2025-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡Toshkentda magistraturaga kirish uchun “B1” sertifikatini olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Fuqaro X.E. va uning sheriklari fuqaro N.A.ning ishonchiga kirib, unga magistratura bosqichiga o‘qishga kirish uchun “tanishlari” orqali “B1” sertifikatini olib berishni va’da qilgan. Ular bu “xizmat” evaziga 1 900 AQSh dollari talab qilib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olayotgan paytda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28 va 211-moddalari (pora berish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Advokatning o‘zi advokat himoyasiga muhtoj

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida faoliyat yurituvchi advokatlik hay’ati advokati ichki ishlar idoralari tomonidan qo‘zg‘atilib, hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha mazkur tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha sud idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali ayblanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida yordam berish evaziga 60 ming AQSH dollari talab qiladi.

DXX va Prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat so‘ralgan pul mablag‘idan 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi va 28,211-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡ TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT

17–19-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.

17-iyul kuni respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 18–20-iyul kunlari hududning katta qismida havo harorati 40–43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda (ba’zi joylarda) 44–45 darajagacha ko‘tariladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi

Bugun, 15-iyuldan “Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, jarayonlar quyidagi sanalarda:

▫️Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
▫️Saralash bosqichi — 4–18-avgust;
▫️Targ‘ibot bosqichi — 19–21-avgust;
▫️Ovoz berish bosqichi — 22–31-avgust kunlari o‘tkaziladi.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Administratsiyasining quyidagi rahbar xodimlarining lavozimlari o‘zgarishsiz qoldirildi:

Xayriddin Madriddinovich Sultonov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Spichrayteri;

Shuxrat Madaminovich G‘aniyev
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;

Tursinxan Aydarovich Xudaybergenov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;

Viktor Vladimirovich Maxmudov
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi;

Alisherbek Azizovich Paygamov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti rahbari;

Ulugbek Uchkunovich Kurbanov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Protokoli rahbari.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOVLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:

Alisher Baxadirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Doniyor Baxtiyorovich Kadirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Gayane Olegovna Umerova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Sherzod Ikromovich Asadov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamentining rahbari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi lavozimidan ozod etildi;

Nodirjon Abduqunduzovich Abduraximov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi;

Bobur Botirovich Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Zilemxan Haydarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi;

Ella Anatolevna Djaxangirova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tadbirlarni tashkillashtirish departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti protokolining rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 18-iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 658,19 soʻm (– 100,17)
1 EUR 14 672,11 soʻm (– 148,00)
1 RUB 161,44 soʻm (– 1,90)

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Farg‘onada noqonuniy diniy ta’lim bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga pul talab qilgan inspektor ushlandi

Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasining Patrul-post xizmati inspektori
xizmat mavqeini suiiste’mol qilgan holda o‘zganing ishonchiga kirib, uning Navoiy viloyatida yashovchi, 1995 y.t. tanishini davlat imtihonidan muvaffaqqiyatli o‘tkazib, unga haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytadi.

DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor 1500 AQSH dollari va kirish imtihoni uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 1 mln 900 ming so‘m pul mablag‘larini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 17-iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 758,36 soʻm (– 19,76)
1 EUR 14 820,11 soʻm (– 111,12)
1 RUB 163,34 soʻm (– 0,67)

Kanalga ulanish:
 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️YHXX yoʻllarga oʻrnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalarining aniq joylashuv manzillari hamda ular tomonidan aniqlanadigan qoidabuzarliklar haqida maʼlumot berdi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡Prezident farmoni:

▫️Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tugatilib uning axborot sohasida nazorat va monitoring bo‘yicha vazifa va funksiyalari Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasiga o‘tkazildi;

▫️Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markaz Administratsiya bo‘ysunuviga o‘tkazildi;

▫️Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi negizida Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi;

▫️Administratsiya Matbuot xizmati media-markazi negizida Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tashkil etildi;

▫️Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi negizida Boshqaruv samaradorligi agentligi tashkil etildi;

▫️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Administratsiya bo‘ysunuviga o‘tkazildi.

Manba: PF-111-son, 14.07.2025 y.


Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.

Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡2025-yildan boshlab har yili "Kelajak uchun" istiqbolli tashabbuslar forumi o‘tkaziladi

Prezident farmoniga ko‘ra, Forumga tayyorgarlik jarayonida kelib tushgan istiqbolli tashabbuslar top-50 va top-10 talik tartibida saralanadi. Top-10 deb topilgan eng dolzarb istiqbolli tashabbuslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida o‘tkaziladigan Forumning yalpi majlisida muhokama qilinadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 16-iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 778,12 soʻm (+ 78,98)
1 EUR 14 931,23 soʻm (+ 83,40)
1 RUB 164,01 soʻm (+ 1,85)

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi Haj-umra markazi yangi umra mavsumi 2025-yil avgust oyidan boshlanishini e’lon qildi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Rasmiy ma’lumot: "O‘rikzor savdo kompleksi" yopilmaydi

Toshkent shahar hokimligi "O‘rikzor savdo kompleksi" MCHJning tugatilishi, buzilishi yoki rekonstruksiya qilinishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi.

Hokimlikka ko‘ra, majmua hududidagi barcha obyektlar belgilangan ish tartibida (haftasiga 7 kun, dam olish kunlarisiz) faoliyatini davom ettirmoqda.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️“Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 2-mavsumida 823 ta mahallaga tanaffus beriladi

2024-yilgi 2-mavsumi hamda 2025 yilning 1-mavsumida (ikkata mavsumda ketma ket)  g‘olib bo‘lgan 823 ta mahallaga joriy yilgi 2-mavsumi hamda 2026-yilgi 1-mavsumida tanaffus beriladi.

Mazkur mahallalar (shuningdek, ushbu mahallalarda joylashgan maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar) navbatdagi ikki mavsum doirasida o‘z loyihalari bilan ishtirok eta olmaydi.

Tanaffus beriladigan mahallalarning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
👉 Ro‘yxat

Ma'lumot uchun: Namangan shahar – “Dashtbog‘",  Kogon shahri – "Nurafshon"  va  Shumanay tumani – "Begjap" mahallalarining 2025-yil 1-mavsumdagi loyihalari rad etilgani sababli ushbu mahallalarga tanaffus berilmaydi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Hokim o‘rinbosari, statistika va pensiya jamg‘armasi
bo‘limlari rahbarlarining qilmishlari fosh etildi


▫️Andijon viloyatining Xonobod shahar hokimi o‘rinbosari va spirtli ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJning muqaddam sudlangan rahbari o‘zaro til biriktirib, mahalliy tadbirkorga matras, profnastil va bolalar tagliklari ishlab chiqarish korxonasini tashkil etishi uchun hokimlik zaxirasida bo‘lgan 4 gektar yer maydonini alohida lot sifatida auksion savdoga qo‘ydirib, 2 mlrd so‘mga yutib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 20 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

▫️Andijon tumani hokimining sobiq o‘rinbosari, Andijon shahar statistika bo‘limi boshlig‘i va 2 nafar shaxs o‘zaro til biriktirib, kelgusida bolalar mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zavod qurmoqchi bo‘lgan tadbirkorga "Ipak yo‘li" erkin iqtisodiy zonasi hududidan 6 gektar yer maydonini auksion savdo orqali olib berish evaziga 600 ming AQSH dollari talab qilishib, oldindan 150 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

Shuningdek, mazkur noqonuniy ishga Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘ining sobiq birinchi o‘rinbosari, hozirda xususiy bandlik agentligi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan fuqaroning ham aloqadorligi aniqlanib, u ushbu masalada tadbirkorga yordam berish evaziga muqaddam 11 ming AQSH dollari olganligi ma’lum bo‘ldi.

▫️Toshkent viloyatida qayd etilgan holatda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining Ohangaron tuman bo‘limi boshlig‘i mahalliy fuqaroning yo‘qolgan mehnat daftarchasini tiklab, uni yoshga doir pensiyaga chiqarib berish evaziga 1500 AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida uning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Ta’kidlash lozimki, ushbu mansabdor shaxs muqaddam Jinoyat Kodeksining 167-moddasi bilan sudlangan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Xozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOVLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:

Erkin Turaqulovich Yuldashev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Azizbek Allabergenovich Urunov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi;

Aziz Yuldashevich Magrupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Alisher Saidabbasovich Sultanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Odil Qalandarovich Abduraxmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOVLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:

Abdulaziz Hafizovich Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi;

G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi;

Ravshan Ayubovich Gulyamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Sardor Uktamovich Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Mansurbek Polvonzoda Olloyorov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya bo‘yicha maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimidan ozod etildi;

Ruslanbek Kuroltayevich Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…
Subscribe to a channel