uzauz | Unsorted

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28309

Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi Asosiy telegram kanal: @uza_uz Sayt: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •lotin yozuvida: @uzauzlot

Subscribe to a channel

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni

Kanalga ulanish:
➖ 
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida tarixiy bitim imzolandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekistonda dollar kursi pastladi

Markaziy bank 27-oktabrdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi:

1 dollar — 12 117,35 soʻm (-11,98)
1 yevro — 14 069,46 soʻm (+7,93)
1 rubl — 149,49 soʻm (+0,32)

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Tuman va shaharlarda mahalliy boshqaruv organlari uchun yangi binolar quriladi

O‘zbekiston Hukumati 2025-yil 22-oktyabrda 668-son qarorni qabul qildi. Unga ko‘ra, tanlab olingan tuman va shaharlarda mahalliy boshqaruv organlari bir joyga jamlanib, ular uchun yangi ma’muriy binolar quriladi.

Qaror asosida:

2025–2026-yillarda jadal rivojlantirish dasturlari hamda mahalliy organlar ro‘yxati tasdiqlandi;

Yangi binolarning 1–2-qavatlari "E-auksion" orqali savdo va servis faoliyati uchun ijaraga beriladi;

Qurilish ishlari bo‘yicha buyurtmachi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati" kompaniyalari belgilandi;

Barcha loyiha va qurilish ishlari 2026-yil 1-dekabrga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilgan.

Kanalga ulanish:
➖ 
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentimiz Yevropa ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Farmoni: Hokimliklarda yangi boshqaruv tizimi joriy etiladi

Prezidentning “Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun hokimliklar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” 33 ta tuman (shahar) hamda Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida 9 ta vazirlik va idoraning bo‘linmalari hokimliklar tarkibiga o‘tkaziladi.Hokimlar bu bo‘linmalar ustidan bevosita rahbarlik qiladi, xodimlarni tayinlaydi va rag‘batlantiradi.

Viloyat hokimining o‘rinbosarlari soni — 6 nafar, tuman va shaharlarda — 4 nafar etib belgilandi.

Har bir rahbarga kamida 3 nafar ijrochi xodim to‘g‘ri keladi.

KPI ko‘rsatkichlariga to‘liq erishgan hokimlarga ajratiladigan mablag‘ 15% ga oshiriladi.

2026-yildan “Hududlararo iqtisodiy hamkorlik forumi” har yili o‘tkaziladi.

Shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri va 2030-yilgacha nomarkazlashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi.

Kanalga ulanish:
➖ 
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

Sardorbek Ulug‘bekovich Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori lavozimidan ozod etildi;

Alisherbek Azizovich Paygamov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekistonda dollar kursi ko'tarildi

Markaziy bank 23-oktabrdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi:

1 dollar — 12 101,29 soʻm (+90,27)
1 yevro — 14 031,45 soʻm (+73,44)
1 rubl — 148,01 soʻm (-0,07)

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Toshkent shahridagi ko‘chalarning birida 4 ta avtobus yo‘nalishi harakati tiklandi

2025-yil 22-oktabrdan boshlab 2-, 18-, 45- va 94-sonli avtobuslar Shota Rustaveli ko‘chasidagi markaziy avtobus yo‘lagi (BRT) orqali harakatni tiklaydi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Vazirlik va idoralarning barcha ma’lumot bazalari Elektron hukumat yagona data-markazida birlashtiriladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Hududlar, vazirlik va idoralar rahbarlariga sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha imkoniyatlarni aniqlash va ishga solish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Jizzax va Samarqand viloyatlarida
noqonuniy dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi


Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Jizzax shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1993 y.t. 2 nafar fuqaro tegishli hujjatlari bo‘lmagan 400 dona "MISOPROSTOL" tabletkalari, 139 dona kapsulalar, 2 dona balzam va ularni qadoqlash uchun mo‘jallangan 26 dona qutilarni 5 000 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tezkor tadbir davomida Jizzax shahrida joylashgan ayollar fitness-klubi ham ko‘zdan kechirilib, u yerda qo‘lga olinganlar tomonidan tashkil qilingan yashirin sex aniqlandi. Mazkur sexda ushbu shaxslar turli xil dori vositalarini qo‘lbola usulda qadoqlash, taqsimlash va sotuvga tayyorlash bilan shug‘ullanib kelishgan.

Natijada, 1 dona qadoqlash uskunasi, sotuvga tayyorlangan jami 141 dona kapsulalar, 1 040 dona xitoy va ingliz tilida yozilgan soxta galogrammalar, 237 dona soxta shtrix kodlar, 1 014 dona bo‘sh kapsulalar, turli xildagi quti va paketlar protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Samarqand shahrida yashovchi, 1998 y.t., farmatsevtika mahsulotlari chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJ menedjeri Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan hamda tarkibida psixotrop moddalar mavjud bo‘lgan jami 9800 dona dori vositalarini shartli xaridorga 25 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev IT-parkka tashrif chog‘ida sun’iy intellekt texnologiyalarini mamlakatimiz vazirlik va idoralari faoliyatiga hamda boshqa sohalarga keng tatbiq etishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekistonda dollar kursi pastladi

Markaziy bank 22-oktabrdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi:

1 dollar — 12 011,02 soʻm (-49,13)
1 yevro — 13 958,01 soʻm (-106,54)
1 rubl — 148,08 soʻm (-0,79)

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Biz 2030-yilga borib, sun’iy intellekt bo‘yicha “TOP-50” ta davlat qatoriga kirishni maqsad qilganmiz.

Shu bois, ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, “Sun’iy intellekt alyansi”ni tashkil qilamiz
”,

– deya ta’kidladi Prezidentimiz.

Ushbu alyans tarkibiga sohada samarali faoliyat yuritayotgan yetakchi kompaniyalar, xorijiy ekspertlar va vatandoshlarimiz, yirik davlat korxonalari, banklar va oliygohlar kiritiladi.

Alyansning asosiy vazifalari yetakchi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va akseleratorlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, o‘zimizdagi dasturlar bo‘yicha media-kontentni yaratib, xalqaro PR kampaniyalarni tashkil etish, mahalliy korxonalar va mutaxassislarning xalqaro ko‘rgazma, forum va konferensiyalardagi ishtirokini tashkil etishdan iborat bo‘ladi.

Yig‘ilishda hudud va tarmoqlar rahbarlari hisobot berdi, sohadagi startaplar asoschilari va informatika o‘qituvchilarining fikrlari tinglandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bandixon va Taxiatosh tumanlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi

Kanalga ulanish:
➖ 
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bryusseldagi Yevropa kengashi bosh qarorgohida O‘zbekiston-Yevropa sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Yetakchilar huzurida O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Bryussel shahriga keldi. Davlatimiz rahbarini Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Prezidenti Bryusselga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenning taklifiga binoan 23-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Bryussel shahriga jo‘nab ketdi.

Kanalga ulanish:
➖ 
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenning taklifiga binoan 23-24-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Bryussel shahrida bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga binoan, Xalikulov Utkir Mirzakamolovich Olmaliq davlat texnika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori hamda institut rektori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

U.Xalikulov — texnika fanlari doktori, dotsent, tayinlovga qadar u «MISIS» universitetining Olmaliq shahridagi filialida direktor o‘rinbosari — ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Kanalga ulanish:
➖ 
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqimizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklab, sun’iy intellekt texnologiyalari uchun O‘zbek tili korpusini yaratishga topshiriq berdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Shahar va tumanlarda hokimlarning raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi lavozimi kiritiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev:

Bugun insoniyat yangi sivilizatsiya bosqichiga – sun’iy intellekt davriga dadil qadam qo‘ymoqda. Kim bu jarayonda qattiq izlanib, bir qadam oldinda yursa, marra shuniki bo‘ladi”.



Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbariga sun’iy intellekt asosida turli sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimot qilindi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Tadbirkorlarni asossiz tekshirganlar fosh bo‘ldi

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, joriy yilda 7 774 ta tadbirkorlik subyekti tekshiruvdan o‘tgan. Bu o‘rtacha har 8 tadbirkordan 1 nafari nazoratdan o‘tganini anglatadi.

Ayrim tumanlarda bu ko‘rsatkich yanada yuqori:

➖Ohangaron — har 4 tadbirkordan 1 nafari,

Quyichirchiq va Piskent — har 5 tadbirkordan 1 nafari tekshiruvdan o‘tgan.

Eng ko‘p tekshiruvlar:

Soliq organlari — 4 986 ta

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi — 1 471 ta

Biznes Ombudsman aralashuvi natijasida 60 nafar mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Ular orasida:

28 nafari — soliq,
9 nafari — veterinariya,
8 nafari — ekologiya,
4 nafari — qurilish sohasi xodimlari.


Bu chora-tadbirlar tadbirkor faoliyatiga asossiz aralashuvlarni kamaytirish va nazorat organlari mas’uliyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Sun’iy intellektni rivojlantirish faqat zamonaviy infratuzilma va algoritmlarga emas, balki malakali kadrlarga ham bog‘liq. Bu sohaning asosi – matematika va informatika. Shu bois, kadrlar tayyorlashni, eng avvalo, maktabdan boshlash kerak”,

– dedi Prezident.

Keyingi o‘quv yilidan “Informatika” fani o‘quv dasturlariga sun’iy intellektga oid mavzular kiritiladi. Buning uchun Massachusets texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda maxsus darslik ishlab chiqiladi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida sun’iy intellekt bo‘yicha bu yil 100 nafar, keyingi yil 1 ming 300 nafar trener-o‘qituvchi tayyorlanadi. Ular esa kaskad tartibida maktab va oliygohlardagi informatika o‘qituvchilarini o‘qitadi. Har yili eng yaxshi 100 nafar informatika o‘qituvchisi xuddi vazirlik va hokimliklarning salohiyatli mutaxassislari kabi sun’iy intellekt rivojlangan davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

“Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Bir million sun’iy intellekt yetakchisi” loyihasi ham boshlandi. Bu yil 100 ming, kelasi yil kamida 500 ming yoshlar o‘qitiladi.

Loyiha bilan maktab o‘quvchilarini ham qamrab olish muhimligi ta’kidlandi. Bundan buyon har yili sun’iy intellekt bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazilib, eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar, ularning ustozlari va ta’lim tashkilotlari munosib rag‘batlantiriladi.

Bunda 500 nafar yoshlar – noutbuk, 100 nafar o‘qituvchi – 1 ming dollardan mukofot, 2 ta ta’lim tashkiloti – elektromobil bilan taqdirlanadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…
Subscribe to a channel