20123
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics Substack: https://botir.substack.com/ Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/ Aloqa: @econ_feedback_bot
Jensen "kojannaya kurtka" Huang ishdan ketdi (haydaldi).
AI sohasidagi eng katta yangilik desa ham bo'ladi.
AQSh va dunyoning eng qudratli/ta'sirli korxonalaridan birining rahbari ketgani Xitoy uchun katta g'alaba.
@uzbekonomics
IMEI tizimi joriy qilinganiga yaqinda 7 yil bo'ladi adashmasam.
Shu vaqt ichida COVID degan pandemiya boshlanib, butun dunyo karantinga kirib-chiqishga ulgurdi. Arsenalga yangi murabbiy kelib, 22 yildan keyin Angliya chempioni bo'ldi. O'zbekiston futbol bo'yicha Jahon chempionatiga ilk bor chiqib, unda qatnashib ham ulgurdi. "Marojniy" yeb kelishga ham ulgurdik.
AQShda Trump ketdi, Biden keldi, Biden ketdi, Trump qaytdi. Texas ko'k rangga aylandi. Kanzas 100 yildan beri saylamagan demokratni sayladi. Twitter X ga aylandi. ChatGPT paydo bo'ldi, sun'iy intellekt tez rivojlandi. Hatto o'sha iPhone 11 dan iPhone 18 gacha yetib keldik.
Biz esa hamon xorijdan o'z pulimizga sotib olib kelgan telefonimizni IMEI ro'yxatidan o'tkazish tashvishi bilan yuribmiz.
Bo'lar endi.
@uzbekonomics
Bugun esa hamma Jensen Huang Nvidia rahbarligida qoladimi-yo'qmi, shunga qarab turgandek. Jensen Xitoy razvedkasiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan ayol bilan ishqiy munosabatda bo'lgan ekan. Jensenning shaxsiy hayoti bu davlat sirlari, josuslik masalasi, va butun boshli sun'iy intellekt sanoati masalasidir.
Bu yangilik oxirgi haftada AI kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashayotgan, demokratlarning saylovdagi g'alabasidan so'ng data-markazlar qurilishiga qarshilik kuchayayotgan bir paytda yuz bermoqda. Xullas, bingo kartamda Jensen haqida bunday yangilik yo'q edi.
@uzbekonomics
Malayziyada hozirda bir kishiga to'g'ri keladigan sun'iy intellekt hisoblash quvvati Yevropa Ittifoqiga qaraganda 6 baravar ko'p ekan.
Google Malayziada 15 milliard dollarlik data markazlar qurayotgan ekan.
@uzbekonomics
O'ngchi techbrolarga qiyin hafta bo'ldi. Ayniqsa Kremniy vodiysidagi va PayPal mafiyasidagilarga.
Saylovda ham, bozorda ham.
@uzbekonomics
AQSh siyosatida kitchen-table issues degan tushuncha bor- oddiy oilalarning kundalik turmushiga bevosita ta'sir qiladigan masalalar: oziq-ovqat narxlari, uy-joy, ish haqi, tibbiyot, farzandlar ta'limi vhkz.
Menimcha, bu yilgi saylovlarni ham kitchen-table election deb atash mumkin. Ya'ni saylovchilarning e'tibori mafkuraviy va madaniy bahslardan ko'ra kundalik iqtisodiy muammolarga qaratilgan.
Odamlarni Oq uydagi banket zalidan ko'ra, o'z uyidagi dasturxon ko'proq qiziqtiradi. Benzinning bir gallon narxi million dollarga yaqinlashib qoldi, axir.
Bugun fond bozorlari o'smoqda. Ya'ni investorlar ham kechagi saylov natijalarini ijobiy qabul qilmoqdalar. Nimaga? Chunki, hokimiyatda kuchlar balansi tiklanmoqda. Kongressga tiyib turish qobiliyati qaytmoqda.
Bozor noaniqlikni yoqtirmaydi. Keyingi ikki yilda yirik siyosiy qarorlarni bir tomonlama qonunga aylantirish imkoniyatini cheklanmoqda. Iqtisodiyot va investorlar uchun esa siyosiy qarorlarning oldindan taxmin qilinishi, barqaror qoidalar va hokimiyat tarmoqlari o'rtasidagi muvozanat muhim.
@uzbekonomics
Keyingi safar "mening yoki sening ovozing hech narsani hal qilmaydi" deyishsa mana buni ko'rsatsa bo'ladi.
Hozir Mississippi shtatidan Senator joyiga saylovda ikki nomzodning ovozlaridagi farqi 28!
Yigirma sakkiz dona ovoz farq.
97% ovozlar sanab bo'lingan.
@uzbekonomics
Texas-ku mayli, Kanzasni qarang.
Kanzasda demokratlar 100 (!) yildan beri AQSh Senatiga saylana olmagan edi. Bugun esa Adam Hamilton g'alaba qozonmoqda. Vaholanki bu shtatni Tramp 16 foiz farqi bilan yutgan edi, 2 yil oldin.
Yana bir bor, bu saylov amerikaliklar Tramp va MAGA siyosatidan qanchalik charchaganini ko'rsatmoqda, nazarimda. Buning uchun bir asrlik an'anani ham buzishmoqda.
@uzbekonomics
Bugungi saylovlarda yana bir xulosa - AQShda saylov natijalarini pul bilan sotib olish mumkin deb o'ylagan milliarderlar, korporatsiyalar, guruhlar va trillioner bir dona odam saylovchilardan jiddiy qarshilikka duch keldi.
Aftidan, milliardlab dollar sarflashning o'zi saylovda g'alabani kafolatlamas ekan.
@uzbekonomics
Eron bilan urush boshlash va savdo tariflarini oshirish Trampning Amerika siyosati tarixidagi eng katta siyosiy xatolaridan biri sifatida eslanadi.
Tramp 2025-yilda iqtisodiyoti o'sayotgan, ishsizlik darajasi past, inflyatsiyasi pasaygan Amerikani meros qilib olgandi. Uning admini deyarli hech narsa qilmasdan ham shu iqtisodiy o'sishning siyosiy mevasini ko'rishi mumkin edi. AI tufayli o'sayotgan iqtisodiyotda hech narsa qilmasa ham hamma yutuq uniki bo'lar edi.
Ammo buning o'rniga o'zi yangi iqtisodiy va siyosiy muammolar yaratdi. Ahmoqlik bo'ldi. Yo'q joydan, mutlaqo yo'q joydan iqtisodiyotga putur yetqazdi, narxlar oshib ketdi. Admin esa banket zalni qurish bilan band.
O'ziga o'zi muammo orttirishning bundan yaxshi misolini topish qiyin.
@uzbekonomics
AQShdagi oraliq saylovlarda bir nechta tarixiy natijalar yuz berish bo'sag'asida.
Michigan shtatida Dr. Abdul El-Sayed AQSh tarixidagi ilk musulmon senatorga aylanishiga juda yaqin. Unga qarshi juda katta mashina kurashgan edi.
Texasda James Talarico demokratlar uchun 1988-yildan beri ilk bor AQSh Senatidagi o'rinni qo'lga kiritishga yaqin. Texas gubernatorligida esa demokrat Gina Hinojosa amaldagi gubernator Greg Abbottni yutmoqda. Demokratlar bu lavozimga oxirgi marta 1990-yilda saylangan! Ayniqsa, Texasdek respublikachilarning uzoq yillik tayanchi bo‘'gan shtatdagi vaziyat ko'p narsadan darak beradi. Texasda demokrat yutdi desangiz ikki dunyoda ham hech kim ishonmas edi.
Hatto respublikachilarning yana bir tayanchi Janubiy Karolinada ham demokrat Annie Andrews Senatga joyni yutmoqda.
Bu saylovlarning asosiy hikoyasi faqatniga alohida nomzodlarning tarixiy g'alabasi, qaysidir partiya nomzodlari emas. Aytganimdek, gap amerikaliklarning o'n yildan oshiq vaqt davomida mamlakat siyosati va hayotida hukmron mavzu bo'lib kelgan Tramp va MAGA harakatiga munosabatida.
Nazarimda, Tramp va uning ma'muriyati oddiy amerikaliklarning real muammolaridan butunlay uzoqlashib ketdi. Oyog'i yerdan uzilib ketdi desa bo'ladi.
Odamlarni Oq uyga qurilayotgan hashamatli banket zali, Meksika ko'rfazining nomini o'zgartirish kabi loyihalar emas, oziq-ovqat, uy-joy va benzin narxlari, savdo tariflari, Eron bilan urush tashvishga solmoqda. Barcha muammolar yo'q joydan yaratildi, asosan ahmoqlik deb. Odamlar kundalik hayotini qanday yaxshilashni o‘ylayotgan paytda, Oq uy boshqa narsalar bilan band edi. Aslida ikki yil oldin inflyatsiya tufayli, iqtidorga kelishgan edi. Shu ikki yil ichida MAGA harakatida hokimiyatning mutlaqo barcha bo'g'ini bor edi, Kongress ham, Senat ham, Oq Uy ham, Oliy Sud ham, iqtisodiyot ham - barchasi ularni qo'lida edi. Nima qilishdi? Urush, tarif, Epstein, kompetensiyasi yo'q amaldorlar, korrupsiya, nafrat uyg'otish vhkz.
Hozircha ovozlar sanalmoqda. Ammo bugungi saylovlardan chiqadigan eng muhim xulosa, nazarimda, aynan shular.
@uzbekonomics
O'zbekistonda shaxsiy ma'lumotlar bazalari xakerlik hujumiga uchrab, internetga sizib chiqsa ham, zarari unchalik katta bo'lmaydiganga o'xshaydi.
Sababi, ma'lumotlarning bir qismi kirillda, bir qismi eski lotinda, qolganlari esa yangi lotinda yozilgan.
Xakerlar ham dovdirab hammasini bitta alifboga, bitta yakdil umumiy maxrajga keltira olishmaydi. Bularni hayoti shundoq ham qiyin ekan deb ma'lumotlarni qaytarib berishadi. O'zlarini yo'q joydan muammo yasab qiynab o'tirishgan ekan deb.
Aslida yangi alifboning ijobiy tomoni bu kiberxavfsizlik masalasi ekan. Axir bir kechada qancha odamning ismi o'zgarib ketdi. Xakerlar avval Shamshod ismli odamni Samsodga bog'lab chiqsin. Shamshodning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi kirillda, maktab attestati eski lotinda, yaqinda olgan haydovchilik guvohnomasi esa yangi lotinda. Yana ikki-uch yildan keyin alifbo qayta o'zgarsa nur ustiga a'lo nur bo'ladi - nikoh guvohnomasi lotin alifbosining 3.0 versiyasida bo'ladi.
Xullas, kiberxavfsizlikni mustahkamlashning o'zbekcha usuli.
@uzbekonomics
Emmanuel va Gabriel bunga javob berishibdi.
Ularning tadqiqotlarining kamchiliklari, va natijalari haqida baxslar, shubhalar ming yildan beri bor edi, AI davridan oldin ham. Ya'ni, istalgan tadqiqotda bo'lgan va topiladigan kamchilik kabi.
Muammo aynan nega hozir bu ko'tarilib keng tarqatilayotganida. Platforma egasi Musk bundan manfaatini bilsa bo'ladi, Kaliforniyada 6 kundan so'ng bo'ladigan boylarga qo'shimcha soliq haqida ovoz berishdan oldin uning fikriga go'yoki foydali dalil bo'ldi. Tyler Cowen bunga qo'shilib kerosin sepishi kerak emasdi, menimcha. Ayniqsa o'zi ham Zuckman va Saez tadqiqotlarini azaldan baxs qilib keladigan odam sifatida.
https://x.com/gabriel_zucman/status/2115853565730205847
@uzbekonomics
Haqiqatdan ham, bu yangiliklarni Tramp ko'rib qolmasin. AQSh korxonasining tovarlariga O'zbekistonda foydalanish uchun boj borligini bilib qolmasin. Aks holda O'zbekiston tovarlariga ham boj e'lon qilib yuborishi mumkin. Bilib bo'ladimi.
@uzbekonomics
Yaqinda 2027 yil keladi.
Lekin, haligacha IMEI degan balo kun tartibida turgani, u yo'q bo'lib ketish o'rniga, battar bojlari/ta'qiqlari oshib borayotgani sharmandali vaziyat.
Uyalish kerak.
@uzbekonomics
Tramp UFC rahbari Dana Whiteni prezident matbuot kotibi lavozimiga taklif qilib, iltimos qilibdi.
Matbuot kotibi yordamchilari sifatida esa Dana Whitedan Islam Makhachev va Khabib Nurmagomedovlarni olib kelsin deb so'rabdi. Amerikaliklarga qarshi jangchilar kerak deb.
Buyog'i endi teatr emas klinika.
@uzbekonomics
Qizil dengizda customer service:
https://www.wsj.com/world/middle-east/to-cross-the-red-sea-shippers-email-houthi-rebels-read-their-inbox-5ecace40
@uzbekonomics
AI musiqasi sekinlashmoqda.
To'g'rirog'i korxonalar va kapital bozorning AI sarmoyasi haqidagi musiqiy albomning oxiri ko'rinmoqda.
Gap shundaki, bozorda shundoq ham AI sarmoyalarining rentabellik masalasi kun tartibida edi. Kelajakdagi daromadlar bo'yicha kutilmalar qayta ko'rilib chiqilayotgan, data markazlarni moliyalashtirish xarajati (korporativ obligatsiyalar, qarz) oshib borayotgan edi.
Saylov bahonasida ba'zi korxonalar "saylov deb AI xarajatlarimizni qisqartiramiz, yangi data markazlarni qurmaymiz" deyishi hech gap emas.
Qiymatlar shishirilgan bozordan foydani olish (profit taking) uchun ayni payti edi.
@uzbekonomics
Lekin ovoz beruvchilar ishsizlik kam ekan deb hukumatga “rahmat” aytmaydi.
Chunki saylovchilar iqtisodiyotni baholashda qiziq bir xususiyatga ega: ishli bo’lsa, buni ko’proq o’zining bilimi, mehnati va qobiliyati natijasi deb biladi. Ammo narxlar oshsa, bunga hukumatni ayblaydi. AQShda bunga yaqqol dalil bor bu yil - urushni hukumat boshladi va narxlar shu deb oshdi.
@uzbekonomics
Tanishing. Doktor Abdulrahmon El-Sayed.
Michigan shtatidan AQSh Senatori.
AQSh tarixidagi birinchi musulmon Senator.
@uzbekonomics
Texasdagi saylovlardan yana bir muhim xulosa: Texas majoziy ma'noda ko'k rangga bo'yalgan bo'lsa ham, bu texasliklar birdaniga ko'pchilik madaniy urushda tamg'a bosadigan liberal bo'lib qoldi, degani emas. Mutlaqo.
Texas hamon diniy, konservativ qadriyatlar kuchli bo'lgan shtat. Va shundayligicha qoladi. Paradoks shundaki demokrat James Talariko ayrim jihatlari bilan respublikachi Ken Pakstondan ham ko'ra ko'proq an'anaviy respublikachini eslatadi.
James - sobiq maktab o'qituvchisi, Harvard universitetida ta'lim siyosati bo'yicha magistrlik darajasini olgan, diniy seminariyada tahsil ko'rgan e'tiqodli nasroniy. Siyosatga kirishidan oldin San-Antoniodagi kam ta'minlangan oilalar farzandlari o'qiydigan maktabda ikki yil dars bergan. Kapitalizm, chegara xavfsizligi va Texasning neft-gaz sanoatini qo'llab-quvvatlaydigan siyosatchi.
Pakston esa oilaviy qadriyatlar, din va axloq haqida ko'p gapirsa-da, yillar davomida korrupsiya ayblovlari, o'z partiyasi tomondan impichment bo'lgan va shaxsiy mojarolar markazida bo'ldi.
Respublikachilar o'nlab yillar davomida targ'ib qilgan ayrim an'anaviy qadriyatlarni bugun demokrat nomzoddan eshitishning o'zi katta paradoks, menimcha.
@uzbekonomics
Buni esa yil boshida Venesueladagi to'ntarish va Erondagi urush atrofida aytgan edim.
Ertaga yana Eronga qarshi xarbiy harakatlarni boshlamasa bo'ldi. Yoqotadigan hech narsa yo'q deb.
Chunki, Trampni bilamiz - doim diqqatning markazida bo'lishi kerak. Ufqqa ketishdan oldin katta urushni qilib ketmasa bo'ldi edi.
Qaytaraman, Texasda latina ayol - Gina Hinojosa - gubernator bo'lishga yaqin!
@uzbekonomics
Tramp Texasni ko'k rangga bo'yadi. O'z qo'li bilan. Gubernator ham, senator ham demokrat bo'lishga yaqin. 40 yildan beri shtat respublikachilarning qo'lida edi. Barcha saylovlarda.
Bunga erishish uchun rostdan ham juda qattiq harakat qilish kerak. Tramp buni uddaladi.
Qizig'i, Tehrondan oldin Texasda rejim almashishga yaqin.
@uzbekonomics
AQShda hozir oraliq saylovlardagi ovozlar sanalmoqda. Bir nechta tarixiy natijalar kuzatilmoqda (bu haqida keyingi postda).
Menimcha, bu saylovlarda eng katta xulosa bu Amerika nihoyat MAGA sahifasini yopishga kirishganida.
Men bu davrni Amerika siyosati va hayotining yo'qotilgan o'n yilligi deb atagan bo'lardim.
Bugungi saylovlar esa, nazarimda, amerikaliklar bu davrga nuqta qo'yishga tayyor ekanining jiddiy belgisi. Amerika charchadi, juda charchadi.
@uzbekonomics
Menimcha, maktab va universitetlardagi talaba, o'qituvchi va xodimlarning shaxsiy telefon va elektron uskunalariga qandaydir ilovalarni majburiy o'rnatish talablarini noqonuniy deb topilishi kerak. Ming yaxshi niyat bilan ko'zlangan bo'lsa ham. Bu bir.
Ikkinchidan, aynan shu talabalarning xavfsizligiga to'g'ridan-to'g'ri putur yetqazadigan vaziyatga olib kelishi mumkinligiga kunora isbot ko'rmoqdamiz. Ayniqsa voyaga yetmagan shaxslarning shaxsiy ma'lumotlarini, biometrik ma'lumotlarini shunday yo'llar bilan to'plash, qayta ishlashga urinish natijasida xakerlar uchun qulay mo'ljal yaratib berishi mumkin.
@uzbekonomics
Internetda, ijtimoiy tarmoqlardagi istalgan investitsion maslahatlarga ehtiyot bo'lgan yaxshi.
Aslida, bunday investitsion maslahat berish faoliyati ko'p mamlakatlarda tartibga solinadi. Haq evaziga professional investitsion maslahat beruvchilar odatda tegishli ro'yxatdan/sertifikatsiyadan o'tishi, investitsiyalarni pul evaziga targ'ib qilayotganlar esa o'z manfaatdorligini oshkor qilishi shart.
Masalan, bir necha yil oldin Kim Kardashian o'z instagram sahifasida kripto instrumentni targ'ib qila turib unda o'z moliyaviy manfaati borligini (reklama uchun pul olgan) oshkor qilmagani uchun regulyator tomonidan 1.3 million dollar jarimaga tortilgan edi.
Sabab shundaki, maslahat berish oson. Siz pulingizni yo'qotsangiz, maslahat bergan odam odatda hech narsa yoqotmaydi. Shuning uchun boshqalarning ishonchi va obro'siga emas, o'zi tekshirgan ma'lumotlarga tayanib qaror qilgan maqsadga muvofiq. Tabiiyki barcha investorlarda bunday imkoniyat bo'lmaydi. Shuning uchun davlat va regulyatorlar maslahat berish faoliyatini tartibga solishidan maqsad - investorlarni himoya qilish.
@uzbekonomics