🤝🌏👨🏫👩🏫
2024-yil 29-may kuni OʻzDJTU Oʻzbekiston tarixi kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan Toshkent davlat texnika universiteti Muhandislik texnologiyalari fakulteti 1-bosqich talabalari uchun sayyor dars tashkil etildi.
Unda professor-oʻqituvchilar D.Bobojonova, N.Djurayeva, Gʻ Djumamuratov, M.Bazarova, N.Toliboyeva, N.Babadjanova “Yangi Oʻzbekistonda islohotlar inson qadri uchun” gʻoyasi asosida mamlakatimizda olib borilayotgan davlat soyosatining mazmun-mohiyati haqida talabalarga qiziqarli maʼruza qildilar.
Dars davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🇺🇿 Invitation to the Award Ceremony 🏆🎗
⚡️We are pleased to announce that the inter-faculty «RECTOR CYBER CUP» championship in the field of PUBG MOBILE at the Uzbekistan State University of World Languages has successfully concluded.
🤩To honor the exceptional talents and efforts of our participants, we invite all students and enthusiasts to join us for the award ceremony.
📆 Date: May 29
⏰ Time: 16:00
⛳️ Location: Spiritual Enlightenment Center, Uzbekistan State University of World Languages
🌟Come and celebrate the achievements of our top teams and enjoy an evening dedicated to the spirit of esports.
🤝We look forward to your presence!
#USUWL #Esports #CyberCup #PUBGMobile #AwardCeremony #TeamGlock #YouthUnion
🏆🏆🏆
“Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalarga Prezident sovgʻasini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
2023/2024 oʻquv yilida “Barkamol avlod” sport musobaqalarining mutlaq gʻolibi boʻlgan 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan Toshkent shahri jamoasiga I darajali diplom, kubok va maxsus statuetkalar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari Zulayxo Maxkamova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tomonidan topshirildi.
“Barkamol avlod” sport musobaqalarini oʻtkazishda oʻzining munosib hissasini qoʻshgani va oʻquvchilari sovrinli oʻrinni egallagani uchun akademik litsey ijrochi direktori Obidova Maqsuda Olimovna va musobaqa bosh hakam Gapparov Odil Anvarovich “Barkamol avlod” kubok bilan taqdirlandilar.
ℹ️ Tadbirda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘quv adabiyotlarini yaratish va nashr etish bo‘yicha joriy o‘quv yilining sentyabr-may oylarida jami 43 ta o‘quv adabiyotlar nashrga tavsiya qilingan.
Shulardan 12 ta darslik va 31 ta o‘quv qo‘llanma.Barcha o‘quv adabiyotlari antiplagiat tizimi tekshiruvidan o‘tkazilgan.
0️⃣0️⃣0️⃣ | 📺📺
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Karimov Amrullo Ashurovichning @platinauzb ga bergan intervyusi.
Intervyuda oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish bo'yicha, xususan, shu to'g'risidagi yangi farmon haqida intervyu bilan tanishing: https://pltn.uz/419a
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💻 | 📺📺
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti haqidagi yangi videorolikni tasvirga olish jarayonidan videolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💻 | 📺📺
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti haqidagi yangi videorolikni tasvirga olish jarayonining uchinchi kunidan videolavha
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
7⃣🎯 | 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul rektor maslahatchisi P.Jo’rayev, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov hamda Xalqaro va ilmiy ishlar bo’yicha dekan muovini A.Xalillayev Ispaniyada xizmat safarida bo'lib turibdi.
🟩🟩🟩🟩
24-may kuni O’zDJTU psixologi Zebiniso Xayrullaeva tomonidan fakultetlararo psixodiognostika ishlari amalga oshirildi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tyutorlari ishtirokida 2023-2024 o‘quv yili davomida oliygoh rahbariyati tashabbusi bilan bir qancha psixologik, ma’naviy-ma’rifiy o‘quv kurslari o’tilib, ularning malakalarini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar, o‘quv-seminar treninglar tashkil qilindi.
Universitet psixologi ish rejasining birinchi tashkiliy qismi 3-yo’nalishida belgilangan psixodiagnostika ishlari joriy yilning may oyida o‘tkazildi.
Xususan, “Tyutor talaba nigohida” nomli anonim so‘rovnomada O’zDJTU ning barcha fakultetlardagi 1-2-3 bosqich talabalari ishtirok etdi va javoblar natijasi tahlil qilinib, umumlashtirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚖️👨💻👩💻💬
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo’lib o’tgan “Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.
O’zbekiston ekologik partiyasi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda hozirda talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul rektor maslahatchisi P.Jo’rayev, roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov hamda xalqaro va ilmiy ishlar bo’yicha dekan muovini A.Xalillayevlar Ispaniyada xizmat safarida bo'lib turibdi.
Bir necha kun avval universitetimiz vakillari Ispaniyaning Xaen universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolagani haqida xabar bergan edik. Bugun ushbu delegatsiyamiz Xaen universitetida talabalar tomonidan tashkil etilgan festivalda ishtirok etishdi.
#Qonunchilik_yangiliklari
Talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi
Prezidentning 2024-yil 24-mayda “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab:
🟠kvotalarlarni davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi (bundan ... mustasno);
🟢kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi;
🟠davlat OTMlari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi;
🟢davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlarning tanlovi va to‘plagan ballariga ko‘ra amalga oshiriladi;
🟠bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.
🟣Bunda:
✔️ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
☑️ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;
☑️ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;
☑️ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi;
❌ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
Bizni kuzating
📺📺
Toshkent shahridagi Navroʻz bogʻida boʻlib oʻtgan “Toshkent bitiruvchilari va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida Talaba-yoshlar gastronomik va pazandachilik festivali jarayonlaridan tayyorlangan videorolik!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣ | 0️⃣0️⃣0️⃣ | 0️⃣0️⃣0️⃣
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Madaminovich topshirig’i bilan universitet faoliyati haqida yangi videorolik ishlanmoqda.
24-may kuni tasvirga olishning birinchi kuni bo’lib o’tdi.
Mazkur vidoerolik uchun San’atshunoslik fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), professor, mashhur kinooperator-kinorejissyor Iqbol Meliqo’ziyev boshchiligidagi katta jamoa jalb qilingan.
Ma’lumot uchun: Tasvirga olish jarayonlari 5 ish kuni mobaynida davom etadi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#ДеньСлавянскойПисьменности #РусскаяФилология #КультураРусскогоЯзыка #История
📝 Сегодня, на факультете русской филологии, звучали старинные слова и современные идеи в честь Дня славянской письменности. Это мероприятие, организованное кафедрой русской литературы и методики преподавания, стало настоящим праздником для всех студентов, увлеченных русским языком и культурой.
🎓 В рамках мероприятия студенты выступили с произведениями, оживляя страницы истории словами и эмоциями. Они прочли стихи, рассказали о важности кириллицы и ее вкладе в формирование русского языка. Также на мероприятии зазвучали стихотворения, наполненные глубоким смыслом и красотой слова.
👨🏫 Преподаватели, в свою очередь, поделились своими мыслями и пожеланиями, вдохновляя студентов на новые творческие свершения. Их речи были наполнены великим уважением к истории и культуре, культуре, которая призывает нас не только помнить о прошлом, но и вдохновляет на современное творчество и развитие.
🎉 Это мероприятие стало не только возможностью глубже понять историю и культуру русского языка, но и свидетельством того, как живо и актуально это наследие в современном мире.
_________
Факультет русской филологии💙
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Ayni kunlarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rus tili va oʻqitish metodikasi kafedrasi professori Kulmamatov Doʻsmamat Sattarovich Rossiya Federatsiyasining M.V.Lomonosov nomidagi SAFU Shimoliy Arktika) Federal Universitetida xizmat safarida boʻlib turibdi.
Xizmat safari davomida, D.S.Kulmamatov Shimoliy Arktika Federal Universiteti hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻrtasida fan, taʼlim, madaniyat hamda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish sohalarida Hamkorlik Shartnomasini imzolash jarayonida ishtirok etdi.
Shuningdek, D.S.Kulmamatov Shimoliy Arktika Federal Universitetida mavjud fakultetlar, kafedralar, taʼlim yoʻnalishlari bilan tanishish bilan bir qatorda Universitetda tashkil etilgan xalqaro konferensiyada “Oʻzbekiston Respublikasida koʻp madaniyatli taʼlim: ilgʻor tajribalar. Madaniyatlararo muloqotning xususiyatlari” mavzusidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi.
📍 Факультет русской филологии
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
28-may kuni Adiblar xiyobonidagi
Aleksandr Arkadyevich Faynberg
haykali qoshida hisobot konserti tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 13-apreldagi 03-RA 1-5359-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash hamda Adiblar xiyobonidagi atoqli ijodkorlarning haykallari poyida adabiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish, xiyobonni yoshlar bilan doimiy gavjum bo‘lgan fayzli maskanga aylantirish maqsadida tashkil etilgan tadbir O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkent Fan va texnologiyalar universiteti hamkorligida o’tkazildi.
🟩🟩🟩🟩
28-may kunida “Epson” kompaniyasi tomonidan “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida xorijiy mutaxassislar ishtirokida “EPSONning taʼlimdagi yechimlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarning bosh maqsadi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish, milliy taʼlim tizimiga yangi texnologiyalarni joriy qilish borasidagi amaliyotni kengaytirish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, chop etish, skanerlash, proyeksiya uchun joriy va innovatsion yechimlarni taqdim etish masalalari etib belgilandi.
Mazkur seminarda qator oliy taʼlim muassasalari qatorida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazi rahbari Saida Kayumova ham ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida sifatli ta'lim berish orqali jamiyatning yetakchilariga aylanadigan kelajak kadrlarini tayyorlash maqsadida
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
28-may kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi tomonidan Malayziyaning turli ta’lim sohalarida faoliyat olib borayotgan ingliz va malay tili o‘qituvchilari bilan "The role of Intercultural Communication in Teaching English in Malaysia” mavzusida online-seminar tashkil etildi.
Seminarda malayziyalik mutaxxassislar madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti ta'lim yo'nalishi talabalari bilan chet tilini o‘rganishda madaniyatlararo kommunikatsiyaning o‘rni haqida talabalar bilan fikr almashib, chet tillarini o‘qitishda o'qituvchilar nafaqat o'z o'quvchilariga madaniyatlararo muloqot qanday sodir bo'lishini taqdim etishlari va tavsiflashlari kerak, balki ularni amalga oshirshi mumkin bo'lgan vositalar bilan darslarni boyitib borishlari zarurligini ta’kidlashdi.
0️⃣0️⃣0️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida joriy yilning 27-may kuni o'tkazilgan 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” va 10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosliklaridan:
💻💻💻 | MALAKAVIY IMTIHONLAR NATIJALARI
💻💻💻 | РЕЗУЛЬТАТЫ КВАЛИФИКАЦИОННЫХ ЭКЗАМЕНОВ
💻💻 | RESULTS OF THE QUALIFICATION EXAMS
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
27-may kuni AQSHning Indiana universiteti vakili OʻzDJTUga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Indiana universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlari boʻlimi rahbari Gulnisa Nazarova hamda OʻzDJTU rektori I.M. Tuxtasinov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X. Yuldashev, Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri R. Madjidova, Umumiy tilshunoslik kafedrasi professori X. Muxitdinovalar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
Uchrashuvda Indiana universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi bilan oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish boʻyicha hamkorlik, hamkorlikda oʻquv adabiyotlari, qoʻllanmalar, shuningdek elektron resurslar bazasini yaratish, Oʻzbek tili markazini ochish va qoʻllab-quvvatlash, AQSHdagi oʻzbek tili oʻqitiladigan universitetlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish, Indiana universiteti va OʻzDJTU talabalari uchun yozgi maktablar tashkil qilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
⚖️👨💻👩💻💬
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024-yil 24-may kuni "Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiya ekologiya, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mamlakatimizning yetakchi olimlari, mutaxassislari va talabalar ishtirok etdi.
Konferensiya qizg‘in munozaralar, ilmiy ma’ruzalar va tajriba almashish uchun platforma bo‘lib xizmat qildi. Bu kabi tadbirlar kelajakda ham o‘tkazilishi va ilm-fan sohasida yangi yutuqlarni qo‘lga kiritishga xizmat qilishi rejalashtirilmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
25-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Koreysshunoslik tadqiqot markazi va Koreyashunoslik akademiyasi koʻmagida amalga oshirilayotgan xalqaro Seed Program for Korean Studies “Linguocultural Aspects of Teaching the Korean Language and Literature in the Republic of Uzbekistan” loyiha doirasida “Markaziy Osiyo va Koreya: iqtisodiy va madaniy aloqalar” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy seminar oʻtkazildi.
Ushbu tadbirda O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi professor-oʻqituvchilari faol ishtirok etishdi.
Seminarda Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri, dotsent (PhD) Abduganiyeva Jamila Rustamovna “ПЕРЕВОД В 21 ВEKE: ЭВОЛЮЦИЯ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ПИСЬМЕННОМ И УСТНОМ ПЕРЕВОДЕ“ mavzusida soʻzga chiqib, ogʻzaki va yozma tarjima jarayonida sunʼiy intellektdan foydalanishning ahamiyati va turli jihatlari haqida gapirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣ | 🤝🌏👨🏫👩🏫
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul rektor maslahatchisi P.Jo’rayev, roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov hamda Xalqaro va ilmiy ishlar bo’yicha dekan muovini A.Xalillayev Ispaniyada xizmat safarida bo'lib turibdi. Bir necha kun avval universitetimiz vakillari Ispaniyaning Xaen universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolagani haqida ma’lum qilgan edik.
💻 | 📺📺
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti haqidagi yangi videorolikni tasvirga olish jarayonining ikkinchi kunidan videolavha
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
24-may kuni Quvnoqlar va zukkolar ko'rik-tanlovining "Toshkent shahar hokim kubogi" bellashuvi bo'lib o'tdi.
Unda O'zDJTU nomidan ''Bolalar" jamoasi ishtirok etdi.
Tanlov yakunida Bolalar jamoasi 2-o'rinni qo'lga kiritdi.
Ma'lumot uchun:
1-o'rin Toshkent davlat agrar universiteti "Yangi yulduzlar"jamoasi 2-o'rin O`zDJTU "Bolalar" jamoasi 3-o'rin Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Atom" jamoasi qo'lga kiritdi.
💻 | 📺📺
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti haqidagi yangi videorolikni tasvirga olish jarayonidan videolavha
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🙋♂️🙋♀️👩🏫💬
Fan doktori va falsafa doktori ilmiy darajasiga, professor, dotsent ilmiy unvonlariga ega bo‘lgan a’zolardan tarkib topgan O’zDJTU Muvofiqlashtiruvchi kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Bu galgi davra suhbati qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi, olimlar turli ixtisoslik kengashlari tomonidan ko‘rib chiqilgan mavzular bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
24-may kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan "Culture and logistics" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir avvalida fakultet dekani Amrullo Karimov bugungi kunda logistika sohasining yurtimizdagi rivoji, sohaga berilayotgan e’tibor va bunda til bilish, kommunikatsiyaning o’rni haqida gapirib o’tdi.
Seminar-treningda Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti ta'lim yo'nalishi talabalariga logistika sohasida faoliyat yuritish haqida ma’lumotlar berildi. Logistika sohasida faoliyat yuritgan talabalar o'z tajribalari bilan bo’lishdi. Tadbir so’ngida talabalar bilan qiziqarli savol-javoblar, fikr almashish, munozaralar olib borildi.
📍 Xalqaro jurnalistika fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt