#raqamlashtirish #talabaga_qulaylik
⚡️Endi talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza berishlari mumkin
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
24-sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratildi.
Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi.
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.
Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz
Bizni kuzating
🇺🇿🟦🟦🟦🇺🇿
Assalomu alaykum, hurmatli vatandoshlar! Aziz jamoadoshlar Qadrli talaba-yoshlar!
Ushbu shukuhli kunlarda Vatanimiz mustaqilligining shonli 33 yilligi “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori asosida mamlakatimizdagi har bir xonadon, barcha hudud va muassasalarda keng nishonlanmoqda.
Siz, azizlarni mana shunday eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Yosh avlodni barkamol voyaga yetkazish, yetuk mutaxassis-kadrlarni tayyorlash orqali Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning taraqqiyotini kafolatlash va xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona faoliyatingizga muvaffaqiyat tilayman. Qadrli talabalarimiz, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka hamroh boʻlsin!
Barchamizga jonajon yurtimizning kamolini, unda yashovchi ko‘p millatli bebaho xalqning mamnuniyatini, farzandlarimiz va nabiralarimizning baxt-u iqboli, buguni va yorqin ertasini ko‘rish nasib etsin!
🇺🇿 Vatanimiz mustaqilligi, elimiz obodligi abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich
#1sentabr #mustaqillik
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
Abduganiyeva Djamilya Rustamovna Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori etib tayinlandi.
0️⃣0️⃣0️⃣
Ma’lumki, yaqin kunlarda yangi 2024-2025 oʻquv yili boshlanish arafasida.
⚡️ Chet tili imtihonlarini o‘tkazish sanalariga o‘zgartirish kiritildi
📆 Ma'lumki, joriy yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.
✅ Oliy ta’limdan keyingi ta’lim (tayanch doktorantura va doktorantura)ga hujjatlarni qabul qilish 15-oktabrda yakunlanishi va talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda imtihon sanalariga o‘zgartirish kiritilmoqda.
📍 Shunga ko‘ra ingliz va arab tillaridan milliy sertifikat imtihonlari 21–22-sentabr kunlari o‘tkaziladi.
🖥 Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Bunda 9-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning, 10-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🟦🟦
30-avgust kuni OʻzDJTU da navbatdagi dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi oʻtkazildi.
Unda Xushmurodova Shahnoza Shaymonkulovnaning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Bilingval talabalarning ikkilamchi lisoniy identivligini shakllantirishning lingvokognitiv xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining ilmiy seminar muhokamasi boʻlib oʻtdi.
🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024 yil 29 avgustda Kulolman spin-off ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5033-sonli qarorlarida mamlakatimizda qadimdan milliy qadriyat sifatida rivojlanib kelayotgan kulolchilik an’analarini asrab-avaylash, xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish, har bir oila, jamoa, idora va tashkilotlarda uni keng targ‘ib etish, xalq ustalarining mehnatini munosib rag‘batlantirish, aholining keng qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jalb etish orqali sifatli kulolchilik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsad qilib olingan.
🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 29-avgust kuni yana bir markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Edu smart” binosi eng zamonaviy uskunalarga ega bo‘lgan studiya bo‘ldi.
Mazkur studiya endilikda onlayn darslar va masofaviy ta’lim darslari, professor o‘qituvchilarning darsliklarini yozib olish imkonini beradi.
Mazkur binoning ochilish marosimida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitetning rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar, faxriy mehmonlar va talabalar ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦
Bugun, 29-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida madaniy obyektlar soni yana bittaga ko‘paydi.
75 yillik tarixga ega universitetning endilikda o‘z muzeyi mavjud.
Universitetning sal kam bir asrlik tarixidan so‘zlovchi, eng katta yutug‘idan tortib, talabalar erishgan har bir marra, xalqaro yutuqlar, hamkorliklar va esdalik sovg‘alarni o‘zida jamlagan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti muzeyi bugun o‘z faoliyatini boshladi.
Universitetning 75 yilligi munosabati bilan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan mazkur muzey ochilishida Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitet rahbariyati vakillari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mutaxassisi Zavqiddin Nasimov va boshqa mehmonlar, professor-o‘qituvchilar hamda bir qancha talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda mazkur muzeyga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 500 dona kitob sovg‘a qilinishi aytib o‘tildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
29-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 1-son yig‘ilishi davomida ilmiy unvon olgan xodimlarni tabriklash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Ingliz tili № 1 fakulteti professori v.b. Iriskulov Muxamadavas Tursunovichni Professor ilmiy unvonini olganligi bilan, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1 kafedrasi dotsenti v.b. Muradkasimova Kamola Shuxratovnani Dotsent ilmiy unvonini olganligi, Rus Filologiyaci fakulteti “Hozirgi zamon rus tili” kafedrasi dotsenti v.b. Saidjalalova Sayyora Mirsadikovnani Dotsent ilmiy unvonini olganligi, Ingliz tili № 2 fakulteti “Amaliy fanlar 2” kafedrasi mudiri, dotsent v.b. Mamatqulova Nilufar Fayzullaqulovnani Dotsent ilmiy unvonini olganligi, Tarjimonlik fakulteti “Ingliz tili tarjima nazariyasi” dotsenti v.b. Abdullayeva Shoxida Norqulovnani Dotsent ilmiy unvonini olganligi, Sharq filologiyasi fakulteti “O‘zbek tili” kafedrasi dotsenti v.b. Fozilova Moxigul Farxodovnani Dotsent ilmiy unvonini olganligi munosabati bilan universitet jamoasi nomidan tabriklashdi.
Shu bilan birga universitetda tahsil olayotgan, xalqaro va mahalliy tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bir nechta talabalar universitet tomonidan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun: Talabalar o‘rtasida hamkorlik va almashinuvni rivojlantirish, , fransuz tili va madaniyatini targ‘ib qilish maqsadida butun dunyo bo‘ylab frankofon alyanslari talabalari uchun tashkil etilgan "Défi Inter-Alliances 2024" tanlovining birinchi va ikkinchi bosqichlarda Roman-german filologiyasi fakulteti 2-bosqich FFRA-2203 gurux talabasi Pirnazarova Sevara Doniyor qizi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Uchinchi bosqichda Sevara O‘rta Osiyo vakili sifatida ishtirok etib, Okeaniya davlatlari bilan kuch sinashdi va 1-o‘rinni egallab, Parijga finalga yo‘llanma qo‘lga kiritdi,
“Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichida Xalqaro jurnalistika fakulteti, xalqaro jurnalistika yo‘nalishi 22-01 guruh talabasi Usmonov Otabek Muzaffar o‘g‘li g‘olib bo‘ldi. Respublika bosqichida loyihasi 120 million so‘m miqdorida moliyalashtirishga tavsiya etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
29-avgust kuni O'zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov Malayziyaning Sultan Idris ta'lim universiteti (UPSI) delegatsiyasini qabul qildi.
Muloqot chog'ida tomonlar hamkorlik aloqalarining ko'lami va yo'nalishlarini kengaytirish, universitetda malay tili o'qitilishini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
UPSI Xalqaro hamkorlik va mobillik markazi direktori Ramli Ismail joriy yilning oktyabr oyida Malayziya Oliy ta'lim vaziri rahbarligidagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari O'zbekistonga tashrif buyurishi hamda ta'lim, fan va madaniyat sohalaridagi aloqalarni mustahkamlash ishlarini jadallashtirish borasida muzokaralar bo'lib o'tishini ma'lum qildi. Shuningdek, O'zbekistonda bo'lish davomida vazirning O'zDJTUga tashrifini tashkil qilishda amaliy yordam berishini so'radi.
🟦🟦🟦🟦🟦
29-avgust kuni OʻzDJTU da dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi oʻtkazildi.
Unda Yodgorova Zebo G`afforovnaning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi “Media olamning lisoniy manzarasida modallik kategoriyasining milliy o‘ziga xosligi” mavzusidagi filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiyasining ilmiy seminar muhokamasi boʻlib oʻtdi.
#mandat #magistratura #qabul2024
⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda
2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
23.00.03 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligi bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning suhbat natijalari: BATAFSIL
———
Результаты собеседований соискателей-независимых исследователей по специальности 23.00.03 – Политические институты, процессы и технологии: ПОДРОБНЕЕ
———
Interview results of applicants for independent research in the specialty of 23.00.03 – Political institutions, processes and technologies: MORE
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
10.00.09 – Jurnalistika ixtisosligi bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning suhbat natijalari: BATAFSIL
———
Результаты собеседования соискателей самостоятельных исследовательских работ по специальности 10.00.09 – Журналистика: ПОДРОБНЕЕ
———
Interview results of applicants for independent research in the specialty of 10.00.09 – Journalism: MORE
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🖥 🟨🟨🟨 🟩🟩🟩🟩
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2024-yil avgust oyidagi faoliyati infografikasi
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Talabaga_qulaylik
O‘zDJTUda 2024-2025-o‘quv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. O‘zDJTUda esa o‘quv yiliga talabalarni kutib olish jarayonlari jadallik bilan davom etmoqda.
31-avgust kuni, dam olish kuni etib belgilanganga qaramay, 2024/2025-o‘quv yiliga talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida universitet hududida tashlik etilgan maxsus shtablar faoliyatini davom ettirmoqda.
Universitet barcha fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutor va boshqa xodimlardan iborat jamoa ko‘ngilli volontyorlar sifatida navbatchilik asosida, turar joy so‘rab kelayotgan yoshlar yordam bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, talabalarni turar-joy bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan maxsus shtab dam olish kunlarisiz faoliyat olib boradi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
Abduganiyeva Djamilya Rustamovna O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori etib tayinlandi.
BATAFSIL
———
Абдуганиева Джамилья Рустамовна назначена директором сетевого центра переподготовки и повышения квалификации педагогов Узбекского государственного университета мировых языков.
ПОДРОБНЕЕ
———
Abduganiyeva Djamilya Rustamovna was appointed to the position of director of the network Center for retraining pedagogical personnel and improving their skills at the Uzbekistan State World Languages University.
MORE
———
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2024-2025-o‘quv yilida ikkinchi mutaxassislik ta’limiga kirish uchun o‘tkazilgan imtihon natijalari qaydnomasi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
30-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida AQShning Lehigh universitetidan jalb qilingan ingliz tili mutaxassisi Stephen Deduck bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
O'zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich mehmon-ekspertga universitet faoliyati va yoʻlga qoʻyilgan xalqaro hamkorliklar haqida ma'lumot berdi.
Shuningdek, mutaxassisga OʻzDJTU Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida va Ingliz tili fakultetida ingliz tilini o'qitishni takomillashtirish ishlarida faol ishtirok etish, turli to'garaklar faoliyatini yo'lga qo'yish va mahalliy professor-o'qituvchilar uchun mahorat darslari tashkil qilishda yordam berishni taklif qildi.
👨🏫👩🏫
30-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida ilmiy seminar tashkil etildi.
Unda Jabborova Hamida Akramovnaning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi “Mediamakonda radionutqning lingvokulturologik aspekti (nutqiy etiketlar misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ipmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining ilmiy seminar muhokamasi boʻlib oʻtdi.
📺📺0️⃣0️⃣0️⃣
29-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida boʻlib oʻtgan yangi “University mall” markazining ochilish marosimidan videorolik.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2024-2025- o‘quv yiliga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Talabalarga keng imkoniyat va qulay sharoit yaratish maqsadida bugun universitet hududida yana bir majmua o‘z ishini boshladi.
29-avgust kuni ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan yangi kompyuter xonasi eng so‘ngi qulayliklar va zamonaviy texnikalarga ega majmualardan biri bo‘ldi.
Binoning ochilish marosimida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi hamda binoni ochib berdi.
150 o‘ringa mo‘ljallangan inshootda endilikda talabalar xalqaro test sinovlarini topshirishlari va boshqa sinovlarda foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Ochilish marosimida universitet rahbariyati vakillari, professor o‘qituvchilar ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan universitet logotipi tushirilgan ruchka, bloknot, kepka, futbolka va boshqa bir nechta mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Endilikda mazkur mahsulotlarni talabalar hamda istagi bor har bir kishi sotib olish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Mazkur mahsulotlar savdosi universitet hududida joylashgan, 29-avgust kuni ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan “University mall” markazida yo‘lga qo‘yildi.
“University mall” markazi ochilish marosimida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitetning rahbariyati vakillari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Ular markazda savdoga qo‘yilgan mahsulotlar bilan tanishib, o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan esdalik buyumlarini xarid qilish imkoniga ega bo‘lishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
29-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 1-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishi avvalida O‘zDJTU Kengashi raisi, rektor Ilxomjon Tuxtasinovning O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, Qaror, Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qaror, Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarorlari va buyruqlari, universitet tomonidan bajariladigan vazifalar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati tasdig‘i to‘g‘risida axboroti tinglandi.
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik to‘g‘risida, O‘zDJTU o‘quv ishlari bo‘yicha 2024/2025-o‘quv yili ish rejasi tasdig‘i to‘g‘risida axborot berib o‘tdi.
Shuningdek, yig‘ilishda universitet rahbariyati vakillari tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi”ning 2024/2025-o‘quv yili uchun ish rejasi to‘g‘risida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litseyining 2024/2025- o‘quv yili uchun ish rejasi tasdig‘i to‘g‘risida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan 2024/2025- o‘quv yili tadbirlar rejasi tasdig‘i to‘g‘risida, universitet Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limining 2024/2025 - o‘quv yili uchun ish rejasi tasdig‘i to‘g‘risida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura bo‘limining 2024/2025 - o‘quv yili ish rejasi tasdig‘i to‘g‘risida va boshqa qator masallar bo‘yicha axborotlar berib o‘tildi.
🟦🟦🟦🟦🟦
29-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi ilmiy seminar tashkil etildi.
Mazkur ilmiy dasturda O'zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Unda Axmedova Nilufar Yaxiyayevnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) ixtisosligi bo‘yicha “Bojxona kursantlariga kasbga yo‘naltirilgan leksikani o‘rgatishning lingvodidaktik asoslari (rus tili misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining ilmiy seminar muhokamasi boʻlib oʻtdi.
#super_kontrakt
2024/2025-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.
Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.
💾 PDF shaklida yuklash
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari ixtisosligi bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning suhbat natijalari: BATAFSIL
———
Результаты собеседований соискателей независимых исследовательских работ по специальности 23.00.04 - Политические проблемы международных отношений, мирового и регионального развития: ПОДРОБНЕЕ
———
23.00.04-interview results of applicants for independent research in the specialty of International relations, political problems of world and regional development: MORE
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning suhbat natijalari: BATAFSIL
———
Результаты собеседования соискателей самостоятельной исследовательской работы по специальности 13.00.02 – Теория и методика обучения и воспитания: ПОДРОБНЕЕ
———
Interview results of applicants for independent research in the specialty of 13.00.02 – Theory and methodology of education and training: MORE
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning suhbat natijalari: BATAFSIL
———
Результаты собеседования соискателей самостоятельных исследовательских работ по специальности 10.00.06 – Cравнительное литературоведение, сравнительное языкознание и переводоведение: ПОДРОБНЕЕ
———
Interview results of applicants for independent research in the specialty of 10.00.06 – Comparative Literary Studies, Comparative Linguistics and Translation Studies: MORE
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt