📣📣📣📣📣
2024-2025 o‘quv yiliga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Arizalar quyidagicha qabul qilinadi:
➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;
➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga;
➡️ rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — universitet ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish.
❗️Rektorat binosing Talabalar bilan ishlash bo'limi 017-xonada qabul qilinadi.
📄 Kerakli hujjatlar:
✔️ ariza (onlayn tarzda);
✔️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli);
✔️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilaruchun).
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟨🟨🟨🟨🟨 🏆🏆🏆
O'zDJTU 3-bosqich talabasi Xolto'rayeva Iroda Turkiyada bo'lib o'tgan konferensiyada maqolasi bilan ishtirok etdi.
Talabamiz Baygench nashriyoti tomonidan “O‘zbekistonning yetakchi ayollari” nomli antologiyada o'z maqolasi bilan ishtirok etib,o'z iqtidorini namoyish etdi.Maqola dolzarb va ijtimoiy ahamiyatiga ega ekanligi ajralib turadi.
Xorijiy tanlovlarda ishtirok etish talabalarni nafaqat ilmiy salohiyatini oshirishga va dunyoviy hamnafas bo'lishga chorlaydi.Talabamizni ilm yo'lidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣ 🤝🌏👨🏫👩🏫
9-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Madaminovich xorijga ilmiy stajirovkaga yuboriladigan doktorantlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda doktorantlar ilmiy-tadqiqot mavzulari yuzasidan izlanishlar olib borish, hamkor xorijiy universitetlar kutubxonalari va ilmiy ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish, xorijiy hammualliflar bilan hamkorlikda maqolalar chop etish hamda xorijiy tajriba bilan yaqindan tanishish masalalari muhokama qilindi.
ℹ️ Ma’lumot uchun: OʻzDJTU doktorantlaridan A.Shaymardanov Buyuk Britaniyaning Norvich tillar o‘qitish instituti hamda I.Bagautdinova va H.Abduraxmonova Fransiyaning Bordo shahrida tashkil etiladigan BELC-2024 yozgi maktabida stajirovka o‘tash uchun xorijiy safarga yuborilmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
9-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti yillik hisobot topshirdi.
Dasturda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, OʻzDJTU prorektorlari, Ingliz tili birinchi fakulteti dekani, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Yigʻilishda 2023-2024 oʻquv yilida fakultetda amalga oshirilgan ishlar, taklif va muammolar tinglandi. Fakultet dekani tomonidan xorijlik ilmiy darajaga ega professor o'qituvchilarni ko'proq jalb etish va masofadan onlayn dars o'tishga ruxsat berish, xorijlik talabalarga gibrid usulida ta'lim berishni tashkil etish borasida ham takliflar berib o'tildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
9-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi yillik hisobot topshirdi.
Dasturda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi vakillari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
🟩🟩🟩🟩
9-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Oʻquv uslubiy boshqarmasi yillik hisobot topshirdi.
Dasturda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Oʻquv uslubiy boshqarma vakillari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
🟩🟩🟩🟩
9-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Raqamli ta’lim texnalogiyalarini joriy etish bo’limi yillik hisobot topshirdi.
Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi vakillari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Dastur davomida Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshligʻi Sobir Tuychiyev tomonidan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish boʻyicha 2023-2024 oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot taqdimot qilindi.
Shuningdek, taklif va muammolar bildirilib, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
3️⃣3️⃣3️⃣
📞 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining qabul komissiyasi abituriyentlarning barcha savollariga quyidagi telefon raqamlari (Call center) orqali javob berishmoqda:
+998955104144
+998955094144
+998955034144
🌐 OʻzDJTU rasmiy telegram kanali:
🟩🟩🟩🟩
8-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitet akademik litseyi yillik hisobot topshirdi.
Dasturda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor M.Chutpulatov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor O.Yusupov, OʻzDJTU akademik litseyi ijrochi direktori M.Obidova va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Yigʻilish davomida akademik litsey ijrochi direktori tomonidan litseyda 2023-2024 oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasasiga qabuli boʻyicha koʻrsatkichlar, litseydagi pedagoglar faoliyati kabilar haqida ma’lumot taqdim etildi.
Shuningdek, yangi oʻquv yili uchun rejalashtirilgan maqsad va vazifalar muhokama qilinib, rektor Ilhomjon Madaminovich tomonidan kerakli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
8-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakulteti yillik hisobot topshirdi.
Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Chutpulatov , Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Nasirov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor O.Yakubovich, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
#e’tirof
Turkiyada o‘tkazilgan "Istanbul International Model United Nations" xalqaro konferensiyada O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi ishtirok etdi.
4 kun davom etgan ushbu dasturda O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi Shaxina Shuhratova qatnashib, “Best Position Paper” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Loyiha davomida madaniyatlararo almashinuv, tanqidiy fikrlash va jamoa bo‘lib ishlash, yoshlar o‘rtasida yetakchilikni rivojlantirish mavzularida seminarlar bo‘lib o‘tdi, shuningdek, turli davlatdan kelgan ishtirokchilar delegat sifatida dunyoga oid turli masalalarga birgalikda yechimlar ishlab chiqishdi.
#el_yurt_umidi
“EL-YURT UMIDI” JAMGʻARMASI 2024 YILGI 1-OCHIQ STIPENDIYA TANLOVIDA ISHTIROK ETING!
“El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi!
“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib:
- bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin,
- magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin,
- doktorantura ta’lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan.
Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25 iyundan 25 iyulga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.
Tanlovga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi.
🌐 Nomzodlar uchun barcha zarur ma’lumotlar Jamg‘armaning onlayn hujjat topshirish platformasida (http://admission.eyuf.uz) batafsil yoritib berilgan.
Murojaat uchun:
☎️ +998 71 203 00 47
+99 871 203 00 48
+99 871 203 00 53
📧info@eyuf.uz
❤@EYUF_Admission_2023bot
“El-yurt umidi” jamg‘armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan Siz yoshlarni ochiq stipendiya tanlovida kutib qoladi!
Batafsil
Bizni kuzating
🟩🟩🟩🟩
5-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti yillik hisobot topshirdi.
Dasturda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Sharq filologiyasi fakulteti dekani, dekan muovini va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev tomonidan fakultetning 2023-2024 oʻquv yilida qilingan oʻquv va oʻquv uslubiy ishlar hisoboti taqdim etilib, talabalar kontingenti, kafedra yuklamalari, oʻquv-uslubiy ishlar, til bilish sertifikatlari, Yada va BMI himoyasi, qayta oʻqishni tashkil etish, akademik mobillik kabilar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, fakultetning yangi oʻquv yili uchun belgilab olgan reja va maqsadlari muhokama qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O'zDJTU professor-o'qituvchilari ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida boʻlib turibdi.
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Yuldashev Xusanboy Ibragimovich va OTM pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori Abidjanov Alisher Saxibovich Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi.
Tashrif Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha muzokaralar oʻtkazish maqsadida tashkil etildi.
👨⚖️👩⚖️
Joriy yilning 2-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi qoshidagi Kengaytirilgan kafedra yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Mazkur yig’ilishda tadqiqotchi Yuvasheva Shoira Maxamadovna 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayyorlangan “KUTADG‘U BILIG” ASARIDA MILLIY MADANIY VA UNIVЕRSAL LЕKSIKA: SЕMANTIK VA TARJIMA ASPЕKTLARI” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiya ishi muhokama etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📣📣📣📣📣
2024-2025-o’quv yilida akademik mobillik doirasida o’qishini o’zining yashash hududidagi oliy ta’lim muassasida o’qimoqchi bo’lgan filial talabalari “Akademik mobillik” olish uchun 2024-yilning 25-avgustidan-25-sentyabrgacha murojaat etishlari mumkin.
Akademik mobillik olish uchun talablar:
O’tgan o’quv yilidan qarzdorligi (yotoqxona, kutubxona, kontrakt va h.k) bo’lmasligi;
GPA bali 2.6 va undan yuqori bo’lishi;
Yangi o’quv yili uchun kontrakt to’lovini amalga oshirgan bo’lishi (shartnomada o’qiydigan talabalar uchun)
Akademik mobillik doirasida ketayotgan oliy ta’lim muassasasi bilan kelishuv qilgan bo’lishi lozim.
Rektorat binosining Talabalar bilan ishlash bo'limi 017-xonada qabul qilinadi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#qabul2024 #eslatma
#akademik_litsey
⚡️DIQQAT, bugun akademik litseylarga hujjat topshirishning so‘nggi kuni
✅ Bugun, 10-iyul kuni AKADEMIK LITSEYLARga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.
👨🏻💻 Umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilari 23:59 ga qadar my.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
🔗Foydali havolalar (matn ustiga bosing):
👉 Akademik litseylarning fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni va baholash mezonlari;
👉 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.
Bizni kuzating
🟩🟩🟩🟩
9-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti yillik hisobot topshirdi.
Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Dastur davomida Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani B.Kulmatov tomonidan fakultetda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, talabalar kontingenti, professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar faoliyati, shuningdek, oʻquv va oʻquv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoʻlga qoʻyilgan xalqaro hamkorliklar haqidagi hisobot taqdimot qilindi.
🟩🟩🟩🟩
9-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetidagi barcha boʻlimlar yillik hisobot topshirdi.
Yigʻilishda Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi, Raqamli ta’lim texnologiyalari bo‘limi, Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi, “Registr office” bo‘limi, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi, Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi, Xalqaro aloqalar bo‘limi, Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi, Inson resurslarini boshqarish bo‘limi, Talabalar bilan ishlash bo‘limi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi, Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazorat bo‘limi, Reja-moliya bo‘limi, Buxgalteriya bo‘limi, Respublika til o‘qitish markazi va Axborot-resurs markazi 2023-2024 oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobot berdi.
🟩🟩🟩🟩
OʻzDJTUda yillik hisobot taqdimotlari davom etmoqda.
Shuningdek, 9-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Devonxonasi ham 2023-2024 oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar va vazifalar boʻyicha yillik hisobot topshirdi.
Dastur davomida edo.ijro.uz va uzgumya1@exatuz tizimi orqali kelib tushgan va nazoratga olingan hujjatlar toʻgʻrisida ma’lumot berildi.
Yakunda rektor Ilhomjon Madaminovich Devonxona faoliyati haqida toʻxtalib, yangi oʻquv yilida inobatga olinishi kerak boʻlgan jihatlar haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
9-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi yillik hisobot topshirdi.
Dasturda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, universitet prorektorlari, boʻlim boshliqlari, jumladan, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi boshligʻi va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
#Qabul2024 #Abituriyent2024
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
👨🏻💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube
🟩🟩🟩🟩
8-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Magistratura boʻlimi yillik hisobot topshirdi.
Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, jumladan, Magistratura boʻlimi boshligʻi, boʻlim mas’ullari va boshqa vakillar ishtirok etdi.
🟩🟩🟩🟩
8-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limining yillik hisoboti bo'lib o'tdi.
Yig'ilish davomida QTD bo'limi boshlig'i Nigora Abdullayeva tomonidan bo'limda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, 2023-2024 oʻquv yilida rejalashtirilgan 8857 umumiy soat bajarilgani, jahonda reytingi yuqori boʻlgan universitetlar bilan qo'shma ta'lim dasturini ochish rejasi mavjud ekanligi, Xitoyning Lyaodun, Jazoirning Al-Vadi, Top-1000 talikka kirgan universitetlar bilan oʻrnatilgan aloqalar haqida batafsil hisobot berildi.
2️⃣2️⃣2️⃣ 🤝🌏👨🏫👩🏫
7-iyul kuni "Konfutsiy institutlari va sivilizatsiyalar oʻrtasidagi oʻzaro taʼlim" mavzusidagi Markaziy Osiyo mamlakatlari Konfutsiy institutlari xalqaro forumi boʻlib oʻtdi.
Forum Markaziy Osiyo mamlakatlarida 2024-yilda Konfutsiy instituti tashkil etilganining 20 yilligiga bagʻishlab, chuqur tajriba almashish, Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida til, madaniyat va taʼlim sohalarida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Яқин Шарқ нега тинчимаяпти? (+видео)
Бугунги кунда Яқин Шарқ сиёсий, иқтисодий ва хавфсизлик муаммолари кесишадиган динамик ва мураккаб минтақа бўлиб қолмоқда.
🎥 https://youtu.be/svRICQaKqHg
Батафсил: https://uza.uz/posts/605869
Тelegram | Facebook | Instagram
🟩🟩🟩🟩
6-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti yillik hisobot topshirdi.
Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Ingliz filologiyasi fakulteti dekani, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Dastur davomida Ingliz filologiyasi fakulteti dekani G.Ergasheva tomonidan fakultetda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, talabalar kontingenti, professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar faoliyati, shuningdek, oʻquv va oʻquv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoʻlga qoʻyilgan xalqaro hamkorliklar haqidagi hisobot taqdimot qilindi.
🟩🟩🟩🟩
6-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti yillik hisobot topshirdi.
Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Dastur davomida Roman-german filologiyasi fakulteti dekani H.Hakimov tomonidan fakultetda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, talabalar kontingenti, professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar faoliyati, shuningdek, oʻquv va oʻquv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoʻlga qoʻyilgan xalqaro hamkorliklar, xususan, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqidagi hisobot taqdimot qilindi.
#Taziya
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi Toshxonov Muhammadali Turdaliyevichning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari, jamoasi va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi.
Ustoz faoliyati davomida ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qoʻshib kelayotgan inson edi. Uning aziz xotirasi shogirdlar qalbida mangu qoladi.
Ma'lumot uchun: Janoza namozi bugun peshin namozidan so'ng 13:30 da o'qiladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟥🟥🟥🟦🟦🟦🟦
💬Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda iqtidorli va jamoat ishlarida faol tarixchi yoshlarni qо‘llab-quvvatlash,
о‘zbek tarixchiligi milliy maktabining yangi avlodini shakllantirish maqsadida
2024-yil 11–19-avgust kunlari О‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda “Yosh tarixchilarning 3-yozgi о‘qishlari” о‘tkazilmoqda.
📶Qatnashchilar tanlov asosida saralab olinadi.
✅Qatnashish istagidagi 30 yoshgacha bо‘lgan talabalar, magistrlar, doktorantlar,
о‘qituvchilar, olimlar @yoshlarittifoqi_uzswlu manziliga murojaat qilib roʻyxatdan oʻtishi mumkin.
⏺Eslatma: Oʻqish davridagi barcha harajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.
🇺🇿🇺🇿OʻzDJTU Yoshlari