O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
🇺🇿|🇮🇹 Italiyada O‘zbekiston kuni
29-iyul kuni Italiyaning Peruja Chet elliklar uchun universitetida O‘zbekiston kuni nishonlandi
Tadbir Toshkentdagi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Italyan tili kafedrasi talabalari tomonidan tashkillashtirildi.
Unda universitet rektori, professor Cezaris, o‘qituvchilar hamda dunyoning turli burchaklaridan kelgan talabalar ishtirok etishdi.
Dastur davomida tadbir ishtirokchilari:
🍽 oʻzbek milliy taomlaridan tatib ko‘rish;
🇺🇿 an’anaviy kiyimlarimizni tomosha qilish;
🏛 tariximiz va me’morchiligimiz haqida qiziqarli ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
👨🏫👩🏫
Dissertatsiya muhokamasi tashkil etildi
29-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Dvoryashina Viktoriya Sergeyevnaning “Jon Stenbek ijodida travelog janrining o‘ziga xosligi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi koʻrib chiqildi.
Dastur davomida tadqiqotchi kengash a’zolari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Shuningdek, lmiy ishning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💻📺📺
28-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Magistratura bosqichi bitiruvchilari uchun tashkil etilgam diplom topshirish marosimidan videorolik
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣ #dolzarb90kun
“Dolzarb 90 kun” doirasida navbatdagi offline mashg‘ulot
OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida “Young Researchers” to‘garagi doirasida “Improving English Pronunciation for Confident Speaking” mavzusida amaliy trening bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga ingliz tilidagi talaffuzni yaxshilash, ishonch bilan gapirish ko‘nikmalarini shakllantirish, urg‘u va intonatsiya bo‘yicha muhim qoidalar hamda amaliy mashqlar taqdim etildi.
💜💜💜
💠Qo‘shma taʼlim- ikkita diplom, bir xil arzon narx! 🌍
XORIJIY DIPLOM OLISHNI XOHLAYSIZMI, AMMO KATTA XARAJATLARSIZ?!
✅Endi bu mumkin! Bizning Bakalavriat va Magistratura uchun mo‘ljallangan Qo‘shma taʼlim dasturlarimiz orqali ikki davlatda o‘qib, yiliga 💵2.000 evaziga IKKI DIPLOMGA ega bo‘ling!
💵O‘qish narxi xorijda ham bir xil!
📌 Bakalavriat (2+2)
2 yil O‘zbekistonda + 2 yil xorijda
📌Magistratura (1+1)
1 yil O‘zbekistonda + 1 yil xorijda
💡Xalqaro qo‘shimcha to‘lovlar yo‘q!
💡Qayerda o‘qisangiz ham narx o‘zgarmaydi!
🌐 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
◀️Telegram | 🌐Facebook
🖥Rasmiy sayt | ❗️ Instagram
⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.
Bizni kuzating
✅🎓Xorijiy diplomni o‘z yurtingizda qo‘lga kiriting!
O‘zDJTU ning Qo‘shma ta’lim dasturi orqali siz:
✅ Xalqaro tan olingan diplom egasiga aylanasiz
✅ Xorijdan kelgan malakali ustozlardan ham ta’lim olasiz
✅ Til, madaniyat va 21-asr ko‘nikmalarini birga o‘rganasiz
✅Qabul muddati: 20-avgustgacha
🗓Imtihon: 26-avgust
Dastur haqida ko‘proq bilmoqchimisiz? Videoni tomosha qiling va savollaringizni izohlarda yozib qoldiring! ✏️
😀 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
✈️Telegram | 🗳Facebook
😀Rasmiy sayt | 😀 Instagram
#OzDJTU #QoshmaTalim #XorijiyDiplom #TalabaHayoti #Talim #edu #education #uzswlu #doubledegree #chinastudy #studyinrussia #studyinbelarus #chineselanguage #russian
0️⃣0️⃣0️⃣ #dolzarb90kun
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi dasturlar davom etmoqda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o‘qituvchisi Shohsanam Turg‘unova tomonidan Bektemir tumani 337-maktabda 6-sinf o‘quvchilari bilan ingliz tilidan “Health” (Sog‘liq) mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi haqidagi tushunchalarni ingliz tili orqali mustahkamlash, chet tilida erkin fikrlash va fikr bildirish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
🎯 25.07.2025 sanasida "DOLZARB 90 KUN" doirasida Ingliz tili nazariy aspektlari N1 kafedrasi professor o’qituvchilari tomonidan “Shepreneur-Yangi boshlayotgan ayol tadbirkorlar uchun mentorlik platformasi" tadbiri bo’lib o’tdi!
📃Mazkur tadbir start-up loyihalari yaratish, uni yo'lga qo'yish borasidagi ma'lumotlarga boy bo’ldi!
🔋 Tadbir doirasida professor o’qituvchilar tomonidan taqdimot, savol-javob olib borildi.
🗣 Talabalar tomonidan tayyorlangan turli loyihalar tahlil qilindi va zarur maslahatlar berildi.
👩🎓Tadbirda quyidagi professor o’qituvchilar va mehmonlar ishtirok etishdi:
Zulpiyeva D.- Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi katta o’qituvchisi;
Hojanova O'.- Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi o’qituvchisi;
Usmonova F.- Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi katta o’qituvchisi;
Azimova Z.- Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi stajyor- o’qituvchisi.
📈Xotin-qizlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash maqsadida o'tkazilgan tadbirda qatnashuvchilar qimmatli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
💛💛💛
⭐️ Ochiq eshiklar kuni — samimiy muloqot va muhim maʼlumotlar! ⭐️
Kecha Qo‘shma taʼlim dasturi bo‘limimizda hujjat topshirgan ota-onalar va abituriyentlar bilan ochiq eshiklar kuni sifatida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 🌟
Uchrashuv davomida:
0️⃣0️⃣0️⃣ #dolzarb90kun
24-iyul kuni OʻzDJTU Ingliz tili nazariy aspektlari N1 kafedrasi professor o’qituvchilari tomonidan “Ekotizimni asrash uchun raqamli kompaniya” loyihasi tadbiri bo’lib o’tdi
🌿 ”Ekotizim-umumiy boyligimiz” shiori ostida tashkil etilgan dastur yangiliklarga boy bo’ldi. Tadbir doirasida professor o’qituvchilar tomonidan berilgan qiziqarli savollar, turli topshiriq va viktorinalar talabalarda birdek qiziqish uyg’otdi.
Shuningdek, talabalar tomonidan tayyorlangan videoroliklar, taqdimotlar orqali ma’lumotlar almashildi.
Tadbirda Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi katta o’qituvchisi Q.A. Djabbarova, Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi katta o’qituvchisi F.M. Adilova, Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi katta o’qituvchisi, iqtidorli talabalar bo’yicha mas’ul X.Sh. Ishqobilova kabi mehmonlar ishtirok etdi.
🔹🔹🔹🔹#Dolzarb90kun
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida onlayn trening tashkil etildi
25-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Xushmatova Gulnoza tomonidan “Yosh faylasuflar” to‘garagi hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar uchun ZOOM platformasi orqali onlayn trening tashkil etildi.
Trening davomida ishtirokchilarga startap loyihalarni yaratishdagi asosiy maqsadlar, ularning talabalar dunyoqarashiga ta’siri haqida nazariy tushunchalar hamda amaliy ko‘nikmalar berildi. Talabalar o‘z g‘oyalarini shakllantirish va ularni hayotga tatbiq etish bo‘yicha dastlabki bilimlarga ega bo‘lishdi.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Ispaniyaning Leida universiteti o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
25-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Ispaniyaning Leida universiteti o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda Leida universiteti tomonidan Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Dr. Toni Granollers Saltiveri, Filologiya fakultetining xalqaro ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Guzman Mancho Bares hamda Filologiya fakultetining professori Mariya Calero Fernandez, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan esa Roman-german filologiyasi fakulteti dekani Xamidullo Xakimov, Registrator ofisi boshlig‘i Adilbek Xalillayev, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Husanboy Yuldashev hamda Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri Iroda Turamuratova ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar:
➡️Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi loyihalarini amalga oshirish;
➡️Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda hammualliflikda ilmiy maqolalar chop etish;
➡️Xalqaro ilmiy seminar va konferensiyalarni hamkorlikda tashkil etish;
➡️Leida universitetidan professor-o‘qituvchini O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dars berishga jalb etish;
➡️Akademik hamkorlik doirasida istiqbolli tashabbuslarni amaliy bosqichga o‘tkazish.
#Qabul2025 #Oʻtish_bali
⚡️2025/2026-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal oʻtish bali o‘zgarishsiz qoldi
🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilandi.
Bizni kuzating
0️⃣0️⃣0️⃣ #dolzarb90kun
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Start-up” tashabbusi
25-iyul kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Xolmatov tomonidan yozgi ta’til davrida talabalar uchun "Chet tili darslarida ekologiya kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirish" mavzusida startap to‘garagi tashkil etildi.
Loyiha maqsadi:
✔️ Talabalarda ekologiya sohasida startap loyihalar haqida tushuncha berish;
✔️ Nemiszabon davlatlardagi yoshlarning tabiatni asrash bo'yicha amalga oshirayotgan ishlaridan namunalar ko'rsatish;
✔️ Tabiat va atrof muhitga bo'lgan munosabatni o'zgartirish;
✔️ Talabalar bilan yangi startap loyihalar ishlab chiqishdan iborat boʻldi.
Onlayn to'garak yakunida talabalar bilan shunday uchrashuvlarni uzluksiz tashkil qilish, shuningdek, poytaxtimiz ekologiyasini asrash uchun maksimal harakat qilish boʻyicha muhokama olib borildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨⚖️👩⚖️
Navbatdagi dissertatsiya muhokamasi tashkil etildi
29-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ahmedova Aziza Komilovnaning “Sinkler Lyuis nasrida badiiy obraz psixologizmi poetikasi” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Muhokama jarayonida ilmiy seminarning barcha a’zolari faol ishtirok etishdi va tadqiqotchi tomonidan dissertatsiya bo‘yicha berilgan savollarga atroflicha javob berildi. Ilmiy ishning nazariy asoslari, uslubiy yondashuvlari va dolzarbligi yuzasidan fikrlar bildirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💜💜💜
Qo‘shma taʼlim dasturi afzalliklari:
❗️
Xalqaro darajadagi diplom:
Ishga joylashishda ustunlik:
CEFR talablari asosida tillarni o‘rganish, o‘qitish va baholash:
Xalqaro professorlar:
To‘liq akademik yo‘nalishlar zanjiri:
Akademik mobillik:
0️⃣0️⃣0️⃣ #dolzarb90kun
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi dasturlar davom etmoqda
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universoteti Sharq filologiyasi fakulteti talabalari oʻrtasida “She’riyat gulshani” nomi ostida onlayn toʻgarak tashkil etildi.
Dastur doirasida fakultetning faol talabalari yozgi ta’til davomida yozgan va yod olgan she’rlari bilan oʻzaro boʻlishdi. Shuningdek, she’rlar janrlari, yozilish uslubi va ma’no-mazmuni boʻyicha muhokama olib borildi.
Bu kabi toʻgaraklar talabalarning yozgi ta’til davridagi boʻsh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etishga, she’riyatga boʻlgan qiziqishinu yanada orttirishga, qolaversa, jamoaviy ishlash koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👩🎓 0️⃣0️⃣0️⃣#dolzarb90kun
Magistratura bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi
28-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Magistratura bosqichi bitiruvchilari uchun diplom topshirish marosimi tashkil etildi.
Dasturda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov, OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, shuningdek, universitet rahbariyati vakillari, bitiruvchi magistrantlar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida vazir oʻrinbosari Otabek Mahkamov OʻzDJTU bitiruvchi magistrantlariga iliq tilaklar bildirib, kelgusidagi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tiladi. Soʻng rektor Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan ham magistrantlar erishgan yutuqlar alohida e’tirof etilib, tabrik nutqi soʻzlandi. Marosimning asosiy taqdirlash bosqichida har bir OʻzDJTU bitiruvchi magistrantiga diplom topshirilib, ularning yoʻnalish doirasida ega boʻlgan koʻnikmalari, kelgusidagi rejalari va universitetga minnatdorlik soʻzlari tinglandi. Yakunda kun qahramonlarining yaqinlari va oila a’zolari tomonidan ham iliq fikrlar bildirildi.
✅🎓Xorijiy diplomni o‘z yurtingizda qo‘lga kiriting!
O‘zDJTU ning Qo‘shma ta’lim dasturi orqali siz:
✅ Xalqaro tan olingan diplom egasiga aylanasiz
✅ Xorijdan kelgan malakali ustozlardan ham ta’lim olasiz
✅ Til, madaniyat va 21-asr ko‘nikmalarini birga o‘rganasiz
✅Qabul muddati: 20-avgustgacha
🗓Imtihon: 26-avgust
Dastur haqida ko‘proq bilmoqchimisiz? Videoni tomosha qiling va savollaringizni izohlarda yozib qoldiring! ✏️
😀 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
✈️Telegram | 🗳Facebook
😀Rasmiy sayt | 😀 Instagram
#OzDJTU #QoshmaTalim #XorijiyDiplom #TalabaHayoti #Talim #edu #education #uzswlu #doubledegree #chinastudy #studyinrussia #studyinbelarus #chineselanguage #russian
#Qabul2025 #Magistratura_turdosh
⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati
Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin.
Magistratura kvotasi bu yerda:
👉 KUNDUZGI
👉 KECHKI
👉 MASOFAVIY
Bizni kuzating
🩷🩷🩷
Qo'shma ta'lim dasturlariga o'qishga qabul qilish tartibi bo'yicha ma'lumotlarni yuqoridagi file orqali yoki quyidagi havolaga bosib yoki O‘zDJTU saytining Qo'shma talim bo'limiga o'tib sayt oxiridagi fayldan ko'rib chiqishingiz mumkin.
❓Qo'shimcha savollar bo'lsa biz bilan bog'laning
➡️⬅️Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
▶️Telegram | ▶️Facebook
▶️Rasmiy sayt | ▶️ Instagram
4️⃣4️⃣4️⃣
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi taʼtil davrida universitet talabalarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturining 4-bandiga asosanOʻzDJTUda “Mening Oʻzbekistonim”, “Men sevgan asar” videoroliklar tanlovlari natijalari
#dolzarb90kun
📚Dolzarb 90 kun loyihasi doirasida ilmiy to‘garak!
🏫 Tashkilotchi: O‘zDJTU, Ingliz tili 2-fakulteti, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №2 kafedrasi
👩🏫 Ma’ruzachi: katta o‘qituvchi Rahmatova Nargiza Valijonovna
💻 Platforma: Zoom
🎓Mavzu: “Avoiding plagiarism”
🔹 Talabalar plagiat tushunchasi, uning turlari va ilmiy halollik tamoyillari haqida chuqur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
🔹 Plagiatning nafaqat jiddiy ilmiy muammo, balki akademik axloqiy prinsiplarni buzish ekani ta’kidlandi.
🔹 Manbalarni to‘g‘ri keltirish, parafraza, iqtibos va umumlashtirish usullari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
💬Mashg‘ulot interaktiv savol-javob tarzida bo‘lib o‘tdi. Talabalar o‘z savollariga batafsil javob olishdi va real matnlar misolida plagiatning oldini olish usullari bilan tanishishdi.
🔻Faol qatnashgan talabalar rag‘batlantirildi.
✨ Bu kabi tadbirlar yoshlarning ilmiy madaniyatini oshirish, ularni halollik va mas’uliyat bilan ilmiy ish yuritishga o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega.
0️⃣0️⃣0️⃣ #dolzarb90kun
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Start-up” tashabbusi
25-iyul kuni OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti Zamonaviy axborot texnologiyalari kafedrasi o'qituvchisi Z.Sharipova tomonidan yozgi ta’til davrida talabalar uchun "Pitch tayyorlash va startapni taqdim etish" mavzusida startap to‘garagi tashkil etildi.
"Pitch tayyorlash, “Startap nima: Gʻoya va loyiha” mavzusida onlayn oʻtkazilgan mashgʻulot davomida ishtirokchilar startap atamasining mazmun-mohiyati, loyiha va gʻoya oʻrtasidagi farq, ularni amaliyotda amalga oshirishda zarur bilim-koʻnikmalar haqida ma’lumotlarga ega boʻldilar.
Loyiha maqsadi:
1️⃣Talabalarda pitch tayyorlash, startap loyihalar haqida tushuncha berish;
2️⃣Talabalar bilan yangi startap loyihalar ishlab chiqishdan iborat boʻldi.
🟦🟦🟦#Dolzarb90kun
"Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “MentorHub” mavzusida taqdimot o‘tkazildi
25-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar 2-kafedrasi tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi onlayn taqdimot tashkil etildi.
ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan mazkur taqdimotda Rahmonqulova Zarnigor va Abduvaliyeva Nigora tomonidan “MentorHub: Talabalar uchun raqamli mentorlik tizimi” mavzusi muhokama qilindi.
Taqdimot davomida raqamli mentorlik tizimining mohiyati, mentor va mentee o‘rtasidagi samarali aloqa, MentorHub platformasi imkoniyatlari, mentor tanlash mezonlari hamda ilgari qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatli tajribalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🟦🟦🟦#Dolzarb90kun
O‘zDJTUda turizm sohasida raqamlashtirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
25-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Italian tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan “Turizm sohasida xizmatlarni raqamlashtirish (Italiya tajribasi asosida)” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar talabalarni yozgi ta’til davrida vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va innovatsion loyihalarda ishtirokini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi. Unda Italiyada malaka oshirgan va akademik almashinuv dasturlarida qatnashgan talabalar faol ishtirok etdi.
#Qabul2025 #Magistratura_turdosh
⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati
Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin.
Magistratura kvotasi bu yerda:
👉 KUNDUZGI
👉 KECHKI
👉 MASOFAVIY
Bizni kuzating
#MaqsadliKvota #Bakalavr #SogʻliqniSaqlash #Qabul2025
Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti
2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).
BaholashUz">
Bizni kuzating
0️⃣0️⃣0️⃣🤝🌏👨🏫👩🏫
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkent shahar Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi
Mazkur hujjat O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov va bosh boshqarma boshlig‘i Xaydarov Baxtiyor Xalimovich tomonidan imzolandi. Memorandum universitet tizimidagi xorijiy tillar bo‘yicha malaka oshirishga ehtiyoj sezayotgan boshqaruv va texnik xodimlarning malakasini oshirish, tajriba almashish, hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
✔️boshqaruv va texnik xodimlar uchun xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv dasturlarini tashkil etish;
✔️zamonaviy kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish;
✔️o‘zaro tajriba almashish va seminarlar tashkil etish;
✔️xorijiy tillarni o‘rganish orqali xalqaro standartlarga mos boshqaruv tizimini shakllantirish.
✔️universitet bitiruvchilarini ish bilan taminlash