uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

#Qabul2024 #Abituriyent2024

Hurmatli abituriyentlar!

❇️ Sizlarga 2024-yil 14-iyul kuni boshlanadigan test sinovlari oldidan omad tilagan holda, quyidagilarni yana bir bor eslatib o‘tamiz.

⏰ Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan sana va vaqtda keling.

📄 O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).

❌Tez sinovlariga taqiqlangan vositalarni olib kirishga urinmang. Bu sizni chetlashtirish uchun asos bo‘ladi!

❗️ Unutmang! Kech qolgan, hujjatlarsiz kelgan yoki ularning nusxalarini taqdim etgan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmayd!!!

📌Yuqoridagi videoda test sinovlarini o‘tkazish tartibi ko‘rsatilgan.

❗️Abituriyentlar ruxsatnomani @ruxsatnoma_uzbmb_bot telegram-boti orqali yuklab olishi mumkin.

📱 @sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar diagnositika testlarini bepul bajarib ko‘rishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bolalarni bog‘chaga joylashtirish soddalashtirildi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi soddalashtirilganligi, byurokratik to‘siqlar qisqartirilganligi munosabati bilan Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

🖥 Jumladan, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yo‘llanmalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi. Bunda, yo‘llanma rasmiylashtirilganda fuqarolarga tasdiq kodga ega xabarnoma yuborish va shu tasdiq kod asosida bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilinadi.

📲 Fuqarolarga yo‘llanma olish uchun berilgan so‘rovnomadagi telefon raqamini istalgan vaqtda o‘zgartirish imkoniyati yaratildi. Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish davlat tashkilotlarining aybi bilan kechikkanda yo‘llanma o‘z kuchida qoladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Test sinovi kuni ayrim sabablarga ko‘ra boshqa viloyatda bo‘lib qolgan abituriyent o‘sha viloyatda test sinovidan o‘tsa bo‘ladimi?

Yo‘q, abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida qaysi viloyatni belgilagan bo‘lsa, ayni shu hududda tashkil etilgan imtihonda qatnashishi mumkin. Boisi, shu abituriyent uchun test materiallari ayni u belgilagan hudud uchun ajratilgan bo‘ladi va uni almashtirish imkoni mavjud emas.

❗️Abituriyentlar ruxsatnomani @ruxsatnoma_uzbmb_bot telegram-boti orqali yuklab olishi mumkin.

📱 @sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar diagnositika testlarini bepul bajarib ko‘rishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

❗️2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi.

📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

📄 Test sinovlari boshlanishiga sanoqli kunlar qolganligi bois abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.

🗓 Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

⭐️ Barcha abituriyentlarga test sinovlarida omad tilaymiz!!!

❗️Abituriyentlar ruxsatnomani @ruxsatnoma_uzbmb_bot telegram-boti orqali yuklab olishi mumkin.

📱 @sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar diagnositika testlarini bepul bajarib ko‘rishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Akademik_litsey
#Qabul_2024

⚡️Ertaga akademik litseylar uchun qabul yakunlanadi


Ertaga, 10-iyul kuni 2024/2025 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn hujjat topshirishning so‘nggi kuni.

✔️ Qanday hujjatlar zarurligi, kimlarga imtiyoz berilishi va ro‘yxatda o‘tishda nimalarga e‘tibor berish lozimligi haqida quyida ma‘lumot berilgan: 👉 https://talimxabarlari.uz/5567/

☎️ Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Kirish imtihonlariga doir eng muhim xabarlar

🔹 Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

🔹 Kirish imtihonlarida abituriyentlarga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlar ro‘yxati (to‘liq)

🔹 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlar nimalarga alohida e’tibor berishi kerak?

🔹 Bu yildan qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi. Yana qanday o‘zgartirishlar kiritildi?

🔹 Milliy sertifikat natijalariga ko‘ra test jarayonida kimlarga maksimal ball beriladi?

🔹 Davlat buyurtmasi boʻyicha kvotalar taqsimotida qaysi sohalarga ustuvorlik beriladi?

🔹 Eslatma! 14 ta pedagogik ta’lim yo‘nalishi uchun sirtqi ta’lim shakliga qabul to‘xtatilgan

🔹 Nogironligi bor abituriyentlarga OTMga kirishda imtiyozlar beriladimi?

🔹 O‘qishga qabul qilishdagi minimal o‘tish bali oshirildi. Bu o‘zgarishlar qachondan kuchga kiradi?

🔹 Abituriyentlar joriy yilda ham davlat granti yoki ta’lim yo‘nalishi ustuvorligini tanlashlari mumkinmi?

🔹 Taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi

🔹 Rasman: Test sinovlari 14-28-iyul kunlari o‘tkaziladi

🔹 Kasbiy-ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar ikkinchi bosqichda yo‘nalishlarini o‘zgartira olmaydi

🔹 Kirish imtihonida qatnashish uchun kimlardan to‘lov undirilmaydi?

🔹 Imtiyozli kvota asosida talaba bo‘lganlarning granti 4 yilda ham saqlab qolinadimi?

🔹 OTMga kirish uchun 43 ta turdagi imtiyozlar mavjud (to‘liq ro‘yxat)

🔹 Telefon raqamini yo’qotgan abituriyentda qanday yechim bor?

🔹 Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezidenti granti beriladi

🔹 Kirish imtihonlari uchun namunaviy test savollari (majburiy va blok fanlar)

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qabul2024 #Abituriyent2024

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

📱 @sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar diagnositika testlarini bepul bajarib ko‘rishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Renessans ta’lim universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda

Universitetda talabgir sohalar bo‘yicha 40 ga yaqin yo‘nalishlardan birini tanlab, kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarida va ikkinchi mutaxassislik boʻyicha tahsil olishingiz mumkin.

RTU’da HEMIS tizimi joriy qilingan bo‘lib, davlat namunasidagi diplomni o‘z talabalariga taqdim etadi. Hozirgi kunga kelib, universitetda 10 mingdan ortiq talabalar bilim va koʻnikmalarga ega bo'lib kelmoqda.

➖Eʼtiborlisi, xalqaro hamkorlik aloqalari, xususan, Koreya, Xitoy, Malayziya kabi davlatlarning oliygohlari bilan talabalar alamashinuvi dasturi yo‘lga qo‘yilgan.

📋 Onlayn ariza va imtihon topshirish www.renessans-edu.uz  👈 sayti orqali boʻlib oʻtadi.

Eslatma: hujjat topshirish jarayoni mutlaqo bepul.

📄 Litsenziya 👈

📞 Murojaat uchun: 55-506-70-07, 55-506-70-08

📍Toshkent shahri Samarqand darvoza ko‘chasi Charxnovza 17.

Telegram | Instagram | Veb sayt

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Akademik_litsey
#Qabul_2024

⚡️Akademik litseylarga qabul yakunlanishiga 2 kun qoldi


Joriy yilning 10-iyul kuni 2024/2025 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish yakunlanadi.

🪪 Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

🖼 3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:

👉 oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);

👉 va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

📥 Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

☎️ Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️B2 darajaga (milliy va xalqaro sertifikatga) ega bo’lmagan amaldagi xorijiy til o’qituvchilari yangi o’quv yilida dars berishiga ruxsat beriladimi?

Hukumat qarori (19.05.2021-y)da muvofiq 2024/2025-o‘quv yiliga qadar barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.

Hozirda sertifikat olishga ulgurmagan o’qituvchilarga yana qo’shimcha muddat berilishi bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga qaror loyihasi kiritilgan. Ya’ni, ingliz tili o’qituvchilari 3 yil davomida ham zarur sertifikatga ega bo’lmagan bo’lsa, bu safar ham imkon berilishi mumkin.

📌 Biroq bu hali loyiha, shu sababli sertifikati yo‘q pedagoglarga tan olinadigan sertifikatlardan birini olishga harakatni davom ettirishni tavsiya qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, tan olinadigan sertifikatlar ro‘yxati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklarining qarori (29.05.2024, №3515)ning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan. (Yuqoridagi ro‘yxat👆)

❌ Avvalgi, 2021-yilda tasdiqlangan qaror bilan solishtirganda qaysi sertifikatlar va nima uchun roʻyxatdan chiqarib yuborilgani haqida quyida ma’lumot bergan edik: 👉 /channel/uztdi/8474

⛔️ Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmaydi.

Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan chet tili sertifikatlar roʻyxati ushbu yangi qarorning 3-bobida alohida tasdiqlangan boʻlib, ishga kirishda soʻraladigan va ustama toʻlanadigan sertifikatlar roʻyxati qisman farq qiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️MUHIM ESLATMA

🗓 Ertaga, 7-iyul kunidan Prezident maktablariga kirish imtihonlarinig 1-bosqichi boshlanadi!

Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati saytga joylashtirildi.

📌 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:

📍MANZILLAR ROʻYXATI

@piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Rasman: 2024-2025-o’quv yili uchun Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institutida qabul boshlandi

📥Hujjatlar shu yilning 30-iyuliga qadar @Tipi_qabul_bot hamda onlayn shaklda qabul qilinadi.

📚Yo‘nalishlar va kontrakt summalari:
https://telegra.ph/Yonalish-va-kontrakt-summalari-06-28

📞Murojaat uchun:
+998702007007 | @tipi_4931

📄(Litsenziya037521, 05.09.2022y.)

📌Manzil;

Institut rasmiy sahifalari:
Web-site | Telegram | Facebook | Youtube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar (ayniqsa, telegram guruhlari)da 2024-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkazilgan attestatsiyada ishtirok etgan pedagoglarning barchasiga ikki (toʻrt, olti va h.k.z.) balldan qoʻshib berilganligi toʻgʻrisida asossiz notoʻgʻri xabarlar tarqatilmoqda.

Aslida esa, attestatsiya jarayonida foydalanilgan test topshiriqlari boʻyicha kelib tushgan eʼtirozlar belgilangan tartibda oʻrganib chiqilganligini hamda fan ekspertlarining xulosasi hamda Apellyatsiya komissiyasining qaroriga asosan faqatgina eʼtirozlari oʻrinli boʻlgan (shuningdek, ushbu savollar tushgan boshqa ishtirokchilarga ham, ular murojaat qilgan yo qilmaganliklardan qatʼi nazar) shu savollar uchun tegishli ballar qoʻshib berilganligini maʼlum qilamiz.

❗️Pedagog kadrlar attestatsiyasi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar vakolatli vazirliklarning (Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi) rasmiy manbalarida eʼlon qilinishini eslatib oʻtmoqchimiz!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️“Maktabgacha va maktab ta'limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-98-son, 02.07.2024 y.)

Faoliyati tugatilayotgan Maktabgacha taʼlim agentligining 66 ta shtat birliklari quyidagicha taqsimlandi:

39 tasi — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining markaziy apparatiga;

14 tasi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga;

13 tasi — hududiy pedagogik mahorat markazlarining metodik xizmat koʻrsatish boʻlimlariga berildi.

Agentlik joylashgan bino Ijtimoiy himoya milliy agentligiga berildi.

Farmon bilan Prezident va Hukumatning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. Shu jumladan, oilaviy va davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga oid bandlarga ham oʻzgartirishlar kiritilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Testologlar jamoasiga qo‘shiling! Qabul davom etmoqda.

Malakali va sohasining bilimdoni bo‘lgan o‘qituvchilar, mutaxassislar va talabalarni "Testchi" jamoasi “Testologiya asoslari” onlayn kursiga taklif qiladi.

🟢 Biz bilan test tuzish asoslarini o‘rganing. KURS MUTLAQO TEKIN!

Quyidagi fanlar bo‘yicha mutaxassislar kursda ishtirok etishi mumkin:
▶️Matematika
▶️Fizika
▶️Kimyo
▶️Biologiya
▶️Geografiya
▶️Tarix
▶️Ona tili va adabiyot
▶️Davlat va huquq asoslari

▶️Pedagogik va psixologiya
▶️Boshlang‘ich ta'lim

Kursda quyidagilarni o‘rganasiz:

🔹baholashni loyihalashtirish
🔹 kodifikator
🔹 test va uning turlari
🔹distraktorlar
🔹baholash domeni
🔹 testning qiyinlik darajasi
🔹 validlik
🔹 ishonchlilik
🔹adolatlilik va shaffoflik
🔹 ekspertiza


BİZDA NAZARIY VA AMALIY DARSLAR.

🟢 Diqqat! Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlar baholash yuzasidan loyihalarga jalb etiladi.

Unutmang!
O‘rinlar soni cheklanagan.

So‘rovnomani to‘ldiring, siz bilan bog‘lanamiz.

So‘rovnoma havolasi:
https://forms.gle/YkXVtHRbuL3wc8hU8

Ro‘yxatdan o‘tish: 7-iyul 23:59 gacha

Murojaat uchun: /channel/NtestteamBot

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Oʻzbekistonda diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlarning 2024-yil uchun roʻyxati tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan (TOP-1000) oliy taʼlim muassasalarining roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu roʻyxatga kiritilgan, yaʼni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatidan joy olgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida olingan diplomlar toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

❗️Xorijiy davlatlarda olingan diplomlarni tan olish bilan bogʻliq foydali axborotlar bilan Taʼlim nazoratining telegramdagi rasmiy kanali (@uztdi) orqali tanishib borishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Toshkent gumanitar fanlar universiteti abituriyentlarni o‘z bag‘riga chorlaydi. (Universitetning Toshkent shahrida ham filiali mavjud.)

Universitetda kontrakt narxlari 9 million so'mdan boshlanadi.

Siz bu yerda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olishingiz mumkin:

👉 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
👉 Logistika
👉 Xalqaro munosabatlar
👉 Marketing
👉 Menejment
👉 Maktabgacha ta'lim
👉 O'zbek tili va adabiyoti
👉 Turizm
👉 Milliy g'oya ma'naviyat asoslari
👉 Huquq
👉 Sun'iy intellekt
👉 Pedagogika
👉 Axborot texnologiyalari
👉 Jismoniy tarbiya
👉 Tarix
👉 Biologiya
👉 Boshlang'ich ta'lim
👉 Pedagogika va psixologiya
👉 Filologiya tillar bo'yicha
👉 Iqtisodiyot

🏢 Uzoq viloyatlardan kelgan talabalar yotoqxona bilan ta’minlanadi.

Murojaat uchun:

📞+998903993034   @TGFUqabul2
📞+998903993134   @TGFUqabul1

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🔴Bozor zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni qadrlaydi.

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti - kelajagingizni Siz bilan yelkama-yelka, birgalikda qurishga ko'maklashadi!

👍AIFU - kelajagingizni biz bilan quring!

Hujjat topshirish uchun:
Veb-sayt: qabul.aifu.uz
Telegram bot: Bot

📞Murojaat uchun:
+998785552121 | @aifu_admin

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Bugun ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo’yicha o’qishga kirish uchun onlayn hujjat topshirish boshlandi

2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlardan hujjat qabul qilish Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

💰Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Kontrakt miqdori OTM kengashi tomonidan belgilanadi.

🧾 Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon o‘tkazish muddatlari) OTM rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

🗓 Natijalar har yili 30-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari tomonidan e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Toshkent amaliy fanlar universitetida 2024/2025-o'quv yili uchun qabul davom etmoqda!

Ariza topshirish onlayn va bepul: utas.uz/request

Yo‘nalishlar:

🏦 Iqtisodiyot:
• Bank ishi va auditi
• Iqtisodiyot
• Buxgalteriya hisobi va audit
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar

👩🏻‍🏫 Pedagogika:
• Pedagogika
• Psixologiya
• Boshlang‘ich ta’lim
• Maktabgacha ta’lim
• Tarix

📖 Tillar va adabiyot:
• Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili
• O‘zbek tili va adabiyoti

🖥 Kompyuter injiniringi (IT):
• Axborot xavfsizligi
• Kompyuter injiniringi

☎️ Batafsil ma'lumot uchun:
+998712000540 | @utasunibot

Telegram | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Diqqat! Kirish imtihonlarida tushadigan DTM standartidagi testlarni onlayn yechib nufuzli universitet talabasi bo‘lishingiz mumkin!

Bugun — 9-iyul kuni soat 10:00 dan boshlab 🔴 Algrafanus universiteti, Taʼlim nazorati, Talimxabarlari.uz hamda Sinovtestuz_bot platformasi abituriyentlar uchun 2-ONLAYN DIAGNOSTIK TEST sinovlariga start berdi.

🎓 Hamkorlik memorandumiga asosan, ushbu testda yuqori natija qayd etgan abituriyentlarga maxsus sertifikat beriladi va Alfraganus universitetining 50 ga yaqin yo‘nalishlaridan biriga imtihonsiz qabul qilinadi. (Tibbiyot yo‘nalishlaridan tashqari)

👉 Ishtirok etish mutlaqo BEPUL
👉 Ro‘yxatdan o‘tish SHART

📚Yo‘nalish tanlang va test yechishni boshlang:
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Boshqa yo‘nalish tanlash


📄 Yakunda abituriyentga test tahlili va maxsus sertifikat taqdim etiladi!


🔴 Alfraganus universiteti — Zamonaviy ta’lim va sharqona tarbiya uyg‘unligi.

📲 Ro‘yxatdan o‘tish
👉 @sinovtestuz_bot

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️SAVOL: Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’limga qabul qilish bo‘yicha suhbat qachon boʻladi?

✅ JAVOB:
Amaldagi Nizomga muvofiq, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan (my.edu.uz orqali) bitiruvchilarning tizimga yuklangan hujjatlari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan har yili 5-avgustga qadar o‘rganib chiqiladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha abituriyentlarning shaxsiy kabineti orqali ularga xabar beriladi.

Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat jarayoni har yili 10-avgustdan 25-avgustgacha, oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkaziladi.

Suhbat o‘tkazish muddatlari suhbat jarayonlari boshlanishidan kamida bir hafta oldin oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Suhbat orqali qabul qilish tartibi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!

Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.

Ushbu toifadagi abituriyentlar 2024-yil 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar platformada avtomatik shakllanadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, ushbu Nizom oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Rasman: Abituriyent bir vaqtning oʻzida kollej, texnikum, Davlat OTMlariga jumladan Xususiy va nodavlat universitetlarga ham hujjat topshirishlari mumkin!

Bunga hech qanday cheklov yoʻq!🙅🏻‍♂

Va qaysi ta’lim dargohida o’qishni o’zlari hal qiladilar!

Shu sababli bugunoq oʻz joyingizni band qiling, 2-imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

🇺🇿 2024-2025-o’quv yili uchun Toshkent ijtimoiy innovatsiya universitetida hujjatlar qabuli davom etmoqda.

📥 Hujjatlar shu yilning 25-iyuliga qadar onlayn shaklda yagona internet portal Admission.tiiu.uz orqali qabul qilinadi.

Imkoniyatlar:
3.6 mln soʻmgacha stipendiya;
GRANT uchun kvotalar ajratilgan;
BEPUL ingliz va arab til kurslari;
Yotoqxona bilan taminlangan;
BEPUL wi-fi kovorking markazi;
10 dan ortiq yoʻnalishlar;
Kontraktni oʻquv yili davomida boʻlib toʻlash mumkin;

📚Taʼlim shakli: Kunduzgi, Kechki, Sirtqi

📞Murojaat uchun:
+998781131717 | @TIIUadmin

❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating!

#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent


@Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 9-, 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI

🗓 Joriy yilning 9-, 10-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi.

✅ Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi.

❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus shahri, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.

⏰ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

📌 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📲 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📥 Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

@piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🔹 Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!

🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2024-yil 9-avgust kuni “Mahoratli o'qituvchi – malakali millat: uzluksiz kasbiy rivojlantirishdagi muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabuli davom etmoqda.

🔹 Maqolalarni 2024-yil 25-iyulga qadar @trm_pedmahorat Telegram manziliga yuborishingiz mumkin.

🔹 Batafsil maʼlumot axborot xatida.

— — — — — —

🔹 Вниманию профессорского-преподавательского коллектива, методистов, практикующих педагогов, докторантов, самостоятельных соискателей, магистрантов, студентов и всех работников системы образования!

🔹 Продолжается прием статей на международную научно-практическую конференцию «Квалифицированный педагог – развитая нация: проблемы и решения непрерывного профессионального образования», организуемую Республиканским научно-методическим центром развития образования 9 августа 2024 года.

🔹 Вы можете отправить статью до 25 июля 2024 года на Telegram @trm_pedmahorat.

🔹 Подробная информация в информационном письме.

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 trm_uz">YouTube 🔹 Trm.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 2024/2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga
tayyorgarlik


Joriy yilda jami 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 410 415 nafarini (46%) joriy yil bitiruvchilari, 483 864 nafarini (54%) esa avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tish talablarini to‘liq bajargan 805 688 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi (2023-yilda – 948 ming 486 nafar).

👨‍💼Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarning 422 400 nafarini xotin-qizlar (52,4 %), 383 288 nafarini erkaklar (47,6 %), tashkil etadi.

🏛 Joriy yilda doimiy yashash hududi bo‘yicha eng ko‘p Samarqand viloyatida 95 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 636 nafar, Farg‘ona viloyatida 79 808 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

🪕👮‍♀️ Abituriyentlarning 46 244 nafari alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga, 12 851 nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan.

Ro‘yxatdan o‘tishda 22 632 nafar abituriyent chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan bo‘lib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi.

🇺🇿 Bundan tashqari 30 637 nafar chet tilidan, 20 684 nafar umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

🏢 Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun binolar optimallashtirilib, hozirda 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlanmoqda. Ularda bir smenada 1 176 ta guruhda, 35 280 nafar, bir kunda esa 70 560 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi va test sinovlarining 12 kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

❇️ Test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida keng jamoatchilik orasidan ochiq tanlov o‘tkazish orqali 2 690 nafar guruh nazoratchisi tanlab olindi.

🔑 Test sinovlarida foydalaniladigan 15 ta (tillar kesimida 29 ta) umumta’lim fanidan 40 mingdan ortiq yangi test topshirig‘i shakllantirildi va ekspertizadan o‘tkazildi.

☎️ Shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun 1195 qisqa raqamli murojaatlar markazi (“Koll markaz”) doimiy xizmat ko‘rsatmoqda.

✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

📱 @sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar diagnositika testlarini bepul bajarib ko‘rishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o'tkazilmaydi

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi brifingida ma’lum qilindi.

📋 Talabgorlar diplom balli va chet tili sertifikatlari asosida qat'iy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko'rib chiqiladi.

🗓 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun talabgorlar o'qish javoblari 20-avgustga qadar e'lon qilinadi.

📌 Eslatib o‘tamiz, hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

➡️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

👉 Magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Maktabgacha ta'lim agentligi faoliyati tugatildi

“Maktabgacha va maktab ta'limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-98-son, 02.07.2024 y.) qabul qilindi

🔰 Farmonga ko'ra, Maktabgacha ta'lim agentligi (Agentlik) faoliyati tugatildi hamda Agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tasarrufiga o'tkazildi.

🏢 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi zimmasiga quyidagi qo'shimcha funksiyalar yuklatildi, jumladan:

🔹ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

🔹maktabgacha ta'lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish;

🔹maktabgacha ta'limning o'quv reja, dastur va o'quv-metodik majmualarini takomillashtirish, ularning umumiy o'rta ta'lim dasturlari bilan uzviyligini ta'minlash;

🔹davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari orasida sog'lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta'lim bilan bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta'minlash.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Hurmatli ota-onalar!

Ertaga, 4-iyul kunidan Ixtisoslashtirilgan maktablarning
kirish imtihonlari boshlanadi!

Kirish imtihonlarida sizdan bir nechta tartib-qoidalarga amal qilish so‘raladi.

Jumladan:

➖ Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz;

➖ Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz;

➖ Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi).

❇️ Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.

Maʼlumot oʻrnida, talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.


🖥 Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati saytga joylashtirildi:

📍
MANZILLAR ROʻYXATI

@piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel