Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads
Hilola Umarova Prezident Administratsiya rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi
U shu munosabat bilan maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi.
👉 https://kun.uz/88052673
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️2025 yil 1 sentabrdan boshlab maktab direktori va direktor o'rinbosarlarining maoshlari oshiriladi
Bu haqida “Maktabgacha va maktab ta'limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”ga Prezident Farmoni (PF-51-son, 19.03.2025 y.) qabul qilingan.
🗓 Farmonga ko'ra, 2025 yil 1 sentabrdan:
🔹umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga;
🔹umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari direktori o'rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga;
🔹I va II guruhga kiruvchi maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi umumiy o'rta ta'lim tashkiloti direktori o'rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi.
🗂 2026 yil 1 yanvardan umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarining direktor jamg'armasi mablag'lari hisobidan direktor va uning o'rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko'rsatkichlari (KPI) natijasiga ko'ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha
20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️ Oltin qoida: qarorlar ortga qaytish kuchiga ega emas!
Ko'pchilikdan savol keladi: "falon sertifikat olgandim, keyin u sertifikat vazirlik ro'yxatidan chiqib ketdi. Endi meni sertifikatim ham tan olinmaydimi" degan mazmunda.
Umumiy javob beradigan bo'lsam, sarlavhadagi oltin qoida barcha shunday holatlarga javob bo'la oladi.
Masalan siz 2023-yil may oyida Aptis sertifikatini qo'lga kiritdingiz. 2023-yil 1-avgustga borib ushbu sertifikat tan olinmaydi deb qaror chiqarildi. Siz esa ushbu qarordan oldin olgansiz. Bu holatda qaror ortga qaytish kuchiga ega emas. Ya'ni 1-avgustdan qaror chiqarilgan bo'lsa, vazirlik shu kungacha va shu kundan keyin olingan barcha Aptis sertifikatlari endi tan olinmaydi deya olmaydi. Qaror chiqqan sanadan keyingi sertifikatlarni tan olmasligi mumkin. Lekin undan oldingilar eski qaror bo'yicha olingan bo'ladi va o'z muddati davomida barcha eski qarorda nazarda tutilgan imtiyozlar uchun yaroqli hisoblanadi.
Shuning uchun siz 2023-yil avgustgacha Aptis sertifikati olgan bo'lsangiz, ishda qolish uchun, ustama uchun asos bo'la oladi. Men Aptis misolida tushuntirdim. Bu barcha sertifikatlarga tegishli.
Amaldagi qaror ro'yxatidan chiqarib tashlangan Linguaskill bilan ham, TOEFL ITP bilan ham, TOEIC bilan ham, CELTA, DELTA bilan ham, xullas barchasi bilan shu qoida ishlaydi. Chiqib ketishidan oldin olingan bo'lsa, muddati tugaguncha eski qarorda ko'rsatilgan barcha imtiyozlar uchun yaroqli hisoblanadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓ Qaysi til sertifikatlari ishga kirish/ishda qolish talabini bajarish uchun asos bo'ladi?
Amaldai qonunchilikda, Ta'lim vazirliklarining 29.05.2024 dagi 3515-sonli qarori 3-bobida Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar uchun xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro'yxati tasdiqlangan.
Unga ko'ra quyidagi sertifikatlarning kamida B2 darajasi ishga kirish/ishda qolish talabini bajarish uchun asos bo'ladi:
1️⃣ Milliy sertifikat (Multi-level) - B2
2️⃣ TOEFL iBT - 72-94
3️⃣ IELTS - 5.5 - 6.5
4️⃣ CEQs FCE - 160-179
*5️⃣ TOEFL ITP* - 543 (Listening 55, Written 53, Reading 55, Speaking 58)
☝️ Ushbu bobda TKT, TESOL/TEFL/TESL kabi sertifikatlar ham o'rin olgan, lekin B2 qatori bo'sh qoldirilgan. Sababi ushbu sertifikatlar til bilish darajasini ifodalamaydi va ishga kirish va qolishga o'tmaydi. Ushbu sertifikatlar faqatgina shartli ravishda C1 tenglashtiriladi deyilgan. Sharti yonida yuqoridagi B2 sertifikatlardan biri bo'lishi kerak.
Har yili 1-avgustgacha ta'lim vazirliklari sertifikatlar ro'yxatiga o'zgartirish kiritish vakolatiga ega. Bu yilgi loyighada Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o'z ro'yxatiga quyidagi sertifikatlarni qoshgan:
1. Aptis ESOL for Teachers
2. Aptis ESOL Advanced
3. iTEP Academic Plus
Agar ushbu loyiha shu holicha tasdiqlansa, ushbu sertifikatlar ham ishga kirish/qolish talabini bajarish uchun va ustama to'lash uchun asos bo'ladi.
Umumiy ro'yxatda New Linguaskill sertifikati ham 'rin olgan lekin u faqat Oliy ta'lim uchun tan olinishi kutilmoqda. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ro'yxatida yo'q.
* - Ushbu iimtihon O'zbekistonda o'tkazilmay qo'yilgan. Oldinroq olinganlari o'tadi.
Aloqador maqolalar:
👉 Ingliz tili bo'yicha milliy va xalqaro test tizimlarida imtihon topshirish qancha turadi?
👉 Ingliz tili fani o‘qituvchilariga qaysi sertifikat necha foiz ustama beradi?
👉 Qaysi sertifikatga necha yil ustama to'lanadi?
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin
Mamlakatda 2025/26-o‘quv yilidan chet tilidan dars beradigan o‘qituvchilarda kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat bo‘lishi shart. Bu talab hukumatning 2021-yil 19-maydagi qarorida belgilangan.
Qarorda yozilishicha, talab barcha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari uchun amal qiladi. Bunda faqatgina ingliz tili emas, balki barcha xorijiy tillar qamrab olinadi (2-xorijiy til ustozlari mustasno).
Qarorga binoan mazkur tartib 2024-yildan joriy etilishi kerak edi. Lekin pedagoglar va jamoatchilik vakillari murojaatlari sababli qaror ijrosi bir yilga uzaytirilgan.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi yangi talab haqida pedagoglarga bir necha marta rasmiy eslatmalar bergan. Hududlarda tushuntirish ishlari ham olib borilgan.
“Daryo” masala yuzasidan vazirlik axborot xizmati bilan bog‘lanib, sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari soni qanchaligini so‘radi.
“Hozir raqamlar tahlil qilinib, o‘rganib chiqilyapti. Iyul–avgust oylarida ko‘p o‘qituvchilar til sertifikati olish uchun arizalar topshirgan, javoblar sentyabrga yaqin chiqadi”, deya maʼlum qildi vazirlikdagi manba.
Yangi o‘quv yilidan boshlab kamida B2 sertifikati bo‘lmagan chet tili o‘qituvchisi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin. Sertifikat talabi qo‘yilishi sifatli taʼlimga erishish ekani bir necha bor aytilgan. Xorijiy tilda dars beruvchi o‘qituvchi chet tilini eng kamida B2, yaʼni oliy taʼlimni bitirganda bakalavrga qo‘yilgan darajada bilishi kerakligi nazarda tutilmoqda.
O‘z navbatida qarorda 2022/23-o‘quv yilidan boshlab, davlat taʼlim muassasalariga yangi ishga kirgan chet tili o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi kerakligi belgilangan. 2022/23-o‘quv yiligacha davlat oliy taʼlim muassasalarida ishlayotgan barcha chet tili o‘qituvchilari kamida C1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat olishi lozimligi ko‘rsatilgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 2024-yilda respublikadagi maktablarda B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega xorijiy til o‘qituvchilari soni 29 001 nafar bo‘lgan. Til bilish sertifikatiga ega maktab o‘quvchilari umumiy soni esa 37 074 nafarni tashkil etgan.
Manba: daryo.uz
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Multi levelda ham endi xuddi Aptisdagidek letter yoziladi
Kuni kecha Multi-level imtihoni writing qismiga o'zgartirishlar kiritildi. ❌ Endi task 2 dagi essaylar bo'lmaydi!
Part 1. 50ta so'zdan iborat norasmiy letter yoziladi
Part 2. 120-150ta so'zdan iborat rasmiy letter
Part 3. 180-200ta so'zdan iborat rasmiy yoki norasmiy bo'lgan letter yoziladi.
Bu degani endi siz Aptisga tayyorlanib Multi-levelga topshirsangiz ham bo'ladi. Yoki aksincha! 😊
Ushbu o'zgarish oktyabr oyidan kuchga kiradi!
Ushbu xabarni Aptis va Multi-level topshirmoqchi bo'lib yurganlarga jo'natib qo'ying!
👉 @aptis_info - Aptis bo'yicha eng katta tayyorgarlik kanali!
📢 DIQQAT! Milliy sertifikat yozish bo‘limi formati yangilanmoqda
📅 2025-yil oktabr oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha ko‘p darajali (multilevel) tizimning yozish bo‘limi formati va baholash mezonlarini yangilash rejalashtirilmoqda.
🧪 Yangi format 2025-yil avgust oyida aprobatsiyadan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
📄 Yuqorida siz yangi format bo‘yicha topshiriqlar tafsilotlari va namunaviy topshiriqlar bilan tanishishingiz mumkin.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
IELTS Paper based ni yo'qotilishiga eng katta sababchi kanallardan biri. Aynan shu kanal orqali javoblar sotilgan. Lekin eng qizig'i, bu ishini to'g'ri deb biladi. Hech qanday noto'g'ri ish qildim degan xulosa yo'q bularda.
Aptis shpargalkalarini tuzib tarqatganlar, harflariga she'r to'qib hammaga yoyganlar ham bir-birimizga yordam beryapmiz, savob qilyapmiz deb bong urishardi.
Bunaqa dunyo qarash bilan birimiz ikki bo'lmaydi, o'rtoqlar...
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️⚡️Magistraturaga qabul boshlandi
Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.
2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
👉Sertifikatlar ro‘yxati
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️7-iyuldan navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish boshlandi.
✅ Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar hamda tegishli toifaga ega boʻlmagan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.
➖ 2025-yil 7-iyuldan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat xizmatlari markazlari orqali navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlar qabul qilinishini ma’lum qilamiz.
❗️Murojaatlarni yuborish 2025-yil 7-avgust (shu kuni ham)ga qadar davom etadi.
✔️ Eslatib oʻtamiz: Kasbiy sertifikatlash sinovlarida joriy yilning mart-iyun oylarida oʻtkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida yetarli ball to'play olmagan (56 dan kam) hamda ishtirok etmagan stajor-o‘qituvchilar ham hujjat topshirishlari mumkin.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Smartfon taqiqlari Niderlandiya maktablarida ta'lim sifatini oshirdi
Niderlandiya hukumati buyurtmasiga ko'ra o'tkazilgan tadqiqotga asosan, maktablarda smartfonlarni taqiqlash o'quv muhitini yaxshilagan. Talabalar diqqatni to'plashda ancha samarali bo'lib, o'zaro ijtimoiy aloqalari ham kuchaygan. Ilk qarshiliklarga qaramay, ota-onalar, o'qituvchilar va o'quvchilar bunday choradan mamnun ekani qayd etildi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Bir guruh o'qituvchilar vazirlikni sudga berdi, ko'zga ko'ringan advokatlar ko'ngilli ravishda sudda pedagoglar huquqlarini himoya qilish istagini bildirgan
Attestasiya natijalaridan norozi bo'lgan o'qituvchilar tomonidan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga attestasiya imtihonlarini qayta o'tkazish majburiyatini yuklash, ma'naviy zarar va vakil xarajatlarini undirish yuzasidan sudga da'vo arizasi kiritildi.
Xalqtaliminfo.uz manbasining xabar berishicha, O'zbekistonning ko'zga ko'ringan yana bir nechta advokatlari vazirlik bilan bo'lib o'tadigan sudda pedagoglar huquqlarini himoya qilish maqsadida attestasiya bilan bog'liq sud ishida ko'ngilli ravishda ishtirok etish istagini bildirgan.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Cho'chqalar bosdi bog'imni, bir biridan bez-bet, behayo cho'chqalar... 😂
Rosa jonga tegdi shular. Har kuni 10-15tasini chiqaraman kanaldan. Bugunni o'zida 100ta shunaqa profillar qo'shilibdi. Chiqarmasam biror post tashlansa, darrov behayo izoh yozishadi. Behayo profillarini reklama qilishadi.
Mabodo postdan keyin koment qismiga qaralmay qolinsa, 1-2tasi o'tib ketib qolsa, to'g'ri tushunasizlar degan umiddaman!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Ertaga, 6-iyul kuni Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi — saralash bosqichi boshlanadi!
📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida) o‘tkaziladi.
Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.
📌 Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlariga kiritilgan telefon raqamlariga SMS-xabarnoma orqali ma’lum qilingan.
📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Qolgan hududlarning imtihonlari oʻz hududlarida boʻladi.
Kirish imtihonlarida ota-onalardan quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishlari so‘raladi:
🗣Jumladan:
✔️ Farzandingizni imtihon o‘tkaziladigan belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;
✔️ Issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;
✔️ Imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning);
✔️ Ushbu tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon vaqtida o‘zini qulay va xotirjam his etishiga yordam beradi.
❌ Yodingizda bo‘lsin: imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Bu firibgarlikdir!
🔖 Farzandingizning bilimi — uning yagona natijasidir!
❗️Maʼlumot uchun: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.
📱 1-smena: soat 8:00 da
📱 2-smena: soat 12:00 da
📞 Savollar bo‘yicha: 1206
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
🎓 2025-yilgi test sinovlari bugundan boshlandi!
📍 Testlar belgilangan joy va vaqtda, qat’iy tartib asosida o‘tkazilmoqda.
✅ Eslatmalar:
▪️ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat va testga kirish ruxsatnomasi bo‘lishi shart
▪️ Imtihon boshlanishidan kamida 1 soat oldin kelish tavsiya etiladi
📎 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga omad tilaydi!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Chat GPT Plus va Telegram Premium endi juda ham qulay narxlarda!
Ko'pchiligimiz hozirgi kunda sun'iy intellektga ishimiz tushadi. Bepul versiyasi biz kutganday ishlamaydi. Pullik versiyasi esa ancha qimmat turadi!
Lekin bepulga solishtirganda ancha aqlliroq, tezroq va mukammalroq javob beradi.
Rasm/PDF fayllar, Word/Excel fayllari bilan ham ishlay oladi.
Rasm generatsiya qilishdan tashqari video generatsiya qilish xususiyatlari ham bor.
Sizga ChatGPT Plus shared account taklif qilamiz.
Bitta accountda 5-10 tagacha a'zo bo'ladi.
Narxi 85 ming so'm - oyiga
Telefon/Kompyuter/Planshet orqali foydalansa bo'ladi.
Bu rasmiy ChatGPTning Plus versiyasi, bot yoki norasmiy ilova emas!
To'lovdan keyin sizga Premium obunali login parol beriladi.
Pro versiyasi uchun ham dostup bor! (225$ turadi oylik obunasi) - Bizda 55$/oyiga
✅ Telegram Premium esa:
yillik obuna (o'zini profilidan kirib oberilganda) - 305 ming so'm
1 oylik obuna - 55 ming so'm
Gift sifatida taqdim etish:
yillik - 36$
6 oylik - 20$
3 oylik - 15.5$
Telegram stars:
50 ⭐️ - 13 ming
100 ⭐️ - 26 ming
500 ⭐️ - 130 ming
1000 ⭐️ - 260 ming
ChatGPT yoki Telegram Premium, Stars olish uchun @webadmin24 ga yozing.
Xizmatlarimiz bo'yicha fikrlar: @webadmin_feedback
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Every answer leads to one option. So why worry?
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
📣 Abituriyentlar diqqatiga!
14-iyul kuni Respublikamizning barcha hududlarida kirish test sinovlari boshlanadi
Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart. Aks holda siz test sinoviga kiritilmaysiz!
📱 2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz orqali pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakllari rasman tan olinadi. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas, chunki:
🚫 Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.
❗️ Shuning uchun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport bo‘lishi shart.
📌 Yodingizda bo‘lsin:
✅ Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
✅ Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.
📌 Ruxsatnoma my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.
❗️Test sinovlariga kech qolmang, hujjatlaringizni avvaldan tayyorlab qo‘ying!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓ Magistratura 2-bosqichda o'qiyotgan talaba maktabdan necha soat dars olish huquqiga ega?
Assalomu alaykum. Magistraturada 2-bosqichda oʻqiyotgan talaba maktabda necha soat dars olish huquqiga ega? Magistraturada oʻqish haftasiga 2 kun.
YURIST JAVOBI:
❗️Magistrantning asosiy vazifasi ta'lim olish hisoblanadi. SHu tufayli magistrant faqat darsdan bo'sh vaqtlaridagina ishlashga haqli. An'anaviy yoki masofaviy shaklda o'qishning ahamiyati yo'q. Har ikki holatda ham asosiy vazifa o'qish.
Mehnat kodeksining 184-moddasiga muvofiq ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy va asabiy zo'riqish bilan bog'liq bo'lgan, ya'ni alohida xususiyatga ega bo'lgan tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqa toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko'pi bilan o'ttiz olti soat qilib belgilanadi.
Shunga ko'ra barcha pedagog xodimlar uchun haftalik ish soati 36 soatdan oshmaydi, bunda qonun chiqaruvchi 1 stavka uchun mazkur meyorni belgilaydi.
☝️ Mana shu qoidaga ko'ra magistrant ta'lim olish vaqtida bu soatlarni bajara olmaydi, shu tufayli u maktabda to'liq stavkada ishlay olmaydi. Bunda magistrant OTMdagi darslari qo'yilgan soatlarga qarab 0.50dan 0.75 stavkagacha ishlashi mumkin.
Haftalik ish yuklamasini bajarish uchun bir kunda 7 soat vaqt sarflanadi. Magistraturada bir kunda kamida 2 para dars o'tilganda ham magistrant deyarli uch soat vaqt ketadi. YOki haftasiga 2 kun o'qish bo'lganda ham MK 184-moddasidagi meyorni bajarib bo'lmaydi.
❌ Shunga ko'ra siz to'liq stavkada ishlay olmaysiz.
✅ Bu vaziyatda siz bo'sh vaqtingizga qarab 0.5 yoki 0.75 stavkada ishlashga haqlisiz.
Manba
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Magistratura qabuli davom etmoqda
Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.
2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
👉Sertifikatlar ro‘yxati
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️BUGUN QABULNING SO'NGGI KUNI! ERTADAN DARSLARIMIZ BOSHLANADI
🔥 APTIS YANA QAYTMOQDA! BIZDA APTIS ESOL BO'YICHA NAVBATDAGI KURS!
Talablarga binoan bizda, INTENSIV APTIS KURSI! Sertifikat olmagan qolmasin!
📆 Darslar haftada 5 kun! JONLI!
Kurs davomiyligi 30 kun! + kurs tugagandan keyin ham test + materiallar berib boriladi.
👩🏻🏫 Darslar tajribali ustoz Aptis, TKT, Multi-level sertifikatlari sohibasi, oliy toifali ustoz 👩🏻🏫 Teacher Ma'mura (Komilova Ma'mura) tomonidan olib boriladi
📆 Kurs boshlanish sanasi: 10-IYUL, PAYSHANBA
⏳ Qabul so'nggi kuni: 9-IYUL, 23:00
💲 Kurs narxi: 250 MING SO'M. (bir martalik tolov)
Darslar jonli, video dars orqali olib boriladi. Belgilangan vaqtda kirmaganlar uchun dars videosi va topshiriqlar saqlanadi.
❓ Nima uchun Aptis?
Agar qaror loyihasi tasdiqlansa, Aptis sertifikati bilan siz quyidagi imtiyozlarga ega bo'lasiz:
✅ Hech qanday qo'shimcha talablarsiz 50 foiz ustama
✅ Attestatsiyaning navbatdagi majburiy qismida maksimall ball
✅ Magistratura va Doktoranturaga topshirish imkoniyati
✅ B2 daraja uchun ishga kirish/ishda qolish
✅ B2 darajasi TKT/TESOL bilan birgalikda qabul qilinadi.
✅ Dars taqsimotida ustunlik
☝️ Agar qaror loyihasi tasdiqlanmasa, Aptis ustama ro'yxatida aks etmasa, kurs to'lovi 100 foiz qaytarib beriladi. Nechta dars o'tilganidan qat'iy nazar!
Aptis bo'yicha barcha savollarga javoblar 👉 USHBU VIDEO da
Kursga yozilish uchun ➡️ @aptis_direct ga yozing.
👉 @aptis_info
Buyam mayliyu, agar Aptis qaytadigan bo'lsa, bu "savobtalablar" buni ham uzoqqa oborishmaydimi deb qo'rqamanda...
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
IELTS Paper based imtihoni O'zbekistonda to'xtatiladi!
11-iyul sanasidan IELTS imtihonining paper based shakli, O'zbekistonning barcha rasmiy test markazlarida (IDP, British Council, Cambridge University Press and Assessment) to'xtatiladi.
10-iyul kungi imtihonlar odatdagidek o'tkaziladi. 11-iyuldan keyingi barcha imtihonlar bekor qilinadi.
Agar siz IELTS Paper based imtihoniga ro'yxatdan o'tib qo'ygan bo'lsangiz, Computer Basedga almashtirishingiz yoki to'lovingizni to'liq qaytarib olishingiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, IELTS imtihonidagi ayrim qing'irliklar sabab ushbu imtihon natijalari chiqishi kechikayotgan edi. Ayrim shubhali deb topilgan natijalar bekor qilinib yuborilgan edi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
#tktcourse JULY 11 New Intensive TKT Course with Barno Bakhodirovna
💵Imtihonda yetarli ball to'plaganingizda TKT imtihoni uchun qilgan xarajatlaringiz Davlat tomonidan 100% qoplab beriladi.
Kurs uchun esa 1 marta 400 Ming so'm to'lov qilasiz va TKT ni sizlarga boshdan oyoq o'rgatamiz.
💦TKT kurs 11-iyuldan boshlanadigan 35 kunlik kurs. Narxi 400 Ming so'm ✅
❔-400 Ming so'm to'lov nimalarni o'z ichiga oladi?
✍️TKTda barcha 1-2-3 modullar boyicha mavzular 100% jonli tarzda o'tib berilishi
3 ta modul test tahlili
3 modul bo'yicha to'liq 33 ta dars
TKT imtihonlarga royxatdan o'tishda bonuslar
🔜Dars qaysi payti bo'ladi?
-Dushanba, Chorshanba,Juma, yakshanba soat 21:00 da
🪣Darslar qay tarzda bo'ladi?
100% Jonli tarzda
Namuna darslarimiz judayam tushunarli eshitsangiz bo'ldi o'zi quyilib qoladi ➡️ Demo lesson
Natijalarimiz va kurs uchun feedbacks
👩🏫Darsni Kim olib boradi?
dars ➡️Sifatli va malakali ustoz Barno Bakhodirovna tomonidan tashkil qilinadi @barnobakhodirovna
🍏Kurs qabuli uchun @forcefr
🍏TKT imtihonlarga ro'yxatdan bepul va chegirmali o'tkazib berish xizmati uchun @forcefr
🍏Erkin royxatdan o'tish uchun 🖇️ https://edu-action.uk/?pr=Onlayn_Ariza
📝 Shoshiling.❗️ Darslarimiz 11-iyuldan boshlanadi
-TKTda ayni vaqtda qaysi darajadasiz?
Qiziq bo'lsa Mock yozuvi ustiga bosing
Parol ga forcefr deb yozing
Samarqand Innovative Centrga 830 Ming so'm bilan ro'yxatdan o'tish uchun @forcefr ga murojaat qiling
Ingliz tilida Advanced leveldagi so'zlarni o'rganib o'quvchilaringizni lol qoldiring @tkt_info kanalimizga qo'shilib kunlik yangi so'zlarni o'rganib lug'at boyligingizni oshiring
⚡️ Rasman: Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
✅ 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
👨🏻💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❕ BUGUN QABULNING SO'NGGI KUNI! ERTADAN DARSLARIMIZ BOSHLANADI!
🔥 TOIFA UP! - Biz keyingi guruhni shakllantiryapmiz!
Toifa va vazir ustamalariga tayyorlanayotganlar uchun tajribali pedagog, oliy toifali ustoz, PhD 2-kurs doktorantura talabasi 👩🏻🏫 Zulhumor Samatovadan talablarga binoan yoz oylari uchun maxsus kurs!
Nima uchun biz bilan natijaga erishish osonroq?
✅ Shu kungacha 1️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ga yaqin ustozlarga bilim ulashib, attestatsiya imtihonlarida natijalarga erishishlariga yordam berib keldik
✅ Aynan shu sohada 7️⃣ yillik tajriba, va juda ham ko'p shogirdlar
✅ Har hafta attestatsiya imtihoni bilan birga-bir ishlangan (xattoki mukammalroq bo'lgan) TEST PLATFORMAda MOCK Imtihon topshirish imkoniyati
✅ Aynan spesifikatsiyadagi manbalardan tuzilgan darslar
✅ Narxlarimiz ancha arzon, lekin darslarimiz ancha sifatli
✅ Darslarni o'z ishining mutaxassisi, oliy toifali ustoz, C1 sertifikati sohibasi, magistraturani tamomlagan va 👩🎓 PhD talabasi olib boradi
Toifa UP kursimiz 📆 7-IYUL, DUSHANBA kunidan start oladi.
Davomiyligi: 3 oy
Kursimiz INGLIZ TILI FANIDAN
GRAMMATIKA, READING, VOCABULARY, MORFOLOGIYA, PRAGMATIKA, FONETIKA
Bizda natijalar so'zlaydi!
❗️Endi 7-8-9 sinf o'quvchilari bemalol Universitetda o'qishlari mumkin
Yangi o'quv yilidan e'tiboran, o'quvchilarga maktabni tamomlamasdan turib ham Oliy ta'lim yo'nalishlarida ham o'qib, ham amaliyot o'tashlariga sharoit qilib beriladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Chat GPT Plus va Telegram Premium endi juda ham qulay narxlarda!
Ko'pchiligimiz hozirgi kunda sun'iy intellektga ishimiz tushadi. Bepul versiyasi biz kutganday ishlamaydi. Pullik versiyasi esa ancha qimmat turadi!
Lekin bepulga solishtirganda ancha aqlliroq, tezroq va mukammalroq javob beradi.
Rasm/PDF fayllar, Word/Excel fayllari bilan ham ishlay oladi.
Rasm generatsiya qilishdan tashqari video generatsiya qilish xususiyatlari ham bor.
Sizga ChatGPT Plus shared account taklif qilamiz.
Bitta accountda 5-10 tagacha a'zo bo'ladi.
Narxi 85 ming so'm - oyiga
Telefon/Kompyuter/Planshet orqali foydalansa bo'ladi.
Bu rasmiy ChatGPTning Plus versiyasi, bot yoki norasmiy ilova emas!
To'lovdan keyin sizga Premium obunali login parol beriladi.
Pro versiyasi uchun ham dostup bor! (225$ turadi oylik obunasi) - Bizda 55$/oyiga
✅ Telegram Premium esa:
yillik obuna (o'zini profilidan kirib oberilganda) - 305 ming so'm
1 oylik obuna - 55 ming so'm
Gift sifatida taqdim etish:
yillik - 36$
6 oylik - 20$
3 oylik - 15.5$
Telegram stars:
50 ⭐️ - 13 ming
100 ⭐️ - 26 ming
500 ⭐️ - 130 ming
1000 ⭐️ - 260 ming
ChatGPT yoki Telegram Premium, Stars olish uchun @webadmin24 ga yozing.
Xizmatlarimiz bo'yicha fikrlar: @webadmin_feedback
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️Magistratura qabuli ochilishi kechikmoqda
✅Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga 2-ILOVAsiga muvofiq, hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi. Qonuniy tomondan shunday, lekin hali qabul rasman ochilmadi❗️
❗️Lekin haligacha my.edu.uz saytida hujjat topshirish jarayoni boshlanmadi, bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, hujjat topshirish jarayoni ma'lum bir sabablarga ko'ra 15-iyul kunigacha kechikishi mumkin.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿